KIMYOVIY BOG‘LANISHGA OID MISOLLARNI ENG SODDA USULLARI
Alisher Nodirov Avazovich1, Kholdorova Rukhsora Soyibjon kizi22025
- 1Namangan Davlat pedagogika instituti dotsenti
- 2Namangan Davlat pedagogika institutining 2-kurs magistri
Konferensiyalar“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIJild 1Son 3Sahifa 196–197
Annotatsiya
ushbu maqolada kimyoviy bog‘lanishlarning (ion, kovalent va metal bog‘lanish) mohiyati va ularni eng sodda misollar yordamida tushuntirish usullari yoritilgan.Kimyo ta‘limida murakkab tushunchalarni osonlashtirish uchun grafik modellar, jadval va taqqoslash usullaridan foydalanish zarurligi ta‘kidlangan. Maqola umumiy o‘rta ta‘lim va oliy ta‘lim bosqichlarida kimyo fanini samarali o‘qitishga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Boshqa tillarda
ruschaПРОСТЫЕ МЕТОДЫ ИЗОБРАЖЕНИЯ ПРИМЕРОВ ХИМИЧЕСКИХ СВЯЗЕЙ
В статье рассматривается сущность химических связей (ионных, ковалентных и металлических) и способы их объяснения на простейших примерах. Подчёркивается необходимость использования графических моделей, таблиц и методов сравнения для наглядного объяснения сложных понятий в процессе обучения химии. В статье даны научно-методические рекомендации по эффективному преподаванию химии в средних и высших учебных заведениях.
inglizchaSIMPLE METHODS OF DRAWING CHEMICAL BONDING EXAMPLES
This article discusses the essence of chemical bonds (ionic, covalent and metallic bonds) and how to explain them using the simplest examples. The need to use graphic models, tables and comparison methods to facilitate complex concepts in chemistry education is emphasized. The article contains scientific and methodological recommendations for effective teaching of chemistry at the levels of general secondary education and higher education.
Kalit so‘zlar
- kimyoviy bog‘lanish
- ion bog‘lanish
- kovalent bog‘lanish
- metall bog‘lanish
- o‘qitish metodikasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
KIMYOVIY BOG‘LANISHGA OID MISOLLARNI ENG SODDA USULLARI
Alisher Nodirov Avazovich Namangan Davlat pedagogika instituti dotsenti Xoldorova Ruxsora Soyibjon qizi Namangan Davlat pedagogika institutining 2-kurs magistri
Annotatsiya: ushbu maqolada kimyoviy bogʻlanishlarning (ion, kovalent va metal bogʻlanish) mohiyati va ularni eng sodda misollar yordamida tushuntirish usullari yoritilgan.Kimyo taʼlimida murakkab tushunchalarni osonlashtirish uchun grafik modellar, jadval va taqqoslash usullaridan foydalanish zarurligi taʼkidlangan. Maqola umumiy oʻrta taʼlim va oliy taʼlim bosqichlarida kimyo fanini samarali oʻqitishga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: kimyoviy bogʻlanish, ion bogʻlanish, kovalent bogʻlanish, metall bogʻlanish, o‘qitish metodikasi.
Kirish Kimyo fani tabiatdagi barcha moddalar va ularning o‘zgarishlarini o‘rganadi. Har bir modda atomlardan tashkil topgan bo‘lib, atomlarning o‘zaro qanday birikishi kimyoviy bog‘lanish orqali tushuntiriladi.[1,2] Shu bois, kimyoviy bog‘lanish tushunchasi kimyo ta’limining eng muhim asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Ayniqsa o‘rta maktab va oliy ta’limda o‘quvchilar uchun bu mavzuni sodda va aniq misollar orqali yoritib berish muhimdir.[3] Chunki murakkab nazariy tushunchalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuntirish o‘quvchilarda qiyinchilik tug‘diradi, oddiy o‘xshatish va hayotiy misollar esa mavzuni tezroq o‘zlashtirish imkonini beradi.[4,5] Ushbu maqolada kimyoviy bog‘lanish turlari, ularning mohiyati va eng sodda misollar yordamida tushuntirish usullari bayon qilinadi.[6] Asosiy qism
1. Ion bog‘lanish Ion bog‘lanish metall va metallmas atomlari o‘rtasida elektronlarning to‘liq o‘tishi orqali hosil bo‘ladi. Metall atomlari tashqi qatlamidagi elektronlarini berib musbat ionlarga (kationlarga) aylanadi, metallmas atomlari esa elektron qabul qilib manfiy ionlarga (anionlarga) aylanadi. Masalan, natriy va xlor o‘rtasidagi bog‘lanish: Na → Na⁺ + e⁻, Cl + e⁻ → Cl⁻. Natijada NaCl kristall panjarasi hosil bo‘ladi. Bu panjara mustahkamligi tufayli osh tuzi yuqori erish haroratiga ega. Ion bog‘lanishni o‘quvchilarga tushuntirishda sovg‘a qilishga o‘xshatish mumkin. Ya’ni metall elektronini “sovg‘a qiladi”, metallmas esa uni qabul qiladi. Shu oddiy taqqoslash orqali murakkab tushuncha oson qabul qilinadi.
2. Kovalent bog‘lanish Kovalent bog‘lanish ikki atom o‘zaro umumiy elektron juftini hosil qilganda yuzaga keladi. Masalan, vodorod molekulasi hosil bo‘lishida har bir vodorod atomi bitta elektronga ega bo‘lib, ular umumiy bo‘lishib H₂ molekulasini hosil qiladi. Shuningdek, kislorod molekulasi (O₂) yoki azot molekulasi (N₂) ham kovalent bog‘lanish orqali hosil bo‘ladi. O₂ da ikki juft, N₂ da esa
uch juft elektron umumiy bo‘lishadi. Kovalent bog‘lanishni tushuntirishda o‘quvchilarga uni birgalikda foydalanish, masalan, kitobni birga o‘qish yoki o‘yinchoqni birga ishlatish kabi hayotiy misollar orqali ifodalash samarali natija beradi.
3. Metall bog‘lanish Metall bog‘lanish faqat metall atomlari o‘rtasida kuzatiladi. Metall atomlari tashqi elektronlarini umumiy bulutga chiqarib yuboradi va natijada musbat ionlar kristall panjara hosil qiladi. Bu musbat ionlarni umumiy elektronlar birlashtirib turadi. Shuning uchun metallarning elektr o‘tkazuvchanligi va issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘ladi. Masalan, mis sim orqali elektr tokining o‘tishi metall bog‘lanish xususiyatiga bog‘liqdir. Metall bog‘lanishni o‘quvchilarga “hammaning umumiy boyligi” sifatida tushuntirish mumkin, ya’ni elektronlar hamma atomlarga tegishli.
4. Sodda taqqoslashlar va metodik usullar Kimyoviy bog‘lanishlarni o‘quvchilarga tushuntirishda sodda taqqoslashlardan foydalanish samarali natija beradi: -Ion bog‘lanish—sovg‘a qilishga o‘xshaydi. - Kovalent bog‘lanish — birgalikda foydalanishga o‘xshaydi. - Metall bog‘lanish — jamoaviy foydalanishga o‘xshaydi. Metodik nuqtai nazardan, quyidagi usullar tavsiya etiladi: 1. Atomlarning elektron tuzilishini jadval orqali ko‘rsatish. 2. Molekula hosil bo‘lish jarayonini chizmalarda tasvirlash. 3. Kundalik hayotdan olingan misollar bilan tushuntirish. 4. O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, turli bog‘lanishlarni sahnalashtirish (rol o‘ynash metodi). Bu yondashuvlar orqali o‘quvchilar nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tasavvur ham hosil qiladilar. Xulosa Kimyoviy bog‘lanishlarning mohiyatini anglash kimyo fanining keyingi barcha bo‘limlari uchun poydevor vazifasini bajaradi. Ion, kovalent va metall bog‘lanishlarning sodda misollar yordamida tushuntirilishi o‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Taqqoslashlar, hayotiy misollar va metodik usullar qo‘llanilganda mavzu samarali o‘zlashtiriladi. Shunday qilib, sodda usullar orqali murakkab tushunchalarni o‘rgatish kimyo ta’limida muhim metodik yondashuv hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Х. Турсунов, Н. Ахмедов. Umumiy kimyo. Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
- P. Atkins, J. de Paula. Elements of Physical Chemistry. Oxford University Press, 2017.
- R. Chang, K. Goldsby. Chemistry. McGraw-Hill Education, 2016.
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Kimyo fanidan metodik qo‘llanma. Toshkent, 2020.
- Brown, T., LeMay, H. Chemistry: The Central Science. Pearson, 2018.
- 6.A.A.Nodirov,R.S.Xoldorova Elektrolitik dissotsiyalanishga oid masalalar yechish NamDPI ilmiy axboratnoma 2025yil 1-son
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011234
- Nashr sanasi
- 2025-10-24
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/211
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 196–197
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25