Akamov Ilxomjon Ixtiyorjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada o‘smir bokschilarning ringda manyovr qilish harakatlarini kuzatish orqali hamda turli xil maxsus mashqalar yordamida o‘smir bokschilarning texnik-taktik tayyrogarligida manyovrli harakatlarni qo‘llash metodikasini ishlab chiqish, tekshirish va amaliyotga tadbiq etish muammolari keltirilgan.
Abduraxmonova Muqaddam · Research Focus International Scientific Journal · 2023
ushbu maqolada boshlang‘ich ta‘limda ta‘tim texnologiyasidan foydalanish natijasida o‘quv maqsadlarini loyihalash, didaktik materiallarni yaratish, o‘qitish jarayonini tashkil etish va samarali o‘zlashtirilishiga erishish natijalari tadqiq etilgan.
Nuraliyeva Ozoda Norboyevna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Шундай килиб дискурсда билвосита нутқий актларни воқелантириш воситалари турлича. Шу имкониятга эга бўлган лисоний шаклни танлаш суҳбатдошларнинг когнитив қобилияти ва мулоқот контексти билан боғлиқ
Axmedov Botirjon Ravshanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Нутқий мулоқотда талаффуз, пауза, оҳанг, овоз бўёғи каби воситалар ёрдамида шахслардаги эмоционаллик юзага чиқади ва бу ҳолатлар нутқий жараёнда баҳо ифодаловчи восита бўлиб хизмат қилади
Yorova Sayyora Karimovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Til shaxsi tilshunoslik nazariyasining ob‘ekti sifatida bugungi tilshunoslik bilan bog‘liq ko‘plab xususiy ilmiy yo‘nalishlar - funksional stilistika, nutq madaniyati, ritorika, pragmalingvistika, psixolingvistika, kognitiv tilshunoslik, sotsiologiya, etnolingvistika, lingvistika, matn lingvistikasi diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Ma‘lumki, til insonni o‘rgatishda asosiy vositadir. Shu bois shaxsga oid tadqiqotlar tilshunoslikdan tashqarida bo‘la olmaydi, tilni o‘rganish esa shaxssiz kechmaydi.
Turg‘unova Dildora Rahmatjonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada o‘zbek tilida hayvon harakatlarini ifodalovchi leksemalar lisoniy-kognitiv yo‘nalishda tadqiq etilgan bo‘lib, ushbu so‘zlarning tarixiy-etimologik, semantik-stilistik hamda ular ishtirok etgan og‘zaki, yozma nutqqa oid matnlarning yaratilishi, qabul qilinishining psixolingvistik jihatlari tadqiq etilgan
Shamsiddinova Sitora Badriddinovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
“Nur Sharqdan” deyilgan qadimgi yunon naqllaridan birida. Unda e‘tirof bor. Darhaqiqat, quyosh Sharqdan chiqadi. Aql quyoshi ham Mashriqda tug‘ilib, Mag‘ribga yo‘l olgandir. Bu yerda hayotning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalarga ham zid emas. San‘at va madaniyat dastlab Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Arabiston, Misr kabi o‘lkalarda maydonga kelganligi bunga dalildir.[1, 4] “Nur Sharqdan” ekanligi qadim tamaddundan xabar beruvchi epos janri misolida yorqinroq ko‘rinadi. Chunki hayotning eng muhim haqiqatlari, muammolari ming yillar ilgari paydo bo‘lgan rivoyatlar, afsonalar, dostonlarga singgan.
Maxmudov Sardorbek · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Tildagi har bir so‘zning cheklanmagan darajada poetik imkoniyati mavjud. Faqat bu yashirin imkoniyatni ijodkor talanti, mahorati yuzaga chiqaradi. Turli avlodga mansub shoirlar she‘riyati o‘zaro taqqoslansa, har bir davrga xos faol poetik so‘z, obrazli ifodalarni uchratamiz. Maqolada Xurshid Davron ijodida yashirin maqsadlar bilan san‘at mavzusiga murojaat etilgan she‘rlar tahlil qilinadi.
Maxmudova (Xamdamova) Munira · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada o‘zbek tilshunosligida rivojlanib borayotgan antroposentrizm va uning muhim qismi hisoblangan pragmalingvistika alohida obyekt sifatida tanlab olindi, modal strukturaning pragmatik aspekti yoritildi.
Madaminova Dilnura Bahodir qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Bilga xoqon” asari haqida so‘z yuritiladi, shuningdek, “Bilga xoqon” romanining yaratilishi, badiiyligi, romandagi obrazlar, ramzlar tahlil qilinadi.
Idiyeva Sitora Avaz qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada jurnalistikaning kam o‘rganilgan yo‘nalishi - sayohat va turizm jurnalistikasining turli jihatlari muhokama qilinadi. Tadqiqot metodologiyasi ommaviy axborot vositalarining missiyasini boshqa mamlakatlar va xalqlar, ularning millatlararo muloqotdagi roli haqidagi bilimlarni ommalashtirishning muhim vositasi sifatida tushunishga asoslanadi. Ushbu yo‘nalishning media tizimidagi o‘rnini aniqlash va uning tarixini izlashga oid savollarni ko‘targan holda, maqolada globallashuvning dolzarb muammolari kontekstida sayohat jurnalistikasining bugungi muammolariga e‘tibor qaratilgan. Sayohat jurnalistikasiga “bema‘ni” yo‘nalish sifatida yondashishning noto‘g‘riligi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, zamonaviy dunyoda sayohat jurnalistikasining integrativ va kommunikativ funksiyasining ahamiyati ortib borayotganiga qaramay, ayni paytda u bozorga yo‘naltirilgan yo‘nalishga ham aylanmoqda. Bu asosan ob‘ektiv sabablarga, shu jumladan iqtisodiy sabablarga, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining axborot-ko‘ngilochar sohaga o‘tish tendentsiyasiga bog‘liq. Sifat o‘zgarishlari Internet va internet jurnalistikasining tarqalishi ta‘sirida ham sodir bo‘ldi. Natijada, bu “sayohat” mavzusini yoritishda tahliliylik va chuqurlikning pasayishiga olib keladi. Shu bois sayyohlik jurnalistlarini maxsus va sifatli tayyorlash, sayohat jurnalistikasi nazariyasi va amaliyotini o‘rganish masalalari dolzarb hisoblanadi. Bo‘lajak sayyohlik jurnalistlari uchun maxsus treninglar hozirda asosan onlayn darslar ko‘rinishida taklif etilmoqda, bu esa jiddiy tayyorgarlik darajasini ta‘minlamaydi. Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetida sayohat jurnalistikasi kursini o‘tkazish tajribasiga asoslanib, maqolada sayohat va turizm bo‘yicha yozuvchi jurnalistning vazifalari va malakasi qanday bo‘lishi kerakligini shakllantirishga harakat qiladi; sayohat jurnalistikasi nazariyasi va amaliyotiga oid mavjud maxsus adabiyotlar tahlili berilgan.
Fozilova O‘g‘iloy Fayoz qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Mazkur maqolada, Navro‘z ta‘rixi va kelib chiqishi haqida olimlarimizning qarashlari haqida ma‘lumot keltirilgan bo‘lib, buyuk allomamiz Alisher Navoiyning Navro‘z haqidagi qarashlari tavsiflangan. Alisher Navoiy ijodida Navro‘z ta‘rifi, Navro‘z shukuhi tasviri alohida o‘rin tutishini mazkur maqolani o‘qib tushunib olishingiz mumkin
A‘zamjon G‘oziev · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Odatda chet tillarini o‘rganishdan oldin talabalarda o‘sha tilga katta qiziqish va dastlabki bosqichda motivatsiya bo‘ladi. Ular o‘z fikrlarini chet tilida ifodalashni, tengdoshlari bilan shu tilda muloqot qilishni hamda o‘sha tilda so‘zlashuvchi xalq, mamlakat va madaniyat haqida bilib olishni istaydilar, bu esa og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun katta turtki bo‘ladi.
Adahamjon Umarov, Fotimaxon Mamtaliyeva · Research Focus International Scientific Journal · 2023
O‘zbek tili leksikasida umumarab so‘zlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Ayniqsa, leksikada ot turkumiga oid so‘zlarning miqdori yuqori. Ular o‘ziga xos ma‘noviy xususiyatlarga ega. Arabcha so‘zlar ko‘proq ilmiy, diniy, axloqiy, ma‘rifiy, mavhum tushunchalarni ifodalaydi.
Beyliyeva Alfiya Bakhodir kizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada nutq odobi va uning ayrim xususiyatlari ilmiy tadqiqotlar asosida o‘rganilgan va tahlil qilingan. Ma‘lumki, ritorika tarixdan to bugungi kunga qadar inson uchun markaziy soha bo‘lib kelgan. Nutq odobining o‘rni yuridik ritorikada muhim ahamiyatga ega, chunki u yerda shaxs kurashi muhokama qilinadi va amalga oshiriladi. Ushbu ishda ana shunday o‘ziga xosliklar ko‘rib chiqilgan.
Raxmonali Begaliyevich Bekmirzayev · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysidagi millatlararo munosabatlarga ta‘sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar ko‘rib chiqiladi va ularning mintaqaviy xavfsizlikdagi roli baholanadi.
Т.Т.Оморов, Рахимов Дилмурод Марипжанович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ikki seksiyali akkumulyator bakiga ega quyosh suv isitish qurilmasi ishlab chiqilgan va tadqiq etilgan bo‘lib, u seksiyalardan birida suvni foydalanish uchun yetarli haroratgacha tez isitish imkonini beradi hamda o‘zgaruvchan iqlimli tog‘ sharoitlarida doimo yetarlicha yuqori haroratgacha isitilgan suvga ega bo‘lish imkonini beradi. Taklif etilayotgan quyosh suv isitish qurilmasi quyosh energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Jo‘rayeva Muslima, Komilov Shuxratjon Raximjon o‘g‘li, Sarimsakov Akramjon Usmanovich, Muradov Rustam Muradovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Мақолада пахта тозалаш корхоналарида жинлаш жараёнидан сўнг пахта чигитининг сифат кўрсаткичлари таҳлил қилинган. Яъни, чигитнинг тукдорлиги ва хажмига қараб турли хил фракцияларга ажратилганлиги тадқиқотлар орқали ўрганилган. Таҳлил натижасига кўра чигит саралаш жараёнини муҳимлиги ва чигит саралаш қурилмаларининг чигит сифатига салбий таъсирини камайтирган ҳолда юқори ишончлиликда ишлайдиган қурилмаларни ишлаб чиқариш зарурлиги таъкидланган
Аматов Ысабек Козанович, Абдылдаева Тажиниса Таалайбековна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada shaharda antropogen yuklama shakllanishi xususiyatlarini tahlil qilish va o‘rmon-park zonasini barpo etish masalalari ko‘rib chiqiladi. O‘sh shahri park hududlarining holatiga baho berilgan. Aholiga xizmat ko‘rsatish va shahar aholisining dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ko‘chatzorlarning funksional, rejalashtirish va landshaft yechimlari keltirilgan.
Rana Hani A.Rahman Azzam, Jaloliddin Yigitaliev · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Dron texnologiyasi fermerlarga o‘z ekinlarini yanada samarali va natijali boshqarishga yordam berish uchun qishloq xo‘jaligida tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. Kamera va boshqa datchiklar bilan jihozlangan dronlar fermerlarga ekinlarning sog‘lomligi, tuproq namligi hamda ekin o‘sishi va hosildorligiga ta‘sir qiluvchi boshqa omillar haqida real vaqt rejimida ma‘lumot bera oladi. Qishloq xo‘jaligida dron texnologiyasining asosiy afzalliklaridan biri katta hajmdagi ma‘lumotlarni tez va oson to‘plash qobiliyati bo‘lib, bu fermerlarga ekinlarini qanday boshqarish haqida yanada asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Masalan, dronlardan ekin dalalarining batafsil xaritalarini yaratishda, ko‘proq yoki kamroq suv, o‘g‘it yoki pestitsid talab qiladigan hududlarni aniqlashda foydalanish mumkin. Dronlardan, shuningdek, ekinlarni kasallik yoki zararkunandalar bilan zararlanish belgilari bo‘yicha kuzatishda foydalanish mumkin, bu esa fermerlarga muammo keng tarqalguncha chora ko‘rish imkonini beradi. Bu ekin nobudgarchiligini kamaytirish va hosildorlikni oshirishga yordam beradi. Qishloq xo‘jaligida dron texnologiyasining yana bir afzalligi hatto murakkab relyef yoki ob-havo sharoitlarida ham katta yer maydonlarini tez va oson qamrab olish qobiliyatidir. Bu fermerlarning vaqti va mehnat xarajatlarini tejashi, shuningdek, og‘ir texnika va boshqa resurslarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishi mumkin.