XORIJIY VA MAHALLIY TAJRIBADA MUSTAQIL O‘RGANISHNI TASHKIL ETISHDA DASTURIY-METODIK TA‘MINOTDAN FOYDALANISH VA TALABALARNING MUSTAQIL ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Soliyeva Gavharoy Yodgorjon qiziNamangan Davlat Universiteti doktoranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 15–18
Annotatsiya
Ushbu tezisda xorijiy va mahalliy tajriba asosida talabalarning mustaqil o‘rganish vaishlash kompetensiyasini rivojlantirishda dasturiy-metodik ta‘minotdan foydalanish metodikasinitakomillashtirish masalalari yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРОГРАММНО-МЕТОДИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ПРИ ОРГАНИЗАЦИИ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ИЗУЧЕНИЯ ЗАРУБЕЖНОГО И МЕСТНОГО ОПЫТА И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДИЧЕСКИХ СРЕДСТВ РАЗВИТИЯ КОМПЕТЕНЦИЙ САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ СТУДЕНТОВ
В диссертационной работе рассматриваются вопросы совершенствованияметодики использования программно-методического обеспечения для формирования у студентовкомпетенций самостоятельной учебной и производственной деятельности на основе зарубежного иотечественного опыта.
inglizchaUSE OF SOFTWARE AND METHODOLOGICAL SUPPORT IN ORGANIZING INDEPENDENT LEARNING IN FOREIGN AND LOCAL EXPERIENCE AND IMPROVING METHODOLOGIES FOR DEVELOPING STUDENTS‘ INDEPENDENT WORK COMPETENCE
This thesis discusses the issues of improving the methodology for using software andmethodological support in developing students‘ independent learning and work competencies based onforeign and local experience.
Kalit so‘zlar
- Mustaqil o‘rganish
- mustaqil ishlash kompetensiyasi
- dasturiy-metodik ta‘minot
- ta‘limni axborotlashtirish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
XORIJIY VA MAHALLIY TAJRIBADA MUSTAQIL O‘RGANISHNI TASHKIL ETISHDA DASTURIY-METODIK TA’MINOTDAN FOYDALANISH VA TALABALARNING MUSTAQIL ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Soliyeva Gavharoy Yodgorjon qizi Namangan Davlat Universiteti doktoranti Tel:.[telefon raqami yashirilgan] E-mail: gavharoysoliyeva8@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu tezisda xorijiy va mahalliy tajriba asosida talabalarning mustaqil o`rganish va ishlash kompetensiyasini rivojlantirishda dasturiy-metodik ta’minotdan foydalanish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Kalit so`zlar: Mustaqil o`rganish, mustaqil ishlash kompetensiyasi, dasturiy-metodik ta’minot, ta’limni axborotlashtirish.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРОГРАММНО-МЕТОДИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ПРИ ОРГАНИЗАЦИИ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ИЗУЧЕНИЯ ЗАРУБЕЖНОГО И МЕСТНОГО ОПЫТА И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДИЧЕСКИХ СРЕДСТВ РАЗВИТИЯ КОМПЕТЕНЦИЙ САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ СТУДЕНТОВ
Солиева Гавхарой Ёдгоржон кызы Докторант Наманганского государственного университета Тел.: [telefon raqami yashirilgan] Эл. почта: gavharoysoliyeva8@gmail.com
Аннотация: В диссертационной работе рассматриваются вопросы совершенствования методики использования программно-методического обеспечения для формирования у студентов компетенций самостоятельной учебной и производственной деятельности на основе зарубежного и отечественного опыта. Ключевые слова: Самостоятельное обучение, компетенции самостоятельной учебной деятельности, программно-методическое обеспечение, информатизация образования.
USE OF SOFTWARE AND METHODOLOGICAL SUPPORT IN ORGANIZING INDEPENDENT LEARNING IN FOREIGN AND LOCAL EXPERIENCE AND IMPROVING METHODOLOGIES FOR DEVELOPING STUDENTS' INDEPENDENT WORK COMPETENCE
Soliyeva Gavharoy Yodgorjon qizi PhD student of Namangan State University Tel:.[telefon raqami yashirilgan] E-mail: gavharoysoliyeva8@gmail.com
Abstract: This thesis discusses the issues of improving the methodology for using software and methodological support in developing students' independent learning and work competencies based on foreign and local experience. Keywords: Independent learning, independent work competencies, software and methodological support, informatization of education.
Mamlakatimizda ham “Talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko`nikmalarini shakllantirish, o`quv jarayoniga kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o`quv jarayonida amaliy ko`nikmalarni shakllantirishga yo`naltirish, bu borada o`quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg`or pedagogic texnologiyalar, o`quv dasturlari va o`quv uslubiy materiallarni keng joriy etish” [1] oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo`nalishlari sifatida qaralmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida raqobat qanday keskin tus olib borayotganini hammamiz ko`rib turibmiz. Bu shiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm – fan, yuqori texnologiyalar va innovatsion yutuqlarni joriy etish orqali munosib javob bera olamiz”, [2] deb ta’kidlaydi. Jamiyat hayotini innovatsion rivojlanish yo`liga o`tkazish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirishda oliy ta’lim tizimida mutaxassislar tayyorlash sifati muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Turli soha tarmoqlaridagi modernizatsiyalash jarayonlarini kengayishi raqobatbardosh kadrlarga bo`lgan talabni keskin o`sishiga olib keldi. Iste’molchi ta’lim xizmatlari mazmuni va sifatini tanlar ekan, egallagan ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi mehnat bozorida va mehnat faoliyati jarayonida qanchalik kerakligu hamda muhimligiga e’tibor qaratadi. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish yo`liga o`tkazish ta’lim tizimida mavjud gorizontal va vertical munosabatlarni tubdan o`zgarishiga bo`lgan zaruratni yuzaga keltirdi. Bu esa “Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida qog`oz shaklidagi materiallarni raqamlashtirish formatlaridan foydalanishni qo`llab-quvvatlash hamda xuddi shunday yondashuvga ko`ra mavjud o`quv jarayonini raqamlashtirish doirasini muttasil kengaytirib borish” [3] ga alohida e’tibor qaratish natijasida amalga oshishi lozimligini ko`rsatdi. Rus olimlari S.G.Grigorev va V.V.Grinshkunlarning fikricha, axborot texnologiyalaridan foydalanish muayyan turdagi ishlarni bajarishni kompyuterga o`tkazish orqali insonning intellectual imkoniyatlarini keskin oshirish va ijodiy salohiyatini faollashtirish imkonini beradi. Axborotlashtirish jarayonlarni axborot jamiyatini shakllantirishda yetakchi o`rin tutadi. Bunday jamiyatning asosini g`oyalar, aql – idrok, bilim tashkil etadi [4]. Respublikamizning tadqiqotchi pedagog olimi A.R.Aripjanova izlanishlari doirasida ta’limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining kreativ salohiyatini rivojlantirish masalalari o`rganilgan bo`lib, zamonaviy jamiyatning global axborotlashuvi ta’limining asosiy vazifalaridan biri – jamiyat axborot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, yangi informatsion bilim va malakalarni egallashni nazarda tutuvchi shaxsiy rivojlanishning qirrasi sifatida ko`rib chiqilgan.
Psixolog olimlardan E.G`oziyev o`z izlanishlarida axborot va ulardan foydalanishning insonga ta’sirini batafsil ochib bergan bo`lsa, V.Karimova ilk marotaba axborot-psixologik xavfsizlik masalalarini ijtimoiy psixologiyaning predmeti sifatida bayon etib, turli kommunikativ xurujlar sharoitida shaxsning o`zini o`zi himoya qilish sharoitlarini ilmiy – nazariy jihatdan o`rganilgan[5]. A.Abduqodirovning tahlillariga ko`ra o`quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llash ta’lim metodlarining samaradorligini oshirishga o`qituvchi faoliyatining ijobiy o`zgarishiga, ularning pedagogic mahoratlarini takomillashtirishga, pedagogic tizimlarning tarkibiy o`zgarishiga samarali ta’sir ko`rsatadi. Xorij tadqiqotchi – olimi Thomas Winman raqamli jamiyat (digital society) va raqamli iqtisodiyot (digital economy) sharoitida ijtimoiy pedagogikaning roli xususida izlanishlar olib bordi. U “Jamiyat boshdan kechirayotgan texnologik inqilob turli kasblar va farovonlik subyektlariga xizmatlar ko`rsatish samaradorligini oshirish, sifatni nazorat qilishda va ma’lumot almashishni osonlashtirishda yordam berish potensialiga ega”, [6] - degan xulosaga keldi. Shuni aytish joizki, jamiyatda axborot – kommunikatsion texnologiyalarining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular nafaqat bir turdagi ma’lumotlardan, balki ijtimoiy hayotga taalluqli barcha ma’lumotlarni almashishga, turli sohalarga xos yangiliklardan keng foydalanishga imkoniyat yaratadi. Dasturiy ta’minotga oid fanlarni samarali o`qitish uchun o`quv dasturlari doimiy yangilanib borishi, o`quvchilarning ehtiyojlari va mehnat bozorining talablariga mos kelishi kerak. Zamonaviy o`quv metodikalarida masofaviy ta’lim, gamifikatsiya, laboratoriya ishlari va dasturlash bo`yicha jamoaviy loyihalarga katta e’tibor berilmoqda. Bu yondashuvlar talabalar bilimini mustahkamlash va ularga real hayotda qo`llash imkonini beradi. Shuningdek, dasturiy ta’minotni o`qitishda tahliliy va tanqidiy fikrlashni shakllantirish, muammolarni hal qilish strategiyalarini o`rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa kelajakdagi mutaxassislarning raqobatbardoshligini oshirishga, ularning dasturiy mahsulot yaratish bo`yicha kompleks yondashuvlarga ega bo`lishiga yordam beradi. Shvetsariyalik olim Jean Piaget o`zining kognitiv rivojlanish nazariyasi asarida ta’lim jarayonidagi konstruktivistik yondashuvi dasturiy ta’minotni o`qitish jarayonida ham qo`llanilishi g`oyasi ilgari surilib, talabalar o`z bilimlarini mustaqil ravishda shakllantirishlari kerakligi va bunda amaliy tajriba muhim ahamiyatga ega ekanligi aytib o`tilgan[7]. AQSH tadqiqotchisi Seymour Papert esa o`z tadqiqotlarida o`quvchilarning o`z o`zidan o`rganishiga asoslangan konstruktsionistik yondashuvni ishlab chiqqan va dasturlashni o`rganish tajriba va loyiha asosida tashkil etilishi lozim deb hisoblagan[8]. Shu jumladan o`zbek tadqiqotchilari Xamidulla Oripov o`z ilmiy ishlarida axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish muhimligini ta’kidlaydi va zamonaviy ta’lim jarayonida dasturiy ta’minot va algoritmlarni o`qitish amaliy mashg`ulotlar bilan boyitilgan holda olib borilishi kerak ekanligini ta’kidlab o`tadi. Abdumo`min Sattorov innovatsion pedagogic texnologiyalarning dasturiy ta’minot o`qitishdagi samaradorligini o`z tadqiqotlarida aytib o`tgan. Interaktiv va loyiha asosidagi ta’lim dasturiy ta’minotni o`qitishda talabalar mustaqil fikrlashi va real loyihalar ustida ishlashga tayyorlanishiga xizmat qilishini va bu yondashuv zamonaviy dasturlash ta’limini amaliy mashg`ulotlar orqali rivojlantirishga qaratilganligini aytib o`tgan[9]. Yuqoridagi ilmiy manbalar shuni ko`rsatadiki, dasturiy ta’minotni o`qitish metodikasida konstruktivistik va konstruktsionistik yondashuvlar muhim ahamiyatga ega. Xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlari o`quv jarayonida amaliy mashg`ulotlar, loyiha asosida ta’lim va interaktiv metodlarni qo`llashning samarali ekanligini tasdiqlaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-5847-sonli Farmoni / “Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi”, 09.10.2019 y., 06/19/5847/3887-son; 30.04.2020 y., 06/20/5987/0521-son.
- Mirziyoyev Sh.M. Yangi O`zbekiston strategiyasi. – T.: O`zbekiston, 2021. – 464-b.
- Mirziyoyev Sh.M. Yangi O`zbekiston strategiyasi. – T.: O`zbekiston, 2021. – 464-b.
- Григорьев С.Г., Гриншкун В.В. Информатизация образования. Фундаментальные основы: учебник для студентов педагогических вузов и слушателей системы повышения квалификации педагогов. / Москва: МГПУ, 2005. – 241 с.
- Djuraboyev M.K. Bo`lajak o`qituvchilar pedagogic amaliyotining dasturiy – metodik ta’minotini takomillashtirish. Dissertatsiya. 2025.
- Winman T. The Role of Social Pedagogy in a Digitalized Society. The Educational Review, USA, 4(3), 81-92. Piaget, Jean. The Origins of Intelligence in Children. Norton, 1973.
- Papert, Seymour. Mindstorms: Children, Computer, and Powerful Ideas. Basic Books, 1991.
- Oripov Xamidulla. Axborot texnologiyalari ta’limi va innovatsion yondashuvlar. Toshkent: Fan, 2018.
- Sattorov Abdumo`min. Interaktiv o`qitish usullari va ularning dasturiy ta’minot ta’limidagi roli. Toshkent: Innovatsiya,2020.
- A.M.O‘rmonjonov. (2025). INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MULTIMODAL YONDASHUVNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI. ZAMONAVIY FAN: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YOSH TADQIQOTCHILARNING DOLZARB IZLANISHLARI, 1(1), 22-25.
- Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011249
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/247
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 15–18
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25