BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDAGI O‘RTA MASOFALARGA YUGURUVCHILAR MASHG‘ULOTLARIDA SPORT FORMASINI FUNDAMENTAL SHAKLLANTIRISH METODIKASI
X.X.Qurbonovdotsent v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), mustaqil izlanuvchi (DSc), 1O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Chirchiq shahri, O‘zbekiston2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 10Sahifa 128–135
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘rta masofalarga yuguruvchilar sport formasini fundamental shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulot dasturini bosqichli qo‘llash uslubiyatini amaliyotga tatbiq etish natijasida olingan ma‘lumotlar batafsil yoritib berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaОСНОВЫ МЕТОДИКИ РАЗВИТИЯ СПОРТИВНОЙ ФОРМЫ В ПОДГОТОВКЕ БЕГУНОВ НА СРЕДНИЕ ДИСТАНЦИИ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ
В данной стате подробно освещены данные, полученные в резултате внедрения в практику методики поетапного применения программы тренировок, направленной на формирование спортивной формы бегунов на средние дистансии на этапе началной подготовки.
inglizchaMETHODOLOGY OF THE FUNDAMENTAL FORMATION OF SPORTS FORM IN THE TRAINING OF MIDDLE-DISTANCE RUNNERS AT THE INITIAL PREPARATION STAGE
This article describes in detail the data obtained as a result of introducing into practice the methodology of the stage-by-stage application of a training programme aimed at the fundamental formation of the sports form of middle-distance runners at the initial preparation stage.
Kalit so‘zlar
- Mashg‘ulotlar
- kuzgi-qishki tayyorgarlik bosqichi
- bahorgi-yozgi tayyorgarlik bosqichi
- sport formasi
- vosita
- uslub
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UO‘K: 796 BOSHLANGʻICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDAGI O‘RTA MASOFALARGA YUGURUVCHILAR MASHGʻULOTLARIDA SPORT FORMASINI FUNDAMENTAL SHAKLLANTIRISH METODIKASI X.X.Qurbonov dotsent v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), mustaqil izlanuvchi (DSc), 1O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Chirchiq shahri, O‘zbekiston E-mail: xurshidqurbonov747@gmail.com. https://doi.org/10.5281/zenodo.17458110 Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘rta masofalarga yuguruvchilar sport formasini fundamental shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulot dasturini bosqichli qo‘llash uslubiyatini amaliyotga tatbiq etish natijasida olingan ma’lumotlar batafsil yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Mashg‘ulotlar, kuzgi-qishki tayyorgarlik bosqichi, bahorgi-yozgi tayyorgarlik bosqichi, sport formasi, vosita, uslub.
ОСНОВЫ МЕТОДИКИ РАЗВИТИЯ СПОРТИВНОЙ ФОРМЫ В ПОДГОТОВКЕ БЕГУНОВ НА СРЕДНИЕ ДИСТАНЦИИ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ Аннотация: В данной стате подробно освещены данные, полученные в резултате внедрения в практику методики поетапного применения программы тренировок, направленной на формирование спортивной формы бегунов на средние дистансии на этапе началной подготовки. Ключевые слова: Тренировки, осенне-зимний подготовителный этап, весеннелетний подготовителный этап, спортивная форма, средства, метод.
FUNDAMENTAL METHODOLOGY FOR DEVELOPING SPORTS FORM IN MIDDLE-DISTANCE RUNNERS' TRAINING AT THE INITIAL TRAINING STAGE Abstract: This article details the data obtained as a result of the implementation of the methodology for the phased application of the training program aimed at forming the sports form of middle-distancye runners at the initial training stage. Keywords: Training, autumn-winter preparatory stage, spring-summer preparatory stage, sports form, means, method.
KIRISH Tadqiqot ishining dolzarbligi. Hozirda dunyo miqyosida yengil atletika sport turi bo‘yicha musobaqalarda raqobatning geografik jihatdan kengayib yildan yilga musobaqa natijalarining o‘sib borishi sportchilar tayyorlash tizimiga yangi texnalogiya va samarali dasturlar asosida doimiy takomillashtirib borishni taqozo etmoqda. Yengil atletikaning o‘rta masofaga yugurish turida yuqori malakali sportchilarni tayyorlash ko‘p yillik pedagogik jarayon bo‘lib, sport mashg‘ulotlarini bosqichli tashkil etish, yuklamalarni oqilona rejalashtirish hamda boshqarishni zamonaviy tizimlarini yaratishni talab etmoqda [1, 2, 7].
O‘rta masofaga yugurish turida sportchilar sport formasiga kirib olingandan keyin, uni butun mas’uliyatli musobaqalar davomida saqlab turish va sport yutuqlariga erishishga aylantirish vazifasi paydo bo‘ladi. Yuqorida aytganimizdek, sport formasi - bu faqat holatgina emas, balki jarayon hamdir - sportda yutuqlarga erishishga tayyor ekanlikni ko‘rsatuvchi barcha fazilat, malaka, mahoratlarni uzluksiz takomillashtirib boruvchi jarayonni tashkil etadi [3, 4, 5, 6]. Tadqiqotning maqsadi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘rta masofalarga yuguruvchilar sport formasini shakllantirish tizimini ishlab chiqish va yuklamalarni bosqichli taqsimlash orqali samaradorligini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: - boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘rta masofalarga yuguruvchilar sport formasini shakllantirishda yuklamalarni bosqichli taqsimlash; - boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘rta masofalarga yuguruvchilar sport formasini shakllantirishda yuklamalarni bosqichli taqsimlash samaradorligini tahlil qilish. Tadqiqot usullari. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, tadqiqotni tashkil qilish, pedagogik tajriba, matematik-statistik usullar va olingan natijalar tahlili. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMASI Boshlang‘ich tayyorlov guruhiga sport bilan shug‘ullanishni xohlovchi, shifokor ko‘rigidan o‘tgan 9-10 yoshli umumta’lim maktablari o‘quvchilari qabul qilinadi. Sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy rivojlantirish va yengil atletika sport turlari texnik elementlariga ega bo‘lishga qaratiladi. Yillik yuklamalar hajmi 312 soatni tashkil etadi. Mashg‘ulotlar haftasiga 6 soatdan iborat. Boshlang‘ich tayyorlov guruhining ikkinchi yilida sog‘liqni mustahkamlashga har tomonlama garmonik rivojlanishni ta’minlash, yengil atletika turlari elimentlariga o‘rgatish vazifalari ko‘zda tutiladi. Shu bosqichda yillik yuklamalar 416 soatni tashkil etib haftasiga 8 soatdan to‘g‘ri keladi (1-rasm, 1, 2, 3-jadvallarga qarang).
1-jadval. Sport maktablarida o‘rta masofaga yuguruvchilar o‘quv guruhlariga ajratilgan o‘quv-mashg‘ulotlari soati hajmlarini taqsimoti O‘quv Shug‘ullanuv- guruhlari O‘quv chilar bilan o‘quvO‘quv guruhlaridagi Yillik tayyorgarlik Yoshi mashg‘ulotyili o‘quvchilarning soatlar darajasi va ishlari minimal soni bosqichlari (haftalik yuklama) Boshlang‘ich 9-10 1-yil 6 14-16 312 tayyorgarlik guruhi 10-11 2-yil 8 12-14 416 11-12 1-yil 12 12-14 624 O‘quv mashg‘ulot 12-13 2-yil 14 10-12 728 guruhi 13-14 3-yil 18 8-12 936 14-15 4-yil 20 6-10 1040 16-17 1-yil 24 5-6 1248 17-18 2-yil 26 2-4 1352
Sport mahoratini takomillashtirish 18-19 3-yil 28 2-3 1456 bosqichi Oliy sport Butun 20+ 32 1-2 1664 mahorati bosqichi davrda
O‘rta masofa yuguruvchilar boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida sport formasining fundamental bazasini bir bosqichli shakllantirish asoslari 1-bosqich: Tayyorlov davri (fundamental bosqich): - yillik tayyorgarlik siklida bosqichma-bosqich ixtisoslik turiga oid turli harakat elementlari va o‘yinlardan maqsadli foydalanish; - tayyorgarlikning umumiy fundamental asoslarini yaratish; - umumiy jismoniy tayyorgarlikni hosil qilish; - jismoniy sifatlarini yoshga va ixtisoslikning tayyorgarlik bosqichi xususiyatlariga mos rivojalantirish. - texnik harakatlarning oddiy elementlariga o‘rgatish; - turga xos umumiy pisixologik tayyorgarlik bazasini shakllantirish; funksional imkoniyatlarni bosqichma-bosqich oshirib borish. (Musobaqa oldi bosqichi): - mashqlarni makon va vaqt jihatidan aniq bajarishga erishish; - muskullarning ortiqcha kuchlanishini yo‘qotish va optimallashtirish; - energiya va ish qobilyatini to‘g‘ri taqsimlagan holda optimal harakat qilish. Musobaqa davri: - musobaqalarda ishtirok etish bo‘yicha tasavvur hosil qilish hamda dastlabki ishtirok etish orqali ko‘nikmalarni shakllantirish. O‘tish davri: - musobaqalardan keyingi yuzaga keladigan turli holatlardan kelib chiqib maqsadli tiklash tadbirlarini qo‘llash.
2-jadval. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘rta masofaga yuguruvchilarning kuzgi-qishki mashg‘ulotlar dasturi Mag‘ul T/r ot Dushanba Chorshanba Juma davri Chigalyozdi mashqlari 15-20 daq.; Sport o‘yinlari Kross – 30 daqiqa 60-70 % Egiluvchanlikni 60 daqiqa. kuch bilan yugurish. rivojlantiruvchi mashqlar 2x600 m. 100 m. kiyiksimon Tortuvc 10-15 daq.; Qorin mushaklari yugurish: hi Maxsus yugurish 1 uchun 5 xil mashq Chigal yozdi mikrosi mashqlari 10-15 daq.; 20 martadan 4 (gimnastik mashqlar) kl Zinaga pastdan yuqoriga seriya. mashqlari 10-15 daqiqa. oyoqlarni bir teks yelka Tiklovchi yugurish Sport o‘yinlari 10-15 kengligida qilib sakrab 400 m. daqiqa. chiqish 10 daq.; Tiklovchi yugurish 800
m. Kross - 3 km. Sekin yugurish 2 km. (150-160 zar/daq.). URM - 10 daqiqa. Tiklovchi va Maxsus yugurish mashqlari Hajmli Kross - 3 km. rivojlantiruvchi - 0,3 km. 2 mikrosi (150 zar/daq.). mashqlar - kuch, Yugurish.-4x400 m. (175 kl URM - 20 daqiqa. qorin va bel zar/daq.) mushaklari uchun 4 daqiqa dam olish. mashqlar. Tiklovchi yugurish 400 m. Sekin yugurish 3 km. URM - 10 daqiqa. Rivojla Fartlek - 3 km. Maxsus yugurish mashqlari n- Kross - 3 km. Yengil yugurish 4x60 m. Tezlikka yugurish - 3 tiruvchi (150-160 zar/daq.). 2 km. 2x100 m. mikrosi URM - 20 daqiqa. (140-150 zar/daq.) Tiklovchi va kl URM -10 daqiqa. rivojlantiruvchi mashqlar -10 daqiqa. Qishki Sekin yugurish 1 km. Kross - 2 km. Kross - 3 km. musoba URM-10 daqiqa. (160 zar/daq.). (150-160 zar/daq). qa Maxsus mashqlar -2x80 m. 4 Tiklovchi mashqlar Tezlik- 4x60 m. oldi Tezlikka yugurish - 4x60 m. - 20 daqiqa. Tiklovchi mashqlar mikrosi Yugurish- 2x100 m. Tezlik. - 4x60 m. -10 daqiqa. kl 4 daqiqa dam olish. Sekin yugurish 1 Sekin yugurish 3 km. Sekin yugurish 3 km. km. URM-10 URM - 10 daqiqa. URM- 15 daqiqa. Qishki daqiqa. Maxsus 2x60 m. yugurish. Maxsus yugurish mashqlari. 5 musoba yugurish mashqlari - 2x100 m. (180 - 2x60 m. Ritmik yugurish - qa -4x60 m. Yugurish. zar/daq.). 100+150+200 m. - 2x200 m. 4 daq Sakrash 3-5-qadam. (musobaqa tezligida). dam olish.
3-jadval. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘rta masofaga yuguruvchilarning bahorgi – yozgi mashg‘ulotlar dasturi Mag‘ul T/r ot Dushanba Chorshanba Juma davri Sport o‘yinlari O‘tish Kross - 2 km. -90 daqiqa. Kross - 3 km. 1 mikrosik (150 zar/daq.). URM - 15 daqiqa (150 zar/daq.). li URM - 10 daqiqa. yoki yengil atletika URM - 20 daqiqa. mashqlari – 20 daq. Stabilla Kross - 1 km. Sekin yugurish 2 Kross – 3 km. 2 sh - (150 zar /daq.). km. URM -20 (150-160 zar/daq). tirilgan URM -10 daqiqa. daqiqa. Tezlikni
mikrosi Tezlikni rivojlantiruvchi Maxsus yugurish rivojlantiruvchi kl mashqlar 30 daqiqa. mashqlari -0,5 km. mashqlar- 30 Tezlikka yugurish,- daqiqa. 2x80 m. Yugurish. 2x100 m. 4 daq. dam olish (170 zar/daq). Sekin yugurish Yozgi 3 km. Kross - 3 km. musoba URM va Maxsus yugurish (140 zar/daq.). Kross -3 km. qa 3 mashqlari - 500 m. Tezlikka URM-20 daqiqa. (150-160 zar/daq.) oldi yugurish. 4x50 m. Tiklovchi yugurish URM - 20 daqiqa. mikrosi (170 zar/daq.), 4 daqiqa dam 800 m. kl olish. Sekin yugurish 2 km. URM - Yozgi 20 daqiqa. musoba Kross - 2 km. Tezlik - 2x80 m. 2x100 (175/ 4 qa (150 zar/ daq.). Musobaqalar daq.), shiddat mikrosi URM-20 daqiqa. 90% maks. 4 daqiqa dam kl olish. Kross - 3 km. Yengila Kross - 2 km. (150 zar/daq.). Kross - 2 km. (140-150 zar/daq). shURM - 20 daqiqa. (160 zar/daq). Tiklovchi va tirilgan Maxsus yugurish mashqlari - Sport, o‘yinlari rivojlantiruvchi mikrosi 300 m. - 90 daqiqa. mashqlar - 30 kl daqiqa. Kross - 3 km. (150 Sport o‘yinlari zar/daq.). O‘tish- Kross - 2 km. (140-150 – 60 daqiqa. URM – URM - 20 daqiqa. kirish zar/daq). 6 20 daqiqa. Tiklovchi va mikrosi Tiklovchi va rivojlantiruvchi Tiklovchi yugurish rivojlantiruvchi kli mashqlar -30 daqiqa. 400 m. mashqlar - 20 daqiqa.
Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi o‘rta masofaga yuguruvchilarning yillik tayyorgarlik siklida mikrosikllar tuzulishining kuzgi-qishki va bahorgi – yozgi tayyorgarlik bosqichlari uchun maxsus ishlab chiqilib mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilishi ushbu tadqiqotning samaradorligini asoslashda asosiy mazmunni ifoda etadi. Yil bo‘yi bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda sport formasini shakllanishida, nazorat va saralash musobaqalarida yaxshi natijalarni qayd etgani holda asosiy musobaqalar oralig‘ida natijalar sezlarli ravishda pasayishi holatlari kuzatilsa, sport formasining barqaror emasligini ko‘rsatadi. Yillik tayyorgarlik siklining musobaqalar davrida sport formasining tashkil topishi va uning asosiy musobaqalar davrida barqarorligini tushirmasdan ushlab turish va oldingi ishtirok
etgan musobaqalardagi eng yaxshi natija yangilansa, sportchini sport formasida deb baholashimiz mumkin. O‘rta masofaga 800 - 1500 m. yugurish tezligi dinamikasini taqqoslab, turli xil taktik variantlarda o‘tkazilgan yugurishlarda shuni takidlash mumkinki, eng kuchli sportchilarning ko‘pchiligi marraga 200 - 300 m. oxirgi 100 m.gacha yugurish tezligini oshiradilar. Segment chastotaning oshishi hisobiga imkon qadar tez ishlaydi. 800 va 1500 metrga yugurishda masofaning ikkinchi yarmini minimal pasayish bilan bosib o‘tish lozim. Biz yuqorida tajriba guruhi sinaluvchi sportchilari bilan o‘tkazilgan tadqiqotimizda aynan mashg‘ulot jarayonida tayyorgarlik haftasi, rivojlantiruvchi, va maxsus musobaqa oldi tayyorgarlik mikrosikllari bo‘yicha mashg‘ulotlarda olib borildi. Yillik tayyorgarlik siklida o‘rta masofaga yuguruvchilarning mashg‘ulot maqsad va vazifalari, mashg‘ulot davrlari va mavsumga qarab mazmun hamda shakl jihatidan rang - barang bo‘lishi lozim. Mashqlarning murakkabligi, hajm va shiddati, soni, vaqt, mavsum va sportchilarning jismoniy tayyorgarligiga qarab o‘zgarishi hisobga olindi (4-jadvalga qarang).
4-jadval. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘rta masofaga yuguruvchilarning tadqiqot boshi va oxiridagi jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha umumiy tahlili (n=24)
Tajriba guruhi (n=12) Nazorat guruhi (n=12) T/r Nazorat testlari X ±σ V% t P X ±σ V% t P 30 m. T-B 6,9±0.2 1,73 3,9 ˂0,00 6,8±0.2 1,61 2,5 ˂0,0 yugurish (s.) T-O 6,5±0.3 2,24 2 1 6,6±0.3 2,92 2 5 60 m. T-B 11,3±0,8 3,15 4,8 ˂0,00 11,2±0,8 3,99 1,9 2 ˂0,1 yugurish (s.) T-O 10,8±1,7 0,47 1 1 10,9±1,7 3,96 5 100 m. T-B 14,3±1,2 2,14 3,9 ˂0,00 14,2±1,5 2,97 2,5 ˂0,0 yugurish (s.) T-O 13,8±1,4 2,66 4 1 13,9±1,4 2,99 7 5 200 m. T-B 33,5±1,3 1,48 4,3 ˂0,00 32,7±1,2 1,23 2,4 ˂0,0 yugurish (s.) T-O 29,1±1,4 1,17 7 1 30,1±1,3 1,60 8 5 209,4±1, T-B 210,1±1,5 1,26 1,46 800 m. 4,1 ˂0,00 5 2,8 ˂0,0 yugurish (s.) 4 1 207,8±2, 6 5 T-O 204,9±2,2 1,85 1,51 Turgan T-B 110±4,49 1,97 112±4,49 2,29 joydan 4,9 ˂0,00 3,1 ˂0,0 uzunlikka T-O 116±5,24 2,21 5 1 115±5,27 2,11 7 1 sakrash, (sm.) Yugurib kelib T-B 201±16,2 2,36 203±17,1 3,36 3,1 ˂0,0 7 uzunlikka ˂0,05 207±16,9 2,2 T-O 209±13,97 2,23 2 2,93 5 sakrash, (sm.) 4
O‘rta masofaga yuguruvchilar musobaqa davrida sport formasini barqarorlashtirish bo‘yicha biz tomonimizdan ishlab chiqilgan takomillashgan mashg‘ulot dasturini pedagogik tajribada qo‘llash orqali olingan natijalar bo‘yicha quyidagicha qayd etildi:
Tajriba guruhi o‘rta masofaga yuguruvchilarining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rsatkichlari tadqiqot boshida 30 m. masofaga yugurishda 6,9±0.2 soniya, tadqiqot oxirida 6,5±0.3 soniya o‘sish 0.4 soniya 3,3% ga yaxshilandi P˂0,001 ga teng, nazorat guruhida tadqiqot boshida 6,8±0.2 soniya, tadqiqot oxirida 6,6±0.3 o‘sish 0.2 soniya 2,4% ga o‘zgardi P˂0,05 ga teng bo‘ldi. 60 m. masofaga yugurishda tajriba guruhi natijalari tadqiqot boshida 11,3±0,8 soniya, tadqiqot oxirida 10,8±1,7 o‘sish 0.5 soniya 5,2% ga yaxshilandi P˂0,001 ga teng, nazorat guruhida tadqiqot boshida 11,2±08 soniya, tadqiqot oxirida 10,9±1,7 o‘sish 0.3. soniya 3,1% ni tashkil etib P˂0,1 ga teng bo‘lishi bilan izohlandi. Tajriba guruhida 100 m. masofaga yugurishda tadqiqot boshida 14,3±1,2 soniya, tadqiqot oxirida 13,8±1,4 o‘sish 0.5 soniya 4 % ga yaxshilanib P˂0,001 ga teng bo‘ldi, nazorat guruhida tadqiqot boshida 14,2±1,5 soniya, tadqiqot oxirida 13,9±1,4 o‘sish 0.3 soniya 3,2% ga o‘sib P˂0,05 ni tashkil etdi. 200 m. masofaga yugurishda tajriba guruhida tadqiqot boshida 33,5±1,3 soniya, tadqiqot oxirida 29,1±1,3. o‘sish 0.4 soniya 2,3% ni tashkil etib P˂0,001 ga teng bo‘ldi, nazorat guruhida tadqiqot boshida 32,7±1,2 soniya, tadqiqot oxirida 30,1±1,3 o‘sish 0.2 soniya 1,4% ga yaxshilanib P˂0,05 ga teng bo‘ldi.800 m. masofaga yugurishda tajriba guruhida tadqiqot boshida 210,1±1,5 soniya, tadqiqot oxirida 204,9±2,2 o‘sish 0.6 soniya 2,7% ga yaxshilandi va P˂0,05 ga teng, nazorat guruhida tadqiqot boshida 209,4±1,5 soniya, tadqiqot oxirida 207,8±2,1 o‘sish 2.4 soniya 1,7% ga yetdi va P˂0,05 ni tashkil etdi. Turgan joyidan uzunlikka sakrash testi bo‘yicha tajriba guruhida tadqiqot boshida 110±4,49 sm., tadqiqot oxirida 116±5,24 sm. o‘sish 6 sm., 4,2% ga yaxshilandi hamda P˂0,001 ga teng bo‘ldi, nazorat guruhida tadqiqot boshida 112±4,49 sm., tadqiqot oxirida 115±5,27 sm. o‘sish 4 sm. 2,5% ga yaxshilanib P˂0,01 ga teng bo‘ldi. Yugurib kelib uzunlikka sakrash testi bo‘yicha tajriba guruhida tadqiqot boshida 201±16,2 sm., tadqiqot oxirida 209±13,97 sm. o‘sish 8 sm. 3,3% ga yaxshilanib P˂0,01 ga teng, nazorat guruhida tadqiqot boshida 203±17,1 sm., tadqiqot oxirida 207±16,94 sm. o‘sish 4 sm. 2,6% ga yetib P˂0,05 ga teng ekanligi olingan natijalar orqali o‘z isbotini topdi. O‘rta masofaga yuguruvchilar yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun rejalashtirilgan mikrosikllar yukalamalarini bosqichli holda qo‘llash orqali o‘tkazilgan tadqiqotimizda tortuvchi, hajmli, rivojlantiruvchi, maxsus musobaqa oldi va qishki musobaqa mikrosikllarida olib borildi hamda olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish, tadqiqotdan kutilgan samaradorlikka erishganligimizni asoslab berishga imkon berdi. XULOSALAR Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘rta masofalarga yuguruvchilar sport formasini fundamental shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulot dasturini bosqichli qo‘llash uslubiyatini amaliyotga tatbiq etish samaradorligi P˂0,001 ga teng bo‘lganligi, ma’lumotlar asosida va pedagogik tadqiqot natijalaridan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, o‘rta masofaga yuguruvchilar sport formasini yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarining musobaqalar davrida barqaror ushlab turishda sport turining xususiyatlari va sportchilar malakasini hisobga olgan xolda yondashish tavsiya etiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Abdullayev M.J., Olimov M.S., To‘xtaboyev N.T. Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi. Darslik. Toshkent-2017. –B 128.
- Бондарчук А.П. Управление тренровчним проссесом спорсменов високого класса. - М.: Олимпия пресс 2007. 148 с.
- Safarova D.D., Syeydaliyeva L.D., Sultanova Yu.M., Nurbayev B.Sh., Musayyeva U.A., Seryebryakova V.V., Sagatov D.A. Sport fiziologiyasi. darslik. Toshkent, 2018. 157 b.
- Олимов М.С. Югуриш турларида енгил атлетикачи талабаларни тайёрлашнинг илмий педагогик асослари (югуриш турлари мисолида). Ўз Рес. ОАК. п.ф.д. (DSc) диссетацияси. Чирчиқ-2023. –Б. 213-214.
- Khurshid Kurbonov. The effectiveness of the phased application of a set of special exercises aimed at improving athletic fitness during the annual training of middle-distancye runners. Eurasian Journal of Sport Science, Tachkent. 2024; 1(1): 38-43 https://eajss.uz.
- Khurshid Kurbonov. Effectiveness of improving the sports performance of middle-distance runners in the process of training sessions of one-year preparation. Eurasian Journal of Sport Science. Tachkent. 2024; 1 (2): 231-234. https://eajss.uz.
- Qurbonov X.X. O‘rta masofalarga yuguruvchilarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlar jarayonida sport formasini takomillashtirish samaradorligi. O‘z Res. OAK. p.f.b.f.d. (PhD) dissertatsiya. Chirchiq-2024. –B. 93-95.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013130
- Nashr sanasi
- 2025-11-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 10
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i10.1814
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 128–135
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06