Asosiy mazmunga o‘tish

AKADEMIK XALQ CHOLG‘ULARI IJROCHILIGINING RIVOJLANISHI

Sattorova Xurshida Turg‘unbayevnaNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 752–757

Annotatsiya

Mazkur maqola O‘zbekistonda professional kompozitorlik ijodiyotining rivojlanishi va o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrlarining shakllanish jarayoniga bag‘ishlangan. Maqolada, avvalo, o‘zbek xalq cholg‘ularida yangi ijro etish yo‘nalishining paydo bo‘lishi, ya‘ni nota yozuvi asosida ijro etish amaliyotining o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi. 1943 yilda ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining tashkil etilishi va o‘zbek xalq cholg‘ulariga 12 bosqichli teng temperatsiyalashtirilgan tovushqatorni joriy etishning musiqiy amaliyotdagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, maqolada o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrlarining shakllanishi, bu jarayonning Markaziy Osiyo va Kavkaz orti respublikalari musiqa madaniyatiga ta‘siri, va orkestrlarning ijro etish metodlari haqida batafsil ma‘lumot berilgan. Maqolada o‘zbek xalq cholg‘ularining orkestr tarkibini tashkil etuvchi cholg‘ular oilalarining yaratilish jarayoni, ularning modernizatsiyasi va orkestrning sayyor konsertlari haqida ham so‘z boradi. O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri dastlabki yillarda xalq kuylari va qo‘shiqlarining orkestr uchun qayta ishlanishi, shu jumladan, polifonik usullarni qo‘llashdagi yangiliklar ham muhokama qilinadi. Maqola o‘zbek musiqa madaniyatining o‘zgarmas tarixiy jarayonlarini yoritib, orkestr shakllanishining ijtimoiy va badiiy kontekstini tushunishga yordam beradi.

Boshqa tillarda

ruschaРАЗВИТИЕ ИСПОЛНИТЕЛЬСТВА НА АКАДЕМИЧЕСКИХ НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТАХ

Данная статья посвящена развитию профессионального композиторского творчества в Узбекистане и процессу формирования оркестров узбекских народных инструментов. В статье прежде всего освещается возникновение нового направления исполнительства на узбекских народных инструментах, то есть особенности практики исполнения на основе нотной записи. Речь идёт о создании в 1943 году научно-исследовательской лаборатории и о значении внедрения 12-ступенного равномерно темперированного звукоряда в узбекские народные инструменты для музыкальной практики. Также в статье подробно рассматриваются формирование оркестров узбекских народных инструментов, влияние этого процесса на музыкальную культуру республик Центральной Азии и Закавказья и методы исполнительства оркестров. В статье говорится и о процессе создания семейств инструментов, составляющих оркестровый состав узбекских народных инструментов, об их модернизации, а также о гастрольных концертах оркестра. Обсуждаются обработки народных мелодий и песен для оркестра в первые годы деятельности оркестра узбекских народных инструментов, в том числе новшества в применении полифонических приёмов. Статья освещает неизменные исторические процессы узбекской музыкальной культуры и способствует пониманию социального и художественного контекста формирования оркестра.

inglizchaDEVELOPMENT OF PERFORMANCE ON ACADEMIC FOLK INSTRUMENTS

This article is devoted to the development of professional compositional creativity in Uzbekistan and to the process of formation of orchestras of Uzbek folk instruments. First of all, the article sets out the emergence of a new direction of performance on Uzbek folk instruments, that is, the distinctive features of the practice of performing on the basis of musical notation. It discusses the establishment of a research laboratory in 1943 and the significance for musical practice of introducing the twelve-step equal-tempered scale to Uzbek folk instruments. The article also provides detailed information on the formation of orchestras of Uzbek folk instruments, the influence of this process on the musical culture of the Central Asian and Transcaucasian republics, and the performance methods of these orchestras. It further addresses the process of creating the families of instruments that make up the orchestra of Uzbek folk instruments, their modernization and the touring concerts of the orchestra. The arrangement of folk tunes and songs for the orchestra during the early years of the Uzbek folk instruments orchestra, including innovations in the application of polyphonic techniques, is also discussed. By elucidating the enduring historical processes of Uzbek musical culture, the article helps to understand the social and artistic context of the orchestra‘s formation.

Kalit so‘zlar

  • ta‘lim
  • san‘at
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish
  • estetik tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

AKADEMIK XALQ CHOLGʻULARI IJROCHILIGINING RIVOJLANISH Sattorova Xurshida Turgʻunbayevna Namangan davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi va san’at yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Annotatsiya: Mazkur maqola O‘zbekistonda professional kompozitorlik ijodiyotining rivojlanishi va o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrlarining shakllanish jarayoniga bag‘ishlangan. Maqolada, avvalo, o‘zbek xalq cholg‘ularida yangi ijro etish yo‘nalishining paydo bo‘lishi, ya’ni nota yozuvi asosida ijro etish amaliyotining o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi. 1943 yilda ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining tashkil etilishi va o‘zbek xalq cholg‘ulariga 12 bosqichli teng temperatsiyalashtirilgan tovushqatorni joriy etishning musiqiy amaliyotdagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, maqolada o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrlarining shakllanishi, bu jarayonning Markaziy Osiyo va Kavkaz orti respublikalari musiqa madaniyatiga ta’siri, va orkestrlarning ijro etish metodlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqolada o‘zbek xalq cholg‘ularining orkestr tarkibini tashkil etuvchi cholg‘ular oilalarining yaratilish jarayoni, ularning modernizatsiyasi va orkestrning sayyor konsertlari haqida ham so‘z boradi. O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri dastlabki yillarda xalq kuylari va qo‘shiqlarining orkestr uchun qayta ishlanishi, shu jumladan, polifonik usullarni qo‘llashdagi yangiliklar ham muhokama qilinadi. Maqola o‘zbek musiqa madaniyatining o‘zgarmas tarixiy jarayonlarini yoritib, orkestr shakllanishining ijtimoiy va badiiy kontekstini tushunishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: Orkestr, musiqa, cholg‘u, kompozitor, dutor, ijro, garmoniya, laboratoriya, texnika, madaniyat. O‘zbekistonda professional kompozitorlik ijodiyotining paydo bo‘lishi o‘zbek xalq cholg‘ularida avval mavjud bo‘lmagan yangi, ya’ni an’anaviy ijrochilikdan farqli o‘laroq, nota yozuvi orqali ijro etish yo‘nalishining paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Bu o‘z navbatida Respublikamizda musiqa amaliyotida qo‘llanilayotgan cholg‘ularni zamonaviy ijrochilik talab darajasiga moslashtirish, ya’ni modernizatsiyalashtirish va ularning asosida orkestr tarkibini tashkil etuvchi cholg‘ular oilalarining yaratilish jarayoni natijasida vujudga keldi. 1943 yili ilmiy-tadqiqot eksperimental laboratoriyasining tashkil etilishi o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik imkoniyatlarini kengaytirish borasida asosiy vazifalardan biri bo‘lmish – butun dunyoda qabul qilingan umummaqbul nota tizimi orqali kompozitorlik ijodiyotini ijro etish uchun – o‘zbek xalq cholg‘ulari amaliyotiga 12 bosqichli teng temperatsiyalashtirilgan tovushqatorni joriy etdi. Bu ushbu yo‘nalishdagi eng asosiy imkoniyatlardan biri bo‘ldi. O‘zbekistonda xalq cholg‘ulari orkestri taniqli musiqa targ‘ibotchisi, rus xalq cholg‘ulari orkestrining tashkilotchisi Vasiliy Andreev ish tajribasiga tayangan holda tashkil etildi. O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrlarining paydo bo‘lish manbai turli-tuman bo‘lib, ulardan asosiysi “unison orkestr” deb nomlanuvchi katta milliy cholg‘u

ansambllari va evropacha turdagi harbiy-damli orkestrlar edi. Xalq cholg‘ularining ijrochilik texnikasi va xalq musiqasi faoliyati haqida juda kam tarixiy ma’lumotlar saqlanib qolgan. Afsuski musiqiy arxeologik tarixiy ma’lumotlar o‘tmish ijrochilik san’atining ijodiy jarayonini aniq yoritib bera olmaydi. Jamoa bo‘lib ijro etishning yangi shakli bo‘lgan - xalq cholg‘ulari orkestri, nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo va Kavkaz orti respublikalari musiqa madaniyati rivojining o‘ziga xos chuqur badiiy-tarixiy ildizga ega bo‘lgan ma’lum davri bo‘ldi. O‘tgan asrning 30-yillarida Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, keyinchalik Qirg‘iziston va Qoraqalpog‘istonda professional xalq cholg‘ulari orkestrlari tashkil etildi. XX asr boshlarida O‘zbekiston musiqa ijodiyotining ko‘p ovozli ijrochilikka faol kirib borishi, yangi shakllarning rivojlanishiga hamda Sharq va G‘arb o‘rtasidagi yangi o‘zaro munosabatlarning paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Bularning barchasi o‘z navbatida kutilmagan ezgu natijalarning yuzaga kelishiga, shu jumladan o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrlarining shakllanishiga olib keldi. Ko‘p sonli orkestrlar, shu jumladan o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrlari ham yangi ommaviy musiqa san’ati shaklini o‘zida namoyon etdi. 32XX asrning 20-yillaridagi o‘zbek musiqa madaniyati misli ko‘rilmagan darajada rang-barangligi bilan ajralib turardi. Ushbu jarayonda yangi davr musiqasini to‘xtovsiz targ‘ib etuvchi fidoiylarning o‘rni beqiyos edi. Ularning tashabbusi bilan madaniyatning ayrim unsurlarining o‘ta harakatchan va o‘zgaruvchanligi namoyon bo‘ldi. Professionallik jihatdan etuk bo‘lmasa-da, o‘sha davrdagi orkestrlar ijrosi ommaviy-tashviqotchilikka oid san’at sifatida, musiqiyjamoatchilik va o‘ziga nisbatan katta qiziqish uyg‘otadigan, yangilikka intiluvchi yoshlarni ko‘proq o‘ziga jalb etdi. Badiiy jarayonning ajralmas qismi sifatida ular turli madaniyatlar o‘rtasida tengsiz darajada axborot almashuv ramzi bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekistonda jamoaviy ijrochilikning yangi shakli bo‘lgan o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrining shakllanishi 30-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ushbu davrda O‘zbekiston musiqa madaniyati har tomonlama rivojlanadi. Respublikamiz poytaxti va viloyatlarida musiqali drama teatrlari o‘z faoliyatlarini boshlaydi. 1936-yilda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan birinchi musiqa oliy o‘quv yurti, ya’ni Toshkent konservatoriyasi ochiladi. Musiqa san’ati yutuqlarini keng targ‘ib etish maqsadida, 1936-yilda O‘zbek davlat filarmoniyasi tashkil etilib, uning qoshida o‘sha paytlarda “sexlar” (orkestr, xor, balet) deb nomlanuvchi turli ijodiy jamoalar tuziladi. O‘zbekistonda 30-yillarning oxirida katta cholg‘u jamoalarining ikki yo‘nalishi aniqlandi. Birinchisi etnografik orkestr bo‘lib unga T.Jalilov rahbar etib tayinlandi. Ikkinchisi “notali”, ya’ni nota orqali ijro etadigan xalq cholg‘ulari orkestri edi. Ushbu jamoada N.Mironov boshlagan ish A.Petrosyans tomonidan davom ettirildi. Shu tariqa jamoalar o‘z ijodiy faoliyatini boshladilar.

Qosimov R. Q. «Rubob taronalari». Toshkent. 1993.

Shundan keyingina ko‘p ovozli yozma uslubga tayangan o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrini tuzish fikri ilgari surilgan edi. Shu tariqa jamoaviy ijrochilikning bir ovozlilik (unison) uslubidan ko‘p ovozlilikka o‘tish harakatlari boshlab yuboriladi. Bu o‘rinda eng avvalo yangi turda shakillantirilayotgan orkestr jamoasi maqsadlariga mos bo‘lgan cholg‘ularga ehtiyoj sezila boshlaydi. Aniqroq aytganda, turli ovoz balandligiga ega torli-mizrobli, torli-chertma va torli-kamonli cholg‘ular oilasini yaratish zarurati yuzaga kelgan edi. Xullas, shu paytdan e’tiboran o‘zbek xalq cholg‘ularini yangi talablar kesimida modernizatsiyalashtirish sa’yi-harakatlari boahlanadi va bu ishga mutaxassislar jamoasi jalb etiladi. 30-yillarning oxiri, aniqrog‘i 1939-yilda o‘sha davr uchun namunali bo‘lgan, o‘zbek xalq cholg‘ulari (modernizatsiyalashtirilgan va yangitdan yaratilgan cholg‘ular asosida) orkestrining tarkibi aniqlanadi. Uning asosini g‘ijjaklar oilasi (g‘ijjak I-II, alt, bas va kontrabaslar) tashkil etgan. Torli-chertma cholg‘ular guruhi: prima-rubobi, qashqar va afg‘on ruboblari hamda torni o‘z ichiga qamrab olgan. Damlilar: modernizatsiyalashtirilmagan nay va qo‘shnaydan, zarblilar - doyradan iborat edi. Bulardan tashqari simfonik orkestrning mis damlilaridan - truba, voltorna va trombonlar ba’zi bir partituralarda 50-yillargacha qo‘llanilgan. Cholg‘ular oilasining yaratilishi ko‘p ovozli ijrochilik imkoniyatlarini kengaytirdi. Orkestrning sayyor konsertlari juda erta boshlandi. U umumta’lim maktablari, zavod va fabrikalarda, kolxoz va sovxozlarda konsert beradi. 1940- yilda orkestrning respublika bo‘ylab birinchi katta konserti bo‘lib o‘tgan. Ular Qo‘qon, Marg‘ilon, Namangan va boshqa shaharlarda chiqishlar qilgan. Ushbu konsertlarning ba’zi birlari haqida tomoshabinlar ko‘chalarda yopishtiriladigan afishalar orqali emas, balki eskicha urf-odat bo‘yicha karnaychilar orqali ogohtirilgan. 1941-yilning bahorida orkestr ikki xafta davomida Kattaqo‘rg‘on suv omborining qurilishida bo‘lib, bir necha konsert dasturlarini namoyish etadi. Shu bilan birga kanal ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda ham ishtirok etadi. O‘sha paytdagi qiyinchiliklar – bu orkestrni kadrlar hamda cholg‘ular tarkibi bo‘yicha shakllantirishdan iborat edi. Dastur ham yo‘q edi, u ham orkestr bilan birgalikda yaratildi. Faoliyatining birinchi yillarida orkestr repertuari asosan xalq kuylaridan iborat edi. Ayniqsa mashhur o‘zbek xalq kuylari “Qashqarcha” va “Usmoniya” tomoshabinlar tomonidan sevib tinglangan. Shuningdek konsertlarda turli xalq kuylari, jumladan, tojikcha “Aspanjoyiman”, ukraincha “Reve ta stogne Dnipr shirokiy”, gruzincha “Suliko”lar ijro etilardi. Orkestr dasturiga ushbu jamoa uchun 1937-yilda N.Mironov tomonidan yozilgan ayrim partituralar ham kiritilgan. Ular orkestr uchun moslashtirilgan I.Shtrausning “Persidskiy marsh” va qayta ishlangan xalq kuylari “Ulparivash” hamda “Segoh”dan iborat edi.

O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrining shakllanishi va rivojlanishi, o‘zbek musiqa madaniyatining yangi bosqichiga o'tganligini ko'rsatadi. Bu jarayon, nafaqat xalq musiqasini modernizatsiya qilish, balki uni jamoaviy ijro shaklida ifodalashning yangi imkoniyatlarini yaratdi. Orkestrlarning paydo bo'lishi, yangi orkestr tarkibining yaratish va ko‘p ovozli ijro usulini qo‘llash orqali o‘zbek xalq musiqasining boy merosini saqlab qolish va uni zamonaviy talablar darajasida rivojlantirish imkoniyatini berdi. Orkestrlarning birinchi konsertlari va kengaygan repertuar, xalq musiqasining ommaviylashtirilishi va keng auditoriyaga yetkazilishiga katta yordam berdi. Shu bilan birga, orkestrlar nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo va Kavkaz orti respublikalari musiqa madaniyati rivojida ham muhim o‘rin tutdi. O‘zbekiston musiqa madaniyati, xususan, o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrining shakllanishi, butun hududda musiqa san’ati rivojlanishining yangi davrini boshlab berdi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar43 ta adabiyot

  1. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MILLIY MUSIQA–XALQ MADANIYATINING MA’NAVIY KO ‘ZGUSI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 8(10), 107-109.
  2. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MUSIQA O ‘QITUVCHILAR DARSLARDA ILG ‘OR TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH KO ‘NIKMALARI. SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 8(9), 90-94.
  3. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MUSIQA SAVODXONLIGI TUSHUNCHASI. FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES, 3(36), 220-224.
  4. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR TUSHUNCHASI. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(32), 87-91.
  5. Qodir o‘g‘li, M. S. (2024). INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING MUSIQA TA'LIMIDA QO'LLANILISHI. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 3(28), 68-71.
  6. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MILLIY MUSIQA–XALQ MADANIYATINING MA’NAVIY KO ‘ZGUSI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 8(10), 107-109.
  7. JURAKHONOVICH, G. J., & KARIMBERDIEVICH, R. K. Renewing the System of the Country and the Role and Significance of Art and Culture in Today's New Level of Modernization in Our Life. JournalNX, 6(05), 7-9.
  8. Gaziyev, J. J. (2021). STYLISTIC FEATURES OF THE WORK OF FRANZ JOSEPH HAYDN. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 215-217).
  9. Gaziyev, J. J., & Toshmatov, G. O. (2021). Acts credit module system and its implementation activities in higher educational process. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 467-472.
  10. Gaziyev, J. J., & Aliyeva, N. R. (2021). Dmitriy dmitrievich shostakovich life and work. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 1181-1185.
  11. Joraxanovich, G. J. (2023). Psychological Factors Of Musical Education. JournalNX, 9(11), 8-10.
  12. Botirkhanovich, S. B. (2024). The Structure of Kashkar Rubab, And Methods of Their Execution. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 5(1), 19-22.
  13. Shokirkhonov, B. (2026, February). DEVELOPMENT OF STUDENTS’PERFORMING AND MUSICAL ABILITIES THROUGH INSTRUMENTS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 77-79).
  14. Botirxonovich, S. B. (2025). MUSIQA NAZARIYASI FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH METODIKASI. FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities., 13(7), 139-150.
  15. Toshmatov, G. U. O. (2026). Musiqa ta’limi jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 7(2), 195-201.
  16. Тошматов, Ғ., & Турдалиева, О. (2023). ТАЛАБАЛАРНИ МУСТАҚИЛ ИШЛАШГА ҚИЗИҚТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Универсальная индексная библиотека Евразийского журнала академических исследований, 3(6), 162-166.
  17. Olimjonovich, T. G., & Komiljanovna, D. G. (2022). The Importance of the Festival “East Songs” in the Introduction and Development of National Classical Music of the Peoples of the East. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(6), 195-199.
  18. Abduraimov, S. (2024). METHODS OF USING PRACTICAL METHODS IN MUSIC CULTURE LESSONS IN HIGH SCHOOLS. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(6), 22-25.
  19. Abduraimov, S. Z. (2024). MUSIQA TO ‘GARAKLARI ASOSIDA O ‘QUVCHILARDA MILLIY RUHIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. Inter education & global study, (5 (1)), 44-51.
  20. Erdonov, S. B., Maxmudov, A. V., Abduraimov, O. S., Allamurotov, A. L., Mavlanov, B. J., & Mamatkasimov, O. T. (2023). On Reserves of Hippophae rhamnoides L. Fruit on the Territory of the Zarafshan National Nature Park of Uzbekistan. American Journal of Plant Sciences, 14, 946-954.
  21. Asrakulova, A. (2025). ECONOMIC VIEWS OF ABU NASR FORABI. Инновационные исследования в науке, 4(2), 65-68.
  22. Nabievna, A. A. (2025). ECONOMIC THOUGHTS OF YUSUF KHOS KHOJIB. Web of Humanities: Journal of Social Science and Humanitarian Research, 3(2), 212-214.
  23. Asrakulova, A. (2025, February). HISTORICAL-PHILOSOPHICAL AND PUBLIC ADMINISTRATION ISSUES IN NIZAMULMULK’S “SIYOSATNOMA”. In Международная конференция академических наук (Vol. 4, No. 2, pp. 85-88).
  24. Jurayeva, G. (2025). TALABALARNING O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARIDA IJROCHILIK MAHORATLARINI OSHIRISHDA USTOZ-SHOGIRD AN'ANALARINING O'RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 535538.
  25. Jurayeva, G. (2024). MUSIQA FANIDA XALQ CHOLG'ULARINI O'RGATISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH. Universal Science Perspectives International Scientific Practical Journal, 1(1).
  26. Jo‘Rayeva, G. Z. Q. (2026). STEM yondashuvi asosida musiqa nazariyasi ta’limini rivojlantirish yo ‘llari. Science and Education, 7(2), 169-174.
  27. Akhmedov, B. (2026, February). THE ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF PERSONALITY. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 72-76).
  28. Akhmedov, B. (2026, February). TECHNICAL AND EXPRESSIVE ASPECTS OF THE CONDUCTING APPARATUS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 68-71).
  29. Ahmedov, B. S. (2026). Umumta’lim maktablari musiqa darslarida musiqa tinglash jarayonining metodik asoslari. Science and Education, 7(2), 182-187.
  30. Tajiboyev, E. (2025). O ‘ZBEK MILLIY QADRIYATLARINING TARIXIY MEROSI VA ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O ‘RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3).
  31. Tajiboev, E. (2025). ORGANIZATION OF AN OUT-OF-CLASS MUSIC CLUB IN COMPREHENSIVE SECONDARY SCHOOLS. Развитие и инновации в науке, 4(2), 13-16
  32. Tajiboyev, E. M. (2026). Scientific and pedagogical foundations of developing the skills of listening to national music in higher education system. Science and Education, 7(1), 1038-1043.
  33. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). O ‘quvchilarning STEAM ta’lim texnologiyalarini qo ‘llash asosida muammolarni yechish ko ‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(2), 157-161.
  34. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqiy mashg ‘ulotlar orqali talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(3), 388-391.
  35. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqa ta’limida STEM texnologiyalari va milliy musiqa integratsiyasi. Science and Education, 7(3), 392-395.
  36. Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi yo ‘nalishi talabalarida ritmik kompetensiyani rivojlantirishning metodik asoslari. Science and Education, 7(1), 960-965.
  37. Odilova, G. (2025). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA BOLALAR BILAN ISHLASHDA MULOQOT TEXNOLOGIYASIDA. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 367-370.
  38. Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi orqali bolaga emotsional yondashish tendensiyalari. Science and Education, 7(2), 162-168.
  39. Gaziyev, J. J. (2021). STYLISTIC FEATURES OF THE WORK OF FRANZ JOSEPH HAYDN. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 215-217).
  40. JURAKHONOVICH, G. J., & KARIMBERDIEVICH, R. K. Renewing the System of the Country and the Role and Significance of Art and Culture in Today's New Level of Modernization in Our Life. JournalNX, 6(05), 7-9.
  41. Joraxanovich, G. J. (2025). XIX ASR OHIRI XX ASR BOSHLARIDA YEVROPADA MUSIQA PSIXOLOGIYASI RIVOJLANISHI. Научный Импульс, 4(37), 157-161.
  42. Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025, December). RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PEDAGOGIKA YO ‘NALISHI TALABALARI KREATIV FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 1156-1159).
  43. Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025). MUSIQA TA’LIMINI BARCHA TALABALAR UCHUN INKLYUZIV TARTIBDA TASHKIL ETISH. “Iqtidorli talabalar ilmiy xabarlari" ilmiy-uslubiy jurnali, 1(2), 3-9.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012165
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2155
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
752–757
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25