Asosiy mazmunga o‘tish

1930-YILLARNING O‘RTALARIDA TORLI CHOLG‘U ASBOBLARINING MODERNIZATSIYALASH ISHLARI

Axmedova E‘zoza Adashli qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 681–685

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbek milliy torli cholg‘u asboblaridan chang, ruboblar oilasi, dutorlar oilasi hamda g‘ijjaklar oilasini A.Petrosyans, V.Romanchenka, A.Kevxoyans, hamda S.Didenko kabi ustalar tomonidan torli cholg‘u asboblarini modernizatsiyalash ishlari haqida ma‘lumotlar keltirib o‘tilgan.

Boshqa tillarda

ruschaМОДЕРНИЗАЦИЯ СТРУННЫХ МУЗЫКАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В СЕРЕДИНЕ 1930-Х ГОДОВ

В настоящей статье приводятся сведения о работах по модернизации узбекских национальных струнных музыкальных инструментов — чанга, семейства рубабов, семейства дутаров, а также семейства гиджаков, — осуществлённых такими мастерами, как А. Петросянц, В. Романченко, А. Кевхоянц и С. Диденко.

inglizchaMODERNISATION OF STRING MUSICAL INSTRUMENTS IN THE MID-1930S

This article presents information on the modernization of Uzbek national stringed musical instruments — the chang, the rubab family, the dutar family and the gijjak family — carried out by such masters as A. Petrosyants, V. Romanchenko, A. Kevkhoyants and S. Didenko.

Kalit so‘zlar

  • musiqa
  • musiqa ta‘limi
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish
  • estetik tarbiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

1930-YILLARNING O‘RTALARIDA TORLI CHOLG‘U ASBOBLARINING MODERNIZATSIYALASH ISHLARI

Axmedova E’zoza Adashli qizi. NamDPI. Musiqiy ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbek milliy torli cholg‘u asboblaridan chang, ruboblar oilasi, dutorlar oilasi hamda g‘ijjaklar oilasini A.Petrosyans, V.Romanchenka, A.Kevxoyans, hamda S.Didenko kabi ustalar tomonidan torli cholg‘u asboblarini modernizatsiyalash ishlari haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Modernizatsiya, diapazon, ansasanbil, orkestr, tovushqator temperatsiya, xromati. 1930-yillarning o‘rtalari A.Petrosyans rahbarligida ostida bir gruh musiqa ustalari V.Andreev ish tajribasiga tayangan holda (torli chertma) cholg‘ularni 12 bosqichli teng temperatsiyalangan prinsp asosida ijrochilikning zamonaviy talab darajasiga moslashtirishga, ya’ni modernizatsiyalashga kirishdilar. Modernizatsiyalashdan asosiy maqsad ko‘p ovozli ansanbil va orkestr jamoalarini tuzishdan iborat edi. Shu paytning o‘zida A.Petrosyansda cholg‘ularni oilasini yaratish fikri paydo bo‘ladi. Natijada nota orqali ijro etiladiga orkestrning shaklarishiga asos sollinadi. 1940-yillarning boshlarida labaratoriyaning musiqa ustaxonasida ustakonstruktorlar A.Petrosyans va S.Didenko, soz ustalari V.Romanchenko va A.Kevxoyanslar ishlar edilar. 1940-yillarning oxiri va 1950-yillarning boshlarida ularning tarkibiga X.Muhidinov, A.Abdug‘afarov, A.Tarasov, V.Shirikov, N.Ryuxin, M.Turdiyev, va F.Bortniklar kelib qo‘shildi. Torli-chertma cholg‘ularning tovush qatoriga 12 bosqichli teng temperatsiyalangan xromatik tovushqatorlarni joriy etish, cholg‘ularning oilasini yaratish, torli kivintet, ya’na torli-kamonli cholg‘ular, xromatik chang ustida ilk tajriba o‘tkazadilar. Bularning hammasini A.Petrosyans bir guruh milliy ustalarimiz bilalan birgalikta o‘zbek xalq musiqa cholg‘ularida ijrochilik ta’limini umummaqbul nota sistemasiga muvofiq tarzda yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshiradi. G‘ijjak cholg‘u asbobini takomilashtirish ishlari. G‘ijjakni takomilashtirishda asosan ularning dastasiga e’tibor qaratilgan. An’anaviy g‘ijjakta dasta yumaloq shakilda bo‘lib, yuqori qismi qalin, pastki qismi ingichka qilib ishlangan. Chunki asosan ular o‘zbek xalq kuylari va maqomlaridan parchalar ijro etilgan. Taz suratdagi asarlar ijro etilmagan. Modernizatsiyalashgan g‘ijjaklarda esa o‘zbek xalq kuylari bilan bir qatorda o‘zbekiston kompazitorlarining maxsus asarlari va jahon klastik dudrdonalari ham ijro etilgan. Shuning uchun ham dastaning yuqori qismi ingichka pastki qismi qalin hamda dastaning barmoq bosib ijro etiladigan qismi yassi qilib ishlangan. G‘ijjakning moderniztsialashdan so‘ng imkoniyatlari kengaydi. Shuningdek, g‘ijjak kamoni

skripka kamoni bilan almashtirildi hamda uning ushlash holati g‘ijjak ijrochiligi amalyotiga keng joriy etildi. So‘ngra g‘ijjak-alt, g‘ijjak-bas va g‘ijjak-kontrabaslar, ya’ni g‘ijjaklar oilasi yaratildi. Dutor cholg‘u asboblarini takomilashtirish ishlari. Shu tariqa an’anaviy dutor asosida dutor-tenor cholg‘usi yaritidi. Bunda birinchi bo‘lib dasta joylashgan boylanma diatonik tovushqator 12 bosqichli teng temperatsiyalangan va dastaga o‘rnatilgan xromatik tovushqator bilan almashtirildi. Shuningdek dutor-tenor asosida dutor-prima, dutor-sekunda, dutoralt, dutor-bas va dutorkontrabasdan iborat dutorlar oilasi yaratildi. Qashqar rubobi cholg‘u asboblarini takomilashtirish ishlari. Qashqar ruboblari ham xuddi shu tarzda modernizatsiyalashtirilgan. Qashqar rubobi dastasidagi boylanma pardalar, dastaga o‘rnatilgan mustahkam parda bilan, diatonik tovushqator xromatik tovushqator bilan almashtirilgan. Shuningdek qashqar rubobi asosida prima-rubob, mesasoprano – rubobi, kichik-rubob, hamda alt-rubobi yaratildi. Ushbu cholg‘ular amaliyotda yakkanovoz va jo‘rnavoz sifatida qo‘lanilib kelmoqda . Afg‘on rubobi cholg‘u asbobini takomilashtirish ishlari. Afg‘on rubobi ham shu tarzda takomilashtirilgan. Kosaning yog‘och qismi ijroga qulay bo‘lishi uchun ancha ihchamlashtirilgan. Dasta qismi uzaytirilgan va dastaga xromatik tovushqatorlar o‘rnatilgan. Prima rubobi cholg‘u asbobini takomilashtirish ishlari. Prima rubobi menzurasi kengaytirildi va bu sozandaning ijro mahoratini namoyon etishlaiga qulayliq yaratdi, shuningdek chiroyli va yoqimli tembir tarovatiga ega bo‘ldi Natijada ushbu cholg‘u ansanbilda va orkestrlar tarkibidagi boshqa cholg‘ulardan keskin farq qilmay, balki ular bilan uyg‘unlashib ketdi. Afg‘on rubobini esa yangi turi yaratildi va hozirgi kunda amaliyotda keng qo‘lanilib kelinmoqda. Chang cholg‘u asbobini takomilashtirish ishlari. An’anaviy chang diatonik tovushqatorga ega bo‘lib, uning 40 ta metal torlari mavjud edi. Ulardan birinchisi toq va qolgan 13 tasi uchlangan torlardan iborat. Cholg‘uda chordana qurib o‘tirgan holatda ijro etilardi. Takomillashtirish, ya’ni modernizatsiyalashtirish natijasida uning diatonik tovushqatori o‘n ikki bosqichli teng temperatsiyalangan xromatik tovushqator bilan almashtirildi. Torlarning soni 72-75 taga yetdi. Natijada cholg‘uning diapazoni kengaytirildi, sozandalar uchun qulaylik hamda keng ijrochilik imkoniyatlari yaratildi. So‘ng changga 3 ta kichik oyoqchalar o‘rnatildi. Sozanda esa tizza bukib o‘tirgan holda ijro eta boshladi, keyinchalik zamonaviy changlarga uchta uzun oyoqlar va pedal mexanizmini o‘rnatildi. Modernizatsiyalashtirilgan changda nafaqat milliy kuylarni balki jahon klastik asarlarini ham ijro etish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Shuningdek, sozandalarga ham stulda o‘tirib chalishlari uchun

qulaylik yaratildi. Keraksiz tovushlarni o‘z vaqtida so‘ndirish uchun pedal mexanizmi mavjud. Barcha boshqa cholg‘ular qatori changning ham chang-pikkolo, changprima, chang-tenor, chang-alt, chang-basdan tarkibtopgan oilasi yaratildi. Natijada ko‘p ovozli changchilar ansanbili va orkestri tuzish uchun zamin yaratildi. Cholg��ularni yasashda jonbozlik ko‘rsatgan madaniyat hodimlari va ustalar. Yuqorida qayd etilgan cholg‘ularni yasashta hamda ularni modernizatsiyalashda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari, o‘zbek milliy musiqa cholg‘ularining betakror ustalari Xirojjidin Muhitdinov, Abdunabi Abdug‘ofurov, Faxriddin Muhitdinov, Xasan Muhtdinov, Olimxo‘ja Melixo‘jayev, Baxtiyor Inoyatov, Tohir Mirzayev, Azamat Ismoilov va boshqalar jonbozlik ko‘rsatilar. Xulosa. Xulosa qilib shuni aytishim lozimki bugungu kugaqadar yuqorida sanab o‘tilgan cholg‘u asboblar jo‘rnavoz va yakkanavoz hammda ansanbil va orkestrlarda o‘rni beqiyosdir. Bugungi kunga kelib milliy cholg‘u asboblarimizda nafaqat milliy kuylarni jahon kilastik kuylarni chalib dunyoga tanilib kelmoqdamiz shu boisdan bugungi yosh avlodlarni o‘dlani milliy musiqa cholg‘ularimizni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqlari bizni eng katta yutug‘imizdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar32 ta adabiyot

  1. Botirkhanovich, S. B. (2024). The Structure of Kashkar Rubab, And Methods of Their Execution. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 5(1), 19-22.
  2. Shokirkhonov, B. (2026, February). DEVELOPMENT OF STUDENTS’PERFORMING AND MUSICAL ABILITIES THROUGH INSTRUMENTS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 77-79).
  3. Botirxonovich, S. B. (2025). MUSIQA NAZARIYASI FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH METODIKASI. FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities., 13(7), 139-150.
  4. Toshmatov, G. U. O. (2026). Musiqa ta’limi jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 7(2), 195-201.
  5. Тошматов, Ғ., & Турдалиева, О. (2023). ТАЛАБАЛАРНИ МУСТАҚИЛ ИШЛАШГА ҚИЗИҚТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Универсальная индексная библиотека Евразийского журнала академических исследований, 3(6), 162-166.
  6. Olimjonovich, T. G., & Komiljanovna, D. G. (2022). The Importance of the Festival “East Songs” in the Introduction and Development of National Classical Music of the Peoples of the East. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(6), 195-
  7. Abduraimov, S. (2024). METHODS OF USING PRACTICAL METHODS IN MUSIC CULTURE LESSONS IN HIGH SCHOOLS. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(6), 22-25.
  8. Abduraimov, S. Z. (2024). MUSIQA TO ‘GARAKLARI ASOSIDA O ‘QUVCHILARDA MILLIY RUHIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. Inter education & global study, (5 (1)), 44-51.
  9. Erdonov, S. B., Maxmudov, A. V., Abduraimov, O. S., Allamurotov, A. L., Mavlanov, B. J., & Mamatkasimov, O. T. (2023). On Reserves of Hippophae rhamnoides L. Fruit on the Territory of the Zarafshan National Nature Park of Uzbekistan. American Journal of Plant Sciences, 14, 946-954.
  10. Asrakulova, A. (2025). ECONOMIC VIEWS OF ABU NASR FORABI. Инновационные исследования в науке, 4(2), 65-68.
  11. Nabievna, A. A. (2025). ECONOMIC THOUGHTS OF YUSUF KHOS KHOJIB. Web of Humanities: Journal of Social Science and Humanitarian Research, 3(2), 212-214.
  12. Asrakulova, A. (2025, February). HISTORICAL-PHILOSOPHICAL AND PUBLIC ADMINISTRATION ISSUES IN NIZAMULMULK’S “SIYOSATNOMA”. In Международная конференция академических наук (Vol. 4, No. 2, pp. 85-88).
  13. Jurayeva, G. (2025). TALABALARNING O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARIDA IJROCHILIK MAHORATLARINI OSHIRISHDA USTOZ-SHOGIRD AN'ANALARINING O'RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 535538.
  14. Jurayeva, G. (2024). MUSIQA FANIDA XALQ CHOLG'ULARINI O'RGATISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH. Universal Science Perspectives International Scientific Practical Journal, 1(1).
  15. Jo‘Rayeva, G. Z. Q. (2026). STEM yondashuvi asosida musiqa nazariyasi ta’limini rivojlantirish yo ‘llari. Science and Education, 7(2), 169-174.
  16. Akhmedov, B. (2026, February). THE ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF PERSONALITY. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 72-76).
  17. Akhmedov, B. (2026, February). TECHNICAL AND EXPRESSIVE ASPECTS OF THE CONDUCTING APPARATUS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 68-71).
  18. Ahmedov, B. S. (2026). Umumta’lim maktablari musiqa darslarida musiqa tinglash jarayonining metodik asoslari. Science and Education, 7(2), 182-187.
  19. Tajiboyev, E. (2025). O ‘ZBEK MILLIY QADRIYATLARINING TARIXIY MEROSI VA ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O ‘RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3).
  20. Tajiboev, E. (2025). ORGANIZATION OF AN OUT-OF-CLASS MUSIC CLUB IN COMPREHENSIVE SECONDARY SCHOOLS. Развитие и инновации в науке, 4(2), 13-16
  21. Tajiboyev, E. M. (2026). Scientific and pedagogical foundations of developing the skills of listening to national music in higher education system. Science and Education, 7(1), 1038-1043.
  22. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). O ‘quvchilarning STEAM ta’lim texnologiyalarini qo ‘llash asosida muammolarni yechish ko ‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(2), 157-161.
  23. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqiy mashg ‘ulotlar orqali talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(3), 388-391.
  24. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqa ta’limida STEM texnologiyalari va milliy musiqa integratsiyasi. Science and Education, 7(3), 392-395.
  25. Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi yo ‘nalishi talabalarida ritmik kompetensiyani rivojlantirishning metodik asoslari. Science and Education, 7(1), 960-965.
  26. Odilova, G. (2025). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA BOLALAR BILAN ISHLASHDA MULOQOT TEXNOLOGIYASIDA. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 367-370.
  27. Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi orqali bolaga emotsional yondashish tendensiyalari. Science and Education, 7(2), 162-168.
  28. Gaziyev, J. J. (2021). STYLISTIC FEATURES OF THE WORK OF FRANZ JOSEPH HAYDN. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 215-217).
  29. JURAKHONOVICH, G. J., & KARIMBERDIEVICH, R. K. Renewing the System of the Country and the Role and Significance of Art and Culture in Today's New Level of Modernization in Our Life. JournalNX, 6(05), 7-9.
  30. Joraxanovich, G. J. (2025). XIX ASR OHIRI XX ASR BOSHLARIDA YEVROPADA MUSIQA PSIXOLOGIYASI RIVOJLANISHI. Научный Импульс, 4(37), 157-161.
  31. Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025, December). RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PEDAGOGIKA YO ‘NALISHI TALABALARI KREATIV FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 1156-1159).
  32. Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025). MUSIQA TA’LIMINI BARCHA TALABALAR UCHUN INKLYUZIV TARTIBDA TASHKIL ETISH. “Iqtidorli talabalar ilmiy xabarlari" ilmiy-uslubiy jurnali, 1(2), 3-9.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012153
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2143
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
681–685
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25