“QORADARYO” O‘ZANIDA SUV OQIMLARINI BARQARORLASHTIRISHGA TA‘SIR ETUVCHI OMILLAR, MUAMMOLAR VA BARTARAF ETISH CHORA TADBIRLARI
I. TushkanovNamangan davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi2025
Konferensiyalar“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIJild 1Son 3Sahifa 189–191
Annotatsiya
maqolada Respublikamizdagi barcha ochiq suvlar havzalarida qum va shag‘al qazib olish jarayonida yuzaga keladigan asosiy bu sohadagi ekologik, sel va suv toshqinlaridagi muammolarni hal etish ko‘rib chiqilgan. Qazish ishlarining tabiiy muhitga, suv oqimiga, havo sifatiga va biodiversitetga ta‘siri tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik ta‘sirlarni kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta‘minlash uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan asosiy chora-tadbirlar tavsiya qilingan. Maqola Qoradaryo misolida qum va shag‘al qazib olishning ekologik jihatlariga e‘tibor qaratgan holda, bu sohadagi ekologik, sel va suv toshqinlaridagi muammolarni hal etish yo‘llarini o‘rganishga xizmat qiladi.
Boshqa tillarda
ruschaФАКТОРЫ, ПРОБЛЕМЫ И МЕРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА СТАБИЛИЗАЦИЮ ВОДНЫХ ПОТОКОВ В БАССЕЙНЕ «КАРАДАРЬЁ»
В статье рассматриваются основные экологические, паводковые и водоохранные проблемы, возникающие при добыче песчано-гравийных материалов во всех открытых водоемах нашей республики. Проанализировано влияние горнодобывающей деятельности на природную среду, сток воды, качество воздуха и биоразнообразие. Рекомендуются основные меры по снижению воздействия на окружающую среду и обеспечению устойчивого развития. Статья посвящена исследованию путей решения экологических, паводковых и водоохранных проблем в данной области, с акцентом на экологические аспекты добычи песчано-гравийных материалов на примере реки Карадарья.
inglizchaFACTORS, PROBLEMS AND MEASURES AFFECTING THE STABILIZATION OF WATER FLOWS IN THE "QARADARYO" BASIN
The article considers the main environmental, flood and flood problems that arise in the process of sand and gravel mining in all open water basins of our Republic. The impact of mining on the natural environment, water flow, air quality and biodiversity is analyzed. The main measures that can be used to reduce environmental impacts and ensure sustainable development are also recommended. The article serves to study ways to solve environmental, flood and flood problems in this area, focusing on the environmental aspects of sand and gravel mining on the example of the Karadarya River.
Kalit so‘zlar
- daryo o‘zanlaridan qum va shag‘al
- qazib olish
- sel va suv toshqinlari
- Qoradaryo
- suv oqimi
- ekologik ta‘sir
- barqaror rivojlanish
- ekologik rekultivatsiya
- atrof-muhitni muhofaza qilish
- daryo o‘zanlarida suv oqimini barqarorlashtirish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
“QORADARYO” O‘ZANIDA SUV OQIMLARINI BARQARORLASHTIRISHGA TA`SIR ETUVCHI OMILLAR, MUAMMOLAR VA BARTARAF ETISH CHORA TADBIRLARI
I.Toshkanov Namangan davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya: maqolada Respublikamizdagi barcha ochiq suvlar havzalarida qum va shag’al qazib olish jarayonida yuzaga keladigan asosiy bu sohadagi ekologik, sel va suv toshqinlaridagi muammolarni hal etish ko’rib chiqilgan. Qazish ishlarining tabiiy muhitga, suv oqimiga, havo sifatiga va biodiversitetga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik ta’sirlarni kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan asosiy choratadbirlar tavsiya qilingan. Maqola Qoradaryo misolida qum va shag’al qazib olishning ekologik jihatlariga e’tibor qaratgan holda, bu sohadagi ekologik, sel va suv toshqinlaridagi muammolarni hal etish yo’llarini o’rganishga xizmat qiladi. Kalit so’z: Daryo o‘zanlaridan qum va shag’al, qazib olish natijasida, sel va suv toshqinlaridagi muammolar, Qoradaryo, suv oqimi, ekologik ta’sir, barqaror rivojlanish, ekologik rekultivatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish va daryo o‘zanlarida suv oqimi barqarorlashtirish.
Bugungi kunga kelib, daryo o‘zanlarida suvlarning bir me’yorda oqib o‘tishi eng katta muammoli atmosfera havosining ifloslanishi, biologik xilma-xillikning kamayishi, yer osti va yer usti suvlari kamaib borishi, tuproq degradatsiyasi dunyo miqyosida global tashvish uyg’otmoqda. Bu, o’z navbatida tabiiy resurslarni tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat va jamiyat hayoti uchun muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-iyuldagi “Ichki bozorni qum-shag‘al materiallari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3841-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-14-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tiziminijoriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida”gi PF-74-son Farmonlari bilan yo‘lga qo‘yilgan. Andijon viloyatida bugungi kun holatida jami 5 ta tuman (Jalaquduq, Izboskan, Baliqchi, Paxtaobod Andijon tuman)lari hududidan oqib o‘tuvchi “Qoradaryo” daryosi va “Tentaksoy” o‘zanlaridagi 18 ta uchastkalarda jami 16 nafar, jumladan “Mega invest baraka”, “Xitachi xizmati”, “Aziza Credo Max”, “Asaka fayzli bunyodkor”, ”Atlantic blue”, “Comfort qurilish tamirlash 555”, “Quvvat Ul Kamol”, "Broken stones", "Wonder build", "Isomiddinov ishonchli biznes", “Yusuf stone”, “Baliq sanoat biznes” MChJlari, “Baliqchilik Al-Mansur”, “Chin bio metal”, “SMS tezkor luks” XKlari va “Imkon shag'al saralash” UK tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadbirkorlarning barcha uchastkalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi 981-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Suv
xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi tomonidan belgilangan tartibda loyixa xujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza ijobiy xulosasi olgan xolda “E.IJRO.AUKSION” platforma maydonchasi orqali o‘tkazilgan onlayn auksion savdo natijalariga ko‘ra realizatsiya qilingan. Birgina misol qilganimizda ushbu tadbirkorlar tomonidan reja bo‘yicha loyixa paremetrlari va davlat ekologiya ekspertiza talablari asosida o‘rtacha 50-100 metr kengliklardagi, xar bir piket bo‘yicha alohida metr chuqurliklarda jami 17 818 metr uzunlikdagi 1 011 528,533 xajmdagi daryo o‘zanini tozalab to‘planib qolgan qum-shag‘al maxsulotlarini qazib olish va shu bilan bir qatorda daryo qirg‘oq dambalarini yuvilishini oldini olish hamda sodir byuo‘lishi mumkin bo‘lgan texnogen xususiyatli favqulodda vavziyatlarni oldini olish ishlari ko‘zda tutilgan. Amalda, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tadbirkorlik sub’ektlari va “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi bilan sartnomalar imzolangan kundan boshlab 2025 yil 9 oy davomida jami 323 467 m3 xajmdagi, 809 metr uzunlikda daryo o‘zani tozalanib jami 41 813 m3 xajmdagi to‘planib qolgan qum-shag‘al maxsulotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 iyuldagi PQ-3841-sonli qarorga asosan ichki bozorga yo‘naltirish belgilanlgan. Shuningdek, amalga oshiilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ish tashkil etishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator tadbirkorlar tomonidan daryo o‘zanini tozalashda shartnoma shartlari va ekspertiza talablari buzilishi xolati ya’ni turli joylardan, betartib holda, daryo o‘zanini tozalash ishlarida qo‘l bola armaturadan yasalgan elak uskunasi yordamida elash ishlari olib borish, biriktirigan uchastkada daryo, soy o‘zanlarini tozalash mobaynida ishlarning bajarilishi biriktirilgan uchastka loyiha ishchi chizmalaridagi parametrlarga mos ravishda emas, tartibsiz ravishda ish tashkil qilingan bo‘lib, tozalanishi lozim bo‘lgan daryo chuqurligi taxminan 3-3,5 metr chuqurlikgacha qazib olinganligi va bu bilan loyiha ishchi chizmalaridagi parametrlaridan tashqariga chiqish va ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi holatlari ham uchrab turmoqda. Andijon viloyati hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soylardagi jami 18 ta uchastkalar “Qoradaryo” daryosi va “Tentaksoy” soyi o‘zanlarida joylashganligi va ushbu daryoda muntazam ravishda suv katta oqim tezligida oqishi sababali korxonalar tomonidan chegara hududlarni ko‘rsatuvchi beton qoziqlar o‘rnatish cheklangan bo‘lib, bunga sabab uchastkalarning koordinata nuqtalari daryo va soylar o‘zanidagi suv oqimi mavjud hududlarda joylashgan. “Qoradaryo” o‘zanida suv oqimlarini salbiy oqibatlarsiz o‘tkazib yuborish maqsadida, oqimni barqarorlashtirish uchun talveg tashkil qilinmoqda, ya’ni daryo va soydagi suv oqimini o‘zanning markaziga yo‘naltirish ishlari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 yanvardagi “Suv xavzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibda solish chora-tadbirlarito‘g‘risida”gi PF-14-sonli Farmoni amaldagi ishchi guruxi tomonidan ijroga qaratish choralari ko‘rib kelingan. Jumladan, mazkur Farmonning 3-bandi 1-xat boshi ijrosi yuzasidan 2025 yil o‘tgan davri davomida Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitnii muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish boshqarmasi, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi sharqiy mintaqaviy boshqarma va hamkorligida muntazam ravishda daryo va soylar o‘zanini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatini o‘rganish ishlari olib borilib nazoratga olinib kelinmoqda. O‘rganish va monitoring ishlari davomida ishchi gurux mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda kuchaytirilgan tezkor reyd tadbirlari tashkil etib borilgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Andijon viloyati hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soylar o‘zanida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazish va yuklash xolatari aniqlangan holatlar yuzasidan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Andijon viloyati boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan qonuniy choralar ko‘rib kelinmoqda. Bu o‘z navbatida, yurtimizda aholining qulay tabiiy muhitga ega bo’lishi uchun zarur shartsharoitlarni yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olishga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-iyuldagi “Ichki bozorni qum-shag‘al materiallari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3841-son qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-14-sonli Farmoni.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tiziminijoriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida”gi PF-74-son Farmon.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011232
- Nashr sanasi
- 2025-10-24
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/209
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 189–191
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25