Абдылдаев Рысбек Нурмаматович, Абдуллаева Алмагул Темирбековна, Тураханов Шерзод · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Respublika energetika tarmog‘idagi kompaniyalarda risklarni boshqarishning mavjud xususiyatlari o‘rganilgan, ularning faoliyati o‘ziga xosligi bilan izohlanadigan asosiy risklar aniqlangan. Respublika energetika tarmog‘idagi kompaniyalar faoliyatining xususiyatlari taqdim etilgan hamda risklarni boshqarish tizimlari misollarda ko‘rsatilgan. Natijada risklarni boshqarish tizimini ishlab chiqish va joriy etishning ahamiyati va zarurligi aniqlangan.
Абдылдаев Рысбек Нурмаматович, Абдуллаева Алмагул Темирбековна, Тураханов Шерзод · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Energetika korxonasining risklarni boshqarishdagi faoliyat xususiyatlari eng muhim va asosiy tavsiflarni ajratib ko‘rsatgan holda o‘rganilgan. Avtomatlashtirilgan risklarni boshqarish tizimlarini joriy etishda energetika korxonalarining misollari keltirilgan.
Абдылдаева Тажиниса Таалайбековна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Shaharlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayoti jadal rivojlanishi va murakkablashuvi, shuningdek, aholi sonining ortishi hamda shahar makonlarini tashkil etish konsepsiyasining o‘zgarishi O‘sh shahri tuzilmasining sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keldi. Shahar muhitida park hududlarini saqlash va rekonstruksiya qilish muammosi dolzarb bo‘lib bormoqda. O‘sh shahri parklarini tadqiq etish natijalari, shuningdek, hududni rekonstruksiya qilish uchun vositalar va muhitga oid yechimlarni tanlashning uslubiy yondashuvi, shahar muhiti dizaynining konseptual yondashuvlari hamda zamonaviy texnologik standartlarga javob beradigan va davlat rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsion hisoblanadigan obodonlashtirish usullari keltirilgan.
Ismoilov Ollohberdi Ikromjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Daraxt-buta o‘simliklarning vegetatsiya davrida bo‘ladigan fasliy o‘zgarishlarni bilmasdan turib, ularning biologik, ekologik va boshqa fasliy o‘zgarishlarini bilish mumkin emas. Fasliy o‘zgarishlarni o‘rganish maqsadida daraxt-butalarning turli fasllarda rivojlanish bosqichlari ustidan kuzatishlar olib borish mumkin. Ushbu maqolada daraxt-buta o‘simliklar fenologik kuzatuvining maqsadi va uni tashkil etish haqida so‘z bo‘radi.
Madina Ismoiljonova · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Mа‘lumki, yurtimiz аhоlisining 60 fоizdаn ziyodini yoshlаr tаshkil etаdi. Mаmlаkаtimizning kеlаjаgi bo‘lgаn yigit-qizlаrni hаr tоmоnlаmа yеtuk, bilimli, sаlоhiyatli shахs, kоmil insоn sifаtidа tаrbiyalаsh mаsаlаsi dоimо eng ustuvоr vаzifа bo‘lib kеlgаn. O‘zbekiston haqiqiy ma‘noda yoshlar mamlakati. Bu yurtda ulg‘ayotgan yig‘it-qizlarning orzulari va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bisyor.
Maqolada mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, bilimli yoshlar – kelajak poydevori ekanligi tadqiq etilgan.
Abdirayimov Anvarjon Oribjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
O‘nlik sonlar barcha til madaniyatlarida olamni psixik kognitiv idrok etishning o‘ziga xos xususiyatlarining ko‘rinishi sifatida madaniy-kontseptual tizimning alohida mustaqil segmenti tarzida namoyon bo‘ladi. Ma‘lum bo‘lishicha, qadim zamonlardan beri odamlar turmushda ayrim sonlarni qo‘llashda turg‘un an‘analarni yaratganlar.
Olimjonova Sadoqat G‘ulomjon qizi, Ashurova Guljahon Savriddinovna, Olimova Umida G‘ulomjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Bugungi kunga kelib insoniyat orasida juda ko‘p tibbiy va ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Bu muammolar va ularning kelib chiqishi insoniyat uchun katastrofa bo‘lib hisoblanadi. Buning natijasida immun tizimning kuchsizlanishi va turli yuqumli kasalliklarga chalinish, endokrin kasalliklar, yurak qon tomir kasalliklari kelib chiqmoqda. Buning yechimini biologik nuqtai nazardan gen terapiya va gen targeting kabi gen muhandisligi usullarida ko‘rishimiz mumkin.
D.N.Raxmatova · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Мақолада, енгил атлетикачиларнинг кўп йиллик тайёргарлик даврида машғулотлар жараёнини такомиллаштириш орқали 10-16 ёшли ўсмирларнинг чидамлилик сифатларини ривожлантириш ҳамда чидамлиликни ривожлантириш воситалари ва усуллари бўйича маълумотлар келтирилган
Urmonova Dilfuza Mamasalievna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
O‘quvchilar o‘z ona tili imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanishlari, shaxsiy fikrlarini ta‘sirchan, tushunarli bayon qila olishlari, turli hayotiy vaziyatlarda til vositalaridan unumli va maqsadli foydalana olishlari kerak. Buning uchun ona tili darslarida foydalaniladigan o‘quv materiallari nihoyatda puxta ishlanishi, ta‘lim oluvcining og‘zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishi, so‘z boyligini oshirishi, mustaqil, kreativ, mantiqiy fikrlashga yo‘naltirishi lozim. Maqola muallifi takrorlash va mustahkamlash dasrslarida lingvistik kompetensiyalarni takomillashtirishda turli o‘quv topshiriqlaridan samarali foydalanish haqida fikr yuritadi, o‘quvchlarning bilish faolligini oshirish masalalari tadqiq etadi.
Raxmonov Sh.T., Ikhtiyarova G.A. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada "Kichik va katta davr elementlarining atom tuzilishi" mavzusini yangicha talqinda tushuntirish yo‘llari bayon etilgan. Albatta, ushbu tavsiya kimyo o‘qituvchilari uchun muhim bo‘lib, unda mavzuni yangi va innovatsion yondashuv asosida keng tushuntirish yo‘llari tavsiflangan. Chunki hozirgi kunda innovatsiyalar har bir sohada, jumladan, ta‘limda ham qo‘llanilmoqda. O‘qituvchi har bir fanda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlardan foydalangan holda ta‘lim sifatini oshirishni maqsad qilishi muhimdir. Ushbu qo‘llanma kimyo o‘qituvchilari uchun, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega.
Qazoqova Mohira Baxtiyor qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o‘stirishda badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg‘ulotlarining ahamiyati, nutiqning tovush madaniyatini shakllantirish orqali bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, o‘yin orqali bolalar monologik nutqini shakllantirish yo‘llari yoritib berilgan.
Pardabayev Daston Abdusaid o‘g‘li, O‘ktamova Shahnoza Uchqun qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda kitobxonlikni shakllantirish dasturi haqida gap boradi. Bu maqoladan o‘qituvchilar va bakalavr yo‘nalishidagi talabalar foydalanishi mumkin.
Karimova Go‘zal · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Таълим ташкилотларида инсон ресурсларини бошқариш ва назорат қилиш самарали фаолит омили ҳисобланади. Мақолада таълим ташкилотларида инсон ресурсларин бошқаришнинг аҳамияти, усул ва воситалари, муаммо ва ечимлар тўғрисида илмий асосланган таҳлилий маълумотлар берилган
Asror Karimov Akbarovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ушбу мақола Автомабил йўлларда ҳаракатланаётган транспорт воситаларини кўп мақсадли автоматлашган фота ва видео ёзувлар асосида алгаритимини ва дастурий мажмуасини тузиш ҳақида бўлиб мавзу юзасидан тадқиқотчи олимларнинг фикр ва мулоҳазалари чуқур ўрганиб чиқилди. Автотранспорт воситаларининг йўлларда ҳаракатланиш самарадорлигини ошириш ва хавфсизлигини таъминлашнинг асосий йўналишларидан бири интеллектуал соҳада транспорт интеллектуал тизимларини шакллантириш ва интеллектуал технологияларни жорий этиш билан боғлиқлиги долбзар масалалиги мамлакатимизда ушбу тармоқлардаги муаммоларни ҳал қилишда соҳада олиб борилаётган илмий тадқиқотлар асосида жорий қилинган комплекс тизимлар етарли даражада эмаслиги, соҳа тармоқларида инновацион технологияларга асосланган ИКТнинг қабул қилинишига тўсқинлик қилаётган омил сифатида глобал инфратузилманинг секин ўсиши, асосий эътибор ЙҲҚларидан ундириладиган жарималарга қаратилганлиги ва комплекс тизимни жорий этишда ҳаражатларнинг юқорилиги билан белгиланади. Шунингдек инфратузилмани ривожлантириш орқали бошқа соҳа муаммоларни ҳам ҳал этилишига эриши кўзда тутилган
B.H.Qo‘shiyev, Dj.B.Sultanov, I.Yusupov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Boshqaruv tizimining barqarorligi turli sohalarda, jumladan aerokosmik, avtomobilsozlik, kimyo va energiya tizimlarida muhim xususiyatdir. Barqaror boshqaruv tizimi tizimdagi buzilishlar va shovqinlarga qaramay, kerakli qiymatga yaqinlashadigan boshqariladigan chiqishni ishlab chiqaradi. Boshqaruv tizimining beqarorligi jiddiy muammolarga va hatto halokatli nosozliklarga olib kelishi mumkin. Boshqarish tizimlarida barqarorlikni ta‘minlash uchun raqamli yondashuvlar tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Ushbu maqolada boshqaruv tizimining barqarorligini ta‘minlashning raqamli yondashuvlari, shu jumladan barqarorlikni tahlil qilish va boshqaruvni loyihalashning raqamli usullari haqida umumiy ma‘lumot berilgan.
Arabbayev Arobidin Xusnidinovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqola oliy ta‘lim tizimiga AKTni integratsiyalash muammosiga va talabalarning ijodkorligi va motivatsiyasini rivojlantirishda texnologiyaning rolini o‘rganishga bag‘ishlangan. Turli texnologiyalardan foydalanish va qo‘llash, shuningdek, AKT ning shaxs va jamiyatga ta‘siriga oid misollar keltirilgan. Texnologiyalar o‘rtasidagi aloqa vositalari va talabalar ijodiyotini rivojlantirish taklif etiladi.
Shukhratjon Ismoiljonov Boymirza o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Zamonaviy dunyo idrok etish, fikrlashning ko‘plab usullarini qo‘llash, tadqiqot olib borish, muammolarni hal qilish qobiliyati, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari va ijodkorlikni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli malakalarga ega shaxslarni talab etadi. Muammolarni hal qilish jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynaydigan yana bir muhim jihat tanqidiy fikrlash bilan bir qatorda o‘quv uslublaridir. Ushbu tadqiqot talabalarning o‘qitish va o‘quv uslublari hamda tanqidiy fikrlashining ularning akademik o‘zlashtirishidagi ahamiyati va yo‘llarini aniqlashga qaratilgan.
Ergasheva Barno · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi. Ushbu soha bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta‘lim muassasalarida tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu sababdan o‘quv maqolada maktabgacha pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e‘tibor qaratildi.
Abdullayev Farhod Dilshodbekovich, Zulunxo‘jayev Marufjon Mamurjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Hozirgi kunda yosh sportchilar, xususan, yosh futbolchilarni har tomonlama rivojlantirish, ularning tayyorgarligini oshirish, yetarli shart-sharoitlar yaratib berish o‘smoqda, rivojlanmoqda.
Isoqova Muxlisa Faxriddin qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Kiberjinoyat millat, davlat, jamiyatga xavf solayotgan dolzarb muammolardan biridir. Bu raqamli elektron muhitni rivojlangani sayin ortib bormoqda. Yildan yilga kiberjinoyat qurbonlari soni ortmoqda. Kiberjinoyatga qarshi kurashish, kibermakonni yo‘q qilish kabi yo‘llarni ko‘rib gaplashib chiqamiz.