Asosiy mazmunga o‘tish

CHANG CHOLG‘USINING BADIIY VA TEXNIK IMKONIYATLARI

Tursunov Shodiyor Tolibjon o‘g‘liNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 777–781

Annotatsiya

Ushbu maqola chang cholg‘usining (dulcimer) O‘zbekistondagi tarixiy rivoji, texnik takomillashtirilishi va ijrochilik uslublarini yoritadi. 1930-yillarda chang cholg‘usining hajmi ixchamlashtirilib, diapazoni kengaytirilgani va xromatik tovush qatoriga moslashtirilgani haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, chang cholg‘usining turli turlari — pikkolo chang, tenor chang va bas chang — yaratilgani hamda ularning umumiy diapazoni 5 oktavani tashkil etgani qayd etiladi. Maqola chang cholg‘usining jarangdor tembri va texnik imkoniyatlari tufayli ansambllar, xalq cholg‘ulari orkestrlari va yakkanavoz cholg‘u sifatida qo‘llanilishini ta‘kidlaydi. Chang ijrochiligida urma zarb, cho‘p chertmak, sakratma zarb, tebratma, bog‘lama kabi ijro uslublarining qo‘llanilishi va ularning ijro amaliyotidagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. 1960-yillarda cholg‘uning tovush diapazoni yana kengaytirilib, texnik imkoniyatlari oshirilgani haqida ham ma‘lumot beriladi. Ammo bu jarayon davomida cholg‘uning milliy tarovati va jozibasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatgan tajribalar mavjudligi ham qayd etilgan. Maqolada chang cholg‘usining O‘zbekistondagi mohir ijrochilari, ularning ijodiy faoliyati va cholg‘uga qiziqayotgan yoshlarning ko‘payib borayotgani alohida ta‘kidlangan. Shuningdek, maqom asarlarini ijro etishda chang cholg‘usining o‘rni va imkoniyatlari ham yoritiladi. Ushbu maqola chang cholg‘usi bilan bog‘liq tadqiqot va ijodiy faoliyat uchun muhim ilmiy va amaliy manba hisoblanadi.

Boshqa tillarda

ruschaХУДОЖЕСТВЕННЫЕ И ТЕХНИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ ИНСТРУМЕНТА ЧАНГ

Данная статья освещает историческое развитие инструмента чанг (дульцимер) в Узбекистане, его техническое совершенствование и исполнительские приёмы. Речь идёт о том, что в 1930-е годы размеры чанга были уменьшены, диапазон расширен, а сам инструмент приспособлен к хроматическому звукоряду. Также отмечается создание различных разновидностей чанга — чанг-пикколо, тенорового и басового чанга — и то, что их общий диапазон составил 5 октав. В статье подчёркивается, что благодаря звонкому тембру и техническим возможностям чанг применяется в ансамблях, оркестрах народных инструментов и в качестве сольного инструмента. Показано применение в исполнительстве на чанге таких приёмов, как урма зарб, чуп чертмак, сакратма зарб, тебратма, боглама, и их место в исполнительской практике. Приводятся сведения о том, что в 1960-е годы звуковой диапазон инструмента был вновь расширен, а его технические возможности увеличены. Однако отмечается, что в ходе этого процесса имели место опыты, отрицательно повлиявшие на национальный колорит и своеобразие инструмента. В статье особо отмечаются мастера-исполнители на чанге в Узбекистане, их творческая деятельность и рост числа молодёжи, проявляющей интерес к этому инструменту. Освещаются также роль и возможности чанга при исполнении произведений макома. Данная статья является важным научным и практическим источником для исследований и творческой деятельности, связанных с инструментом чанг.

inglizchaARTISTIC AND TECHNICAL POSSIBILITIES OF THE CHANG INSTRUMENT

This article examines the historical development, technical improvement and performance techniques of the chang (dulcimer) in Uzbekistan. It discusses how, in the 1930s, the chang was reduced in size, its range was extended and it was adapted to the chromatic scale. It is also noted that various types of the instrument — the piccolo chang, the tenor chang and the bass chang — were created, and that their combined range amounts to five octaves. The article emphasises that, owing to its sonorous timbre and technical capabilities, the chang is used in ensembles, in folk instrument orchestras and as a solo instrument. The application of such performance techniques as urma zarb, cho‘p chertmak, sakratma zarb, tebratma and bog‘lama in chang playing and their place in performing practice are demonstrated. Information is also provided on the further extension of the instrument‘s sound range and the enhancement of its technical capabilities in the 1960s. At the same time, it is noted that in the course of this process there were experiments that had an adverse effect on the national colour and appeal of the instrument. Particular attention is given to the accomplished chang performers of Uzbekistan, their creative activity and the growing number of young people taking an interest in the instrument. The role and possibilities of the chang in the performance of maqom works are also covered. This article constitutes an important scholarly and practical source for research and creative work related to the chang.

Kalit so‘zlar

  • ta‘lim
  • san‘at
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish
  • estetik tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

CHANG CHOLG‘USINING BADIIY VA TEXNIK IMKONIYATLARI Tursunov Shodiyor Tolibjon oʻgʻli Namangan davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi va san’at yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Annotatsiya: Ushbu maqola chang cholg‘usining (dulcimer) O‘zbekistondagi tarixiy rivoji, texnik takomillashtirilishi va ijrochilik uslublarini yoritadi. 1930-yillarda chang cholg‘usining hajmi ixchamlashtirilib, diapazoni kengaytirilgani va xromatik tovush qatoriga moslashtirilgani haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, chang cholg‘usining turli turlari — pikkolo chang, tenor chang va bas chang — yaratilgani hamda ularning umumiy diapazoni 5 oktavani tashkil etgani qayd etiladi. Maqola chang cholg‘usining jarangdor tembri va texnik imkoniyatlari tufayli ansambllar, xalq cholg‘ulari orkestrlari va yakkanavoz cholg‘u sifatida qo‘llanilishini ta’kidlaydi. Chang ijrochiligida urma zarb, cho‘p chertmak, sakratma zarb, tebratma, bog‘lama kabi ijro uslublarining qo‘llanilishi va ularning ijro amaliyotidagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. 1960-yillarda cholg‘uning tovush diapazoni yana kengaytirilib, texnik imkoniyatlari oshirilgani haqida ham ma’lumot beriladi. Ammo bu jarayon davomida cholg‘uning milliy tarovati va jozibasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan tajribalar mavjudligi ham qayd etilgan. Maqolada chang cholg‘usining O‘zbekistondagi mohir ijrochilari, ularning ijodiy faoliyati va cholg‘uga qiziqayotgan yoshlarning ko‘payib borayotgani alohida ta’kidlangan. Shuningdek, maqom asarlarini ijro etishda chang cholg‘usining o‘rni va imkoniyatlari ham yoritiladi. Ushbu maqola chang cholg‘usi bilan bog‘liq tadqiqot va ijodiy faoliyat uchun muhim ilmiy va amaliy manba hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Musiqa, cholg‘u, chang, ijro, orkestr, san’at, diapazon, amaliyot. 1930-yillardayoq changning tuzulishiga qator o‘zgartirishlar kiritildi: uning hajmi ixchamlashtirilib diapazoni oshirildi. Ayrim xalq sozandalari chang tovushlariga qo‘shimcha tovushlar kiritishdi. A.Kevxays, S.Didenko va A.Petrosyanslar to‘liq xromatik tovush qatorli, birinchi oktavadagi do dan uchinchin oktavadagi re gacha bo‘lgan chang yaratdilar. Ana shu chang asosida keyinchalik dastlabki xromatik changlar tayyorlanib, ulardan o‘zbek xalq filarmoniyasining xalq cholg‘ulari orkestrida, Hamza nomli musiqa bilim yurtining chang sinflarida foydalanildi. Changni takomillashtirish ishi shu bilan to‘xtab qolmadi. O‘zbekiston respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Toshkent davlat konservatoriyasi tasarrufidagi eksperemental lobaratoriya 1943-yildan buyon o‘zbek xalq cholg‘u asboblarini takomillashtirish ustida davomli ish olib bormoqda. Changning diapazoni yanada kengaytirilib, kichik oktava sol dan uchinchi oktava fa diyez yoki sol diyezgacha kengaytirildi. Bundan tashqari,

torlarning tovushini singdiruvchi tepki mexanizm yaratiladi. Chang bambukdan ishlangan 2ta chop yordamida chalinadi.33 Takomillashtirilgan changning asosiy turi bo‘yicha quyidagi changlar yaratilgan. 1. Pikkolo chang - diapazoni birinchi oktava do dan uchinchi oktava lya gacha. 2. Tenor chang - diapazoni katta oktavadagi sol dan ikkinchi oktava mi gacha va kichik oktava do dan birinchi oktava sol gacha. 3. Bas chang- diapazoni katta oktavadagi do dan kichik oktava sol gacha. Shunday qilib, yangi yaratilgan chang turlarining umumiy diapazoni 5 oktavani tashkil etadi. Jarangdor tembr, keng dinamik va texnik imkoniyatlari tufayli turli ansambl, xalq cholg‘ulari orkestri tarkibida hamda yakkanavoz cholg‘u sifatida keng tarqalgan. Hozirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Changchilar” ansambli mavjud. Badiiy rahbarimiz va ustozimiz dotsent Ahadjon Mamadaliyev bo‘ladilar. O‘zbekistonda mohir chang ijrochilaridan Matyusuf Xarratov, Fozil Xarratov, Ro‘zimatxon Isaboyev, Baxtiyor Aliyev, Fahriddin Sodiqov, Ahmad Odilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Fazilat Shukurova, T. Otaboyev, T.Sobirov va boshqalar tanilgan. Shu o‘rinda Chang cholg‘usida tovush chiqarish yo‘llariga to‘xtalamiz: 1. Urma zarb - bu belgi boshqa har xil tovush chiqarish yo‘llaridan keyin ishlatiladi. 2. Cho‘p chertmak - (pissikato kol legno) - cho‘pning orqa yassi qismi bilan torlarni chertish. 3. Taqillatish - (kol legno) - cho‘pning orqa yassi qismi bilan torlarni urib taqillatish. 4. Sakratma zarb - chang torlariga cho‘plarni zarbona kaltagina uzib, sakratib ijro etish. 5. Bo‘g‘ma stakkatto - (surdinkali stakkatto) - cho‘pni zarbona tashlangandan so‘ng jaranglab turgan chang torlarini ikkinchi bo‘sh qo‘lning o‘rta barmog‘i bilan tezda bosib so‘ndirish. 6. Tebratma - (vibratsiya) - cho‘p chertmakdan so‘ng jaranglab turgan torlarning xarrak ustidan o‘tgan qismini bo‘sh qo‘lning o‘rta barmog‘i bilan bosib, nota uzunligiga qarab davomli tebrantirish. 7. Cho‘p sirg‘antirish (glissando kol legno) - cho‘pning past yalang qismi bilan torlardan - torlarga, yuqori yoki pastga chizib sirg‘antirish. 8. Dona zarb - (detashe) - torlarga birin - ketin dona - dona tashlash. A.Petrosyans.A. Odilov.”Chang darsligi” -T.: 1976 y

9. Rez - (tremolo) - cho‘p zarblarini birin - ketin maydalab uzluksiz almashinib tez ijro etish. 10. Bog‘lama - (legato) - tovushlarni muloyim holatda torlardan torlarga uzluksiz tekis o‘tishi. 11. Cho‘p - (tremolo). Cho‘plarning pastki yalang qismi bilan birin - ketin tez maydalab uzluksiz ijro etish. Shu bilan birga, dastlab chang ijrochiligida qoʻllanilmagan va hozirgi kunda noyob tovush hosil qilish uslubi hisoblangan vibrato pizzicato collegnoni (jaranglab turgan torning yon qatoriga tutashgan qismini barmoq bilan asta bosib sadolantirish) ham ijro etish mumkin. Changni tiniq sozlash va unda ijro etish, shuniningdek, o‘quvchining absolyut eshitish qobiliyatini kun sayin o‘sishiga, barcha intervallarni, ya’ni - tovush oraliqlarini toza aniqlash qobiliyatini o‘stirishga alohida ahamiyat bermoq lozim. Ijrochilik uslublari musiqa cholg‘ulardagi muhim ijrochilik vositasi bo‘lib, ular ikki tomonlama bajariladi. Agar birinchi holda tovush chiqarish uslublari, deb atasak, ikkinchi holda ta’sirchan vosita, deb hisoblaymiz. Changning texnik va jarangdorligi, betakrorligi tufayli O‘zbekiston kompozitorlari hamda bastakorlaridan chang uchun maxsus asarlar chang sinfi repertuarini boyitmoqda. Chang cholg‘usida nafaqat texnik balkim, o‘zbek maqom asarlarining betakror ijro etilishi insonlarni o‘ziga jalb qiladi. Hozirgi kunda o‘tgan yillarga nisbatan bu cholg‘u ijrosiga qiziqayotgan yoshlar ko‘paymoqda. Ammo ba’zi hollarda san’atga qiziqishi yo‘qolgan yoshlarni ham uchratish mumkin. Lekin san’at insonni yaxshi hayolot olamiga olib kiradi. Keyingi davr ijro amaliyotiga keng koʻlamli jahon mumtoz asarlarini kirib kelishi, musiqa cholgʻularining tovush koʻlamini yanada kengaytirishga turtki boʻldi. Chang cholgʻusining baland pardalariga qoʻshimcha torlar qoʻshilib, cholgʻuning sadolanish koʻlami “sol” kichik oktavadan “sol” III oktavagacha yetkazildi. Chang cholgʻusining bu namunasi musiqa amaliyotida keng ommalashdi va oʻz oʻrniga ega boʻldi. Biroq, shunga qaramay negadir cholgʻuning yuqori registrini qoʻshimcha pardalar yordamida kengaytirish tajribalari davom etdi.34 1961 yilda yasalgan chang cholgʻusining tovush koʻlami “sol” kichik oktavadan “do” toʻrtinchi oktavagacha yetkazildi. Changning tovush koʻlami bir oktavaga kengayishi hisobiga cholgʻu hajmi ham biroz kattalashdi. Lekin bu changning yuqori registridagi tovushlarining zich va noqulay joylashishi sozandalar uchun ijroda qiyinchilik tugʻdirgan.

Muallifning changchi sozanda Mahmud Alimatovdan yozib olgan suhbati 31.09.2005y.

Cholgʻu tovush koʻlamini kengayib borishi tabiiyki uning oʻziga xos jozibasi va milliy tarovatidan uzoqlashtirdi va changing bu namunasi isteʼmolga kirmadi. Tajribaxona arxivida saqlanayotgan 20.02.1961yilgi protokolda A. Petrosyans chang cholgʻusi koʻlamini ortib borishi chang pikkologa ehtiyoj qolmasligini, undan koʻra changning oiladosh turlarini amaliyotda tadbiq etish uchun changchilar ansamblini tuzishni aytib oʻtgan. Tovush koʻlami “sol” kichik oktavadan “sol” III-oktavagacha boʻlgan va toʻgʻri harakatlantiruvchi tepki mexanizmi oʻrnatilgan chang cholgʻusini keng qoʻllash lozimligini va bu bosqichda torlar va tovush koʻlami muammolari vaqtincha ijobiy hal qilinganligini taʼkidlaydi. Torlarni sadolantiruvchi choʻplar ham zamon talablariga mos oʻzgarib boradi. “1925 yilgacha chang cholgʻusi yalang gʻarrov choʻplarda (baʼzan uchi gajak koʻrinishda boʻlgan choʻplarda), soʻng uchiga mato oʻralgan choʻplarda ijro qilingan. 1935 yildan boshlab choʻp uchiga rezina naychalar taqilgan. Maqolada chang cholg‘usining texnik va dastlabki shakllaridan boshlab uning rivojlanish jarayoni, diapazon va tovush imkoniyatlarining kengaytirilishi, ijro uslublarining takomillashuvi, hamda O‘zbekiston musiqasida o‘rniga oid keng qamrovli tahlil berilgan. Changning tovush diapazonining oshirilishi, yangi turlarining yaratish, va ijro texnikasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar, ayniqsa, o‘zbek xalq musiqasining boy repertuarini kengaytirishga yordam berdi. O‘zbekistondagi chang ijrochilari va ansambllari, shuningdek, xalq cholg‘ulari orkestridagi o‘rni, o‘zbek musiqasining jahon sahnasida tanilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, maqola chang cholg‘usining turli ijro uslublarini va ularning rivojlanish jarayonini, musiqa ta’limida olib borilayotgan innovatsion yondashuvlarni ham yoritib o‘tadi. Maqoladan chiqadigan xulosa shundaki, chang cholg‘usi nafaqat texnik imkoniyatlar bilan boyitildi, balki uning musiqiy va ijro tarixi ham o‘zining muhim o‘rnini egalladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MILLIY MUSIQA–XALQ MADANIYATINING MA’NAVIY KO‘ZGUSI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 8(10), 107-109. 2. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MUSIQA O‘QITUVCHILAR DARSLARDA ILG‘OR TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH KO‘NIKMALARI. SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 8(9), 90-94. 3. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MUSIQA SAVODXONLIGI TUSHUNCHASI. FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES, 3(36), 220-224. 4. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR TUSHUNCHASI. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(32), 87-91.

5. Qodir o‘g‘li, M. S. (2024). INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING MUSIQA TA'LIMIDA QO'LLANILISHI. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 3(28), 68-71. 6. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MILLIY MUSIQA–XALQ MADANIYATINING MA’NAVIY KO‘ZGUSI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 8(10), 107-109. 7. JURAKHONOVICH, G. J., & KARIMBERDIEVICH, R. K. Renewing the System of the Country and the Role and Significance of Art and Culture in Today's New Level of Modernization in Our Life. JournalNX, 6(05), 7-9. 8. Gaziyev, J. J. (2021). STYLISTIC FEATURES OF THE WORK OF FRANZ JOSEPH HAYDN. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 215-217). 9. Gaziyev, J. J., & Toshmatov, G. O. (2021). Acts credit module system and its implementation activities in higher educational process. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 467-472. 10. Gaziyev, J. J., & Aliyeva, N. R. (2021). Dmitriy dmitrievich shostakovich life and work. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 1181-1185. 11. Joraxanovich, G. J. (2023). Psychological Factors Of Musical Education. JournalNX, 9(11), 8-10.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar0 ta adabiyot

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012169
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2159
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
777–781
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25