Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INNOVATSION YONDASHUV TA‘LIM OLISHNING ZAMONAVIY USULI SIFATIDA

    Askarova Dilafruz Ibrokhimovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ta‘lim tizimida innovatsion yondashuvning zamonaviy ahamiyati, uning o‘quvtarbiya jarayonidagi o‘rni hamda pedagogik samaradorlikni oshirishdagi roli tahlil qilingan. Insoniyattaraqqiyoti bilan bog‘liq ijodiy tafakkur va kreativlik tushunchalari asosida innovatsion ta‘lim jarayoniningnazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, innovatsion o‘qitishning afzalliklari, interfaolmetodlarning o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoni hal etish va tanqidiy yondashuvnishakllantirishdagi o‘rni ilmiy asosda izohlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BIR KOMPONENTALI NOCHIZIQLI MUHITLARDA YUTILISH JARAYONI ISHTIROKIDAGI O‘ZGARUVCHAN ZICHLIKDAISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIK JARAYONLARINI SONLI MODELLASHTIRISH

    Mukimov Askar Shukhratovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur ishda yutilish jarayoni ta‘sirida bo‘ladigan bir komponentali nochiziqlimuhitda issiqlik o‘tkazuvchanlik jarayonlarini tavsiflovchi nochiziqli parabolik tenglamalar asosidatuzilgan matematik modellar o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — ushbu modellarni tahlil qilishuchun analitik usullarni ishlab chiqish, shuningdek, ularning sonli yechimlarini hisoblash va natijalarnivizual shaklda aks ettirish imkonini beruvchi dasturiy kompleks yaratishdan iborat.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    KO‘P VAZIFALI TIZIMLAR UCHUN OQIMLARNI OPTIMALLASHTIRISH

    Mukimov A.Sh., Abdullayev U.M. · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu ishda ko‘p vazifali va yuklamasi vaqt davomida o‘zgaruvchi tizimlar uchunoqimlarni boshqarish va optimallashtirish muammosi G/G/c modeli asosida tadqiq etilgan. Bundaytizimlarda kiruvchi so‘rovlar oqimi tasodifiy va dinamik xususiyatga ega bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan xizmatko‘rsatish intensivligi hamda navbat uzunligi o‘zgaradi. Shuning uchun tizim samaradorligini ta‘minlashuchun oqimlarni real vaqt rejimida boshqarish va optimallashtirish zarur bo‘ladi.Tadqiqotda G/G/c modeli asosida tizimdagi oqimlarning taqsimlanishi, yuklama darajasi va xizmatko‘rsatish jarayonlarining dinamik o‘zgarishi tahlil qilinadi. Model yordamida xizmat ko‘rsatuvchiresurslar sonini va ularning yuklanish koeffitsientini vaqtga bog‘liq holda moslashtirish imkoniyatiyaratiladi. Natijada tizimda navbat uzunligi kamayadi, xizmat ko‘rsatish kechikishlari minimallashtiriladiva resurslardan foydalanish samaradorligi oshiriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SPORT TURIZMI KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA FANLARARO YONDASHUVNING DOLZARBLIGI

    Khudoyberdiyeva Sevara Muhammadolim qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada sport turizmi ko‘nikmalarini shakllantirishda fanlararoyondashuvning ahamiyati va zaruriyati o‘rganilgan. Zamonaviy ta‘lim tizimida sport turizmini rivojlantirishuchun pedagogika, psixologiya, fiziologiya, ekologiya, geografiya va boshqa fanlar integratsiyasi muhimahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda sport turizmi yo‘nalishida talabalarni tayyorlashda kompleks yondashuvtamoyillari, fanlararo aloqadorlikning nazariy asoslari hamda amaliy jihatlar tahlil qilingan. Maqolada sportturizmining ko‘p qirrali tabiati, uning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishdagi roli ochib berilgan.Fanlararo integratsiya orqali sport turizmi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning samaradorligi oshirilishi,talabalarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari uyg‘unlashtirilishi mumkinligi asoslangan. Tadqiqotnatijalari sport turizmi sohasida kadrlar tayyorlash dasturlarini takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalarberadi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TO‘QIMACHILIK KORXONALARI FAOLIYATIDA ISHLAB CHIQARISH RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

    Davronov Ilkhomjon Ikromjon ogli · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish resurslaridanfoydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida resurs tejamkorligi, ishlabchiqarish jarayonlarini optimallashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va boshqaruv tizimlarinitakomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati holatiga alohidae‘tibor qaratilgan hamda innovatsion yondashuvlar asosida resurs samaradorligini oshirish bo‘yichaamaliy tavsiyalar berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash vakompleks yondashuv korxonalar iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TO‘QIMACHILIK KORXONALARI FAOLIYATIDA ISHLAB CHIQARISH RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

    Davronov Ilkhomjon Ikromjon ogli · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish resurslaridanfoydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida resurs tejamkorligi, ishlabchiqarish jarayonlarini optimallashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va boshqaruv tizimlarinitakomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati holatiga alohidae‘tibor qaratilgan hamda innovatsion yondashuvlar asosida resurs samaradorligini oshirish bo‘yichaamaliy tavsiyalar berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash vakompleks yondashuv korxonalar iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshiradi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    GENERATIV SUN‘IY INTELLEKTNING TA‘LIM VA ISHLAB CHIQARISHGA TA‘SIRI

    Saberova Mohichehra Abdusoat daughter · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada generativ sun‘iy intellekt (GenAI) texnologiyalarining ta‘lim vaishlab chiqarish sohalaridagi zamonaviy o‘rni, imkoniyatlari hamda muammolari tahlil qilinadi. Sun‘iyintellektning inson faoliyatiga kirib kelishi, ayniqsa ta‘lim jarayonlari va ishlab chiqarish tizimlaridaavtomatlashtirish, ijodiy yondashuv va samaradorlikni oshirishda tutgan o‘rni yoritiladi. Maqolada GenAItexnologiyalarining o‘quv jarayonini shaxsiylashtirish, o‘qituvchilar ishini yengillashtirish, ishlabchiqarishda esa mahsulot sifati va energiya tejamkorligini oshirishdagi ahamiyati keng ko‘lamda tahliletilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TRIZ TEXNOLOGIYALARI ORQALI BO‘LAJAK TARIX O‘QITUVCHILARINING TARIXIY VOQEALARNI MULTIDISSIPLINAR SINTEZ QILISH KOGNITIV KOMPETENSIYASINI TRANSFORMATIV RIVOJLANTIRISH

    Ergashev Bakhodir Olimjon ogli · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu tezis TRIZ texnologiyalarini bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tarixiy voqealarnimultidistsiplinaviy sintez qilish bo‘yicha kognitiv kompetensiyasini transformasion rivojlantirishdaqo‘llash masalasini chuqur ilmiy asosda tahlil qiladi. Tadqiqot TRIZning nazariy asoslari, ta‘lim sohasigamoslashtirilishi, empirik dalillar va O‘zbekiston ta‘lim tizimining milliy xususiyatlariga mos amaliy qo‘llanilishini keng yoritadi. TRIZ metodologiyasi o‘qituvchilarning kognitiv fleksibilitasi, ijodiy fikrlash,muammolarni tizimli hal qilish va innovasion yondashuvlarni joriy etish qobiliyatlarini rivojlantirishdamuhim vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”gi Qonuni va“Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida ushbu yondashuv ta‘lim jarayonini zamonaviytalablarga mos ravishda innovasionlashtirishga xizmat qiladi. Tezis ta‘lim amaliyotchilari, tadqiqotchilar,o‘qituvchi tayyorlash dasturlari ishlab chiquvchilari va siyosat ishlab chiquvchilarga TRIZni oliy ta‘limdasturlariga integratsiya qilish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar, metodologik tavsiyalar va amaliy yechimlartaklif etadi. Shuningdek, O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosiga asoslangan holda TRIZmodullarini mahalliy kontekstga moslashtirish orqali ta‘lim sifatini global standartlarga yetkazish yo‘llariko‘rsatiladi. Tadqiqot TRIZning ta‘limdagi uzoq muddatli ta‘sirini o‘rganish, uning milliy ta‘lim tizimigamoslashtirilishi va xalqaro tajribaga integratsiyasi bo‘yicha kelgusidagi tadqiqotlar uchun yo‘nalishlarnibelgilaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEK XALQINING AN‘ANAVIY MAROSIM VA URF-ODATLARINING TARIXIY ASOSLARI VA RIVOJLANISH FALSAFIY TAHLILI (QADIMGI DAVR, ISLOM DAVRI MISOLIDA)

    Egamberdiev Bakhiddin Bakhodir ogli · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur tadqiqot ishida o‘zbek xalqining an‘anaviy marosimlari va urf-odatlari,udumlarining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari, vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘lgan madaniy-ijtimoiyo‘zgarishlar tahlil etilgan. O‘zbekistonda marosim madaniyatining paydo bo‘lishi eng qadimgi davrlarga,ya‘ni ilk sivilizatsiyalar va qadimgi turkiy jamiyatlarga to‘g‘ri keladi. Arxeologik topilmalar, yozmamanbalar, xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida qadimgi zardushtiylik davrida shakllangan diniyan‘analar — olov, quyosh, suvga sig‘inish asosidagi marosimlar xalq hayotining ajralmas qismi sifatidao‘rganiladi.Ushbu ilmiy tezis O‘zbekistonda qadim zamonlardan to hozirgi davrgacha bo‘lgan urf-odat vamarosimlarning tarixiy evolyutsiyasini izchil tadqiq etishga, marosimlarning diniy, ijtimoiy va madaniyvazifalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek xalqining marosimmadaniyati ming yillar davomida o‘z shaklini o‘zgartirib, mazmunini boyitib, milliy o‘zlikni anglashningmuhim tarkibiy qismiga aylangan. An‘anaviy marosimlar xalq ma‘naviyati, qadriyatlari va ijtimoiyhamjihatligini mustahkamlovchi omil sifatida bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SUVNING INSON HAYOTIDA GI O‘RNI AXAMYAT

    Avazova Maryamxon Bakhtiyor qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqola suvning inson hayotidagi o‘rni va ahamyati,qanday vasifalarnibajarishi ,necha foizni tashkil etishi , biologik va kimyoviy jarayonlarini yuz berishi va shu bilan birgaqanday vazifalarni bajarishi haqida fikr va mulohazalardan iborat.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    XORIJIY VA MAHALLIY TAJRIBADA MUSTAQIL O‘RGANISHNI TASHKIL ETISHDA DASTURIY-METODIK TA‘MINOTDAN FOYDALANISH VA TALABALARNING MUSTAQIL ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

    Soliyeva Gavharoy Yodgorjon qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu tezisda xorijiy va mahalliy tajriba asosida talabalarning mustaqil o‘rganish vaishlash kompetensiyasini rivojlantirishda dasturiy-metodik ta‘minotdan foydalanish metodikasinitakomillashtirish masalalari yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AUTHENTIC MATERIALS IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING: OPPORTUNITIES AND CHALLENGES

    Fayzulloeva Chevar G‘ayrat qizi · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025

    Ushbu maqolada ingliz tili darslarida autentik materiallardan foydalanishningahamiyati va foydalari ko‘rib chiqiladi. Autentik materiallar o‘quvchilarning til ko‘nikmalarinirivojlantirishga, motivatsiyasini oshirishga hamda real hayotdagi til vaziyatlariga tayyorlashga yordamberadi. Maqolada autentik materiallarning turlari, manbalari va ularni ta‘lim jarayoniga samaraliintegratsiya qilish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, autentik materiallardan foydalanishdagiqiyinchiliklar va ularni yengib o‘tish yo‘llari muhokama qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    THE ROLE OF STORYTELLING ACTIVITIES TO ENHANCE FLUENCY AND COHERENCE IN ENGLISH

    Rajabov Eldor Erkinovich · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025

    Ravonlik va uyg‘unlik og‘zaki ingliz tilining asosiy tarkibiy qismidir, ammoko‘pchilik til o‘rganuvchilar uchun bir vaqtning o‘zida bu ikkala ko‘nikmaga erishish qiyin. Quyidagitadqiqotlar hikoya qilishni ushbu muammoga qarshi kurashishning samarali usuli sifatida o‘rganadi. Hikoyao‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishi, tashvishlanishni kamaytirishi va o‘quvchilarning og‘zaki nutqdagifikrlarni tartibga solish va bog‘lash qobiliyatini oshirishi mumkin. Bundan tashqari, hikoyalar aytib berisho‘quvchilarni yanada chuqurroq gapirishga jalb qilish, ijodkorlik va til rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashgayordam beradi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, chet tillari sinflariga hikoya qilish texnikasini joriy qilishkommunikativ kompetentsiyani kuchaytirishi mumkin, shuningdek, o‘quvchilarga ingliz tilida ancha yaxshiravon va izchil gapirishni mashq qilish uchun ajoyib imkoniyat beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    PARALIMPIYA SPORT TURI BILAN SHUG‘ULLANUVCHI TALABALARDA KUCH SIFATINI TAKOMILLASHTIRISHNING INDIVIDUAL TA‘LIM REJASI

    Mahmudjonov Asilbek Abduvoxid ogli · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    ushbu maqolada Paralimpiya sport turi bilan shug‘ullanuvchi talabalarda kuch sifatinitakomillashtirishning individual ta‘lim rejasini ishlab chiqishning pedagogik asoslari yoritilgan.Tadqiqotda individual yondashuvning ahamiyati, jismoniy imkoniyatlarni baholash mezonlari, mashg‘ulotjarayonida yuklama va intensivlikni rejalashtirish tamoyillari tahlil qilinadi. Shuningdek, tajriba natijalarigaasoslanib, Paralimpiya sportchilari uchun kuch sifatini oshirishga yo‘naltirilgan amaliy tavsiyalarkeltirilgan. Mazkur yondashuv imkoniyati cheklangan talabalarning jismoniy tayyorgarligini samaralirivojlantirishga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    PARALIMPIYA SPORT TURI BILAN SHUG‘ULLANUVCHI TALABALARNING KUCH SIFATINI TAKOMILLASHTIRISHDA STATIK MASHQLARNING AHAMIYATI

    Mahmudjonov Asilbek Abduvoxid ogli · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    ushbu maqolada Paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanuvchi talabalarda kuchsifatini rivojlantirishda statik mashqlarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda imkoniyaticheklangan shaxslarning jismoniy imkoniyatlarini oshirish, mushak kuchini saqlash va rivojlantirishdastatik mashqlarning fiziologik hamda pedagogik afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, mashg‘ulotjarayonida individual yondashuv, yuklamaning me‘yori va xavfsizlik tamoyillariga e‘tibor qaratilgan.Natijalar statik mashqlarni tizimli ravishda qo‘llash Paralimpiya sportchilarning jismoniy tayyorgarliginioshirishda samarali vosita ekanligini ko‘rsatadi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    ФАСЦИОЛЁЗ В СРЕДНЕЙ АЗИИ: ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ И СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ПРОФИЛАКТИКЕ

    Мурадуллаев Отабек Мухаммаджон угли · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    ushbu maqola O‘rta Osiyo mamlakatlarida fastsilyozning tarqalishini epidemiologik xususiyatlar, xavf omillari va diagnostika hamda profilaktikaning zamonaviy usullariga e‘tibor qaratgan holda kompleks tahlil qiladi. Tadqiqot turli hududlardagi kasallanish darajasini qiyosiy tahlil qilish, gelmintozning tarqalishiga ta‘sir etuvchi iqlim va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni baholash, shuningdek invaziyani nazorat qilishning an‘anaviy va innovatsion yondashuvlarini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘izistonda statistik ma‘lumotlar va dala tadqiqotlari asosida asosiy muammolar aniqlandi va aholi hamda qishloq xo‘jaligi hayvonlari o‘rtasida kasallanishni kamaytirishga doir amaliy tavsiyalar taklif etildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    BUZOQLAR STREPTOKKOZINI TARQALISH OMILLARI (Adabiyot ma‘lumotlari asosida)

    Navruzov N.I., Qurbonova Z.S · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    maqolada adabiyot ma‘lumotlari asosida buzoqlarning Str.pneumoniae infeksiyasi bilan hududlar bo‘yicha zararlanish darajasi o‘rganilgan. Streptococcus pneumonianing buzoqlar organizmida kasallikning patogenezi, uning yoshga oid o‘zgarishlari, patologoanatomik o‘zgarishlarining o‘ziga xos klinik ko‘rsatkichlari haqidagi ma‘lumotlar berilgan. Buzoqlar organizmida streptokokk kasalligining o‘tkir yoki surunkali kechishidagi patologik jarayonlarni ochiqlantirishga qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    КЛИНИКО-МИКРОБИОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ОСТРЫХ ДИАРЕЙНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ

    Мукаррам Салимджановна Шаджалилова, Нозимахон Камолиддин кизи Зупарова · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    O‘tkir diareyalar yuqumli patologiya tuzilmasida yetakchi o‘rinlardan birini egallashda davom etmoqda. Ishimizning maqsadi bakterial kelib chiqishli o‘tkir diareyalarning klinik-mikrobiologik tavsiflarini o‘rganish bo‘ldi. Vazifalar o‘tkir diareya kasalliklari bilan og‘rigan 84 nafar bemorda klinik-laborator tadqiqotlar o‘tkazish va keyinchalik infeksiya qo‘zg‘atuvchisining poliresistent shtammlarini aniqlash, shuningdek asosiy klinik belgilarni aniqlash va ichak mikrobiotsenozi holatini belgilashdan iborat edi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ КЛИНИЧЕСКИХ, НЕЙРОСОНОГРАФИЧЕСКИХ И ТОМОГРАФИЧЕСКИХ ДАННЫХ ПРИ ЛИКВОРОДИНАМИЧЕСКИХРАССТРОЙСТВАХ У ДЕТЕЙ

    Ибрагимова Шахзода Умидовна, Эргашев Сухроб Сайидович, Абдукодырова Шахноза Бахроновна · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Tadqiqot maqsadi bolalarda likvorodinamik buzilishlarda klinik ko‘rinishlar, neyrosonografiya ma‘lumotlari va kompyuter/magnit-rezonans tomografiya natijalarining qiyosiy tahlilini o‘tkazish, shu orqali tashxisni yaxshilash va kasallik kechishini bashorat qilish edi. Ishga likvor oqimining buzilishiga shubha qilingan turli yoshdagi bolalar — gidrotsefaliyadan tortib turli etiologiyali kalla ichi gipertenziyasigacha — kiritildi. Klinik manzarani (nevrologik holat, nevrologik rivojlanish, shikoyatlar) tizimli baholash, bosh miyaning ultratovush tekshiruvlari (neyrosonografiya) hamda morfologik o‘zgarishlar, qorinchalar tizimining kengayish darajasi, atrofiya yoki o‘choqli patologiya belgilarini baholash uchun KT/MRT bajarildi. Usullar o‘rtasidagi mos kelish va farqlarning qiyosiy tahlili o‘tkazilib, klinik simptomlar og‘irligi bilan ventrikulomegaliya darajasi o‘rtasidagi tipik korrelyatsiyalar, shuningdek funksional buzilishlar morfologik o‘zgarishlardan oldinroq aniqlangan holatlar ochib berildi. Chaqaloqlarda skrining usuli sifatida neyrosonografiyaning afzalliklari va cheklovlari hamda jarrohlik aralashuvidan oldin batafsil anatomik kartalash uchun tomografiyaning roli muhokama qilindi. Likvorodinamik buzilishlarga shubha qilingan bolalarni tekshirish algoritmi va keyingi kuzatuv yoki davolashga ko‘rsatmalarni belgilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishMaqola

    ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ПОДДЕРЖКА КАК ФАКТОР ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ РЕАБИЛИТАЦИИ У ПАЦИЕНТОВ С ТРАВМОЙ СПИННОГО МОЗГА: ПРОСПЕКТИВНОЕ КОНТРОЛИРУЕМОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ

    Давранов Эшбай Эгамкулович, Кадиров Джонибек Файзуллаевич, Хамидов О.А., Гайбуллаев Ш.О. · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Dolzarbligi: Orqa miya jarohati (OMJ) nafaqat og‘ir jismoniy, balki chuqur psixologik oqibatlar bilan ham kechadigan, hayotni o‘zgartiruvchi hodisa hisoblanadi. Bemorlarning ushbu toifasida depressiya va tashvish buzilishlarining rivojlanish chastotasi 30–40% ga yetadi, bu esa davolanishga bo‘lgan motivatsiyani sezilarli darajada kamaytiradi va reabilitatsiya natijalariga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Tadqiqot maqsadi: Tuzilmalashtirilgan multimodal psixologik qo‘llab-quvvatlashning orqa miya jarohatini boshdan kechirgan bemorlarda funksional tiklanish dinamikasi, psixoemotsional holat va hayot sifatiga ta‘sirini baholash. Materiallar va usullar: Prospektiv nazoratli tadqiqotda OMJ bo‘lgan 100 nafar bemor (o‘rtacha yosh 36,7 ± 11,2 yil) ishtirok etdi va ular ikki guruhga bo‘lindi: asosiy guruh (n=50) standart reabilitatsiya dasturini kompleks psixologik qo‘llab-quvvatlash (kognitiv-xulqiy terapiya, guruhli terapiya, oilaviy maslahat) bilan uyg‘unlikda oldi, nazorat guruhi (n=50) esa faqat standart reabilitatsiya oldi. Kuzatuv davri 6 oyni tashkil etdi. Psixoemotsional holat Bek depressiya shkalasi (BDI-II) va gospital tashvish va depressiya shkalasi (HADS) bo‘yicha baholandi. Hayot sifati SF-36 so‘rovnomasi yordamida o‘lchandi. Funksional holat ASIA (motor ball) va FIM (funksional mustaqillik) shkalalari bo‘yicha baholandi. Natijalar: 6 oydan so‘ng asosiy guruhda depressiya darajasining statistik jihatdan ishonchli pasayishi (o‘rtacha BDI-II bali 24,1 dan 11,5 ga tushdi; p 0,05). FIM shkalasi bo‘yicha funksional mustaqillikning o‘sishi asosiy guruhda o‘rtacha 28,4 ballni tashkil etdi, bu nazorat guruhidagidan sezilarli yuqori edi (17,2 ball; p < 0,01). Shuningdek, asosiy guruhda ASIA shkalasi bo‘yicha motor ballning yuqoriroq o‘sishi qayd etildi (p < 0,05). SF-36 so‘rovnomasi bo‘yicha hayot sifati ko‘rsatkichlari, ayniqsa ruhiy salomatlik va ijtimoiy faollik subshkalalari bo‘yicha, psixologik qo‘llab-quvvatlash olgan guruhda ishonchli darajada yuqori bo‘ldi. Xulosa: Tuzilmalashtirilgan psixologik qo‘llab-quvvatlashni OMJ bo‘lgan bemorlarning standart reabilitatsiya protokollariga integratsiya qilish ularning samaradorligini oshiruvchi o‘ta muhim omil hisoblanadi. Psixologik aralashuv nafaqat psixoemotsional holatni yaxshilaydi, balki bilvosita yanada sezilarli funksional yaxshilanishlarga ham xizmat qilib, terapiyaga sodiqlikni va bemorlarning umumiy motivatsiyasini oshiradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish