PARADZYUDOCHILARDA JISMONIY SIFATLARNING RIVOJLANGANLIK DARAJASINI TAHLIL QILISH
Nigbayevna Raxmatova DilnozaO‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va; uslubiyati” kafedrasi professori, p.f.d. (DSc)2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 4Sahifa 155–159
Annotatsiya
Ushbu maqolada paradzyudochilar jismoniy sifatlarining rivojlanganlik darajasi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik kabi asosiy jismoniy sifatlar o‘rganildi. Olingan natijalar asosida paradzyudochilar tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Boshqa tillarda
ruschaАНАЛИЗ УРОВНЯ РАЗВИТИЯ ФИЗИЧЕСКИХ КАЧЕСТВ У ПАРАДЗЮДОИСТОВ
В данной статье проводится анализ уровня развития физических качеств у парадзюдоистов. В ходе исследования были изучены основные физические качества, такие как сила, выносливость, быстрота, ловкость и гибкость. На основе полученных результатов разработаны научно-практические рекомендации по совершенствованию подготовки парадзюдоистов.
inglizchaANALYSIS OF THE LEVEL OF DEVELOPMENT OF PHYSICAL QUALITIES IN PARA JUDO ATHLETES
This article analyzes the level of development of physical qualities in para judo athletes. The study examined key physical qualities such as strength, endurance, speed, agility and flexibility. Based on the obtained results, scientific and practical recommendations were developed to improve the training process of para judo athletes.
Kalit so‘zlar
- paradzyudo
- jismoniy sifatlar
- kuch
- chidamlilik
- tezkorlik
- egiluvchanlik chaqqonlik
- adaptiv sport
- individual yondashuv
- ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi sportchilar klassifikatsiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
PARADZYUDOCHILARDA JISMONIY SIFATLARNING RIVOJLANGANLIK DARAJASINI TAHLIL QILISH Raxmatova Dilnoza Nigbayevna O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professori, p.f.d. (DSc) https://doi.org/10.5281/zenodo.20034165 Annotatsiya: Ushbu maqolada paradzyudochilar jismoniy sifatlarining rivojlanganlik darajasi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik kabi asosiy jismoniy sifatlar o‘rganildi. Olingan natijalar asosida paradzyudochilar tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Kalit so‘zlar: paradzyudo, jismoniy sifatlar, kuch, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, chaqqonlik, adaptiv sport, individual yondashuv, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi sportchilar, klassifikatsiya.
АНАЛИЗ УРОВНЯ РАЗВИТИЯ ФИЗИЧЕСКИХ КАЧЕСТВ У ПАРАДЗЮДОИСТОВ Рахматова Дилноза Нигбаевна Государственный университет физической культуры и спорта Узбекистана, Профессор кафедры «Теория и методика физической культуры и спорта», доктор педагогических наук (DSc) Аннотация: В данной статье проводится анализ уровня развития физических качеств у парадзюдоистов. В ходе исследования были изучены основные физические качества, такие как сила, выносливость, быстрота, ловкость и гибкость. На основе полученных результатов разработаны научно-практические рекомендации по совершенствованию подготовки парадзюдоистов. Ключевые слова: парадзюдо, физические качества, сила, выносливость, быстрота, гибкость, ловкость, адаптивный спорт, индивидуальный подход, слабовидящие и незрячие спортсмены, классификация.
ANALYSIS OF THE LEVEL OF DEVELOPMENT OF PHYSICAL QUALITIES IN PARA JUDO ATHLETES Rakhmatova Dilnoza Nigbayevna Uzbekistan State University of Physical Education and Sport, Professor of the Department of Theory and Methodology of Physical Education and Sport, Doctor of Pedagogical Sciences (DSc) Abstract: This article analyzes the level of development of physical qualities in para judo athletes. The study examined key physical qualities such as strength, endurance, speed, agility, and flexibility. Based on the obtained results, scientific and practical recommendations were developed to improve the training process of para judo athletes. Keywords: para judo, physical qualities, strength, endurance, speed, flexibility, agility, adaptive sport, individual approach, visually impaired and blind athletes, classification.
KIRISH Respublikamizda sog‘lom sportchilardan tashqari, parasport turi bilan shug‘ullanish istagidagi, ko‘rish qobiliyati zaif va umuman ko‘rmaydigan shaxslarni sportga jalb qilish, mashg‘ulot va musobaqa ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun ko‘plab ilmiy tadqiqot markazlarida
ilmiy ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan, paradzyudochilarning jismoniy harakatlari, reaksiya harakat tezligini oshirish, jismoniy tayyorgarligini asosiy musobaqalarda oshirish bo‘yicha texnik usullarga o‘rgatish uslubiyatini takomillashtirishga qaratilgan ishlar keng olib borilmoqda. Paradzyudochilarning musobaqa oldi mashg‘ulot jarayoni va musobaqalarni rejalashtirish, klassifikatsiyasi, yoshi va malakasiga qarab yuklamalar hajmi, ularning shiddatini tabaqalashtirish, yuklamalar ta’sirida yuzaga keladigan toliqish alomatlarini o‘z vaqtida bartaraf etish va ish qobiliyatini qaytadan tezkorlikda tiklash masalalari yuzasidan ko‘plab ilmiy tadqiqot manbalari ishlab chiqilmoqda. Parasportchilarimizdan aynan paradzyudochilarimizning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtiroki fikrimizning yaqqol dalilidir. “Paradzyudo bo‘yicha qobiliyatli yoshlarni aholi orasida aniqlash hamda ular orasida xalqaro va jahon sport maydonlarida munosib qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lgan professional parasportchilarni tayyorlash metodikalari, mahorat va ko‘nikma malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy jismoniy tayyorgarlik dasturlari va usullarini amaliyotga joriy etish” borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni sog‘lomlashtirishga, kam harakatli mushak faoliyatini faollashtirishga qaratilgan metodikalar ham turlicha ko‘rinish olmoqda. Ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor shaxslarni paradzyudo sport turiga ommaviy jalb qilish, jismoniy harakatlarga o‘rgatish, musobaqa oldi saralash bosqichidan o‘tkazish hamda musobaqalarga tayyorlashni amalga oshirish sport sohasi xodimlari oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Paradzyudochilarning o‘quv mashg‘ulot jarayoniga maxsus mashqlar, kompleks nazorat me’yorlari va ularning me’yorlashgan hajmini kiritish hamda klassifikatsiyaga ajratilgan paradzyudochilarning jismoniy harakat va jismoniy sifatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan yillik mashg‘ulotlar dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarning yosh xususiyatlarini, klassifikatsiyasini hisobga olgan holda paradzyudochilarni har tomonlama jahon sport musobaqalariga tayyorlash hozirgi kunda eng dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur maqola tadqiqoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2021-yil 18-maydagi PF-5114-son “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ–127-son “O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi o‘rtasida dzyudoning olimpiya sport turi sifatida ommaviyligini oshirish, aholi orasidan sportga qiziqqan iqtidorli shaxslarni tanlab olish, sportning paradzyudo turiga saralash tizimini takomillashtirish, milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida, 2022-yil 20-iyundagi PQ-286-son “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son “2028- yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qarorlari, olimpiya va paralimpiya sport turlarini ularning amaldagi natijalaridan kelib chiqib, toifalarga ajratgan holda (ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan) qisqa va uzoq muddatli strategiyalarni belgilash orqali differensial yondashuv asosida rivojlantirish, sportning boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, og‘ir atletika turlari bo‘yicha medallar sonini oshirish hamda dzyudoning olimpiya sport turi sifatida aholi orasida ommaviyligini oshirish, yoshlar o‘rtasida iqtidorli, sport bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarni tanlab olish, sportga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish hamda sohadagi bir
qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu ilmiy maqola muayyan darajada xizmat qiladi deb hisoblaymiz. Bugungi kunda adaptiv sport turlari, xususan paradzyudo, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning jismoniy rivojlanishi va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Paradzyudo ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi sportchilar o‘rtasida keng rivojlanib borayotgan sport turi bo‘lib, yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlikni talab etadi. Shu maqsadda mazkur sport turida muvaffaqiyatga erishish ko‘p jihatdan sportchilarning jismoniy sifatlari rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Shu bois ushbu sifatlarni ilmiy asosda o‘rganish dolzarb hisoblanadi. MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqot maqsadi: paradzyudochilarda asosiy jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasini aniqlash va ularni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Paradzyudochilarda jismoniy sifatlarning ahamiyatini aniqlash; 2. Asosiy jismoniy sifatlarni baholash; 3. Natijalarni tahlil qilish; 4. Samarali mashg‘ulot metodikasini ishlab chiqish. Tadqiqot metodlari: tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, test sinovlari (maksimal kuch, 1000 m yugurish, tezkorlik testlari), matematik-statistik tahlil, ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish metodlaridan foydalanildi. NATIJALAR Paradzyudochilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish musobaqalarda sport natijadorligini oshirishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mazkur jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayoni parasportchilarning individual xususiyatlari, funksional imkoniyatlari hamda klassifikatsiyasini inobatga olgan holda tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Quyida jismoniy sifatlarning rivojlanganligi bo‘yicha tadqiqot natijalari va ularning tahlili jadval asosida berilgan.
1-jadval. Jismoniy sifatlarning rivojlanganligi bo‘yicha tadqiqot natijalari va ularning tahlili № Jismoniy Rivojlanishi Mashg‘ulotda Musobaqalardagi sifatlar qo‘llash (%) samarasi (%) 1 Kuch jismoniy Paradzyudochilarda nisbatan 80 75 sifati yuqori darajada rivojlangan bo‘lib, bu ushlash va yelkadan oshirib tashlash texnikasining ustunligi bilan izohlanadi. 2 Chidamlilik O‘rtacha darajada bo‘lib, ayrim 45 35 jismoniy sifati parasportchilarda tez charchash holatlari kuzatildi. 3 Tezkorlik Tezkorlik va reaksiya tezligi 25 20 jismoniy sifati paradzyudochilarda pastroq darajada ekanligi aniqlandi, bu ko‘rish analizatorining cheklanganligi bilan bog‘liqligi
bilan izohlanadi. 4 Chidamkorlik Jismoniy va texnik tayyorgarlik 65 60 bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi 5 Egiluvchanlik Muntazam gimnastik mashqlarni 50 45 mashg‘ulotlarda qo‘llash orqali yaxshilanishi kuzatildi. Izoh: Paradzyudochilarda kuch va chidamkorlik ko‘rsatkichlari nisbatan yuqori darajada rivojlanganligi kuzatildi. Chaqqonlik va egiluvchanlik o‘rtacha darajada bo‘lsa, tezkorlik ko‘rsatkichi past darajada ekanligi aniqlandi.
2-jadval. Paradzyudochilarning jismoniy sifatlari rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari № Jismoniy Test turi O‘rtacha natija Baholash sifatlar (n=15) darajasi 1 Kuch Turnikda tortilish (marta) 12,4 ± 1,2 Yaxshi 2 Chidamlilik 1000 m yugurish (daqiqa) 4,05 ± 0,3 O‘rtacha 3 Tezkorlik 30 m yugurish (soniya) 4,8 ± 0,2 Past 4 Chaqqonlik “Ilon izi” yugurish (soniya) 10,2 ± 0,4 O‘rtacha 5 Egiluvchanlik Bir oyoqda turish (soniya) 18,6 ± 2,1 Yaxshi Izoh: Jadval natijalariga ko‘ra, paradzyudochilarda kuch va chidamkorlik ko‘rsatkichlari nisbatan yuqori darajada rivojlanganligi kuzatildi. Chaqqonlik va egiluvchanlik o‘rtacha darajada bo‘lsa, tezkorlik ko‘rsatkichi past darajada ekanligi aniqlandi. Bu esa mashg‘ulot jarayonida aynan tezkorlik va reaksiya tezligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ko‘rsatadi. MUHOKAMA Tadqiqot natijalari va ularning tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘tkazilgan tadqiqot jarayonida paradzyudochilarning asosiy jismoniy sifatlari maxsus testlar orqali baholandi va olingan natijalar tahlil qilindi. Tadqiqotda ishtirok etgan sportchilarning ko‘rsatkichlari umumlashtirilib, o‘rtacha qiymatlar asosida ilmiy xulosalar chiqarildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, kuch jismoniy sifati paradzyudochilarda nisbatan yuqori darajada rivojlanganligi aniqlandi. Bu holat mazkur sport turining o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni ushlash, tortish va uloqtirish harakatlarining ustunligi bilan izohlanadi. Ayniqsa, yuqori tana mushaklari kuchining rivojlanganligi sportchilarning texnik harakatlarni samarali bajarishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chidamlilik jismoniy ko‘rsatkichlari o‘rtacha darajada ekanligi kuzatildi. 1000 metrga yugurish sinovi natijalari ayrim sportchilarda tez charchash holatlari mavjudligini ko‘rsatdi. Bu esa umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini yanada oshirish zarurligini bildiradi. Tezkorlik va reaksiya tezligi ko‘rsatkichlari nisbatan past darajada ekanligi aniqlandi. Mazkur holat ko‘rish analizatorining cheklanganligi bilan bog‘liq bo‘lib, paradzyudochilarda tashqi signallarga javob berish asosan eshitish va taktil sezgilar orqali amalga oshiriladi. Shu sababli tezkorlikni rivojlantirish uchun maxsus mashg‘ulot usullarini qo‘llash talab etiladi. Chidamkorlik jismoniy sifati o‘rtacha darajada rivojlangan bo‘lib, texnik-taktik tayyorgarlik bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi. Murakkab harakatlarni bajarishda koordinatsiya darajasi muhim rol o‘ynashi kuzatildi. Egiluvchanlik jismoniy sifati ko‘rsatkichlari esa nisbatan yaxshi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Bu esa muntazam ravishda olib
borilayotgan maxsus mashg‘ulotlar natijasi sifatida baholanadi. Ko‘rish imkoniyati cheklangan sportchilar uchun muvozanatni saqlash qobiliyati alohida ahamiyatga ega. Umuman olganda, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, paradzyudochilarda kuch va chidamlilik yetarli darajada rivojlangan bo‘lsa-da, tezkorlik va chaqqonlik ko‘rsatkichlarini yanada oshirish zarur deb hisoblaymiz. Shu asosda mashg‘ulot jarayoniga yo‘naltirilgan, jismoniy sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha individual va ilmiy asoslangan yondashuvni joriy etish maqsadga muvofiqdir. XULOSA O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, beshta jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasini o‘rganib tahlil qilish davomida paradzyudochilarda jismoniy sifatlarning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi aniqlandi. Ayniqsa, nufuzli musobaqalarda kombinatsiyalar qilishda jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi musobaqa jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Mashg‘ulotlar jarayonida individual yondashuvni aynan jismoniy sifatlarning rivojlanishiga qo‘llash mashg‘ulot samaradorligini oshiradi. Paradzyudochilarda jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi sport natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kuch va muvozanat yaxshi rivojlangan bo‘lsa-da, tezkorlik va chidamlilikni yanada takomillashtirish zarur. Ilmiy asoslangan mashg‘ulot metodikasini qo‘llash yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi. Paradzyudochilarda kuch va chidamkorlik ko‘rsatkichlari nisbatan yuqori darajada rivojlanganligi kuzatildi. Chaqqonlik va egiluvchanlik o‘rtacha darajada bo‘lsa, tezkorlik ko‘rsatkichi past darajada ekanligi aniqlandi. Bu esa mashg‘ulot jarayonida aynan tezkorlik va reaksiya tezligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ko‘rsatadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Mirziyoyev Sh.M. PQ-127-son “O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2022-yil 14-fevral. http://lex.uz.
- Mirziyoyev Sh.M. PQ-286-son “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2022-yil 20-iyun. http://lex.uz.
- Raxmatova D.N. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. Darslik. Chirchiq: O‘zDJTSU, 2024- yil. 263 b.
- Yusupova M.Y. Modeling the methodology for preparing para-judo athletes for competitive performance. Jizzakh Journal of Science and Technology. 2025. – P. 39–846.
- Yusupova M.Y. Paradzyudochilarning jismoniy sifatlarini maxsus mashqlar asosida rivojlantirish uslubiyati. Sportda ilmiy tadqiqotlar. 2025-yil aprel. Chirchiq, 2025. – B. 105–
Adabiyotlar ro‘yxatidagi 1 ta yozuv matnni ajratishda buzilgan, tuzatilmoqda.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013446
- Nashr sanasi
- 2026-05-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i4.2319
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 155–159
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06