O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA NON LEKSEMASI BILAN BOG‘LIQ LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLAR
Qabuljonova Gulbahor Komiljonovna1, Po‘latova Sayyoraxon Obidjon qizi22025
- 1Qo‘qon universiteti Andijon filiali Tillarni o‘qitish kafedrasi dotsenti
- 2Andijon davlat universiteti 2-kurs magistranti
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 3Sahifa 36–42
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek va turk tilshunosligida non leksemasining lingvomadaniy xususiyatlari o‘rganildi. Non komponentli frazeologik, paremaologik birliklar va o‘xshatishlar tahlilga tortildi. Ikki qardosh til qiyosida umumiy va farqli jihatlari o‘rganildi.
Boshqa tillarda
ruschaЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ЛЕКСЕМЫ NON В УЗБЕКСКОМ И ТУРЕЦКОМ ЯЗЫКАХ
В данной статье исследуются лингвокультурологические особенности лексемы non в узбекской и турецкой языкознании. Анализируются фразеологические и паремиологические единицы, содержащие компонент non, а также сравнения. Лексема non изучается посредством сопоставления двух родственных языков с акцентом на их общие и различающиеся стороны. Ключевыеслова: Лингвокультурология, фразеологические единицы, паремиологические единицы, сравнения, non, концепт, обычай, ekmek, идиома, benzetme, пословица.
inglizchaLINGUOCULTUROLOGICAL FEATURES ASSOCIATED WITH THE LEXEME NON IN THE UZBEK AND TURKISH LANGUAGES
This article studies the linguocultural features of the lexeme "non" in Uzbek and Turkish linguistics. Phraseological and paremiological units containing the component "non", as well as similes, were analysed. The common and the differing aspects were studied through a comparison of the two kindred languages.
Kalit so‘zlar
- Lingvokulturologiya
- frazeologik birliklar
- premaologik birliklar
- o‘xshatishlar
- non
- konsept
- urf-odat
- ekmek
- deyim
- benzetme
- atasözü
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA NON LEKSEMASI BILAN BOG‘LIQ LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLAR Qabuljonova Gulbahor Komiljonovna Qo‘qon universiteti Andijon filiali Tillarni o‘qitish kafedrasi dotsenti Po‘latova Sayyoraxon Obidjon qizi Andijon davlat universiteti 2-kurs magistranti E-mail: inomovasayyora619@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15208623 Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek va turk tilshunosligida non leksemasining lingvomadaniy xususiyatlari o‘rganildi. Non komponentli frazeologik, paremaologik birliklar va o‘xshatishlar tahlilga tortildi. Ikki qardosh til qiyosida umumiy va farqli jihatlari o‘rganildi. Kalit so‘zlar: Lingvokulturologiya, frazeologik birliklar, premaologik birliklar, o‘xshatishlar, non, konsept, urf-odat, ekmek, deyim, benzetme, atasözü.
LINGUO-CULTURAL FEATURES RELATED TO THE LEXEME NON IN UZBEK AND TURKISH LANGUAGES Abstract: This article examines the linguocultural characteristics of the lexeme non in Uzbek and Turkish linguistics. Phraseological and paremiological units, as well as similes containing the non component, are analyzed. The lexeme non is studied in comparison between the two sister languages, highlighting both common and distinctive aspects Keywords: Linguoculturology, phraseological units, paremiological units, similes, non, concept, custom, bread, idiom, proverb.
ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ЛЕКСЕМЫ NON В УЗБЕКСКОМ И ТУРЕЦКОМ ЯЗЫКАХ Аннотация: В данной статье исследуются лингвокультурологические особенности лексемы non в узбекской и турецкой языкознании. Анализируются фразеологические и паремиологические единицы, содержащие компонент non, а также сравнения. Лексема non изучается посредством сопоставления двух родственных языков с акцентом на их общие и различающиеся стороны. Ключевыеслова: Лингвокультурология, фразеологические единицы, паремиологические единицы, сравнения, non, концепт, обычай, ekmek, идиома, benzetme, пословица.
KIRISH Bugungirivojlanibborayotgantilshunoslikdalingvokulturologik tadqiqotlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. Tilshunoslikning yangi sohasi bo‘lmish ushbu fan til va madaniyatning kesishgan nuqtasida yuzaga keldi.Butun borliq tilda namoyon bo‘lar ekan, xalqlarning necha asrlik urfodatlari, milliy qadriyatlari, mentaliteti , turmush tarzi ham tilda o‘z aksini topadi. Frazeologik birliklar, paremaologik birliklar streotiplar, o‘xshatish va ramzlar xalqlarning urf-odatlari, kundalik turmushini o‘zida aks ettiradi va lingvokulturologiya fanining o‘rganish obyekti hisoblanadi. Insonning ijtimoiy va fiziologik faoliyatida namoyon bo‘ladigan eng asosiy ehtiyojlaridan yana biri, birlamchi ehtiyoji,bu — uning taomga bo‘lgan ehtiyojidir.[1.B.29] Taom insoniyatning hamisha birlamchi ehtijoni qondirish vazifasini bajaradi va bu borada ko‘plab xalqlarda, xususan,
o‘zbek va turk xalqida non asosiy o‘rinda turadi.Non — dunyoning ko‘plab mamlakatlarida iste’mol qilinadigan asosiy yegulik bo‘lib, non tayyorlashning ilk ko‘rinishi eramizdan avvalgi davrlarga borib taqaladi. Aniqlanishicha, birinchi xamirturishli non Misrda tayyorlangan. Non dunyo xalqlarida eng mashhur va ko‘p iste’mol qilinganligi bois uning o‘z bayram kuni bo‘lib, har yili 16-oktyabrda Butunjahon non kuni ( World Bread Day) nishonlanadi. Ushbu bayram 2006- yilda ta’sis etilib, bugungi kunga qadar nishonlab kelinmoqda. Non insoniyatning ozuqaviy ehtijonini qondirishi vositasi bo‘libgina qolmay, unga bo‘lgan munosabat orqali turli lingvomadaniy xususiyatlarni ifodalashga xizmat qiladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA O‘zbek va turk tilshunosligida non leksemasi bir qancha tilshunoslar tomonidan tahlilga tortilgan va lingvistik jihatdan o‘rganilgan. Xususan, o‘zbek tilshunosligida R.Abdullayeva “O‘zbek tilida xarakter ifodalovchi birliklar semantikasi” nomli monografiyasida o‘zbek, ingliz va rus xalqlari dunyoqarashida nonning o‘rni, o‘zbek xalqida “nonko‘r” leksemasi xarakter bildiruvchi so‘z sifatida qo‘llanilishi ta’kidlab o‘tiladi. [1.B.17-19] K.Buzurxanovaning “Non/bread konseptini lingvokognitiv va lingvokulturologik nuqati nazardan o‘rganishning ahamiyati” nomli maqolasida lingvokulturologiyada non konsepti bilan bog‘liq masalalar yoritilgan. [2.B.78-79] O.O‘razboyevning “Milliy-mental frazeologizmlar va paremiyalar lingvomadaniy boylik misolida” nomli maqolasida esa “non”, “osh”, “tuz” tushunchalarining lingvomadaniy xususiyatlari tahlil etilgan.[3.B.82-85] Turk tilshunosligida prof Hamza Zulfikar “Anlamlari, deyimleri ve çeşitleriyle ekmek”- (Ma’nolari, iboralari va turlari bilan non) nomli maqolasida non semantik va lingvokulturologik jihatdan o‘rganiladi.[2.B.12-17]Yana bir tilshunos Go‘ktash O‘merning “Türk kültürende ekmekle ilgili inanışlar” – (Turk madaniyatida non bilan bog‘liq ishonchlar) magistrlik dissertatsiyasida turk xalqining non bilan bog‘liq urf-odatlari o‘rganilgan[1.B.48-56]. MUHOKAMA VA NATIJALAR Non leksemasi fors tilidan o‘zlashgan bo‘lib, oziq-ovqat ma’nosini bildiradi. Qo‘llanilishi jihatidan ikki xil: 1.Xamirdan tayyorlanib tandir o‘choq, tova va shu kabilarda pishiriladigan yegulik; 2. Umuman yegulik-ichgulik, yashash tirikchilik uchun zaruriy narsa [4.O‘TIL.III.B.57]. XV asrgacha yozma yodgorliklarda non leksemasi uchramagan.A.Navoiy asarlari tilida non bilan birga “ekmak”, “utmak” singari so‘zlar qo‘llangan. Bu nomlar bizning tilimizda iste’moldan tushib qolgan bo‘lsa ham turk tilida “ekmek” tarzida saqlanib qolgan[5.B.27-28] Bugungi kunda shu nomda qo‘llaniladi. Turk tilshunosi Hamza Zulfikar “Anlamları deyimleri ve çeşitleriyle ekmek” – Ma’nolari, iboralari va turlari bilan non maqolasida quyidagilarni bayon etadi: “Türkler ekmek yerine farsça asıllı olan nan kelimesini uzun yıllar kullanmışlardır. Osmanlılar ekmek anlamında arapça kökenli hubz kelimesini de kullanmıştır. Ekmek kelimesi türkçedir. Dıvan-ı Luğatı- Türkte etmek biçiminde geçer. Ekmek biçimi eski metinlerde tespit edilmiştir. Günümüzde halk ağızlarında da ekmek, etmek, itmek biçiminlerinde geçen bu kelime, Bitlis’te etmeyh deyilir” [2.B.12-13] Ya’ni:Turklar ekmek o‘rnida forscha nan so‘zini uzoq yillar qo‘llashgan. Usmonlilar ekmek ma’nosida arapcha hubz so‘zini ham qo‘llashgan . Ekmek so‘zi turkchadir. “Devoni lug‘ati turkda” etmek shaklida yozilgan.Etmek shakli eski matnlarda aniqlangan. Bugungi kunda ekmek, etmek, etmeh, itmek shakllarida aytiladigan bu so‘z Bitlisda etmeyh deyiladi,— deya izohlaydi. Bundan ko‘rinadiki, dastlab, “non” har ikki xalqda birdek “ekmek” shaklida qo‘llanilgan, biroq keyinchalik o‘zbek tilida bu so‘z o‘rnida forscha “nan” – “non” so‘zini qo‘llanila boshlangan.
Non xalqning kundalik turmushidan unib chiquvchi iboralarning komponenti sifatida turli lingvomadaniy xususiyatlarni o‘zida namoyon etadi. Xususan, o‘zbek xalqida ham non komponenti bilan bog‘liq turli ifodalarni uchratishimiz mumkin. Masalan, Noni butun : Ma’lum bir kasbga yoki hunarga ega bo‘lgan o‘zining moddiy ehtiyojlarini o‘zi qondira oladigan insonga nisbatan qo‘llaniladi - “Sartarosh u dunyo bu dunyo xor bo‘lmaydi. Hamma vaqt noni butun”,— dedi kampir Shodiyaga. (E.Raimov. Ajab qishloq) Noniyarimtabo‘lmoq: Biror inson sabab bo‘lib, topayotgan pulining kamayishi - Nima—Qobilov kelib, nonimiz yarimta bo‘lib qoldimi , aksincha, qo‘lni-qo‘lga berib ishlasangiz, bitta noningiz ikkita bo‘ladi. (S.Mahkamov Shogird) Noninituyaqilmoq: Kimningdir bo‘sh-bayovligi sabab uning haqini ma’lum qismini o‘zlashtirish - “Bo‘shangilik qilsam nonimni tuya qilib berishlari aniq”,— o‘yladi Yo‘lchi. (Oybek. Qutlug‘qon ) Nonyemoq : Kunkechirmoq,tirikchiligini o‘tkazmoq - Doim hovli, yer janjalidan non yeb yuradigan bir ellikboshi, afandining yo‘lini to‘sib, ko‘rgan tushini aytib berdi. (Latifalar) Nonini yemoq : Kimdandir yordam olish - Eee sendan birov pul so‘rayaptimi ? Ol buni biz O‘zbekistonni nonini yedik pul olsak uyat bo‘ladi. Biz qiyoslayotgan turk tilshunosligida ham non komponentli quyidagi iboralar uchraydi: Ekmek parası (Non puli) : Yaşamakiçinkazanılanpara (yashash uchun topiladigan pul ) - Ellerinde nasır, sırtlarında ter, toprağa baş eğip ekmek parasını çıkarmaktan başka dertleri yoktu (Orhan Kemal. Bereketli topraklar üzerinde) (Qo‘llarida ketmon, sirtlarida ter, tuproqqa bosh egib non pulini topishdan boshqa dardlari yo‘q edi) Ekmek kapısı (Non eshigi) : Geçimsağlanan iş veya yer (Yashashni taminlaydigan ish yoki joy - Bu dükkan onun ekmek kapısıdır. (Bu do‘kon unga non olib keladigan eshikdir) Ekmek kavgası (Non topish uchun kurash, harakat) : Geçimderdi, yaşam mücadelesi (Tirikchilik dardi, kun kechirish uchun kurashish) - Kasabanın kenar mahallelerinde yaşayan insanlar, sabahın ilk ışıklarıyla birlikte ekmek kavgasına koyulurlar,kimi tarlada çalışır, kimi odun taşır, kimi de zaanat öğrenmeye çırak gider.(Sabahattin Ali. Kuyucaklı Yusuf) (Shaharchaning Kenar mahallasida yashaydigan insonlar tongninh ilk nurlari bilan birgalikda non uchun kurashni boshlaydilar,kimdir dalada ishlaydi, kimdir o‘tin tashiydi, yana kimdir hunarmandchilik ishiga ketadi) Ekmeğini taştan çikarmak (Nonini tosh ostidan chiqarmoq) : Zor şartlar altında bile çalışıp kazanç sağlamak (Sharoit qiyin bo‘lishiga qaramasdan ishlab tirikchilik qilish) - Babam yıllarca ekmeğini taştan çikardı, şimdi emekliliğin keyfini sürüyor (Dadam yillar davomida nonini toshdan chiqardi, endi nafaqaxo‘rlik davrini suryapti) Bir lokma ekmeğe muhtac olmak (Bir burda nonga muhtoj bo‘lmoq) : Fakirlik içinda yaşamak (Qashshoqlikda yashash) - Öyle bir noktaya gelmişti ki, artık bir lokma ekmeğe muhtac olmuş, her geçen gün biraz daha yoksullaşmıti O gün akşam yemeği yerine sokaktan geçen bir dilenciden aldığı bırkaç kuru ekmek parçasıyla yetinmek zorunda kaldı (Shunday bir holatga kelgandiki, endi bir luqma
nonga muhtoj bo‘ldi, har o‘tgan kun yanada yo‘qsul holatga tushayotgan edi. O‘sha kuni kechgi ovqatga bir tilanchidan olgan qattiq non parchasinigina yeyishga majbur bo‘ldi) Ekmeğini paylaşmak (Nonini bo‘lishmoq) : Sahip olduğu az bir şeyla başkalaına yardım etmek (O‘zining ozgına narsasi bilan boshqalarga yordam bermoq) - Kadınlar sabah erkenden tarlada çalışırkan heç bir karşılıksız birbirlerinin ekmeğini paylaşıyor, zor zamanlarda birbirlerine destek oluyorlardı (Ayollar erta tongdan dalada ishlarkan, hech bir qarshiliksiz nonlarini bo‘lishishardi,qiyin vaqtlarda bir birlariga dastak bo‘lishardi) Ekmeğini yemek (Nonini yemoq) : Birkishiningturli imkoniyat,yordamolgan kishiga joyga nisbatan - Bu vatanın ekmeğini yedik, ona nasıl hor bakalım (Bu vatanning nonini yedik uni qanday qilib xor qilamiz) Ekmek yiyen, ekmek verdiği kapıyı bilmez mi ? (Non yegan, non bergan eshikni bilmaydimi ? ) : İyilikgördüğükişiye nankörlük edenlere söylenir (Yaxshilik qilgan kishiga nonko‘rlik qilgan odamga aytiladi) - Ahmet yıllarca köyde ekmek parasını kazanmasına yardımcı olan amcasının hakkını inkar edince, köy halkı arasında Ekmek yiyen, ekmek verdiği kapıyı bilmez mi ? dedikleri duyulmaya başlandı (Ahmad yillar davomida qishloqda non topib yeyishiga yordamchi bo‘lgan amakisining haqqini inkor qilishi bilan, qishloqda Non yegan, non bergan eshikni bilmaydimi? degan gaplar eshitila boshladi) İki ekmek arasında kalmak (Ikkita non orasida qolmoq) : Çok zor bir durumda çaresizlik içinda olmak (Juda ham qiyin vaziyatda chorasizlikda qolish) - Feride iki ekmek arasıda kalmış gibiydi, her ne seçse birinden vazgeçmek zorundaydı (Farida ikkita non orasida qolgandek edi, har qanday tanlov qilganda ham bittasidan voz kechishi kerak edi) O‘zbek va turktillaridagi non komponentli iboralar ma’nosi va qo‘llanishi qiyoslaganda ikki xalqda hamnon majoziy ma’noda umumiy tirikchilik, kun kechirish uchun hayotiy zarurat kabi ma’nolarni anglatayotganligini ko‘ramiz. Har ikki xalq ham non ramziy ma’noda jamiyatda yashayotgan insonlarning ijtimoiy ahvoli va yashash tarzi bilan bog‘liq lingvomadaniy jihatlarni aks ettirishga xizmat qiladi. Bundan anglashiladiki, har ikki xalq madaniyatida nonning ahamiyati yuksak darajada. Insonlarning kundalik turmush tarzini maqollar yorqin ko‘rsatib bera oladii. Maqollar qisqa, ixcham va lo‘nda bo‘lishiga qaramay, zamirida chuqur ma’nolarni ifodalaydi.O‘zbek xalqida non bilan bog‘liq ko‘plab maqollarni uchratish mumkin: Non bo‘lsa bas, o‘zgasi havas; Non ham non, ushog‘i ham non; Mehnatli non — shakar, mehnatsiz non— zahar; Non yemoqchi bo‘lsang, o‘tin tashishdan erinma; Sen ishni quvsang, non seni quvar; Beliog‘rimaganningnon yeyishini ko‘r singarimaqollar qo‘llanilsa, turk tilida: Ekmek aslanın ağzında (Non sherning og‘zida); Ekmek bulursan aşını, bulamazsan başını ye (Non topsang osh yeysan topolmasang boshingni yeysan); Ekmeğini ye, şükrünü et (Noningni ye shukurini ayt); Ekmeğin büyüğü hamurun çoğundan olur (Nonning kattasi katta xamirdan bo‘ladi)singari maqollar qo‘llaniladi.
Non bilan bog‘liq har ikki xalq maqollari bir-biridan leksik komponentlari jihatidan farq qilsa-da, mazmun jihatidan o‘xshash deya olamiz. Maqollarda umumiy shukronalik, mehnat qilishlik, erishilgan natija qilingan sayi-harakatga bog‘liqligi singari ma’nolar ifodalamoqda. Ushbu maqollarning etimologiyasiga e’tiborimizni qaratsak o‘zbek xalqida odatga ko‘ra dasturxonga birinchi bo‘lib non qo‘yiladi va nonsiz taom tanovul qilinmaydi. Turk tilshunosi Hamza Zulfiqor non haqida shunday yozadi: “Ekmek yediğimiz besinlerin başında gelir. Bizde ekmeksiz sofra kurulmaz,sofradakı her yemek ekmekle yenir. Ekmeğe katık gerekir. Katıksız ekmeğe yavan ekmek denir. Yavan ekmek Anadolu’nun çeşitli köşelerinde bir zamanlar insanların tek besin maddesiydi. Gene Anadolu’de ekmeğe katık olarak soğan yenir. Kolay ve ucuz olan bu besin üzerine Bitlis’te şu olay anlantırıldı: Ölmuş arkadaşının başında ağlayan biri durmadan Ekmek çok soğan çok bu niye oluyor dermiş? [2.B.12-17]”Non yemaklarning boshida keladi, dasturxondagi hamma taom non bilan yeyiladi. Bizda yemak stoli nonsiz bo‘lmaydi. Non uchun qatiq kerak. Qatiqsiz nonga yavan ekmek deyiladi Yavan ekmek Anado‘lining bir zamonlardagi yagona yemagi edi. Anado‘lida nonga piyoz qo‘shib yeyiladi.Oson va arzon bu yemak haqida Bitlisda shunday voqea aytiladi: Bir kishi o‘lgan do‘stining boshida yig‘lab to‘xtovsiz, non bor, piyoz bor bu nimaga o‘ladi demish? Anglashiladiki, ikki xalq oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini umumiy non bilan ifodalaydi. Har ikki xalq madaniyatiga ko‘ra non muqaddas narsa va eng katta ozuqaviy ehtiyoj sifatida qaraladi va bunday odatlar, qarashlar zamirida har ikki xalqda maqollar va shu bilan bir qatorda o‘xshatishlar ham yuzaga kelgan bo‘lib nutqimizni yanada bo‘yoqdor, ta’sirchan ifodalashga xizmat qiladi. Xususan, o‘zbek tilida non komponentli o‘xshatishlarga quyidagi misosollarni keltirish mumkin: Nondekaziz: Juda ham qadrlilikni ifodalash uchun qo‘llaniladi - Bu kitob menga yaqin insonimdan hadiya, shuning uchun ham bu kitob men uchun nondek aziz Nongadoyi: Nochorlik, qashshoqlik - U yo o‘z-o‘zini o‘ldirardi, yo xizmatkor yigit bilan bir yurtga qochib, kambag‘allikda, non gadoyi bo‘lib yashardi. (Oybek. Tanlangan asarlar) Singarilarni misol qilib keltirsak, turk tilida: Ekmek gibi temiz (Non kabi toza ) :Safkatkli ve dürüst olan kişiler için kullanılır ( Sodda va halol bo‘lgan insonlarga nisbatan qo‘llaniladi) - O çoçuğun yüzü ekmek gibi temizdi, içinde kötülük yoktu (U bolaning yuzi non kabi toza edi, unda yomonlik yo‘q edi) Ekmek gibi muhtaç (Non kabi muhtoj) : Bir şeye büyük ihtiyac duymayı ifade eder (Bir narsaga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi, zarurligi) - İnsan dostluğa ekmek gibi muhtaçtır (Inson do‘stga non kabi muhtojdir) - O sevgiye ekmek gibi muhtaçtı (U sevgiga non kabi muhtoj edi) Yuqorida aytilganidek odamlar ozuqadan eng katta ehtiyoji non bo‘lganligi sababli, biror narsaning juda ham zarurligini ifodalashda, o‘zbek xalqi ham, turk xalqi ham non so‘zidan foydalanishadi. Bunday o‘xshatishlar zamirida tabiiyki, nonga bo‘lgan munosabat yotadi. Qolaversa, turk xalqi insonlarga xos halollik, poklik xususiyatni ham nonga qiyoslaydi. Bilamizki, odatga ko‘ra non eng aziz narsa sifatida qaraladi va non behurmat qilinganda, albatta, buning uchun jazolanadi deb ishoniladi. Xalqimizda onalar qadimdan bolalariga “Nonning ushog‘ini tepkilama, ko‘r bo‘lasan”,— deb uqtiradi, bolalar esa ko‘r bo‘lishdan qo‘rqib non ushog‘ini ezmazlikka, ushoqni yerga tushirmaslikka urinishadi. Shunday qilib, bolalikdan nonni e’zozlashga
va nonga behurmatlik qilishning yaxshi emasligi o‘rgatilganli tufayli tilda ma’lum bir so‘zni rost ekanligini isbotlashda yoki kimdandir norozi bo‘lganda qarg‘ish ma’nosida non komponentli ayrim so‘zlardan foydalaniladi.Masalan o‘zbek xalqida: Nonursin : Kimdandir norozi bo‘lganda qarg‘ish yoki so‘zini isbotlamoqchi bo‘lganda — O‘zimhamhayronman. Ashulasini eshitsam bo‘ldi, deyman o‘z ko‘nglimda. Ashullasiga , ovoziga ishqim bor, unaqa itlik yo‘q ... — Obbo! Itlik yo‘q sizda-ya? E to‘vba... — Non ursin agar... — Bo‘pti bo‘lmasa ! — dedi u. — Itlikni shu yerda qoldirib, uni yoniga odam bo‘lib qaytasiz. (Cho‘lpon. Kecha va kunduz)so‘zni isbotlash ma’nosida, Nonning uvoli tutsin : Norozilik,birovningqilganyaxshiligini qadrlamagan, noshukrlik qilgan odamni qoralash, la’natlash ma’nosida ishlatiladi. - Aka , nega doim shu yigitni oqlaysiz ? Shuncha yordam berdingiz, bir rahmatini aytmadi. Nonning uvoli tutsin, aka, bunday noshukrlarga rahmingiz kelmasin! Turk xalqida ham ayni shu ma’nolarda: Ekmek hakkı için (Non haqqi) : Kişisöyelediklerinin doğru olduğunu kanıtlamak için kullanılır (Kishi aytganlarini rost ekanligini isbotlash uchun qo‘llaniladi) - Ekmek hakkı için söylüyorum, o gece orada değildim! (Non haqqi gapiryapman, o‘sha kechadau yerda emasdim!) Ekmekçarpsın(Nonursin):Söylediğinindoğruolduğunuyalansöylemediğiniiddiaettiğiiçin (Aytganlarini rost ekanligini yolg‘on gapirmayotganini isbotlash uchun qo‘llaniladi) - Ekmek çarpsın, ben görmedim o mesajı! (Non ursin men ko‘rmadim u xabarni!) Ekmeğin üzerine yemin ederim (Non ustida qasam ichaman) : Bir kesin olarak doğru olduğunu belirtmek için (Bir narsaning shubhasiz to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatish uchun ) - Ekmeğin üzerine yemin ederim, o parayı ben almadım (Non haqqi qasam ichaman, u pulni men olmadim) Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘ramizki, non bilan bog‘liq pragmatik mazmun kki xalqda ham bir xil ma’noda qo‘llanilishi jihatidan mushtaraklik hosil qiladi. Non har ikki qardosh xalqda “baraka, rizq-ro‘z” ramzi hisoblanadi.Bu bilan bog‘liq nontishlashodatibo‘lib,unga ko‘ra uzoq, xatarli safarga ketayotgan erkaklarga rizqi tursin deb, butun nonni bir chetidan tishlab berishini aytishgan va tishlangan nonni yuqoriroq joyga osib qo‘yishgan. Bu odat dinimiz bilan ham bog‘liq bo‘lib, islom dinida insonning rizqi tugamaguncha umri tugamaydi deyiladi. Shu bois uzoq xatarli safarga ketayotgan erkaklarga non tishlatishadi va tishlangan nonning qolgan qismi uning rizqi hisoblanib rizqi qolgan joyga qaytib keladi degan maqsadda nonni ehtiyotlab olib qo‘yishgan. Shunday odatlar turk xalqida ham mavjud bo‘lib,turk tilshunosi Go‘ktash O‘merning “Turk madaniyatida non bilan bog‘liq ishonchlar” (Göktaş Ömer. Türk kültürende ekmekle ilgili inanışlar) tadqiqot ishida[1.B.56] “Uzak bir yolculuğa çıkacak kişiye bir parça ekmek verilerek yemesi istenir. Bu hem doyurucu bir besin sağlaması hem de koruyucu bir anlam taşıması açısından önemlidir” (Uzoq yo‘lga chiqayotgan insonga bir parcha non berilib yeyishi aytiladi, bu holat ham safarda rizqli bo‘lishi, ham himoya qilishi uchun ahamyatlidir) deyiladi. Shu bilan bir qatorda turk xalqida non bilan bog‘liq bir qancha odatlar mavjud bo‘lib ular quyidagilardir: Düğünde gelinin erkek evine uğurlanırkan bereket getirsin diye heybesine ekmek konulmasi (Nikoh to‘yida kelinning kuyovning uyiga ketishida barokat keltirsin deb olib ketayotgan narsalari orasiga non qo‘yilishi) Sofrasında birkaç defa ekmek bölenin çoçuğun çok olacağıya ınanması yanı çok çoçuğu olmasını isteyen insanlar sofrasına çok ekmek koyarlar. (Dasturxoniga nonni ko‘p qo‘yganning
bolasi ko‘p bo‘lishiga ishonishi ya’ni farzandi ko‘p bo‘lishini xohlaydigan insonlar dasturxoniga nonni ko‘p qo‘yadilar Xalqimiz urf-odatiga ko‘ra non muqaddas, aziz narsa hisoblanadi, uning ushog‘ini ham avaylab yerga tushgudek bo‘lsa, olib ko‘zga suriladi. Yotadigan o‘ringa non ushog‘i tushgan bo‘lsa, uxlaydigan odam yaxshi uxlayolmaydi, yomon tushlar ko‘radi deb yotishdan oldin yotoq non uvoqlaridan tozalanadi. Non turk xalqida ham o‘zbek xalqidagidek muqaddas hisoblanib, yuqorida keltirilgan holatlar turk xalqida ham ayni ko‘rinishda tus oladi. Go‘ktash O‘merning Turk madaniyatida non bilan bog‘liq ishonchlar (Göktaş Ömer. Türk kültürende ekmekle ilgili inanışlar) tadqiqot ishida quyidagilarni keltiradi[1]:“Türk toplumunda ekmek her yönüyle kutsaldır. Yere düşürüldüğende öpülen tek nemet ekmektir. Bu uygulama toplumumuza has bir uygulamadır. Ekmeğe asla ayakla basılmas, basıldığı takdırde günaha giriliceğine inanılır. Eğer yatakta ekmek kırıntısı olursa ve onun üzerine yatılırsa kişinin gece kötü kabuslar göreceğine ve rahatsız edileceğine inanılır... “ (Turk xalqida non har jihatdan muqaddasdir. Yerga tushganda o‘piladigan yagona ne’mat nondir. Bu odat xalqimizga xos bir odatdir. Nonni aslo oyoqda bosilmaydi, bosilgan taqdirda gunoh bo‘lishiga ishoniladi. Agar yotoqda non uvog‘i bo‘lsa va uning ustida yotilsa, kishining tunda yomon tushlar ko‘rishi va rohatsiz bo‘lishiga ishoniladi) XULOSA O‘zbek va turk tillarida non leksemasi bog‘liq lingvokulturologik xususiyatlari qiyoslab o‘rganilganda, anglashildiki, tarixan san’ati, madaniyati, qadriyatlari bir bo‘lgan qardosh xalqlar tilida non komponentli iboralar, maqollar, o‘xshatishlar anglatayotgan mazmuni jihatidan o‘xshashdir. So‘zni qo‘llanilishi ham tarixan bir xil, biroq keyinchalik o‘zgarishga uchragan. Bugungi kunga qadar ushbu mavzuda ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lsa-da, ammo lingvokulturologik jihatdan to‘liq o‘rganilmagan va bu boradagi tadqiqotlar tilshunoslikdagi dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Ермакова Л.Р. Лютонические прагматонимы и национальный характер: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. – Белгород, 2011. – С.29. O‘zbek tilidagi adabiyotlar
- Abdullayeva R. “O‘zbek tilida xarakter ifodalovchi birliklar semantikasi” monografiya. Toshken-2022 17-19 b
- 2 . Buzurxonova K. “Non/bread konseptini lingvokognitiv va lingvokulturologik nuqtai nazardan o‘rganishning ahamiyati” maqola “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” konfrensiya 78-79 b
- O‘razboyev O. “Milliy-mental frazeologizmlar va paremiyalar lingvomadaniy boylik misolida” maqola http://web-journal.ru/ 2024. 82-85 b
- O‘zbek tilining izohli lug‘ati III jild. 2022. 57b
- Xudoyorova M. O‘zbek tilidagi taom nomlarining lingvistik tahlili(Qoraqalpog‘iston hududi materiallari asosida) nom.diss.- Toshkent .2008 B.27-28 Turk tilidagi adabiyotlar
- Göktaş Ömer. “Türk kültürende ekmekle ilgili inanışlar” Yayınlanmış yüksek lisans tezi, Sakarya: Sakarya Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü 2011 48-56 s
- Hamza Zulfikar “Anlamları deyimleri ve çeşitleriyle ekmek” Türk dili.12-17 s
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012834
- Nashr sanasi
- 2025-04-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i3.1502
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 36–42
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-22 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06