Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

O‘ZBEK TILIDA LEKSEMALARNING LISONIY-KOGNITIV TAHLILI (HAYVON HARAKATINI IFODALOVCHI SO‘ZLAR MISOLIDA)

Turg‘unova Dildora RahmatjonovnaAndijon davlat universiteti2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 4Sahifa 106–114

Annotatsiya

Maqolada o‘zbek tilida hayvon harakatlarini ifodalovchi leksemalar lisoniy-kognitiv yo‘nalishda tadqiq etilgan bo‘lib, ushbu so‘zlarning tarixiy-etimologik, semantik-stilistik hamda  ular  ishtirok etgan og‘zaki, yozma nutqqa oid  matnlarning yaratilishi, qabul qilinishining  psixolingvistik  jihatlari tadqiq etilgan

Boshqa tillarda

ruschaЛИНГВО-КОГНИТИВНЫЙ АНАЛИЗ ЛЕКСЕМ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА (НА ПРИМЕРЕ СЛОВ, ВЫРАЖАЮЩИХ ДВИЖЕНИЕ ЖИВОТНЫХ)

В статье в лингвокогнитивном направлении исследуются лексемы, обозначающие движения животных в узбекском языке, и историко-этимологические, семантико-стилистические аспекты этих слов, а также психолингвистические аспекты создания и рецепции текстов, связанных с ними. к устной и письменной речи, в которой они участвовали.

inglizchaLINGUO-COGNITIVE ANALYSIS OF LEXEMES IN THE UZBEK LANGUAGE (ON THE EXAMPLE OF WORDS EXPRESSING THE MOVEMENT OF ANIMALS)

The article studies, in a linguo-cognitive direction, the lexemes that express the movements of animals in the Uzbek language, and investigates the historical-etymological and semantic-stylistic aspects of these words, as well as the psycholinguistic aspects of the creation and reception of the oral and written speech texts in which they occur.

Kalit so‘zlar

  • leksik maydon
  • steriotip
  • ssenariy
  • geshtalt
  • skript
  • leksik-semantik guruh
  • etnolingvistika
  • psixolingvistika

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

O`ZBEK TILIDA LEKSEMALARNING LISONIY-KOGNITIV TAHLILI (HAYVON HARAKATINI IFODALOVCHI SO`ZLAR MISOLIDA) Turg`unova Dildora Rahmatjonovna ADU lingvistika yo`nalishi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7852475 Annotatsiya: Maqolada o`zbek tilida hayvon harakatlarini ifodalovchi leksemalar lisoniy-kognitiv yo`nalishda tadqiq etilgan bo`lib, ushbu so`zlarning tarixiy-etimologik, semantik-stilistik hamda ular ishtirok etgan og`zaki, yozma nutqqa oid matnlarning yaratilishi, qabul qilinishining psixolingvistik jihatlari tadqiq etilgan. Kalit so`zlar: leksik maydon, steriotip, ssenariy, geshtalt, skript, leksik-semantik guruh, etnolingvistika, psixolingvistika. ЛИНГВО-КОГНИТИВНЫЙ АНАЛИЗ ЛЕКСЕМ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА (НА ПРИМЕРЕ СЛОВ, ВЫРАЖАЮЩИХ ДВИЖЕНИЕ ЖИВОТНЫХ) Аннотация: В статье в лингвокогнитивном направлении исследуются лексемы, обозначающие движения животных в узбекском языке, и историко-этимологические, семантико-стилистические аспекты этих слов, а также психолингвистические аспекты создания и рецепции текстов, связанных с ними. к устной и письменной речи, в которой они участвовали. Ключевые слова: лексическое поле, стереотип, сценарий, гештальт, сценарий, лексико-семантическая группа, этнолингвистика, психолингвистика. LINGUISTIC-COGNITIVE ANALYSIS OF LEXEMES IN THE UZBEK LANGUAGE (IN THE EXAMPLE OF WORDS EXPRESSING ANIMAL MOVEMENT) Abstract: In the article, the lexemes representing animal movements in the Uzbek language are researched in the linguistic-cognitive direction, and the historical-etymological, semantic-stylistic aspects of these words, as well as the psycholinguistic aspects of the creation and reception of texts related to oral and written speech in which they participated. researched. Keywords: lexical field, stereotype, script, gestalt, script, lexical-semantic group, ethnolinguistics, psycholinguistics.

KIRISH Tilning eng asosiy vazifasi kommunikativlikdir. Chunki til birinchi navbatda muloqot qilish uchun zarur. Borliqda ifodalangan har qanday so`zning ong bilan, tasavvur bilan bog`lanadigan obrazlari mavjud. Masalan, ot, tuya so`zlari hayvon, yo`rtmoq, yo`rg`alamoq, bo`zlamoq, kishnamoq; qumron, qimiz, qazi, go`sht; nor, bo`z, qorabayir; qora, malla, targ`il; arqonlamoq, egarlamoq, minmoq, sog`moq; teri, yag`ir, tuyoq, dum va shu kabi leksik-semantik maydonlarni hosil qiladi. Bu leksik-semantik maydonlar hayvonlarning tasviri, uning tuzilishi bilan ham bog`liq, maslan, ikki o`rkachli (tuya), uloqchi (ot) kabi. Shuningdek u o`zi bilan bog`liq bo`lgan, inson tomonidan bajariladigan minmoq, egarlamoq, arqonlamoq, sotib olmoq, sotmoq, so`ymoq kabi harakatlarni ham ifodalaydi. Yuqorida keltirib o`tgan har bir so`zimiz yantoqni yedi, kavsh qaytardi, uloqda o`zdi, kishnadi, bo`zladi, qulunladi, bolaladi, shaklidagi ssenariylarni yaratadi. Ushbu ssenariylardagi asosiy harakatni amalga oshirilishi, hayvon tomonidan bajarilishi va shu holatda xotirada saqlanishi skriptdir. Turli tillarda ifodalanadigan hayvonlar masalan, ot, tuya bilan bog`liq bo`lgan bilimlar, ularning nomlari, ulardan olinadigan mahsulotlar nomlari, harakatxususiyatlari bitta tasvirga birlashib geshtaltni yuzga keltiradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Harakatni ifodalovchi so`zlar leksik zaxiramizning eng kata qismini tashkil qiladi desak, mubolag`a bo`lmaydi. Chunki ssenariylar natijasida albatta, biror predmet haqida harakat yoki holat ifodalanadi.

It leksemasi termin sifatida dastlab qadimgi turkiy tilga oid mabaalarda qo`llangan. Ilk bor “Devonda” ït (it, kuchuk) shaklida qayd etilib, (DLT,I,71) asosan ov qilishda, qo`riqlashda foydalaniladigan uy hayvoni ma’nosini ifodalagan: It kӭjikkä japïshdï –it ovga yopishdi. (japïshur, japïshmaq) (DLT, III, 77). Keyinchalik “Qutadg`u bilig” da bu leksemaning ma’nodoshi kӧpäk so`zi ham qayd etilib, ikkalasi ham iste’molda bo`lgan. Kӧpäk teg ürarlär (it kabi hurishadi). Bu so`z XIII-XIV asr eski turkiy til obidalarida ham qo`llangan1 Boshqa turkiy tillarda, xususan Usmonli Turk tilida ham kӧpek so`zi mavjud bo`lib, u xuddi o`zbek tilidagi singari it so`zi bilan birgalikda barobar qo`llangan (tr.m.wikipedia.org) . Mahmud Qoshg`ariyning “Devon” nini o`rganish jarayonida zoologik terminni boshqa turkiy tillarda, o`zbek tilida ham qo`llanadigan ko`ppak shakliga oid misol mavjud emasligini kuzatamiz. Bu esa ko`ppak so`zini muallif qayd etgandan so`ng paydo bo`lgan, degan xulosaga kelishimizga asos bo`ladi. “Devonda” da aynan it hayvoning ovoz harakatini ifodalovchi kӭritti (kӭritur, keritmäk), qïstashdï (qïstashur, qïstashmaq); ürarlär, ǰaңïladï (ǰaңïlar ǰaңïlamaq), siңilädi (siңilär siңilämäk), ulïdï (ulïshur, ulïshmaq) kabi leksemalar berilgan.

Tadqiqotimizda hayvon harakatlarini ifodalovchi umumiy leksemalarni ovoz harakatlarini ifodalovchi leksemalar leksik-semantik guruhiga to`xtalamiz.

It hayvoni ovoz harakatini ifodalovchi leksemalar: angillamoq, akillamoq, hovullamoq, vovillamoq, vakillamoq,vangillamoq, uli tortmoq, xirillamoq, ovullamoq, uvillamoq, irillamoq, irildamoq, g`ingshimoq; o`v tortish,ulush, irildamoq, ing`ramoq, urmak; kӭritti (kӭritur, keritmäk), qïstashdï (qïstashur, qïstashmaq); ürarlär, ǰaңïladï (ǰaңïlar ǰaңïlamaq), siңilädi (siңilär siңilämäk), ulïdï (ulïshur, ulïshmaq).

Itlar o`zlarining tovush qonuniyatidan ustalik bilan foydalanadilar. Xirillamoq, irillamoq kabi past tovushlar odatda tahdid, g`azab, tajovuzkorlik ehtimolini ko`rsatadi. Baland tovushlar esa itga yaqinlashishga imkon beradi, yoki yaqinlashish xavfsizligini bildiradi. “Ang-ang” qilmoq (O`TIl, I, 83). Itning iltijoli yalingansimon ovoz chiqarishi angillash deyiladi. Hozir esa ularga qarab iltijoli angilladi. Lekin mo`ysafidlar og`ir qadamlar bilan uning yonidan o`tishar edi. (“Izbosar” hikoya). Oqtosh nari ketishini xayoliga keltirmay, tag`in suykala boshlagan edi, Karim podachi etigi uchi bilan turtib yubordi. Joni og`rigan Oqtosh angillagancha onasi tomon pildirab qochdi (“Oqbo`yin”). Cho`ponlar qo`rqmas itni ovozidan farqlasa bo`ladi deydilar. Cho`ponlarda angillagan it qo`rqoqligini bildiradi, degan qarash ham mavjud.Masalan, bo`g`ziga og`iz solgan joyida Malla ayanchli angillab yubordi. Itning angillagani – yengilgani. Keyin g`olibona hurib, tevarakka mag`rur nazar tashladi. (N.Norqobilov, “Oqbo`yin”)

Vangillamoq “vang-vang” degan ovoz chiqarmoq. U g`ingshib hura boshlagan ona itni mo`ljalga oldi. Qoq peshonasidan o`q yegan it “vang” degancha ohista quladi., bir-ikki oyoq silkib jim qoldi. (N. Norqobilov, “Oqbo`yin”) . Bu so`z itga nisbatan qo`llanib, yoqimsiz ovoz chiqarmoq ma’nosini ifodalaydi. Qadimgi turkiy tilda siңilädi (siңilär, siңilämäk)

Эгамова Ш. Алишер Навоий асарлари тилидаги қадимги туркий лексика тадқиқи.- Тошкент: Фан, 2008. -Б shaklida qo`llanib, itning alamdan baqirishini ifodalagan. Misol: ït siңilädi (DLT, 3, 413). Bu leksema shakldoshlik xususiyatiga ega bo`lib, itning ovozini ifodalashdan tashqari suvning muzlashi, quloqning chingillashini ham ifodalagan. Qadimgi turkiy tilda Mahmud Qoshg`ariy tomonidan jaңïladï leksemasi ham qayd etilgan. Bu so`z itning rasmiy hurish ovozidan boshqacha ekanligi ko`rsatib o`tilgan. Misol: ït ǰaңïladï – it urishib vingishladi.(DLT, 3, 411) Devon tilida ǰaңïlamaq harakat fe`lining ikki ma’nosi mavjud bo`lib, ular 1) “vingishlamoq”; 2) “baqirmoq” insonga nisbatan haqoratli so`z so`zlaganda qo`llangan “ta`lim ǰaңïladïң” (ko`p vag`illading) (DLT, 3, 411) Tahlil etilayotgan leksema qadimgi turkiy tilda itning ovozidan tashqari haddan ortiq haqoratli so`z so`zlagan insonga nisbatan ham qo`llangan. Bu “ko`p gapirma”, “ko`p vag`illama” shaklidagi yoqimsiz ovoz chiqargan insonning nutqiga ko`rsatuvchi pragmatik maqsadlarni ifodalaydi. Siңilämäk fe`lining uchta ma`nosi mavjud bo`lib, bular 1) it ovoziga; 2) suvning muzlashiga; 3) quloqning chingillashiga qo`llangan. Navoiy asarlari tilida bu leksemalar nofaol. O`zbek tilining izohli lug`atida ham tahlilga olingan leksemalar yuqoridagi ma`nolarni ifodalash uchun berilmaydi. Jonli tilda esa “vingishladi” leksemasi it hayvoniga nisbatan saqlanib qolgan, “vang`illadi”leksemasi esa, texnikaga nisbatan qo`llanib qadimgi turkiy tildagi ma`nolarini yo`qotganini guvohi bo`lamiz. Shu o`rinda aytib o`tish joizki, tahlil etilayotgan leksemalarning “ovoz” semasi davrlar osha o`z ma`nosini saqlab qolgan.

Ma`lumki, inson turmush tarzining o`zgarish yangi so`zlarni iste’molga olib kirilishini taqazo etadi. Bu esa tilning ijtimoiyligini asoslaydi. Leksik qatlamning muntazam ravishda o`zgarib borishi, albatta, etnik asos bilan chambarchas bog`liq. So`zlarni fonetik jihatdan davrlar mobaynida muayyan o`zgarishlar kasb etishi, ma`noni kengayishi va torayishi, ma`noni hech qanday o`zgarishsiz saqlanib qolishi o`zbek tilida hayvonlar harakatini ifodalovchi so`zlar doirasida ham tadqiq etish zarurligini ko`rsatadi.

Qadimgi Navoiy asarlari tili Ma’nosi Hozirgi o`zbek tili turkiy til

ǰaңïladï (ǰaңïlar baqirdi qo`llanmagan Vingishladi ǰaңïlamaq)

Siңilädi qo`llanmagan vang`illamoq Chiyilladi (siңilär siңilämäk)

TADQIQOT NATIJALARI Akillamoq so`zi itning hurishini bildirib, äk (äk-äk) taqlid so`zidan illa qo`shimchasini qo`shish yo`li bilan yasalgan. Hadeb vovillamoq, vakillamoq; ko`chma ma’noda hadeb yig`layvermoq, arillayvermoq (go`dak haqida) (O`TIL, I, 62). Ayniqsa, darvoza ochilgan kezlari o`zini qo`yarga joy topolmay qoladi: sakraydi, irg`ishlaydi, akillaydi, irillaydi, goho bo`ynini siqib turgan arqonni g`ajiydi – xalos bo`lishga jon-jahdi bilan urinadi (N. Norqobilov, “Oqbo`yin”). Nutqimizda itning bo`lar-bo`lmasga hadeb vovullash holati uslubiy maqsadda insonga nisbatan qo`llanib, ikki xil ma’noni ifodalaydi: 1) bema’ni gaplarni ko`p gapirish holati – “E, akillayverma, Safar!-dedi buqoq, -biz nima deyapmiz-ku sen nima deyapsan. (A. Qahhor “Mehrobdan chayon”); 2) adresantning adresatga bo`lgan xurmatsizlik, norozilik, ma’nosi yuzaga chiqadi “ hozir kelib qolsa, rosa akillaydi” (So`zlashuvdan). Bu so`z asosan so`zlashuv uslubida qo`llanadi. Akilladi, akillayverma kabi leksik vositalar matn tarkibida qo`llanganda quyidagi mazmuniy munasabatlar yuzaga chiqadi:

1) bir necha bor davom etgan harakat va holatdan norozilikni; 2) nutq yoqmaydigan mavzuda ifodalanayotganligi; 3) “boshqa so`zlama” degan qat’iy inkor; 4) salbiy uslubiy baho Shuningdek, bunday leksemalar nutqda har qanday odamning so`zlash harakati va holatiga nisbatan qo`llanmaydi, aksincha, retsipiyent va produtsiyent o`rtasidagi aniq nutqiy vaziyat talab etadi, oldindan bir-birini tanishlik, “yaqinlik’, “bahs-munozara”, “jiddiy tortishuv” kabi psixolingvistik munosabatlar ham yuzaga chiqadi: “E, akillayverma, Safar! - dedi buqoq, – biz nima deyapmiz-ku, sen nima deyapsan! (A. Qahhor “Mehrobdan chayon”. )

O`zbek tilida hovullamoq leksemasi kam qo`llanib, aynan vovullamoq; g`oyat achchiqlanmoq, o`ta darajada g`azablanmoq ma’nosini ifodalaydi (O`TIL, 5, 587) Vovullamoq so`zi shevada ovullamoq shaklida ham qo`llanadi. Aynan vovullamoq. (O`TIL, III, 82). Bu leksemalar keyinroq paydo bo`lib, qadimgi turkiy til, eski o`zbek adabiy tili manbaalarida qayd etilmaydi. Bu esa hovullamoq, ovullamoq etnolingvistik birliklarini vovullamoq leksemasining dialektal shakli deb belgilashimizga asos bo`ladi. G`azablangan kuchuklarning hovullashi, tomoshabinlarning qiyqirishi ko`kni qoplaydi (Oybek, Tanlangan asarlar)

Itning ovoziga nisbatan vovullamoq so`zi ham qo`llanadi. Bu so`z o`zbek tilining izohli lug`atida quyidagicha ifodalanadi: “vov-vov” degan ovoz chiqarmoq; xurmoq ( it haqida) (O`TIL, I, 464). Misol: Darvozadan bironta sharpa sezar-sezmas, darrov zanjirlarini shildiratib, turumga yopishib vovullay boshlaydi (G’afur G`ulom). Qadimgi turkiy tilda kӭritti (kӭritur, keritmäk) (DLT,II, 352) shaklida turkiy so`zlar devonida qayd etilgan bo`lib, vovullatdi degan ma’noni ifodalaydi . Ol ïtïn kӭritti- u itini vovullatdi. Xalq dostonlarimizda ham qayd etilgan vovullamoq so`zi o`zining juda uzoq tarixga ega: Shunda habarga Elomon degan bir kishi kelgan edi. Qaysi bir kecha itlar vovullab, hurib bir kishining tovushi chiqdi (“Alpomish”). Mahmud Qoshg`ariy qarluqcha kӭritti (kӭritur, keritmäk”) so`zining pragmatik xususiyatlari haqidagi dastlabki ma’lumotlarni ko`rsatib o`tgan. Devonda xalq tilida o`rinsiz so`zlarni gapiradigan, maqtonchoq, laqma insonlarga nisbatan qo`llanadigan “ko`p karillama” iborasining yasalishiga asos bo`lgan deya izohlanadi.

Vovullamoq so`zi “vov-vov” tadliq so`zidan yasalgan bo`lib, ko`chma ma’noda insonga nisbatan salbiy munosabatni ko`rsatish maqsadida qo`llanadi. Bunda adresatning ovoz tembrini yuqoriligi ko`rsatish bilan birga, shu holatni yuzaga chiqaruvchi sabab omili inson ya’ni – nutq qaratilgan shaxs ekanligi aks etadi: [Eshon] – Senga kim qo`yibdi bunday gaplarni!-deb vovullab berdi. (P. Tursun, “O`qituvchi”).

Nutqiy harakatni ko`rsatuvchi vovullamoq, akillamoq, vakillamoq, leksik birliklarida “nasihat qilmoq”, “norozi bo`lmoq”, “yig`lamoq”, arxisemalari mavjud. Qiyoslang: Oqbo`yin akillashdan charchab, yana timirskilana boshlaganida qiya ochiq eshikka ro`baro`bo`ldi (N. Norqobilov, “Oqbo`yin”); Qoraxat kelgan kuni so`kkanimning alamini olyapti. - Voy ablah-ey! – Cholim do`stining yelkasiga qoqdi. – Qo`yaver, it akilladi qo`ydi-da. (O`.Hoshimov, “Ikki eshik orasi”) Yuqoridagi misollarning birinchisi og`zaki nutqqa, ikkinchisi esa yozma nutqqa oid bo`lib, ikkisida ham akillamoq leksemasi qo`llangan. Birinchi gapda bu so`z bosh ma’noni, itning “behudaga vovullashi” ni; yozma nutqqa oid misolda esa okkazianal ma’noni ifodalagan. Har ikki akillamoq leksemasi orqali “behuda ovora bo`lmoq”, “biror natijaga erisha olmaslik” kabi mazmun anglashiladi. Ikkinchi gapda qo`llangan it akilladi qo`ydida konstruksiyasi orqali quyidagi axborotlar mavjud:

1) nutq qaratilgan shaxsni hayvonga o`xshatish 2) uning gapirishini itning akillagan ovoziga o`xshatish 3)behuda ovora bo`lishi 4) biron natija chiqmasligi 5) beparvolik 6) ruhiy dalda berish kabi psixolingvistik bilimlar yuzaga chiqadi.

MUHOKAMA Akillayvermoq so`zi nutqda ko`chma ma’noda dag`al bo`lar bo`lmas gaplarni gapirmoq, vaysamoq, valdiramoq ma’nolarini ifodalashini yuqorida ko`rib o`tdik. O`zbek tilida go`dakning hadeb yig`layverishi, hech narsaga ovunmay yig`lashda davom etishi akillayvermoq so`zi orqali ifodalanadi (“O`zbek tilining izohli lug`ati” I, 62-b). Bu leksik birlikni go`daklarning yig`lashiga nisbatan qo`llaganimizda “yoqimsizlik”, “bezor bo`lish” kabi mazmuniy munosabatlar aks etishi bilan birga salbiy uslubiy baho ham aks etadi. Xuddi shunday mazmuniy munosabatlar vakillamoq leksemasi orqali ham ifodalanadi.

Uvullamoq Cho`ziq “uv” degan ovoz chiqarmoq ulimoq itdan ham ko`ra ko`proq bo`ri va chiyabo`ri, it, tulkining ovoziga nisbatan qo`llanadi. Qadimgi turkiy tilda ulïdï (ulïshur, ulïshmaq) shaklida qo`llangan. Mahmud Qoshg`ariy bu leksemani bo`rining ovoziga bo`ri ulïdï; ulïshdï – ulishdi. Bo`ri barcha ulïshdï – hamma bo`rilar ulishdi (ulïshur, ulïshmaq) (DLT, I, 176); itning ovoziga, odamning alamdan baqirib yig`lashiga(DLT, 3, 272) nisbatan qo`llanishini ko`rsatadi. Biroq devonda oxirgi ikki ma’nosiga misol berilmagan. Bu so`z keyinchalik eski turkiy tilda, Alisher Navoiy asarlarida o`v- tartish: O`vidan tushub bog`aro zilzila, Choqin shaklidin bo`ynida silsila (ANATIL,III, 603) shaklida qayd etiladi. O`zbek tilida bugun ham ulimoq aynan uvlamoq shaklida (O`TIl. IV, 287) ham, ulimoq shaklida ham qo`llanib kelmoqda. Faqat, ulimoq bo`ri va tulkilarning cho`ziq uv tortishini ifodalaydi. Itning ovoziga nisbatan juda kam holatlarda qo`llanadi. Yaqindagi chiroq miltirab turgan qo`rg`onda it ulidi. (S.Anorboyev, “Hukm”) Uli tortmoq aynan uv tortmoq (O`TIL, 4,278) shaklida itning ovoz harakatini ifodalaydi. Bugun o`zbek tilida uv tortmoq, uvlamoq so`zlari it, bo`ri, chiyabo`ri, tulkining ovoz harakatini ifodalashini, uli tortmoq esa itning ovozini ifodalashga nisbatan qo`llanadi. Unda bunda yaqin qishloqda itlarning yalqovlik bilan uli tortgani quloqqa chalindi (O`TIL, 4, 278) // Shu kunlarda Oqbo`yin tutqunlikdan ham ko`ra issiqdan behad azob tortardi. Gohida azbaroyi chidolmaganidan tumshug`ini ko`kka ko`tarib mungli uvlab yuborardi. (N.Norqobilov, “Oqbo`yin”); O`rikzorda ikki-uch mart chiyabo`ri uvlagani eshitildi. Ertalab havo tund, osmonni past tushgan bulutlar qoplab olgan, ayvonda chumchuqlar chirqillashardi. Uv solmoq (yoki tortmoq) “Uv” degan cho`ziq ovoz chiqarmoq (O`TIL, IV, 261) Ovul tinch , goho uzoqda, Allonbiy qo`rasi tomondan bo`ri uv tortardi. (Asqad Muxtor, “Qoraqalpoq qissasi”); Uvlamoq aynan uvillamoq. Uvlab yig`lamoq, uvlab qoldi bir to`da mal’un bo`rilar (O`TIL, IV, 262)

Alisher Navoiy dard bilan ohista yig`lamoq so`zining ma’nosini ifodalash uchun igranmoq, ulumoq leksemalarini qo`llagan2. Shuningdek “fig`on ayla” leksemasini insonning dod-faryodini aks ettirishiga, eshakning hangrashiga, itning uvillashiga nisbatan ham qo`llaydi. Masalan: Itlar aylab motam ko`p fig`on (“Navoiy asarlari tilining izohli lug`ati”, III tom 351-b)

Ҳамидов З ., Холбоева М. Алишер Навоийнинг синонимлардан фойдаланиш маҳорати. Т.: Мериус. 2010.- Б

Hozirgi o`zbek tilida it hayvoni ovoz harakatini ifodalash maqsadida har ikki leksema qo`llanadi: Lallaymay, boshidan tut!-deya buyurdi Salom duxtir - ustiga minib ol. U (duxtir) imillagancha yaradagi qurt va sochma o`qlarni bittalab terarkan, Oqbo`yin ustidan Rasulni itqitib yubormoqqa intilar, to`lg`onar, ingrar, g`ingshir, Salom do`xtirga yeb-yutib qo`ygudek tikilardi.(N,Norqobilov, “Oqbo`yin”) . Alisher Navoiy asarlari tilida ulush leksemas nola chekmoq, dod-voy qilmoq; uvillamoq, uvillashmoq, ulimoq (Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug`ati”, 3-tom, 287-b) kabi ma’nolarni ifodalaydi. Navoiy asarlari tilida itning ovoz harakatini ifodalash shakliga quyidagicha misol uchraydi: Har oqshom usruklardin horij tarona telba itlar ulishqandin nishona. Bu odatdagi vovillash yoki akillash ovozidan ko`ra farqli bo`lib,unda “jismoniy azoblanish” semasi mavjud.

Vakillamoq qo`llanishi akillamoq (O`TIL, I, 436) Uzoq (Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug`ati”, 3-tom, 287-b): Yaqindan boshqa itlar ham vakillashib, unga ovoz bera boshladi (Gazetadan). Bu leksema ham ko`chma ma’noda insonning yoqimsiz gaplarni tinimsiz gapirishiga nisbatan qo`llanib salbiy uslubiy bahoni aks ettiradi:bolalik qilib vakilladi (So`zlashuvdan) Taqliq so`zdan yasalgan fe’lni xurmoq shaklda ham qo`llaymiz. ko`chma ma’noda o`shqirmoq, qopmoq.

O`zbek tilida “dodlamoq” leksemasi o`zida “norozi bo`lmoq”, “e’tiroz bildirmoq”, shuningdek, “yig`lamoq” semalarini ifodalaydi. Masalan: Eng qizig`i devor boshida o`qtin-o`qtin ko`rinish beradigan babaq xo`roz. U o`ziga hayratomuz tikilib turgan Oqbo`yinga boshini u yonbu yon burib anchayin qarab qo`yadi-da, qanotlarini tap-tap qoqqancha, birdan qichqirib qoladiki, sho`rlikk Oqtosh jur’atsizligiga yarasha o`lgudek bo`shang– salga dodlaydi (N. Norqobilov, “Oqbo`yin”).

Yuqoridagi misolda “yig`lamoq”semasining lug`aviy darajalanishini ko`rsatayotgan “dodlamoq” leksemasi uslubiy maqsadda itga nisbatan qo`llanib, uning yig`lashini emas, balki chidamsizligini, arzimas harakat-holatlarga ham akillayverishini ifodalagan. Alillamoq so`zining o`rnida qo`llangan. Negaki, borliqda hech bir hayvonning ovoz harakatlari “dod-dod” tovushiga taqlid shaklida uchramaydi.

O`zbek tilida itning ovoziga nisbatan qo`llanuvchi xirillamoq fe’lining birgalik nisbatdagi shakli xirillashmoq so`zi (O`TIL, IV, 400) ham mavjud. Bu so`z xir-xir tovushiga taqlid so`zidan yasalgan Itlar bir-biriga xirillashdi. Bu leksemani faqat birgalik nisbatda qo`llaganimizda it hayvonining ovozi bilan bog`liq ma’nosi ifodalanadi. Ko`chma ma’noda so`zlashuv uslubida qo`llanib, birov bilan aytishmoq, urushmoq, janjallashmoq ma’nolari shakllanadi. Harakat nomi xirillamoq shaklida esa itning tovushini mutlaqo ifodalamaydi. Masalan, tashqarida kimningdir xirillagani eshitildi // tashqarida (itlar) xillashdi. Bunday shaklda boshqa tovushlarga taqlid ma’nosi birinchi planga chiqadi. E’tibor bering: Xirillamoq Qiyin-qistov bilan jonini siqmoq, mavh etmoq M: Qo`y bog`izlamoq, bog`izlangan qo`ydek xirillamoq (O`TIL, I, 168-b). Shuningdek, xirillamoq so`zi insonga nisbatan qo`llanib tomoqning xirillashini, ovozning tebrini, tovush paychalarining shikatlanganini ifodalaydi. So`zlashuv tilida birdan ortiq kishilarning o`zaro nizolashuvida g`ijillashmoq, xirillashmoq so`zlari “janjal” arxisemasini ifodalaydi:

Olamning lisoniy manzarasida o`zbek tilida irillamoq so`zi itning ovozini ifodalaydi. Bu so`z o`zbek tilining izohli lug`atida “Ir-r-r” degan ovoz chiqarmoq, hurmoq ma’nolarini ifodalaydi. (O`TIL, ) Ertasi Xidir xira boshliqto`rtta otliq itlarni kamardan topishdi. Oqbo`yin qochmadi. Orqa oyog`ini sudrab bazo`r odimlayotgan Qoplonning girdini aylanib, tahdidli irilladi.(N. Norqobilov, “Oqbo`yin”). Alisher Navoiy asarlari tilida irilda shaklida uchraydi: Gohi g`azab bilan irildab, Gardun asadi sori xirildab. ( “Navoiy asarlaritilining izohli lug`ati”, IV tom 229-b). O`zbek tilida irillamoq leksemasi ishtirok etgan matnlarda xarkterni anglatuvchi, ochib beruvchi xususiyatlar mavjud. Itning shunday harakatiga nisbatan “urushmoq” semasi insonning so`zlashuv harakatiga, so`zlash ohangiga ko`chirilib, salbiy ma’no ifodalab keladi. Hayvonot dunyosi til munosabatlariga ham o`zining ta’sirini ko`rsatadi. Shu asosdan o`zbek tili leksik fondida zoonim komponentli etnolingvistik birliklar, maqollar, iboralar, o`xshatishlar vujudga kelgan. Itning ovozini ifodalovchi bu leksema uning xarakterini ham ifodalaydi.

G`ingshimoq Uvlash, vovullashdan ko`ra ingrashga yaqinroq tovush chiqarmoq; ma’nosiz yoki ma’nosini ilg`ab bo`lmaydigan tovushlar chiqarmoq; ko`chma salbiy ma’noda zorlanuvchi, bo`lmag`ur gap qilmoq (O`TIL, V, 477) past ovoz chiqarmoq, bezovtalanmo In yonidagi chirkin xashaklar ustida cho`zilib yotgan ona it bezovta g`ingshigandan so`nggina qadam tovushlari kelayotgan tomonga o`g`irildi. (N.Norqobilov, “Oqbo`yin”)

Hurmoq so`zi hur - “vovulla”, “akilla” so`zini anglatadi. Endi birodar, men sizga aytsam, o`zingizdan ham o`tdi-da. Ko`rib turib bormadingiz-a. It boshi bilan kuchugungiz chopib keldi. – Endi u – it! Shu! O`z oti bilan – it! Bo`lgan-bo`lmaganga aralashib, hurib yotadi.(T. Murod “Ot kishnagan oqshom”) Shu topda, qishloqning darbadar itlari avjga kelgan, har tomondan hurishlarini yuksaltirganlar, tor ko`chaning tugalishidagi soy hamma uxlab jim bo`lganda haybatli ovozini boricha qo`yib yuborib, och yo`lbarsday guv-guv bo`kirardi. Qadimgi turkiy tilda hurishdi so`zi qïstashdï qïstashur, qïstashmaq ( DLT, 2, 258) shaklida qayd etilgan, lekin bu so`z itdan boshqa hayvonlarning ham hurishiga nisbatan qo`llangan. Shunday bo`lsa-da, Devonda itning ovoziga nisbatan qo`llangan faol so`z sifatida ko`plab misollarni uchratamiz: Їt qamug`tumlïg`dïn qïstashdï – hamma itlar sovuqdan hurdi (DLT, 2, 258). Shuningdek Mahmud Qoshg`ariy tomonidan itning ovoz chiqarishini lisoniy jihatdan ifodalovchi ӧrdi so`zi ham qayd etilgan. Bu so`z ko`p ma’noli so`z bo`lib, Devonda olovga nisbatan “pufladi”; itga nisbatan “hurdi” (DLT, 1,177) kabi ma’nolarini ifodalaydi. XI asrda ür tarzida talaffuz qilingan. Alisher Navoiy asarlari tilida urmak so`zi aynan hurmoq, ulimoq (ANATIL, III, 297) shaklida qo`llanib, u unlisining XI asrdagi yumshoqlik belgisi yo`qolgan. Misol: Yilon netgay urib nesh ajdahoni, It urmak birla yonmas karvoni (A.Navoiy). Alisher Navoiy xurush // xoro`sh ~ ayla; qil leksik birliklarini qichqirish, hayqirish, shovqin-suron; to`polon, janjal kabi ma’nolarda qo`llaydi (ANATIL, III, 435) Biroq bu leksemani itning ovoziga nisbatan qo`llanganlik holatini kuzatmaymiz: Atridin dahrni muattar qil. Bulbulig`a baland ayla xuro`sh, Sol xuro`shi bila ulus aro jo`sh. (A.Navoiy, “Sabbai sayyor”) Keyinchalik so`z boshidagi h undoshi qo`shilib, hurmoq shakliga kelgan va bugungi kunda ham itning ovoziga nisbatan “vov-vov”, “ak-ak”, “vak-vak” va shu kabi tovushlarni umumlashtiruvchi leksema sifatida hurmoq so`zi qo`llanadi.

MUHOKAMA Tukiy xalqlar leksik fonida jumladan, o`zbek tilida ham qo`llanadigan it kabi hurmoq, itdek akillamoq, qopmoq, irillamoq kabi o`xshatishlar, maqollar, iboralar kabi etnolingvistik birliklar ishtirok etgan og`zaki va yozma nutqqa oid matnlarda “charchamoq”, “sadoqat bilan hizmat qilmoq”, “janjal ko`tarmoq”, “vahima qilmoq” kabi inson xarakterini aks ettiruvchi psixolingvistik ma’lumotlar aks etadi. Masalan, egasidan rag`bat olgan it battar hurar iborasiga e’tibor beradigan bo`lsak, unda oddiy xizmatchi, yoki kimningdir himoyasi ostida bo`lgan insonning “homiysi” tomonidan iliq munosabat ko`rsatilayotgani, va bu “e’tibordan” ilhomlanib boshqalarga yomon munosabatda bo`lishini ko`rsatadi.

It hayvonining ovoz harakatini ifodalaovchi LSG tashkil etgan leksemalar bugungi kunda o`zbek tilida ham qo`llanib kelayotgani, hamda ulardagi yuz bergan semantik o`zgarishlarni jadval asosida izohlashimiz mumkin.

O`zbek tilining izohli Qadimgi turkiy til Navoiy asarlari tili Mazmuni lug`ati kӭritti (kӭritur, – vovillamoq Vovillatdi keritmäk) qïstashdï (qïstashur, Hurmoq qïstashmaq); ur ( urmak) Hurmoq hurishadi ürarlär (ko`plikda) ǰaңïladï (ǰaңïlar ǰaңïlamaq) – – vingishladi

siңilädi (siңilär – – vang`illamoq siңilämäk) ulïdï (ulïshur, daxshatli ulush (ulimoq) Ulimoq ulïshmaq) vovilamoq “ir-r-r”degan – irilda Irillamoq ovoz chiqarmoq ing-ng-ng degan – ing`ramoq – ovoz chiqarmoq cho`ziq “uv-v- – uvillamoq villamoq yoki uvlamoq v” degan ovoz chiqarmoq hovullamoq (kam – – vovullamoq qo`llanadi) – – xirillashmoq vovullamoq “xir-r-r” degan – – uli tortmoq ovoz chiqarmoq – – vakillamoq ayn uv tormoq – – akillamoq – – Angillamoq Vovullamoq “ang-ng-ng” uv solmoq (yoki uv – – degan ovoz tortmoq) chiqarmoq. “uv-v-v” degan – – – cho`ziq ovoz chiqarmoq. Jadvalga e’tibor bering: Yuqoridagi misollardan it hyvonining ovozini ifodalovchi lelsemalarda nafaqat semantik, balki fonetik jihatdan o`zgarishlar ro`y berganligi ko`rinadi. Qadimgi turkiy tilda qo`llangan it hayvonining ovoz harakatini ifodalovchi ayrim leksemalar Navoiy davri tilida fonetik o`zgarishga uchragan holatda o`tgan. Quyidagi jadvalda so`z o`rtasi (inlaut) dagi fonetik o`zgarish unlilar tizimida ham mavjud bo`lganiga oid misol bilan tanishamiz. ulïdï (ulïshur, ulush (ulimoq) Ulimoq dahshatli vovilamoq ulïshmaq)

XULOSA Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, o`zbek tilida hayvonlar harakatini ifodalovchi leksemalar milliy-madaniy xususiyatlarga ega. Ular xalqning tarixiy- lisoniy manzarasini aks ettiradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar11 ta adabiyot

  1. Алпанова Ш. Ўзбек тилида руҳий ҳолатнинг акс этиши. - Тошкент: Академнашр, 2019. - 112 б.
  2. Devoni lug'otut turk (indeks-lug'at) - Ziyouz.com
  3. Эгамова Ш. Алишер Навоий асарлари тилидаги қадимги туркий лексика тадқиқи.- Тошкент: Фан, 2008. -Б 119.
  4. Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2008.
  5. Неъматов Х., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. - 128 б.
  6. Содиқова М. Феъл стилистикаси. www.ziyouz.com kutubxonasi
  7. Sobirov A. o`zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish. T: Ma’naviyat, 2004
  8. Ҳамидов З ., Холбоева М. Алишер Навоийнинг синонимлардан фойдаланиш маҳорати. Т.: Мериус. 2010.- Б 58.
  9. Ўзбек тилининг изохли луғати. 4 томлик .– Тошкент: ЎзМЭ, 2008. Elektron resurslar:
  10. https://uz.khanacademy.org/science/biology/behavioral-biology/animal-behavior/a/intro- to-animal-behavior
  11. www.ziyouz.com kutubxonasi

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010528
Nashr sanasi
2023-05-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
4
DOI
10.66073/researchfocus.v2i4.115
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
106–114
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-16 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11