Asosiy mazmunga o‘tish

Nashrlar

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

4 311 natija

Barchasi

4 311 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    CHANG CHOLG‘USINING BADIIY VA TEXNIK IMKONIYATLARI

    Tursunov Shodiyor Tolibjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola chang cholg‘usining (dulcimer) O‘zbekistondagi tarixiy rivoji, texnik takomillashtirilishi va ijrochilik uslublarini yoritadi. 1930-yillarda chang cholg‘usining hajmi ixchamlashtirilib, diapazoni kengaytirilgani va xromatik tovush qatoriga moslashtirilgani haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, chang cholg‘usining turli turlari — pikkolo chang, tenor chang va bas chang — yaratilgani hamda ularning umumiy diapazoni 5 oktavani tashkil etgani qayd etiladi. Maqola chang cholg‘usining jarangdor tembri va texnik imkoniyatlari tufayli ansambllar, xalq cholg‘ulari orkestrlari va yakkanavoz cholg‘u sifatida qo‘llanilishini ta‘kidlaydi. Chang ijrochiligida urma zarb, cho‘p chertmak, sakratma zarb, tebratma, bog‘lama kabi ijro uslublarining qo‘llanilishi va ularning ijro amaliyotidagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. 1960-yillarda cholg‘uning tovush diapazoni yana kengaytirilib, texnik imkoniyatlari oshirilgani haqida ham ma‘lumot beriladi. Ammo bu jarayon davomida cholg‘uning milliy tarovati va jozibasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatgan tajribalar mavjudligi ham qayd etilgan. Maqolada chang cholg‘usining O‘zbekistondagi mohir ijrochilari, ularning ijodiy faoliyati va cholg‘uga qiziqayotgan yoshlarning ko‘payib borayotgani alohida ta‘kidlangan. Shuningdek, maqom asarlarini ijro etishda chang cholg‘usining o‘rni va imkoniyatlari ham yoritiladi. Ushbu maqola chang cholg‘usi bilan bog‘liq tadqiqot va ijodiy faoliyat uchun muhim ilmiy va amaliy manba hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEK XALQ KUYLARIDA GARMONIK TUZILISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI VA PEDAGOGIK ASOSLARI

    Shokirxanov Baxtiyor Botirxonovich, Turg‘unboyeva Kibriyo Ravshanbek qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbek xalq kuylaridagi garmonik tuzilishning o‘ziga xos jihatlari va pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Xalq musiqasining garmonik tuzilishi, uning pedagogik ahamiyati va o‘quv jarayonidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA ONGI VA IDROKINING UNIVERSAL FUNDAMENTAL ASOSLARI

    Toraboyeva Mohigul · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada musiqiy tafakkur tushunchasining mohiyati, shakllanish bosqichlari va inson ongida qanday tarzda ifodalanishi tahlil etilgan. Musiqiy tafakkurning universal qonuniyatlari sifatida ritm, intonatsiya, emotsional idrok, tasavvur va kompozitsion fikrlashning o‘zaro bog‘liqligi o‘rganiladi. Maqolada musiqiy tafakkur inson tafakkurining umumiy mexanizmlaridan biri sifatida talqin qilinib, u madaniy-milliy xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birga universal tamoyillarga ham asoslanishi isbotlanadi. Tadqiqot nazariy tahlil, kuzatuv va amaliy musiqiy faoliyat natijalariga tayangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    YEVROPA MUSIQA PSIXOLOGIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISH DAVRI (XIX-XX ASRLAR)

    Sotiboldiyeva Sevara · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada umumta‘lim maktablarida musiqa ta‘limining samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlarning tutgan o‘rni tahlil qilinadi. O‘quvchilarning musiqiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish, ularning badiiy tafakkurini kengaytirish hamda dars jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni tatbiq etish masalalari yoritilgan. Maqolada an‘anaviy ta‘lim tizimidan farqli ravishda, o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologiyalarning afzalliklari ilmiy va amaliy jihatdan asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AKADEMIK XALQ CHOLG‘ULARI IJROCHILIGINING RIVOJLANISHI

    Sattorova Xurshida Turg‘unbayevna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqola O‘zbekistonda professional kompozitorlik ijodiyotining rivojlanishi va o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrlarining shakllanish jarayoniga bag‘ishlangan. Maqolada, avvalo, o‘zbek xalq cholg‘ularida yangi ijro etish yo‘nalishining paydo bo‘lishi, ya‘ni nota yozuvi asosida ijro etish amaliyotining o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi. 1943 yilda ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining tashkil etilishi va o‘zbek xalq cholg‘ulariga 12 bosqichli teng temperatsiyalashtirilgan tovushqatorni joriy etishning musiqiy amaliyotdagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, maqolada o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrlarining shakllanishi, bu jarayonning Markaziy Osiyo va Kavkaz orti respublikalari musiqa madaniyatiga ta‘siri, va orkestrlarning ijro etish metodlari haqida batafsil ma‘lumot berilgan. Maqolada o‘zbek xalq cholg‘ularining orkestr tarkibini tashkil etuvchi cholg‘ular oilalarining yaratilish jarayoni, ularning modernizatsiyasi va orkestrning sayyor konsertlari haqida ham so‘z boradi. O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri dastlabki yillarda xalq kuylari va qo‘shiqlarining orkestr uchun qayta ishlanishi, shu jumladan, polifonik usullarni qo‘llashdagi yangiliklar ham muhokama qilinadi. Maqola o‘zbek musiqa madaniyatining o‘zgarmas tarixiy jarayonlarini yoritib, orkestr shakllanishining ijtimoiy va badiiy kontekstini tushunishga yordam beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MILLIY MUSIQA MADANIYATIDA DUTOR CHOLG‘USI EVOLYUTSIYASI VA TURKUMLANISHI

    Sattorova Xurshida Turg‘unbayevna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqola O‘zbekiston xalqining boy madaniy merosi – milliy musiqiy cholg‘ularining tarixiy rivojlanishi, estetik ahamiyati va bugungi kundagi o‘rni haqida ma‘lumot beradi. Milliy cholg‘ularning betakror ovozlari, jozibador bezaklari va ijro imkoniyatlari ular nafaqat o‘z davrining madaniy boyligi, balki zamonaviy musiqa san‘ati va ta‘limida ham muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi. Maqolada qadimiy zarbli, shovqinli va puflama cholg‘ularning kelib chiqishi, tarixiy ahamiyati va ular bilan bog‘liq arxeologik topilmalar batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, maqola dutor kabi cholg‘ularning o‘ziga xosliklari, yasash texnikasi, sozlanishi va ijro uslublarini yoritadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng musiqa ta‘limi va ijrochilik sohalarida amalga oshirilgan islohotlar, yosh iste‘dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati ham maqolada keng ko‘lamda muhokama etilgan. Ushbu tadqiqot milliy cholg‘ularning amaliy ahamiyatini boyitish va ularning pedagogik hamda ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida katta qadamdir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA — QALB SHIFOKORI

    Saidkarimov Saidazim Saidikrom o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada musiqaning inson ruhiyati, jismoniy salomatligi va emotsional holatiga ko‘rsatadigan ko‘p qirrali ta‘siri ilmiy va ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Musiqa nafaqat san‘at turi, balki nevrologik va psixologik jarayonlarni muvozanatlashtiruvchi samarali vosita "qalb shifokori" sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada klassik va zamonaviy musiqaning terapevtik xususiyatlari, xususan, stressni kamaytirish, depressiya bilan kurashish va kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqot musiqiy terapiyaning tibbiyotdagi ahamiyati va uning inson hayot sifatini yaxshilashdagi salohiyatini ochib berishga qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA FANINI ADABIYOT, TARIX VA SAN‘AT FANLARI BILAN INTEGRATSIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

    Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich, Nematjonova Laylo Donyor qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola musiqa fanini adabiyot, tarix va san‘at fanlari bilan integratsiyalashning pedagogik imkoniyatlarini o‘rganadi. Musiqa ta‘limida interdisiplinar yondashuvning ahamiyati va afzalliklari ko‘rsatilib, bu jarayonda o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish muhokama qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MILLIY CHOLG‘ULARNING QAYTA RIVOJLANISHI: TANBUR VA DUTORNING ZAMONAVIY ELEKTRON MUSIQADAGI O‘RNI

    Mo‘ydinova Onorxon Nuridin qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada o‘zbek milliy cholg‘u asboblari, xususan, tanbur va dutorning zamonaviy elektron musiqa bilan integratsiyalashuvi jarayonlari tadqiq etiladi. Globallashuv davrida milliy o‘zlikni saqlab qolish va an‘anaviy merosni yangicha talqin qilish masalasi dolzarb ahamiyatga ega. Maqolada tanbur va dutorning akustik xususiyatlari, ularning elektron sintezatorlar va bitmeyking san‘ati bilan uyg‘unlashuvi, shuningdek, ushbu yo‘nalishda ijod qilayotgan zamonaviy bastakorlarning yondashuvlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida milliy cholg‘ularning elektron musiqa tarkibiga kirib borishi nafaqat musiqiy janrlarni boyitishi, balki yosh avlod o‘rtasida milliy merosga bo‘lgan qiziqishni oshirishi asoslab berilgan..

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    YEVROPA MUSIQA PSIXOLOGIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISH DAVRI (XIX-XX ASRLAR)

    Mamatxonova Gulnoza · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Yevropa ilm-fanida yuzaga kelgan musiqa psixologiyasi yo‘nalishining shakllanishi, uning metodologik asoslari va asosiy namoyandalari faoliyati o‘rganiladi. Maqolada musiqa va psixologiyaning kesishgan nuqtalarini aniqlash, musiqaning inson psixikasiga ta‘siri, musiqiy idrok va emotsional reflekslar bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar tahlil qilinadi. Tadqiqot asosida bu davrdagi ilmiy yondashuvlar zamonaviy musiqa psixologiyasining poydevorini tashkil qilganini isbotlashga harakat qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA TA‘LIMINING INSON SALOMATLIGIGA PSIXOFIZIOLOGIK TA‘SIRI

    Jo‘rayeva Dilnozaxon · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada musiqa ta‘limining inson salomatligiga, xususan, uning jismoniy faolligi va psixologik holatiga ko‘rsatadigan ta‘siri tahlil qilinadi. Xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslanib, musiqiy faoliyatning inson organizmi uchun ahamiyati hamda uning sog‘liqni saqlashdagi muhim roli yoritiladi. Shuningdek, milliy musiqaning emotsional barqarorlikka ijobiy ta‘siri ilmiy jihatdan ko‘rib chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA TA‘LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI

    Axmedov Baxodirxon Sayfiddinovich, Jamoliddinov Boburjon Bahromjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Musiqa ta‘limi har bir insonning shaxsiy va estetik rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Musiqa faqatgina san‘at turi sifatida emas, balki pedagogik jarayonning samarali vositasi sifatida ham e‘tiborga molikdir. Musiqa orqali o‘quvchilar nafaqat musiqiy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, balki ularning hissiy va estetik didi shakllanadi, ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi va shaxsiy tafakkuri boyitiladi. Musiqa ta‘limi o‘quvchilarda hissiyotlarni chuqur his etish, musiqiy ohang va ritmni to‘g‘ri anglash, turli janr va uslublarni tan olish qobiliyatini rivojlantiradi. Shu bilan birga, musiqa ta‘limi bolalarni madaniyati, jamiyatdagi o‘rni va jamiyat bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Tayanch iboralar: Interfaol metodlar, didaktik o‘yinlar, rolli mashqlar, duet va ansambl, estetik did, estetik va ijtimoiy qobiliyat, kuy, ohang, estetika, musiqa darsi faoliyati, tinglash, kuylash, ritmik jo‘r bo‘lish, uslublar, axloqiy poklik, ma‘naviy boylik.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA TA‘LIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR: NAZARIYA VA AMALIYOT

    Ibrohimov Azizbek Ismonjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada o‘quvchilarga innovatsion yondashuv asosida musiqa fanini o‘qitish nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Talabalarda musiqiy tafakkurni rivojlantirish, estetik didni shakllantirish hamda dars samaradorligini oshirishda interfaol metodlar, axborot texnologiyalari va kreativ ta‘lim usullarining o‘rni tahlil qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA TA‘LIMIGA ZAMONAVIY ART-PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALARNI INTEGRATSIYALASH TEXNOLOGIYALARI

    Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich, Erbulayev Mo‘min Savkatjonovich · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola musiqa ta‘limida zamonaviy art-pedagogik yondashuvlar asosida xorijiy tajribalarni integratsiyalash texnologiyalarini o‘rganadi. Musiqa ta‘limining samaradorligini oshirish uchun zamonaviy usullar va texnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQA TA‘LIMI MUHITIDA DEVORIY BADIIY BEZAKLARNING DIDAKTIK VA DIZAYN AHAMIYATI

    Doniyor Xudoyberdiyev · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu tezisda musiqa ta‘limi muassasalarida estetik muhitni shakllantirishda devoriy badiiy bezaklarning o‘rni tahlil qilinadi. Musiqa ta‘limi xonalarining dizayni nafaqat vizual go‘zallik, balki didaktik va muhandislik yechimlari (akustika) nuqtayi nazaridan asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MUSIQASHUNOSLIK FAN SIFATIDA: TARIXIY RIVOJLANISH VA NAZARIY ASOSLAR

    Daminova Gulmira Komiljonovna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada musiqashunoslik fanining shakllanishi, rivojlanishi va nazariy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot musiqashunoslikning mustaqil fan sifatida vujudga kelish jarayonlarini, uning asosiy yo‘nalishlarini va zamonaviy holatini ko‘rib chiqadi. Maqolada musiqashunoslikning tarixiy, nazariy va amaliy sohalarining o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, fan sifatida musiqashunoslikning asosiy vazifa va maqsadlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalarida musiqashunoslikning XVIII-XIX asrlarda mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishi, XX asrda metodologik jihatdan boyishi va hozirgi zamon faniy-nazariy maktablarining rivojlanishi ko‘rsatilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    1930-YILLARNING O‘RTALARIDA TORLI CHOLG‘U ASBOBLARINING MODERNIZATSIYALASH ISHLARI

    Axmedova E‘zoza Adashli qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbek milliy torli cholg‘u asboblaridan chang, ruboblar oilasi, dutorlar oilasi hamda g‘ijjaklar oilasini A.Petrosyans, V.Romanchenka, A.Kevxoyans, hamda S.Didenko kabi ustalar tomonidan torli cholg‘u asboblarini modernizatsiyalash ishlari haqida ma‘lumotlar keltirib o‘tilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BO‘LAJAK MUSIQA TA‘LIMI KADRLARINI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY SAN‘ATSHUNOSLIK METODLARI VA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBANI O‘RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI

    R. Ormonov · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqolada musiqa ta‘limi sohasida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning nazariy va metodologik asoslari ko‘rib chiqiladi, zamonaviy san‘atshunoslik metodlarining mazmuni va ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba tahlil qilinadi hamda uni milliy ta‘lim tizimiga joriy etish imkoniyatlari asoslanadi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INTELLEKTUAL TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA SAN‘AT VA MADANIYAT TARAQQIYOTI

    Shokirov Toxirjon Nurmamatovich · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Ushbu maqola sun‘iy intellektning (SI) san‘at va madaniyatga bo‘lgan ta‘sirini keng miqyosda o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar madaniy merosni saqlash, san‘at asarlarini yaratish, ulardan foydalanish va auditoriya tajribasini kengaytirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Sun‘iy intellektning ijodiy jarayonlarga qo‘shgan hissasi, uning san‘at va madaniyat rivojiga ta‘siri, ijodiy jarayonlarni avtomatlashtirishdagi yutuqlari va shu bilan birga yuzaga keladigan estetik hamda etik muammolar keng yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda sun‘iy intellekt texnologiyalarining san‘at va madaniyat sohasidagi qo‘llanilish imkoniyatlari va istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MAKTABGACHA TA‘LIMDA MUSIQIY TARBIYANI TASHKIL ETISHDA PYOTR FRANTSEVICH LESGAFT PEDAGOGIK G‘OYALARINING ILMIY-METODIK AHAMIYATI

    Sapoyeva Fotima Abdullayevna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Maqolada P.F. Lesgaftning pedagogik qarashlari maktabgacha ta‘lim tizimida musiqiy tarbiyani tashkil etish nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Lesgaft tomonidan ilgari surilgan majburlashsiz tarbiya, yoshga mos rivojlanish va ongli faoliyat tamoyillari “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida belgilangan musiqiy faoliyat mazmuni bilan qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Tahlil natijalari maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqiy faoliyatni erkin va psixologik jihatdan qulay muhitda tashkil etish zarurligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya