GLOBALLASHUV JARAYONIDA JAMIYAT HAYOTIDA MILLIY G‘OYA VA MA‘NAVIYAT MASALASI
Khoshimova Marjona Shavkatjon qizi1, Tursunov Ramziddin Abdikhalil oglu22025
- 1Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
- 2Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1153–1156
Annotatsiya
Ushbu maqolada globallashuv jarayonining jamiyat hayotiga ta‘siri va milliy g‘oyahamda ma‘naviyatning dolzarbligi tahlil qilindi. Globallashuv yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirsada, ba‘zan milliy qadriyatlarning yo‘qolish xavfini yuzaga keltiradi. Shu bois, har bir inson va jamiyat o‘zmadaniy merosini saqlab, uni rivojlantirishga intilishi kerak.
Boshqa tillarda
ruschaВопрос о национальной идее и духовности в обществе в процессе глобализации
В данной статье анализируется влияние процесса глобализации на жизнь общества и актуальность национальной идеи и духовности. Глобализация расширяет мировоззрение молодого поколения, но иногда создает риск утраты национальных ценностей. Поэтому каждый человек и каждое общество должны стремиться к сохранению и развитию своего культурного наследия.
inglizchaTHE ISSUE OF NATIONAL IDEA AND SPIRITUALITY IN SOCIETY IN THE PROCESS OF GLOBALISATION
This article analyzes the impact of the globalization process on the life of society and the relevance of the national idea and spirituality. While globalization broadens the worldview of the younger generation, it sometimes creates the risk of losing national values. Therefore, every person and society should strive to preserve and develop their cultural heritage.
Kalit so‘zlar
- Integratsiya
- milliy g‘oya
- modernizatsiya
- milliy identitet
- ijtimoiy ong
- global madaniyat
- ijtimoiy muhit
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
GLOBALLASHUV JARAYONIDA JAMIYAT HAYOTIDA MILLIY G’OYA VA MA’NAVIYAT MASALASI
Xoshimova Marjona Shavkatjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi shovkatmahmudov403@gmail.com Ilmiy rahbar: Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: ramziddin0518@gmail.com ORCID: 0009-0001-3537-7858
Annotatsiya. Ushbu maqolada globallashuv jarayonining jamiyat hayotiga ta’siri va milliy g‘oya hamda ma’naviyatning dolzarbligi tahlil qilindi. Globallashuv yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirsada, ba’zan milliy qadriyatlarning yo‘qolish xavfini yuzaga keltiradi. Shu bois, har bir inson va jamiyat o‘z madaniy merosini saqlab, uni rivojlantirishga intilishi kerak. Kalit so’zlar: Integratsiya, milliy g’oya, modernizatsiya, milliy identitet, ijtimoiy ong, global madaniyat, ijtimoiy muhit
ПРОБЛЕМА НАЦИОНАЛЬНОЙ ИДЕИ И ДУХОВНОСТИ В ОБЩЕСТВЕ В ПРОЦЕССЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ
Аннотация. В статье анализируется влияние процесса глобализации на общественную жизнь и актуальность национальной идеи и духовности. Хотя глобализация расширяет мировоззрение молодого поколения, она порой создаёт риск утраты национальных ценностей. Поэтому каждый человек и каждое общество должны стремиться к сохранению и развитию своего культурного наследия. Ключевые слова: Интеграция, национальная идея, модернизация, национальная идентичность, общественное сознание, глобальная культура, социальная среда
THE ISSUE OF NATIONAL IDEA AND SPIRITUALITY IN SOCIETY IN THE PROCESS OF GLOBALISATION
Annotation. This article analyzes the impact of the globalization process on social life and the relevance of the national idea and spirituality. Although globalization broadens the worldview of the younger generation, it sometimes creates the risk of losing national values. Therefore, every person and society should strive to preserve and develop their cultural heritage. Keywords: Integration, national idea, modernization, national identity, social consciousness, global culture, social environment
Globallashuv - bu faqat tashqi ta’sir emas, balki imkoniyat hamdir. Biz uni milliy g‘oya va ma’naviyatni mustahkamlash uchun foydalanishimiz kerak. Har bir kishi o‘zligini bilishi, qadriyatlarini hurmat qilishi va jamiyat bilan uyg‘unlashishi zarur. Shu yo‘l bilan biz global dunyo bilan integratsiyalashgan holda, milliy o‘zligimizni yo‘qotmasligimiz mumkin. Globallashuv jarayonida milliy g'oya va ma'naviyat masalasi jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib, unga qarshi ma'naviy tahdidlar paydo bo'lishi xavfini tug'diradi. Bu jarayonda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, axloq-odobni mustahkamlash va yosh avlodni mafkuraviy tajovuzlardan himoyalash zarur. Buning uchun ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, milliy va madaniy o'zlikni anglashni kuchaytirish va axborot texnologiyalaridan ongli ravishda foydalanish muhimdir. Biz hozirda XXI asrda, insoniyat ongi va dunyoqarashi shakllanishi shiddat bilan davom etayotgan, hayot suratlari butkul darajada o’zgargan davrda yashayapmiz. Bu davrda jamiyat hayotiga yangidan yangi texnika hamda texnologiyalar, turli xildagi ijtimoiy jarayon va hodisalar, biz bilmagan tushuncha hamda terminlar kirib kelmoqda. Bu o’zgarishlar bevosita, jamiyat hayotiga o’z ta’sirini ko’rsatmasdan qolmadi. Shunday hodisadan biri “Globallashuv” jarayonidir. Haqali savol tug’iladi, ho’sh globallashuv o’zi nima ? U qachon paydo bo’ldi? Uning mohiyati qanday?
“Globallashuv XX asrning 80-yillarida yalpi vujudga kelgan jarayon bo’lib, birinchi martta iqtisodiy sohada sodir bo’lgan o’zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T.Levittning 1983-yildagi “Garvard biznes review” jurnalida chop etilgan maqolasida qo’llanilgan. “Collins English” lug’atida (1998) globallashuv moliyaviy va sarmoya kirituvchi bozorlarga davlatlar va millatlarning o’zaro bog’lanmaganliklaridan foydalangan holda rivojlangan va tartibga solingan aloqalar orqali boshqarish imkonyatini beradi, deb ta’kidlanadi”. Hozirgi kunda hayotimizning qay bir jabhasiga nazar solmaylik, undan yangi davr nafasi ufirib turadi. Globallashuv hayotdagi barcha sohalarni qamrab oldi deb to’la ishonch bilan aytish mumkin. Shundan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, hayot tarzining umumiylashuvi, yagona madaniy muhitning vujudga kelishi va uning natijasida( albatta barcha emas, balki “ayrim” jihatlari) milliy-etnik jihatlarning unutilib, yo’qolishi globallashuvning harakterli jihati hisoblanadi. Uning mohiyatidan anglashiladigan ma’no mazmun, bu jamiyat uchun yagona va hech qanday individual va yoki ayrim ijtimoiy birlik, milliy hodisalarning bo’lishiga to’siq bo’ladigan jarayonlar sikli hisoblanadi. Ushbu jarayon yuzasidan ko’plab insonlar izlanish hamda tadqiqotlar olib borishgan. Jumladan, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida bu jarayonga shunday ta’rif beradi: “Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni obyektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo’shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog’lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas. Shu ma’noda, globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir”.
Hozirgi sharoida globallashuv jarayonini biz huddiki quyoshning insonlarga sochayotgan serjilo nurlariga qiyos qilishimiz mumkin. Bu hayotda yashayotgan inson erta tongda uyqudan ko’z ochganda, ko’ziga quyosh nurlari jilvasi tushgani singari, globallashuv “havosi”ni ham sezmoqda. Usiz inson hayotini tasavvur etib bo’lmaydi go’yo. Uning asosiy targ’ibot vositasi sifatida biz hozirgi kunda tobora avj olib borayotgan internet va turli xildagi ijtimoiy tarmoqlar hamda messengerlarni ko’rishimiz mumkin. Xususan, “2018-yil yanvar oyida dunyo aholisining ijtimoiy tarmoqlar va internetdan foydalanishi bo’yicha statistikasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra Yer yuzida aholi soni 7 mlrd 593 mln bo’lib, shuning 4 mlrd 21mln (53%) internetga ulangan, 3 mlrd 196 mln (42%) ijtimoiy tarmoqlarda faol ekanligi qayd etilgan” Dunyo miqyosida axborot tarqatish va uni almashish borasida ijtimoiy tarmoqlar hozirgi kunda juda keng tarqalgan tizim hisoblanadi. Unda kuniga dunyo miqyosida sodir bo’lgan millionlab jarayonlar yoritib boriladi.
“YEBIZMA biznes axborot tarmog’i tomonidan olib borilgan tahliliy-statistik so’rov natijalariga ko’ra, 2019-yilning birinchi choragi holatidagi dunyoning yetakchi ijtimoiy tarmoqlari o’ntaligi e’lon qilindi.Reyting natijalariga ko’ra, foydalanuvchilar sonining ko’pligi bilan “Google Search” internet qidiruv xizmati dunyoning yetakchi internet tarmog’i deb e’lon qilindi. Tarmoqda millionlab odamlar tomonidan har kuni 3.5 millionga yaqin internet qidiruv ishlari amalga oshiriladi. Youtube tarmog’ida kuniga 5 million foydalanuvchi tomonidan video ko’rish ishlari amalga oshiriladi. Foydalanuvchilar sonining hisobiga ko’ra, ushbu tarmoq reytingning ikkinchi pog’onasini egalladi. Kuniga 1.5 million foydalanuvchiga ega bo’lgan Facebook tarmog’i reytingni uchinchi pog’onasini egalladi” Yuqorida ta’kidlab o’tilgan ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ijtimoiy tarmoqlar va internet insonlar hayotining bir bo’lagiga aylanib qolganligini ko’rishimiz mumkin. Endi bevosita asosiy masalaga nazar tashlaydigan bo’lsak, Rossiyalik faylasuf va yozuvchi A.Zinovev globallashuv jarayonida jahon ahlini befarq bo’lmaslikka chaqiradi. U “Aksiglobalizm vektorlari“ nomli anjumanda shunday degan edi:
“Globallashuv - yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik ko’rsatishdan boshqa yo’lini ko’rmayapman.Faqat qarshilik!”.
Globallashuv jarayonlari barcha Sharq mamlakatlari qatori bizning yurtimizni ham chetlab o’tmadi. Uning o’zi bilan olib kelgan ko’plab yangiliklari insonlar uchun qulayliklar yaratdi. Ishlab chiqarish, sanoat, texnika-texnologiya va hokozo. Faqat milliy o’zbek mentaliteti bundan mustasno. Yer kurrasida har qanday millat va elat borki, u uzoq o’tmishda kichik bir jamoadan yagona millat holiga kelguniga qadar ulkan va mashaqqatli yo’lni bosib o’tadi. Shu yo’l davomida uning o’ziga xos an’ana va qadriyatlari, urf-odatlari shakllanib boradi. Huddi ana o’sha qadryat va an’analar bir millatni boshqa millatdan ajratuvchi, faqat shu millatga xos jihatlari hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, umumiy va yagona madaniyatni, butun insonyat uchun bir xil hayot tarzini qaror toptirish sari borayotgan globallashuv jarayoni ana o’sha milliy hususiyatlarni butkul tanazzulga uchratadi, ko’p asrlik tarix va uzoq shakllangan an’analar , milliy ruh insonlar hayotini tark etadi. Shunday bir jarayonda bizning jamiyatimizda eng katta ehtiyoj bu-milliy g’oya va ma’naviyatga ehtiyojdir.
Biz uchun butun bir xalqni yagona maqsad yo’lida birlashtiruvchi, ezgu maqsadlarga yo’naltiruvchi, xalqimiz va millatimizni porloq kelajak sari boshlovchi, milliy qadryatlarimiz hamda uzoq yillar davomida sayqal topib hozirgi kunga qadar yetib kelgan an’analarimizdan vos kechmagan holda rivojlanishga chorlovchi milliy g’oyaga hamda har qanday tashqi kuchlar hamda muhit omillariga nisbatan o’zining “filtr” vazifasini bajaruvchisi bo’lgan, inson ruhiyati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviyatga ehtiyoj yana ham kuchayib bormoqda. Jamiyat hayotida ularning o’rnini mustahkamlash dolzarb vazifa hisoblanadi. Xalqimiz ongiga Milliy g’oyamizning bosh tamoyillari bo’lgan yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik g’oyalarini singdirishimiz, ularda yoshligidan boshlab axloq va hallolik, mehr va muruvvat, insoniylik va adolat mezonlarini o’zida jamlagan ma’naviyat kurtaklarini shakllantirish lozim. Hozirda mamlakatimiz aholisi soni 34 milliondan oshgan bo’lsa, ularning 60% ini yoshlar tashkil etadi. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, eng yuqori e’tibor yoshlarga, ularning zamon talabiga mos va munosib ta’lim va tarbiya olishiga qaratilmog’i lozim. Shu o’rinda mamlakatimiz Prezidentining quyidagi fikrlari fikrimiz tasdig’i hisoblanadi deyish mumkin: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”.
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda hozirgi sharoitda quyidagi yo’llardan foydalanishmiz maqsadga muvofiq hisoblanadi: birinchidan, globallashuv jarayonida o’zligimizni saqlab qolish uchun harakatni avvalo oiladan boshlash. Avvalo har bir inson, har bir yosh dastlabki tarbiyani hayotiy tushunchalarni oilasidan, o’z ota-onasidan oladi. Shunday dastlabki bosqichdanoq yosh avlodga milliy g’oyamizning tub mohiyatini o’rgatish, milliy an’analarga hurmat, ota-bobolar merosiga nisbatan faxr tuyg’ularini shakllantirib borish, ruhiyatini shakllantirishda ma’naviy tamoyillarga alohida ahamiyat berish lozim. Bu vazifani Vatan taqdiriga befarq bo’lmagan har bir ota-ona vijdonan ado etishlari shart. Shundagina oldimizga qo’ygan yuksak maqsadlarimizga erishamiz; Ikkinichidan, yoshlar ongiga milliy g’oyamiz va ma’naviyatimiz asosiy tushunchalarini singdirishda eng katta vosita bu ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ularda milliy g’oya va ma’naviyatga oid fanlar hamda o’quv darslari sonini ko’paytirish, yoshlar ongida yod g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni hosil qilish va uni mustahkamlash dolzarb vazifa hisoblanadi. Bunda eng yuqori mas’uliyat o’qituvchi-pedagoglar zimmasiga yuklanadi. Avvalo, ularning o’zi yosh avlod ko’z o’ngida yuksak xulq-atvorga ega ma’naviyatli shaxs sifatida namuna bo’lishlari lozim; Uchinchidan, davlat muassasalari tizimi ayrim qismlarida milliyligimiz timsolini o’zida gavdalantirga milliy kiyimlar (misol uchun do’ppi) ni kiyish tartibini joriy qolish. Insonlar ongi-shuurida shu milliy kiyimga hurmat ruhini shakllantirish, ota-bobolardan meros-milliylik namunalarini asrab avaylash va ularni kelajak avlodga asl holicha yetkazish siz-u biz uchun eng mas’uliyatli va oliyjanob fazilatdir! Shu xususida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilanganini ta’kidlab, bevosita: “Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak” deb aytganlari ham bejiz emas. Hozirgi kunda hayotimizning qaysi jabhasiga nazar solmaylik, unda yoshlarning faol ishtirokini ko’rishimiz mumkin. Mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni milliy g’oyamiz, milliy an’analarimiz va yuksak ma’naviy fazilatlar ruhida tarbiyalash va ularga ta’lim berish kelajak uchun tashlangan dadil qadam bo’ladi. Shu o’rinda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu fikrini keltiradigan bo’lsak: “Bizni hamisha o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug’zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz ? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”. Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, biz xalqimiz ongini milliy g’oyamiz, ma’naviyatimiz va ma’rifatimiz ruhida tarbiya qiladigan bo’lsak, hech qanday yod unsurlar, hoh u diniy ekstrimizm bo’lsin, hoh globallashuv, hoh “ommaviy madanyat” bo’lsin uning fikrini, dunyoqarashini o’zgartira olmaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning turli anjuman hamda bayramlarda so’zlagan nutqlari
- Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch . Islom Karimov. Toshkent 2008
- Rasmiy sahifalar: president.uz, lex.uz
- A.Mo’minov. Ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik. Toshkent 2017
- B.Isoqov. Ma’naviyat - taraqqiyot mezoni. Namangan 2018
- Internet ma’lumtlari: Xabar.uz, Gis.uz, Hozir.org sahifalari
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011620
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/634
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1153–1156
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25