Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
YANGI O‘RTA TOLALI G‘O‘ZA TIZMALARIDA TOLA CHIQIMI VA TOLA UZUNLIGI BELGILARINING SHAKLLANISHI HAMDA O‘ZGARUVCHANLIGI
Rasulov Dilmurod, Turimbetov Muratbai Shamshetovich, Khasetullaev Azizbek, Ernazarova Dilfuza · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada selektsiya ko‘chatzorida o‘rganilgan yangi o‘rta tolali g‘o‘za tizmalarida tola chiqimi va tola uzunligi belgilarining shakllanishi hamda o‘zgaruvchanligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, barcha selektsion ashyolar andoza S-6524 naviga nisbatan tola chiqimi bo‘yicha ustunlik namoyon qildi. Ayrim tizmalarda tola chiqimi 40% dan, tola uzunligi esa 34 mm dan yuqori bo‘lib, ular selektsiya ishlarida qimmatli donor sifatida tavsiya etildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TURIZM LEKSIKASINING SEMANTIK MAYDONI VA ULARNI O‘QITISH STRATEGIYALARI
Akbarov Alisher Akhmadjon oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2026
Mazkur tezisda turizm leksikasining semantik maydoni konseptual va diskursivjihatdan yoritiladi hamda bu leksik birliklarni samarali o‘qitish strategiyalari asoslanadi. Turizm sohasi tilmanzarasida normativ-infratuzilmaviy atamalar, tajriba va identitetni sahnalashtiruvchi ifodalar hamdabrendingga xos baholovchi birliklar birgalikda faoliyat ko‘rsatadi; ular ko‘pincha metaforik, madaniyjihatdan yuklangan va ko‘p tilli kontekstda ishlatiladi. Tadqiqot o‘zbek, rus va ingliz tillaridan tuzilganpedagogik korpusga tayanib, kollokatsion profillar, frame-semantik tahlil va ssenariyga asoslangan amaliymashqlar orqali leksik maydonning tarkibiy qatlamlarini aniqladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki,terminologik barqarorlik talab etiladigan sohalarda standartlashtirilgan ekvivalentlar hamda orqa tarjimatekshiruvi muhim, tajribaviy va madaniy birliklarda esa qisqa izohlash bilan endonimni saqlash kommunikativ samaradorlikni oshiradi. O‘qitish metodikasi sifatida korpusga asoslangan “farqlash orqalio‘rganish”, translanguagingni maqsadga muvofiq boshqarish va auditoriyaga mos registrni modellashtirishtaklif qilinadi. Gid-tarjimonlar tayyorlashda “tirik” ikki yoki uch tilli glossariylar, ssenariyli baholash vakollokatsion ko‘rsatkichlarga tayanuvchi rubrikalar tavsiya etiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TURIZM LEKSIKASINING SEMANTIK MAYDONI VA ULARNI O‘QITISH STRATEGIYALARI
Akbarov Alisher Akhmadjon oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur tezisda turizm leksikasining semantik maydoni konseptual va diskursivjihatdan yoritiladi hamda bu leksik birliklarni samarali o‘qitish strategiyalari asoslanadi. Turizm sohasi tilmanzarasida normativ-infratuzilmaviy atamalar, tajriba va identitetni sahnalashtiruvchi ifodalar hamdabrendingga xos baholovchi birliklar birgalikda faoliyat ko‘rsatadi; ular ko‘pincha metaforik, madaniyjihatdan yuklangan va ko‘p tilli kontekstda ishlatiladi. Tadqiqot o‘zbek, rus va ingliz tillaridan tuzilganpedagogik korpusga tayanib, kollokatsion profillar, frame-semantik tahlil va ssenariyga asoslangan amaliymashqlar orqali leksik maydonning tarkibiy qatlamlarini aniqladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki,terminologik barqarorlik talab etiladigan sohalarda standartlashtirilgan ekvivalentlar hamda orqa tarjimatekshiruvi muhim, tajribaviy va madaniy birliklarda esa qisqa izohlash bilan endonimni saqlash kommunikativ samaradorlikni oshiradi. O‘qitish metodikasi sifatida korpusga asoslangan “farqlash orqalio‘rganish”, translanguagingni maqsadga muvofiq boshqarish va auditoriyaga mos registrni modellashtirishtaklif qilinadi. Gid-tarjimonlar tayyorlashda “tirik” ikki yoki uch tilli glossariylar, ssenariyli baholash vakollokatsion ko‘rsatkichlarga tayanuvchi rubrikalar tavsiya etiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MAHALLA TIZIMINING TARIXIY ILDIZLARI VA QADIMIY O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH AN‘ANALARI
Urmonjonova Dilnozaxon Muhammadjon qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
ushbu ilmiy maqolada O‘zbekistonda mahalla tizimining tarixiy ildizlari va qadimiyo‘zini o‘zi boshqarish an‘analari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda mahalla institutining Markaziy Osiyomintaqasidagi tarixiy evolyutsiyasi, uning qadimgi shahar madaniyatidan hozirgi zamonagacha bo‘lganrivojlanish bosqichlari, shuningdek, ushbu tizimning O‘zbekiston jamiyatida tutgan o‘ziga xos o‘rnio‘rganilgan. Maqolada mahallaning an‘anaviy boshqaruv mexanizmlari, ularning zamonaviy sharoitdaqayta shakllanishi va fuqarolik jamiyatining asosiy tayanchi sifatidagi ahamiyati yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA CHET TILI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Toshmatova Madinaxon Kodirovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
ushbu ilmiy maqolada chet tillarini o‘qitishda integrativ yondashuvni tatbiq etishningpedagogik va metodik asoslari tahlil qilinadi. Maqolada interfaol va loyihaviy metodlar yordamidalingvistik, kommunikativ va fanlararo kompetensiyalarni uyg‘un rivojlantirish, talabalarning mustaqilfikrlash va amaliy til ko‘nikmalarini oshirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, integrativ metodikyondashuvlarning o‘quv jarayonida motivatsiya, ishtirok faolligi va talabalarning amaliy loyihaviyfaoliyatga jalb qilinishidagi samaradorligi ilmiy asosda tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
GLOBALLASHUV JARAYONIDA JAMIYAT HAYOTIDA MILLIY G‘OYA VA MA‘NAVIYAT MASALASI
Khoshimova Marjona Shavkatjon qizi, Tursunov Ramziddin Abdikhalil oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada globallashuv jarayonining jamiyat hayotiga ta‘siri va milliy g‘oyahamda ma‘naviyatning dolzarbligi tahlil qilindi. Globallashuv yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirsada, ba‘zan milliy qadriyatlarning yo‘qolish xavfini yuzaga keltiradi. Shu bois, har bir inson va jamiyat o‘zmadaniy merosini saqlab, uni rivojlantirishga intilishi kerak.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MAKTABGACHA TA‘LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Toshpulatova Mahina Farkhod kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
ushbu ilmiy maqolada maktabgacha ta‘lim jarayoniga raqamli texnologiyalarniintegratsiyalashning psixologik-pedagogik, metodik va tizimli asoslari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotdaraqamli ta‘lim muhiti maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv faolligi, idrokning barqarorligi,kommunikativ kompetensiyalari va ijodiy tafakkurining shakllanishiga ko‘rsatadigan ta‘siri ilmiy-statistikmodellashtirish asosida baholandi. Raqamli ta‘lim platformalari, multimodal o‘quv resurslari va interaktivvizual kontentning pedagogik samaradorligi, shuningdek pedagoglarning texnologik va didaktikkompetensiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘rganildi. Tahlil natijalari raqamli texnologiyalarni maqsadliqo‘llash maktabgacha ta‘limning sifat ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishini, ta‘lim jarayonidainnovatsion yondashuvlar, moslashuvchan raqamli vositalar va pedagogik dizayn tamoyillari muhimdeterminant sifatida namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
DAVLAT XIZMATLARI SAMARADORLIGI – IJTIMOIY TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI
Abdimitalov Davronbek Abdugani oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Tezis davlat xizmatlari samaradorligi va ularning ijtimoiy taraqqiyotga ta‘sirimasalalarini kompleks tahlil qiladi. Tadqiqot jarayonida davlat organlarining ichki va tashqisamaradorligini oshirish mexanizmlari, fuqarolarning davlat xizmatlariga qoniqish darajasi, shuningdek,davlat xizmatlarining sifatini baholash tizimlari o‘rganildi. Tezis shuningdek, davlat xizmatlarisamaradorligi bilan ijtimoiy farovonlik, iqtisodiy barqarorlik va fuqarolik mas‘uliyati o‘rtasidagi o‘zarobog‘liqlikni ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari davlat boshqaruvida modernizatsiya jarayonlarinioptimallashtirish, resurslarni samarali taqsimlash va fuqarolar bilan o‘zaro ishonchni mustahkamlashbo‘yicha strategik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA METAFORA VA FRAZEOLOGIZMLARNING SEMANTIK-PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Khaydarova Feruza Murodkosimovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri bo‘lgan O‘tkirHoshimovning ijodi haqida, asarlarida tilining asosiy vazifalaridan biri — obrazlilik va ta‘sirchanliknita‘minlanishi, O‘tkir Hoshimov asarlarida bu vositalar xalqona ruhni, milliy dunyoqarashni,qahramonlarning xarakterini va asarlarning umumiy badiiy-estetik qimmatini ochib berishda muhim rolo‘ynagani haqida fikrlar bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
PEDAGOGIK MADANIYAT VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI BIRLASHTIRGAN INTEGRATSION DARS MODELLARI
Kamalova Yakutkhan Bahodirovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Tezis zamonaviy ta‘lim jarayonida pedagogik madaniyat va sog‘lom turmush tarziniintegratsion tarzda uyg‘unlashtirishga qaratilgan dars modellari konsepsiyasini ilmiy tahlil qiladi.Tadqiqotda pedagogik madaniyatni shakllantirishning nazariy asoslari, sog‘lom turmush tarziningpedagogik jarayonga integratsiyasi, shuningdek, o‘quvchilar va talabalarda sog‘lom hayot tarzinirivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar batafsil o‘rganilgan. Tezis innovatsion darstexnologiyalari, interaktiv o‘quv metodlari va integratsion pedagogik yondashuvlar orqali ta‘lim jarayonidasog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishning samaradorligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari ta‘lim sohasidagiamaliyotchi pedagoglar uchun metodik qo‘llanma vazifasini bajaradi va o‘quv jarayonida sog‘lom hayottarzini shakllantirishni optimallashtirish imkoniyatlarini taqdim etadi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA IJTIMOIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHDA TANQIDIY FIKRLASHNING ROLI
Azamov Umarxon Yakhyokhonovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tezis bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy intellektni rivojlantirish jarayonidatanqidiy fikrlashning integratsiyalashgan metodikasi va uning samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan.Tadqiqotda ta‘lim jarayonida tanqidiy fikrlash elementlarini qo‘llash orqali talabalarning ijtimoiy intellektko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, tezisda pedagogiksharoitlarda interaktiv metodlar, muammoli vaziyatlarni hal qilish va bahs-munozaralar orqalio‘qituvchilarning o‘zaro hissiy, empatik va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga erishishyo‘llari ko‘rsatib beriladi. Ilmiy tahlillar natijasida tanqidiy fikrlashning ijtimoiy intellektni oshirishdagistrategik ahamiyati, pedagogik jarayonda o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlarini chuqurlashtirish validerlik qobiliyatlarini rivojlantirishdagi roli aniqlanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FORMATIV BAHOLASH ORQALI O‘QUVCHILAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Sobitjon Khalimov Hoshimjonovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tezisda umumiy pedagogik nazariya doirasida formativ baholashvositalarining o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishdagi nazariy asoslari keng yoritiladi. Formativbaholash tushunchasi va uning ta‘lim jarayonidagi roli, o‘quvchilarning metakognitiv va analitikqobiliyatlarini shakllantirishga ta‘siri, shuningdek, pedagogik strategiyalar orqali tafakkur jarayoninifaollashtirish metodologik jihatlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tezisda formativ baholashningmetodologik vositalari, o‘quvchilarni o‘z-o‘zini baholash va refleksiv tahlil asosida faol ishtirokinita‘minlash, shuningdek, nazariy va amaliy pedagogik yondashuvlar bilan bog‘liq ilmiy manbalar asosidachuqur tahlil qilinadi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ARCS MOTIVATSIYA MODELI: TA‘LIM JARAYONIDA O‘QUV MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI
Khudoyberdiyeva Shokhsanamkhan Mukumjonovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqola o‘quvchilarning ta‘lim jarayoniga bo‘lgan qiziquvchanligi, faolligi vamotivatsiyasini shakllantirish, mustahkamlash va saqlashga qaratilgan ARCS motivatsiya modelinio‘rganishga bag‘ishlangan. Amerikalik psixolog va ta‘lim texnologi Jon Keller tomonidan ishlab chiqilganushbu model diqqat (Attention), ahamiyat (Relevance), ishonch (Confidence) va qoniqish (Satisfaction)kabi to‘rtta asosiy komponentni o‘z ichiga oladi. Maqolada modelning har bir bosqichining mohiyati,ularning o‘zaro bog‘liqligi va ta‘lim jarayonida qo‘llash yo‘llari tahlil etilgan. Shuningdek, har birstrategiyaga doir uslubiyatlar batafsil yoritilib, o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini yanada samarali tashkiletish uchun metodik tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari ARCS modelining o‘quvchilarning kognitiv vaaffektiv sohalariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatish orqali ta‘lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA NOAN‘ANAVIY METODLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Batiraliyeva Gulobar Mahamadismoil qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tezisda texnologiya darslarida noam‘anaviy metodlardan foydalanishningafzalliklari yoritilgan. Muallif noan‘anaviy metodlarning o‘quvchilarning faolligini oshirish, amaliyko‘nikmalarni shakllantirish, ijodkorlik va mustaqil fukrlashni rivojlantirishdagi o‘rnini ochib beradi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
NOVELLA JANRINI O‘RGANISHDA NARRATOLOGIK MODEL (GENNETT) VA KOMPARATIV POETIKA: METODLAR UYG‘UNLIGI
Samatova Gulnoza Nematjonovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur tezisda novella janrini tahlil qilishda Gérard Genette narratologik modeli vakomparativ poetikaning o‘zaro uyg‘unlashuv mexanizmlari yoritiladi. Genette taklif etgan vaqt, nuqtainazar va ovoz kategoriyalari mikromatn darajasida qisqa nasrning ichki mexanikasini ko‘rsatib beradi,komparativ poetika esa milliy adabiyotlar o‘rtasida janriy funksiyalar, motivlar va paratekstlar harakatinianiqlashga imkon yaratadi. Tadqiqotda o‘zbek novellalari bilan Yevropa an‘analari o‘rtasidagi muvofiqlikva farqlar vaqtning tartibi, davomiyligi va chastotasi; fokalizatsiya rejimi; hikoyachi ovozi hamdaemblemik motivlar orqali kuzatildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek novellalarida vaqt manipulyatsiyasiko‘pincha etik yo‘naltirilgan kulminatsiyani tayyorlaydi, ichki monolog esa ko‘p hollarda dialoglashgan o‘z-o‘ziga murojaat ko‘rinishida ijtimoiy ohang bilan uyg‘unlashadi, emblemik detal va ramziy qaytishlaresa Yevropa “falcon” modeli bilan funksional qiyosda ishlaydi. Komparativ yondashuv paratekst (janryorliqlari, annotatsiya) bilan o‘quvchi kutishi o‘rtasidagi kelishuvni tahlil qilishga ko‘maklashdi va Genettemodelini milliy poetik normalar bilan muvofiqlashtirishning yo‘llarini ko‘rsatdi. Xulosa sifatida, ikkalametodning sintezi novellaning struktura–ta‘sir o‘qi bo‘yicha yanada aniqroq tasnifini beradi va tarjima,tahrir hamda o‘quv dasturlari uchun amaliy tamoyillarni taklif etadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
STEM YONDASHUVI ASOSIDA AKADEMIK LITSEY O‘QUVCHILARINING FIZIKA FANINI O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
Parpieva Oysanam Sultanbek kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada STEM yondashuvi asosida akademik litsey o‘quvchilarining fizikafanini o‘qitishning nazariy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda STEM yondashuvining mohiyati, uning fizikafanini o‘qitish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, o‘quvchilarda mantiqiy, tahliliy va ijodiyfikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar, muammoli o‘qitish va tajriba asosidagi o‘rganish usullarining integratsiyasi orqali STEMyondashuvining samaradorligi asoslab berilgan. Shuningdek, o‘quvchilarda fanga nisbatan motivatsiyanioshirish, ilmiy tafakkurni rivojlantirish va amaliy faoliyatga tayyorlash shart-sharoitlari ilmiy jihatdanasoslangan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
IQTISODIY TAFAKKUR VA MEHNAT ETIKASINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI: YOSHLAR MISOLIDA
Khoshimov Hakimjon Abdukakkhor oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tezis yoshlarning iqtisodiy tafakkuri va mehnat etikasining o‘zaro bog‘liqliginitahlil qiladi. Yoshlarning iqtisodiy qarashlari, mehnatga bo‘lgan munosabati va ishga bo‘lgan yondashuviularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Tezisda yoshlarning iqtisodiy tafakkuri vamehnat etikasining shakllanishiga ta‘sir etuvchi omillar, shu jumladan ta‘lim, oilaviy muhit, ijtimoiytarmoqlar va madaniy qadriyatlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot yoshlarning ishga bo‘lgan munosabatini,mehnatga bo‘lgan motivatsiyasini va iqtisodiy qarashlarini o‘rganish orqali, ularning mehnat bozoridagimuvaffaqiyatlarini va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rinlarini aniqlashga qaratilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
A THEORETICAL FRAMEWORK FOR AN INTEGRATED, TECHNOLOGY-ENHANCED CURRICULUM TO FOSTER ORAL COMPETENCE IN ENGLISH FOR MANAGEMENT
Milimo Mundia · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025
Ushbu maqolada menejment talabalarining ingliz tilida og‘zaki so‘zlashuv ko‘nikmalarini yaxshilaydigan integratsiyalashgan ta‘lim dasturini yaratish uchun nazariy asos va metodologik tuzilma ishlab chiqilgan. Butunjahon biznes muhiti kelajakdagi menejerlardan ingliz tilini bilishni talab qiladi, ammo standart o‘qitish usullari bilim-amaliy tafovutni keltirib chiqaradi. Taklif etilgan model menejment ta‘limini kommunikativ til o‘qitish va raqamli texnologiyalar bilan birlashtirib, talabalar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan interaktiv o‘quv makonini yaratadi. Tadqiqot Yevropa CLIL metodologiyasini Rossiya ESP va texnologiyaga asoslangan o‘quv yondashuvlari hamda O‘zbekiston ta‘lim tizimini o‘zgartirish strategiyalari bilan birlashtiradi. Taklif etilgan metodologiya ma‘lum bir asosga muvofiq texnologik vositalardan foydalanadigan loyihaga asoslangan o‘quv doirasini taqdim etadi. Tadqiqot empirik tadqiqotlar o‘tkazish o‘rniga mavjud akademik adabiyotlarning kontseptual bahosini taqdim etadi. Taklif etilgan usul amalga oshirish jarayonida potentsial qiyinchiliklarga duch keladi, ammo talabalarning ravonligi va strategik kompetensiyasini hamda o‘ziga ishonchini oshirish uchun kuchli salohiyatga ega. Integratsiyalashgan ta‘lim usuli O‘zbekistonning global raqobatbardosh ishchi kuchini rivojlantirish uchun muhim talab bo‘lib xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
EDUVISION: SUN‘IY INTELLEKT ASOSIDAGI ELEKTRON DARS JADVALI TIZIMI ORQALI MAKTABDA RAQAMLI BOSHQARUVNI JORIY ETISH
E‘zoza Valiyeva Sotimboyevna, Makhmudjon Mirzamurodov Akhmedovich, Ekhromjon Akhmedov Makhmudjon oglu, Vazira Akhmedova, daughter of Bakhodir · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada umumta‘lim maktablari uchun mo‘ljallangan “EduVision” —elektron dars jadvali tizimi haqida so‘z yuritiladi. Ushbu tizimning asosiy maqsadi — dars jarayonlariniraqamlashtirish, vaqtni boshqarish samaradorligini oshirish, hamda ta‘lim muhitini avtomatlashtirishdir.“EduVision” tizimi sun‘iy intellekt (AI) yordamida maktabdagi real vaqtli jarayonlarni kuzatibboradi va ularga mos holda axborotlarni displeyda avtomatik yangilaydi. Tizim dars jadvalini ko‘rsatishdantashqari, tanaffus va zvanok vaqtlarini avtomatik tarzda boshqarish, navbatchi sinfni e‘lon qilish, bayramlarva ob-havo sharoitlari haqida ma‘lumot berish imkoniyatiga ega.“EduVision” tizimi o‘quv muassasalaridaavtomatlashtirilgan boshqaruvni joriy etish orqali ta‘lim sifatini oshirish, dars jarayonida inson omiligabog‘liq xatoliklarni kamaytirish hamda raqamli maktab infratuzilmasini shakllantirishda muhim ahamiyatkasb etadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ELNING SUYUKLI FARZANDI
Adashaliyeva Oygul Oybek qizi, Pozilova Muqaddas Khikmataliyevna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Maqolada o‘zbek xalqining buyuk farzandi, sarkarda, davlat arbobi shoir va olimZahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ijodi va faoliyati haqida so‘z yuritiladi. Unda Boburmingyoshligidan boshlab Farg‘ona taxtiga chiqishi, Movarounnahr va Afg‘onistonda olib borgan siyosiykurashlari, Hindistonda Boburiylar imperiyasi barpo etishdagi xizmatlari yoritilgan.Maqolada Boburning “Boburnoma” asari alohida tahlil qilinadi-bu asar nafaqat tarixiy manba balkio‘zbek adabiyoti durdonalaridan biri sifatida baholanadi. Unda Boburning o‘z hayoti, xalqi, siyosiyvoqealari aks etgan. Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning o‘z davrida amalga oshirgan ishlari vabugungi kunda yoshlar uchun ibratli shaxs sifatidagi o‘rni ochib beriladi.