Раджабова Гузал Зарифовна · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada talabalarda ijtimoiy vaziyatlarda qaror qabul qilish kompetensiyasini shakllantirishning psixologik va pedagogik mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot qaror qabul qilish jarayonida ijtimoiy kontekstlarni anglash, shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va ijtimoiy mas‘uliyat hissini shakllantirishning rolini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada, shuningdek, talabalarning samarali va ongli qarorlar qabul qilishi uchun ijtimoiy anglash va refleksiv fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi trening dasturlari hamda uslubiy yondashuvlar keltirilgan.
Xolmatov Nizomjon Umarjonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Yosh futbolchilar jismoniy tayyorgarligining tabaqalashtirilgan metodika samaradorligini aniqlash uchun jami tayyorgarlik davrini qamrab olgan pedagogik tajriba tashkil etildi va o‘tkazildi. Olib borilgan pedagogik tajriba doirasida amalga oshirilgan mashg‘ulot jarayonining asosiy vazifasi yosh futbolchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratildi.
Umarova Feruzabonu Bobir qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini shakllantirish jarayonida etiket va kasbiy etiketning tutgan o‘rni hamda ularni rivojlantirish texnologiyalari yoritilgan. Etiket qoidalariga rioya qilish nafaqat shaxsiy madaniyat ko‘rsatkichi, balki ta‘lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada kasbiy etiket tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va o‘qituvchi shaxsida shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagogik muhitda etiketni rivojlantirishda interaktiv metodlar, rol o‘yinlari, kommunikativ mashg‘ulotlar kabi zamonaviy texnologiyalar asosida yondashuvlar taklif etiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy o‘zini tutish, nutq madaniyati va muloqot etikasini shakllantirish orqali pedagogik madaniyatni yuksaltirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.
To‘ychiyev Tohirjon Sahodillayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada Paradzyudo kurashchilarni yuklamalarini rejalashtirish ishlab chiqilgan xamda ilmiy uslubiy adabiyotlar taxlili, mavzuni dolzarbligi, maqsadi, xulosa va amaliy tavsiyalar berilgan.
Shokirjonov Kudratjon Shuxrat o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Yosh futbolchilarni yuqori sport natijalariga erishishida ularning jismoniy tayyorgarligi hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Ilmiy va amaliy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mashg‘ulotlarning yillik rejalashtirilishi va ularning mazmuniy yo‘naltirilishi futbolchilarning yoshi, jismoniy rivojlanishi va funktsional tayyorgarligiga to‘liq mos kelishi lozim.
Parmonov Akmal Abdupattoyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Bugungi kunda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga motivatsion yondashuvlar va munosabatlar tizimini yaratishning ijtimoiy-pedagogik zarurati ortib bormoqda. Bu esa ularni o‘qitish, kadr sifatida tayyorlash tizimini takomillashtirishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Shu ma‘noda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini zamon talabalari asosida o‘qitish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi masalalar yoritilgan.
Mirzayev Saidmaxmud · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Talabalar sog‘lom turmush tarzini takomillashtirish va jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun taklif etilayotgan jismoniy tarbiya vositalari va noan‘anaviy usullarni ilmiy asoslash o‘smirlarni jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari shakllantirishda pedagogik texnologiya va uning uslublari keng yoritilgan.
Mamadaliyeva E‘tibor Shuhratovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqola zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliy mashg‘ulotlarda tashkil qilish jarayonini va o‘qituvchi faoliyatining ahamiyatini o‘rganadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘quv jarayonini yanada samarali va interaktiv qilishga yordam beradi, shuningdek, talabalarning faol ishtirokini ta‘minlaydi. O‘qituvchilar esa, ushbu texnologiyalarni to‘g‘ri qo‘llash orqali o‘quvchilarning bilim olish jarayonini boshqarish va ularni motivatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Kholova Mohikul Shavkatovna, Kadirova Mahira Mirzaboy qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada giyohvandlikning ijtimoiy hayotga salbiy ta‘siri, uni deviant xulq-atvor shakli sifatida o‘rganishning ahamiyati yoritilgan. Giyohvandlikning kelib chiqish sabablari, uning yoshlar ongiga salbiy ta‘siri hamda uning oldini olishda ta‘lim va oilaning o‘rni tahlil qilingan. Muammoning zamonaviy psixologik-pedagogik yechimlari ko‘rib chiqilgan.
Karabaev Shuxrat Shakirjanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada sportchilarni o‘quv mashg‘ulotlarida foydalaniladigan testlar majmuasi, ularnini qo‘llanilishi va zamonaviy testlarning samaradorligi atroflicha o‘rganilgan. O‘smir futbolchilarning, bolalar va yoshlarning jismoniy tayorgarligini baholash usullarining o‘ta turli-tumanligini inobatga olgan holda “yevrofit” testini afzalliklari haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
Isabekov Shuhratjon Muhammadjonvich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Maqolada nazorat va tajriba guruhlari talabalarning pedagogik tadqiqot boshidagi jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ko‘rsatkichlari va usul o‘ziga xos xussiyatlari maxsus jismoniy tayyorgarligini tahlili o‘smirlarni jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari shakllantirishda pedagogik texnologiya va uning uslublari keng yoritilgan.
Inomova Dilrabo Komilovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Mamlakatimizda ta‘lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini ta‘minlash, ta‘lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanishga muvofiq shakllantirish borasida islohotlar amalga oshirildi. Hozirgi kunga kelib, jamiyatning iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalarida, shu jumladan, ta‘lim sohasida, mikroolamdan tortib to makroolamgacha integratsiya katta ahamiyat kasb etadi va uning rivojlantiruvchi funksiyalarini amalda qo‘llash orqali muhim ilmiy muammolarni hal qilish mumkin. Maqolada OTM hamda umumta‘lim maktablarining o‘zaro hamkorligida boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyalashgan darslarni samarali tashkil etish masalalari yoritib berilgan.
Gaziev Nuritdin Ruxiddinovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada. belbog‘li kurashchilarni statik va aylanma-dinamik kuchlanish holatlarida muvozanat saqlash va uning pulsometrik qiymatl aniqlash va diagnostika qilish uchun pedagogik testlash metodlaridan foydalandik.
Feruza Asrorovna Khamroyeva, Zarina Sulaymonovna Sunnatillayeva · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Ushbu maqolada ijodiy fikrlashning ahamiyati, o‘quvchilarning muammolarni turli nuqtai nazardan tahlil qilish qobiliyatini va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan “Olti fikrlash qalpog‘i” metodi, shuningdek ushbu metodni geografiya darslarida qo‘llash samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada metodning ta‘lim jarayoniga joriy etilish jihatlari, uning o‘quvchilar fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi o‘rni va uslubiy xususiyatlari tahlil qilingan.
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Yoshlar pedagogikasi — bu o‘rta va katta yoshdagi yosh avlod (asosan 14–30 yosh oralig‘idagi) vakillarini tarbiyalash, o‘qitish, ijtimoiylashtirish jarayonini o‘rganuvchi maxsus pedagogik fan sohasidir. U pedagogikaning umumiy qonuniyatlariga asoslangan bo‘lsa-da, aynan yoshlar davri psixologiyasi, ijtimoiy mavqei, ehtiyojlari, intellektual va ma‘naviy o‘sishi bilan bog‘liq xususiyatlarni chuqur tahlil qiladi. Ushbu maqolada yoshlar tashkilotlari bilan ishlashda hamkorlikka asoslangan pedagogik texnologiyalar modellari hamda ularni ilmiy loyihalash haqida ma‘lumotlar berilgan.
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Vatanparvarlik — buyuk tuyg‘u. Vatan jonsiz, ruhsiz buyum emas. Vatanparvarlik o‘rniga vatansizlikni targ‘ib etish, “globallashuv degani sening dunyo fuqarosiga aylanishing”, deb talqin qilish, milliy tarixni eskilik sarqiti sifatida tan olish kabi o‘ta mantiqsiz g‘oyalar ko‘payib bormoqda. Ushbu maqolada global zamon vatanparvarlik tarbiyasida innovasion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash xususiyatlari yoritib berilgan.
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Vatanparvarlik — bu kishilarning ona yurtiga, o‘z oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo‘lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg‘u, ma‘naviy qadriyatlardan biri. Ushbu maqolada vatanparvarlik tarbiyasining pedagogik va ijtimoiy-ma‘naviy mohiyati yoritib beriladi.
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Hozirgi zamon olimlari yoshlar bilan ishlashning pedagogik dolzarbliklari uning didaktik uslublarida ekanligini ta‘kidlashmoqda. Masalan, birgina Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasida 2000-yildan beri yoshlar pedagogikasining didaktik uslublarini takomillashtirish orqali, yoshlarning kreativlik ko‘rsatkichlarini 12,6 foizga, fanlarni o‘zlashtirishning umumiy ko‘rsatkichi 11,6 foizga oshishga erishildi. Quyida, pedagogikada yoshlar bilan ishlashning zamonaviy didaktik uslublari haqida ma‘lumotlar berilgan.
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Yevropa Ittifoqida 14,6 foiznigina tashkil etadigan 30 yoshgacha bo‘lgan aholi qatlami iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan quyi ko‘rsatkich sifatida e‘tirof etilmoqda. Parij Universiteti, Stogolm Qirollik Akademiyasi va Madrid Tadqiqotlar Markazi pedagogik professorlari yosh qatlamning stabil o‘sishini ta‘minlovchi yagon chora, ular bilan pedagogik ishlash metodlarini ya‘nada takomillashtirish ekanligini ta‘kidlab o‘tishdi. Ushbu maqolada rivojlangan mamlakatlarda yoshlar bilan ishlashning o‘ziga xos pedagogik jihatlari va modellari yoritib berilgan.