BELBOG‘LI KURASHCHILARNI BO‘Y-VAZN KO‘RSATGICHLARI ASOSIDA TEXNIK USULLARGA O‘RGATISH MODEL TAVSIFINI TAKOMILLASHTIRISH
Artiqova O.M.Alfraganus universiteti Sport faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 10Sahifa 77–81
Annotatsiya
maqolada turli vazn toifalariga mansub malakali belbog‘li kurashchilarda tezkor kuch chidamkorligi va uning pulsometrik qiymati yillik tayyorgarlik sikllari davomida o‘rganilgan. Belbog‘li kurashchilarning vazn toifalari oshgan sari ularda tezkor kuch chidamliligining pulsametrik qiymati ham ortib borgan. Bazaviy tayyorgarlik sikli boshida qayd etilgan tezkor kuch chidamliligining pulsometrik qiymati shu sikl yakunida, ayniqsa musobaqa siklining yakuniga kelib asosan yengil va o‘rta toifalariga mansub kurashchilarda yanada ortgan. Lekin, og‘ir vazn kurashchilarda maskur chidamlilikning pulsametrik qiymati qisman kamaygani kuzatilgan.
Boshqa tillarda
ruschaСОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МОДЕЛЬНОЙ ХАРАКТЕРИСТИКИ ОБУЧЕНИЯ ТЕХНИЧЕСКИМ ПРИЁМАМ БОРЦОВ БОРЬБЫ НА ПОЯСАХ НА ОСНОВЕ РОСТОВЕСОВЫХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ
В статье изучены скоростно-силовая выносливость и её пульсометрическое значение у квалифицированных борцов борьбы на поясах различных весовых категорий на протяжении годичных циклов подготовки. По мере повышения весовой категории борцов борьбы на поясах возрастало и пульсометрическое значение их скоростно-силовой выносливости. Пульсометрическое значение скоростно-силовой выносливости, зафиксированное в начале базового цикла подготовки, к концу этого цикла, и особенно к концу соревновательного цикла, дополнительно возросло в основном у борцов лёгких и средних категорий. Однако у борцов тяжёлого веса отмечено частичное снижение пульсометрического значения указанной выносливости.
inglizchaIMPROVEMENT OF THE MODEL DESCRIPTION FOR TEACHING TECHNICAL METHODS TO BELT WRESTLERS BASED ON HEIGHT AND WEIGHT INDICATORS
The article studies speed-strength endurance and its pulsometric value in qualified belt wrestlers of different weight categories during the annual preparation cycles. As the weight categories of the belt wrestlers increased, the pulsometric value of their speed-strength endurance also increased. The pulsometric value of speed-strength endurance recorded at the beginning of the basic preparation cycle increased further by the end of that cycle, and especially by the end of the competition cycle, mainly in wrestlers of the light and middle categories. However, in heavyweight wrestlers a partial decrease in the pulsometric value of this endurance was observed.
Kalit so‘zlar
- jismoniy tayyorgarlik
- jismoniy sifatlar
- texnik-taktik usullar
- jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik
- belbog‘li kurashchilar
- tayyorgarlik sikllari
- kuch chidamkorligi
- pulsometrik qiymat
- baholash metodikasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
BELBOG‘LI KURASHCHILARNI BО‘Y-VAZN KO‘RSATGICHLARI ASOSIDA TEXNIK USULLARGA O‘RGATISH MODEL TAVSIFINI TAKOMILLASHTIRISH Artiqova O.M. Alfraganus Universiteti Sport faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: odinaartiqova9474@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.17516289 Annotatsiya: maqolada turli vazn toifalariga mansub malakali belbog‘li kurashchilarda tezkor kuch chidamkorligi va uning pulsometrik qiymati yillik tayyorgarlik sikllari davomida o‘rganilgan. Belbog‘li kurashchilarning vazn toifalari oshgan sari ularda tezkor kuch chidamliligining pulsametrik qiymati ham ortib borgan. Bazaviy tayyorgarlik sikli boshida qayd etilgan tezkor kuch chidamliligining pulsometrik qiymati shu sikl yakunida, ayniqsa musobaqa siklining yakuniga kelib asosan yengil va o‘rta toifalariga mansub kurashchilarda yanada ortgan. Lekin, og‘ir vazn kurashchilarda maskur chidamlilikning pulsametrik qiymati qisman kamaygani kuzatilgan. Kalit so‘zlar: jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar , texnik-taktik usullar , jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik, belbog‘li kurashchilar, tayyorgarlik sikllari, kuch chidamkorligi, pulsometrik qiymat, baholash metodikasi.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МОДЕЛЬНОЙ ХАРАКТЕРИСТИКИ ТРЕНИРОВКИ ТЕХНИЧЕСКИХ ПРИЕМОВ БОРЦОВ НА ОСНОВЕ ИХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ РОСТА И ВЕСА Артикова О.А. Университет Алфараган Преподаватель кафедры спортивной деятельности Аннотатция: в статье исследуется скоростная силовая выносливость и ее пульсометрическое значение у квалифицированных борцов с поясами разных весовых категорий в течение годичных циклов тренировок. По мере увеличения весовых категорий борцов с поясами у них также увеличивалось пульсометрическое значение быстрой силовой выносливости. Пульсометрическое значение быстрой силовой выносливости, зафиксированное в начале базового тренировочного цикла, еще больше увеличилось в конце этого цикла, особенно у борцов, принадлежащих в основном к легким и средним категориям, к концу соревновательного цикла. Однако у борцов в супертяжелом весе наблюдалось частичное снижение пульсометрического значения выносливости маскура. Ключевые слова: физическая подготовка, физические качества, техникотактические методы, физическая и технико-тактическая подготовка, борцы на поясах, циклы подготовки, силовая выносливость, пульсометрическое значение, методика оценки.
IMPROVING THE MODEL DESCRIPTION OF TRAINING IN TECHNICAL METHODS OF WRESTLERS BASED ON THEIR HEIGHT AND WEIGHT INDICATORS. Artiqova O.A Alfraganus University department of sports activities teacher E-mail: odinaartiqova9474@gmail.com
Annotation: this article explores the development of speed-strength endurance and its pulsometric values in qualified belt wrestlers of various weight categories throughout annual training cycles. The findings indicate that as the weight category increases, the pulsometric values related to speed-strength endurance also tend to rise. By the end of the base preparation cycle and especially at the conclusion of the competition cycle - a significant improvement in these values was observed among wrestlers in light and middle weight categories. However, a slight decrease in pulsometric indicators of this endurance was noted among heavyweight wrestlers. Keywords: physical preparation, physical qualities, technical-tactical techniques, physical and technical-tactical training, belt wrestlers, training cycles, strength endurance, pulsometric value, assessment methodology.
DOLZARBLIGI Respublikamizda malakali belbog‘li kurashchilar tayyorlash amaliyoti, mahalliy mutaxassis–olimlar tomonidan ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar tarkibida belbog‘li kurashchilarimizni Jahon va Osiyo musobaqalarida yuksak natijalarga erishishiga qaratilmoqda, «Milliy sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, ularni Osiyo va Olimpiada o‘yinlari dasturlariga kiritish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish» vazifasi belgilab berilgan. Ammo dunyo miqyosida har bir xalq va elatning asrlar davomida paydo bo‘lgan va rivojlangan o‘ziga xos kurash turlari mavjud bo‘lib, shu qatorda O‘zbekistonda ham “Buxorocha” va “Farg‘onacha” usulda o‘tkazilib kelingan milliy kurash turlari keng ommalashgan. Jumladan, belbog‘li kurash jahonning barcha qit’alarida rivojlanib ommaviylashayotgan sport turlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda maskur kurash turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarni tayyorlash tizimini zamon talablariga moslashtirish yuzasidan keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada keng qamrovli, ilmiy asoslangan o‘quv va ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar mavjud emas. So‘nggi yillarda chop etilayotgan ayrim maqolalar, kam sonli ba’zi qo‘llanmalar belbog‘li kurashning tor masalalariga qaratilgan F.A.Kerimov, N.M.Yusupov, J.M.Nurshin, Sh.A.Mirzaqulov, Sh.A.Abdullaev, N.A.Tastanov, Z.S.Artikov, A.R.Taymuratov, Ammo ushbu ilmiy, o‘quv va uslubiy manbalarda mazkur dissertatsiya mavzusi sifatida tanlangan, belbog‘li kurashda ustuvor ahamiyat kasb etuvchi tezkor-kuch yordamida texnik usullarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning uslub va vositalari umuman tadqiqot ostiga olinmagan. Shu sababli belbog‘li kurashchilarni tezkor texnik usullarini o‘rganish va ulurning kamchiliklarini aniqlash hamda bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish bugungi kunda belbog‘li kurash nazariyasi va amaliyotining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. TADQIQOTNING MAQSADI Belbog‘li kurashchilarning texnik usullarini antropometrik ko‘rsatgichlari asosida aniqlash. TADQIQOT ISHINING VAZIFALARI: mavzuga doir ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish; belbog‘li kurashda teskor texnik usullarni aniqlash; belbog‘li kurashchilarni vazni va bo‘yiga qarab usullarni bajarish qobiliyatini aniqlash. TADQIQOT USULLARI ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, pedagogik testlashmatematik statistika.
TADQIQOTNI TASHKILLASHTIRISH Tajriba O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasida “Sport pedagogik maxoratini oshirish” darsida shug‘ullanuvchi belbog‘li kurashchi talabalarda olib borildi. 1-jadval: nazorat va tajriba guruhlari belbog‘li kurashchilarida tezkor texnik usullarni bajarish imkoniyatining dinamikasi (n=12) Tajriba Tajribadan Ko‘rsatkich № Testlar guruh dan t p oldin lar farqi keyin
Ikki tizza yordamida NG 3,6±0,3 3,9±0,8 +0,3 2,67 <0,05 ko‘tarib o‘ng tomonga 1 qaytarib tashlash (10 soniya) TG 3,4±0,7 4,8±1,2 +1,4 4,42 <0,001
O‘z vazni toifasidagi NG 3,9±0,4 4,3±0,6 +0,4 2,48 <0,05 raqibni oldindan 2 ko‘tarib yonboshdan oshirib tashlash TG 4,1±0,5 5,4±1,4 +1,3 4,87 <0,001 (10 soniya)
Nazorat va tajriba guruhlari belbog‘li kurashchilarida noan’anaviy tezkor texnik usullarni bajarish imkoniyatining dinamikasi bo‘yicha ikki tizza yordamida ko‘tarib o‘ng tomonga qaytarib tashlash usuli ahamiyatlilik darajasi nazorat guruhida p<0,05 tajriba guruhida p<0,001 o‘z vazni toifasidagi raqibni oldindan ko‘tarib yonboshdan oshirib tashlash usuli ahamiyatlilik darajasi nazorat guruhida p<0,05 tajriba guruhida p<0,001ni tashkil etdi. 2-jadval: nazorat va tajriba guruhlari belbog‘li kurashchilarida tezkor texnik usullarni bajarish imkoniyatining dinamikasi (n=12)
Tajribadan Tajribadan Ko‘rsatkich № Testlar guruh t p oldin keyin lar farqi
Belbog‘ni teskari ushlab NG 3,1±0,5 3,6±1,1 +0,5 2,38 <0,05 1 o‘ngdan chapga qaytarib tashlash (10 soniya) TG 3,5±0,9 4,7±1,2 +1,2 4,63 <0,001 O‘z vazni toifasidagi NG 3,9±0,7 4,2±0,8 +0,3 2,91 <0,05 raqibni yoniga o‘tib ko‘krakdan oshirib tashlash TG 3,8±0,6 5,3±1,3 +1,5 4,58 <0,001 (10 soniya)
Nazorat va tajriba guruhlari belbog‘li kurashchilarida noan’anaviy tezkor texnik usullarni bajarish imkoniyatining dinamikasi bo‘yicha Belbog‘ni teskari ushlab o‘ndan chapga qaytarib tashlash nazorat guruhida p<0,05 tajriba guruhida p<0,001 O‘z vazni toifasidagi raqibni yoniga o‘tib ko‘krakdan oshirib tashlash nazorat guruhida p<0,05 tajriba guruhida p<0,001 qayd etilganligi aniqlandi.
3-jadval: аntropometrik ko‘rsatgichlari asosida belbog‘li kurashchilarni texnik usullarni bajarishga doir bajarish uchun model tavsif
Usulni Amalda Vazn Texnik usul bajarishga № oshirish bo‘yicha Tarif nomi yordamchi mexanizmi meyori JS Ikki tizza O‘z vazn Ushbu texnik usulni yordamida toifasiga 81 kg bajarishda past ko‘tarib o‘ng Tezkorlik nisbatan past bo‘yi 170- bo‘yli bo‘lish 1 tomonga Kuch bo‘yli bo‘lgan 175 sm raqibga nisbatan qaytarib Chaqqonlik kurashchilar gacha ancha noqulaylik tashlash qo‘llay oladi keltiradi
Texnik usulni O‘z vazn Raqibni 100 kg bajarishda qo‘l, oyoq toifasiga oldindan bo‘yi 185- va tana uzunligi nisbatan baland Kuch 2 ko‘tarib 190 sm va raqibni gilamdan bo‘yli bo‘lgan Chidamlilik yonboshdan undan uzib olishga qulaylik kurashchilar oshirib tashlash yuqori yaratadi qo‘llay oladi
O‘z vazn Bo‘yi o‘rta va past Belbog‘ni toifasiga ko‘rsatgichli 73 kg teskari ushlab nisbatan o‘rta va Tezkorlik kurashchilar bo‘yi 170- 3 o‘ngdan chapga past bo‘yli Chaqqonlik boshqalarga nisbatan 180 sm qaytarib bo‘lgan Egiluvchanlik chaqqonroq va gacha tashlash kurashchilar muvozanat ushlashi qo‘llay oladi yaxshiroq bo‘ladi Urta vazn toifasidagi O‘z vazn kurashchilarda toifasiga Raqibni yoniga 66-81kg tezkor-kuch nisbatan o‘rta va o‘tib bo‘yi 165- Tezkorlik sifatlarini yaxshi 4 past bo‘yli ko‘krakdan 170 sm Egiluvchanlik rivojlanganini bo‘lgan oshirib tashlash gacha xisobga olsak usulni kurashchilar bajarish osonroq qo‘llay oladi kechadi Ushbu jadvalda keltirilgan tezkor-texnik usullarni tanlab olindi, ularni nazorat va tajriba guruxlarida qatnashgan belbog‘li kurashchilarda sinab ko‘rganimizda shunga amin bo‘ldikki
tanlangan texnik usullarni ayrim sportchilar bajarishga o‘z vazniga nisbatan antropometrik ko‘rsatkichlari hamda jismoniy sifatlari yetishmasligi tatqiqotimizda ko‘zga tashlandi. XULOSA Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, ko‘pchilik olimlar tomonidan belbog‘li kurashchilarning texnik usullari o‘rganilgan, lekin yuqori malakali belbog‘li kurashchilaring tezkor texnik usullarni o‘rganganligi ko‘zga tashlanmagan. Belbog‘li kurashchilarchi talabalardan tanlab olingan tezkor texnik usullarni bajarishda 10 soniya davomida (marta) usulni tashlash testlarini olganimizda tajriba va nazorat guruxida shug‘ullanuvchi sportchilarda tajriba boshiga nisbatan juda ham past natija ko‘rsatganligiga amin bo‘ldik. Yuqoridagi kamchiliklarni inobatga olib biz har bir sportchining usullarni bajarish jarayonini kuzatganimizda, texnik usullarni bo‘yi va vazniga qarab o‘rgatish mumkinligini aniqlashga muvofiq bo‘ldik.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Abdullaev Sh.A. Yosh kurashchilarni tayyorlashning ilmiy-uslubiy asoslari. / O‘quv-uslubiy qo‘llanma. T., 2012. B.32-35.
- Aliev I.B. Kurash bilan shug‘ullanuvchi talaba-sportchilarni mashg‘ulot yuklamalarining optimal nisbatlari. / Ped.fan.nomzodlik diss., T., 2012. – 30 b.
- Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va uslubiyati: Darslik. – T., 2001. – 285 b.
- Kerimov F.A. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar.. – T., Zar qalam, 2004. – 234 b.
- Mirzaqulov Sh.A. Yosh belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi. / Xalqaro ilmiy- amaliy anjuman “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyatining zamonaviy muammolari”, II qism. Toshkent, 2015, - B.83-84.
- Mirzaqulov Sh.A. Belbog‘li kurash nazariyasi va uslubiyati., T., 2014. 250-B.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013119
- Nashr sanasi
- 2025-11-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 10
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i10.1802
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 77–81
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06