O‘YIN VA TOMOSHA SPORT TADBIRLARIDA ESTETIK TAJRIBA HODISASI
Rasulov Zoxid O‘sar o‘g‘liIqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi v.b. dotsenti2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 3Sahifa 73–77
Annotatsiya
O‘yin va tomosha sport tadbirlarida estetik tajriba hodisasi bugungi kunda sport madaniyati va tomoshabinlar bilan o‘zaro aloqalarini tahlil qilishda muhim o‘rin tutadi. Bu maqolada sport tadbirlarida estetik tajriba va tomoshabinlarning estetik hissiyotlarini qanday shakllantirishini, o‘yinlarning san‘ati va dizaynining tomoshabinga ta‘sirini ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, sport voqealarining estetik yondoshuvi tomoshabinlarning sportga bo‘lgan munosabatini qanday o‘zgartirishi va estetik tajribani yanada boyitishga yordam berishini tahlil qilamiz.
Boshqa tillarda
ruschaЯВЛЕНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОГО ПЕРЕЖИВАНИЯ НА СПОРТИВНЫХ МЕРОПРИЯТИЯХ И ЗРЕЛИЩАХ
Явление эстетического переживания на спортивных мероприятиях и зрелищах занимает важное место в анализе спортивной культуры и взаимодействия с зрителями. В статье рассматривается, как формируется эстетическое восприятие на спортивных событиях и как искусство и дизайн игр влияют на зрителей. Также анализируется, как эстетический подход к спортивным событиям может изменить отношение зрителей к спорту и способствовать обогащению эстетического опыта.
inglizchaTHE PHENOMENON OF AESTHETIC EXPERIENCE AT GAME AND SPECTATOR SPORTS EVENTS
The phenomenon of aesthetic experience at games and spectator sports events today occupies an important place in the analysis of sports culture and of interaction with spectators. In this article we examine aesthetic experience at sports events and how it shapes the aesthetic feelings of spectators, as well as the effect of the art and the design of the games on the spectator. We also analyse how an aesthetic approach to sporting events changes the attitude of spectators towards sport and helps to enrich aesthetic experience still further.
Kalit so‘zlar
- Sport tadbirlari
- estetik tajriba
- tomoshabin
- o‘yin san‘ati
- dizayn
- sport madaniyati
- estetik hissiyot
- tomosha
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
O‘YIN VA TOMOSHA SPORT TADBIRLARIDA ESTETIK TAJRIBA HODISASI Rasulov Zoxid O`sar o`g`li Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi Pegagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi v.b dotenti https://doi.org/10.5281/zenodo.15162925 Annotatsiya: O‘yin va tomosha sport tadbirlarida estetik tajriba hodisasi bugungi kunda sport madaniyati va tomoshabinlar bilan o‘zaro aloqalarini tahlil qilishda muhim o‘rin tutadi. Bu maqolada sport tadbirlarida estetik tajriba va tomoshabinlarning estetik hissiyotlarini qanday shakllantirishini, o‘yinlarning san’ati va dizaynining tomoshabinga ta'sirini ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, sport voqealarining estetik yondoshuvi tomoshabinlarning sportga bo‘lgan munosabatini qanday o‘zgartirishi va estetik tajribani yanada boyitishga yordam berishini tahlil qilamiz. Kalit so‘zlar: Sport tadbirlari, estetik tajriba, tomoshabin, o‘yin san’ati, dizayn, sport madaniyati, estetik hissiyot, tomosha
ЯВЛЕНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОГО ПЕРЕЖИВАНИЯ НА СПОРТИВНЫХ МЕРОПРИЯТИЯХ И ЗРЕЛИЩАХ Аннотация: Явление эстетического переживания на спортивных мероприятиях и зрелищах занимает важное место в анализе спортивной культуры и взаимодействия с зрителями. В статье рассматривается, как формируется эстетическое восприятие на спортивных событиях и как искусство и дизайн игр влияют на зрителей. Также анализируется, как эстетический подход к спортивным событиям может изменить отношение зрителей к спорту и способствовать обогащению эстетического опыта. Ключевые слова: Спортивные мероприятия, эстетическое переживание, зрители, искусство игры, дизайн, спортивная культура, эстетические эмоции, зрелище
THE PHENOMENON OF AESTHETIC EXPERIENCE IN SPORTS EVENTS AND SPECTACLES Abstract: The phenomenon of aesthetic experience in sports events and spectator shows plays a significant role in the analysis of sports culture and the interaction between spectators. This article examines how aesthetic experiences are shaped in sports events and how the art and design of games impact spectators. It also analyzes how the aesthetic approach to sports events can alter spectators' attitudes toward sports and contribute to enriching the aesthetic experience. Keywords: Sports events, aesthetic experience, spectators, game art, design, sports culture, aesthetic emotions, spectacle
KIRISH Sport tadbirlari nafaqat jismoniy kuch va mahoratni namoyish etadigan faoliyatlar, balki ular tomoshabinlarda estetik hissiyotlarni uyg‘otuvchi, madaniy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalardir. Hozirgi kunda sport o‘yinlari va tomoshalari jismoniy faoliyatdan tashqari, keng ko‘lamli estetik tajribalarni yaratishga qaratilgan. Bu jarayon nafaqat sportchilar uchun, balki tomoshabinlar uchun ham ahamiyatlidir, chunki ular o‘zining estetik hissiyotlari va tasavvurlarini shakllantiradi.
Sport tadbirlarida estetik tajriba hodisasi tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilish, ularning emotsional va vizual taassurotlarini uyg‘otish orqali sport voqealariga yangi mazmun qo‘shadi. Shuningdek, o‘yinlarning san’ati, dizayni, stadionlarning arxitekturasi va umumiy atmosferasi tomoshabinga o‘ziga xos estetik yondoshuvni taqdim etadi. Bu holat sportni nafaqat jismoniy kurash, balki madaniy tadbir sifatida qabul qilishga undaydi. Estetik tajriba sport madaniyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, sportni ommaviylashtirish va tomoshabinlar bilan yanada chuqurroq aloqalarni o‘rnatish imkonini beradi. Shu sababli, o‘yin va tomosha sport tadbirlarida estetik tajriba hodisasi, ayniqsa, hozirgi kunda, sport va madaniyatning o‘zaro bog‘liq va rivojlanayotgan sohasi sifatida dolzarb mavzu hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi o‘yin va tomosha sport tadbirlarida estetik tajriba hodisasini o‘rganish, uning tomoshabinlar bilan o‘zaro aloqalarini, shuningdek, sport voqealarining estetik yondoshuvining ta'sirini tahlil qilishdan iborat. TADQIQOT USULLARI Nazariy tahlil, empirik tadqiqot, kvalitativ tahlil, pedagogik kuzatish, kontent tahlili, statistik tahlil. Tadqiqotning metodologik asoslari estetik tajriba hodisasini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u sport tadbirlari va tomoshalarida tomoshabinlar bilan o‘zaro aloqalar, san'at va dizaynning sport voqealaridagi roli, hamda estetik hissiyotlarning shakllanish jarayonlarini tahlil qilishga imkon beradi. Tadqiqotda fenomenologik yondashuv qo‘llaniladi, bu esa sport tadbirlarida tomoshabinlarning estetik tajribalarini va hissiyotlarini o‘rganish uchun tegishli usul hisoblanadi. Shuningdek, kontseptual tahlil yordamida estetik tajriba tushunchasining sport madaniyatida qanday amalga oshirilishini va bu jarayonda estetik yondoshuvlarning ahamiyatini ko‘rib chiqish mumkin. Tadqiqot jarayonida sport tadbirlari va tomoshalarida estetik tajriba hodisasini tahlil qilish uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan. Ushbu dastur tomoshabinlarning estetik tajribalari, sport o‘yinlarining dizayni, atmosferasi, sahna san’ati, musiqasi va boshqa estetik elementlar haqida ma’lumotlar to‘plashga mo‘ljallangan. Dastur yordamida so‘rovnomalar va intervyularni onlayn yoki oflayn tarzda o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Tomoshabinlarning estetik tajribalarini o‘rganish: Dastur yordamida sport tadbirlari va tomoshalari haqida tomoshabinlardan fikrlar va hissiyotlar yig‘iladi. Sport o‘yinlari dizaynini tahlil qilish: O‘yinlarning vizual, san’at va dizayn jihatlari haqida ma’lumot to‘planadi. Estetik hissiyotlarni o‘lchash: Tomoshabinlarning sport tadbirlariga bo‘lgan estetik reaksiyalari o‘lchanadi va bu ma'lumotlar tahlil qilinadi. Kuzatish va tahlil: Dastur yordamida sport tadbirlarida kuzatish olib borish va tomoshabinlarning estetik aloqalarini o‘rganish mumkin. Ma'lumotlarni tez va aniq yig‘ish: Dastur yordamida so‘rovnomalar va intervyularni samarali tarzda o'tkazish imkoniyati yaratiladi. Bu orqali sport tadbirlari va tomoshalaridagi estetik tajribalarni to‘plash va tahlil qilish ancha tezlashadi. Tomoshabinlarning hissiyotlarini o‘lchash: Dastur tomoshabinlarning estetik hissiyotlari haqida aniq va sifatli ma'lumotlar beradi, bu esa tadqiqotning natijalarini ishonchli va ilmiy asosda chiqarishga yordam beradi.
Tadqiqot samaradorligini oshirish: Maxsus ishlab chiqilgan dastur yordamida tadqiqot jarayonida ishtirokchilarni ko‘proq jalb qilish va ularning estetik tajribalari haqida kengroq ma'lumot olish mumkin bo‘ladi. Sport madaniyatini yanada chuqurroq tushunish: Dastur orqali yig‘ilgan ma'lumotlar sport va estetik madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash va sport tadbirlarida estetik yondoshuvni rivojlantirishda yordam beradi.
1-jadval. O‘yin va tomosha sport tadbirlarida estetik tajriba dasturining qo‘llanilishi va samaradorligi Asosiy jihatlar Tavsif Sport tadbirlari va tomoshalarida estetik tajriba hodisasini tahlil qilish Ishlab chiqilgan uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan. Dastur so‘rovnomalar, intervyular dastur va kuzatuvlar orqali ma'lumotlarni yig‘adi. 1. Tomoshabinlarning estetik tajribalarini o‘rganish 2. Sport o‘yinlari dizaynini tahlil qilish Qo‘llanilishi 3. Estetik hissiyotlarni o‘lchash 4. Kuzatish va tahlil. 1. Ma'lumotlarni tez va aniq yig‘ish 2. Tomoshabinlarning hissiyotlarini o‘lchash Samaradorligi 3. Tadqiqot samaradorligini oshirish 4. Sport madaniyatini yanada chuqurroq tushunish.
2-jadvalda baholash mezonini ishlab chiqilgan. Bu tadqiqotning samaradorligini, natijalarining sifatini va tadqiqotda foydalanilgan usullarni to‘g‘ri baholash uchun muhim qadam hisoblanadi. Quyidagi mezonlar sport tadbirlarida estetik tajriba hodisasini tahlil qilishni baholashda qo‘llanishi mumkin:
2-jadval. O‘yin va tomosha sport tadbirlarida estetik tajriba dasturining samaradorligi bo`yicha baholash mezonlari Mezonlar Tavsif Tadqiqotda to‘plangan ma'lumotlarning aniqligi va Ma'lumotlarning ishonchliligi. So‘rovnoma va intervyularda olingan ishonchliligi javoblarning yagonaligi va to‘g‘riligi. Sport tadbirlarida estetik tajriba va uning tomoshabinlarga ta'siri Tadqiqotning to‘liqligi haqida olingan ma'lumotlarning kengligi va chuqurligi. Tadqiqotda qo‘llangan metodlarning (so‘rovnomalar, Usul va metodlarning intervyular, kuzatish) samaradorligi va ular sport voqealarining samaradorligi estetik tajribasini qanday aniq tahlil qilishi. Fikr va hissiyotlarning aks Tomoshabinlarning estetik tajribalarini tahlil qilishda ularning ettirilishi fikr va hissiyotlarini to‘liq aks ettirishning samaradorligi. Sport va estetik madaniyat Sport tadbirlari va estetik tajribaning o‘zaro bog‘liqligini o‘rtasidagi aloqalarni qanday aniqlash va tahlil qilish. aniqlash
Tadqiqotda ishlatilgan innovatsion metodlar va dastur Innovatsion yondoshuv vositalarining sport tadbirlaridagi estetik tajribani o‘rganishga qo‘shgan hissasi. Tadqiqotning samaradorligi va vaqtni qanday boshqarish. Samaradorlik va vaqtni Ma'lumot yig‘ish, tahlil qilish va natijalarni olishda vaqtning boshqarish samarali boshqarilishi. Tadqiqot natijalarining sport tadbirlari, tomoshalar va estetik Praktik qo‘llanilishi tajriba bilan bog‘liq sohalarda qanday qo‘llanishi mumkinligi.
Ushbu baholash mezonlari yordamida tadqiqot jarayonining sifatini, metodologiyasini va natijalarini ob'ektiv ravishda baholash mumkin bo‘ladi. Har bir mezon sport tadbirlarida estetik tajriba hodisasining tahlilini aniq va sifatli amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sport tadbirlari va tomoshalarida estetik tajriba hodisasi tomoshabinlarning estetik hissiyotlarini shakllantiradi va sport voqealariga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Sport tadbirlarida tomoshabinlar ko‘pincha o‘yinlarning dizayniga, sahna san'ati va umumiy atmosferaga e’tibor berishadi. Ushbu estetik elementlar tomoshabinlarning emotsional holatini shakllantiradi va sport voqealariga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. O‘yin dizayni va sahna san'ati tomoshabinlarning estetik tajribalarini boyitadi. Tomoshabinlar o‘yinlar yoki tomoshalarning vizual jihatlarini kuzatishda o‘zlarini qiziqtiradigan elementlarni aniqlashadi, masalan, ranglar, yoritish va musiqa. Estetik tajriba sport tadbirlarida tomoshabinlarning hissiyotlarini uyg‘otadi va ularni sport tadbirlarining bir qismi sifatida faol ishtirok etishga undaydi. XULOSALAR Sport tadbirlari va tomoshalarida estetik tajriba tomoshabinlarning hissiyotlarini va tajribalarini shakllantiradi, bu esa sport voqealariga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Estetik tajriba sport va madaniyat o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytiradi, tomoshabinlarga sport voqealarini madaniy va estetik nuqtai nazardan qabul qilishga imkon yaratadi. Tomoshabinlarning estetik reaksiyalari sport tadbirlari va tomoshalarining umumiy atmosferasi, dizayni va san'atidan shakllanadi, bu esa ularni yanada faolroq ishtirok etishga undaydi. Sport tomoshalaridagi estetik elementlar, masalan, sahna bezaklari, ranglar va musiqa, tomoshabinlarga faqat jismoniy faoliyat emas, balki estetik va madaniy voqealarni ham taqdim etadi. Estetik yondoshuvlar sport tomoshalarining madaniy qiymatini oshiradi, tomoshabinlar bilan aloqalarni mustahkamlab, sportga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantiradi. Estetik tajriba sport tadbirlarining madaniy ahamiyatini oshiradi, bu esa sportni tomoshabinlar uchun faqat jismoniy faoliyat sifatida emas, balki madaniy va estetik tadbir sifatida qadrli bo‘lishini ta'minlaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida “PF-5368-son farmoni. 2018 yil 5- mart.
- 2019-2023-yillarda O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi 2019-yil 15-fefral.
- Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sport sohasida bo‘lajak kadrlarni tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari.//Monografiya.–T.:<O‘ZKITOBSAVDO>nashriyoti/-2023.-178 b.,
- N.A.Muslimov. Kasb ta’limi mutaxassislarining kasbiy kompotentligini shakllantirish texnologiyasi, Monografiya.-T.:» Fan va texnologiya» nashriyoti, 2013.-36 b.,
- S.S.Sharipov. Kasb tanlashga yo‘llash va o‘qitish metodikasi, Darslik T.:O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2014.-133 b., G.S.Nasriddinova. Kasbga yo’naltirishning ilmiy- pedagogik asoslari. O’quv qo’llanma. –Toshkent, 2007. 56 b.
- Xolboyeva G.X. Jismoniy madaniyat mutaxassislarini kasbiy-karera faoliyatiga tayyorlash tizimini moderinizatsiyalash // Monografiya. Samarqand, nashriyoti, 2024. - 178 bet.
- Xolboyeva G.X. Jismoniy tarbiya mutaxassislari kasbiy salohiyatini zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida tizimli moderinizatsiyalash // NamDU axborotnomasi. 2024 9-son. B. 538-
- ISSN:2181-1458. ISSN:2181-0427. [13.00.01.№9].
- Xolboyeva G.X. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida jismoniy tarbiya mutaxassislarning kasbiy salohiyatini moderinizatsiyalash asosida oshirish // Scientific-theoretical journal of International education research.Vol. 2 No.ISSN 2181-4279 3-son 2024. –B.33-39.
- Holboyeva G.H., Theory and methodology of physical education. Textbook Samarqand state university edition. 2020; 56-59.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012841
- Nashr sanasi
- 2025-04-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i3.1509
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 73–77
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06