Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishMaqola

    GABRIEL GARSIA MARKES ASARLARINING JAHON ADABIYOTIDAGI O‘RNI VA O‘RGANILISHI

    Nematillayev Akramjon G‘ofurjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada Lotin Amerikasi adabiyotining yirik namoyandasi Gabriel Garsia Markes ijodining jahon adabiy jarayonidagi o‘rni va ta‘siri tahlil qilinadi. Asarda yozuvchining “Yolg‘izlikning yuz yili”, “Vabo davrida muhabbat”, “Patriarxning kuzi” kabi romanlari orqali nafaqat Lotin Amerikasi tarixiy-sotsial muammolari, balki “condition humanum” – insoniy mavjudlikning universal mohiyati ham badiiy talqin etilgani ko‘rsatiladi. Maqolada Markes asarlari bo‘yicha olib borilgan xalqaro ilmiy tadqiqotlar, xususan, uning magik realizm uslubining shakllanishi, narrativ texnikasi, siyosiy va falsafiy qatlamlarining talqinlari yoritilgan. Shuningdek, yozuvchining ijodi “Lotin Amerikasi bo‘roni” (Boom) davrida va undan keyingi adabiy jarayonlarda o‘ziga xos estetik hodisa sifatida baholangan. Tadqiqot natijalari Markes ijodining jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini ochib beradi hamda uning ijodiy merosi turli ilmiy-paradigmalarda o‘rganilayotganini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    COMPARATIVE ANALYSIS OF SYMBOLS IN THE NATIONAL LINGUISTIC WORLDVIEW OF RUSSIA AND UZBEKISTAN

    Gnusaryova Diana Olegovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada Rossiya va O‘zbekistonning milliy-lisoniy olam manzarasidagi ramzlarning qiyosiy tahlili keltirilgan. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy tilshunoslikning til va madaniyat o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi bilan belgilanadi. Ramzlar madaniy qadriyatlar va milliy o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi lisoniy ong unsurlari sifatida ko‘rib chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    ЭВОЛЮЦИЯ ЦВЕТООБОЗНАЧЕНИЙ В РУССКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ: ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЙ АСПЕКТ

    Дехканова Шохида Гайратджон кизи · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada rus va o‘zbek tillarida rang nomlarining evolyutsiyasi leksik-semantik jihatdan o‘rganiladi. Rang leksikasining shakllanishi va rivojlanish jarayoni, shuningdek, til taraqqiyotining turli bosqichlarida rang nomlarining semantik o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Rang nomlarining ma‘no kengayishi va torayishi, metaforik ko‘chma ma‘nolarning yuzaga kelishi masalalariga alohida e‘tibor qaratiladi. Rus va o‘zbek tillaridagi rang nomlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning evolyutsiyasidagi umumiy tendensiyalar va milliy-madaniy xususiyatlar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari turli tuzilmali tillarda rang leksikasining dinamikasini chuqurroq anglashga hamda tilning olam manzarasini aks ettirishdagi o‘ziga xos jihatlarini ochib berishga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФЕНОМЕНОВ ЭКСПЛУАТАЦИИ.

    Мунисахон Отабай кизи Ташбаева · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqola zamonaviy gumanitar bilimda ekspluatatsiya fenomenining nazariy tahliliga bag‘ishlangan. Ekspluatatsiya nafaqat iqtisodiy, balki tengsizlikni qayta ishlab chiqarishning institutsional, ramziy va diskursiv mexanizmlarini ham o‘z ichiga oluvchi ko‘p darajali ijtimoiy hodisa ekanligi ko‘rsatilgan. Fanlararo yondashuv hamda klassik va zamonaviy nazariyalar tahlili asosida ekspluatatsiya shakllarining ochiq majburlashdan yashirin va qonuniylashtirilgan amaliyotlarga o‘zgarishi aniqlanadi. Zamonaviy ijtimoiy va madaniy jarayonlar sharoitida ekspluatatsiyani o‘rganishda kompleks metodologik yondashuv zarurligi haqida xulosa qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    IJTIMOIY FAROVONLIK UCHUN SUN‘IY INTELLEKTNI LOYIHALASHNING FALSAFIY ASOSLARI

    Mamurov Humoyun Boxodirjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada zamonaviy axborot jamiyatida sun‘iy intellektning (SI) ijtimoiy farovonlikni ta‘minlashdagi o‘rni falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot L. Floridi tomonidan ilgari surilgan “onlife” konsepsiyasi va infosfera nazariyasiga tayangan holda, analog va raqamli olam uyg‘unlashgan yangi ontologik makonda SI ning ijtimoiy institutlarga ta‘sirini yoritadi. Maqolada sun‘iy intellekt nafaqat texnologik vosita, balki qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etuvchi aqlli agent sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, SI tizimlarini loyihalashda inson markaziyligi, axloqiy mas‘uliyat, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillarining ustuvor ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari sun‘iy intellektni ijtimoiy-falsafiy loyiha sifatida tushunish va uning jamiyat barqarorligiga xizmat qiluvchi modelini shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex1
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    ЎЗБЕКИСТОН МИСОЛИДА ИННОВАЦИОН ФАОЛИЯТГА ХОРИЖИЙ ИНВЕСТИЦИЯЛАР ВА ХАЛҚАРО ГРАНТЛАРНИНГ ЎРНИ

    Ustemirov Jahongir Shotemirovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ушбу мақола Ўзбекистонда инновацион жараёнларни жадаллаштириш хорижий инвестициялар (тўғридан-тўғри хорижий инвестициялар ва венчур капитал) ҳамда халқаро грант-молия дастурларининг (ташқи беғараз грантлар ва қўшма-грантлар) ўрни таҳлил қилади. Тадқиқот илм-фан, илмий марказлар, инновацияларга инвестиция киритиш билан ўсиш концепцияларига таянган ҳолда стратегик ҳужжатлар ҳамда халқаро ҳисоботлар асосида олиб борилди. Натижалар шуни кўрсатадики, хорижий инвестициялар инновацияларни, янги технологияларни, бошқарув тажрибасини трансфер қилсих орқали корхоналарни боғлайди (занжирлаш) ва кучайтиради. Грантлар юқори хавф-хатар даврларда бўшлиқни тўлдирувчи молиялаштириш бўлиб илмий тадқиқот марказларини рағбатлантириш, тижиратлаштириш, илмий ва инновацион ҳамкорликни қўллаб қувватлайди. Молиялаштириш сифатида илмий марказларни рағбатлантириб, илмий ишланмаларни тижоратлаштириш ва институтлараро ҳамкорликни қўллаб-қувватлайди. Унумдорликни ошириш учун грантларни қўшма молиялаштириш (50/50). Тўғридан-тўғри хорижий инвестициялар илмий тадқиқот институтларини (марказлар в.б) саноат билан интеграциялаш билан маҳаллий ишлаб чиқариш салоҳиятини кучайтириш тавсия этилади.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    КОНВЕКТИВНОЙ СУШКЕ ВЛАЖНОГО МАТЕРИАЛА ПРИ ЗАДАННОМ ЗАКОНЕ ИЗМЕНЕНИЯ ТЕМПЕРАТУРЫ ТЕПЛОНОСИТЕЛЯ.

    Б.Э. Хайриддинов, Д.Н. Рузиева · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu ishda issiqlik va massa almashinuvi differensial tenglamalar tizimini tegishli chegaraviy shartlar bilan birgalikda yechish orqali davriy issiqlik ta‘siri sharoitida (quyosh quritish qurilmalarida) mevalarni (plastinka, silindr, shar shaklidagi) konvektiv quritishning matematik modeli olindi. Ushbu tadqiqotning maqsadi quyosh quritgichida havo kollektori va quritish kamerasini yagona energetik blokka birlashtirish yo‘li bilan quyosh energiyasidan foydalanib meva va sabzavot bo‘laklarini quritish jarayonini jadallashtirishdan iborat bo‘ldi. Ushbu maqsadga erishish uchun diffuziya va namlik ko‘chishining o‘zgaruvchan potensiallari bilan issiqlik almashinuvi jarayonlarini diagnostika qilish uslubiyati ishlab chiqildi. Issiqlik va massa almashinuvi hamda diffuziya va namlik ko‘chishi potensiallarining matematik modeli yechimi bilan birga o‘tkazilgan tajriba ma‘lumotlari tahlili eksperimental ma‘lumotlar bilan yaxshi mos keladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    MULTI-OUTPUT ELECTRIC DRIVES BASED ON ELECTROMAGNETIC DEVICES WITH GRIPPING ELEMENTS

    Tajiyev Xabibullo Xikmatovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada robotlar va robototexnika tizimlari uchun mo‘ljallangan elektr yuritmalarining yangi sinfi — ko‘p chiqishli elektr yuritmalar tahlil qilindi. Maqolada ularning struktura sxemalari, ishlash va qurilish prinsiplari, shuningdek asosiy belgilar majmuasiga ko‘ra klassifikatsiyasi batafsil yoritilgan. Robotlar konstruktsiyalarida ko‘p chiqishli elektr yuritmalardan foydalanish robotlarning kompozitsiyasini soddalashtirishga, shu bilan birga massa va gabarit o‘lchamlarini kamaytirishga imkon beradi. Mazkur maqola materiallari robototexnika va elektr yuritmalar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    ELECTROPNEUMATIC DRIVE FOR INDUSTRIAL ROBOTS

    Tadjiyev Xabibullo Xikmatovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur ilmiy maqolada robotlar va robototexnika tizimlari uchun yangi yaratilgan elektropnevmatik yuritma, uning konstruktsiyasi, ishlash prinsipi sxemasi va chiqish vallari turli tezliklar va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalishlarda harakatlanishini ko‘rsatadigan grafiklar taqdim etilgan. Taklif etilayotgan yuritma asosida robotlar uchun intellektual modullar yaratish imkoniyati mavjud. Yuritma elektromagnitlar va pnevmosilindrlardan tashkil topgan bo‘lib, boshqaruv tizimi orqali chiqish vallari turli tezliklar va qadamlar bilan harakatlanishini ta‘minlaydi. Ushbu ilmiy maqola robototexnika sohasida tadqiqot olib borayotgan ilmiy xodimlar va doktorantlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    PAXTA LINTI ASOSIDA BIOPARCHALANUVCHI CHOKLANGAN POLIMER GIDROGELLARNI SINTEZ QILISH, XOSSALARINI O‘RGANISH VA QISHLOQ XO‘JALIGIDA QO‘LLASH

    Eshbo‘riyev Tursunali Nasrullayevich, Shirinov Shavkat Davlatovich, Djalilov Abdulahat turobovich, Azimov Abdug‘ani Mutalovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Suv tanqisligi va sug‘orish rejimining beqarorligi, ayniqsa qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror rivojlanishini cheklovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda paxta linti asosida bioparchalanuvchi gidrogellar qisman neytrallangan akril kislota asosida erkin radikal mexanizm orqali choklangan polimer gidrogel sifatida sintez qilindi. Initsiator sifatida ammoniy persulfat, ko‘ndalang bog‘lovchi modda sifatida esa N,N‘-metilenbisakrilamid qo‘llanilib, uch o‘lchamli polimer tarmoq hosil qilindi. Sintez qilingan gidrogellarning fizik-kimyoviy xossalari kompleks tarzda o‘rganildi. Tadqiqot natijalari gidrogellarning distillangan suvda 450–800 g/g, sho‘r muhitda esa 120–250 g/g gacha suv yutish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Gel fraksiyasi va ko‘ndalang bog‘lanish darajasi barqaror polimer tarmoq hosil bo‘lganligini tasdiqladi. Tuproq sharoitida olib borilgan bioparchalanish sinovlari natijasida gidrogellarning 180 kun davomida 70–85 % gacha parchalanishi aniqlandi. Qishloq xo‘jaligi sharoitida o‘tkazilgan vegetatsion tajribalar gidrogellarni tuproqqa 1,0– 2,0 g/kg miqdorda qo‘llash tuproq namligini saqlash darajasini sezilarli oshirishini va sug‘orish kamaytirilgan sharoitda o‘simlik biomassa hosil bo‘lishini 25–30 % ga yaxshilashini ko‘rsatdi. Olingan natijalar paxta linti asosidagi bioparchalanuvchi gidrogellar suvdan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirish uchun ekologik xavfsiz, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq va istiqbolli material ekanligini tasdiqlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    AS–UBS SHIFOBAXSH CHOYINING ORGANIK KISLOTALAR TARKIBI

    Ibrokhim Rakhimjonovich Askarov, Shavkat Vokhidovich Abdullaev, Eldorbek Rakhimjon o‘g‘li Khaydarov · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada Olmurut (Pyrus spp.) novdalari va Yapon saforasi (Styphnolobium japonicum) gulli kurtaklari asosida tayyorlangan AS–UBS shifobaxsh choyining organik kislotalar tarkibi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) usuli yordamida o‘rganildi. Tadqiqot natijasida choy tarkibida shavel, limon, vino va yantar kislotalari aniqlanib, ularning miqdoriy ko‘rsatkichlari belgilandi. Olingan natijalar AS–UBS shifobaxsh choyining antioksidantlik, metabolik jarayonlarni faollashtiruvchi va biologik faol xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi hamda uni funksional ichimlik sifatida tavsiflash imkonini beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TURIZM LEKSIKASINING SEMANTIK MAYDONI VA ULARNI O‘QITISH STRATEGIYALARI

    Akbarov Alisher Akhmadjon oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2026

    Mazkur tezisda turizm leksikasining semantik maydoni konseptual va diskursivjihatdan yoritiladi hamda bu leksik birliklarni samarali o‘qitish strategiyalari asoslanadi. Turizm sohasi tilmanzarasida normativ-infratuzilmaviy atamalar, tajriba va identitetni sahnalashtiruvchi ifodalar hamdabrendingga xos baholovchi birliklar birgalikda faoliyat ko‘rsatadi; ular ko‘pincha metaforik, madaniyjihatdan yuklangan va ko‘p tilli kontekstda ishlatiladi. Tadqiqot o‘zbek, rus va ingliz tillaridan tuzilganpedagogik korpusga tayanib, kollokatsion profillar, frame-semantik tahlil va ssenariyga asoslangan amaliymashqlar orqali leksik maydonning tarkibiy qatlamlarini aniqladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki,terminologik barqarorlik talab etiladigan sohalarda standartlashtirilgan ekvivalentlar hamda orqa tarjimatekshiruvi muhim, tajribaviy va madaniy birliklarda esa qisqa izohlash bilan endonimni saqlash kommunikativ samaradorlikni oshiradi. O‘qitish metodikasi sifatida korpusga asoslangan “farqlash orqalio‘rganish”, translanguagingni maqsadga muvofiq boshqarish va auditoriyaga mos registrni modellashtirishtaklif qilinadi. Gid-tarjimonlar tayyorlashda “tirik” ikki yoki uch tilli glossariylar, ssenariyli baholash vakollokatsion ko‘rsatkichlarga tayanuvchi rubrikalar tavsiya etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ПРОЕКТИРОВАНИЮ УЛИЦ И ТРАНСПОРТНЫХ РАЗВЯЗОК В ТАШКЕНТЕ

    Усманов Мурадхан, Толипова Сафура · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada aholi sonining jadal o‘sishi va transport oqimining ortishi sharoitida Toshkent shahri ko‘cha-yo‘l tarmog‘i va transport tugunlarini loyihalashga zamonaviy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Madaniy merosni — mahallalarni saqlab qolishga hamda ular ichida, ayniqsa masjidlar va jamoat markazlari yaqinida, avtoturargoh zonalarini tashkil etish zaruratiga alohida e‘tibor qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    БОТАНИЧЕСКИЙ САД КАК ЯДРО ЗЕЛЁНОЙ СИСТЕМЫ СОВРЕМЕННОГО ТАШКЕНТА

    Усманов Мурадхан, Турсунбаева Дильназ · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada Toshkent shahrining radial-halqasimon yashil tizimini shakllantirish konsepsiyasi ko‘rib chiqiladi; uning markazida «landshaft g‘ildiragi» o‘zagi sifatida Botanika bog‘i turadi. Asosiy e‘tibor bog‘ning tabiiy, rekreatsion va shahar makonlarini birlashtiruvchi barqaror ekologik karkasni shakllantirishdagi roliga qaratilgan. Botanika bog‘idan mavjud ko‘chalar, kanallar va yo‘llar bo‘ylab yashil o‘qlar radial tarzda tarqaladigan, bu o‘qlar kesishmalarida esa tugunlar — bog‘lar, xiyobonlar va yashil maydonlar shakllanadigan fazoviy model taklif etilgan. Bunday tizim mikroiqlimni yaxshilashga, biologik xilma-xillikni oshirishga va shahar muhiti sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    “INNOPROVET™” PROBIOTIGI QO‘LLANILGAN TUXUM YO‘NALISHIDAGI TOVUQLAR SON SUYAGINING POSTNATAL ONTOGENEZI

    Sh.Z.Doniyorov, S.Usinova ,X.Davlatov · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar postnatal ontogenezida son suyagi uzunligi va og‘irliklarining o‘zgarish dinamikasi o‘rganilgan. Son suyagi ayrim morfometrik ko‘rsatkichlari tovuqlar postnatal rivojlanishi davomida o‘ziga xos o‘sish dinamikasiga ega ekanligi aniqlandi. Son suyagi uzunligi va og‘irliklari postnatal ontogenezning dastlabki kunidan 16 kunligiga qadar jadal ortishi hamda bu holatni tovuqlarning fiziologik va jinsiy yetilish davri, ya‘ni 280 kunligigacha davom etishi, 280 kunligidan 570 kunligiga qadar o‘sish jadalligi ularning tuxum berish jarayonining kuchayishi bilan bog‘liq ravishda sekinlashishi kuzatilgan. Tovuqlar son suyagi ayrim morfometrik ko‘rsatkichlari “INNOPROVET™” probiotigi qo‘llanilgan tajriba guruhidagi tovuqlarda nazorat guruhidagilarga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI ShAROITIDA SIGIRLAR BEPUShTLIKLARNING SABABLARI VA GEMOTOLOGIK KO‘RSATKICHLAR

    Eshburiev B.M, Raximov O.R. · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston respublikasining qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari sharoitida parvarishlanayotgan sigirlarda bepushtliklarning sabablari bo‘g‘oz sigirlarni sog‘indan chiqarilgan davrida oziqa ratsionlarini takomillashmaganligi, vitaminlar va mikroelementlarning yetishmasligi hisoblanib, sigirlar tuqqandan keyin laktatsiyaning kuchayishi davrida sigirlar organizmining to‘yimli moddalar, vitamin va mineral moddalarga nisbatan organizm ehtiyojlarining qondirilmasligi ularda alimentar-iqlimiy xarakterli bepushtliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    MAHSULDOR SIGIRLARDA ALIMENTAR BEPUSHTLIKLARNING ETIOLOGIYASI, DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASI

    Eshburiev B.M, Raximov O.R. · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada mahsuldor sigirlarda alimentar bepushtlikning sabablari, sog‘in sigirlarni oziqlantirish tipiga, biologik faol moddalar, makro- va mikroelementlar bilan ta‘minlanish darajasiga va diagnostikasi hamda oldini olishda hayvonlarni oziqlantirishni yaxshilash, vitamin va minerallarga boy oziqalarni ratsionga kiritish haqida ma‘lumot berilgan. Kalit so‘zlar: bepushtlik, mikroelementlar, oqsillar, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar, tuxumdonlar, gipokuproz, tokoferol, matsion, kamqonlik, jinsiy sikl, ratsion. MAHSULDOR SIGIRLARDA ALIMENTAR BEPUSHTLIKLARNING ETIOLOGIYASI, DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASI

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    ВЗАИМОСВЯЗЬ ИММУНОМЕТАБОЛИЧЕСКИХ МАРКЕРОВ И КЛИНИЧЕСКИХ ПРОЯВЛЕНИЙ ПРИ НЕСЕГМЕНТАРНОМ ВИТИЛИГО: НА ПРИМЕРЕ ПОПУЛЯЦИИ САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ

    Хамидова Манзурахон Аброр кизи, Нарзикулов Рустам Мардонович · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Dolzarbligi. Nosegmentar vitiligo surunkali polietiologik kasallik bo‘lib, uning tarqalganligi butun dunyoda, ayniqsa Samarqand viloyati kabi insolyatsiyasi yuqori mintaqalarda ortib bormoqda. Kasallik Th1 vositachiligidagi yallig‘lanishning faollashuvi, CXCL10 va IFN-γ darajasining oshishi, yaqqol oksidativ stress va metabolik buzilishlarni o‘z ichiga olgan murakkab immunometabolik patogenez bilan tavsiflanadi. Immun, metabolik va antioksidant ko‘rsatkichlarning vitiligo klinik belgilari bilan bog‘liqligi yetarlicha o‘rganilmagani, shuningdek xavf omillarining mintaqaviy xususiyatlari ushbu sohada keyingi tadqiqotlarning yuqori dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot maqsadi. Samarqand viloyati bemorlarida immunometabolik markerlarning nosegmentar vitiligo (NV) klinik belgilari bilan bog‘liqligini baholash va kasallik faolligining eng ma‘lumotli biomarkerlarini aniqlash. Materiallar va usullar. NV tashxisi qo‘yilgan 112 bemor va 40 sog‘lom ko‘ngilli ishtirokida bir markazli ko‘ndalang tadqiqot o‘tkazildi. VASI va VIDA klinik indekslari, Fitspatrik bo‘yicha fototip, kasallik davomiyligi baholandi. Laboratoriya parametrlari IFN-γ, IL-6, TNF-α, CXCL10 xemokini darajalarini (IFA), CD4+/CD8+/NK hujayralar subpopulyatsiyalarini (oqim sitometriyasi), oksidativ stress ko‘rsatkichlarini (MDA, SOD, GPO), metabolik indekslarni (lipid profili, HOMA-IR) va vitamin D ni o‘z ichiga oldi. Statistik tahlil t-test, Pirson korrelyatsion tahlili va ROC-tahlilni qamrab oldi (p<0,05). Natijalar. NV bilan og‘rigan bemorlarda Th1 vositachiligidagi immun javobning yaqqol faollashuvi kuzatildi: IFN-γ, CXCL10, IL-6 va TNF-α nazoratdagiga qaraganda sezilarli yuqori bo‘ldi (p<0,001). CXCL10 kasallik faolligini aniqlashda eng yaxshi diagnostik qobiliyatni ko‘rsatdi (AUC = 0,91) va VASI hamda VIDA indekslari bilan yuqori korrelyatsiyaga ega bo‘ldi. Oksidativ stressning sezilarli kuchayishi aniqlandi: MDA darajasi 2,3 baravardan ko‘proq oshgan, SOD va GPO faolligi esa 35–42 % ga pasaygan. MDA va SOD ko‘rsatkichlari klinik indekslar bilan korrelyatsiyalandi (mos ravishda r = 0,55 va r = –0,49). Bemorlarning 36,7 % ida insulinorezistentlik aniqlandi va u IL-6 hamda CXCL10 ning oshgan darajalari bilan bog‘liq bo‘ldi. Gipovitaminoz D holatlarning 71 % ida topildi va yaqqolroq yallig‘lanish faolligi bilan birga kechdi. Xulosa. Samarqand viloyati bemorlarida nosegmentar vitiligo Th1-yallig‘lanishning faollashuvi, antioksidant himoyaning buzilishi va metabolik nomutanosiblik bilan tavsiflanuvchi yaqqol immunometabolik profilga ega. CXCL10 vitiligo faolligining eng ma‘lumotli biomarkeri hisoblanadi. Immunometabolik parametrlarni kompleks baholash kasallik faolligi darajasini obyektivlashtirish va davolash taktikasini shaxsiylashtirish uchun qo‘llanilishi mumkin.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    РОЛЬ АНТИБИОТИКОРЕЗИСТЕНТНОСТИ STAPHYLOCOCCUS AUREUS И STREPTOCOCCUS PYOGENES В РАЗВИТИИ ХРОНИЧЕСКИХ ПИОДЕРМИЙ

    Сафарова Шахло Шавкатовна, Орипов Рустам Анварович · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Dolzarbligi. Surunkali piodermiyalar terining eng keng tarqalgan va klinik jihatdan muhim infeksion patologiyalaridan biri bo‘lib qolmoqda; ular retsidivlarning yuqori chastotasi va standart terapiya samaradorligining pasayishi bilan kechadi. Eng jiddiy muammo — yetakchi qo‘zg‘atuvchilar Staphylococcus aureus va Streptococcus pyogenes ning antibiotikorezistentligi ortishi, jumladan MRSA va MLSB fenotiplarining tarqalishidir. Bu shtammlar yuqori virulentlik, bioplyonka hosil qilish qobiliyati va yaqqol yallig‘lanish potensialiga ega bo‘lib, kasallikning cho‘zilgan va torpid kechishiga olib keladi. Rezistentlik ortib borayotgan sharoitda uning piodermiyalarni surunkalilashtirishdagi rolini o‘rganish samarali va shaxsiylashtirilgan antibakterial terapiyani tanlash uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot maqsadi. Staphylococcus aureus va Streptococcus pyogenes antibiotikorezistentligining kattalar va bolalarda surunkali piodermiyalar rivojlanishidagi rolini baholash. Materiallar va usullar. Tadqiqotga 2023–2025 yillarda kuzatilgan surunkali retsidivlanuvchi piodermiyali 168 bemor kiritildi. Bakteriologik tekshiruv, qo‘zg‘atuvchilarni MALDI-TOF MS usulida identifikatsiya qilish, antibiotiksezgirlikni aniqlash (EUCAST 2023), metitsillinrezistentlik genlarini (mecA, mecC) va MLSB rezistentlik fenotiplarini (ermA, ermB, ermC) aniqlash o‘tkazildi. Statistik ishlov SPSS 26.0 yordamida bajarildi (χ², p<0,05). Natijalar. Surunkali piodermiyalarning yetakchi qo‘zg‘atuvchilari S. aureus (62,5 %) va S. pyogenes (27,4 %) ekanligi aniqlandi, aralash infeksiyalar esa kasallikning eng og‘ir kechishini shakllantiradi (10,1 %). MRSA chastotasi 38,9 %, makrolidlarga chidamlilik — 41,3 %, tetratsiklinlarga — 27,5 % ni tashkil etdi. Bioplyonka hosil qilish S. aureus shtammlarining 52,4 % ida aniqlandi; bu davolash muddatining uzayishi va retsidivlar chastotasi (yiliga 6–7 marta) bilan bog‘liq bo‘ldi. S. pyogenes da cMLSB (29,6 %) va iMLSB (14,8 %) fenotiplari qayd etilib, ular makrolidlar va linkozamidlar samaradorligiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatdi. MRSA va aralash infeksiyali bemorlarda yallig‘lanish markerlari eng yuqori bo‘ldi (CRP 25,6–27,3 mg/l; IL-6 21,8–23,1 pg/ml) va standart terapiyaga javob past bo‘ldi. Davolashning o‘rtacha davomiyligi 9–11 kundan (sezgir shtammlar) 19–23 kungacha (aralash infeksiyalar) o‘zgardi. Xulosa. S. aureus va S. pyogenes antibiotikorezistentligi piodermiyalarni surunkalilashtiruvchi yetakchi omil bo‘lib, retsidivlar chastotasini oshiradi, yallig‘lanish javobini kuchaytiradi va standart terapiya samaradorligini pasaytiradi. Olingan ma‘lumotlar majburiy mikrobiologik tekshiruv o‘tkazish, rezistentlik mexanizmlarini aniqlash va antibakterial davolashni shaxsiylashtirilgan tarzda tanlash muhimligini ta‘kidlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishMaqola

    КЛИНИКО-МИКРОБИОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ПАЦИЕНТОВ С ДЕМОДЕКОЗОМ И СОПУТСТВУЮЩЕЙ РОЗАЦЕА

    Рустамова Мадинабону Сирожиддиновна, Нарзикулов Рустам Мардонович · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Dolzarbligi. Demodekoz, ayniqsa rozatsea bilan birga kelganda, yallig‘lanish belgilarining kuchayishi, yaqqol eritema, papulo-pustulyoz elementlar va terapiyaga rezistentlik tufayli sezilarli klinik muammoni tashkil etadi. Zamonaviy tadqiqotlar Demodex spp. zichligining ortishi va terining yaqqol disbiozi immun-yallig‘lanish reaksiyalarini kuchaytirishini hamda kasallik kechishini og‘irlashtirishini ko‘rsatmoqda. Yuqori tarqalganligi va kuzatuvlar sonining ortib borishiga qaramay, bunday bemorlarning kompleks klinik-mikrobiologik xususiyatlari yetarlicha o‘rganilmagan; bu esa tashxisni optimallashtirish va samarali terapevtik yondashuvlarni tanlash uchun keyingi tadqiqotlar zaruratini belgilaydi. Tadqiqot maqsadi. Yuz terisi demodekozi va unga hamroh rozatsea bilan og‘rigan bemorlarning kompleks klinik-mikrobiologik tavsifini o‘tkazib, klinik belgilar og‘irligini va mikrob disbiozi xususiyatlarini belgilovchi omillarni aniqlash. Materiallar va usullar. 86 bemorni qamrab olgan «case–control» turidagi bir vaqtli qiyosiy tadqiqot o‘tkazildi: asosiy guruh — klinik tasdiqlangan rozatsea bilan birga demodekoz bo‘lgan 46 bemor, nazorat guruhi — izolyatsiyalangan demodekozli 40 bemor. Eritemaning ifodalanganligi (IGA Rosacea Severity Score), yallig‘lanish elementlari (IGA), subyektiv simptomlar (VAS), Demodex invaziyasi zichligi (SSSB, dona/sm²), asosiy mikroorganizmlarning (Staphylococcus epidermidis, Cutibacterium acnes, Bacillus spp., grammanfiy bakteriyalar) ajratib olinish chastotasi va mikrob yuklamasi, shuningdek polimikroblik baholandi. Statistik tahlil Styudent t-mezoni, χ² mezoni va Pirson korrelyatsion tahlilini o‘z ichiga oldi (p < 0,05). Natijalar. Asosiy guruh bemorlarida yaqqolroq eritema (3,1 ± 0,6 ga qarshi 1,8 ± 0,5 ball; p < 0,001), Demodex invaziyasining yuqoriroq zichligi (13,2 ± 3,4 ga qarshi 8,1 ± 2,7 dona/sm²; p < 0,001) va kuchaygan subyektiv simptomlar qayd etildi. S. epidermidis, C. acnes, Bacillus spp. va grammanfiy bakteriyalarning aniqlanish chastotasi, shuningdek ularning mikrob yuklamasi va polimikrobligi demodekoz rozatsea bilan birga kelganda ishonchli darajada yuqori bo‘ldi. Demodex zichligi bilan eritema, papulo-pustulyoz elementlar va achishishning ifodalanganligi o‘rtasida, shuningdek S. epidermidis, C. acnes bilan kolonizatsiya va polimikroblik bilan ishonchli korrelyatsiyalar aniqlandi. Xulosa. Demodekozning rozatsea bilan birga kelishi og‘irroq klinik kechish va terining yaqqol disbiozi bilan kechadi; bu Demodex spp. ning yuqori yuklamasi va shartli patogen mikrobiotaning sinergetik ta‘siri bilan bog‘liq. Olingan ma‘lumotlar patogenezning parazitar, mikrob va immun-yallig‘lanish komponentlarini hisobga oluvchi multimodal terapevtik yondashuv zarurligini asoslaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish