Asosiy mazmunga o‘tish

MILLIY MUSIQA MADANIYATIDA DUTOR CHOLG‘USI EVOLYUTSIYASI VA TURKUMLANISHI

Sattorova Xurshida Turg‘unbayevnaNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 745–751

Annotatsiya

Mazkur maqola O‘zbekiston xalqining boy madaniy merosi – milliy musiqiy cholg‘ularining tarixiy rivojlanishi, estetik ahamiyati va bugungi kundagi o‘rni haqida ma‘lumot beradi. Milliy cholg‘ularning betakror ovozlari, jozibador bezaklari va ijro imkoniyatlari ular nafaqat o‘z davrining madaniy boyligi, balki zamonaviy musiqa san‘ati va ta‘limida ham muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi. Maqolada qadimiy zarbli, shovqinli va puflama cholg‘ularning kelib chiqishi, tarixiy ahamiyati va ular bilan bog‘liq arxeologik topilmalar batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, maqola dutor kabi cholg‘ularning o‘ziga xosliklari, yasash texnikasi, sozlanishi va ijro uslublarini yoritadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng musiqa ta‘limi va ijrochilik sohalarida amalga oshirilgan islohotlar, yosh iste‘dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati ham maqolada keng ko‘lamda muhokama etilgan. Ushbu tadqiqot milliy cholg‘ularning amaliy ahamiyatini boyitish va ularning pedagogik hamda ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida katta qadamdir.

Boshqa tillarda

ruschaЭВОЛЮЦИЯ И КЛАССИФИКАЦИЯ ДУТОРА В НАЦИОНАЛЬНОЙ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЕ

Настоящая статья даёт сведения о богатом культурном наследии народа Узбекистана — историческом развитии национальных музыкальных инструментов, их эстетическом значении и месте в наши дни. Неповторимое звучание национальных инструментов, их привлекательное убранство и исполнительские возможности показывают, что они являются не только культурным богатством своего времени, но и приобретают важное значение в современном музыкальном искусстве и образовании. В статье подробно проанализированы происхождение древних ударных, шумовых и духовых инструментов, их историческое значение и связанные с ними археологические находки. Кроме того, в статье освещаются особенности таких инструментов, как дутар, техника их изготовления, настройка и исполнительские стили. Широко обсуждаются также реформы, осуществлённые в сферах музыкального образования и исполнительства после обретения Узбекистаном независимости, и государственная политика, направленная на поддержку молодых талантов. Данное исследование является значительным шагом на пути обогащения практического значения национальных инструментов и расширения их педагогических и творческих возможностей.

inglizchaTHE EVOLUTION AND CLASSIFICATION OF THE DUTOR IN NATIONAL MUSICAL CULTURE

This article provides information on the rich cultural heritage of the people of Uzbekistan — the historical development of national musical instruments, their aesthetic significance and their place today. The inimitable sounds, attractive ornamentation and performance capabilities of national instruments show that they constitute not only the cultural wealth of their own era but also acquire important significance in contemporary musical art and education. The article analyzes in detail the origin and historical significance of ancient percussion, noise-making and wind instruments, as well as the archaeological finds associated with them. It also elucidates the distinctive features of instruments such as the dutar, the techniques of their making, their tuning and their performance styles. The reforms carried out in the fields of music education and performance after Uzbekistan gained independence, together with state policy aimed at supporting young talents, are likewise discussed extensively in the article. This study constitutes a significant step toward enriching the practical importance of national instruments and expanding their pedagogical and creative possibilities.

Kalit so‘zlar

  • musiqa
  • musiqa ta‘limi
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish
  • estetik tarbiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

MILLIY MUSIQA MADANIYATIDA DUTOR CHOLGʻUSI EVOLYUTSIYASI VA TURKUMLANISHI

Sattorova Xurshida Turgʻunbayevna Namangan davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi va san’at yo‘nalishi 1-bosqich magistranti

Annotatsiya: Mazkur maqola O‘zbekiston xalqining boy madaniy merosi – milliy musiqiy cholg‘ularining tarixiy rivojlanishi, estetik ahamiyati va bugungi kundagi o‘rni haqida ma’lumot beradi. Milliy cholg‘ularning betakror ovozlari, jozibador bezaklari va ijro imkoniyatlari ular nafaqat o‘z davrining madaniy boyligi, balki zamonaviy musiqa san’ati va ta’limida ham muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi. Maqolada qadimiy zarbli, shovqinli va puflama cholg‘ularning kelib chiqishi, tarixiy ahamiyati va ular bilan bog‘liq arxeologik topilmalar batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, maqola dutor kabi cholg‘ularning o‘ziga xosliklari, yasash texnikasi, sozlanishi va ijro uslublarini yoritadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng musiqa ta’limi va ijrochilik sohalarida amalga oshirilgan islohotlar, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati ham maqolada keng ko‘lamda muhokama etilgan. Ushbu tadqiqot milliy cholg‘ularning amaliy ahamiyatini boyitish va ularning pedagogik hamda ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida katta qadamdir. Kalit so‘zlar: Musiqa, cholg‘u, dutor, ijro, texnika, imkoniyat, madaniyat. O‘zbek xalqining bebaho boyligi hisoblanmish - milliy musiqiy cholgʻularimiz oʻzining betakrorligi, naqsh bezagining jozibadorligi, ovoz tarovatining rang-barangligi va ijro imkoniyatlarining beqiyosligi bilan milliy musiqiy madaniyatimizda alohida oʻrin tutadi. Musiqiy cholgʻular azal-azaldan oʻzbek xalqining maʼnaviy hayotida muhim ahamiyat kasb etib, kundalik turmush tarzi bilan chambarchas bogʻlanib ketgan. Ular hozirgi kunda ham kishilar dunyoqarashining shakllanishida oʻziga xos xususiyatlarga ega. Ayniqsa, cholgʻu ijrochiligi sanʼati ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida noyob estetik vosita sifatida shakllanib, nafaqat musiqa ilmida, balki zamonaviy musiqa ijodiyotida ham katta qiziqish uygʻotib kelmoqda. Uning barcha oʻziga xos xususiyatlari va qirralarini oʻrganish esa cholgʻu ijrochiligi amaliyotini boyitishga yordam beradi. Milliy musiqiy sozlarimiz juda qadimiy va boy tarixga ega. Musiqa sanʼatida dastlabki zarbli (membranofon) cholgʻular eramizdan avvalgi oʻn uchinchi ming yillikda paydo boʻlgan. Manbalarda qayd etilishicha, bunday cholgʻular qadimgi mehnat qoʻshiqlarining ritmik tuzilishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan. Keyinchalik shovqinli (idiofon) cholgʻular paydo boʻldi. Ijrochilar qarsak chalib

ritmni takidladilar, shovqinli cholgʻular taʼsirini kuchaytirdilar. Ijrochi ayollarning chapak zarblari oʻziga hos takrorlanmas goʻzal holatni vujudga keltirar edi. Shu sababli zarbli cholgʻular eng qadimgi cholgʻular turiga kiradi. Ularning kelib chiqishi insonning qadam bosishi, mehnat jarayoni, raqs harakatlari, ov va harbiy yurishlari bilan bogʻliq. Samarqandning Urgut tumani Moʼminobod qishlogʻidan topilgan eramizdan besh ming yil avval suyakdan ishlangan va beshta barmoq bilan bosib ijro etiladigan teshikka ega boʻlgan nay qisman saqlangan boʻlib, oʻsha davrda bunday tovush koʻlamiga ega boʻlgan cholgʻuda qanday kuylar ijro etilganligini tasavvur qilish mumkin. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan va bizgacha toʻliq cholgʻu sifatida yetib kelmagan boʻsa-da, ilmiy manbalarda tasviri tushirilgan bu cholgʻular paleolit davriga toʻgʻri keladi. Shuningdek, ular aynan eng qadimiy insoniyat tarixida ilk musiqa rivojining qay tarzda ekanligidan hamda umummadaniy saviyasidan dalolat beradi .30 Dutorlar oilasi; O‘zbеkiston oʻz mustaqilligiga erishgach, musiqa madaniyati sohalarida umidli yoshlar oʻz izlanishlarini namoyon eta boshladilar. Koʻp asrlik milliy qadriyatlarimiz - ijodkorlar tomonidan turli janrlarda yaratilgan xilma – xil asarlarda tarannum etildi, ayni paytda anʼanaviy bastakorlik musiqalariga boʻlgan munosabat ham tubdan ijobiy tarafga oʻzgardi. Yurtimizda musiqa sanʼatini rivojlantirish, yosh istеʼdodlarni qoʻllabquvvatlash va rag‘batlantirishga katta ahamiyat bеrilmoqda. Musiqa taʼlimi tizimida cholgʻularda oʻqitish kundan - kun rivojlanib, yangilanib, yanada kеngroq imkoniyatlarni yuzaga kеltirmoqda. Buning asosiy omillarini ijrochilik taraqqiyoti, kompozitorlik va bastakorlik ijodiyotining yuksalishi, taʼlimning yangi innovatsion va axborot tеxnalogiyalari bilan taʼminlanishi hamda yangi darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining yaratilishi bilan bogʻlash mumkin. Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, kollеj - litsеylar, oliy oʻquv yurtlardagi oʻquvtarbiyaviy ishlarni zamon talablari darajasida tashkil etish dolzarb masalalardan biri boʻlib kеlmoqda. Ayniqsa, Vatanimiz mustaqillikka erishgandan soʻng musiqa va sanʼat, xususan bu sohalarning taʼlim tizimini isloh qilish, uning mazmun-mohiyatini tubdan yangilash, zamonaviy tеxnalogiya vositalari bilan taʼminlash davlatimiz siyosati darajasiga koʻtarildi. Bugungi Kunda musiqa sanʼati insonlarga va ayniqsa yoshlarga koʻtarinki rux bеrishi, ularni ijodkorlikka, bunyodkorlikka yoʻnaltirilishi bilan ahamiyatlidir. Musiqiy taʼlim mutaxassislari, oʻqituvchi murabbiylarning sohani yanada takomillashtirish, oʻqitishning sifat darajasini koʻtarish, samaradorligini oshirishga daʼvat etadi. Shu bilan birga ijrochilik sanʼatida ham uslubiy jihatdan

turli xil asarlar oʻrin oldi. Oʻzbеk cholgʻu ijrochiligi qadimgi anʼanalarga boy boʻlib, cholgʻularning oilalari hamda rang - barang janr va yo‘nalishdagi cholgʻu musiqa asarlarini oʻz ichiga qamrab olgan. Cholgʻularimizdan xalq orasida mashhur boʻlib, bizgacha еtib kеlganlaridan biri bu – dutor sozidir. 31

Dutorlar oilasi Oʻzbekistonda keng tarqalgan cholgʻulardan biri. U nafaqat oʻzbeklarning tojik, turkman va uygʻurlarning ham sevimli cholgʻularidan biridir. Dutorda ikkita ichak yoki ipakdan qilingan ip boʻlib, bir yarim oktava diapazonga egadir. Dutor asosan noksimon shaklda yasaladi. Tasʼviriy sanʼat yodgorliklari va yozma tarixiy manbalar oʻzbek xalq cholgʻularini, jumladan dutorni qadimdan ijro etilib kelinishiga guvohlik beradi. Abu-Nasr Muhammad Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy va boshqa olimlar oʻz asarlarida dutor haqida ancha toʻliq maʼlumotlarni berib oʻtganlar. Dutor ikki qismdan (dasta va kosa) iborat boʻlib, bu qismlarni birlashtiruvchi qismi “boʻgʻiz” deb ataladi. Dutor kosasi о‘yma yoki qobirgʻachalarning birlashtirilishidan yasalishi mumkin. Oʻyma dutor Samarqand, Xorazm va Turkmanistonda qoʻllanilib, bir boʻlak tut yogʻochidan oʻyib ishlanadi. Qobirgʻali dutor ham tut yogʻochidan ishlanib, 8-10 boʻlak yupqa taxtacha egib birlashtiriladi. Kosa ustiga yopishtiriladigan qopqoq ham tut yogʻochidan tayyorlanadi. Odatda, dutor yasaladigan tut yogʻochi soyada quritiladi. Dutor dastasi olma yogʻochidan qilinadi va unga 13–14 ta ichak parda bogʻlanadi. Cholgʻuning umumiy uzunligi 1200–1300 millimetrni tashkil qiladi. Ayrim joylarda 750–800 millimetrli dutorlar ham uchraydi. Ipakdan qilingan ikki tor kvarta (oʻrta parda sozi), kvinta (bosh parda sozi), unison (qо‘sh parda sozi) va oktava oraliqlariga sozlanadi. Bu sozlardan kо‘proq qoʻllaniladigani “Munojot”

Odilov A. «O‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik tarixi» Toshkent. 1995

(kvinta) va “Tanovor” (kvarta) sozlaridir. Bu sozlar aniq bir balandlikda boʻlmay, ijrochi va ashulachi xohishiga binoan turlicha balandlikda sozlanishi mumkin. Dutor – tojik tilida ikki tor maʼnosini beradigan, eng sevimli va ommalashgan оʼzbek musiqiy cholgʻularidan biridir. Dutor kuylari asosan birinchi torda ijro etilsada, ikkinchi tor oʻsha kuyga qoʻshilib, doimiy sado berib turishi ushbu cholgʻuni boshqa cholgʻulardan ajratib turadi. Shuning uchun ham dutor kuylarini notalashtirilganda har ikala tordagi notalar kо‘rsatilishi shart. Bu oʻziga xos murakkabliklar tugʻdiradi. Dutorning sadosi juda mayin boʻlib, tovush tembri baland boʻlmasada quloqqa juda yoqimli va yaxshi eshitiladi. Baʼzi cholgʻular doyra joʻrligisiz ijro etilishi qiyin boʻlgani holda, dutorning oʻzida usulni chalib borish imkoniyati, uni yakka holda ham yaxshi qabul qilishga yordam beradi. “Rohat”, “Toʻrgʻay”, “Dutor bayoti” kabi dutorda yakka ijro etish uchun moʻljallangan qator kuylar mavjud. Dutor sadosi aniq va yaxshi eshitilishi uchun tanbur yoki gʻijjak bilan birgalikda, shuningdek kichik cholgʻu jamoalarda foydalangan maʼqul. Dutor transpozitsiya qilinadigan cholgʻular guruhiga mansub boʻlib, ijroda yozilganiga nisbatan bir oktava past eshitiladi. Birinchi tori birinchi oktavaning “re” tovushiga, ikkinchi tori kichik oktavaning “lya” tovushiga sof kvarta oraligʻida sozlanadi. Dutor cholgʻusi ham takomillashtirilib dutorlar oilasi ya’ni dutor-prima, dutor-alt, dutor-tenor, dutor-bas va dutorkontrabaslar vujudga keldi. Xulosa o’rnida O‘zbekiston xalq musiqasining rivojlanishi va uning zamonaviy ta’lim tizimiga qo‘shgan hissasini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Milliy cholg‘ular, ular bilan bog‘liq tarixiy va madaniy jihatlar, bugungi musiqa ta’limi va ijrochilik jarayonida o‘zining beqiyos rolini o‘ynaydi. Musiqa ta’limi sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ayniqsa, milliy cholg‘ularni yosh avlodga o‘rgatish va ular orqali milliy musiqiy merosni saqlash borasidagi tadbirlar, ta’lim metodlari va texnologiyalarining rivojlanishi bu yo‘lda muhim yutuqlarga erishilganini ko‘rsatadi. Xalq cholg‘ularining tarixi, ularning sozlanishi, ijro uslublari va pedagogik yondashuvlar hozirgi musiqa ta’limida o‘quvchilarga o‘rgatishda samarali vositalar sifatida xizmat qiladi. Maqola O‘zbekistonning musiqa merosini saqlash va uni kelajak avlodlarga o‘rgatishda interaktiv texnologiyalarni qo‘llashning zarurligini ta’kidlaydi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar43 ta adabiyot

  1. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MILLIY MUSIQA–XALQ MADANIYATINING MA’NAVIY KO ‘ZGUSI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 8(10), 107-109.
  2. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MUSIQA O ‘QITUVCHILAR DARSLARDA ILG ‘OR TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH KO ‘NIKMALARI. SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 8(9), 90-94.
  3. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MUSIQA SAVODXONLIGI TUSHUNCHASI. FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES, 3(36), 220-224.
  4. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR TUSHUNCHASI. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(32), 87-91.
  5. Qodir o‘g‘li, M. S. (2024). INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING MUSIQA TA'LIMIDA QO'LLANILISHI. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 3(28), 68-71.
  6. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MILLIY MUSIQA–XALQ MADANIYATINING MA’NAVIY KO ‘ZGUSI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 8(10), 107-109.
  7. JURAKHONOVICH, G. J., & KARIMBERDIEVICH, R. K. Renewing the System of the Country and the Role and Significance of Art and Culture in Today's New Level of Modernization in Our Life. JournalNX, 6(05), 7-9.
  8. Gaziyev, J. J. (2021). STYLISTIC FEATURES OF THE WORK OF FRANZ JOSEPH HAYDN. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 215-217).
  9. Gaziyev, J. J., & Toshmatov, G. O. (2021). Acts credit module system and its implementation activities in higher educational process. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 467-472.
  10. Gaziyev, J. J., & Aliyeva, N. R. (2021). Dmitriy dmitrievich shostakovich life and work. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 1181-1185.
  11. Joraxanovich, G. J. (2023). Psychological Factors Of Musical Education. JournalNX, 9(11), 8-10.
  12. Botirkhanovich, S. B. (2024). The Structure of Kashkar Rubab, And Methods of Their Execution. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 5(1), 19-22.
  13. Shokirkhonov, B. (2026, February). DEVELOPMENT OF STUDENTS’PERFORMING AND MUSICAL ABILITIES THROUGH INSTRUMENTS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 77-79).
  14. Botirxonovich, S. B. (2025). MUSIQA NAZARIYASI FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH METODIKASI. FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities., 13(7), 139-150.
  15. Toshmatov, G. U. O. (2026). Musiqa ta’limi jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 7(2), 195-201.
  16. Тошматов, Ғ., & Турдалиева, О. (2023). ТАЛАБАЛАРНИ МУСТАҚИЛ ИШЛАШГА ҚИЗИҚТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Универсальная индексная библиотека Евразийского журнала академических исследований, 3(6), 162-166.
  17. Olimjonovich, T. G., & Komiljanovna, D. G. (2022). The Importance of the Festival “East Songs” in the Introduction and Development of National Classical Music of the Peoples of the East. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(6), 195-
  18. Abduraimov, S. (2024). METHODS OF USING PRACTICAL METHODS IN MUSIC CULTURE LESSONS IN HIGH SCHOOLS. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(6), 22-25.
  19. Abduraimov, S. Z. (2024). MUSIQA TO ‘GARAKLARI ASOSIDA O ‘QUVCHILARDA MILLIY RUHIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. Inter education & global study, (5 (1)), 44-51.
  20. Erdonov, S. B., Maxmudov, A. V., Abduraimov, O. S., Allamurotov, A. L., Mavlanov, B. J., & Mamatkasimov, O. T. (2023). On Reserves of Hippophae rhamnoides L. Fruit on the Territory of the Zarafshan National Nature Park of Uzbekistan. American Journal of Plant Sciences, 14, 946-954.
  21. Asrakulova, A. (2025). ECONOMIC VIEWS OF ABU NASR FORABI. Инновационные исследования в науке, 4(2), 65-68.
  22. Nabievna, A. A. (2025). ECONOMIC THOUGHTS OF YUSUF KHOS KHOJIB. Web of Humanities: Journal of Social Science and Humanitarian Research, 3(2), 212-214.
  23. Asrakulova, A. (2025, February). HISTORICAL-PHILOSOPHICAL AND PUBLIC ADMINISTRATION ISSUES IN NIZAMULMULK’S “SIYOSATNOMA”. In Международная конференция академических наук (Vol. 4, No. 2, pp. 85-88).
  24. Jurayeva, G. (2025). TALABALARNING O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARIDA IJROCHILIK MAHORATLARINI OSHIRISHDA USTOZ-SHOGIRD AN'ANALARINING O'RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 535538.
  25. Jurayeva, G. (2024). MUSIQA FANIDA XALQ CHOLG'ULARINI O'RGATISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH. Universal Science Perspectives International Scientific Practical Journal, 1(1).
  26. Jo‘Rayeva, G. Z. Q. (2026). STEM yondashuvi asosida musiqa nazariyasi ta’limini rivojlantirish yo ‘llari. Science and Education, 7(2), 169-174.
  27. Akhmedov, B. (2026, February). THE ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF PERSONALITY. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 72-76).
  28. Akhmedov, B. (2026, February). TECHNICAL AND EXPRESSIVE ASPECTS OF THE CONDUCTING APPARATUS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 68-71).
  29. Ahmedov, B. S. (2026). Umumta’lim maktablari musiqa darslarida musiqa tinglash jarayonining metodik asoslari. Science and Education, 7(2), 182-187.
  30. Tajiboyev, E. (2025). O ‘ZBEK MILLIY QADRIYATLARINING TARIXIY MEROSI VA ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O ‘RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3).
  31. Tajiboev, E. (2025). ORGANIZATION OF AN OUT-OF-CLASS MUSIC CLUB IN COMPREHENSIVE SECONDARY SCHOOLS. Развитие и инновации в науке, 4(2), 13-16
  32. Tajiboyev, E. M. (2026). Scientific and pedagogical foundations of developing the skills of listening to national music in higher education system. Science and Education, 7(1), 1038-1043.
  33. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). O ‘quvchilarning STEAM ta’lim texnologiyalarini qo ‘llash asosida muammolarni yechish ko ‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(2), 157-161.
  34. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqiy mashg ‘ulotlar orqali talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(3), 388-391.
  35. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqa ta’limida STEM texnologiyalari va milliy musiqa integratsiyasi. Science and Education, 7(3), 392-395.
  36. Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi yo ‘nalishi talabalarida ritmik kompetensiyani rivojlantirishning metodik asoslari. Science and Education, 7(1), 960-965.
  37. Odilova, G. (2025). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA BOLALAR BILAN ISHLASHDA MULOQOT TEXNOLOGIYASIDA. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 367-370.
  38. Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi orqali bolaga emotsional yondashish tendensiyalari. Science and Education, 7(2), 162-168.
  39. Gaziyev, J. J. (2021). STYLISTIC FEATURES OF THE WORK OF FRANZ JOSEPH HAYDN. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 215-217).
  40. JURAKHONOVICH, G. J., & KARIMBERDIEVICH, R. K. Renewing the System of the Country and the Role and Significance of Art and Culture in Today's New Level of Modernization in Our Life. JournalNX, 6(05), 7-9.
  41. Joraxanovich, G. J. (2025). XIX ASR OHIRI XX ASR BOSHLARIDA YEVROPADA MUSIQA PSIXOLOGIYASI RIVOJLANISHI. Научный Импульс, 4(37), 157-161.
  42. Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025, December). RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PEDAGOGIKA YO ‘NALISHI TALABALARI KREATIV FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 1156-1159).
  43. Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025). MUSIQA TA’LIMINI BARCHA TALABALAR UCHUN INKLYUZIV TARTIBDA TASHKIL ETISH. “Iqtidorli talabalar ilmiy xabarlari" ilmiy-uslubiy jurnali, 1(2), 3-9.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012164
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2154
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
745–751
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25