Asosiy mazmunga o‘tish

ARCS MOTIVATSIYA MODELI: TA‘LIM JARAYONIDA O‘QUV MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI

Khudoyberdiyeva Shokhsanamkhan MukumjonovnaAndijon davlat universiteti doktoranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1122–1125

Annotatsiya

Ushbu maqola o‘quvchilarning ta‘lim jarayoniga bo‘lgan qiziquvchanligi, faolligi vamotivatsiyasini shakllantirish, mustahkamlash va saqlashga qaratilgan ARCS motivatsiya modelinio‘rganishga bag‘ishlangan. Amerikalik psixolog va ta‘lim texnologi Jon Keller tomonidan ishlab chiqilganushbu model diqqat (Attention), ahamiyat (Relevance), ishonch (Confidence) va qoniqish (Satisfaction)kabi to‘rtta asosiy komponentni o‘z ichiga oladi. Maqolada modelning har bir bosqichining mohiyati,ularning o‘zaro bog‘liqligi va ta‘lim jarayonida qo‘llash yo‘llari tahlil etilgan. Shuningdek, har birstrategiyaga doir uslubiyatlar batafsil yoritilib, o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini yanada samarali tashkiletish uchun metodik tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari ARCS modelining o‘quvchilarning kognitiv vaaffektiv sohalariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatish orqali ta‘lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi.

Boshqa tillarda

ruschaМодель мотивации ARCS: методы формирования мотивации к обучению и повышения ее эффективности в образовательном процессе.

Данная статья посвящена изучению мотивационной модели ARCS, направленной на формирование, укрепление и поддержание интереса, активности и мотивации учащихся в образовательном процессе. Разработанная американским психологом и специалистом по образовательным технологиям Джоном Келлером, эта модель включает четыре основных компонента: Внимание, Релевантность, Уверенность и Удовлетворенность. В статье анализируется сущность каждого этапа модели, их взаимосвязи и способы применения в образовательном процессе. Также подробно описаны методики каждой стратегии, и даны методические рекомендации для учителей по более эффективной организации образовательного процесса. Результаты исследования показывают важность модели ARCS в повышении эффективности обучения за счет положительного влияния на познавательную и аффективную сферы учащихся.

inglizchaARCS MOTIVATION MODEL: METHODS FOR FORMING LEARNING MOTIVATION AND INCREASING ITS EFFICIENCY IN THE EDUCATIONAL PROCESS

This article is devoted to the study of the ARCS motivation model, which is aimed at forming, strengthening and maintaining students‘ interest, activity and motivation in the educational process. Developed by the American psychologist and educational technologist John Keller, this model includes four main components: Attention, Relevance, Confidence and Satisfaction. The article analyzes the essence of each stage of the model, their interrelationships and ways of applying it in the educational process. Also, the methodologies for each strategy are described in detail, and teachers are given methodological recommendations for more effective organization of the educational process. The results of the study show the importance of the ARCS model in increasing educational effectiveness by positively influencing the cognitive and affective spheres of students.

Kalit so‘zlar

  • ARCS modeli
  • motivatsiya
  • ta‘lim dizayni
  • diqqat
  • ahamiyat
  • ishonch
  • qoniqish
  • o‘quv faolligi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

rol o‘ynaydi. Jumladan, loyiha asosida o‘qitish, STEAM yondashuvi va ag'darilgan sinf modeli kabi metodlar orqali o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimga ega bo‘lishadi, balki o‘rganganlarini real hayotga tadbiq qilishni ham o‘rganishadi. Bunday yondashuvlar o‘quvchilarning texnologik savodxonligini oshiradi, ijodkorlik va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shu sababli, texnologiya darslarida noan’anaviy metodlarni tizimli va maqsadga muvofiq qo‘llash muhim ahamiyatga ega. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy o‘qitish metodlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorlari. 2.Qodirova S. – “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, Toshkent, 2021. 3.Karimova D. – “Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar”, Metodik qo‘llanma, 2020. 4.Jononov A. – “STEAM yondashuvi asosida fanlararo integratsiya”, Ilmiy maqola, 2022. 5.www.ziyonet.uz – O‘zbekiston ta’lim portali. 6.www.researchgate.net – Xalqaro ilmiy maqolalar bazasi.

ARCS MOTIVATSIYA MODELI: TA’LIM JARAYONIDA O‘QUV MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI

Xudoyberdiyeva Shoxsanamxon Muqumjonovna Andijon davlat universiteti doktoranti E-mail: xudoyberdiyeva83@mail.ru Tel: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya: Ushbu maqola o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziquvchanligi, faolligi va motivatsiyasini shakllantirish, mustahkamlash va saqlashga qaratilgan ARCS motivatsiya modelini o‘rganishga bag‘ishlangan. Amerikalik psixolog va ta’lim texnologi Jon Keller tomonidan ishlab chiqilgan ushbu model diqqat (Attention), ahamiyat (Relevance), ishonch (Confidence) va qoniqish (Satisfaction) kabi to‘rtta asosiy komponentni o‘z ichiga oladi. Maqolada modelning har bir bosqichining mohiyati, ularning o‘zaro bog‘liqligi va ta’lim jarayonida qo‘llash yo‘llari tahlil etilgan. Shuningdek, har bir strategiyaga doir uslubiyatlar batafsil yoritilib, o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish uchun metodik tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari ARCS modelining o‘quvchilarning kognitiv va affektiv sohalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatish orqali ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: ARCS modeli, motivatsiya, ta’lim dizayni, diqqat, ahamiyat, ishonch, qoniqish, o‘quv faolligi.

ARCS MOTIVATION MODEL: METHODS OF FORMING LEARNING MOTIVATION AND INCREASING ITS EFFICIENCY IN THE EDUCATIONAL PROCESS

Khudoyberdiyeva Shokhsanamkhon Mukumjonovna Doctoral student of Andijan State University E-mail: xudoyberdiyeva83@mail.ru Tel: [telefon raqami yashirilgan]

Annotation: This article is devoted to the study of the ARCS motivation model, which is aimed at forming, strengthening and maintaining students' curiosity, activity and motivation in the educational process. Developed by the American psychologist and educational technologist John Keller, this model includes four main components: Attention, Relevance, Confidence and Satisfaction. The article analyzes the essence of each stage of the model, their interrelationships and ways of applying it in the educational process. The methodology for each strategy is also explained in detail, and teachers are given methodological recommendations for more effective organization of the learning process. The results of the study show the importance of the ARCS model in increasing educational effectiveness by positively influencing the cognitive and affective spheres of students. Keywords: ARCS model, motivation, educational design, attention, importance, trust, satisfaction, learning activity.

МОДЕЛЬ МОТИВАЦИИ ARCS: МЕТОДЫ ФОРМИРОВАНИЯ УЧЕБНОЙ МОТИВАЦИИ И ПОВЫШЕНИЯ ЕЁ ЭФФЕКТИВНОСТИ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ

Худойбердиева Шохсанамхон Мукумжоновна Аспирант Андижанского государственного университета E-mail: xudoyberdiyeva83@mail.ru Тел.: [telefon raqami yashirilgan]

Аннотация: Статья посвящена исследованию модели мотивации ARCS, направленной на формирование, укрепление и поддержание любознательности, активности и мотивации студентов в образовательном процессе. Разработанная американским психологом и педагогом Джоном Келлером, эта модель включает четыре основных компонента: внимание, актуальность, уверенность и удовлетворение. В статье анализируется сущность каждого этапа модели, их взаимосвязь и способы применения в образовательном процессе. Методология каждой стратегии подробно объяснена, и преподавателям даны методические рекомендации для более эффективной организации учебного процесса. Результаты исследования показывают важность модели ARCS для повышения эффективности обучения посредством позитивного влияния на когнитивную и аффективную сферы учащихся. Ключевые слова: модель ARCS, мотивация, образовательный дизайн, внимание, значимость, доверие, удовлетворенность, учебная деятельность.

Kirish Zamonaviy ta’lim jarayonining muvaffaqiyati, nafaqat yaxshi tashkil etilgan o‘quv materiali, balki o‘quvchilarning ichki motivatsiyasi va qiziquvchanligiga bevosita bog‘liq. Amerikalik taniqli psixolog olim Jon M. Keller ta’lim tizimlarini chuqur o‘rganib, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash jarayonida motivatsiyaning hal qiluvchi roliga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, ko‘p hollarda ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda o‘quvchilarning motivatsiyasiga yetarlicha e’tibor berilmaydi [3]. Aynan shu muammoni hal qilish maqsadida Keller to‘rtta asosiy printsip asosida ARCS motivatsiya modelini taklif qildi. Ushbu maqolaning maqsadi – ARCS modelining nazariy asoslarini va uning amaliyotda qo‘llanilish usullarini, shuningdek, modelning tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan jihatlarini tahlil qilish va umumlashtirishdir. ARCS Modelining Tarkibiy Tuzilishi Keller tomonidan taklif etilgan ARCS modeli o‘quv motivatsiyasini shakllantirish va saqlashni ta’minlovchi quyidagi to‘rtta o‘zaro bog‘langan bosqichdan iborat [4]. Ushbu bosqichlarning mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro uyg‘unligi modelning asosiy kuchli tomoni hisoblanadi. 1. Diqqat (Attention) Ta’lim jarayonining eng dastlabki va dolzarb bosqichi bo‘lib, o‘quvchining dars mazmuniga qiziquvchanligini uyg‘otish va uni butun o‘quv jarayoni davomida ushlab turishdan iborat. Ta’limchilar sifatida biz ko‘pincha darsni boshlashda diqqatni tortishga e’tibor beramiz, ammo Kellerning ta’kidlashicha, diqqatni butun jarayon davomida saqlab qolish muhimroqdir [3]. Bu bosqich o‘z ichiga quyidagi pastki strategiyalarni oladi: 1.1. Diqqatni jalb qilish: O‘qituvchi tomonidan haqiqiy hayotdan olingan qiziqarli misollar va hikoyalar keltirish, mavzuga mos latifalar va so‘z o‘yinlaridan foydalanish, shuningdek, o‘quvchilarning mavjud bilimlari bilan qarama-qarshi qo‘yiladigan hayratlanarli faktlar yoki paradokslarni taqdim etish 1.2. Tadqiqot faolligini oshirish: O‘quvchilarni rolli o‘yinlar, laboratoriya tajribalari, loyihaviy ishlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali faol jalb etish. Muammoli vaziyatlarni yechish, Sokrat usuli, aqliy hujumi (brainstorming) kabi interaktiv usullardan foydalanish orqali mustaqil izlanishlariga sharoit yaratish. 1.3. Mazmunni yetkazishda xilma-xillik: O‘quv materialini turli formatlar – ma’ruza, multimedia taqdimotlar, fotosuratlar, audio va videolar, guruhdagi muhokamalar, interaktiv platformalar orqali taqdim etish, ya’ni monotonlikni yo‘q qilish. Bu strategiya, shuningdek, turli xil o‘quv uslublariga ega bo‘lgan o‘quvchilarni hisobga olish imkonini beradi [3]. 2. Ahamiyat (Relevance) Ushbu bosqichda yangi o‘rganilayotgan bilim va ko‘nikmalarning o‘quvchining shaxsiy maqsadlari, qiziqishlari va kelajagi bilan bog‘liqligini ko‘rsatish muhimdir. Bu o‘quvchiga “Nima uchun men buni o‘rganyapman?” degan savolga aniq javob beradi.

2.1. Shaxsiy tajriba va qadriyatga murojaat: Yangi materialni o‘quvchilarga allaqachon ma’lum bo‘lgan tushunchalar va tajribalar bilan bog‘lash. Bilimlarning nafaqa darhol, balki kelajakdagi faoliyat va hayotda qanday amaliy qo‘llanilishini ko‘rsatish. 2.2. Maqsadga yo‘naltirilganlik: O‘quv materiali va vazifalarni o‘quvchilarning shaxsiy va kasbiy maqsadlariga moslashtirish. O‘quvchilarga o‘z o‘rganish yo‘lini, usullarini va resurslarini tanlashda ma’lum darajada erkinlik berish, bu ularning shaxsiy mas’uliyat hissini oshiradi. 2.3. Motivlarga moslik: O‘quvchilarning individual motivatsiya turlariga (masalan, raqobat, hamkorlik, ehtiyoj) muvofiq darslarni loyihalash. O‘rnak shaxslar (model) orqali kerakli xulq-atvorni namoyish etish. 3. Ishonch (Confidence) O‘quvchilarning o‘z qobiliyatlariga ishonch hosil qilish va muvaffaqiyatga bo‘lgan ishonchlarini oshirishga qaratilgan. O‘quvchi o‘ziga “Men buni uddalay olaman” degan ishonchga ega bo‘lishi kerak. So‘nggi paytlarda o‘z-o‘zini rag‘batlantirishda vizualizatsiya usuli keng qo‘llanib kelinmoqda [1-8]. 3.1. Muvaffaqiyat uchun shart-sharoit yaratish: Darsning aniq maqsadlari, talablari va baholash mezonlari haqida oldindan ma’lumot berish. O‘quvchilar oldida erishilishi mumkin bo‘lgan, ammo shu bilan birga ularni rag‘batlantiruvchi maqsadlarni qo‘yish. 3.2. Muvaffaqiyat imkoniyatlarini yaratish: O‘quvchilarga bosqichma-bosqich, osonlikdan qiyinlikka qarab boradigan vazifalarni taklif etish. Dastlabki muvaffaqiyatlar ularning ishonchini mustahkamlaydi. Xatolarga emas, balki yutuqlarga e’tibor qaratgan holda konstruktiv fikr-mulohaza berish. 3.3. Shaxsiy mas’uliyat va nazorat: O‘quvchilarga o‘rganish jarayonida ma’lum darajada mustaqillik va nazorat qilish imkoniyatini berish (masalan, loyiha mavzularini tanlash, ish usulini belgilash). Bu ularga o‘z muvaffaqiyatlari uchun mas’uliyatni his qilishga yordam beradi. 4. Qoniqish (Satisfaction) Ta’lim jarayonining yakuniy bosqichi bo‘lib, o‘quvchilarning olgan bilimlari va erishgan natijalari bilan qoniqish hissini keltirib chiqarishga qaratilgan. Bu ularni keyingi ta’lim bosqichlariga ham tayyorlaydi. O‘quvchilarda dars yakunida paydo bo‘ladigan charchoq va shubhalarni yengish uchun amaliy natijalarni ko‘rsatish juda muhimdir [1, 7]. 4.1. Ichki motivatsiyani qo‘llab-quvvatlash.: O‘rganilgan bilim va ko‘nikmalarni amaliy, real vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatini yaratish. Bu o‘quvchilarga yangi bilimlarning haqiqiy qadrini anglatadi va o‘z-o‘zini rag‘batlantirishni kuchaytiradi. 4.2. Tashqi motivatsiyani qo‘llab-quvvatlash: Ma’qullovchi so‘zlar, mukofotlar, sertifikatlar, ijtimoiy e’tirof kabi tashqi rag‘batlantirish vositalaridan maqsadli va samarali foydalanish. Muhimi, mukofot kutilmagan vaqtda va shaklda bo‘lishi kerak, chunki bu uning ta’sirchanligini oshiradi [2,5]. 4.3. Adolatli munosabat: Baholash mezonlari barcha o‘quvchilar uchun bir xil va shaffof bo‘lishi kerak. O‘qituvchi sinfda «sevimlilar» paydo bo‘lishining oldini olishi va hamma bilan adolatli munosabatda bo‘lishi lozim. Xulosa Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ARCS motivatsiya modeli nafaqat ta’lim dasturlarini loyihalash, balki har bir o‘qituvchining har bir darsini samarali tashkil etish uchun tizimli va amaliy ko‘rsatma hisoblanadi. Ta’lim kontekstida modelni qo‘llash o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularning o‘z qobiliyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va ta’limdan olingan qoniqish darajasini oshirishga yordam beradi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, modelning to‘rtta bosqichini muvozanatli va izchil qo‘llash orqali nafaqat ma’lum bir darsning, balki butun o‘quv faniga bo‘lgan qiziquvchanlik va motivatsiyani shakllantirish mumkin, bu esa o‘z navbatida, uzoq muddatli va barqaror bilim olishga olib keladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Бондаренко Е. В. Применение модели ARCS для повышения мотивации студентов. – М.: Академия, 2019. – 95 с. 2. Vahit Ağa YILDIZ, Özlem BAYDAŞ ÖNLÜ, Yüksel GÖKTAŞ. ARCS Motivasyon Modeli: 1997-2018 Yılları Arasında Yapılmış Uygulamalı Makalelerin İçerik Analizi. Trakya Eğitim Dergisi. – 2019.- Cilt 9, Sayı 4. - 723-741. ISSN: 2630-6301 3. Keller, J. M. Development and use of the ARCS model of instructional design [Matn] / J. M. Keller // Journal of Instructional Development. – 1987. – Vol. 10, No. 3. – P. 2–10. 4. Keller, J. M. Motivational Design for Learning and Performance: The ARCS Model Approach [Matn] / J. M. Keller. – New York : Springer Science & Business Media, 2010. – 345 p.

5. Махмудов Н. М. Теоретические основы формирования учебной мотивации. – Ташкент: Фан, 2010. – 160 с. 6. Милявская Н. Б., Филиппова В. В. Модель ARCS как средство развития учебной мотивации в системе дистанционного обучения // Научно-методический электронный журнал «Калининградский вестник образования». — 2022. — № 2 (14) / июль. — С. 13-21 7. Смирнов В. В. Разработка мотивирующих учебных материалов по модели ARCS. – М.: Прометей, 2017. – 115 с. 8. Худойбердиева Ш. Модель ARCS как средство повышения эффективности самостоятельной работы студентов педагогических ВУЗов Узбекистана. (на примере курса «Педагогическое мастерство») // Журнал Universum: психология и образование. – М., 2025, № 11.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar15 ta adabiyot

  1. Бондаренко Е. В. Применение модели ARCS для повышения мотивации студентов. – М.:
  2. Академия, 2019. – 95 с.
  3. Vahit Ağa YILDIZ, Özlem BAYDAŞ ÖNLÜ, Yüksel GÖKTAŞ. ARCS Motivasyon Modeli: 1997-2018
  4. Yılları Arasında Yapılmış Uygulamalı Makalelerin İçerik Analizi. Trakya Eğitim Dergisi. – 2019.- Cilt 9,
  5. Sayı 4. - 723-741. ISSN: 2630-6301
  6. Keller, J. M. Development and use of the ARCS model of instructional design [Matn] / J. M. Keller //
  7. Journal of Instructional Development. – 1987. – Vol. 10, No. 3. – P. 2–10.10.1007/bf02905780
  8. Keller, J. M. Motivational Design for Learning and Performance: The ARCS Model Approach [Matn] /
  9. J. M. Keller. – New York : Springer Science & Business Media, 2010. – 345 p5. Махмудов Н. М. Теоретические основы формирования учебной мотивации. – Ташкент: Фан,
  10. 2010. – 160 с.
  11. Милявская Н. Б., Филиппова В. В. Модель ARCS как средство развития учебной мотивации в системе дистанционного обучения // Научно-методический электронный журнал
  12. «Калининградский вестник образования». — 2022. — № 2 (14) / июль. — С. 13-21
  13. Смирнов В. В. Разработка мотивирующих учебных материалов по модели ARCS. – М.:
  14. Прометей, 2017. – 115 с.
  15. Худойбердиева Ш. Модель ARCS как средство повышения эффективности самостоятельной работы студентов педагогических ВУЗов Узбекистана. (на примере курса «Педагогическое мастерство») // Журнал Universum: психология и образование. – М., 2025, № 11

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011613
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/626
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1122–1125
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25