Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA‘LIM MUASSASALARINING ZAMONAVIY TIZIMI

Ergasheva BarnoOriental universiteti magistri2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 3Sahifa 103–105

Annotatsiya

Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi. Ushbu soha bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta‘lim muassasalarida tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu sababdan o‘quv maqolada maktabgacha pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e‘tibor qaratildi.

Boshqa tillarda

ruschaСОВРЕМЕННАЯ СИСТЕМА ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ

Наука педагогика дошкольного образования выявляет важнейшие основные причины педагогического отношения, изучает его в педагогическом процессе. Данное направление готовит будущих воспитателей к образовательной деятельности в дошкольных образовательных учреждениях. По этой причине в учебной статье особое внимание уделено разъяснению теоретических и практических вопросов дошкольной педагогики.

inglizchaTHE MODERN SYSTEM OF PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN UZBEKISTAN

The science of preschool education pedagogy identifies the causes of the most important fundamental pedagogical relations and studies them within the pedagogical process. This field prepares future educators for the work of an educator in preschool educational institutions. For this reason, particular attention is paid in this article to elucidating the theoretical and practical issues of preschool pedagogy.

Kalit so‘zlar

  • Maktabgacha ta‘lim
  • ta‘lim –tarbiya jarayoni
  • uzluksiz ta‘lim tizimi
  • axborot texnologiyalari
  • tarbiyachilar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

OʻZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARINING ZAMONAVIY TIZIMI Ergasheva Barno Оriеntаl univеrsitеti mаgistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7793394 Annotatsiya: Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi. Ushbu soha bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu sababdan o‘quv maqolada maktabgacha pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratildi. Kalit so’zlar: Maktabgacha ta’lim, ta’lim –tarbiya jarayoni, uzluksiz ta’lim tizimi, axborot texnologiyalari, tarbiyachilar, MODERN SYSTEM OF PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN UZBEKISTAN Abstract: The science of preschool education pedagogy identifies the most important main pedagogical relationship causes, studies it in the pedagogical process. This field prepares future educators for educational activities in preschool educational institutions. For this reason, special attention was paid to explaining the theoretical and practical issues of preschool pedagogy in the educational article. Key words: Pre-school education, educational process, continuous education system, information technologies, teachers, СОВРЕМЕННАЯ СИСТЕМА ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ Аннотация: Наука педагогика дошкольного образования выявляет важнейшие основные причины педагогического отношения, изучает его в педагогическом процессе. Данное направление готовит будущих воспитателей к образовательной деятельности в дошкольных образовательных учреждениях. По этой причине в учебной статье особое внимание уделено разъяснению теоретических и практических вопросов дошкольной педагогики. Ключевые слова: дошкольное образование, образовательный процесс, система непрерывного образования, информационные технологии, педагоги, KIRISH Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, jahon mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalashning qonun, qoida va tamoyillariga asoslanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim –tarbiya jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, muassasalarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan toʻldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning muhim yoʻnalishlaridan biridir[1]. Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlariga, jumladan uning maktabgacha ta’lim bosqichiga e’tibor ortib borishi bilan bir qatorda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha yoshdagi ta’lim muassasalariga jalb etish ulushi kamayib borishi bu borada maqsadli tadqiqotlar olib borish mamalakatimiz ilmiy texnikaviy dasturi, ustuvor tadqiqotlar

yoʻnalishlarining bir qsmi sifatida qaralishi mumkin. Zero, ta’kidlab oʻtganimizdek, uzluksiz ta’lim bosqichlarining samarali ishlashi ma’lum darajasida maktabgacha ta’lim sifata bogʻliq bu davrda bolaning dunyoqarashi, tasavvurlari shakllanib boʻladi. uncha toʻgʻri mazmun va yoʻnalish berish pedagogika fani, ta’lim amaliyotining dolzarb muammosidir. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota –onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular xaftda 2-3 marta shugʻullanishadi. Ota –onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi[2]. 6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim –tarbiyasi bilan shugʻullanuvchilar asosiy shart hisoblanish – bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun koʻrik vazifasini oʻtashini, oila yoki maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim –tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz oʻtkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga oʻtishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munsoabatlarida anchayin jiddiy oʻzgarishlarni yuzaga chiqardi. Shuning uchun bolani yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin boʻlmagan bilim, tushuncha, koʻnikma va malakalar bilan tanishtirish kerak boʻladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari – Oʻzbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi boʻlib, turli yoʻnalishdagi maktabgacha boʻlgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sogʻlomlashtirishni ta`minlaydi. TADQIQOT NATIJALARI Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablagʻlari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari toʻgʻrisidagi kerakli ma`lumotlarni “Oʻzbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi toʻgʻrisida Nizom” dan olishinigiz mumkin[3]. Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yoʻnalishiga koʻra, quyidagi turlarga boʻlinadi: • Bolalar yaslisi, bolalar yasli bogʻchasi, bolalar bogʻchasi, uydagi bolalar bogʻchasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida). • Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich ta`lim mussasasi (bolalar bogʻchasi-maktab). • Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yoʻnalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari. • Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi ogʻishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bogʻchasi. • Tibbiyot gigiena, profilaktika va sogʻlomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sogʻlomlashtirish bogʻchasi. • Birlashtirilgan turdagi bolalar bogʻchasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bogʻchasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sogʻlomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan koʻrinishda kiradi)[4]. Maktabgacha ta`lim muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning boʻlish davomiyligi davlatning maktabgacha ta`lim sifat va darajasiga boʻlgan talablari, nizom, maktabgacha ta`lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta`sischilar tomonidan belgilanadi.

Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil qilingan boʻlib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni boshqarish va sogʻliqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi. MUHOKAMA Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablagʻlari, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida oʻquv-ta`lim va sogʻlomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta`lim muassasasining boshqaruvi haqidagi toʻliq ma`lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta`lim muassasasi toʻgʻrisidagi Nizom” da koʻrsatilgan. Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni oʻz oldiga qoʻyadi: Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar. Oʻzbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirgʻiz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi[5]. ✓ Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich ta`lim mussasasi (bolalar bogʻchasi-maktab). ✓ Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yoʻnalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari. ✓ Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi ogʻishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bogʻchasi. ✓ Tibbiyot gigiena, profilaktika va sogʻlomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sogʻlomlashtirish bogʻchasi. ✓ Birlashtirilgan turdagi bolalar bogʻchasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bogʻchasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sogʻlomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan koʻrinishda kiradi). ✓ Bolalarni maktabda oʻqishga maqsadli va tizimli tayyorlash; ✓ Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish; ✓ Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish; ✓ Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish; ✓ Bolalarning jismoniy va ruhiy sogʻligini mustahkamlash. XULOSA Maktabgacha ta’lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar. Oʻzbekistonda maktabgacha ta’lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirgʻiz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim –tarbiyasiga qoʻyiladigan davlat talablari. T., Oʻz.PFITI, 2000y. Tuzuvchilar M.Rasulova, X.Abduraxmonova va boshqalar.
  2. Bolalarni maktabga oʻqishga tayyorlash. T.: Oʻz.PFITI. 1997y
  3. Maktabgacha ta’lim davlat standarti Oʻz.PFITI., T.: 1995y
  4. “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2010 y
  5. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’limga qoʻyilgan Davlat talblari. T.: 2000y

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010491
Nashr sanasi
2023-04-09
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
3
DOI
10.66073/researchfocus.v2i3.56
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
103–105
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
42026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06