M. Abdulhakimova, D. Haydarova · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu tadqiqotda Phlomoides kirghisorum o‘simligining yer ustki qismida umumiy oqsil miqdori Kjeldal usuli yordamida aniqlandi. Tadqiqot obyekti sifatida vegetatsiya davrida yig‘ilgan va quritilgan o‘simlik xomashyosi tanlandi. Tahlil jarayonida namunadagi umumiy azot miqdori aniqlanib, oqsilga aylantirish koeffitsienti (6,38) yordamida umumiy oqsil miqdori hisoblab chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘simlik tarkibidagi umumiy azot miqdori 2,44 % ni, umumiy oqsil miqdori esa 15,57 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar Phlomoides kirghisorum turining oqsil moddalarga nisbatan boy ekanligini ko‘rsatdi. Aniqlangan oqsil miqdori ushbu o‘simlikning biologik va farmakologik qiymatini baholashda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Tadqiqot natijalari dorivor o‘simliklar tarkibini kompleks o‘rganish hamda ularni farmatsevtika va fitoterapiya amaliyotida qo‘llash imkoniyatlarini ilmiy asoslash uchun xizmat qiladi.
S. Utamuradova, B. Xaydarov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Yarimo‘tkazgich elektrodlarga ega gaz razryadli yacheykalarda fizik jarayonlar nazariy va eksperimental jihatdan tadqiq qilindi. Plazmali kontaktlarning gaz razryadi stabilligini oshirishi aniqlandi. Qo‘shimcha dempferlovchi kaskadli fotografik ionizatsion kamera 0,38–11 mkm va undan yuqori infraqizil diapazonda obyektlarni qayd etish imkonini berdi. Eksperimental natijalar nazariy hisoblar bilan mos keldi.
S. Nasrullayevich, O. o‘g‘li, A. o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada Samarqand arxitektura-qurilish institutining shahar infratuzilmasi rivojlanishidagi o‘rni va ta‘siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda institutning muhandislik, arxitektura va qurilish yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlashdagi roli, ilmiy tadqiqotlari hamda ularning shaharsozlik, transport tizimi, kommunal xo‘jalik va uy-joy qurilishiga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, institut faoliyati orqali Samarqand shahrida zamonaviy infratuzilmaning shakllanishi, urbanizatsiya jarayonlari va texnologik rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib beriladi. Tadqiqot natijalari oliy ta‘lim muassasalarining shahar rivojlanishidagi strategik ahamiyatini asoslaydi.
S. X.A, D. Sh.A, A. K.Sh · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Samarqand va Jizzax viloyatlarida qo‘ylar orasida moniyeziozning uchrash darajasi, ya‘ni invaziya ekstensivligi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, Samarqand viloyatida tekshirilgan qo‘ylarning 11,0% ida, Jizzax viloyatida esa tekshirilgan qo‘ylarning 11,2% ida moniyezioz bilan ekstensiv zararlanish aniqlangan.
R. Ilashovich, A. Elmurodovich, B. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada qo‘ylar orasida uchraydigan exinokokkoz kasalligining go‘sht va ichki organlar sifatiga ta‘siri hamda ularni veterinariya-sanitariya ekspertizasi jarayonida baholash masalalari adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari o‘rganilib, kasallikning etiologiyasi, patogenezi, tarqalish xususiyatlari hamda go‘sht mahsulotlarining sanitariya holatiga ta‘siri, shuningdek, zararlangan organlarni aniqlash, ularni veterinariya-sanitariya qoidalariga muvofiq baholash va utilizatsiya qilish masalalari adabiyotlar tahlili natijasida o‘rganildi.
O. Abduraimova · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada qishloq xo‘jaligi hayvonlarining salmonellyoz kasalligi bo‘yicha umuman, shuningdek, qo‘ylarning salmonellyozli aborti haqida xususan, ilmiy adabiyot manbalarida keltirilgan ma‘lumotlar muhokama va tahlil qilingan. Kasallikning nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning barcha mamlakatlarida keng tarqalganligi va sezilarli iqtisodiy zarar keltirayotgani yoritilgan. Qishloq xo‘jaligining qo‘ychilik sohasida abortga sabab bo‘luvchi boshqa kasalliklarning ham mavjudligi va ularning orasida o‘ziga xos klinik yoki boshqa belgilarning sezilmasligi, ya‘ni differensiatsiya qilishning imkoniyati yo‘qligi mazkur kasallikka aniq tashxis qo‘yishda anchagina jiddiy muammolar tug‘ilishiga sabab bo‘lmoqda.
N. N.I, H. N.Sh, A. U.B · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada tug‘ishiga qisqa muddat qolgan va abort qilgan qo‘ylarning qon zardobida xlamidioz kasalligida (Chlamydia abortus ovis) immunologik tahlil natijalarini optik zichlik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Chlamydia abortus ovisning qo‘ylar organizmida surunkali va o‘tkir shaklda kechishini IgG va IgM turlarini Qozog‘iston Davlatining “MVA GROUP” qo‘shma korxonasining test to‘plamida tekshirilgan natijalari va ularga matematik ishlov berilgan ko‘rsatkichlar keltirilgan. Tadqiqotlarni bajarish uchun Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani “Rohat” fermer xo‘jaligi shuningdek mazkur tuman aholisining shaxsiy qo‘ylarida hamda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani “Turon” Qoraqo‘lchilik MChJlarida tug‘ish davridan 12-14 kun avval abort qilgan va chala rivojlangan homilalarni immunologik, serologik hamda patomorfologik tahlillarning natijalari keltirilgan. Shuningdek Chlamydia abortus ovisdan nobud bo‘lgan 140-150 kunlik homilalarni ichki a‘zolarida patologoanatomik hamda gistologik o‘zgarishlari haqida ma‘lumotlar berilgan.
N. Mamatkulova, X. Yunusov, X. Bazarov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik hayvonlarida dermatomikozlarni zamonaviy diagnostika usullari asosida aniqlash masalalari yoritilgan. Tadqiqotda mikroskopik kultural, lyuminestsent va molekulyar (PZR) usullarning samaradorligi tahlil qilingan. Mikroskopik usul zamburug‘ elementlarini tez aniqlashga, kultural usul esa qo‘zg‘atuvchini tur darajasida identifikatsiya qilishga xizmat qiladi. Lyuminestsent usul yashirin shakllarni aniqlashda, PZR esa tez va aniq tashxis qo‘yishda yuqori samaradorlikka ega. Natijalar dermatomikozlarni kompleks yondashuv asosida diagnostika qilish eng ishonchli usul ekanligini ko‘rsatdi va bu yondashuv kasallikni erta aniqlash hamda samarali profilaktika va davolash choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
N. Ergashev, G. Mengliyev, I. Salimov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Tadqiqotda qo‘ylarni klostridioz kasalliklariga qarshi emlash jarayonida organizmning tabiiy rezistentligini oshirish maqsadida E-Selen va Gamavit veterinariya preparatlari qo‘llanildi. Tajriba hayvonlaridan qon namunalari emlash va preparatlarni yuborishdan oldin, shuningdek, ularni qo‘llagandan keyin 14-, 35- va 180-kunlarda olindi. Qon namunalarida eritrotsitlar, leykotsitlar, gemoglobin miqdori hamda eritrotsitlarning cho‘kish tezligi (EChT), shuningdek, qon zardobining biokimyoviy ko‘rsatkichlari aniqlandi. Tadqiqot natijalari qo‘ylar qonida eritrotsitlar, leykotsitlar va gemoglobin konsentratsiyasining ishonchli darajada, shuningdek, qon zardobining biokimyoviy ko‘rsatkichlari oshganligini ko‘rsatdi.
B. Abdiqaharovna, m. izlanuvchisi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada Samarqand viloyati qoramolchilik xo‘jaliklarida 40-120 kunlik buzoqlarda dispanser tekshirishlar natijalari keltirilgan bo‘lib, 60 kundan keyin buzoqlarda eritropoez jarayonining susayishi oqibatida qondagi gemoglobin, eritrotsitlar, gematokrit ko‘rsatkichining va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning pasayishi qayd etilgan. Buzoqlarda alimentar anemiyaning rivojlanishida ratsionlarning takomillashmaganligi, tarkibidagi to‘yimli moddalar vitaminlar va mineral moddalar miqdorining, qand-oqsil va fosfor-kalsiy nisbatining me‘yoriy ko‘rsatkichlardan pastligi, ayniqsa temir va rux tanqisligi asosiy alimentar omil ekanligi bayon qilingan.
B. D.I, U. A.D · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada hayvonlarning brutsellyozida qo‘llaniladigan diagnostika usullarining qiyosiy bahosi, ularning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan hamda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi hayvonlarida brutsellyoz bo‘yicha tadqiqotlar holati tahlil qilingan.
A. N.T, D. R.B · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa va Toshloq tumanlaridagi zamonaviy quyonchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklardagi quyonlarda o‘tkazilgan eymeriozga qarshi tekshirish natijalari keltirilgan. Bundan tashqari, tekshirish uchun qo‘llanilgan usullarning mohiyati, o‘tkazish usullari bo‘yicha to‘liq ma‘lumotlar berilgan hamda tumanlardagi xo‘jaliklarda invaziyaning ekstensivlik va intensivlik holati bo‘yicha ma‘lumotlar bayon qilingan.
H. qizi, X. Xamidovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada lotin terminologiyasining zamonaviy farmatsevtika sohasidagi fundamental o‘rni va xalqaro dori nomenklaturasini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Lotin tili sun‘iy intellekt va raqamli texnologiyalar davrida “o‘lik til” deb hisoblansa-da farmatsiyada u hamon lingua franca sifatida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda dorivor o‘simliklar nomenklaturasi, dori shakllari hamda retseptlardagi an‘anaviy lotincha qisqartmalarning unifikatsiyasi ko‘rib chiqilgan. Statistik ma‘lumotlar va qiyosiy tahlillar lotin terminologiyasidan to‘g‘ri foydalanish farmatsevtik amaliyotdagi dori xatolarini 15–20% gacha kamaytirishga yordam berishini ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytganda, farmatsevtik ta‘limda va global sog‘liqni saqlash tizimida lotin tili nafaqat an‘ana, balki xavfsizlik va aniqlik kafolati sifatida namoyon bo‘ladi.
K. Ahmadovich, Y. Anvarovna, A. Mansur · Research Focus International Scientific Journal · 2026
O‘tkir ishemik insult dunyo bo‘yicha o‘lim va uzoq muddatli nogironlikning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. To‘qima plasminogen aktivatori bilan intravenoz tromboliz insultni erta bosqichda samarali boshqarishni sezilarli darajada yaxshilagan bo‘lsa-da uning samaradorligi tor terapevtik oynasi va katta tomir yopilishlarida to‘liq rekanalizatsiya bo‘lmasligi bilan cheklangan. So‘nggi paytlarda endovaskulyar reperfuziya texnikasidagi ilg‘or yutuqlar davolash sohasini tubdan o‘zgartirdi, bu esa tomirlarning muvaffaqiyatli rekanalizatsiya darajasini oshirish va klinik natijalarni yaxshilash imkonini berdi. Zamonaviy yondashuvlar jumladan, mexanik trombektomiya, aspiratsion trombektomiya va intraarterial tromboliz, ayniqsa intravenoz trombolitik terapiya bilan birgalikda qo‘llanganda yuqori samaradorlikni namoyon qilmoqda. Shuningdek, yangi fibrinolitik vositalarning rivojlanishi va ultratovush yordamida tromboliz kabi yordamchi usullar terapevtik imkoniyatlarni yanada kengaytirdi. Reperfuziya strategiyalari bilan bir qatorda, o‘tkir va akut bosqichda reabilitatsiyani erta boshlash nevrologik tiklanishni yaxshilash, neyroplastiklikni rag‘batlantirish va uzoq muddatli nogironlikni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Ilg‘or endovaskulyar aralashuvlarni erta reabilitatsiya bilan integratsiyalash o‘tkir ishemik insultni boshqarishda kompleks va bemor markazli yondashuvni tashkil qiladi. Kelajakda individual, tasvirlashga asoslangan davolash strategiyalari va ko‘p tarmoqli yondashuvlar funksional natijalarni optimallashtirish va terapevtik oynalarni kengaytirishga e‘tibor qaratadi.
A. Bahtiyorovich, M. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada semizlik va diabet o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ortiqcha vazn va yog‘ to‘planishi organizmda insulin rezistentligi hamda gormonal nomutanosiblikni keltirib chiqaradi, bu esa diabet rivojlanish xavfini oshiradi. Maqolada semizlikning turli turlari, ularni baholash usullari va diabetga ta‘siri ilmiy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, profilaktika va davolash strategiyalari, jumladan, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va turmush tarzini o‘zgartirishning ahamiyati tahlil qilingan. Ushbu maqola semizlik va diabet o‘rtasidagi murakkab mexanizmlarni tushunishga hamda profilaktik va sog‘lomlashtiruvchi choralarni aniqlashga yordam beradi.
T. Muslimaxon · Research Focus International Scientific Journal · 2026
So‘nggi yillarda o‘quvchilarning gapirish faoliyatlarida ishtiroki muhim bo‘lishi bilan birga murakkab masalaga ham aylanmoqda, chunki ko‘plab o‘quvchilar ingliz tilida og‘zaki fikr bildirishda qiynalmoqda. Garchi bu muammo bo‘yicha bir qator tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsa-da, ayrim o‘qituvchilar hanuzgacha o‘quvchilarni gapirish mashg‘ulotlariga jalb qilish uchun samarali strategiyalarni topishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar, ayniqsa 4–5-sinf o‘quvchilari bilan ishlashda, chunki ular darslarda ko‘proq gapirish mashqlarini bajaradilar. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi o‘quvchilarning gapirish faoliyatlarida past ishtirok etish sabablarini aniqlash hamda ularning faolligini oshirish uchun samarali sinf strategiyalarini belgilashdan iborat. Tadqiqot sinfda olib borilgan amaliy tadqiqot shaklida tashkil etildi. Ishtirokchilar Andijon viloyati Shahrixon tumani 15-maktabning 4-sinfida tahsil olayotgan 22 nafar o‘quvchidan iborat bo‘ldi. Ma‘lumotlar sinf kuzatuvlari, o‘quvchilar so‘rovnomalari hamda hamkasblar bilan norasmiy suhbatlar orqali to‘plandi. To‘plangan barcha ma‘lumotlar tavsifiy usullar yordamida sinchkovlik bilan tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, dastlab o‘quvchilarning faqat kichik qismi gapirish faoliyatlarida faol ishtirok etgan yoki ayrimlari uyatchanlik, so‘z boyligining yetishmasligi va xato qilishdan qo‘rqish kabi omillar sabab gapirish mashqlarini bajarishni istamagan. Biroq juftlikda ishlash, guruhda ishlash, “Find a Friend” faoliyati, gapirish uchun kubik o‘yini hamda guruhiy hikoya tuzish kabi interaktiv strategiyalar qo‘llanilgandan so‘ng faol ishtirokchilar soni sezilarli darajada oshdi. Natijalar shuningdek o‘quvchilar interaktiv va hamkorlikka asoslangan vazifalarda ishtirok etganlarida o‘zlariga ishonchi, motivatsiyasi va gapirishga bo‘lgan istagi ortganini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqot o‘xshash muammolarga duch kelayotgan o‘qituvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin, chunki u o‘quvchilarning gapirishdagi faolligini oshirish uchun samarali strategiyalarni yoritadi. Xulosa qilib aytganda, qo‘llab-quvvatlovchi va interaktiv sinf muhitini yaratish o‘quvchilarning o‘ziga ishonchini oshirish hamda ularning gapirish ko‘nikmalarini yanada samarali rivojlantirishga yordam beradi.
S. Ruxshona · Research Focus International Scientific Journal · 2026
O‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish ta‘lim jarayonining muhim qismi hisoblanadi, chunki bu o‘quvchilarga so‘z boyligini kengaytirish va yozma matnlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Biroq ko‘plab yettinchi sinf o‘quvchilari o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Shu sababli, mazkur tadqiqot o‘quvchilarning ingliz tilidagi matnlarni tushunishda duch keladigan asosiy muammolarini aniqlashni maqsad qiladi. Tadqiqot Norin tumanida 7-sinfning 15 nafar o‘quvchisi ishtirokida o‘tkazildi. Ma‘lumotlar so‘rovnomalar, o‘quvchilar bilan suhbatlar hamda kuzatuvchi yordamida olib borilgan sinf kuzatuvlari orqali to‘plandi. Kutilayotgan natijalar shuni ko‘rsatdiki, ayrim o‘quvchilar uzun matnlarni tushunishda qiyinchiliklarga duch keladi, ularning so‘z boyligi cheklangan hamda matnning asosiy g‘oyasini aniqlashda muammolar mavjud. Ushbu natijalarga asoslanib, tadqiqot o‘qituvchilarga o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun samarali o‘qitish strategiyalarini qo‘llashni tavsiya etadi.
S. Mansurovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
So‘nggi yillarda sinfdagi o‘tirish tartibi o‘quvchilarning o‘rganishi va faolligini oshirishda muhim omilga aylandi. Biroq, orqa qatorlarda o‘tiradigan o‘quvchilar ko‘pincha bir-biri bilan gaplashib, dars davomida diqqatini yo‘qotadi, bu esa ularning sinf faoliyatidagi ishtirokini kamaytiradi. Ushbu tadqiqot o‘tirish tartibi bilan o‘quvchilarning diqqati va ishtiroki o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish, shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun eng mos o‘tirish tartibini aniqlashni maqsad qiladi. Buni o‘rganish uchun U-shaklidagi o‘tirish tartibi va boshqa sinf joylashuvlari qo‘llanildi. Tadqiqot so‘rovnoma asosida olib borildi va Farg‘ona viloyatidagi 20-maktabning 4-sinfida tahsil olayotgan 15 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Ma‘lumotlar o‘quvchilarning mavjud o‘tirish tartibi haqidagi fikrlarini aniqlash uchun so‘rovnomalar orqali, shuningdek, turli o‘tirish shakllarining o‘quvchilarning diqqati va ishtirokiga ta‘sirini tushunish uchun sinf kuzatuvlari orqali to‘plandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki o‘tirish tartibini o‘zgartirish o‘quvchilarning darsdagi faolligi va diqqatini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu natijalar moslashuvchan o‘tirish tartiblari o‘qituvchilarga yanada interaktiv va samarali ta‘lim muhitini yaratishga yordam berishini, natijada o‘quvchilarning diqqati va ishtirokini yaxshilashini ko‘rsatadi.
R. Nigbayevna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada paradzyudochilar jismoniy sifatlarining rivojlanganlik darajasi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik kabi asosiy jismoniy sifatlar o‘rganildi. Olingan natijalar asosida paradzyudochilar tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
P. Abdupattoyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada o‘zbek xalq o‘yinlarining asosiy vazifasi o‘z mazmuni va usuliyati bilan bolalarning jamiyatimiz talablariga muvofiq yo‘sinda tarbiyalanishini ta‘minlash ularda axloqiy, irodaviy sifatlarni rivojlantirish, ijodkor va bunyodkorlarga xos ko‘nikma hamda malakalarni, vatanparvar fuqarolarga xos fazilatlarni shakllantirishdan iborat masalalar yoritilgan.