Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola05.00.00Ochiq kirish

УЎТ: 644 DORIVOR O‘SIMLIKLARNI QURITISH TEXNOLOGIYASIGA UMUMIY YONDASHUV

Samiyeva Zumrad Doniyor qiziNamangan muhandislik-qurilish instituti o‘qituvchisi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 3Sahifa 21–24

Annotatsiya

Dorivor o‘simliklarni quritish ularning bioaktiv moddalarini saqlash va uzoq muddat sifatini saqlab qolish uchun muhim jarayondir. Quritish usulini to‘g‘ri tanlash o‘simliklarning kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlariga bevosita ta‘sir qiladi. Ushbu maqolada turli quritish texnologiyalari, ularning samaradorligi, shuningdek, na‘matakni quritish jarayoni batafsil yoritilgan. Quritish jarayonining asosiy bosqichlari, optimal sharoitlari va sifat baholash mezonlari keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, infraqizil va mikroto‘lqinli quritish texnologiyalari bioaktiv moddalarni saqlashda eng samarali hisoblanadi.

Boshqa tillarda

ruschaОБЩИЙ ПОДХОД К ТЕХНОЛОГИИ СУШКИ ЛЕКАРСТВЕННЫХ РАСТЕНИЙ

Сушка лекарственных растений является важным процессом сохранения их биологически активных веществ и поддержания их долгосрочного качества. Выбор правильного метода сушки напрямую влияет на химический состав и лечебные свойства растений. В этой статье подробно рассматриваются различные технологии сушки, их эффективность, а также процесс сушки ткани. Представлены основные этапы процесса сушки, оптимальные условия и критерии оценки качества. Результаты исследования показывают, что наиболее эффективными для сохранения биологически активных веществ являются инфракрасная и микроволновая технологии сушки.

inglizchaDORIVOR O‘SIMLIKLARNI QURITISH TEXNOLOGIYASIGA UMUMIY YONDASHUV

Drying medicinal plants is an important process for preserving their bioactive substances and maintaining their quality over a long period. The correct choice of drying method has a direct effect on the chemical composition and the medicinal properties of the plants. This article covers in detail the various drying technologies, their effectiveness and also the process of drying rosehip. The main stages of the drying process, its optimal conditions and the criteria for assessing quality are presented. The results of the research show that infrared and microwave drying technologies are considered the most effective for preserving bioactive substances.

Kalit so‘zlar

  • Dorivor o‘simliklar
  • quritish texnologiyasi
  • bioaktiv moddalar
  • infraqizil quritish
  • mikroto‘lqinli quritish
  • na‘matak
  • o‘simliklarni saqlash
  • namlik darajasi
  • sifat nazorati
  • efir moylari

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

УЎТ: 644 DORIVOR O‘SIMLIKLARNI QURITISH TEXNOLOGIYASIGA UMUMIY YONDASHUV Samiyeva Zumrad Doniyor qizi Namangan muhandislik qurilish instituti o‘qituvchisi E-mail: zumradsamiyeva1991@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15133289 Annotatsiya: Dorivor o‘simliklarni quritish ularning bioaktiv moddalarini saqlash va uzoq muddat sifatini saqlab qolish uchun muhim jarayondir. Quritish usulini to‘g‘ri tanlash o‘simliklarning kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlariga bevosita ta’sir qiladi. Ushbu maqolada turli quritish texnologiyalari, ularning samaradorligi, shuningdek, na’matakni quritish jarayoni batafsil yoritilgan. Quritish jarayonining asosiy bosqichlari, optimal sharoitlari va sifat baholash mezonlari keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, infraqizil va mikroto‘lqinli quritish texnologiyalari bioaktiv moddalarni saqlashda eng samarali hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Dorivor o‘simliklar, quritish texnologiyasi, bioaktiv moddalar, infraqizil quritish, mikroto‘lqinli quritish, na’matak, o‘simliklarni saqlash, namlik darajasi, sifat nazorati, efir moylari.

ОБЩИЙ ПОДХОД К ТЕХНОЛОГИИ СУШКИ ЛЕКАРСТВЕННЫХ РАСТЕНИЙ Аннотация: Сушка лекарственных растений является важным процессом сохранения их биологически активных веществ и поддержания их долгосрочного качества. Выбор правильного метода сушки напрямую влияет на химический состав и лечебные свойства растений. В этой статье подробно рассматриваются различные технологии сушки, их эффективность, а также процесс сушки ткани. Представлены основные этапы процесса сушки, оптимальные условия и критерии оценки качества. Результаты исследования показывают, что наиболее эффективными для сохранения биологически активных веществ являются инфракрасная и микроволновая технологии сушки. Ключевые слова: Лекарственные растения, технология сушки, биологически активные вещества, инфракрасная сушка, микроволновая сушка, манная крупа, сохранение растений, уровень влажности, контроль качества, эфирные масла.

A GENERAL APPROACH TO THE TECHNOLOGY OF DRYING MEDICINAL PLANTS Abstract: Drying medicinal plants is an important process for preserving their bioactive substances and maintaining their long-term quality. The correct choice of drying method directly affects the chemical composition and medicinal properties of plants. This article describes in detail various drying technologies, their effectiveness, as well as the drying process of na'matak. The main stages of the drying process, optimal conditions and quality assessment criteria are presented. The results of the study show that infrared and microwave drying technologies are the most effective in preserving bioactive substances. Keywords: Medicinal plants, drying technology, bioactive substances, infrared drying, microwave drying, na'matak, plant preservation, humidity level, quality control, essential oils.

KIRISH Dorivor o‘simliklarni quritish ularning bioaktiv moddalarini saqlab qolish va uzoq muddat saqlash uchun muhim texnologik jarayondir. Quritish usulining to‘g‘ri tanlanishi o‘simliklarning kimyoviy tarkibini, xushbo‘yliligini va dorivor xususiyatlarini maksimal darajada saqlash imkonini beradi. Ushbu bo‘limda dorivor o‘simliklarni quritish texnologiyasiga umumiy yondashuv, asosiy bosqichlar va samarali quritish sharoitlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston O‘rta Osiyo quruq meva, sabzavotlar bilan birgalikda dorivor o‘simliklar xom ashyosini ishlab chiqarishda xam yetakchi o‘rinlardan birida turadi [1]. Dorivor o‘simliklarning quritish jarayoni ularning kimyoviy tarkibi, bioaktiv moddalari va dorivor xususiyatlarini saqlash uchun muhim bosqich hisoblanadi. Quritish, odatda, namlik materialga issiqlikni qo‘llash va uchuvchan ho‘l tarkibiy qismlarni (ko‘p hollarda suv) yo‘q qilish jarayonini anglatadi[2]. Quritish usuli va rejimi mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir qiladi. An’anaviy konvektiv quritish va zamonaviy infraqizil (IQ) quritish texnologiyalarining samaradorligini o‘rganish ushbu jarayonni optimallashtirish uchun zarurdir. Na’mataklarni quritish jarayoni mahsulot sifatini saqlab qolish va energiya samaradorligini ta’minlash uchun muhim jarayondir. TADQIQOT MATERIALLARI VA USULI Keling, o‘simlik materiallarini quritish texnologiyasiga umumiy yondashuvlarni ko‘rib chiqaylik. Bunday materiallarni tabiiy va sun’iy quritish tamoyillari bir xil bo‘lib, materialda ham, atrof-muhitda ham sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan belgilanadi[3,6]. Umuman olganda, quritishni jarayon sifatida ko‘rib chiqish kerak: - material ichidagi namlikning harakatlanishi; - namlikning bug‘shakliga o‘tishi; - uning material yuzasidan bug‘lanishi; - quritish kamerasidan tashqarida namlikni olib tashlash. Dorivor o‘simliklarni quritishning asosiy maqsadi: Bioaktiv moddalarni saqlash (efir moylari, flavonoidlar, alkaloidlar, vitaminlar). Namlik miqdorini kamaytirish (saqlash davomiyligini oshirish va chirishga qarshi kurash). Mikrobiologik xavfsizlikni ta’minlash (zamburug‘va bakteriyalarning oldini olish). O‘simliklarning tabiiy rangini, hidini va ta’mini saqlash. Quritish jarayonining umumiy bosqichlari 1. Xomashyoni tanlash va tayyorlash To‘g‘ri yig‘im vaqti: O‘simliklar bioaktiv moddalarga eng boy bo‘lgan vaqtda yig‘ilishi kerak (masalan, Na’matak mevalari to‘liq pishib etilmasdan qizil rangga о‘a boshlagandan to sovuq tushguncha yig‘iladi. Hosil to‘liq pishganda (sentyabr oylarida) yig‘ish tavsiya etilmaydi. Chunki pishib yetilgan mevalarni quritish qiyin va o‘simlik o‘sadigan maydonlarda sovuq tushishi natijasida undagi askorbin kislotaning keskin kamayib ketishi ham kuzatilgan). Tozalash: Chang, tuproq va boshqa aralashmalardan tozalash. Kesish: Quritish jarayonini tezlashtirish uchun katta barg va poyalarni mayda bo‘laklarga bo‘lish[5]. 2. Quritish usulini tanlash 1-jadval. Dorivor o‘simliklar uchun quyidagi quritish texnologiyalari qo‘llaniladi: Quritish usuli Harorat (°C) Afzalliklari Kamchiliklari Tabiiy quritish (soyali joyda) 20-30°C 10-15 kun Arzon, tabiiy usul

Tez, samarali, sanoat Konvektiv quritish 50-70°C 8-12 soat uchun mos Tez va sifatli, foydali Infraqizil quritish 40-60°C 6-10 soat moddalarni saqlaydi Eng yaxshi sifat, Vakuum quritish 40-50°C 5-8 soat vitaminlar saqlanadi Mikroto‘lqinli quritish 60-80°C 2-4 soat Juda tez, sifatli natija

Quritish sharoitlari va samaradorlikka ta’sir qiluvchi omillar 2-jadval. Dorivor o‘simliklarni quritish jarayonining samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq: Omil Ta’siri Haddan tashqari yuqori harorat bioaktiv moddalarni parchalaydi. Optimal Harorat diapazon 30-60°C. Havo aylanishi Doimiy shamollatish namlikning tezroq chiqishini ta’minlaydi. Namlik darajasi Past namlikda quritish tezroq sodir bo‘ladi. Quritish vaqti Haddan tashqari uzoq quritish natijasida o‘simliklarning sifati pasayishi mumkin. Quritish usuli Har bir o‘simlik turi uchun optimal quritish usulini tanlash muhim.

Quritilgan mahsulotning sifatini baholash 3-jadval. Quritish tugagandan so‘ng, dorivor o‘simliklarning sifatini quyidagi mezonlar bo‘yicha tekshirish kerak: Mezon Talablar Namlik miqdori 5-12% oralig‘ida bo‘lishi kerak. Rang Tabiiy rang saqlanishi lozim, kuyish belgilari bo‘lmasligi kerak. Hid Xushbo‘y efir moylari saqlangan bo‘lishi lozim. Strukturaviy yaxlitlik Barg va gullar butunligi saqlanishi kerak, maydalangan bo‘lmasligi lozim.

NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI. Agar IQ nurlanish spektri qizdirilgan tananing optik xususiyatlariga mos keladigan bo‘lsa, bunday ta’sirning samaradorligi sezilarli darajada oshadi. Bu shuni anglatadiki, maksimal isitish effektiga erishish uchun quritilgan materialning eng katta assimilyatsiya qobiliyatiga ega bo‘lgan to‘lqin uzunligiga teng bo‘lgan IQ nurlanishining to‘lqin uzunligini tanlash kerak. Nihoyat, agar quritilayotgan material ichidagi harorat gradienti qandaydir tarzda oshishi uchun rag‘batlantirilsa, namlikning material yuzasiga ko‘chishi kuchayadi[4].

4-jadval. Dorivor o‘simliklarning ayrim mevalarining tarkibidagi vitaminlar mazmuni Asosiy vitaminlar № O‘simlik turining nomi Qarama-qarshi baholash guruhlari C 5…20 % 1 Na’matak Karotin 12…18 mg % C 0,4 % 2 Smorodina Karotin 3 mg %

Na’matakni quritish bir necha bosqichda amalga oshiriladi: 1. Dastlabki tayyorgarlik: Na’matak yuviladi va saralanadi - yaroqsiz yoki shikastlangan mevalar ajratiladi; Mayda va yirik mevalar ajratib olinadi, chunki bir tekis quritish muhim hisoblanadi; Mevalar quritish oldidan namlik miqdori o‘lchanadi. 2. Issiqlik bilan ishlov berish (quritish): Quritish jarayoni harorat, havo harakati va vaqt kabi omillarga bog‘liq; Optimal harorat: 50-60°C, chunki yuqori harorat bioaktiv moddalarni buzishi mumkin; Namlikni tezroq chiqarish uchun bosqichma-bosqich quritish amalga oshiriladi. Optimal quritish sharoiti: Harorat: 50-60°C; Nisbiy namlik: 10-20%; Havo tezligi: 1.5- 2.5 m/s; Quritish muddati: 4-6 soat 3. So‘nggi qayta ishlash va saqlash: Quritilgan na’matak sovutiladi va namlik darajasi o‘lchanadi; Namlik 5-10% gacha kamaytirilsa, uzoq muddat saqlash mumkin; Tayyor mahsulot namlik singdiruvchi materiallarda yoki yopiq idishlarda saqlanadi. XULOSA Dorivor o‘simliklarni quritish texnologiyasining samaradorligi quritish usuli, harorat va vaqtning to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Infraqizil va mikroto‘lqinli quritish texnologiyalari bioaktiv moddalarni saqlashda eng samarali hisoblanadi. Quritilgan mahsulot sifatining yuqori bo‘lishi uchun optimal quritish sharoitlarini ta’minlash va nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Na’matakni quritish jarayonini to‘g‘ri olib borish uning dorivor xususiyatlarini saqlab qolish uchun muhim. Optimal quritish usulini tanlash mahsulot sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Eng samarali usullar: konvektiv quritish, infraqizil quritish. Tabiiy quritish ham mumkin, lekin chang va mikroorganizmlar ta’siridan saqlanish lozim. Quritilgan na’matakni quruq va salqin joyda saqlash uning yaroqlilik muddatini uzaytiradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Abdiyev A.A., Hakimova Z.X. Ko‘kat Sabzavotlarni Quritishda Kimyoviy Tarkibning O'zgarishi. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. 2021 Y.
  2. Eshpo‘Latov N., Samiyeva Z. O‘Simliklarni Quritish Jarayonini Tadqiq Qilish. O‘Zbekiston Qishloq Va Suv Xo‘Jaligi.Maxsus Son 2, 2024 Yil. 115-117 B.
  3. Алтухов И.В. Снижение Энергозатратв Процессах Сушки Плодов Лекартвенных Растений Путем Управления Прерывным ИК Облучением. Автореферат Дссертации На Соискание Ученой Степени Кандидата Технических Наук. Барнаул – 2000 Г.
  4. Eshpo‘Latov N., Samiyeva Z. Dorivor O‘Simlik Mahsulotlarini Infraqizil Nurlanish Bilan Quritish. Agro Ilm. Maxsus Son 2[1051], 2024 Yil. 91-92 B.
  5. Ahmedov A., Ergashev A., Abzalov A., Yulchiyeva M., Mustafakulov D. Dorivor O‘Simliklarni Yetishtirish Texnologiyasi Va Ekologiya/ Darslik. [O‘ . ~ Toshkenf: «Tafakkur Bo‘Stoni», 2018. - 167 B
  6. Лягинал.А. Повышение Эффективности Сушки Продуктов Растительного Происхождения За Счет Инфракрасно-Конвективного Воздействия. Диссертации На Соискание Ученой Степени Кандидата Технических Наук. Саратов -2010 Г.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012831
Nashr sanasi
2025-04-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
3
DOI
10.66073/researchfocus.v4i3.1499
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
21–24
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
52026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06