Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDAGI O‘RTA MASOFALARGA YUGURUVCHILAR MASHG‘ULOTLARIDA SPORT FORMASINI FUNDAMENTAL SHAKLLANTIRISH METODIKASI
X.X.Qurbonov · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mazkur maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘rta masofalarga yuguruvchilar sport formasini fundamental shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulot dasturini bosqichli qo‘llash uslubiyatini amaliyotga tatbiq etish natijasida olingan ma‘lumotlar batafsil yoritib berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
USING THE “PMI” METHOD IN DEVELOPING THE TECHNICAL CREATIVITY OF FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION TEACHERS
Tuxtasinov Maqsadjon Murodjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada bo‘lajak texnologik ta‘lim o‘qituvchilarining texnik ijodkorligini oshirish uchun “Arduino platformasi va elektron ijodkorlik” fanidan “Arduino va servomotor” mavzusini o‘qitish jarayonida PMI(Plus, Minus Interesting) metodidan foydalanishning samarali usullari va natijalari tahlil qilingan. Shuningdek mazkur metoddan foydalanish jarayonida olingan xulosalar va takliflar keltirib o‘tilgan.
- Ochiq kirishMaqola
PARA DZYUDO MASHG‘ULOTLARIDA XARXIL KURASH TURLARI TEXNIKLARIDAN FOYDALANISHDA INNOVASION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
To‘ychiyev T. S. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
mazkur ilmiy maqolada adaptiv ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvch o‘smir dzyudochilarni xarxil kurash turlari texniksi innovasion pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda usullari o‘quv yig‘in mashg‘ulotlari ta‘sirida jismoniy rivojlanishi o‘zgarishi haqida nazariy ma‘lumot va amaliy tavsiyalar bayon etilgan.
- Ochiq kirishMaqola
MILIY HARAKATLI O‘YINLARNI SPORT ELEMENTLARINI O‘ZLASHTIRISHDA QO‘LLASHNING SAMARADORLIGI
Parmonov Akmal Abdupattoyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
umumta‘lim maktabidagi o‘quvchilarini o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan sport turlariga xos bo‘lgan elementlarni o‘rganishlari uchun zamin yarata oladigan miliy harakatli o‘yinlarni qo‘llash haqida tegishli ma‘lumotlar bayon etilgan.
- Ochiq kirishMaqola
KREATIVLIK VA SUN‘IY INTELLEKT INTEGRATSIYASI ORQALI DASTURIY INJINIRING TALABALARINI YUQORI TEXNOLOGIYALI FAOLIYATGA TAYYORLASH
Niyazova Naima Abdullajonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada kreativlik va sun‘iy intellekt texnologiyalarining integratsiyasi orqali dasturiy injiniring talabalarini yuqori texnologiyali faoliyatga tayyorlash jarayoni tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli davrda talabalar nafaqat an‘anaviy bilimlarga, balki sun‘iy intellekt asosidagi vositalar va kreativ yondashuvlarni qo‘llash orqali murakkab muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari muhimligi ta‘kidlanadi. Tadqiqotda muammoli o‘qitish, loyiha asosidagi ta‘lim va interaktiv metodlar yordamida talabalar kreativ fikrlash qobiliyatlari va sun‘iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari rivojlantirilishi ko‘rsatildi. Maqola ta‘lim jarayonini modernizatsiya qilish, innovatsion metodlarni tatbiq etish va zamonaviy IT sohasiga tayyor malakali mutaxassislarni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
- Ochiq kirishMaqola
TALABALAR ISHTIROKIDA FITNESS VA AEROBIKA VOSITALARI ORQALI SOG‘LOMLASHTIRISH METODOLOGIYASI
Narmamatova Sabina G‘ayrat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu tadqiqotda talabalar ishtirokida fitness va aerobika vositalari yordamida sog‘lomlashtirish metodologiyasi tahlil qilinadi. Ishning maqsadi jismoniy faollik va sport mashqlari orqali talabalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni sog‘lom turmush tarziga rag‘batlantirishdir. Tadqiqotda turli yoshdagi talabalar bilan ishlashda fitness va aerobika mashqlarining samaradorligi ko‘rsatildi.
- Ochiq kirishMaqola
JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINI IJTIMOIY-SHAXSIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIKANIG O‘ZIGA XOS XUSSIYATLARI
Mirzayev Saidmaxmud · Research Focus International Scientific Journal · 2025
maqolada jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirishning ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi ahamiyati tadqiq qilingan. Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan.
- Ochiq kirishMaqola
PARALIMPIYA SPORT TURI BILAN SHUG‘ULLANUVCHI TALABALARNING KUCH SIFATINI TAKOMILLASHGANLIK DARAJASINI O‘LCHASH USULLARI
Mahmudjonov Asilbek Abduvoxid o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
mazkur maqolada Paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanuvchi talabalarning kuch sifatini takomillashganlik darajasini aniqlash usullari yoritilgan. Tadqiqotda jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar ishtirokida o‘tkazilgan test va o‘lchov natijalari tahlil qilindi. Kuch sifatini baholashda qo‘l va oyoq mushaklarining faoliyatini aniqlovchi maxsus testlar, dinamometriya, sakrash va press mashqlari qo‘llanildi. Natijalar asosida Paralimpiya sportchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning samarali mezonlari ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari nogironligi bo‘lgan talabalarning sport mashg‘ulotlarini individuallashtirish va kuch sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishMaqola
OLIY TA‘LIM MUASSASASIDA JISMONIY TARBIYA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
G. R. Muratova · Research Focus International Scientific Journal · 2025
mazkur maqolada oliy ta‘lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda interaktiv metodlar, raqamli ta‘lim platformalari, multimediya vositalari va mobil ilovalar yordamida talabalarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini individual yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim, mustaqil o‘rganish va refleksiya imkoniyatlari bilan boyitishi ta‘kidlanadi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy etishning samaradorligi bo‘yicha ilmiy manbalar tahlili, o‘qituvchi va talabalar tajribasi asosida xulosalar keltiriladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy pedagogik yondashuvlar jismoniy tarbiya darslarining sifatini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishMaqola
TALABALARNING KIMYO FANI BO‘YICHA AMALIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARNING AFZALLIKLARI
Boqijonova Mahliyo Izzatilla qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim tizimida talabalar bilimini mustaqil egallash jarayonida interfaol metodlarning o‘rni va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda, xususan, “Kubik” metodi asosida kimyo fanini o‘qitish tajribasi yoritilgan. Maqolada AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va Janubiy Koreya kabi davlatlarda innovatsion yondashuvlar qo‘llanilishi misolida talabalarning intellektual rivojlanishi, kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni yoritilgan. O‘zbek pedagog olimlari tadqiqotlarida interfaol metodlar, jumladan “Kubik” metodining afzalliklari alohida ta‘kidlangan.
- Ochiq kirishMaqola
BELBOG‘LI KURASHCHILARNI BO‘Y-VAZN KO‘RSATGICHLARI ASOSIDA TEXNIK USULLARGA O‘RGATISH MODEL TAVSIFINI TAKOMILLASHTIRISH
Artiqova O.M. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
maqolada turli vazn toifalariga mansub malakali belbog‘li kurashchilarda tezkor kuch chidamkorligi va uning pulsometrik qiymati yillik tayyorgarlik sikllari davomida o‘rganilgan. Belbog‘li kurashchilarning vazn toifalari oshgan sari ularda tezkor kuch chidamliligining pulsametrik qiymati ham ortib borgan. Bazaviy tayyorgarlik sikli boshida qayd etilgan tezkor kuch chidamliligining pulsometrik qiymati shu sikl yakunida, ayniqsa musobaqa siklining yakuniga kelib asosan yengil va o‘rta toifalariga mansub kurashchilarda yanada ortgan. Lekin, og‘ir vazn kurashchilarda maskur chidamlilikning pulsametrik qiymati qisman kamaygani kuzatilgan.
- Ochiq kirishMaqola
MAKTAB YOSHIDAGI DZYUDOCHILARNING MASHG‘ULOT TA‘SIRINI ANIQLASH USULLARI
Abdulldyev N.M. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
mazkur ilmiy maqolada maktab yoshidagi dzyudochilarni o‘quv yig‘in mashg‘ulotlari ta‘sirida jismoniy rivojlanishi o‘zgarishi haqida nazariy ma‘lumot va amaliy tavsiyalar bayon etilgan.
- Ochiq kirishMaqola
DZYUDODA TEXNIK-TAKTIK HARAKATLARNI O‘RGATISH USULLARI
Abdulldyev N.M. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
dzyudochilarda bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda ayrim texnik-taktik usullarni samaradorlik ko‘rsatkichlar tahlili yoritilgan. Aniqlandiki, kurashchilarning kiflash texnik usulini o‘rgatishda murabbiylar tomonidan kamchiliklar yuzaga keldi. Lekin bu muvozanatdan chiqaruvchi usullar sportchilar tomonidan iliq kutub olinmoqda, chunki bu texnik usullarni qo‘llash osonroq va raqibni himoyalanishi kesgin kamayadi.
- Ochiq kirishMaqola
THE IMPACT OF WORLD WAR I ON ENGLISH LITERATURE (POETRY)
Sevil Alasgar gizi Mammadova · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Birinchi jahon urushi (1914–1918) nafaqat siyosiy va ijtimoiy tizimlarni, balki adabiyotni ham tubdan o‘zgartirdi. Ingliz adabiyotida bu urush jarohat, yo‘qotish, qahramonlik va inson psixologiyasining sinishi lahzalarini aks ettirgan kuchli qatlamni yuzaga keltirdi. Urush shoirlari — Uilfred Ouen, Zigfrid Sassun, Rupert Bruk va boshqalar — romantik qahramonlikning an‘anaviy obrazini parchalab, urushning haqiqiy dahshatlarini ko‘rsatdilar. Nasrda Erix Mariya Remark (nemis yozuvchisi bo‘lsa-da, uning ta‘siri britaniyalik adiblarga ham yetib bordi), Virjiniya Vulf va D.H. Lourens kabi mualliflar urushning jamiyat va shaxsga halokatli oqibatlarini tasvirladilar. Birinchi jahon urushi urushning romantik obrazlarini yemirib, realistik, ko‘pincha pasifistik qarashlarni yuzaga keltirgan holda ingliz adabiyotini tubdan o‘zgartirdi. Uilfred Ouenning «Dulce et Decorum Est» she‘ri urush haqidagi an‘anaviy qahramonlik g‘oyasini rad etadi, Zigfrid Sassun she‘riyati esa jamiyatning urushga befarqligini keskin tanqid qiladi. Ford Madoks Fordning «Parad oxiri» romani jamiyatning parchalanishini nozik tarzda aks ettiradi, Virjiniya Vulfning «Missis Dellouey» asari esa urushdan keyingi psixologik inqirozni ochib beradi. T.S. Eliotning «Bemahsul yer» poemasi butun Yevropaning ma‘naviy inqirozi ramziga aylandi. Bu asarlar urush ingliz adabiyotida nafaqat tarixiy voqea sifatida, balki insoniylik, madaniyat va axloq larzasi sifatida ham chuqur iz qoldirganini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishMaqola
IMPROVING THE METHODOLOGY OF PRODUCT COST FORMATION IN CARPET MANUFACTURING ENTERPRISES
Teshaboyeva Mohigul Eldorjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada gilam ishlab chiqarish sohasida tannarxni shakllantirish tamoyillari, ishlab chiqarish korxonalarida xarajatlarni hisoblash usullarini takomillashtirish strategiyalariga alohida e‘tibor qaratilgan holda o‘rganilgan. Unda xarajatlarni aniq tasniflashning ahamiyati, tannarxning raqobatbardoshlikka ta‘siri va xarajatlarni boshqarishda raqamli texnologiyalarning o‘rni yoritilgan. «Evaks Fabric» MChJ misolida ishlab chiqarish xarajatlari qanday hisobga olinishi, hisoblanishi va optimallashtirilishi tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda gilam ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va rentabellikni oshirish bo‘yicha amaliy yechimlar bayon etilgan.
- Ochiq kirishMaqola
THE IMPACT OF DIFFERENT IRRIGATION REGIMES AND TECHNOLOGIES ON COTTON YIELD
Normat Durdiyev, Jasurbek Jumaev · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida Buxoro-10 va C-8290 g‘o‘za navlarini tomchilatib hamda plyonka ostidan tomchilatib sug‘orish texnologiyalarida, turli sug‘orish tartiblarida sug‘orilganda ularning hosildorlik ko‘rsatkichlari haqidagi ma‘lumotlar keltirilgan. Eng yuqori hosildorlik ko‘rsatkichi Buxoro-10 g‘o‘za navida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-70% da plyonka ostidan sug‘orilgan 7-variantda kuzatilib gektariga 52,2 sentnerni tashkil etdi.
- Ochiq kirishMaqola
ОЦЕНКА ПОТЕНЦИАЛА ГИДРОАККУМУЛИРУЮЩИХ ЭЛЕКТРОСТАНЦИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ С УЧЁТОМ ЭНЕРГЕТИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ И ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ФАКТОРОВ
Юсупов Д.Т., Мирзалиев У.И. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Qayta tiklanadigan energiya manbalarining (QTEM) ulushi ortib borayotgani va O‘zbekiston elektr tarmo‘ida boshqaruv quvvatining yetishmasligi bilan gidroakkumulyatsiyalash elektr stansiyasi (GAES) elektr ta‘minotining ishonchliligi va barqarorligini oshirish uchun strategik yechim hisoblanadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning qurg‘oqchil sharoitlarida GAESlarni joriy etishning texnik, iqtisodiy, ekologik va geografik shart-sharoitlarini baholashdir. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 400-800 MVt quvvatga ega, samaradorlik 72-85% va xizmat muddati 80 yilgacha bo‘lgan GAESlar minimal saqlash xarajatlarini (0,05-0,13 AQSh dollari/kVt/soat) tashkil qiladi, 2035-yilga kelib CO₂ chiqindilarini 12 million tonnagacha kamaytiradi va yiliga 1,6 milliard kub metrgacha tabiiy gazni tejaydi. GAESlarning past uglerodli o‘tishga va O‘zbekiston energetika xavfsizligini oshirishning asosiy elementi sifatida milliy energetika strategiyasiga kiritish maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Bug‘lanish, seysmik xavflar va suv tanqisligini hisobga olgan holda GAES samaradorligini hisoblashning moslashtirilgan modeli taklif etildi.
- Ochiq kirishMaqola
KO‘P CHIQISHLI MAGNETOELEKTRLI CHIZIQLI QADAMLI DVIGATEL: TUZILISHI VA ISHLASH XUSUSIYATLARI
Yigitaliyev Jaloliddin Adxamjon o‘g‘li, Abdullayev Mahmudjon Muxamedovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada ko‘p chiqishli magnetoelektrli chiziqli qadamli dvigatelning (KChMChQD) nazariy asoslari, tuzilishi va ishlash prinsiplari o‘rganilgan. Dvigatelning elektromagnit jarayonlari differensial tenglamalar yordamida tahlil qilingan. MATLAB/Simulink va ANSYS Maxwell dasturlari yordamida o‘tkazilgan simulyatsiya natijalari, shuningdek, eksperimental tekshiruvlar natijalari taqdim etilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, KChMChQD yuqori aniqlik, barqarorlik va samaradorlikka ega bo‘lib, uni zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlar, robototexnika va aniq mexanika sohalarida keng qo‘llash imkoniyati mavjud.
- Ochiq kirishMaqola
LOAD FORECASTING AND EQUIPMENT OPTIMIZATION IN RENEWABLE ENERGY INTEGRATION
Turaxanov Sherzod Shadiyarovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTM) ulanishi sharoitida yuklamani bashoratlash va elektr texnikasi qurilmalarini optimallashtirish uchun ikki pog‘onali integratsiyalashgan yondashuv taklif etiladi. Birinchi pog‘onada SCADA/AMI ma‘lumotlari, ob-havo hamda kalendar ko‘rsatkichlari asosida gibrid LSTM–Transformer modeli yordamida kun- / oldi va yaqin real vaqt yuklama prognozi olinadi. Ikkinchi pog‘onada prognoz noaniqligini inobatga oluvchi MILP asosidagi ko‘p-maqsadli optimallashtirish va modelga asoslangan prediktiv boshqaruv (MPC) orqali kompensatorlar, kuchlanish regulyatorlari/OLTC, invertorlar (PQ-dispatch), talabga javob (DR) signallari hamda saqlash tizimlari ish rejimlari muvofiqlashtiriladi. Simulyatsiya natijalari tarmoqdagi texnik yo‘qotishlarni va kuchlanish cheklovi buzilishlarini kamaytirish, RES curtailmentini qisqartirish, transformator yuklanishini pasaytirish hamda ekspluatatsion xarajatlarni optimallashtirish imkonini ko‘rsatadi. Taklif etilgan usul aqlli tarmoq (smart-grid) muhitida bashorat–boshqaruv bog‘liqligini yagona yechimga birlashtirib, tarmoq barqarorligi va energiya samaradorligini oshiradi.
- Ochiq kirishMaqola
TRIKOTAJ NUQSONLARINI ANIQLASHDA KONVOLYUTSION NEYRON TARMOQLARI (CNN), QO‘LLAB-QUVVATLOVCHI MASHINA (SVM) VA “RANDOM FOREST” ALGORITMLARINING SOLISHTIRMA TAHLILI
Sherzod Qorabayev, Xusanxon Bobojanov, Jahongir Soloxiddinov, Sherzod Djurayev · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu tadqiqot trikotaj matolaridagi nuqsonlarni aniqlash uchun Konvolyutsion Neyron Tarmoqlari (CNN), Qo‘llab-quvvatlovchi Mashina (SVM) va Random Forest algoritmlarining samaradorligini solishtirmalı tahli qilishga bag‘ishlangan. 5000 ta tasvirdan iborat ma‘lumotlar to‘plamida o‘tkazilgan eksperimentlar natijasida CNN modeli 96.8% aniqlik, SVM 89.3% va Random Forest 91.2% natijalarni ko‘rsatgan. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, yuqori aniqlik talab qilingan vaziyatlarda CNN, hisoblash resurslari cheklangan bo‘lganda esa Random Forest afzalroq hisoblanadi. Ushbu natijalar trikotaj sanoati uchun avtomatlashtirilgan sifat nazorati tizimlarini loyihalashda amaliy ahamiyatga ega.