GABRIEL GARSIA MARKES ASARLARINING JAHON ADABIYOTIDAGI O‘RNI VA O‘RGANILISHI
Nematillayev Akramjon G‘ofurjon o‘g‘liNamangan davlat chet tillari instituti tadqiqotchisi, University of Business and Science o‘qituvchisi, O‘zbekiston, Namangan viloyati2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 1Sahifa 71–75
Annotatsiya
Ushbu maqolada Lotin Amerikasi adabiyotining yirik namoyandasi Gabriel Garsia Markes ijodining jahon adabiy jarayonidagi o‘rni va ta‘siri tahlil qilinadi. Asarda yozuvchining “Yolg‘izlikning yuz yili”, “Vabo davrida muhabbat”, “Patriarxning kuzi” kabi romanlari orqali nafaqat Lotin Amerikasi tarixiy-sotsial muammolari, balki “condition humanum” – insoniy mavjudlikning universal mohiyati ham badiiy talqin etilgani ko‘rsatiladi. Maqolada Markes asarlari bo‘yicha olib borilgan xalqaro ilmiy tadqiqotlar, xususan, uning magik realizm uslubining shakllanishi, narrativ texnikasi, siyosiy va falsafiy qatlamlarining talqinlari yoritilgan. Shuningdek, yozuvchining ijodi “Lotin Amerikasi bo‘roni” (Boom) davrida va undan keyingi adabiy jarayonlarda o‘ziga xos estetik hodisa sifatida baholangan. Tadqiqot natijalari Markes ijodining jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini ochib beradi hamda uning ijodiy merosi turli ilmiy-paradigmalarda o‘rganilayotganini ko‘rsatadi.
Boshqa tillarda
ruschaМЕСТО ПРОИЗВЕДЕНИЙ ГАБРИЭЛЯ ГАРСИА МАРКЕСА В МИРОВОЙ ЛИТЕРАТУРЕ И ИХ ИЗУЧЕНИЕ
В статье рассматриваются место и значение произведений Габриэля Гарсиа Маркеса в мировой литературе. В таких романах, как «Сто лет одиночества», «Любовь во время холеры» и «Осень патриарха», автор не только изображает сложные социальные и исторические реалии Латинской Америки, но и отражает универсальную сущность «condition humanum» – человеческого существования. В исследовании освещаются международные исследования, посвященные творчеству Маркеса, в частности, развитию магического реализма, его повествовательным приемам, а также политическим и философским аспектам его произведений. Кроме того, рассматривается роль Маркеса во время и после латиноамериканского «бума», подчеркивая его вклад как уникального эстетического явления в современной литературе. Результаты исследования раскрывают выдающееся влияние Маркеса на мировые литературные процессы и демонстрируют, как его наследие продолжает изучаться в рамках различных научных парадигм.
inglizchaTHE PLACE OF GABRIEL GARCIA MARQUEZ‘S WORKS IN WORLD LITERATURE AND THEIR STUDY
This article analyses the place and influence of the work of Gabriel Garcia Marquez, a major representative of Latin American literature, in the world literary process. It is shown that in such novels as "One Hundred Years of Solitude", "Love in the Time of Cholera" and "The Autumn of the Patriarch" the writer gives an artistic interpretation not only of the historical and social problems of Latin America but also of the "condition humanum" - the universal essence of human existence. The article describes the international scholarly research carried out on the works of Marquez, in particular the formation of his magical realism style, his narrative technique and the interpretations of the political and philosophical layers of his writing. The writer‘s work is also assessed as a distinctive aesthetic phenomenon during the Latin American "Boom" and in the literary processes that followed it. The results of the research reveal the enormous contribution of Marquez‘s work to world literature and show that his creative legacy is being studied within various scientific paradigms.
Kalit so‘zlar
- Gabriel Garsia Markes
- Lotin Amerikasi adabiyoti
- magik realizm
- jahon adabiyoti
- narrativ texnika
- siyosiy badiiyat
- adabiy meros
- A lecturer at University of Business and Science
- Uzbekistan
- Namangan Region
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
GABRIEL GARSIA MARKES ASARLARINING JAHON ADABIYOTIDAGI O‘RNI VA O‘RGANILISHI Nematillayev Akramjon G‘ofurjon o‘g‘li Namangan davlat chet tillari instituti tadqiqotchisi, University of Business and Science o‘qituvchisi, O‘zbekiston, Namangan viloyati E-mail: nematillayevakramjon4@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.18467576 Annotatsiya: Ushbu maqolada Lotin Amerikasi adabiyotining yirik namoyandasi Gabriel Garsia Markes ijodining jahon adabiy jarayonidagi o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. Asarda yozuvchining “Yolg‘izlikning yuz yili”, “Vabo davrida muhabbat”, “Patriarxning kuzi” kabi romanlari orqali nafaqat Lotin Amerikasi tarixiy-sotsial muammolari, balki “condition humanum” – insoniy mavjudlikning universal mohiyati ham badiiy talqin etilgani ko‘rsatiladi. Maqolada Markes asarlari bo‘yicha olib borilgan xalqaro ilmiy tadqiqotlar, xususan, uning magik realizm uslubining shakllanishi, narrativ texnikasi, siyosiy va falsafiy qatlamlarining talqinlari yoritilgan. Shuningdek, yozuvchining ijodi “Lotin Amerikasi bo‘roni” (Boom) davrida va undan keyingi adabiy jarayonlarda o‘ziga xos estetik hodisa sifatida baholangan. Tadqiqot natijalari Markes ijodining jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini ochib beradi hamda uning ijodiy merosi turli ilmiy-paradigmalarda o‘rganilayotganini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Gabriel Garsia Markes, Lotin Amerikasi adabiyoti, magik realizm, jahon adabiyoti, narrativ texnika, siyosiy badiiyat, adabiy meros, global qabul.
THE PLACE AND STUDY OF THE WORKS OF GABRIEL GARCIA MARQUEZ IN WORLD LITERATURE Akramjon Nematillayev Gafurjonovich Research Fellow at Namangan State Institute of Foreign Languages, A lecturer at University of Business and Science, Uzbekistan, Namangan Region Abstract: This article examines the place and significance of Gabriel García Márquez’s works within world literature. Through novels such as One Hundred Years of Solitude, Love in the Time of Cholera, and The Autumn of the Patriarch, the author not only portrays the complex social and historical realities of Latin America but also reflects the universal essence of the “condition humanum” – the human condition. The study highlights international research devoted to Márquez’s oeuvre, particularly the development of magical realism, his narrative techniques, and the political as well as philosophical dimensions of his works. Moreover, it considers Márquez’s role during and after the Latin American “Boom,” emphasizing his contribution as a unique aesthetic phenomenon in modern literature. The findings reveal Márquez’s outstanding impact on world literary processes and demonstrate how his legacy continues to be studied across diverse scholarly paradigms. Keywords: Gabriel García Márquez, Latin American literature, magical realism, world literature, narrative technique, political aesthetics, literary legacy, global reception.
МЕСТО И ИЗУЧЕНИЕ ТВОРЧЕСТВА ГАБРИЭЛЯ ГАРСИА МАРКЕСА В МИРОВОЙ ЛИТЕРАТУРЕ Нематиллаев Акрамджон Гафурджонович
научный сотрудник Наманганский государственный институт иностранных языков, University of Business and Science, преподаватель, Узбекистан, Наманганская область Аннотация: В статье рассматриваются место и значение произведений Габриэля Гарсиа Маркеса в мировой литературе. В таких романах, как «Сто лет одиночества», «Любовь во время холеры» и «Осень патриарха», автор не только изображает сложные социальные и исторические реалии Латинской Америки, но и отражает универсальную сущность «condition humanum» – человеческого существования. В исследовании освещаются международные исследования, посвященные творчеству Маркеса, в частности, развитию магического реализма, его повествовательным приемам, а также политическим и философским аспектам его произведений. Кроме того, рассматривается роль Маркеса во время и после латиноамериканского «бума», подчеркивая его вклад как уникального эстетического явления в современной литературе. Результаты исследования раскрывают выдающееся влияние Маркеса на мировые литературные процессы и демонстрируют, как его наследие продолжает изучаться в рамках различных научных парадигм. Ключевые слова: Габриэль Гарсиа Маркес, латиноамериканская литература, магический реализм, мировая литература, повествовательная техника, политическая эстетика, литературное наследие, мировая рецепция.
KIRISH Gabriel Garsia Markes XX asr ingliz adabiyotining yirik vakillaridan biridir. Uning ijodi til va madaniyat chegaralarini yorib o‘tib, dunyoning turli mintaqalarida kitobxon qalbiga yetib bordi hamda juda kam adiblarga nasib etadigan keng ilmiy va adabiy e’tirofga sazovor bo‘ldi. Biz quyida Markes ijodining jahon adabiyotidagi betakror o‘rnini asoslashga harakat qilib, uning mashhur asarlarini belgilab beruvchi umumiy xususiyatlarni tahlil qildik. Ta’kidlash kerakki, Gabriel Garsia Markesning adabiy faoliyati 1982 yilda unga adabiyot bo‘yicha eng nufuzli Nobel mukofoti taqdim etilishi bilan yuksak cho‘qqiga chiqdi. Shved akademiyasi bu mukofotni unga: “fantastik va real voqealar bir butun qilib yaratilgan badiiy olamda butun qit’a hayoti va kurashlarini ifodalab bergani uchun” taqdim etdi. Bu mukofot nafaqat Markesning innovatsion badiiy uslubini e’tirof etdi, balki uning Lotin Amerikasi ijtimoiy-siyosiy muammolariga bo‘lgan chuqur qiziqishini ham tasdiqladi. Zero, Markes o‘z asarlari orqali xalqining ovozini butun dunyo miqyosiga olib chiqqan ijodkor sifatida tanildi. MATERIALLAR VA METODLAR Markesning XX asrning eng buyuk adiblari safidagi mavqeini tasdiqlovchi eng muhim omillardan biri uning xalqaro miqyosdagi rekord darajadagi o‘quvchilarga ega bo‘lgani va tanqidchilar e’tirofidir. Uning eng mashhur asari Yolg‘izlikning yuz yili” (1967) jahon miqyosida adabiy hodisaga aylangan bo‘lib, o‘nlab tillarga tarjima qilindi va millionlab nusxada sotildi. Ushbu roman bilan bir qatorda “Vabo paytida sevgi”, “Patriarx kuzi” kabi asarlar ham uning betakror hikoyanavislik mahoratini namoyon qildi. Bu asarlar mahalliy madaniy muhitga chuqur singib ketgan bo‘lishiga qaramay, universalligi bilan butun dunyo kitobxonini o‘ziga rom etdi. Shu bois Markes ijodi bugungi kunda nafaqat keng xalq ommasi, balki butun dunyo universitetlarida o‘qitiladigan adabiyot kurslarining ham ajralmas qismiga aylangan. NATIJALAR Markes asarlarining keng miqyosda tarjima qilinishi va xalqaro darajada o‘qilishi ularning universalligidan dalolat beradi. Uning nasriy uslubi Kolumbiya va Lotin Amerikasi siyosati, tarixi
hamda afsonalaridan oziqlansa-da, asarlarda tasvirlangan muhabbat, yo‘qotish, xotira, yolg‘izlik, hokimiyat, vaqtning o‘tishi kabi mavzular insoniyatga xos umumiy tajribalarni qamrab oladi.⁴ Aynan shu qobiliyat — ya’ni geografiya va til chegaralarini yengib o‘tgan holda, turli xalqlarning qalbiga murojaat qila olishi — Markesga jahon adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk yozuvchi sifatida abadiy obro‘-e’tibor taqdim etdi. MUHOKAMA Gabriel Garsia Markesning adabiy olami turli uslubiy va tematik jihatlarning uyg‘unligi orqali shakllanadi. Bu xususiyatlar faqatgina yozuvchining badiiy tanlovi emas, balki uning narrativ falsafasining ajralmas bo‘lagi bo‘lib, Lotin Amerikasi hayotining murakkab realliklari hamda “condition humanum” ya’ni insoniy mavjudlikning mohiyatini ifodalashga xizmat qiladi. Markes ijodida eng ko‘p tilga olinadigan jihat bu uning sehrli realizmga murojaatidir. Sehrli realizm oddiy realizmga g‘ayritabiiy elementlarni sun’iy qo‘shish emas, balki kundalik hayotiy voqealar oqimiga afsonaviy, mo‘jizaviy yoki mantiqan ishonib bo‘lmaydigan holatlarni tabiiy ravishda singdirib yuborish san’atidir.² Bunday uslubda g‘ayritabiiy hodisalar hech qanday izohsiz, mutlaqo oddiy voqelik sifatida tasvirlanadi, natijada “oddiy” va “mo‘jiza” o‘rtasidagi farq xiralashadi. Yozuvchi qo‘lida sehrli realizmning ta’siri yanada kuchli tus oladi: u kitobxonning odatiy realizmga asoslangan kutgan narsalarini buzadi va uni mo‘jizaviy narsalarni hayotning tabiiy qismi sifatida qabul qilishga undaydi. “Yolg‘izlikning yuz yili” romanida Remediosning osmonga ko‘tarilishi, sariq kapalaklarning yomg‘irdek yog‘ilishi yoki chivin buluti ergashib yurgan odamning tasviri oddiy voqealar singari, bir xil jiddiy ohangda hikoya qilinadi. Natijada kitobxon g‘ayritabiiy narsalarga emas, balki badiiy nutqning kuchi tufayli “ishonish”ga majbur bo‘ladi. Bu uslubiy strategiya Markes nasriga bir vaqtning o‘zida ham joziba, ham bezovtalik baxsh etadi. Bundan tashqari, Markes ijodidagi sehrli realizm Lotin Amerikasi tarixiy-madaniy o‘zligini ifodalashning eng muvofiq shakli sifatida ham qaraladi. U qit’aning boy og‘zaki an’analari, zo‘ravon siyosiy tarixiy jarayonlari, tubjoy e’tiqodlari, Yevropa madaniyati hamda Afrikadan olib kelingan ruhiy-ma’naviy unsurlar sintezini badiiy vositalar orqali yoritadi. Shuning uchun ham sehrli realizm Markes asarlarida voqelikdan qochish emas, balki “haqiqatning o‘zi ko‘pincha fantastikadan ham g‘aroyibroq” ekanini ifodalovchi yuksak realizm sifatida namoyon bo‘ladi. U orqali yozuvchi fuqarolar urushlari, diktatorlik rejimlari yoki tabiiy ofatlar kabi Lotin Amerikasi tarixidagi chuqur, ko‘pincha tushuntirib bo‘lmaydigan voqealarni epik va ayni paytda absurd tusda saqlab qolgan holda badiiy ifoda etishga muvaffaq bo‘ladi. Markes ijodida doimiy takrorlanib keluvchi mavzular to‘plami mavjud bo‘lib, ular uning badiiy olamiga chuqur ma’no va falsafiy murakkablik bag‘ishlaydi. Bu mavzular bir-biri bilan kesishib, insoniyat taqdirini turli qirralardan tahlil qilish imkonini beradi. Masalan: Yolg‘izlik Markes ijodida eng ko‘p takrorlanadigan va eng ta’sirchan mavzu bu – yolg‘izlikdir. Ayniqsa, uning eng mashhur romani “Yolg‘izlikning yuz yilida bu motiv yanada kuchli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Buendia avlodlari, Macondo shahrining shovqin-suroni, avlodlarning keng tarqalishi va oilaning ko‘pligiga qaramay, o‘z mohiyatida chuqur yolg‘izlikka mahkumdir. Bu yolg‘izlik nafaqat jismoniy, balki ekzistensial xususiyatga ega bo‘lib, insonning boshqalar bilan mazmunli bog‘lanish qila olmasligi, taqdirning aylanishidan chiqib keta olmasligi va avlodlar takrorlaydigan taqdiriy naqshdan qutula olmasligi sifatida namoyon bo‘ladi. Romandagi qahramonlar bunga yorqin misoldir. Masalan, polkovnik Aureliano Buendía o‘z hayoti davomida o‘ttiz ikki fuqarolar urushini olib boradi, biroq oxir-oqibat yolg‘iz, iztirob va
umidsizlik bilan qoladi. Yoki Ursula Iguarán obrazini olaylik: u butun umrini oilaning yemirilishiga qarshi kurashga bag‘ishlaydi, biroq o‘zining tinimsiz sa’y-harakatlariga qaramay, oxir-oqibat bu jarayonni to‘xtata olmaydi. Shu tariqa, Markes yolg‘izlikni nafaqat shaxsiy fojea sifatida, balki tarixning tsiklik takrorlanishi va insoniyatning muqarrar taqdiriy naqshlari bilan bog‘liq universal muammo sifatida talqin qiladi. Markes tasviridagi yolg‘izlikning falsafiy qirralari ham diqqatga sazovordir. U insonning o‘z jamiyati va oilasi bilan ajralib qolishini, ichki dunyosi bilan tashqi olam o‘rtasidagi boshliqni ko‘rsatadi. Bu jihatdan, “yolg‘izlik” motivi uning ijodida doimiy “refrens” vazifasini bajarib, inson mavjudligining muqarrar bo‘linishini ifodalovchi ramzga aylanadi. Shu sababli, Markes romanlarida yolg‘izlik mavzusi shaxsiy tragediyadan tashqari, butun jamiyatning tarixiy va madaniy fojeasini ham yoritadi. Tahlillarimizga ko‘ra aytish lozimki, Gabriel Garsía Markesning ijodiy olami ko‘pincha chiziqli vaqt tasavvuridan voz kechib, tsiklik vaqt va tarix konsepsiyasiga tayanadi. Uning romanlarida voqealar uzluksiz rivojlanish emas, balki qaytalanish sifatida talqin qilinadi. “Yolg‘izlikning yuz yili”da Aureliano va Xose Arkadio ismlarining avloddan-avlodga meros bo‘lib kelishi, shuningdek, ularning xarakterlari va fojealari takrorlanishi, tarixning “taraqqiyot” emas, balki doimiy qaytish ekanini anglatadi.¹ Bu qaytalanishlar qahramonlarning muqarrar taqdiriy naqshdan chiqib keta olmasligini, ularning avvalgi avlodlar qilgan xatolarini takrorlashini ko‘rsatadi. Markesda bunday vaqt konsepsiyasi klassik sabab–oqibat va iroda erkinligi tushunchalarini shubha ostiga qo‘yadi. Chunki o‘tmish o‘tib ketgan emas, balki har doim qaytib keluvchi kuch sifatida talqin qilinadi. Bu jihatdan, Markes ijodida tsiklik vaqt motivi nafaqat badiiy uslub, balki insoniyat taqdirining tarixiy-falsafiy modeliga aylanganini ko‘ramiz. Adib ijodida doimiy takrorlanadigan mavzulardan yana biri – muhabbat va jarohatdir. Ayniqsa, “Vabo davridagi sevgi” romanida Florentino Arizaning Fermina Dazaga bo‘lgan o‘nlab yillar davom etgan ehtirosli muhabbati bu mavzuning yorqin ifodasidir. Ushbu sevgi nafaqat insoniy tuyg‘u, balki vaqt, jamiyat qoidalari va qarilikka qarshi kurashuvchi qudratli kuch sifatida tasvirlanadi. Markes bu ehtirosni ko‘pincha “kasallik” sifatida talqin qiladi. Chunki bu sevgi shaxsni butunlay egallab, mehr, oshiqona tuyg‘u va patologik obsessiya o‘rtasidagi chegaralarni yo‘q qiladi.⁴ Shu orqali yozuvchi muhabbatning turli shakllarini istak, sadoqat, iztirob va quvonchni tasvirlab, uni inson hayotidagi eng buyuk baxt va eng chuqur fojea manbai sifatida ochib beradi. Ta’kidlash kerakki, Gabriel Garsia Markesning butun ijodi siyosiy va ijtimoiy ruh bilan sug‘orilgan bo‘lib, u hokimiyat va zulm masalalarini keskin tanqidiy ruhda yoritadi. Adib asarlarida lotin amerikalik xalqlarning avtoritar tuzumlar, fuqarolar urushlari, korrupsiya va siyosiy beqarorlik girdobida yashagan hayoti badiiy talqin etiladi. Masalan, “Yolg‘izlikning yuz yili” romanida banan plantatsiyasidagi qirg‘in voqeasi, “Patriarxning kuzi”da mustabid hukmdorning yovuz rejimi, “La mala hora”da esa kundalik hayotni egallagan zo‘ravonlik motivlari siyosiy zo‘ravonlikning insoniyat hayotiga qanday kirib borishini ochib beradi. XULOSA Markes ijodida siyosat nafaqat tashqi voqelik sifatida, balki inson qadr-qimmatining poymol qilinishi, muxolifatning bo‘g‘ilishi va zo‘ravonlikning tsiklik xarakterga ega ekanini ko‘rsatadigan badiiy vosita sifatida talqin etiladi. Shu bilan birga, u Lotin Amerikasi tarixida o‘z aksini topgan murakkab siyosiy jarayonlarni universallashtirib, global o‘quvchi uchun ham tanish
bo‘lgan adolat va ozodlik kurashini aks ettiradi. Markes asarlari shu tariqa zulmga qarshi inson ruhining bardoshliligi va iroda kuchini madh etuvchi badiiy manifestga aylanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Bell-Villada, G. H. Gabriel García Márquez: The Man and His Work. Chapel Hill: University of North Carolina Press, 1990.
- Chanady, A. B. Magical Realism and the Fantastic: Resolved Versus Unresolved Antinomy. New York: Garland Publishing, 1985.
- García Márquez, G. Cien años de soledad. Buenos Aires: Editorial Sudamericana, 1967.
- Hart, S. M. A Companion to Magical Realism. Woodbridge: Tamesis, 2005.
- Martin, G. Journeys Through the Labyrinth: Latin American Fiction in the Twentieth Century. London: Verso, 1989.
- Parkinson Zamora, L. & Faris, W. B. (eds.). Magical Realism: Theory, History, Community. Durham: Duke University Press, 1995.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013273
- Nashr sanasi
- 2026-02-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i1.1963
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 71–75
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06