Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

TAKRORLASH VA MUSTAHKAMLASH DARSLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA TURLI O‘QUV TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH

Urmonova Dilfuza MamasalievnaMuhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, erkin tadqiqotchi2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 3Sahifa 126–131

Annotatsiya

O‘quvchilar o‘z ona tili imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanishlari, shaxsiy fikrlarini ta‘sirchan, tushunarli bayon qila olishlari, turli  hayotiy vaziyatlarda til vositalaridan unumli va maqsadli foydalana olishlari kerak. Buning uchun ona tili darslarida foydalaniladigan o‘quv materiallari nihoyatda puxta ishlanishi, ta‘lim oluvcining  og‘zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishi, so‘z boyligini oshirishi, mustaqil, kreativ, mantiqiy fikrlashga yo‘naltirishi lozim. Maqola muallifi  takrorlash va mustahkamlash dasrslarida lingvistik kompetensiyalarni takomillashtirishda  turli o‘quv topshiriqlaridan samarali foydalanish haqida fikr yuritadi, o‘quvchlarning bilish faolligini oshirish masalalari tadqiq etadi.

Boshqa tillarda

ruschaИСПОЛЬЗОВАНИЕ РАЗЛИЧНЫХ УЧЕБНЫХ ЗАДАНИЙ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ УРОКОВ ПОВТОРЕНИЯ И ЗАКРЕПЛЕНИЯ

Учащиеся должны умело использовать возможности родного языка, уметь выразительно, внятно излагать свои мысли, уметь продуктивно и целенаправленно использовать языковые средства в различных жизненных ситуациях. Для этого учебный материал, используемый на уроках родного языка, должен быть чрезвычайно тщательно проработан, развивать устную и письменную грамотность обучающегося, пополнять словарный запас, ориентироваться на самостоятельное, творческое, логическое мышление. Автор статьи рассуждает об эффективном использовании различных учебных заданий в совершенствовании языковых компетенций школьника на уроках повторения и закрепления, исследуются вопросы повышения познавательной активности учащихся.

inglizchaTHE USE OF VARIOUS LEARNING TASKS IN INCREASING THE EFFECTIVENESS OF REVISION AND CONSOLIDATION LESSONS

Pupils must skilfully use the possibilities of their native language, be able to set out their personal thoughts expressively and clearly, and use language means productively and purposefully in various life situations. For this, the teaching materials used in native language lessons must be worked out extremely thoroughly, must develop the learner‘s oral and written literacy, enrich their vocabulary, and direct them towards independent, creative and logical thinking. The author of the article reflects on the effective use of various learning tasks in perfecting linguistic competences in revision and consolidation lessons, and examines the issues of increasing pupils‘ cognitive activity.

Kalit so‘zlar

  • o‘quv topshiriqlari
  • mustaqil
  • kreativ
  • mantiqiy fikrlash
  • lingvistik kompetensiyalar
  • til sathlari
  • sharadalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TAKRORLASH VA MUSTAHKAMLASH DARSLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA TURLI O‘QUV TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH Urmonova Dilfuza Mamasalievna Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʼqituvchisi, erkin tadqiqotchi ORCID NO: 0000-0001-7356-1560 ormonova.dilfuza@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.7652543 Annotasiya: O`quvchilar o`z ona tili imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanishlari, shaxsiy fikrlarini ta`sirchan, tushunarli bayon qila olishlari, turli hayotiy vaziyatlarda til vositalaridan unumli va maqsadli foydalana olishlari kerak. Buning uchun ona tili darslarida foydalaniladigan o`quv materiallari nihoyatda puxta ishlanishi, ta`lim oluvcining og`zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishi, so`z boyligini oshirishi, mustaqil, kreativ, mantiqiy fikrlashga yo`naltirishi lozim. Maqola muallifi takrorlash va mustahkamlash dasrslarida lingvistik kompetensiyalarni takomillashtirishda turli o`quv topshiriqlaridan samarali foydalanish haqida fikr yuritadi, o`quvchlarning bilish faolligini oshirish masalalari tadqiq etadi. Kalit so`zlar: o`quv topshiriqlari, mustaqil, kreativ, mantiqiy fikrlash, lingvistik kompetensiyalar, til sathlari, sharadalar. USE OF VARIOUS EDUCATIONAL TASKS TO IMPROVE THE EFFECTIVENESS OF REPETITION AND REINFORCEMENT LESSONS Abstract: Students should be able to skillfully use the capabilities of their native language, be able to articulate their thoughts impressively, intelligibly, be able to use language tools in various life situations efficiently and purposefully. To do this, the educational materials used in native language lessons should be extremely carefully processed, the education should develop oluvci's oral and written literacy, increase vocabulary, direct to independent, creative, logical thinking. The author of the article reflects on the effective use of various training tasks in improving the student's linguistic competencies in repetition and reinforcement dasrs, the issues of increasing the cognitive activity of students are studied. Key words: educational assignments, independent, creative, logical thinking, linguistic competencies, language levels, sharadas. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ РАЗЛИЧНЫХ УЧЕБНЫХ ЗАДАНИЙ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ УРОКОВ ПОВТОРЕНИЯ И ЗАКРЕПЛЕНИЯ Аннотация: Учащиеся должны умело использовать возможности родного языка, уметь выразительно, внятно излагать свои мысли, уметь продуктивно и целенаправленно использовать языковые средства в различных жизненных ситуациях. Для этого учебный материал, используемый на уроках родного языка, должен быть чрезвычайно тщательно проработан, развивать устную и письменную грамотность обучающегося, пополнять словарный запас, ориентироваться на самостоятельное, творческое, логическое мышление. Автор статьи рассуждает об эффективном использовании различных учебных заданий в совершенствовании языковых компетенций школьника на уроках повторения и закрепления, исследуются вопросы повышения познавательной активности учащихся. Ключевые слова: учебные задания, самостоятельное, творческое, логическое мышление, языковые компетенции, языковые уровни, шарады.

KIRISH Dunyo ta’lim tizimida o‘quv materiallarining uyg‘unligi orqali o‘quvchilarning fundamental bilimlarini mustahkamlash, til hodisalarini chuqur o‘rganishga qaratilgan o‘quv materiallarini maqsadga muvofiq holda o‘rganish metodikasi tatbiq qilinmoqda. Xalq ta’limi sohasida “o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma- bosqich joriy etish” o‘quv dasturlari va darsliklardagi mushtarakliklarni o‘zaro muvofiqlashtirish, o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalari hamda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bugungi ta’limning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. O`quvchilar o`z ona tili imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanishlari, o`z fikrlarini ta`sirchan, tushunarli bayon qila olishlari,turli hayotiy vaziyatlarda til vositalaridan unumli va maqsadli foydalana olishlari kerak. Buning uchun olim G`.Hamroyaevning fikricha, ona tili darslarida foydalaniladigan o`quv materiallari nihoyatda puxta ishlanishi , ko`nikmalarni kompleks tarzda shakllantirish imkoniyatiga ega bo`lishi lozim. Talaffuz, imlo, so`z boyligini oshirish, mustaqil, kreativ, mantiqiy fikrlashga yo`naltirish takrorlash va mustahkamlash jarayonini taqazo etadi.Bu esa nutqiy mahoratni oshiradi ADABIYOTLAR TAHLILI Til ta’limida o‘quv topshiriqlarining turlari va vazifalarini aniqlash masalasi I.A.Allayorov, O.R.Rozikov, R.Ibragimov, B.R.Adizov, M.H.Mahmudov I.E.Davronov lar tomonidan ta’lim oluvchining o‘quv-biluv faoliyatini rivojlantirish, o‘quv topshiriqlari orqali o‘quvchi faolligi oshirish muammolari ham o‘rganilgan. Rus pedagoglari A.N.Leontev, J. A. Ponomarev, S.L.Rubenshteyn , avstraliyalik olim Jak Richards ingliz tilining ona tili va ikkinchi til sifatida o‘qitilishida o‘quv topshiriqlarini tadqiq qilgan. Uning o‘quv topshiriqlari tavsifi va tasnifiga doir yondashuvlaridan dunyo miqyosida foydalaniladi. E. Davronov maqolasida taniqli psixologlar va didaktika nuqtai-nazaridan “topshiriq” tushunchasining mohiyati ochib berilgan, ona tili darslariga nisbatan mashq va topshiriqning vazifalari bayon etilgan. O.Roziqov fikriga ko‘ra, “topshiriqlar insoniyat tomonidan to‘plangan tajribani aks ettiradi va shu bilan birga moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yangilash va ularni yanada boyitish vositasiga aylanadi. MUHOKAMA Zamonaviy ona tili ta’limi o‘quvchining turli, jumladan, lingvistik kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan. “Maktab o‘quvchisining lingvistik kompetensiyasi deganda til sistemasi haqidagi bilimlarga, lingvistik tafakkurga, yangi til vaziyatlarida bilim va ko‘nikmalarni mustaqil qo‘llash tajribasiga ega bo‘lgan o‘quvchining integral shaxsiy xislatlari tushuniladi. Boshqacha aytganda, lingvistik kompetensiya ijtimoiy hodisa va belgilar sistemasi sifatida til haqida, tilning qurilishi va funksiyalanishi haqida o‘quvchilarning bilim, malakasi va ko‘nikmasi hamda bulardan turli vaziyatlarda foydalanish mahorati anglashiladi”. Professor A.Nurmonov va G.Ziyodullaevalar lingvistik kompetensiya o‘quvchilarning orfografik, punktuatsion qoidalardan turli vaziyatlarda o‘rinli foydalana olish malaka va ko‘nikmasini ham o‘z ichiga olishini ta’kidlagan bo‘lsalar, tilshunos D. Nabieva fikricha, “lingvistik kompetensiyaga ega bo‘lish uchun til sathlari va sath birliklari, ularning muloqot jarayonidagi ifoda imkoniyatlari, to‘g‘ri so‘zlash, tinglash, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini hosil qilish lozim.” Proffessor N.Uluqov mutaxassis til bilimining mukammalligi va etukligi” deya ta’rif beradi va lingvistik kompetentlik bir necha xil ko‘rinishlarda yuzaga chiqishi haqida alohida to‘xtaladi: “1) o‘z fikrini ona tilida ravon, tushunarli, aniq va lo‘nda ifodalay olish; 2) adabiy tilda so‘zlash; 3) imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolarsiz yoza olish; 4) davlat tilida ish hujjatlarini yurita olish; 5) xorijiy tillarni bilish”.

NATIJALAR Takrorlash va mustahkamlash darslari o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini takomillashtirishda turli o‘quv topshiriqlaridan foydalanish imkonini beradi. Ma’lumki, o‘quvchi o‘zlashtirgan bilim ko‘nikma va malakaning puxtaligi ko‘p jihatdan takrorlash va va mustahkamlash darslarini tashkil qilishga bog‘liq. Bunday darslarda oldin o‘rganilgan bilim, qoida va ta’riflarga takroriy duch kelinadi. O‘rganilgan o‘quv materialiga takroriy qaytish va shu mavzuga oid ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil etish, chog‘ishtirish asosida bilimlarni aniqlashtirish, kengaytirish imkonini beradi. Bunday takrorlash va mustahkamlash jarayoni o‘quvchini zeriktirmasligi, olingan bilimlarni yanada chuqurlashtirish, amaliyotga joriy etish, xulosalashga qaratilishi darkor. Mahoratli pedagog takrorlash va mustahkamlash darslarida turli o‘quv topshiriqlaridan samarali foydalana olishi kerak. Jumladan, 5-sinf ona tili “Leksikologiya” va “Lug‘atshunoslik” bo‘limlari yakunlangandan keyingi takrorlash darslarida sharadalar bilan ishlash topshirig‘ini qo‘llash mumkin. Sharada -fransuzcha –“suhbat”so‘zidan olingan bo‘lib, she’riy topishmoqlarning bir turidir. Ular topishmoqlarning boshqa turlari kabi fiklash va mulohaza yuritishga yordam beradi. Sharadalarning javobi bir nechta bo‘lib, ulardan birini topish ikkinchi javobga yaqinlashtiradi, shuning uchun mantiqiy fikrlashga yordam beradi. Sharadalarning bir necha xili mavjud. Biz she’riy shakldagisini tanladik . 1.Qishda uxlab yalang‘och, Bahor qo‘yar yashil soch. Harf o‘zgarsa, totli bo‘lar, Yesang, tanang kuchga to‘lar. Javobi: tol-bol. 2.Ikki yaproq bir tanda, Bog‘-u chamanni kezar. Yomg‘irdan so‘ng yetti rang Lojuvard ko‘kni bezar. Javobi: kapalak- kamalak. 3. Derlar:”Qishning ziynati”, Kumush choyshab yaltirar. Mashshoq qo‘lga olganda, Kuylar dilni yayratar. Javobi: qor -tor 4.Maslahatgo‘y, mehribon, U bilganni pari bilmas. Tutuq belgi qo‘ygan oning Chuqurlikdir, jarlik emas. Javobi: qari-qa’ri 5.Osmonlardan yog‘ildi - Oppoq, muzli, dumaloq. Har ishda ko‘rsat g‘ayrat-U botirdir, ko‘z qo‘rqoq. Javobi: do‘l –qo‘l 6. O‘ttiz ikki og‘ayni

Shirin bo‘lsa, yutug‘ing-Yo‘qsa, boshing etar xam. Javobi:tish –til Sharadalarning javoblari topilgach, topishmoqdagi so‘zlar ustida ishlanadi.

O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar, sharadalar- she’riy topishmoqlarning javobini juda to‘g‘ri topdingiz. Keling, sharadalardagi ayrim jihatlarini “Leksikologiya” bo‘limida olingan bilimlarimiz bilan bog‘laymiz. Kim menga yordam beradi?

1-o‘quvchi: Ustoz, sharadalarda qor - kumush choyshab deya ta’riflangan. Bu tasviriy ifodadir. Bilamizki, tasviriy ifoda narsa va hodisalarning ikkinchi nomi hisoblanadi. Tasviriy ifodalar nutqimizning chiroyli qiladi.

O‘qituvchi: Juda to‘g‘ri.Tasviriy ifodalar nutqimizning badiiy qimmatini oshiradi. Badiiy adabiyotda, jumladan, she’riyatda, publitsistik uslub- ya’ni gazeta va jurnallardagi turli maqolalarda tasviriy ifodalarni qo‘llash nutqning ta’sirchanligini oshiradi.

O`qituvchi bu o‘rinda tasviriy ifodalar aks etgan slayd yoki tasviriy ifodalar asosida chizilgan o‘quvchilarning rasmlarini namoyish qilishi, tasviriy ifodalar va ularning ma’nolarini eslab o‘tishi mumkin.(O‘qituvchi bunda vaqt masalasiga qaraydi).

2-o‘quvchi: Ustoz, lojuvard, mashshoq so‘zlarining ma’nosini tushunmadim.

O‘qituvchi: Keling, lug‘atlarga murojaat qilamiz. Lojuvard-forscha so‘z bo‘lib, “moviy” demakdir. U kristall shaklidagi mineral, qimmatbaho bezak sifatida ishlatiladi. Undan moviy rangdagi badiiy bo‘yoqlar ham olinadi. Yaltiroqligi shishasimon. Eng yirik konlari Afg‘oniston (Badaxshon), Tojikiston va Rossiyada.

“Mashshoq” so‘zining ma’nosi esa “xalq cholg‘u asboblarida musiqa chaluvchi sozanda”demakdir.(Lojuvard, mashshoq suratlarini sinf taxtasiga ilish yoki elektron doska yordamida namoyish qilish bu so‘zlarning ma’nosini yaxshi eslab qolishga, o‘quvchining tasavvurini boyitishga xizmat qiladi).

O‘quvchilar, bu ma’lumotlarni topishda lug‘atlarning qaysi turidan foydalanamiz?

3-o‘quvchi: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”dan foydalanamiz. Qomusiy (ensiklopedik) lug‘atlardan u yoki bu tushuncha, so‘z haqidagi batafsil ma’lumotni olish mumkin.

4-o‘quvchi: Lojuvard, mashshoq so‘zlarining ma’nosi va nutqda qay holatda qo‘llanilishini “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” orqali, bu so‘zlarni to‘g‘ri yozishni esa “Imlo lug‘ati” yordamida bilib olamiz.

5-o‘quvchi: Lojuvard - forscha, mashshoq - arabcha so‘z.Ular arab va fors tillaridan o‘zbek tiliga kirib kelgan, ya’ni o‘zlashgan bo‘lib, tilimizning o‘zlashma qatlami tarkibiga kiradi. O‘zlashma so‘zlar – olinma so‘zlar ham deyiladi. Bu haqida biz “O‘zbek tilining boyish manbalari” mavzusida suhbatlashganmiz.

O‘qituvchi : Berilgan javoblar uchun rahmat. Lojuvard, mashshoq so‘zlarini hozirgi kunda qo‘llaymizmi?

5-o‘quvchi: Lojuvard so‘zini badiiy asarlarda, ko‘proq she’riyatda qo‘llaymiz.

Lojuvard rang bildiruvchi so‘z bo‘lib, uning ma’nodoshlari moviy, osmoniy savomiy, ko‘k va boshqalar. Mashshoq-arxaik so‘z.Tarixiy taraqqiyot natijasida o‘z o‘rnini boshqa so‘zga bo‘shatib bergan so‘zlar arxaik so‘zlar deyiladi. Arxaik so‘zlar va tarixiy so‘zlarni “Leksikologiya” bo‘limida o‘tganmiz.

6-o‘quvchi: Leksikologiya bo‘limida xalq maqollari haqida ham suhbatlashganmiz. Men bu sharadalar , ya`ni she`riy topishmoqlarda ikkita maqolni ko‘rdim. “Qari” so‘zi yashiringan sharadada xalqimizning “Qari bilgannni pari bilmas” maqoli “U bilganni pari bilmas”tarzida, “Qo‘l va do‘l” haqidagi topishmoqda esa “Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir”maqoli “U botirdir, ko‘z qo‘rqoq” shaklida qo‘llangan.

O‘qituvchi : Maqollar mavzusida olingan ma’lumotlarni ham bir eslaylik.

7-o‘quvchi: Bilamizki, maqollar xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida maydonga keladi. Ular nutqqa tayyor holda olib kiriladi. Maqollarda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo‘nda bo‘lishi kerak.Maqollar fikrni ta’sirchan, bo‘yoqdor qilib ifodalaydi. Nutqda ulardan o‘rinli foydalanish so‘zlovchining mahorati hisoblanadi.

O‘qituvchi yuqoridagi maqollar sharhini hayotiy misollar yordamida izohlab berishni yoki o‘quvchilardan ushbu maqollar mazmuniga mos yana qanday maqollar, hikmatli so‘zlar bilishlarini so‘rashi mumkin.

XULOSA Ko‘rib o‘tganimizdek, sharadalar orqali o`quvchilar “Leksikologiya” va “Leksikografiya” bo‘limlarida o‘tilgan quyidagi mavzular takrorladilar, mustahkamladilar: • Tasviriy ifodalar; • Lug‘at va uning turlari: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Imlo lug‘ati” ; • O‘zbek tilining boyish manbalari. O‘z va o‘zlashma qatlam; • So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari. Ma’nodosh,shakldosh, zid ma`noli,talaffuzdosh so‘zlar; • Tarixiy va arxaik so‘zlar; • Xalq maqollari va hikmatli so`zlar. Shu bilan birga, sharadalar javobini topish uchun o‘quvchi tezkor fikrlashi, tasvvurini ishga solishi, so‘zlarning imlosi, ya’ni yozilishini eslashi, pirovard natijada mantiqiy fikrlashi kerak bo‘ladi. Sharadalar yozib kelishni uyga vazifa sifatida topshirish, so‘ng darslarda birgalikda muhokama qilish, she’riy topishmoqdagi tasvirlar, tavsiflar hayotiy haqiqatga qay darajada mosligi, mantiqan to‘g‘ri shakllantirilganligini tahlil qilish mumkin. Bunday ijodiy topshiriqlar o‘quvchilarning darsga qiziqishini yanada oshiradi, mavzuni takrorlashga va mustahkamlashga yordam beradi.

Kuzatishlarimiz davomida shunga amin bo‘ldikki, bunday topshiriqlarni bajarish o‘quvchilarda katta qiziqish o‘yg‘otadi. Sababi har bir hal qilingan jumboq kichik g‘alabadir! G‘oliblik hissi motivatsiya beradi, o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi, fanni o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otadi. Mantiqiy topshiriqlar javobini toppish uchun ta’lim oluvchi ko‘p ma’lumotlarni bilishi kerak. Demak, u ma’lumot izlaydi - kitob o‘qiydi, o‘quvchining kitobxonligi - mutolaa madaniyati rivojlanadi. Demak, takrorlah va mustahkamlash darslariga xos va mos tanlangan o`quv topshiriqlari o`quvchi bilimini boyitadi, lingvistik kompetensiyani rivojlantiradi, o`quvchini fikrlashga, pirovard natijada ona tili imkoniyatlaridan to`laqonli foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar18 ta adabiyot

  1. Мирзиёев Ш. “Ўзбекистон Республикаси халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-5712-сонли Фармони. 29 апрель, 2019.
  2. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ- 4947-сон Фармони. – Тошкент, 2017 йил 7 февраль.
  3. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг 2019 йил 21 октябрдаги “Ўзбек тилининг давлат тили сифатидаги нуфузи ва мавқеини тубдан ошириш чора- тадбирлари тўғрисида” ги ПФ - 5850-сон Фармони. – Тошкент, 2019 йил 21 октябрь.
  4. Azimova I. Ona tili ta’limida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik asosi // Global ta’lim va milliy metodika taraqqaiyoti: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan tashkil etilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Тошкент, 2019. – 221 b.
  5. Абдураимова М. Она тили таълимида илғор педагогик технология. – Тошкент, 2005. – 26 б.
  6. Азимов Э.Г., Щукин А.Н. Словарь методических терминов (Теория и практика преподавания языков). – СПб: Златоуст, 1999. – С. 252.
  7. Аҳмедова М. Т. Педагогик компетентлик – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2016. – 84 б.
  8. Зиядова Т. Ўқувчиларнинг ижодий— нутқий фаолиятларини ривожлантириш омиллари // Таълим жараёиида нутқ маданиятини шакллантириш масалалари: ЎТДА 5-йиғилиши тезислари, – Тошкент, 1999. – Б.74 -77.
  9. Зуннунов А. Педагогика назарияси. – Т: Алоқачи, 2006. – 163 б.
  10. Набиева Д. Лингвистик компетенция ва унинг шаклланиш жараёнлари. АДУ. Илмий хабарнома. – Андижон, 2019. – № 12. – Б. 91.
  11. Нурмонов А.,Зиёдуллаева Г. Ўқувчиларнинг тил компетентлигини шакллантириш ва ривожлантириш муаммолари // Маърифат, 2014, № 6 – Б.
  12. Тожиев М., Толипов У.К., Сейтҳалилов Э.А., Зиёмуҳаммедов Б. Педагогик технология: Замонавий илмий-назарий асоси. – Тошкент, 2008.
  13. Улуқов Н. Лингвистик компетентликни шакллантириш омиллари. Тил ва адабиёт таълими, 2018. № 6. 16.
  14. Юсупова Ш. Она тили ўқитиш мазмуни. – Т: Янги аср авлоди, 2007.
  15. Ғуломов А.Қ, Қодиров М. Ўзбек тили ўқитиш методикаси. – Тошкент: Университет, 2001. – Б. 221.
  16. Набиева Д. Лингвистик компетенция ва унинг шаклланиш жараёнлари. АДУ. Илмий хабарнома. – Андижон, 2019. – № 12. – Б. 91.
  17. Зиядова Т. Ўқувчиларнинг ижодий— нутқий фаолиятларини ривожлантириш омиллари // Таълим жараёиида нутқ маданиятини шакллантириш масалалари: ЎТДА 5-йиғилиши тезислари, – Тошкент, 1999. – Б.74 -77.
  18. Mahmudov N. va boshqalar. Umumiy o`rta maktablarning 5-sinfi uchun darslik. G`G`ulom nashriyoti.T.:-2020

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010498
Nashr sanasi
2023-04-10
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
3
DOI
10.66073/researchfocus.v2i3.63
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
126–131
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06