YEVROPA ECTS KREDIT-MODUL TIZIMIDA MUSTAQIL TA‘LIM VA UNGA O‘QITUVCHINING RAHBARLIK FAOLIYATI
Toshmatov G‘ulomjon OlimjonovichNamangan davlat pedagogika instituti, ART pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 3Sahifa 81–84
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yevropa ECTS kredit-modul tizimida mustaqil ta‘lim va unga o‘qituvchining rahbarlik faoliyati haqida fikr yuritilgan bo‘lib, mustaqil ta‘limning ahimiyati, maqsadi, vazifalari talabalarning fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda mustaqil ta‘limning o‘rni, o‘z-o‘zini mustaqil ta‘lim olish bilan rivojlantirib borish, auditoriyada olingan bilimlarini mustaqil bajarish orqali mustahkamlash va bu faoliyatlarni amalga oshirishda o‘qituvchining rahbarligi haqida fikr yuritiladi.
Boshqa tillarda
ruschaСАМОСТОЯТЕЛЬНОЕ ОБУЧЕНИЕ И РУКОВОДСТВО ПРЕПОДАВАТЕЛЕМ В ЕВРОПЕЙСКОЙ КРЕДИТНО-МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЕ ECTS
В статье рассматривается самостоятельное обучение и руководство преподавателя в европейской кредитно-модульной системе ECTS. В ней рассматриваются важность, цели и задачи самостоятельного обучения, роль самостоятельного обучения в развитии знаний, навыков и компетенций студентов по предмету, саморазвитие посредством самостоятельного обучения, закрепление знаний, полученных в классе, посредством самостоятельной работы и руководство преподавателя при реализации этих видов деятельности.
inglizchaINDEPENDENT LEARNING IN THE EUROPEAN ECTS CREDIT-MODULE SYSTEM AND THE TEACHER‘S GUIDANCE OF IT
This article discusses independent study in the European ECTS credit-module system and the guiding activity of the teacher in it; it considers the importance, the aim and the tasks of independent study, the place of independent study in developing students‘ knowledge, skills and competences in the subject, self-development through independent study, the consolidation of the knowledge acquired in the classroom through carrying out independent work, and the guidance of the teacher in performing these activities.
Kalit so‘zlar
- mustqil ta‘lim
- qiyinchiliklar
- motivatsiya yetishmovchiligi
- vaqtni boshqarish
- o‘qituvchi rahbarligi
- doimiy nazorat
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
YEVROPA ECTS KREDIT-MODUL TIZIMIDA MUSTAQIL TA'LIM VA UNGA O'QITUVCHINING RAHBARLIK FAOLIYATI Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich Namangan davlat pedagogika instituti, ART pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.15133579 Annotatsiya: Mazkur maqolada Yevropa ECTS kredit-modul tizimida mustaqil ta'lim va unga o'qituvchining rahbarlik faoliyati haqida fikr yuritilgan bo’lib, mustaqil ta’limning ahimiyati, maqsadi, vazifalari talabalarning fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda mustaqil ta’limning o‘rni, o‘z-o‘zini mustaqil ta’lim olish bilan rivojlantirib borish, auditoriyada olingan bilimlarini mustaqil bajarish orqali mustahkamlash va bu faoliyatlarni amalga oshirishda o’qituvchining rahbarligi haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: mustqil ta’lim, qiyinchiliklar, motivatsiya yetishmovchiligi, vaqtni boshqarish, o’qituvchi rahbarligi, doimiy nazorat.
САМОСТОЯТЕЛЬНОЕ ОБУЧЕНИЕ И РУКОВОДСТВО ПРЕПОДАВАТЕЛЕМ В ЕВРОПЕЙСКОЙ КРЕДИТНО-МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЕ ECTS Аннотация: В статье рассматривается самостоятельное обучение и руководство преподавателя в европейской кредитно-модульной системе ECTS. В ней рассматриваются важность, цели и задачи самостоятельного обучения, роль самостоятельного обучения в развитии знаний, навыков и компетенций студентов по предмету, саморазвитие посредством самостоятельного обучения, закрепление знаний, полученных в классе, посредством самостоятельной работы и руководство преподавателя при реализации этих видов деятельности. Ключевые слова: самостоятельное обучение, трудности, отсутствие мотивации, управление временем, руководство учителя, постоянный контроль.
INDEPENDENT LEARNING AND TEACHER GUIDANCE IN THE EUROPEAN ECTS CREDIT-MODULE SYSTEM Abstract: This article discusses independent learning and the teacher's guidance in the European ECTS credit-module system. It discusses the importance, goals, and objectives of independent learning, the role of independent learning in the development of students' knowledge, skills, and competencies in the subject, self-development through independent learning, consolidation of knowledge acquired in the classroom through independent performance, and the teacher's guidance in implementing these activities. Keywords: independent learning, difficulties, lack of motivation, time management, teacher guidance, constant supervision.
KIRISH Hozirgi kunda Oliy ta'lim tizimida Yevropa davlatlarining ECTS kredit-modul tizimi orqali o’qitilib talabalarga o’quv dasturdagi barcha majburiy va tanlov fanlarini samarali o'rgatishda va ularning mustaqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishda keng qo'llanilmoqda. Bu tizimning asosiy maqsadi talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholashni soddalashtirishdan iborat bo'lib, ularni o'z-o'zini rivojlantirishga, mustaqil ishlarga rag'batlantirishga yo'naltiradi. Kredit-modul tizimida ta'lim jarayoni talabaga o'z bilimlarini o'zlashtirish, o'qish jarayoniga faol ishtirok etish
va o'z-o'zini baholash imkoniyatini beradi. Mustaqil ta'lim, o'z navbatida, talabalarni o'z faoliyatini boshqarishga, ilmiy izlanishlar olib borishga va o'z bilimlarini mustahkamlashga undaydi. Shu bilan birga, o'qituvchining rahbarlik roli bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Yevropa oliy ta'lim tizimida mustaqil ta'lim muhim o'rin tutadi va talabalarga ta'lim olishning yanada erkin va o'ziga xos usullarini taklif etadi. Mustaqil ta'lim bu talabalar o'z bilimlarini mustaqil ravishda oshirish, o'rgangan materiallarni tahlil qilish va qo'llash, hamda o'z oldiga belgilangan maqsadlarni erishish uchun o'z vaqtini va resurslarini boshqarish imkoniyatidir. Mustaqil ta'lim talabalarni o'zini boshqarish va mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Bu jarayon talabalarga yuqori darajadagi ijtimoiy va akademik kompetentsiyalarni rivojlantirish imkonini beradi. Yevropada ta'lim tizimi talabalarga o'z ta'lim yo'nalishini tanlashda va o'z vaqtini boshqarishda katta erkinlik beradi. Bu esa mustaqil ta'limni osonlashtiradi, chunki talabalar o'ziga mos va qulay bo'lgan o'qish jadvalini tuzishlari mumkin. Ko'plab yevropalik universitetlar onlayn ta'lim resurslari, masofaviy o'qish, forumlar va boshqa raqamli vositalarni qo'llab-quvvatlashadi. Bu talabalarni mustaqil o'rganishga undaydi va ularga o'z bilimlarini rivojlantirishda qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Yevropadagi oliy ta'lim tizimi Bologna jarayoni doirasida yagona tizimga aylangan. Bu tizimda talabalarga o'z bilimlarini mustaqil ravishda o'stirish va turli o'qish metodlarini qo'llash imkoniyatlari yaratilgan. Mustaqil ta'lim Bologna jarayonining asosiy tamoyillaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Yevropada ta'lim kredit tizimi (ECTS) yordamida talabalarga o'z o'qish jarayonini rejalashtirish va boshqarish imkoniyatlari yaratiladi. Har bir kurs yoki o'quv fani belgilangan kreditlar soni bilan o'lchanadi, va bu talabaga mustaqil ta'limni amalga oshirishda katta yordam beradi. Yevropada mustaqil ta'lim talabalarni yuqori darajada erkinlikka ega bo'lishga undaydi. Ular o'zlarini qiziqtirgan sohalarda yanada chuqurroq bilim olishlari mumkin. Shuningdek, mustaqil ta'lim talabalarga tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. ADABIYOTLAR TAHLILI Kredit-modul tizimi va mustaqil ta'limga oid bir qator ilmiy tadqiqotlar mavjud. Xususan, V. O‘rinov, M. Sultonov., A. Umarovlar (2020) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda, kreditmodul tizimida o'qish jarayonining talabalar uchun qanchalik foydali ekanligi ko'rsatilgan. Tadqiqotda, bu tizim talabalarni mustaqil ishlashga, o'z-o'zini baholashga va vaqtni samarali boshqarishga o'rgatadi. Sh.I.Yo‘ldashev (2022) tomonidan taqdim etilgan qo’llanmada esa mustaqil ta'limning pedagogik afzalliklari tahlil qilingan bo'lib, bu jarayonda o'qituvchining rahbarligi muhim o'rin tutadi. D.R. Karimova (2021) o'z tadqiqotida, o'qituvchi rahbarligida amalga oshiriladigan mustaqil ta'limning talabalar motivatsiyasini oshirish va ularning o'qishga bo'lgan qiziqishini kuchaytirishdagi o'rnini ta'kidlagan. Boshqa tadqiqotchilar R.D.Tosheva (2021) kredit-modul tizimining talabalarni yuksak darajada bilim olishga undashini, lekin ularning o'zo'zini tashkil qilishda ba'zi qiyinchiliklarga duch kelishlarini ko'rsatishgan. NATIJALAR Kredit-modul tizimi asosida o'tkazilgan ta'lim jarayonida mustaqil ta'limning ahamiyati aniq ko'rinadi. Talabalar o'qituvchidan faqat ko'rsatmalar va maslahatlar olishadi, lekin ko'p vaqtini mustaqil ishlashga sarflaydilar. Ushbu tizim orqali talabalar o'z bilimlarini yanada
mustahkamlaydi, vaqtni boshqarish ko'nikmalarini rivojlantiradi, shuningdek, ijodiy fikrlash va ilmiy izlanishlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatga erishadilar. Natijada, talabalar faqat akademik bilimlarni emas, balki shaxsiy rivojlanish, muammolarni hal etish va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini ham oshiradilar. MUHOKAMA Kredit-modul tizimida mustaqil ta'limning eng katta afzalliklaridan biri shundaki, u talabalarni o'z-o'zini tashkil qilishga undaydi. Bu tizim, shuningdek, talabalarni motivatsiyalashga yordam beradi, chunki ular o'z maqsadlariga erishish uchun o'zlari javobgar bo'lishadi. O'qituvchi rahbarligi esa, talabalar uchun kerakli yo'nalishni beradi, qiyinchiliklarga duch kelganida yordam ko'rsatadi va ular uchun to'g'ri resurslarni taqdim etadi. Biroq, bu tizimning ayrim kamchiliklari ham mavjud. Talabalar o'z-o'zini boshqarish qobiliyatiga ega bo'lmagan bo'lsa, ularning samarali ishlashlari qiyinlashadi. Shuningdek, o'qituvchining nazorati va yo'l-yo'riqlari aniq bo'lmasligi, talabalar o'z bilimlarini to'g'ri yo'naltira olmasliklariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o'qituvchining rahbarligi va ta'limni samarali tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Mustaqil ta'limning imkoniyatlari va cheklovlari: Imkoniyatlar: Mustaqil ta'lim talabalarga o'z qiziqishlariga qarab o'qish imkoniyatini beradi. Masalan, ular o'quv resurslarini (kitoblar, ilmiy maqolalar, videolar, onlayn kurslar) kengaytirishi va o'z o'rganish jarayonini nazorat qilishi mumkin. Cheklovlar: Biroq, ba'zi talabalar uchun mustaqil ta'limning ayrim qiyinchiliklari ham mavjud. Bu jarayon o'z-o'zini tashkil etishni talab qiladi va ba'zan talabalarga o'z vaqtlarini boshqarish qiyin bo'lishi mumkin. Mustaqil ta’lim olish jarayoni ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lsa-da, u bilan bog‘liq qiyinchiliklar ham mavjud. Quyida eng asosiy muammolarni ko‘rib chiqamiz: Motivatsiya yetishmovchiligi. Mustaqil o‘rganishda qat’iy nazorat yo‘qligi sababli, talaba tezda dangasalik yoki sustkashlikka berilishi mumkin. O‘z-o‘zini motivatsiya qilish qiyin bo‘lishi mumkin. Tizimli reja tuzish muammosi sababli o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish va samarali reja tuzish tajribasi bo‘lmagan talabalar qiyinchiliklarga duch kelishadi. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlamaslik natijasida ma’lumotlar chala yoki noto‘g‘ri o‘zlashtirilishi mumkin. O’quv mavzularini oz’lashtirishdagi tushunmovchiliklarni hal qilish qiyinligi sababli mustaqil ta’lim oluvchi inson murakkab mavzularni tushunishda qiynalishi mumkin. Savollar tug‘ilganda ularga tezkor javob topish mushkul bo‘ladi. Axborotning haddan tashqari ko‘pligi. Internet va kitoblarda juda ko‘p ma’lumot mavjud bo‘lgani sababli, muhimlarini ajratib olish qiyin. Ishonchsiz yoki sifatsiz manbalar bilan ishlash xavfi bor. Amaliyot yetishmovchiligi sabali nazariy bilimlarni amalda qo‘llash imkoniyati cheklangan bo‘lishi mumkin. Mustaqil ta’lim jarayonida laboratoriya, tajriba yoki muhokama elementlari yetishmaydi. Yolg‘izlik va muloqot etishmovchiligi. Jamoa yoki o‘qituvchi bilan fikr almashish imkoni cheklangan bo‘lgani uchun, bilim almashish jarayoni sust kechadi. Muammolarni muhokama qilish uchun mentor yoki murabbiy topish qiyin bo‘lishi mumkin. Mustaqil ta’lim jarayonida yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun qanday yechimlar mavjud? Ushbu savolga quyidagi javoblarni keltirib o’tamiz: Aniq reja tuzish – O‘rganish jadvali tuzish va unga rioya qilish. Kichik maqsadlar qo‘yish – Yirik mavzularni bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish.
Ishonchli manbalar tanlash – Tanlangan materiallar sifati va ishonchliligini tekshirish. Amaliy mashg‘ulotlarni oshirish – O‘rganilgan bilimlarni loyihalar yoki topshiriqlar orqali mustahkamlash. O‘quv hamjamiyatiga ya’ni qo‘shilish – O‘xshash qiziqishdagi odamlar bilan bog‘lanish, kurslar yoki forumlardan foydalanish. XULOSA Kredit-modul tizimi va mustaqil ta'lim ta'lim jarayonida samarali ishlash uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi. Talabalar o'z-o'zini rivojlantirishga, ilmiy izlanishlar olib borishga, va o'z bilimlarini mustahkamlashga undaladi. O'qituvchining rahbarligi esa bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirishda katta rol o'ynaydi. Garchi bu tizimning ba'zi cheklovlari mavjud bo'lsa-da, umumiy holda, talabalarni o'z maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Takliflar. O'qituvchilarni kredit-modul tizimi va mustaqil ta'limni samarali tashkil etish bo'yicha maxsus kurslar orqali tayyorlash zarur. 1. Talabalar uchun samarali motivatsiya tizimi yaratish, ularni mustaqil ishlarni bajarishga rag'batlantiradi. 2. Talabalar uchun ta'lim resurslarini kengaytirish, ular o'z mustaqil ishlarini samarali bajarish uchun kerakli materiallarga ega bo'lishlari kerak. 3. Mustaqil ta'lim jarayonida talabalar ishlarini doimiy ravishda nazorat qilib borish va ularning faoliyatini baholashning samarali tizimini joriy etish zarur. Shu tarzda, kredit-modul tizimi va mustaqil ta'lim talabalarni ta'limda yanada mustahkam bilim olishga, o'z-o'zini rivojlantirishga va amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirishga yordam beradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- Zaripov L., Xayitov N., Tohirov Z. Talabalar Mustaqil Ta’limini Tashkil Etish: Metodik Qo‘Llanma. - Toshkent, 2023. -163 B.
- O‘Rinov V., Sultonov M., Umarov A. O‘Zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Tashkilotlarida Ects Kredit Modul Tizimi Asosiy Tushunchalar Va Qoidalar: O‘Quv Qo‘Llanma. - Toshkent., Ma’naviyat, 2020. - 96 B.
- Yo‘Ldashev Sh.I. Talabalarning Mustaqil Ta’limining Zamonaviy O‘Quv Jarayonida Ahamiyati Va O‘Rni: Uslubiy Qo‘Llanma. - Toshkent., O‘Zmu, 2022.- 41b.
- Karimova D.R. Kredit-Modul Tizimida Mustaqil Ta’lim: Uslubiy Qo‘Llanma. - Toshkent: Complex Print, 2021. - 126 B.
- Tosheva R.D. Oliy Ta’lim Tizimida Mustaqil Ta’limning Ahamiyati: Yosh Tadqiqotchi Jurnali. Maqola. - Toshkent: 2023. - 157 B.
- Toshmatov, G. U., & To’rabayeva, M. (2024). Talabaning Musiqiy Fanlardan Mustaqil Ta’lim Topshiriqlarini Bajarish Ko’nikmalarini Shakllantirish. Journal Of Universal Science Research, 2(11), 72-78.
- Тошматов, Г., & Даминова, Г. (2022). Принципы Организации Самостоятельного Обучения В Кредитно-Модульной Системе. Общество И Инновации, 3(5/S), 50-57.
- Olimjonovich, T. G. (2024). Development Of Knowledge Of Students Through Independent Study On The Basis Of A Systematic Approach. Web Of Scientists And Scholars: Journal Of Multidisciplinary Research, 2(11), 19-24.
- Gaziyev, J. J., & Toshmatov, G. O. (2021). Acts Credit Module System And Its Implementation Activities In Higher Educational Process. Asian Journal Of Multidimensional Research, 10(9), 467-472
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012843
- Nashr sanasi
- 2025-04-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i3.1511
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 81–84
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06