SARIMSOQPIYOZ PIYOZBOSHINI DONALARGA AJRATUVCHI QURILMANING GEOMETRIK PARAMETRLARI
Norchayev Davron Rustamovich1, Quralov Srojiddin Doniyorovich22025
- 1T.f.d., professor, "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti" direktor maslahatchisi
- 2Tayanch doktorant, "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti"
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 3Sahifa 15–20
Annotatsiya
Respublikamiz hududida sarimsoqpiyoz yetishtirish va uni export qilish ko‘lami kengayib bormoqda. Sarimsoqpiyozni yetishtirishda xususan uni ekish jarayonida sarimsoqpiyoz piyozboshini donalarga ajratish jarayoni qo‘l mehnati orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu qo‘l mehnatiga barham berish maqsadida sarimsoqpiyoz piyozboshini donalarga ajratuvchi qurilma ishlab chiqish muhim masala bo‘lib turibdi. Bunday qurilmani yasashda bir nechta talablar qo‘yiladi. Yasalgan qurilmani bir manzildan ikkinchi manzilga ko‘chirishda qulaylikga ega bo‘lish. Qurilma ishlash jarayonida sarimsoqpiyoz donalariga shikast yetkazmaslik, donalarni po‘stlog‘idan ajralib ketmasligiga, unuvchanlik xususiyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaslik talab etiladi.
Boshqa tillarda
ruschaГЕОМЕТРИЧЕСКИЕ ПАРАМЕТРЫ УСТРОЙСТВА ДЛЯ ДРОБЛЕНИЯ ЧЕСНОКА
На территории нашей республики расширяются масштабы выращивания и их экспорта чеснока. При выращивании чеснока, особенно в процессе его посадки, процесс деления луковицы чеснока на части проводят вручную. Чтобы исключить этот ручной труд, важным вопросом является разработка устройства, разделяющего головку лука на куски. Для изготовления такого устройства существует несколько требований. Наличие удобства перемещения устройства из одного места в другое. В процессе работы устройства необходимо не повредить зерна чеснока и лука, не отделить зерна от кожуры и не оказать отрицательного влияния на свойства всхожести.
inglizchaGEOMETRIC PARAMETERS OF A DEVICE FOR SEPARATING GARLIC BULBS INTO CLOVES
The scale of garlic cultivation and of its export is expanding in the territory of our republic. In growing garlic, and in particular in the process of planting it, the operation of separating the garlic bulb into cloves is still being carried out by manual labour. In order to put an end to this manual labour, the development of a device that separates the garlic bulb into cloves has become an important task. Several requirements are set for the making of such a device. It must be convenient to move the manufactured device from one site to another. During the operation of the device it is required that the garlic cloves are not damaged, that the cloves do not become separated from their skin, and that the germinating capacity is not adversely affected.
Kalit so‘zlar
- Sarimsoqpiyoz
- sarimsoqpiyoz piyozboshi
- sarimsoqpiyoz donalari
- kesik konus
- baraban
- piyozboshning bo‘yi
- radius
- sarimsoqpiyoz to‘plami
- sarimsoqpiyoz unuvchanligi
- sarimsoqpiyoz pallalari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UO‘T 631.332.8 SARIMSOQPIYOZ PIYOZBOSHINI DONALARGA AJRATUVCHI QURILMANING GEOMETRIK PARAMETRLARI 1Norchayev Davron Rustamovich, 2 Quralov Srojiddin Doniyorovich 1t.f.d., professor “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqod instituti” direktor
maslahatchisi, 2Tayanch doktorant “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqod instituti”. https://doi.org/10.5281/zenodo.15164071 Annotatsiya: Respublikamiz hududida sarimsoqpiyoz yetishtirish va uni export qilish ko’lami kengayib bormoqda. Sarimsoqpiyozni yetishtirishda xususan uni ekish jarayonida sarimsoqpiyoz piyozboshini donalarga ajratish jarayoni qo’l mehnati orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu qo’l mehnatiga barham berish maqsadida sarimsoqpiyoz piyozboshini donalarga ajratuvchi qurilma ishlab chiqish muhim masala bo’lib turibdi. Bunday qurilmani yasashda bir nechta talablar qo’yiladi. Yasalgan qurilmani bir manzildan ikkinchi manzilga ko’chirishda qulaylikga ega bo’lish. Qurilma ishlash jarayonida sarimsoqpiyoz donalariga shikast yetkazmaslik, donalarni po‘stlog’idan ajralib ketmasligiga, unuvchanlik xususiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaslik talab etiladi. Kalit so‘zlar: Sarimsoqpiyoz, sarimsoqpiyoz piyozboshi, sarimsoqpiyoz donalari, kesik konus, baraban, piyozboshning bo’yi, radius, sarimsoqpiyoz to’plami, sarimsoqpiyoz unuvchanligi, sarimsoqpiyoz pallalari.
ГЕОМЕТРИЧЕСКИЕ ПАРАМЕТРЫ УСТРОЙСТВА ДЛЯ ДРОБЛЕНИЯ ЧЕСНОКА Аннотация: На территории нашей республики расширяются масштабы выращивания и их экспорта чеснока. При выращивании чеснока, особенно в процессе его посадки, процесс деления луковицы чеснока на части проводят вручную. Чтобы исключить этот ручной труд, важным вопросом является разработка устройства, разделяющего головку лука на куски. Для изготовления такого устройства существует несколько требований. Наличие удобства перемещения устройства из одного места в другое. В процессе работы устройства необходимо не повредить зерна чеснока и лука, не отделить зерна от кожуры и не оказать отрицательного влияния на свойства всхожести. Ключевые слова: Лук чеснок, головка лука чеснока, семена лука чеснока, усеченный конус, барабан, длина головки лука, радиус, севок лука чеснока, всходы лука чеснока, кольца лука чеснока.
GEOMETRIC PARAMETERS OF THE GARLIC SEPARATOR Abstract: The scale of garlic cultivation and export is expanding in our republic. In the cultivation of garlic, especially during its planting, the process of separating the garlic bulb into grains is carried out manually. In order to eliminate this manual labor, it is important to develop a device for separating the garlic bulb into grains. Several requirements are imposed on the manufacture of such a device. The manufactured device should be convenient to move from one location to another. It is required that the device does not damage the garlic grains during operation, does not separate the grains from the husk, and does not negatively affect their germination properties.
Keywords: Garlic, garlic bulb, garlic grains, truncated cone, drum, bulb height, radius, garlic bunch, garlic germination, garlic cloves.
KIRISH O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-oktabrdagi “Sarimsoqpiyoz hamda to’qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni ko’paytirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4863-sonli qarorida [1] ham ushbu masalalarga etibor qaratilgan. Jumladan, xorijiy davlatlar fitosanitariya talablaridan kelib chiqib, avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarining eksportbop navlarini yetishtirish va eksport qilish borasidagi ishlarni tashkillashtirish masalalari qo’yilgan. Ushbu qarorning 1-ilovasida Respublikaning barcha toifa xo’jaliklarida 2021-2022 yillarda sarimsoqpiyoz mahsulotini yetishtirishning prognoz ko‘rsatgichlari 2021-yil uchun 366 046 tonna, 2022-yil uchun 383 718 tonnani, 2-ilovasida Respublikaning fermer xo‘jaliklari va qishloq xo’jaligi korxonalarida 2021- 2022 yillarda sarimsoqpiyoz mahsulotini yetishtirishning prognoz ko‘rsatgichlari 2021-yil uchun 100 683 tonna, 2022-yil uchun 107 728 tonnani, va 3-ilovasida Respublikaning dexqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa maydonlarida 2021-2022 yillarda sarimsoqpiyoz mahsulotini yetishtirishning prognoz ko‘rsatgichlari 2021-yil uchun 265 363 tonna, 2022-yil uchun 275 989 tonnani tashkil etadi. Bularni umumlashtirsak Respublikamizda 2021-yil uchun jami 732 092 tonna, 2022-yil uchun jami 767 435 tonna sarimsoqpiyoz mahsulotini yetishtirish prognoz qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi web-saytida Respublika bo‘yicha 2023- yil hosili uchun joriy yilda barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan 47,1 ming gektar, shundan, fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 10,6 ming gektar yer maydonlarga avgustsentyabr oylarida sarimsoqpiyoz ekinini ekish rejalashtirilgan. Ushbu maydonlardan 458,2 ming tonna mahsulot yetishtirish belgilanganligi aytiladi [2]. MUAMMONING O‘RGANILGANLIK DARAJASI Bu kunga qadar bir qancha dunyo olimlari sarimsoqpiyoz piyozboshini donalarga ajratuvchi qurilma ustida ishlab kelishmoqda. Xususan, Misr olimi Muhomed Ibrohimning “DEVELOPMENT OF A GARLIC BULB SEPARATOR SEPARATING UNIT” maqolasida rezina sirt bilan qoplangan aylanuvchi baraban va u bilan ma’lum masofada joylashgan rezina qoplangan sirt orasidan o’tish orqali sarimsoqpiyoz piyozboshlarini donalarga ajratuvchi qurilmani ilmiy asoslagan [3]. Dan Cujbescu, Catalin Persu, Iuliana Gageanu, Iulian Voisea, Gabriel Gheorghe, Nicoleta Ungureanularning “MECHANIZING THE GARLIC BULBS DETACHING INTO CLOVES” maqolasida gorizantal joylashga ikki aylanuvchi barabanlar orasidan o’tkazish orqali sarimsoqpiyoz piyozboshlarini donalarga ajratishni taklif etgan [4]. Taklif qilinayotgan sarimsoqpiyoz piyozboshini donalarga ajratuvchi qurilmada yuqoridagi kabi ilmiy ishlardan qisman foydalangan va xulosa qilgan holda yangicha optimallashgan qurilma ishlab chiqish va taklif qilinayotgan qurilmaning geometrik parametrlarini yoritib berish maqsad qilingan. ASOSIY QISM Qurilmani loyihalashda sarimsoqpiyoz piyozboshlari va donalarinig geometrik o’lchamlari o’rganilib chiqildi. Maqolani yoritish uchun tadqiqot davomida olingan natijalarni qisman keltirib o’tamiz. Uzinligi va tashqi diametri elektron chizg’ichdan foydalanildi [5]. Qurilmaning kesik konussimon tashqi qobig’i va barabanlari oralaridagi masofa eng katta qiymatdan kichik qiymatga
o’zgarib borishini hisobga olgan holda sarimsoqpiyoz piyozboshining eng katta hajmlilari tanlab olindi. Ularing o’lchamlari quyidagi (1-jadval) keltirilgan.
1-jadval. Sarimsoqpiyoz piyozboshlarining geometrik o’lchamlari Sarimsoqpiyoz piyozboshining max min O’rtacha geometrik o’lchamlari Bo’yi (mm) 47,42 32,33 40,76 Diametri (mm) 69,70 51,51 58,95
Bu yerda piyozboshning bo’yi – piyozboshning bosh (sochli qismi) qismidan dumli qismigacha bo’lgan masofa. Diametri esa – piyozboshning ko’ngdalang kesim yuzasi diametri nazarda tutilgan. Sarimsoqpiyoz pallalarining o’lchamlari, uzunligi va sektorning eng chetki kengliklari (diametri) mos ravishda quyidagi o’lchamlarni tashkil etadi(2-jadval).
2-jadval. Sarimsoqpiyoz donalarining o’lchamlari Kattaliklar Uzunligi (mm) Diametri (mm) O’lchamlar Max (mm) Min (mm) Max (mm) Min (mm) Yirik dona 37.02 28.66 30.63 19.94 O’rtacha dona 37.16 28.74 21.29 15.86
Hozirgi paytda sarimsoqpiyoz boshini donalarga ajratuvchi qurilma va qurilmani ishchi qismiga sarimsoqpiyoz piyozboshlarini eltuvchi mexanizm mavjud emasligini va qurilmani yasashda uning geometrik o’lchamlari inson omili bilan amalga oshishini inobatga olgan holda, ya’ni bir ishchi kuchi bir chelak sarimsoqpiyozni qurilmaning ishchi qismiga solib turish qobiliyatidan kelib chiqqan holda olindi. Inson ishchi kuchi yordamida 10 litr hajmga ega bo’lgan chelakdan foydalangan holda sarimsoqpiyoz to’plamini bunkerga solish qulay bo’ladigan darajada balandlik tanlab olish sharti kiritildi. Bu shartni bajarish uchun dastlab 10 litrli chelakga o’rtacha miqdorda qancha dona sarimsoqpiyoz piyozboshi sig’ishini hisoblab olamiz. Bunda sarimsoqpiyoz piyozboshi shar shakliga yaqin geometrik shaklga ega deb tanlab olindi. Tadqiqot jarayonlarida aniqlangan sarimsoqpiyoz piyozboshining o’rtacha diametri (Do’rt=7 sm), va o’rtacha radiusi (R=3,5 sm)dan foydalanib, bir dona piyozboshning o’rtacha hajmini topib olamiz. 4 4 Vo′rt = 3 πR3=3 × 3,14 × 3,5sm3 = 179,50(3) sm3 Bu yerda Vo′rt – O‘rtacha hajmdagi sarimsoqpiyoz piyozboshining hajmi. Bu kattalikni kichik xatoliklar olinayotgan o’lcham va parametrlarga ta’siri kichik bo’lganligidan piyozboshning o’rtacha hajmini Vo′rt = 180 sm3 deb olamiz. Bundan 10 litr, yani 10 000 sm3 hajmli chelakga o’rtacha necha dona sarimsoqpiyoz piyozboshi n sig’ishini topib olamiz. V 10000 n= = ≈ 56 Vo′rt 180 Demak, bizga sarimsoqpiyoz piyozboshlarini qurilmaning ishchi qismiga yo’naltirib beruvchi eng kamida 10000 sm3 hajmga ega bunker kerak bo’ladi. Ushbu bunker qurilmaning kesik konus shaklidagi tashqi ishchi organi yuqori asosi diametriga teng diametrdagi ma’lum
balandlikga ega slindir tanlab olindi. Qurilma bunkeriga 56 bosh piyozboshni solganimizda piyozboshlarning uchdan ikki qismi ikki qavatdan ishchi qismga va uchdan bir qismi Bunkerda qoladi deb hisoblasak, aylana shakldagi tashqi va ichki qismlar orasiga bir qavatda 19 bosh piyozboshi joylashishi kerak bo’ladi. Ichki va tashqi ishchi organlari orasiga bitta sarimsoqpiyoz piyozboshini joylashishini va bu piyozboshlar orasida taqriban 1 santimetrli masofa saqlagan holda aylana shaklda joylashadi deb hisoblasak, bu uzunligi l1 = 19 ∗ Do′rt ; l1 = 19 ∗ Do′rt = 19 ∗ 7sm = 133 sm ga teng bo’lgan aylana hosil qiladi. Bu yerda Do′rt – bitta sarimsoqpiyoz piyozboshining o’rtacha diametri. Bundan aylanani radiusini aylana uzunligini topish formulasi l=2πr orqali topsak r1 ≈ 21 sm ga teng bo’lishi kelib chiqadi. Bu r1 aylanuvchi kesik konus shaklidagi baraban markazidan ikki ishchi sirtlar yani ichki baraban va tashqi kesik konus shaklidagi ishchi organlar yuqori nuqtalari orasida joylashgan sarimsoqpiyoz piyozboshi markazigacha bo’lgan masofa. Qurilmaning Kesik konus shaklidagi ichki aylanuvchi ishchi qismini - ichki baraban, Tashqi kesik konus shaklidagi qobiqni - tashqi qobiq deb ataymiz. Bundan kelib chiqib, tashqi kesik konus shaklidagi ishchi qismning yuqori asosi diametri D ni topishimiz mumkin bo’ladi. D D = 2(r1 + 21 ) = 2(21 + 3,5) ≈ 50 sm. Sarimsoqpiyoz piyozboshi donalarga ajralishi uchun unga tasir etuvchi kuchlar donalarga ajralishi uchun unga tasir etuvchi kuchlar aylanuvchi ichki kesik konus shaklidagi baraban tasiridan va piyozbosh og’irlik kuchidan kelib chiqadi. Og’irlik kuchini jarayonga ta’sirini kamligidan tadqiqotda va qurilma o’lchamlarini olishda uning ta’siri inobatga olmaymiz. Ichki barabanni o’lchamlarini tashqi ishchi organ o’lchamlaridan kelib chiqib olamiz. Sarimsoqpiyoz unuvchanligini yo’qotmaslik maqsadida ichki barabanning tashqi tomoni hamda tashqi kesik konusning ichki qismi 1 santimetr qalinlikdagi rezina bilan qoplanadi. Ushbu rezina qalinligi va sarimsoqpiyoz o’lchamlarini inobatga olib, ichki barabanning yuqori diametri o’lchamini olamiz. D1 ≤ D − Do′rt − 2 = 50 sm − 7 sm-2sm≤41sm. Biz D1 ni 41 sm dan katta bo’lmasligi, ammo undan kichik bo’lishi ortiqcha noqulayliklarga sabab bo’lmasligi, aksincha bundan kichikroq qilib tanlasak, har xil noqulayliklarni chetlab o’tishimiz mumkinligidan uning qiymatini D1=40 sm deb tanlab olamiz. Demak, D1 - ichki baraban va tashqi qobiqning yuqori asoslari orasidagi masofa.
1-rasm. Taklif etilayotgan qurilmaning 3D modeli
Loyihalashtirilayotgan sarimsoqpiyoz piyozboshini donalarga ajratuvchi qurilma modelini keltiradi. Ushbu modelda qurilmaning quyi qismi muhim bo’lmaganligi sababli chizmada ko’rsatilmagan. Kesik konus shaklidagi ishchi organlarning yuqori asoslari diametrlari topildi. Topilgan o’lchamlar, sarimsoqpiyoz piyozboshi va donalarini o’lchamlarini inobatga olib, kesik konuslarning pastki asos diametrlari va balandliklari o’lchamlarini keltirib chiqariladi. 1- va 2- jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, qurilmadagi ichki baraban va tashki qobuqlarning quyi qismlari diametrlarini kerakli o’lchamlari keltirib chiqariladi. Sarimsoqpiyoz piyozboshi donalari to’liqligicha donalarga ajralmaslik ehtimoli mavjudligidan ichki baraban va tashqi qobiq orasidagi masofani ikki yoki uchta sarimsoqpiyoz donalari birlashmalari o’lchamlaridan katta qilib olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Sarimsoqpiyoz donalar birlashgan holda ham ularnung uzunliklari o’zgarmaganligi tufayli ularning maksimal uzunligi l = 4,8 sm. Eng yiriq ikki dona birlashgan sarimsoqpiyoz donalari kengligi esa d1 = 3,702 ∗ 2 = 7,404sm. Bulardan bilish mumkinki, donalarga to’liq ajralmagan birlashgan sarimsoqpiyoz donalari qurilmaning ishchi qismidan keyingi bosqichga o’tib olishlari uchun ichki bunker va tashqi qobiq orasidagi masofa d2 , d1 masofadan katta bo’lishi kerak. l ˂d1 ekanligidan biz d2 masofani d1 masofadan katta qilib olish kerak bo’ladi. Hisoblashlarga qulay bo’lishi uchun d2 = 8sm deb qabul qilinadi. d2 – Ichki baraban va tashqi qobiqning quyi asoslari orasidagi masofa. Ishchi organ sirtlari yasovchisi vertikal emas vertikalga burchak ostida yo’nalganligi piyozboshlarni og’irlik kuchi ta’sirida yumalash sodir etishi va o’z holatini o’zgartirishi uchun tanlab olindi. Tashqi qobiq kesik konus shakliga ega. Kesik konus yasovchisini vertikaldan og’ish burchagi tadqiqot jarayonida, sarimsoqpiyoz po’stlog’i bilan tashqi qobiq va ichki barabanlar qoplanadigan rezina o’rtasidagi dumalanish-ishqalanish, sirpanish-ishqalanish koyfitsientidan, sarimsoqpiyozning fizik-mexanik xossalaridan, sarimsoqpiyoz piyozboshini o’chamlaridan kelib chiqib olinadi. Hozirda biz bu balandlikni ixtiyoriy, yuqorida olingan o’lchamlardan keskin farq qilib ketmas darajada tanlanadi. Loyiha bo’yicha ichki barabanning balandligi h va tashqi qobiqning balandli H quyidagi holda qabul qilinadi. H˂h Bundan maqsad shundaki, donalarga ajratilishi kerak bo’lgan sarimsoqpiyoz piyozboshlarining o’rtacha o’lchamlariga qarab ichki barabanning holatini yuqoriga ko’tarish yoki pastga tushirish orqali ichki baraban va tashqi qobiqlar orasidagi masofani mos ravishda orttirish yoki kamaytirish imkoniga ega bo’lishdir. Tashqi qobiq kesik konus shakliga ega. Kesik konus yasovchisini vertikaldan og’ish burchagini sarimsoqpiyoz po’stlog’i bilan tashqi qobiq va ichki barabanlar qoplanadigan rezina o’rtasidagi dumalanish-ishqalanish, sirpanish-ishqalanish koyfitsientidan, sarimsoqpiyoz piyozboshini o’chamlaridan olinadi. Kesik konuslarning pastki asoslari diametrlaridagi farq yuqori asoslari diametrlaridagi farqdan kichik bo’lishi talab etiladi. Buning sababi donalarga ajratilgan sarimsoqpiyoz donalari qurilmaning keyingi bosqich qismiga o’tishini ta’minlashi, donalarga ajralmagan piyozboshlar esa donalarga ajralgunga qadar ishchi qismlar oralig’ida qolishga sabab bo’lishidadir. Ichki baraban va tashqi qobiqlarning balandliklarini ularning diametrlariga yaqin o’lcham bilan olamiz. H = 30 sm
XULOSA Sarimsoqpiyozni donalarga ajratuvchi qurilmani ishchi qismiga yo’naltiruvchi bunker balandligi 12 santimetr, diametri 50 santimetr bo’lgan aylana shakliga ega va uning pastki asosi balandligi qurilmaning tashqi ishchi qismining yuqori qismiga payvandlangan bo’lib, u 23 litr hajmga ega. Qurilmaning asosiy ishchi qismi ichki va tashqi joylashgan ikkita kesik konus shaklidagi qattiq metaldan yasalgan jismlardan iborat. Bunda tashqi kesik konusning katta asosi diametri 50 santimetr, kichik asosi diametri 32 santimetr, ichki kesik konusning katta asosi diametri 40 santimetr, kichik asosi diametri 22 santimetrga. Katta kesik konusning ichki, kichik kesik konusning tashqi tomoni 1 santimetr qalinlikga ega bo’lgan rezina bilan qoplangan. Kesik kunislarning balandliklari teng bo’lib 31 santimetrni tashkil etadi. Bunkerga solingan Sarimsoqpiyoz piyozboshlarini ishchi qismga yo’naltirilishi uchun kichik kesik konusning yuqori asosi asosining diametri 32 santimetr, balandligi 5 santimetr bo’lgan konusdan iborat jism bilan yopiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Https://Lex.Uz/Uz/Docs/-5407045?Ondate=27.04.2024%2000.
- Respublikamizda Sarimsoqpiyoz Mahsulotini Yetishtirishda Mexanizatsiyalashgan Qurilmagalarga Bo’lgan Ehtiyoj Va Uning Samarasi, Quralov Srojiddin Doniyorovich, Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Ilmiy Tadqiqot Instituti Tayanch Doktoranti, “Qishloq Va Suv Xo‘Jaligining Zamonaviy Muammolar” 2023-Yil, 12-13 May, 962-964-Betlar.
- Development Of A Garlic Bulb Separator: 1. Separating Unit. Misr Journal Of Agricultural Engineering · January 2013.
- Mechanizing The Garlic Bulbs Detaching Into Cloves Impozij Aktualni Zadaci Mehanizacije Poljoprivrede 47, 429-436 Betlar.
- “O‘Zbekiston Hududida Sarimsoqpiyoz Yetishtirish Texnologiyasi Va Ekish Davridagi Muammolar” Norchayev D.R., Quralov S.D. (Qxmiti), Rustamova N., Norchayev J.R. (Tiqxmmi Mtu, Qiai) “Юқори Самарали Қишлоқ Хўжалик Машиналарини Яратиш Ва Техника Воситаларидан Фойдаланиш Даражасини Оширишнинг Инновацион Ечимлари” Халқаро Илмий-Техник Конференцияси 273-276-Betlar.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012830
- Nashr sanasi
- 2025-04-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i3.1498
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 15–20
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 52026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06