MILLIY VA XALQ O‘YINLARINING TARBIYAVIY VA JISMONIY TARBIYADAGI AHAMIYATI
Abdupattoyevich Parmonov AkmalQo‘qon davlat universiteti jismoniy madaniyat kafedrasi katta o‘qituvchisi2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 4Sahifa 151–154
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek xalq o‘yinlarining asosiy vazifasi o‘z mazmuni va usuliyati bilan bolalarning jamiyatimiz talablariga muvofiq yo‘sinda tarbiyalanishini ta‘minlash ularda axloqiy, irodaviy sifatlarni rivojlantirish, ijodkor va bunyodkorlarga xos ko‘nikma hamda malakalarni, vatanparvar fuqarolarga xos fazilatlarni shakllantirishdan iborat masalalar yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaЗНАЧЕНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ И НАРОДНЫХ ИГР В ВОСПИТАНИИ И ФИЗИЧЕСКОМ ВОСПИТАНИИ
В данной статье рассматриваются вопросы обеспечения того, чтобы главной задачей узбекских народных игр, их содержанием и методами было воспитание детей в соответствии с требованиями нашего общества, развитие у них нравственных и волевых качеств, формирование навыков и квалификаций, свойственных творческим и созидательным людям, а также качеств, присущих патриотически настроенным гражданам.
inglizchaTHE IMPORTANCE OF NATIONAL AND FOLK GAMES IN EDUCATION AND PHYSICAL EDUCATION
This article discusses the issues of ensuring that the main task of Uzbek folk games, through their content and methods, is to educate children in accordance with the requirements of society, to develop moral and volitional qualities in them, to form the skills and qualifications characteristic of creative and constructive people, and to develop qualities typical of patriotic citizens.
Kalit so‘zlar
- milliy urf-odat
- milliy qadriyat
- milliy o‘yinlar
- harakatli o‘yinlar
- ko‘nikma malaka
- vatanparvar
- axloq
- idrok
- aql
- tarbiya
- tizim
- mehnat
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
MILLIY VA XALQ O‘YINLARINING TARBIYAVIY VA JISMONIY TARBIYADAGI AHAMIYATI Parmonov Akmal Abdupattoyevich Qo‘qon davlat universiteti jismoniy madaniyat kafedrasi katta o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.20107810 Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek xalq o‘yinlarining asosiy vazifasi o‘z mazmuni va usuliyati bilan bolalarning jamiyatimiz talablariga muvofiq yo‘sinda tarbiyalanishini ta’minlash, ularda axloqiy, irodaviy sifatlarni rivojlantirish, ijodkor va bunyodkorlarga xos ko‘nikma hamda malakalarni, vatanparvar fuqarolarga xos fazilatlarni shakllantirishdan iborat masalalar yoritilgan. Kalit so‘zlar: milliy urf-odat, milliy qadriyat, milliy o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, ko‘nikma, malaka, vatanparvar, axloq, idrok, aql, tarbiya, tizim, mehnat.
ЗНАЧЕНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ И НАРОДНЫХ ИГР В ВОСПИТАНИИ И ФИЗИЧЕСКОМ ВОСПИТАНИИ Пармонов Акмал Абдупаттоевич Преподаватель кафедры физической культуры Кокандского государственного университета Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы обеспечения того, чтобы главной задачей узбекских народных игр, их содержанием и методами было воспитание детей в соответствии с требованиями нашего общества, развитие у них нравственных и волевых качеств, формирование навыков и квалификаций, свойственных творческим и созидательным людям, а также качеств, присущих патриотически настроенным гражданам. Ключевые слова: национальные обычаи, национальные ценности, национальные игры, подвижные игры, навыки, квалификация, патриотизм, мораль, восприятие, интеллект, воспитание, система, труд.
THE IMPORTANCE OF NATIONAL AND FOLK GAMES IN EDUCATION AND PHYSICAL EDUCATION Parmonov Akmal Abdupattoyevich Senior Lecturer, Department of Physical Culture, Kokand State University Abstract: This article discusses the issues of ensuring that the main task of Uzbek folk games, through their content and methods, is to educate children in accordance with the requirements of society, to develop moral and volitional qualities in them, to form the skills and qualifications characteristic of creative and constructive people, and to develop qualities typical of patriotic citizens. Keywords: national customs, national values, national games, action games, skills, qualifications, patriotism, morality, perception, intelligence, education, system, labor.
KIRISH Kichik maktab yoshi bilim, ko‘nikma va malakalar tarkib topishining, tasavvur hamda tushunchalar hosil bo‘lishining boshlang‘ich darajasidir. Xuddi mana shu davrda o‘g‘il va qizlarni muntazam hamda izchil tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash tizimida o‘yinlar katta ahamiyat kasb etadi. Har xil o‘yinlarda topqirlik va mehnatga munosabat hamda bolalarning xarakter va qobiliyatlari dars usuliyati nuqtai nazaridan, hatto eng ma’qul bo‘lgan bir xil sharoitdagiga nisbatan ancha yaqqol ko‘rinadi. To‘g‘ri o‘tkazilgan o‘yin ko‘p narsani o‘rgatishga yordam beradi. Bolalarning barcha yosh bosqichlarida ularga ishonch va haqiqat sifatida xizmat qilgan, ularning zehni va bilimga intilishini rivojlantirishi lozim bo‘lgan o‘yinlarga qiziqish susayib bormoqda. Vaholanki, bolalarni kuch
quvvat va kulgu baxsh etadigan xilma-xil, jo‘shqin va erkin vaziyatlarga olib kirish hamda jafokash pedagogning asosiy savollariga tegishli javoblarni ana shu vaziyatda izlash kerak. V.A. Suxomlinskiy o‘yinlarda bolalar dunyoni ko‘rishini, shaxsning ijodiy qobiliyatlari aks etishini, o‘yinlarsiz haqiqiy barkamollik ham bo‘lmasligini uqtirgan edi. Hozirgi sharoitda o‘zbek xalq o‘yinlarining asosiy vazifasi o‘z mazmuni va usuliyati bilan bolalarning jamiyatimiz talablariga muvofiq yo‘sinda tarbiyalanishini ta’minlash, ularda axloqiy, irodaviy sifatlarni rivojlantirish, ijodkor va bunyodkorlarga xos ko‘nikma hamda malakalarni, vatanparvar fuqarolarga xos fazilatlarni shakllantirishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqotda xalq o‘yinlarining tarbiyaviy va jismoniy tarbiyadagi ahamiyatini yoritish maqsadida pedagogik manbalar, tarixiy qarashlar hamda jismoniy tarbiya amaliyotiga doir ilmiynazariy tahlil usullaridan foydalanildi. Qadimgi tarbiya tizimida o‘yinlardan shaxsni shakllantirish vositasi sifatida keng foydalanilgan. Qadimgi faylasuflardan Arastu ham bolalarning bo‘sh vaqtini xushnud o‘tkazish uchun o‘yinlardan foydalanish zarurligini, chunki o‘yinlar dilxushlikdan iborat bo‘lib, hordiq chiqarishga yordam berishini uqtirgan. O‘rta asrlardagi pedagoglar bolalarni jismoniy kamol toptirish uchun katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatganlaridek, jismoniy tarbiya usuliyatini ishlab chiqib, unda o‘yinlarga katta o‘rin berganlar. Rossiyada tarbiyaviy maqsadlarda xalq o‘yinlaridan foydalanish haqidagi g‘oyalarni V.G. Belinskiy, N.A. Dobrolyubov, N.G. Chernishevskiy olg‘a surganlar. Ular xalq o‘yinlarini ta’lim va tarbiyaning muhim vositasi deb hisoblaganlar hamda yuqori baholaganlar. E.A. Pokrovskiyning maxsus kitobi («Детские игры, преимущественно русские») Rossiyadagi va boshqa xalqlardagi o‘yinlarning mohiyatini yoritishga bag‘ishlangan edi. S.A. Shmakov o‘yinlarning tarbiyaviy imkoniyatlarini ifodalab, shunday deb yozgan edi: o‘yin go‘yo soyadek, bola bilan birga tug‘ilgan, uning hamrohi, ishonchli do‘stiga aylangan. Lekin bu uning uzoq yil davom etishi uchun yaxshi deb hisoblanadi. O‘yin juda katta, ba’zan ko‘z ilg‘amas tarbiyaviy tomoni, g‘oyat keng pedagogik imkoniyatlari tufayli insonlar e’tiborini tortadi. NATIJALAR O‘zbek xalq o‘yinlarining tarbiyaviy ahamiyati haqida gap borar ekan, shuni alohida ta’kidlash lozimki, ular eng avvalo o‘quvchilarda o‘z qishlog‘i, shahri, Vatani va u yerda yashovchi barcha xalqlarga muhabbat, hurmat hamda ehtirom hislarini, milliy g‘ururni tarbiyalaydi. Eng muhimi, o‘zbek xalqining milliy madaniyatiga, o‘tmishdagi va hozirgi turmushidagi milliy an’analari hamda san’atiga muhabbat uyg‘otadi. Shuningdek, o‘quvchilarni halollikka, saxovatli bo‘lishga o‘rgatadi, kattalar tajribasini bolalar va yoshlarga o‘tkazish vositasi sifatida xizmat qiladi. Qizlarda mehnatga ongli munosabatni shakllantiradi, ularning kuchli, chaqqon, serharakat, ziyrak, topqir, o‘zaro hamkor bo‘lishlariga yordam beradi. O‘zbek xalq o‘yinlari orasida g‘oyaviy-siyosiy, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiya bilan bog‘liq o‘yinlar bor. Xalq milliy o‘yinlari tarkibida harakatli o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati juda kattadir. Bu to‘g‘risida mutaxassis va taniqli olimlar T.S. Usmonxo‘jayev, F.N. Nasriddinov, A.K. Atayev, T. Xoldorov, R. Abdumalikov va boshqalar mufassal bayon etganlar. O‘zbek xalq o‘yinlari jarayonida o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini egallashi ularda kishilarning mehnatdagi qahramonligi va go‘zalligini tarbiyalashning dastlabki kurtaklari hisoblanadi. O‘yin jarayonida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijod, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratish vositasi, nihoyat, quvonchli va zavq-shavq manbai bo‘lgan mehnat xususiyatlariga doir tushunchalar shakllanadi, ular jamoa mehnatining mohiyatini bilib oladilar. O‘zbek xalq o‘yinlari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilish imkoniyatlari va tafakkurni
rivojlantirish, ular xotirasini buyumlar hamda tabiiy-ijtimoiy hayot voqealari to‘g‘risidagi turli ma’lumotlar bilan boyitish, ma’naviy qiziqish va ehtiyojlarini tarbiyalashning ajoyib manbai hisoblanadi. O‘zbek xalq o‘yinlarining juda katta tarbiyaviy imkoniyatlarini o‘quvchilarda qat’iylik va dadillik kabi iroda sifatlari shakllanishida ko‘rish mumkin. Shuningdek, o‘quvchilarda sezgi, diqqat, idrok, xotira, xayol singari psixik jarayonlar amalga oshishining ayrim xususiyatlarini tahlil qilishda ham o‘zbek xalq o‘yinlarining tarbiyaviy imkoniyatlari yaqqolroq anglanadi. O‘yin jarayonida idrok kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kuzatuvchanlikni tarbiyalaydi. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida bolada harakat xotirasi ham rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar jismoniy tarbiya darslarida tahlil, sintez va taqqoslash usullarini egallab oladilar. 8–12 yosh bolalar bilan eng oddiy harakatlar — yurish, yugurish va uloqtirishni tahlil qilib turishni P.F. Lesgaft ham qayd qilgan edi. Jismoniy tarbiya darslari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar nutqining rivojlanishiga ancha ta’sir ko‘rsatadi. Kuy va so‘zlar aytib o‘ynaladigan o‘yinlarda bolalar ma’lum bir so‘zlarni («G‘ozlar-oqqushlar», «Biz quvnoq bolalarmiz») yoki hamma so‘zlarni bir ritmda birgalashib, aniq, quvnoqlik bilan talaffuz qilishlari, so‘z bilan harakatni birga qo‘shish, o‘z so‘zlariga muayyan ma’no berishlari («Qopqoq», «Kimning ovozi, top», «Ayyor tulki») kerak. Kichik maktab yoshidagi bolalarda irodaning tarkib topishi munosabati bilan ixtiyoriy xulq-atvor rivojlanadi. Bunga maktab va uydagi mehnat faoliyati, jismoniy mashqlar va o‘yinlar yordam beradi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy, axloqiy, estetik rivojlanishida o‘yinlar katta ahamiyatga ega. A.S. Makarenkoning fikricha, aynan o‘yinda bolalarning kuchg‘ayrati namoyon bo‘ladi, faolligi rivojlanadi, quvonch tuyg‘usi paydo bo‘ladi. O‘yin epchillik, chamalash, mo‘ljallash kabi sifatlarni rivojlantiradi. Ularni jismoniy tarbiya darslarida qo‘llash quyidagi xulosaga olib keladi: qadimgi xalq o‘yinlarini jismoniy tarbiya darslarida qo‘llash o‘quvchilarda juda katta qiziqish uyg‘otadi, natijada ularning jismoniy, aqliy, irodaviy xislatlarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir etadi. O‘yin davomida bolalar yuradilar, sakraydilar, yuguradilar, o‘rmalaydilar, biror bir buyumni irg‘itadilar, natijada ularning mushaklari va sezgi organlari rivojlanadi, organizmning hayot faoliyati yanada oshadi. O‘yinda bolalarning irodasi, o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga bo‘ysundira olish ko‘nikmasi shakllanadi; u o‘zini qo‘pol xatti-harakatlardan tiyadi, zarur bo‘lganda chaqqon harakat qilishga — yashirinish, yugurish, tutib olish, tez fikrlash, og‘ir ahvoldan qutulib ketish chorasini topishga — o‘rgatadi. O‘yinlar shug‘ullanuvchilar aniq psixologik stereotipining shakllanishidagi o‘ziga xos model bo‘lib, harakat malakalari shakllanishiga, harakat tayyorgarlik darajasi va harakat sifatlari rivojlanishining ko‘tarilishiga imkon beradi. MUHOKAMA O‘yin tushunchasi juda keng bo‘lib, yosh bolaning oddiy harakatidan tortib sport faoliyati harakati takomillashigacha bo‘lgan har xil hodisalarni qamrab oladi. O‘yinlar insoniyatning eng birinchi rivojlanish bosqichida hayot malakalari, harakat sifatlari va harakat malakalarining eng muhim vositasi sifatida rivojlangan. O‘yinlarning birinchi rivojlanish bosqichi insoniyat mehnati, bolalarning tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish masalalari bilan bog‘liq. Ular har xil maqsad bilan o‘tkaziladi: elementar harakat malakalarini shakllantirish, maktabgacha bo‘lgan bolalarda qiyin jismoniy mashqni o‘zlashtirishga bo‘lgan qobiliyatni tarbiyalash, o‘quvchilar, talabalar hamda sportchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish. O‘yinning besh asosiy vazifasi ko‘rsatilgan: ijtimoiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtiruvchi, o‘rgatuvchi, mashg‘ulotli va sportdagi pedagogik jarayon bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda ahamiyati shubhasizdir.
O‘yinlar jismoniy tarbiya tizimida foydali vosita hisoblanadi, ularning aniq tavsiflanishini talab qiladi. Lekin ularning hajmi va o‘ynalishi har xilligi tasnifni aniq bir shaklga keltirishga yo‘l qo‘ymaydi. Mavjud o‘yinlarni tizimga solish tashkiliy va pedagogik belgilari bo‘yicha ko‘rib chiqilmoqda. Harakatli o‘yinlarni tanlash yo‘nalishiga ko‘ra harakat sifatlarini tarbiyalash xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Kichik maktab yoshidagilarga chaqqonlik, tezkorlik, harakat aniqligi, muvozanat yuzaga chiqishining kuzatilishi xosdir. XULOSA Xulosa qilganda, xalq milliy o‘yinlari tobora ravnaq topmoqda. Shunday bo‘lsa-da, o‘quvchi yoshlar faoliyatida ulardan maqsadli foydalanishning yagona tizimini talab darajasida qo‘yish mumkin. Bu jihatlarni o‘rganish, ilmiy-nazariy tahlil qilish va amaliy takliflar asosida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqarish davr taqozosidir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Parmonov A.A. The role of the acmeologist approach in the development of acmeological motivation in future physical education teachers. https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR. 2023.
- Parmonov A.A. Improving the system of training teachers of future physical education and introducing innovative-motivational approaches to it. https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR.2023.
- Abdupattayevich P.A. Specific methods and tasks for the physical development of primary school students with the help of games. International Journal of Social Science & Interdisciplinary Research. 2022; 11(10): 331–333.
- Abdupattaevich P.A. Technology of formation of akmeological position in future teachers. World Bulletin of Social Sciences. 2021; 5: 112–115. https://www.scholarexpress.net.
- Талипджанов А.А., Нурматов Б.Б., Пармонов А.А. Учебно-тренировочный процесс по футболу // International Conference: Problems and Scientific Solutions. 2022. https://doi.org/10.5281/zenodo.7332922.10.5281/zenodo.7332922
- Parmonov A.A. Improving the effectiveness of the training process of students. International Journal of Social Sciences. September, 2023. https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR.
- Nurmatov B.B., Parmonov A.A. Methodological doctrine of the organization of the process of physical education through national traditions. 2021; 10(06). https://ijiemr.org/downloads/Volume-10/ISSUE-6.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013445
- Nashr sanasi
- 2026-05-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i4.2318
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 151–154
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06