Asosiy mazmunga o‘tish

TEXNOLOGIYA DARSLARIDA NOAN‘ANAVIY METODLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Batiraliyeva Gulobar Mahamadismoil qiziADPI mustaqil tadqiqotchisi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1119–1122

Annotatsiya

Ushbu tezisda texnologiya darslarida noam‘anaviy metodlardan foydalanishningafzalliklari yoritilgan. Muallif noan‘anaviy metodlarning o‘quvchilarning faolligini oshirish, amaliyko‘nikmalarni shakllantirish, ijodkorlik va mustaqil fukrlashni rivojlantirishdagi o‘rnini ochib beradi

Boshqa tillarda

ruschaПРЕИМУЩЕСТВА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НЕТРАДИЦИОННЫХ МЕТОДОВ НА УРОКАХ ПО ТЕХНОЛОГИЯМ

В данной диссертации освещаются преимущества использования нетрадиционных методов на уроках технологии. Автор раскрывает роль нетрадиционных методов в повышении активности учащихся, развитии практических навыков, а также в развитии креативности и самостоятельного мышления.

inglizchaADVANTAGES OF USING UNTRADITIONAL METHODS IN TECHNOLOGY LESSONS

This thesis highlights the advantages of using non-traditional methods in technology lessons. The author reveals the role of non-traditional methods in increasing student activity, developing practical skills, and developing creativity and independent thinking.

Kalit so‘zlar

  • noan‘anaviy
  • ijodkorlik
  • metod
  • amaliy ko‘nikma
  • interaktiv ta‘lim
  • texnologiya darslari

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TEXNOLOGIYA DARSLARIDA NOAN’ANAVIY METODLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Botiraliyeva Gulobar Mahamadismoil qizi ADPI mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya: Ushbu tezisda texnologiya darslarida noam’anaviy metodlardan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Muallif noan’anaviy metodlarning o’quvchilarning faolligini oshirish, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish, ijodkorlik va mustaqil fukrlashni rivojlantirishdagi o’rnini ochib beradi. Kalit so’zlar: noan’anaviy, ijodkorlik, metod, amaliy ko’nikma, interaktiv ta’lim, texnologiya darslari.

ПРЕИМУЩЕСТВА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НЕТРАДИЦИОННЫХ МЕТОДОВ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ

Аннотация: В данном тезисе раскрываются преимущества использования нетрадиционных методов на уроках технологии. Автор освещает роль нетрадиционных методик в повышении активности учащихся, формировании практических навыков, развитии творческого и самостоятельного мышления.

Ключевые слова: нетрадиционные методы, креативность, метод, практические навыки, интерактивное обучение, уроки технологии.

ADVANTAGES OF USING UNTRADITIONAL METHODS IN TECHNOLOGY LESSONS

Annotation: This thesis highlights the advantages of using non-traditional methods in technology lessons. The author explores the role of these methods in increasing student engagement, developing practical skills, and fostering creativity and independent thinking. Keywords: non-traditional methods, creativity, method, practical skills, interactive learning, technology lessons.

KIRISH: Bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar o’qitish metodlariga yangicha yondashishni talab qilmoqda. Ayniqsa, texnologiya fanida o’quvchilarning amaliy bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, ularni zamonaviy texnik vositalar bilan ishlashga tayyorlash dolzarb vazifalardan biridir. Anan’anaviy darslar o’rniga noan’anaviy interaktiv va innovatsion metodlardan foydalanish o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishini oshiradi, ularni faol o’rganuvchiga aylantiradi. Ushbu ishda texnologiya darslarida noan’anaviy metodlardan foydalanishning afzalliklari tahlil qilinadi va ular orqali ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari ko’rsatib beriladi. Darslarda innovatsion va interaktiv yondashuvlarni qo’llash ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy kasb-hunarlarga tayyorlashdagi rolini asoslab beradi. ASOSIY QISM: Zamonaviy ta’lim jarayonida texnologiya fanining o’rni tobora ortib bormoqda. Texnologiya darslari o’quvchilarni bugungi va kelajakdagi texnologik jarayonlarga tayyorlaydi, ularga zamonaviy bilim va ko’nikmalarni beradi. Bu fan orqali o’quvchilar nazariy bilimlarni amalda qo’llashni o’rganadilar, turli qurilmalar, dasturlar va texnologiyalar bilan ishlashni egallaydilar. Texnologiya darslari o’quvchilarni yangi g’oyalar yaratishga, muammolarni innovatsion yo’llar bilan hal qilishga undaydi. Dunyo tobora raqamlashtirilayotgan bir paytda, texnologiya darslari o’quvchilarni o’zgarishlarga tez moslashishga o’rgatadi. Kelajakda texnika va muhandislik sohalarida ishlashni istagan yoshlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fan o’quvchilarda mustaqil fiklashni rivojlantirib, turli muammolarni hal qilish qobiliyatini oshiradi, o’quvchilar o’z ijodiy qobilyatlarini namoyon eta oladilar. Texnologiya bilimlarning amaliy qo‘llanilishiga imkon yaratadi, nazariy tushunchalarni real vaziyatlarda jonlantiradi. Nazariya va amaliyotni bog‘lash noan’anaviy talabalarni darhol qo‘llaniladigan ko‘nikma va tushunchalar bilan ta’minlab, ularning ta’limining umumiy qiymatini oshiradi va kasbiy muvaffaqiyatga tayyorlaydi. Aslida, texnologiya kirish imkoniyati, moslashuvchanlik, shaxsiylashtirish va real dunyo bilan bog‘liqlikni ta’minlovchi kuchli yordamchi hisoblanadi. Bugungi kunda ta’limda yangi va noan’anaviy metodlardan foydalanish juda samarali natijalarga olib kelmoqda. Texnologiya darslarida noan’anaviy metodlardan foydalanish-bu o’quvchilarning faolligini oshirish,ularning mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni amaliy qo’llash ko’nikmalarini shakllantirishda samarali usullardan biridir. Quyida noan’anaviy metodlardan foydalanishning asosiy afzalliklari keltiriladi: 1.O’quvchining faolligini oshiradi - O’quvchi dars jarayonida passive mas, faol ishtirokchi bo’ladi. - Savol-javoblar, muammoli vaziyatlar, guruhli ishlarda ishtirok etadi. 2. Amaliy ko’nikmalarni shakllantiradi - Tajriba asosida o’rganish (project-based learning) orqali o’rgangan bilimni amalda qo’llaydi. - Masalan, dasturlash, konstruktorlik ishlari, 3Dmodellashtirish kabi ko’nikmalar mustahkamlanadi. 3. Ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi - Noan’anaviy metodlar (rol o’ynash, muammoli vaziyat, aqliy hujum klaster usuli) o’quvchidan yangicha fikrlashni talab qiladi. - Masalaga turli yo’llar bilan yondashadi. 4. O’quv jarayonini qiziqarli qiladi - Interaktiv metodlar, gamifikatsiya (o’yin elementlari) darsni jonlantiradi. - O’quvchilarda fan bo’yicha motivatsiya oshadi.

5. Mustaqil o’rganishga yo’naltiradi - O’quvchilarga muammo yoki loyiha beriladi, ularn uni mustaqil izlanish orqali yechishga harakat qiladi. - Bu esa hayotiy muammolarni hal qilishga tayyorlaydi. 6. Axborot texnologiyalarini samarali qo’llashga imkon beradi - Interaktiv doskalar, virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar, onlayn resurslar yordamida dars sifatini oshiradi. - Masofaviy ta’lim yoki “blended learning” metodlariga moslashadi. 7. Guruhda ishlash ko’nikmasini shakllantiradi - Ko’plab noan’anaviy metodlar guruhli ishlarga asoslanadi. - O’quvchilar bir-birini eshitish, fikr almashish, ma’suliyatni bo’lishishni o’rganadilar. Texnologiya darslarida noan’anaviy metodlardan foydalanish – bu zamonaviy o’qituvchining zaruriy kompotensiyalaridan biridir. U nafaqat bilim berishga ,balki o’quvchini kelajak hayotga tayyorlashga xizmat qiladi. Quyida texnologiya darslarida qo’llay olinadigan noan’anaviy metodlarni misollar orqali tushuntirib o’tiladi: 1. Loyiha asosida o‘qitish (Project-Based Learning – PBL) Tavsifi: Bu metodda o‘quvchilar real hayotdagi muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan kichik loyihalar ustida ishlaydi. Loyiha davomida ular mustaqil izlanish olib boradi, amaliy ishlar bajaradi va yakunida natijani taqdim etadi. Texnologiya darsida qo‘llanilishi: • O‘quvchilarga ob-havo sharoitiga mos kiyim modeli yaratish topshirig‘i beriladi. • Ular dizayn tayyorlaydi, material tanlaydi, kesma va tikuv ishlarini bajaradi. • Loyihaning yakunida sinf oldida o‘z ishlarini taqdim qiladi. Afzalliklari: • Mustaqil fikrlash va ijodkorlikni rivojlantiradi. • Jamoada ishlash va mas'uliyatni his qilishga o‘rgatadi. • Nazariya bilan amaliyotni uyg‘unlashtiradi. 2. STEAM yondashuvi (Science, Technology, Engineering, Art, Math) Tavsifi: Bu metod fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtirgan holda, o‘quvchilarda tizimli va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi. Texnologiya darsida qo‘llanilishi: • O‘quvchilar yorug‘lik bilan ishlovchi dekorativ lampa loyihasini yaratadi. • Elektr zanjiri tuziladi (Science/Engineering), material tanlanadi (Technology), tashqi ko‘rinishi ishlab chiqiladi (Art), o‘lcham va hisob-kitoblar qilinadi (Math). Afzalliklari: • Fanlararo bog‘liqlikni mustahkamlaydi. • Real muammolarni hal qilish ko‘nikmasini beradi. • Ijodkorlik va amaliy ko‘nikmalarni birgalikda rivojlantiradi. 3. Ag'darilgan sinf modeli ("Flipped Classroom") Tavsifi: An’anaviy modeldan farqli o‘laroq, bu metodda nazariy bilimlar uyda o‘rganiladi (masalan, video ko‘rish orqali), dars esa faqat amaliyot va muhokama uchun ajratiladi. Texnologiya darsida qo‘llanilishi: • Uyga vazifa: tikuv mashinasi qanday ishlashini tushuntiruvchi videoni ko‘rish. • Dars davomida: mashinada tikish, ip o‘tkazish, mashinani sozlash ishlari bajariladi. Afzalliklari: • Darsda amaliyotga ko‘proq vaqt ajratiladi. • Har bir o‘quvchi o‘z tezligida nazariyani o‘zlashtira oladi. • Dars jarayonida o‘qituvchi faqat murakkab jihatlarni tushuntirishga e’tibor beradi. XULOSA: Zamonaviy ta’limda texnologiya fanini o‘qitishda noan’anaviy metodlardan foydalanish o‘quvchilarni faollashtirish, ularning mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim

rol o‘ynaydi. Jumladan, loyiha asosida o‘qitish, STEAM yondashuvi va ag'darilgan sinf modeli kabi metodlar orqali o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimga ega bo‘lishadi, balki o‘rganganlarini real hayotga tadbiq qilishni ham o‘rganishadi. Bunday yondashuvlar o‘quvchilarning texnologik savodxonligini oshiradi, ijodkorlik va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shu sababli, texnologiya darslarida noan’anaviy metodlarni tizimli va maqsadga muvofiq qo‘llash muhim ahamiyatga ega.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy o‘qitish metodlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorlari.
  2. Qodirova S. – “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, Toshkent, 2021.
  3. Karimova D. – “Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar”, Metodik qo‘llanma, 2020.
  4. Jononov A. – “STEAM yondashuvi asosida fanlararo integratsiya”, Ilmiy maqola, 2022.
  5. www.ziyonet.uz – O‘zbekiston ta’lim portali.
  6. www.researchgate.net – Xalqaro ilmiy maqolalar bazasi.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011612
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/625
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1119–1122
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25