Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mazkur maqolada Yevropa ECTS kredit-modul tizimida mustaqil ta‘lim va unga o‘qituvchining rahbarlik faoliyati haqida fikr yuritilgan bo‘lib, mustaqil ta‘limning ahimiyati, maqsadi, vazifalari talabalarning fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda mustaqil ta‘limning o‘rni, o‘z-o‘zini mustaqil ta‘lim olish bilan rivojlantirib borish, auditoriyada olingan bilimlarini mustaqil bajarish orqali mustahkamlash va bu faoliyatlarni amalga oshirishda o‘qituvchining rahbarligi haqida fikr yuritiladi.
Sadikova Umidakhan Bakhtiyar kizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada kimyo darslarida kislotalar mavzusini o‘qitishda XXI asr ko‘nikmalari: kommunikativlik, kreativ va kritik fikrlash, kollaboratsiyaga yo‘naltirilgan topshiriqlar ishlab chiqilgan bo‘lib,ulardan barcha kimyo fani o‘qituvchilari 7-sinflarda kislotalar mavzusini tushuntirishlarida foydalanishlari mumkin. Kommunikatsiya ko‘nikmalarini shakillantirishda kislotalarning kundalik hayotimizdagi ahamiyatiga bog‘lagan topshiriqlar berilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarni darsga bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga xizmat qiladi.
Rasulov Zoxid O‘sar o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
O‘yin va tomosha sport tadbirlarida estetik tajriba hodisasi bugungi kunda sport madaniyati va tomoshabinlar bilan o‘zaro aloqalarini tahlil qilishda muhim o‘rin tutadi. Bu maqolada sport tadbirlarida estetik tajriba va tomoshabinlarning estetik hissiyotlarini qanday shakllantirishini, o‘yinlarning san‘ati va dizaynining tomoshabinga ta‘sirini ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, sport voqealarining estetik yondoshuvi tomoshabinlarning sportga bo‘lgan munosabatini qanday o‘zgartirishi va estetik tajribani yanada boyitishga yordam berishini tahlil qilamiz.
Haydarkulova Mahliyo Zafarovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ta‘lim kontentini loyihalashga o‘rgatish metodikasi tahlil qilinadi. O‘qituvchilar bilan birga o‘qitish va o‘rganish jarayonida ishtirok etuvchi barcha tomonlar uchun ta‘lim kontentini loyihalashning ahamiyati ta‘kidlangan. Maqolada ta‘lim tizimi sifatini oshirish, shuningdek ta‘lim jarayonini innovatsion va samarali qilish uchun ta‘lim kontentini loyihalashning muhimligi haqida fikr yuritiladi. Boshlang‘ich ta‘limda zamonaviy dars loyihalashning dolzarbligi va boshlang‘ich maktablarda ta‘lim jarayonlarini loyihalashning ahamiyati muhokama qilinadi.
Dadaboyev Jahongir Sherdil o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada inklyuziv sinflarda adaptiv jismoniy tarbiya orqali imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Adaptiv jismoniy tarbiya nafaqat jismoniy rivojlanishni, balki psixologik va ijtimoiy integratsiyani ham ta‘minlaydi. Maqolada jamoaviy o‘yinlar, moslashtirilgan jismoniy mashqlar va rejalashtirilgan hamkorlik mashg‘ulotlari orqali bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, tengdoshlar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish va jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuviga yordam berish usullari tahlil qilinadi.
Boynazov Zafarbek Urolovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ta‘lim va tarbiya samaradorligini oshirish uchun kreativ yondashuvlar o‘quvchilarning fikrlash va o‘rganish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Kreativ yondashuvlar nafaqat o‘quvchilarni faollashtirish, balki ularni o‘zlashtirayotgan materialni chuqurroq tushunishga yo‘naltiradi.
Boynazov Zafarbek Urolovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Jamoa tuzish va uni samarali boshqarish har qanday tashkilot yoki guruh uchun muhim ahamiyatga ega. Bunday jamoalar tashkilotlarning maqsadlariga erishishida, vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda va umumiy ish samaradorligini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Jamoa tuzishning metodologiyasi, shakllari va usullari jamoaning ichki dinamikasini va tashqi muhitga qanday moslashishini belgilaydi.
Tashanov Odilboy Safar o‘g‘li, Bozorov Erkin Xojievich,, Nasirova Gulparchin Maqsud qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Yadro tibbiyotining radionuklidli tashxis usullari tibbiyotning turli sohalarida, xususan, onkologiya, kardiologiya, nevrologiya va endokrinologiyada keng tarqalgan. Ushbu maqolada radionuklidli tashxisning qo‘llanilishi, uning tashxistdagi ahamiyati va boshqa tibbiy sohalardagi o‘rni muhokama qilingan. Maqolada radionuklidli tashxis usullari orqali aniqlash va diagnostika qilishdagi texnikalar, metodologiyalar va zamonaviy taraqqiyotlar hamda ularning xavfsizligi va samaradorligiga oid ma‘lumotlar olib boriladi. Radionuklidlar ishlatiladigan texnologiyalar natijasida tezkor va aniq tashxis qo‘yish mumkin, bu esa davolash usullarini samarali tanlashda yordam beradi.
Ulmasova Ruxshona Farruxovna, Normurodova Sohiba Mallayevna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada hozirgi davrda lotin tilining tibbiyotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Lotin tili katolikdinining asosiy tili bo‘lib, tibbiyotda anatomik, klinikva farmatsevtik atamalarni shakllantirish uchun xizmatqiladi. G‘arbiy Evropa tillarining shakllanishida , mashhur va professional iboralar bilan boyitishda lotintilining roli juda kattaligi va xilma-xilligini ifodalabberadi.
Qabuljonova Gulbahor Komiljonovna, Po‘latova Sayyoraxon Obidjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada o‘zbek va turk tilshunosligida non leksemasining lingvomadaniy xususiyatlari o‘rganildi. Non komponentli frazeologik, paremaologik birliklar va o‘xshatishlar tahlilga tortildi. Ikki qardosh til qiyosida umumiy va farqli jihatlari o‘rganildi.
Nasilloyev Sunnat Shavkat ogli · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada O‘zbekiston SSRda aspirantura orqali ilmiy kadrlar tayyorlashdagi muammolar va ularning yechimlari yoritilgan. Sovet hukumati fan yutuqlaridan mavjud va bo‘lajak ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish vositasi sifatida foydalanishga intilgan. Sovet Ittifoqida oliy ta‘lim tizimida ilmiy tadqiqotlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan, shuningdek respublikalarning ilmiy maqomini oshirish va kattaroq iqtisodiy naf olish maqsadida ilmiy-tadqiqot tizimini takomillashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilingan.
Б.Э. Хайриддинов, С.А. Утаев, У.Дж. Турдиев, С.Ю. Ганиев · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada «Muborakneftgaz» MChJ huzuridagi yordamchi xo‘jalikda qurilgan biogaz qurilmasidan olinadigan biogazning yonish mahsulotlari issiqlik-fizik xususiyatlari natijalari keltirilgan.
Samiyeva Zumrad Doniyor qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Dorivor o‘simliklarni quritish ularning bioaktiv moddalarini saqlash va uzoq muddat sifatini saqlab qolish uchun muhim jarayondir. Quritish usulini to‘g‘ri tanlash o‘simliklarning kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlariga bevosita ta‘sir qiladi. Ushbu maqolada turli quritish texnologiyalari, ularning samaradorligi, shuningdek, na‘matakni quritish jarayoni batafsil yoritilgan. Quritish jarayonining asosiy bosqichlari, optimal sharoitlari va sifat baholash mezonlari keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, infraqizil va mikroto‘lqinli quritish texnologiyalari bioaktiv moddalarni saqlashda eng samarali hisoblanadi.
Norchayev Davron Rustamovich, Quralov Srojiddin Doniyorovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Respublikamiz hududida sarimsoqpiyoz yetishtirish va uni export qilish ko‘lami kengayib bormoqda. Sarimsoqpiyozni yetishtirishda xususan uni ekish jarayonida sarimsoqpiyoz piyozboshini donalarga ajratish jarayoni qo‘l mehnati orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu qo‘l mehnatiga barham berish maqsadida sarimsoqpiyoz piyozboshini donalarga ajratuvchi qurilma ishlab chiqish muhim masala bo‘lib turibdi. Bunday qurilmani yasashda bir nechta talablar qo‘yiladi. Yasalgan qurilmani bir manzildan ikkinchi manzilga ko‘chirishda qulaylikga ega bo‘lish. Qurilma ishlash jarayonida sarimsoqpiyoz donalariga shikast yetkazmaslik, donalarni po‘stlog‘idan ajralib ketmasligiga, unuvchanlik xususiyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaslik talab etiladi.
Rustam Gulomov, Murodullayev Mirzaolim, Avazbek Batoshov · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada Yangiqo‘rg‘onda tarqalgan Phlomoides Moench turlarining ro‘yxati keltirilgan. Tadqiqotning maqsadi eng so‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra Yangiqo‘rg‘on florasida turlarning tarqalishi bo‘yicha tasdiqlangan ro‘yxatni tuzishdan iborat. Ro‘yxatda har bir tur haqida quyidagi ma‘lumotlar keltirilgan: har bir takson, sinonimlarning to‘liq ro‘yxati, turlar, hayotiy shakli, yashash muhiti, ekologiyasi, fenologiyasi, nomenklaturasi, geografik tarqalishi va o‘rganilgan namunalar tanlanmasi. Tadqiqot natijasida mintaqada tarqalgan Phlomoides turkumiga mansub 5 tur aniqlandi.
Safarov Shahriyor Safarovich · АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ СОВРЕМЕННОГО ЯЗЫКОЗНАНИЯ И ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИЯ В ОБЛАСТИ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ ЯЗЫКОВ · 2025
Ushbu maqolada interferensiya hodisasi sotsiolingvistikaning bir qismi sifatida ko‘rib chiqiladi, shuningdek bilingvizmning psixologik jihatlari, kognitiv jarayonlar va tilning ona tili sohiblari tomonidan idrok etilishi tavsiflanadi.
Nasrullayev Ravshanxon Sirojxonovich · АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ СОВРЕМЕННОГО ЯЗЫКОЗНАНИЯ И ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИЯ В ОБЛАСТИ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ ЯЗЫКОВ · 2025
Maqolada ta‘limni raqamlashtirish sharoitida rus tilining transformatsiyasi tadqiq etiladi. Klip tafakkuri, o‘qitishni avtomatlashtirish va sun‘iy intellektning axloqiy xatarlari bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinadi. Innovatsiyalar: geymifikatsiya, MOOC‘lar, VR-texnologiyalar ko‘rib chiqiladi. Madaniy merosni saqlashga va gibrid modelda o‘qituvchining o‘rniga alohida e‘tibor qaratiladi. Tilning teranligiga zarar yetkazmagan holda texnologiyalarni integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar taklif etiladi.
Orziyeva Sh.Z · АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ СОВРЕМЕННОГО ЯЗЫКОЗНАНИЯ И ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИЯ В ОБЛАСТИ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ ЯЗЫКОВ · 2025
Maqolada "andisha" so‘zi konseptining o‘zbek va ingliz adabiyoti kontekstidagi xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu atamaning lingvomadaniy tahlili amalga oshirilib, uning asosiy ma‘nolari va shu ikki madaniy an‘anada qabul qilinish xususiyatlari ajratib ko‘rsatilgan. So‘zning semantik tuzilishini komponent tahlil qilishga tayangan holda, kontekstga qarab uning asosiy ma‘noviy tarkibiy qismlari aniqlangan. O‘zbekcha "andisha"ni prudence, consideration, thoughtfulness, shame kabi inglizcha ekvivalentlar bilan qiyosiy tahlil qilishga alohida e‘tibor qaratilgan; bu ekvivalentlar to‘liq sinonim emas va mazkur tushunchaning butun ma‘no doirasini yetkaza olmaydi. Maqolada, shuningdek, ushbu tushuncha bilan bog‘liq axloqiy va etik masalalarga turlicha yondashuvlarni ko‘rsatuvchi o‘zbek va ingliz badiiy adabiyotidan misollar keltirilgan.
Maxmudova Sabina Avazjonovna · АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ СОВРЕМЕННОГО ЯЗЫКОЗНАНИЯ И ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИЯ В ОБЛАСТИ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ ЯЗЫКОВ · 2025
Ushbu maqolada freym tushunchasi badiiy matnning adabiyotshunoslik tahlili kontekstida ko‘rib chiqiladi. Muallif Ch. Filmorning freymlar nazariyasiga tayanadi; unga ko‘ra so‘z va tushunchalar guruhi tajribaning sxemalashuvini shakllantiradi hamda kognitiv birliklarga uyushadi. Freym tahlilini kognitiv adabiyotshunoslikda qo‘llash, konseptual qarama-qarshiliklarni aniqlash, personaj konseptlarining o‘zgarishi va ularning badiiy matnda verballashuviga alohida e‘tibor qaratilgan. Asarlarni talqin qilishda fon bilimlari va inferensiyaning ahamiyati ta‘kidlanadi. Maqolada, shuningdek, badiiy freymni modellashtirishda va uning jahon madaniyati hamda adabiyoti uchun ahamiyatli universal kodga aylanishida kognitiv mexanizmlar tahlilining ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Mamatqulova S. Sh. · АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ СОВРЕМЕННОГО ЯЗЫКОЗНАНИЯ И ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИЯ В ОБЛАСТИ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ ЯЗЫКОВ · 2025
Ushbu maqolada raqamli davr kontekstida tarmoq adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, istiqbollari va muammolari tahlil qilinadi. Mazkur hodisaning asosiy jihatlari, jumladan gipermatnlilik, multimediyalilik, interaktivlik va keng auditoriya uchun ochiqlik ko‘rib chiqiladi. Raqamli texnologiyalar ta‘sirida an‘anaviy adabiy shakllarning o‘zgarishiga, shuningdek mualliflik huquqi va kontent sifati masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan. O‘tkazilgan tahlil natijasida tarmoq adabiyotining keyingi rivoji va uning adabiy jarayonga ta‘siri haqida xulosalar shakllantirilgan.