Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola03.00.00Ochiq kirish

PHLOMOIDES TURKUMI O‘SIMLIKLARINING XALQ TABOBATIDA ISHLATILISHI VA KIMYOVIY TARKIBI

M.A.AbdulhakimovaNamangan davlat universiteti 1-bosqich magistranti2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 10Sahifa 8–10

Annotatsiya

ushbu maqolada Phlomoides turkumiga mansub o‘simliklarning xalq tabobatida qo‘llanilishi, ularning kimyoviy tarkibi va biologik faolligi haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Phlomoides turlarida flavonoidlar, iridoidlar, fenolik kislotalar, saponinlar, alkaloidlar va efir moylari kabi biologik faol moddalar mavjud bo‘lib, ular yallig‘lanishga qarshi, antioksidant, immunomodulyator hamda tinchlantiruvchi xususiyatlarga ega. Mazkur o‘simliklarning tibbiyotda, farmatsevtikada va xalq tabobatidagi amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.

Boshqa tillarda

ruschaИСПОЛЬЗОВАНИЕ РАСТЕНИЙ РОДА PHLOMOIDES В НАРОДНОЙ МЕДИЦИНЕ И ИХ ХИМ ИЧЕСКИЙ СОСТАВ

в данной статье рассматривается применение растений рода Phlomoides в народной медицине, их химический состав и биологическая активность. Исследования показывают, что виды Phlomoides содержат биологически активные вещества, такие как флавоноиды, иридоиды, фенольные кислоты, сапонины, алкалоиды и эфирные масла, которые обладают противовоспалительными, антиоксидантными, иммуномодулирующими и седативными свойствами. Анализируется практическое значение этих растений в медицине, фармацевтике и народном целительстве.

inglizchaTHE USE OF PLANTS OF THE GENUS PHLOMOIDES IN FOLK MEDICINE AND THEIR CHEMICAL COMPOSITION

This article discusses the use of plants of the genus Phlomoides in folk medicine, their chemical composition and their biological activity. Studies show that Phlomoides species contain biologically active substances such as flavonoids, iridoids, phenolic acids, saponins, alkaloids and essential oils, which possess anti-inflammatory, antioxidant, immunomodulatory and sedative properties. The practical significance of these plants in medicine, pharmaceutics and folk healing is analysed.

Kalit so‘zlar

  • Phlomoides
  • xalq tabobati
  • kimyoviy tarkib
  • flavonoidlar
  • efir moyi
  • antioksidant faollik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

PHLOMOIDES TURKUMI O‘SIMLIKLARINING XALQ TABOBATIDA ISHLATILISHI VA KIMYOVIY TARKIBI M.A.Abdulhakimova Namangan davlat universiteti 1-bosqich magistranti https://doi. org/10. 5281/zenodo.17516865 Annotatsiya: ushbu maqolada Phlomoides turkumiga mansub o‘simliklarning xalq tabobatida qo‘llanilishi, ularning kimyoviy tarkibi va biologik faolligi haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Phlomoides turlarida flavonoidlar, iridoidlar, fenolik kislotalar, saponinlar, alkaloidlar va efir moylari kabi biologik faol moddalar mavjud bo‘lib, ular yallig‘lanishga qarshi, antioksidant, immunomodulyator hamda tinchlantiruvchi xususiyatlarga ega. Mazkur o‘simliklarning tibbiyotda, farmatsevtikada va xalq tabobatidagi amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Phlomoides, xalq tabobati, kimyoviy tarkib, flavonoidlar, efir moyi, antioksidant faollik.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ РАСТЕНИЙ РОДА PHLOMOIDES В НАРОДНОЙ МЕДИЦИНЕ И ИХ ХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ Аннотация: в данной статье рассматривается применение растений рода Phlomoides в народной медицине, их химический состав и биологическая активность. Исследования показывают, что виды Phlomoides содержат биологически активные вещества, такие как флавоноиды, иридоиды, фенольные кислоты, сапонины, алкалоиды и эфирные масла, которые обладают противовоспалительными, антиоксидантными, иммуномодулирующими и седативными свойствами. Анализируется практическое значение этих растений в медицине, фармацевтике и народном целительстве. Ключевые слова: Phlomoides, народная медицина, химический состав, флавоноиды, эфирные масла, антиоксидантная активность.

THE USE OF PHLOMOIDES SPECIES IN TRADITIONAL MEDICINE AND THEIR CHEMICAL COMPOSITION Annotation: this article discusses the use of plants from the genus Phlomoides in traditional medicine,their chemical composition, and biological activity. Research indicates that Phlomoides species contain biologically active compounds such as flavonoids, iridoids, phenolic acids, saponins, alkaloids, and essential oils, which possess anti-inflammatory, antioxidant, immunomodulatory, and sedative properties. The practical significance of these plants in medicine, pharmaceuticals, and traditional healing is analyzed. Keywords: Phlomoides, traditional medicine, chemical composition, flavonoids, essential oil, antioxidant activity

KIRISH Dorivor o‘simliklar inson salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni davolash va oldini olishda qadimdan muhim o‘rin tutib keladi. Lamiaceae oilasiga mansub Phlomoides turkumi Markaziy Osiyo florasida keng tarqalgan bo‘lib, Adabiyot ma’lumotlarida yer yuzi florasida Phlomoides turkumining 170 turi, Markaziy Osiyo florasida 59 turi uchrashi keltirilgan. Shulardan O‘zbekiston florasida 43 turi, Eron florasida 41 tur, Qirg‘iziston florasida 37 tur, Qozog‘iston

florasida 30 tur, Tojikiston florasida 27 tur, Turkmaniston florasida 12 tur tarqalgan. Phlomoides turkum o‘simligi O‘zbekistonda 43 ta bo‘lib, Namangan viloyatida 8 turi o‘sadi. Bu turkum o‘simliklari efimer o‘simliklardi. Phlomoides turkumining o‘simliklaridan xalq tabobatida damlama, qaynatma shaklida foydalanib kelinadi[1]. Damlamasidan bronxit, o‘pka sili, pnevmoniya, o‘tkir respirator infeksiyalarda, xronik va gipoasid gastritda, oshqozon yazvasida, anemiyada, gemoroyda (bavosil), asteniyada, bezgakda, shishlarda, gipertonik kasalliklarda qo‘llanilgan. Damlamasi chanqoq bosuvchi, diuretik ta’sirga ega, immunitetni oshiradi va qon suyulishini tezlashtiradi, tashqaridan yiringli yaralarga qo‘llaniladi. Ko‘rsatilishicha, Phlomoides tuberosa o‘t haydash xossasiga ega. Phlomoides tuberosa tomiri, gullari va urug‘i kukuni, damlama, qaynatma holatda Tibet, Mongol tibbiyotida hamda qator Sibir xalqlarida o‘pka silida; Tibet tibbiyotida bronxitda, umummustahkamlovchi, mahalliy og‘iz kasalliklarida, xronik sifilitik yaralarda, yiringli yaralarda, mastitda, buqoqda, bosh og‘riganida, karlikda qo‘llanilgan; vannasi oyoq shishganda; choy o‘rniga barglari va tomiri, ziravor shaklida qo‘llanilgan[2]. ASOSIY QISM Phlomoides nuda o‘simligining butanolli va suvli summalari 40 mg/kg dozalarda kalamush jigar mitoxondriyasi mPTP o‘tkazuvchanligiga ingibirlovchi va mitoKATF-kanaliga faollovchi ta’sir etib, membrana faol xossalarini namoyon etdi. Bunda Phlomoides nuda o‘simligining suvli summasi boshqa erituvchilarda olingan summalarga nisbatan membrana tiklanishiga samarali ta’sir etib gepatoprotektor xususiyati mavjud ekanligini ko‘rsatdi. So‘nggi yillarda Phlomoides turlarining kimyoviy tarkibini aniqlashda gaz xromatografiyasi – mass spektrometriyasi (GC–MS) va yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) keng qo‘llanilmoqda. GC–MS yordamida efir moylari va uchuvchan komponentlar aniqlanadi, HPLC esa aminokislotalar, flavonoidlar va vitaminlar tahlilida samarali hisoblanadi. Bu usullar o‘simliklarning biofaol moddalari haqidagi ilmiy ma’lumotlarni aniq va takrorlanuvchan shaklda olish imkonini beradi. Phlomoides nuda va Phlomoides speciosa turlarining barg va gullarida flavonoidlar miqdori yuqori, Phlomoides tuberosa ildizida esa fenilpropanoidlar ko‘p uchraydi. Efir moyi tahlilida esa linalil format va fenilatsetaldegid dominant komponent sifatida qayd etilgan. Phlomoides pungens va Phlomoides tuberosa o‘tlari kimyoviy tarkibiga alkaloidlar, flavonoidlar, oshlovchi moddalar, vitaminlar, efir moylari, makro- va mikroelementlar kiradi. Ular terapevtik faolligi sababli va kompleks dorivor mahsulotlarda foydalanishi mumkin. Phlomoides nuda o‘simligi gullamagan davridagi yer ustki qismi tarkibida uchuvchan komponenentlardan Trikozan (0,8%), Furfural (2,6%), D-Limonen (14,4%), 1,8-Cineol (11. 1%), m-Cimen (5.7%) birikmalari mavjud ekanligini ko‘rish mumkin[3]. XULOSA Phlomoides turkumiga oid ko‘pchilik turlarning dorivor xususiyatlari o‘simlik tarkibidagi biologik faollikka ega bo‘lgan va ko‘plab dorivor o‘simliklar farmakologik ta’sirining asosi bo‘lgan iridoidlarning mavjudligi bilan bog‘liq[4]. Mazkur birikmalar ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, qon hosil bo‘lish tezligiga ta’sir qiladi, anemiya kasalligining oldini oladi va davolaydi, qon ivishini oshiradi, shuningdek, gemoroy, sil, bachadon qon ketishini to‘xtatadi va inson organizmi uchun foydali bo‘lgan birikmalarning ko‘pligini inobatga olib, bu tur o‘simliklaridan zamonaviy tibbiyot va xalq tabobatida keng foydalanish mumkinligini tasdiqlaydi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Gulomov R.K. Distribution of the genus Phlomoides Moench in the Fergana Valley (taxonomy, geography, ecology and conservation): avtoref. Diss. PhD. –Tashkent: 2022. – p.43.
  2. Д.Хайдарова, Г.У.Сиддиков, Ш.В.Абдуллаев. «Макро- и микроэлементгый состав некоторых видов-Phlomoides» Uneversum. Химия и биология, №11(89) ноябрь 2021,стр.50-52
  3. D.Haydarova, G.Siddiqov, Sh.Abdullayev, B.Tojiboyev “The Composition of the Essential oil of the Plant Plomoides Nuda Growing in Uzbekistan” International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding http:// ijmmu.om editor @ijmmu.com ISSN 2364-5369 Volume 8, ISSUE 9 september,2021,Pades: 396-400
  4. Rahimova H., Ibragimov A. HPLC tahlili orqali Phlomoides turlarining biofaol moddalari, 2023.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013108
Nashr sanasi
2025-11-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
10
DOI
10.66073/researchfocus.v4i10.1791
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
8–10
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06