Asosiy mazmunga o‘tish

ELNING SUYUKLI FARZANDI

Adashaliyeva Oygul Oybek qizi1, Pozilova Muqaddas Khikmataliyevna22025

  1. 1Namangan davlat pedagogika instituti “Fizika” yo‘nalishi birinchi bosqich talabasi
  2. 2Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1096–1098

Annotatsiya

Maqolada o‘zbek xalqining buyuk farzandi, sarkarda, davlat arbobi shoir va olimZahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ijodi va faoliyati haqida so‘z yuritiladi. Unda Boburmingyoshligidan boshlab Farg‘ona taxtiga chiqishi, Movarounnahr va Afg‘onistonda olib borgan siyosiykurashlari, Hindistonda Boburiylar imperiyasi barpo etishdagi xizmatlari yoritilgan.Maqolada Boburning “Boburnoma” asari alohida tahlil qilinadi-bu asar nafaqat tarixiy manba balkio‘zbek adabiyoti durdonalaridan biri sifatida baholanadi. Unda Boburning o‘z hayoti, xalqi, siyosiyvoqealari aks etgan. Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning o‘z davrida amalga oshirgan ishlari vabugungi kunda yoshlar uchun ibratli shaxs sifatidagi o‘rni ochib beriladi.

Boshqa tillarda

ruschaЛЮБИМОЕ ДИТЯ НАРОДА

В статье рассматривается жизнь, творчество и деятельность великого сына узбекского народа, полководца, государственного деятеля, поэта и учёного Захириддина Мухаммада Бабура. Охватываются события, начиная с юности Бабура и его восхождение на Ферганский престол, политическая борьба в Трансоксиане и Афганистане, а также его заслуги в создании империи Бабура в Индии. Отдельно анализируется произведение Бабура «Бобурнома» — работа, считающаяся не только историческим источником, но и одним из шедевров узбекской литературы. Она отражает жизнь самого Бабура, его народ и политические события. Статья раскрывает творчество Захириддина Мухаммада Бабура в его время и его роль как образцовой фигуры для современной молодёжи.

inglizchaTHE BELOVED CHILD OF THE PEOPLE

The article discusses the life, work and activities of the great son of the Uzbek people, a commander, statesman, poet and scientist Zahiriddin Muhammad Babur. It covers Babur‘s rise to the throne of Fergana from his youth, his political struggles in Transoxiana and Afghanistan, and his services in establishing the Babur Empire in India. The article separately analyzes Babur‘s work "Boburnoma" - this work is considered not only a historical source, but also one of the masterpieces of Uzbek literature. It reflects Babur‘s own life, people, and political events. The article reveals the work of Zahiriddin Muhammad Babur in his time and his role as an exemplary figure for young people today.

Kalit so‘zlar

  • Zahiriddin Muhammad Bobur
  • Boburnoma
  • o‘zbek adabiyoti
  • davlat arbobi
  • sarkarda
  • shoir
  • ilm-fan
  • madaniyat
  • yoshlar uchun ibrat
  • tarixiy meros

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

2. Xoliqova M. “Boshlang‘ich ta’limda matematika darslarini innovatsion tashkil etish”. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 3. Mavlonova R. “Pedagogika nazariyasi va amaliyoti”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 4. “STEM Education Guide”. – Washington, 2020. 5. Шадрина И. В. «Методика обучения геометрии в начальной школе». — Просвещение, 2015. 6. Джаббарова Н. А. «Методы формирования геометрических знаний у младших школьников». — 2018. 7. Воторникова А. С. «Методические приёмы изучения элементов геометрии в начальной школе (1 4 кл.)». — 2019. 8. Квардицкая И. О. «Особенности формирования геометрических понятий у младших школьников согласно требованиям ФГОС НОО». — 2022. 9. Дубина Д. «Формирование геометрических понятий у детей младшего школьного возраста». — 2017.

Adashaliyeva Oygul Oybek qizi Namangan davlat pedagogika instituti “Fizika” yoʻnalishi birinchi bosqich talabasi. Telefon nomer: [telefon raqami yashirilgan] E-mail: adashaliyevaoygul@gmail.com Ilmiy raxbar: Pozilova Muqaddas Xikmataliyevna Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya: Maqolada oʻzbek xalqining buyuk farzandi, sarkarda, davlat arbobi shoir va olim Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ijodi va faoliyati haqida soʻz yuritiladi. Unda Boburming yoshligidan boshlab Fargʻona taxtiga chiqishi, Movarounnahr va Afgʻonistonda olib borgan siyosiy kurashlari, Hindistonda Boburiylar imperiyasi barpo etishdagi xizmatlari yoritilgan. Maqolada Boburning “Boburnoma” asari alohida tahlil qilinadi-bu asar nafaqat tarixiy manba balki oʻzbek adabiyoti durdonalaridan biri sifatida baholanadi. Unda Boburning oʻz hayoti, xalqi, siyosiy voqealari aks etgan. Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning oʻz davrida amalga oshirgan ishlari va bugungi kunda yoshlar uchun ibratli shaxs sifatidagi oʻrni ochib beriladi. Kalit soʻzlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma,oʻzbek adabiyoti, davlat arbobi, sarkarda, shoir, ilm-fan, madaniyat, yoshlar uchun ibrat, tarixiy meros.

Аннотация: Встаты рассказывается о жизни, творчестве и деятельности великого сьна узбекского народа - полководца, государственного деятеля, поэта и учёного Захириддина Мухаммада Бабура. С ранних лет Бабур проявлял интерес к науке, литературе и государственному управлению. Особое внимание в статье уделено произведению Бабура “Бабур-наме“- это не только исторический источник, но и одно из жемчужин узбекской литературы. В нём отражены жизнь Бабура, судьба народа и политические события его времени. В статье раскрывается роль Захириддина Мухаммада Бабура как видающейся личности своего времени и его значение как примера для молодёжи современности. Ключевые слова: Захириддин Мухаммад Бабур, Бабур-наме, узбекская литература, государственный деятель, полководец, поэт, наука, культура, пример для молодёжи, историческое наследие.

Abstract: The article discusses the life, creative work, and activities of Zahiriddin Muhammad Babur - the great son of the Uzbek nation, a commander, statesman, poet, and scholar. From an early age, Babur

showed interest in science, literature, and state governance. The article pays special attention to Babur's work ”Baburnama”, which is not only a hestorical source but also one of the pearls of Uzbek literature. It reflectc Babur's life, his people's destiny, and the political events of his time. The article reveals Babur's role as an outstanding figure of his era and as an inspiring example for today's youth. Key words: Zahiriddin Muhammad Babur, Babur Ama, Uzbek literature, statesman, commander, poet, science, culture, example, for youth, historical heritage.

KIRISH “Zahiriddin Muhammad Bobur - oʻzbek xalqining faxri boʻlmish buyuk sarkarda, shoir, va davlat arbobi hisoblanadi. [2] U 1483-yil14-fevralda Andijonda tavallud topgan. [1] Bobur aql-zakovati, harbiy iste'doti va davlat boshqaruvidagi mahorati tufayli qisqa vaqt ichida u yirik hukmdorga aylangan. U Temuriylar sulolasiga mansub boʻlib, bobosi Abu Said Mirzo va otasi Umarshayx Mirzo boʻlgan. Yoshligidanoq davlat ishlari harbiy san’atga qiziqqan. 12 yoshida u Andijon taxtiga oʻtirgan. Bobur turkiy va forsiy tillarda she'rlar yozgan madaniyat va adabiyot rivojiga katta hissa qoʻshgan. Uning eng mashhur asari - Boburnoma boʻlib, bu asar oʻz davrining tarixiy manbasi sifatida juda katta ahamiyatga ega. Maqolada Boburning hayoti siyosiy faoliyati, adabiy merosi va bugungi kunda uning qoldirgan madaniy me'rosining ahamiyati haqida soʻz yuritiladi.” [2] ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAYOTI VA IJODI Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tugʻilgan. U Amir Temurning beshinchi avlodi boʻlgan. Boburning otasi – Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi - QutlugʻNigor xonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan va harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan.Bobur barcha Temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik ulamolar ustozligida harbiy taʼlim,arab va fors tillarini oʻrganadi,koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, she'riyatga qiziqa boshlaydi. Bobur 1494-yilda, atiga 12 yoshida, otasi Umarshayx Mirzo vafotidan soʻng Fargʻona taxtiga oʻtiradi. U Samarqandni ham qoʻlga kiritish uchun bir necha bor kurash olib boradi,chunki bu shahar Temuriylar merosi sifatida katta ahamiyatga ega edi. Bobur koʻplab toʻsiqlarga qaramay, oʻz orzusidan-qudratli va adolatli davlat barpo etish niyatidan voz kechmaydi.1504-yilda Bobur Kobulni zabt etadi va bu yerdan u keyinchalik Hindiston sari yurishlarini boshlaydi. Nihoyat u 1526-yilda Panipat jangida Sulton Ibrohim Loʻdiy qoʻshinini tor-mor keltirib, Hindistonda Boburiylar imperiyasiga asos soladi. Bu davlat keyinchalik - Humoyun, Akbar, Jahongir, Shoh Jahon va Aurangzeb davrida yanada mustahkamlanadi. Boburning siyosiy kurashlari faqat taxt uchun emas, balki adolat, tartib ma'rifat va vatan ravnaqi uchun boʻlgan edi. Uning siyosiy tajribasi va davlat boshqaruvidagi uslubi keyingi avlod hukmdorlari uchun ham ibrat maktabiga aylandi. [2] BOBURNING ADABIY MEROSI Bobur Mirzo shuhratda Mir Alisher Navoiyning yonida turadigan mumtoz soʻz sanʼatkori, shoir va adibdir. Badiiy mahorat bobida ham betakrordir. Uning ijodidagi tarjimayi holini xususiyati oʻsha davr haqida qimmatli manbalar berishi bilan ahamiyatlidir. Qalb kechinmalari roʻy-rost, samimiyat ila bitilgani bilan ham koʻngillarni zabt etgan. Shodlikdan koʻra oʻz yurtida gʻariblikni afzal bilgan alloma asarlari yuraklarni larzaga soladi, Vatanni sevishga undaydi. Hech bir shoir vatandan yiroqlik fojiasini Bobur Mirzachalik koʻptomonlama va ta'sirchan ifodalay olmagan boʻlsa kerak. [2] Shoir oʻz esdaliklarida oʻz ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqtda boshlanganini aytadi. “Ul fursatlarda biror ikki bayt aytur edim”, deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular oʻrtasida yozishma boshlanadi. [1] Hindistonda mashhur boʻlgan me'moriy yodgorliklar, bogʻlar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, Boburiylar va avlodlari davrida kengaydi, deyish mumkin. “Boburnoma” oʻzbek nasrining oʻziga xos kashfiyoti sifatida yuz koʻrsatdi. Asarda tarixning Bobur yashab oʻtgan davri voqealari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xoʻjand, Hindistondan boshlab Kobul va Agragacha boʻlgan qamrovga ega. Ya'ni unda Oʻrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boʻlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan. Bobur oʻz she'rlarini asosan turkiy tilda,ya'ni oʻzbek tilida yozgan. U turkiy tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirgan va uni adabiy darajaga koʻtargan. Shu sababli, Bobur oʻzbek adabiy tilining rivojiga katta hissa qoʻshgan shoir sifatida tarixda muhim oʻrin tutadi. Uning goʻzal, ruboiy va tuyuqlarini insoniy tuygʻular, sevgi, sadoqat, hayot falsafasi va vatanparvarlik ruhida yozilgan. Boburning adabiy

merosi bugungi kunda ham jahon miqyosida oʻrganilmoqda. Bobur oʻz ijodi bilan oʻzbek xalqining gʻururi milliy madaniyatining ramziga aylangan. [2] BOBURNING SIYOSIY FAOLIYATI Zahiriddin Muhammad Boburning siyosiy faoliyati uch asosiy bosqichda kechgan: Movarounnahrdagi hokimiyat uchun kurashlar, Afgʻonistonda mustaqil davlat barpo etish va Hindistonda Boburiylar imperiyasining barpo etilishi. Bobur dastlab Samarqandni egallashga harakat qilardi, chunki u shahar Temuriylar qudratining markazi hisoblanardi. 1497-yilda Bobur nihoyat Samarqandni qoʻlga kiritdi. Biroq shahar ichida noroziliklar, ocharchilik va Shayboniyxonning bosqini sababli u bu muvaffaqiyatni uzoq saqlab tura olmadi.1501-yilda Shayboniyxon bilan boʻlgan janglarda Bobur magʻlubiyatga uchradi va Fargʻona ham, Samarqand ham qoʻlidan ketdi. Shu yillardagi ogʻir sinovlar Boburning siyosiy tajribasini oshirdi, u oʻzini yanada kuchliroq rahbar sifatida tarbiyaladi. Bobur oʻzining “Boburnoma” asarida bu davrni shunday eslaydi: [2] “Shunday zamon keladikim bir gʻishtli uy, bir quloch yer qolmadi. Ammo umidni qoʻymadim, Allohdan madad tiladim”. [1] Bu soʻzlar Boburning mustahkam irodasini, qat'iyatini va oʻz xalqiga sadoqatini koʻrsatadi. [2] XULOSA Zahiriddin Muhammad Bobur - oʻz davrining buyuk sarkardasi, shoiri va davlat arbobi boʻlgan. U oʻzining kuchli irodasi, keng dunyoqarashi va ilmga boʻlgan muhabbati bilan bizni, oʻz xalqini va butun insoniyatni ma'naviy boylik bilan boyitgan. Biz Boburning siyosiy faoliyatini, adabiy ijodini va "Boburnoma"sini oʻqib juda katta tasavvurga ega boʻldik. Bobur merosi bizni vatanni sevishga, bilim olishga, adolatli boʻlishga, insonparvarlik va halollikka chorlaydi. U yaratgan qadriyatlar hozirgi biz yoshlar uchun ibrat maktabidir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar2 ta adabiyot

  1. Zahiriddin Muhammad Bobur. “Boburnoma”. - Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2008.
  2. Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi. - Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2000.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011605
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/618
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1096–1098
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25