Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

OLIY TA‘LIM MUASSASASIDA JISMONIY TARBIYA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

G. R. MuratovaQo‘qon davlat universiteti dotsenti2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 10Sahifa 88–91

Annotatsiya

mazkur maqolada oliy ta‘lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda interaktiv metodlar, raqamli ta‘lim platformalari, multimediya vositalari va mobil ilovalar yordamida talabalarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini individual yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim, mustaqil o‘rganish va refleksiya imkoniyatlari bilan boyitishi ta‘kidlanadi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy etishning samaradorligi bo‘yicha ilmiy manbalar tahlili, o‘qituvchi va talabalar tajribasi asosida xulosalar keltiriladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy pedagogik yondashuvlar jismoniy tarbiya darslarining sifatini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Boshqa tillarda

ruschaСОВРЕМЕННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ В ПРЕПОДАВАНИИ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ В ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ ЗАВЕДЕНИИ

в данной статье рассматриваются вопросы эффективного использования современных педагогических технологий в преподавании физической культуры в высших учебных заведениях. В исследовании анализируются возможности повышения интереса студентов к процессу обучения и развития практических навыков с использованием интерактивных методов, цифровых образовательных платформ, мультимедийных средств и мобильных приложений. Подчеркивается, что современные педагогические технологии обогащают занятия по физической культуре индивидуальным подходом, личностно-ориентированным обучением, возможностями самостоятельного обучения и рефлексии. Также на основе анализа научных источников и опыта преподавателей и студентов сделаны выводы об эффективности внедрения инновационных технологий. Результаты исследования показывают, что современные педагогические подходы являются важным фактором повышения качества уроков физической культуры.

inglizchaMODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING PHYSICAL EDUCATION AT A HIGHER EDUCATION INSTITUTION

This article describes the issues of the effective use of modern pedagogical technologies in teaching physical education at higher education institutions. The study analyses the possibilities of increasing students‘ interest in the learning process and of developing their practical skills with the help of interactive methods, digital educational platforms, multimedia tools and mobile applications. It is emphasized that modern pedagogical technologies enrich physical education classes with an individual approach, person-oriented education, and opportunities for independent learning and reflection. In addition, conclusions are presented on the effectiveness of introducing innovative technologies on the basis of an analysis of scientific sources and of the experience of teachers and students. The results of the study show that modern pedagogical approaches are an important factor in improving the quality of physical education lessons.

Kalit so‘zlar

  • jismoniy tarbiya
  • zamonaviy pedagogik texnologiyalar
  • interaktiv metodlar
  • raqamli ta‘lim
  • innovatsion yondashuv
  • Доцент E-mail: muratovagulnora4@gmail.com

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

OLIY TA’LIM MUASSASASIDA JISMONIY TARBIYA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR G. R. Muratova Qo‘qon davlat universiteti dotsenti E-mail: muratovagulnora4@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.17515924 Annotatsiya: mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda interaktiv metodlar, raqamli ta’lim platformalari, multimediya vositalari va mobil ilovalar yordamida talabalarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini individual yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, mustaqil o‘rganish va refleksiya imkoniyatlari bilan boyitishi ta’kidlanadi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy etishning samaradorligi bo‘yicha ilmiy manbalar tahlili, o‘qituvchi va talabalar tajribasi asosida xulosalar keltiriladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy pedagogik yondashuvlar jismoniy tarbiya darslarining sifatini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: jismoniy tarbiya, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar, raqamli ta’lim, innovatsion yondashuv, oliy ta’lim.

СОВРЕМЕННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ В ПРЕПОДАВАНИИ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ В ВУЗАХ Г. Р. Муратова Кокандского государственного университета, Доцент E-mail: muratovagulnora4@gmail.com Аннотация: в данной статье рассматриваются вопросы эффективного использования современных педагогических технологий в преподавании физической культуры в высших учебных заведениях. В исследовании анализируются возможности повышения интереса студентов к процессу обучения и развития практических навыков с использованием интерактивных методов, цифровых образовательных платформ, мультимедийных средств и мобильных приложений. Подчеркивается, что современные педагогические технологии обогащают занятия по физической культуре индивидуальным подходом, личностно-ориентированным обучением, возможностями самостоятельного обучения и рефлексии. Также на основе анализа научных источников и опыта преподавателей и студентов сделаны выводы об эффективности внедрения инновационных технологий. Результаты исследования показывают, что современные педагогические подходы являются важным фактором повышения качества уроков физической культуры. Ключевые слова: физическое воспитание, современные педагогические технологии, интерактивные методы, цифровое образование, инновационный подход, высшее образование.

MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING PHYSICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS G. R. Muratova Associate Professor, Kokand State University

E-mail:muratovagulnora4@gmail.com Annotation: this article discusses the issues of effective use of modern pedagogical technologies in teaching physical education in higher education institutions. The study analyzes the possibilities of increasing students' interest in the learning process and developing practical skills using interactive methods, digital learning platforms, multimedia tools and mobile applications. It is emphasized that modern pedagogical technologies enrich physical education classes with an individual approach, person-centered education, independent learning and reflection opportunities. Also, conclusions are drawn based on the analysis of scientific sources and the experience of teachers and students on the effectiveness of the introduction of innovative technologies. The results of the study show that modern pedagogical approaches are an important factor in improving the quality of physical education lessons. Key words: physical education, modern pedagogical technologies, interactive methods, digital education, innovative approach, higher education.

ISHNING DOLZARBLIGI Hozirgi davrda oliy ta’lim tizimida ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va innovatsion pedagogik yondashuvlardan foydalanish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarining zamon talablari asosida yangilanishi nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham samarali shakllantirishga xizmat qilmoqda. Jismoniy tarbiya fani oliy ta’lim muassasalarida talabalar salomatligini mustahkamlash, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kasbiy faoliyatda zarur bo‘ladigan jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan muhim ta’lim yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur fan bo‘yicha mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati beqiyosdir. Ishning maqsadi: bugungi kunda interaktiv metodlar, raqamli ta’lim platformalari, multimedia vositalari va mobil ilovalar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini yanada qiziqarli, mazmunli va talabalarning shaxsiy ehtiyojlariga moslashtirilgan shaklda tashkil etish imkonini berada. Bu jarayonda o‘qituvchining ijodkorligi, metodik tayyorgarligi va texnologik savodxonligi asosiy omil hisoblanadi. Shunday ekan, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni jismoniy tarbiya faniga integratsiya qilish nafaqat o‘quv jarayonining sifatini oshiradi, balki talabalarda mustaqil o‘rganish, o‘zini baholash va sog‘lom hayot tarzi ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari, afzalliklari va samaradorligi tahlil qilinadi. TADQIQOT USULLARI Ushbu tadqiqot oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning samaradorligini o‘rganish va tahlil qilishga qaratildi. Tadqiqot quyidagi usullar orqali amalga oshirildi: - Adabiyotlarni tahlil qilish – jismoniy tarbiya fanini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ularning afzalliklari va amaliy qo‘llanilish holati bo‘yicha ilmiy manbalar, maqolalar va metodik qo‘llanmalar o‘rganildi.

- So‘rovnoma usuli – oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va talabalar o‘rtasida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish darajasi, ularning samaradorligi va qiyinchiliklari bo‘yicha so‘rov o‘tkazildi. - Pedagogik kuzatuv – dars jarayonida multimediali vositalar, interaktiv metodlar, masofaviy o‘qitish platformalari va mobil ilovalardan foydalanish samaradorligi amalda kuzatildi. - Eksperiment usuli – tajriba va nazorat guruhlari tashkil etilib, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarning talabalarning jismoniy tayyorgarligi va nazariy bilimlariga ta’siri o‘rganildi. - Statistik tahlil – to‘plangan ma’lumotlar matematik-statistik usullar yordamida qayta ishlanib, o‘zgarishlar foiz ko‘rinishida tahlil qilindi.

NATIJA Tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlar oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar keng qo‘llanila boshlaganini ko‘rsatdi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning 76 % dars jarayonida interaktiv metodlar (klaster, aqliy hujum, “Insert” texnologiyasi va boshqalar)dan muntazam foydalanishini bildirdi. 66% o‘qituvchilar esa multimediali vositalar (prezentatsiyalar, videodarslar, animatsion modellar) yordamida dars samaradorligi oshganini ta’kidladi.

Pedagogik kuzatuv shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy texnologiyalar bilan tashkil etilgan mashg‘ulotlarda talabalar faolligi an’anaviy darslarga nisbatan o‘rtacha 25–30 % ga yuqori bo‘ldi. Eksperiment natijalariga ko‘ra, tajriba guruhidagi talabalar nazariy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha 18 % ga, amaliy ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa 12 % ga yaxshilanish kuzatildi.

Shuningdek, mobil ilovalar (fitnes-trekerlar, jismoniy mashqlar bo‘yicha trening dasturlari) va masofaviy o‘qitish platformalaridan (Zoom, Google Classroom, Moodle) foydalanish talabalarning mustaqil tayyorgarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘qituvchilarning fikriga ko‘ra, bu vositalar talabalarda o‘z-o‘zini nazorat qilish, motivatsiya va intizomni oshirgan.

MUNOZARA Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quv jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Talabalar faoliyatida aniqlangan o‘zgarishlar ta’lim jarayonida interaktiv metodlar va raqamli vositalardan foydalanishning samarali ekanini tasdiqlaydi. Ushbu xulosalar ilgari o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar (Suchkov, 2019, A. Ismoilova 2022; ) bilan hamohang bo‘lib, ular ham zamonaviy texnologiyalarning motivatsiya va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sirini qayd etgan.

Shuningdek, kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, interaktiv metodlar va multimediya vositalari yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talabalarning nafaqat nazariy bilimlarini, balki amaliy ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu holat o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi kommunikatsiyani kuchaytiradi, o‘quv jarayonida hamkorlikni ta’minlaydi.

Biroq, tadqiqot davomida ayrim cheklovlar ham aniqlandi. Jumladan, barcha o‘qituvchilar ham zamonaviy texnologiyalarni samarali qo‘llash uchun yetarli texnik bilim va malakaga ega emasligi, ayrim oliy ta’lim muassasalarida texnik bazaning to‘liq emasligi jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, texnologiyalarga haddan tashqari bog‘liqlik ba’zi talabalar tomonidan amaliy mashqlar sifatini pasaytirishi mumkin.

Umuman olganda, tadqiqot shuni tasdiqlaydiki, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni jismoniy tarbiya darslariga integratsiya qilish talabalarning bilim olish jarayonini faollashtiradi, mustaqil o‘qishga rag‘batlantiradi va ularning jismoniy hamda intellektual salohiyatini rivojlantiradi. Shu bilan birga, bu texnologiyalardan samarali foydalanish uchun o‘qituvchilarning malakasini oshirish va texnik infratuzilmani takomillashtirish zarur.

XULOSA Oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, talabalar motivatsiyasini kuchaytiradi va ularning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya vositalari va raqamli resurslar orqali ta’lim jarayoni nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki aqliy va ijtimoiy kompetensiyalarni ham rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tavsiyalar. Mazkur izlanishdan kelib chiqib quyidagi tavsiyalar beriladi: - O‘quv jarayoniga integratsiya – zamonaviy pedagogik texnologiyalarni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga tizimli ravishda kiritish, ularni o‘quv dasturlarida alohida modul sifatida belgilash. - O‘qituvchilar malakasini oshirish – jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun muntazam ravishda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish. - Interaktiv vositalardan foydalanish – darslarda videoanaliz, virtual trenajyorlar, mobil ilovalar va boshqa raqamli platformalardan foydalanish orqali talabalar faol ishtirokini ta’minlash. - Talabalarning mustaqil ishlashini rag‘batlantirish – onlayn topshiriqlar, o‘z-o‘zini baholash tizimlari va guruh loyihalari orqali talabalarni mustaqil ta’limga jalb qilish. - Natijalarni muntazam monitoring qilish – o‘qitish jarayonidagi texnologik yondashuvlarning samaradorligini aniqlash uchun muntazam tahlil va baholash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish. - Shunday qilib, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan oqilona va tizimli foydalanish oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya sifatini yangi bosqichga ko‘taradi hamda zamon talablariga javob beradigan, raqamli savodxon va yuqori motivatsiyaga ega mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Vasenkov N.V., Minnibaev E.Sh. Universitetda jismoniy tarbiya o'qitishning innovatsion usullari // Fan va texnika rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalari. 2016 yil. 10-7-son.
  2. A. Ismoilova. Universitetlarda jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalari. «Iqtisodiyot va jamiyat» No3 (94) -2 2022 www.iupr.ru
  3. Davydova T.P. Jismoniy tarbiya darslarida zamonaviy ta'lim texnologiyalari // Talabalarning ilmiy hamjamiyati: fanlararo tadqiqotlar: mat bo'yicha maqolalar to'plami. XXXV int. talaba ilmiy-amaliy. konf. № 24 (35).
  4. Muratova, G. R. "To the questions of innovative approach to the process of Physical education in university." JournalNX 8.12 (2022): 371-374.
  5. Muratova, G. R. "Introduction of Credit-Module Technology in the Process of Education of Students in the Discipline of “Physical Education”." Middle European Scientific Bulletin 22 (2022): 261-264.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013121
Nashr sanasi
2025-11-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
10
DOI
10.66073/researchfocus.v4i10.1804
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
88–91
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06