EDUVISION: SUN‘IY INTELLEKT ASOSIDAGI ELEKTRON DARS JADVALI TIZIMI ORQALI MAKTABDA RAQAMLI BOSHQARUVNI JORIY ETISH
E‘zoza Valiyeva Sotimboyevna1, Makhmudjon Mirzamurodov Akhmedovich, Ekhromjon Akhmedov Makhmudjon oglu, Vazira Akhmedova, daughter of Bakhodir22025
- 1Yangiq‘org‘on tumani 49-maktab Informatika va AT fani o‘qituvchisi
- 2JASMU 4-kurs talabasi
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1098–1101
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumta‘lim maktablari uchun mo‘ljallangan “EduVision” —elektron dars jadvali tizimi haqida so‘z yuritiladi. Ushbu tizimning asosiy maqsadi — dars jarayonlariniraqamlashtirish, vaqtni boshqarish samaradorligini oshirish, hamda ta‘lim muhitini avtomatlashtirishdir.“EduVision” tizimi sun‘iy intellekt (AI) yordamida maktabdagi real vaqtli jarayonlarni kuzatibboradi va ularga mos holda axborotlarni displeyda avtomatik yangilaydi. Tizim dars jadvalini ko‘rsatishdantashqari, tanaffus va zvanok vaqtlarini avtomatik tarzda boshqarish, navbatchi sinfni e‘lon qilish, bayramlarva ob-havo sharoitlari haqida ma‘lumot berish imkoniyatiga ega.“EduVision” tizimi o‘quv muassasalaridaavtomatlashtirilgan boshqaruvni joriy etish orqali ta‘lim sifatini oshirish, dars jarayonida inson omiligabog‘liq xatoliklarni kamaytirish hamda raqamli maktab infratuzilmasini shakllantirishda muhim ahamiyatkasb etadi.
Boshqa tillarda
ruschaEDUVISION: Внедрение цифрового управления в школах посредством электронной системы обучения на основе искусственного интеллекта.
В данной статье рассматривается электронная система расписания «EduVision» для средних школ. Главная цель этой системы — оцифровка учебных процессов, повышение эффективности управления временем и автоматизация учебной среды. Система «EduVision» использует искусственный интеллект (ИИ) для мониторинга процессов в школе в режиме реального времени и автоматического обновления информации на экране. Помимо отображения расписания, система способна автоматически управлять временем перемен и звонков, объявлять о дежурстве класса, предоставлять информацию о праздниках и погодных условиях. Система «EduVision» играет важную роль в повышении качества образования за счет внедрения автоматизированного управления в учебных заведениях, снижения ошибок, связанных с человеческим фактором в учебном процессе, и формирования цифровой школьной инфраструктуры.
inglizchaEDUVISION: SUN‘IY INTELLEKT ASOSIDAGI ELEKTRON DARS JADVALI TIZIMI ORQALI MAKTABDA RAQAMLI BOSHQARUVNI JORIY ETISH
This article discusses the “EduVision” electronic timetable system for secondary schools. The main goal of this system is to digitize teaching processes, increase the efficiency of time management, and automate the learning environment. The “EduVision” system uses artificial intelligence (AI) to monitor real-time processes in the school and automatically updates the information on the display accordingly. In addition to displaying the timetable, the system is able to automatically manage break and bell times, announce the class on duty, provide information about holidays and weather conditions. The “EduVision” system plays an important role in improving the quality of education by introducing automated management in educational institutions, reducing errors related to the human factor in the teaching process, and forming a digital school infrastructure.
Kalit so‘zlar
- EduVision
- elektron dars jadvali
- sun‘iy intellekt
- AI
- raqamli ta‘lim
- maktabni avtomatlashtirish
- real vaqt tizimi
- dars jarayoni
- elektron boshqaruv
- ta‘lim texnologiyasi
- raqamli maktab
- avtomatik jadval
- qo‘ng‘iroq tizimi
- integratsiya
- smenali ish
- EdTech
- interaktiv displey
- HTML
- CSS
- JavaScript
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
EDUVISION: SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI ELEKTRON DARS JADVALI TIZIMI ORQALI MAKTABDA RAQAMLI BOSHQARUVNI JORIY ETISH
Exromjon Axmedov Maxmudjon o’g’li Yangiq’org’on tumani 49-maktab Informatika va AT fani o’qituvchisi Maxmudjon Mirzamurodov Axmedovich Yangiq’org’on tumani 49-maktab Informatika va AT fani o’qituvchisi E’zoza Valiyeva Sotimboyevna Yangiq’org’on tumani 49-maktab Informatika va AT fani o’qituvchisi Vazira Axmedova Baxodir qizi JASMU 4-kurs talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada umumta’lim maktablari uchun mo‘ljallangan “EduVision” — elektron dars jadvali tizimi haqida so‘z yuritiladi. Ushbu tizimning asosiy maqsadi — dars jarayonlarini raqamlashtirish, vaqtni boshqarish samaradorligini oshirish, hamda ta’lim muhitini avtomatlashtirishdir. “EduVision” tizimi sun’iy intellekt (AI) yordamida maktabdagi real vaqtli jarayonlarni kuzatib boradi va ularga mos holda axborotlarni displeyda avtomatik yangilaydi. Tizim dars jadvalini ko‘rsatishdan tashqari, tanaffus va zvanok vaqtlarini avtomatik tarzda boshqarish, navbatchi sinfni e’lon qilish, bayramlar va ob-havo sharoitlari haqida ma’lumot berish imkoniyatiga ega.“EduVision” tizimi o‘quv muassasalarida avtomatlashtirilgan boshqaruvni joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish, dars jarayonida inson omiliga bog‘liq xatoliklarni kamaytirish hamda raqamli maktab infratuzilmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: EduVision, elektron dars jadvali, sun’iy intellekt, AI, raqamli ta’lim, maktab avtomatlashtirish, real vaqt tizimi, dars jarayoni, elektron boshqaruv, ta’lim texnologiyasi, raqamli maktab, avtomatik jadval, zvanok tizimi, integratsiyasi, navbatchi sinf, EdTech, interaktiv displey, HTML, CSS, JavaScript.
EDUVISION: IMPLEMENTATION OF DIGITAL MANAGEMENT IN SCHOOLS THROUGH AN ELECTRONIC TEACHER'S SCHEDULE SYSTEM BASED ON ARTIFICIAL INTELLIGENCE
Ekhromjon Akhmedov Makhmudjon o’gly Informatics and IT teacher, Yangiq’org’on district school 49 Makhmudjon Mirzamurodov Akhmedovich Informatics and IT teacher, Yangiq’org’on district school 49 E’zoza Valiyeva Sotimboyevna Informatics and IT teacher, Yangiq’org’on district school 49 Vazira Akhmedova Bakhodir kizi 4th year student of JASMU
Annotation: This article discusses the “EduVision” electronic timetable system designed for secondary schools. The main purpose of this system is to digitize lesson processes, increase the efficiency of time management, and automate the educational environment. The EduVision system uses artificial intelligence (AI) to monitor real-time processes in the school and automatically update information on the display accordingly. In addition to displaying the lesson schedule, the system is able to automatically manage break and bell times, announce the class on duty, and provide information about holidays and weather conditions. The EduVision system plays an important role in improving the quality of education by introducing automated management in educational institutions, reducing errors due to the human factor in the lesson process, and forming a digital school infrastructure. Keywords: EduVision, electronic lesson schedule, artificial intelligence, AI, digital education, school automation, real-time system, lesson process, electronic management, educational technology, digital school, automatic schedule, bell system, integration, class on duty, EdTech, interactive display, HTML, CSS, JavaScript.
EDUVISION: ВНЕДРЕНИЕ ЦИФРОВОГО УПРАВЛЕНИЯ В ШКОЛАХ С ПОМОЩЬЮ СИСТЕМЫ ЭЛЕКТРОННОГО УЧИТЕЛЬСКОГО РАСПИСАНИЯ НА ОСНОВЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА
Эхромджон Ахмедов Махмуджон оглы Учитель информатики и информатики, школа № 49 Янгиоргского района Махмуджон Мирзамуродов Ахмедович Учитель информатики и информатики, школа № 49 Янгиоргского района Эзоза Валиева Сотимбоевна Учитель информатики и информатики, школа № 49 Янгиоргского района Вазира Ахмедова Баходир кызы Студентка 4 курса Джалал-Абадского государственного медицинского университета
Аннотация: В статье рассматривается система электронного расписания «EduVision», разработанная для средних школ. Основная цель данной системы — цифровизация учебных процессов, повышение эффективности управления временем и автоматизация образовательной среды. Система EduVision использует искусственный интеллект (ИИ) для мониторинга процессов в школе в режиме реального времени и автоматического обновления информации на дисплее. Помимо отображения расписания уроков, система способна автоматически управлять временем перерывов и звонков, объявлять дежурных, а также предоставлять информацию о праздниках и погодных условиях. Система EduVision играет важную роль в повышении качества образования, внедряя автоматизированное управление в образовательных учреждениях, снижая количество ошибок, связанных с человеческим фактором, в учебный процесс и формируя инфраструктуру цифровой школы.
Ключевые слова: EduVision, электронное расписание уроков, искусственный интеллект, ИИ, цифровое образование, автоматизация школы, система реального времени, учебный процесс, электронное управление, образовательные технологии, цифровая школа, автоматическое расписание, система звонков, интеграция, дежурные, EdTech, интерактивный дисплей, HTML, CSS, JavaScript.
Kirish. Bugungi kunda ta’lim tizimi jamiyat taraqqiyotining asosiy ustunlaridan biri sifatida qaralmoqda. Raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha sohalariga kirib kelgani kabi, maktab ta’lim jarayoniga ham tobora chuqurroq singmoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida dars jarayonini avtomatlashtirish, vaqtni optimallashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi axborot almashinuvini soddalashtirish yo‘nalishida turli elektron tizimlar joriy etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham raqamli ta’lim tizimiga o‘tish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, elektron darsliklar, onlayn nazorat tizimlari va sun’iy intellekt yechimlarini yaratish muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shu jihatdan, umumta’lim maktablarida dars jarayonini elektron shaklda boshqarish, dars jadvalini avtomatik ko‘rsatish va tahlil qilish tizimlari bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Ayni paytda ko‘pchilik maktablarda dars jadvali odatda qog‘oz yoki oddiy Excel fayllari orqali tuziladi. Bunday usulda o‘zgarishlar kiritish, yangilash, yoki navbatchi sinf va o‘qituvchilar jadvalini tezda tahrirlash ancha vaqt talab etadi. Natijada: • dars o‘zgarishlari o‘quvchilarga o‘z vaqtida yetib bormaydi; • tanaffus va zvanoklar tartibsiz amalga oshadi; • o‘quvchi va o‘qituvchilarda chalkashliklar kuzatiladi; • ma’muriyat jadvaldagi noaniqliklarni kuzatish va tahlil qilishda qiynaladi. Bu esa o‘quv jarayonining samaradorligini kamaytiradi, vaqt resurslarining isrof bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ushbu muammoni hal etish maqsadida “EduVision” — elektron dars jadvali tizimi ishlab chiqildi. Tizimning asosiy vazifasi — maktabdagi barcha smenalar, sinflar, darslar va tanaffuslar jadvalini real vaqt rejimida avtomatik tarzda boshqarishdir. Bunda foydalanuvchilarga dars va tanaffus holatini, navbatchi sinfni, ob-havo ma’lumotini, hatto bayram kunlari va e’lonlarni ham ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Asosiy qism 1. Muammo va dolzarblik Maktablarda dars jadvali ko‘pincha qog‘oz yoki Excel shaklida tuziladi. Bu esa: • Dars o‘zgarishlarini tezda yangilashni qiyinlashtiradi; • O‘quvchilar va o‘qituvchilarga jadvalni yetkazishda kechikishlarga sabab bo‘ladi; • Tanaffus va zvanok vaqtlarini avtomatik boshqarish imkonini bermaydi; • Ma’muriyat tomonidan jadvaldagi xatoliklarni aniqlash murakkab jarayon bo‘lib qoladi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun interaktiv, avtomatik va sun’iy intellektga asoslangan tizim zarur. 2. Yechim — “EduVision” tizimi “EduVision” — maktablar uchun mo‘ljallangan raqamli jadval tizimi bo‘lib, quyidagi funksiyalarni bajaradi: • 1-smena va 2-smena jadvalini avtomatik almashtirish; • Real vaqt asosida joriy darsni ko‘rsatish; • Navbatchi sinfni e’lon qilish; • Ob-havo, sana, bayram va maktab e’loni haqida ma’lumot chiqazish; • Darslar orasida zvanok (signal)ni avtomatik faollashtirish; • Har bir sinf va fan bo‘yicha statistik hisobotlarni shakllantirish. Tizimning foydalanuvchi interfeysi soddaligi va jozibador dizayni bilan ajralib turadi. Har bir ma’lumot bloklari (dars, vaqt, sinf, o‘qituvchi, navbatchi) aniq ranglarda ko‘rsatiladi.
3. Texnologik yechim “EduVision” quyidagi texnologiyalar asosida yaratilgan: • Frontend: HTML5, CSS3, JavaScript (real vaqt soati va jadval almashtirish funksiyasi bilan); • Backend (keyingi bosqichda): Node.js yoki Python Flask orqali ma’lumot bazasi bilan ishlash; • Ma’lumot bazasi: SQLite yoki Firebase; • AI moduli: foydalanuvchi so‘rovlari asosida jadvalni tahlil qiluvchi ChatGPT • Qo‘shimcha komponentlar: ob-havo API, bayram kalendari, va zvanok boshqaruv skripti. Tizim maktab displeylari, planshetlar yoki smart doskalarda ishlashi mumkin. Shuningdek, keyinchalik uni mobil ilova (APK) shaklida joriy etish rejalashtirilgan. 4. AI integratsiyasi “EduVision AI” moduli quyidagilarni amalga oshiradi: • Dars o‘zgarishlarini o‘qituvchi so‘roviga ko‘ra avtomatik yangilash; • “Bugun 8-A sinfda kim navbatchi?” yoki “Keyingi dars nima?” kabi savollarga ovozli javob berish; • Statistik tahlil orqali dars kechikishlarini aniqlash; • O‘quvchilarning qatnashuvini yuzni aniqlash (face recognition) yordamida qayd etish; • AI asosida darslar samaradorligini baholovchi hisobot yaratish. Bu imkoniyatlar “EduVision”ni oddiy jadvaldan aqlli ta’lim boshqaruv tizimiga aylantiradi.Dastlabki natijalar Demo versiya 49-umumta’lim maktabida sinov tariqasida ishga tushirilgan. Natijalar quyidagicha: • Jadvalni ko‘rish qulayligi 2 barobarga oshgan; • O‘quvchilar dars kechikish holatlarini 40% ga kamaytirgan; • Ma’muriyat dars va o‘qituvchi yuklamasini osongina kuzatmoqda; • Navbatchilik va tanaffus jarayoni avtomatik boshqarilmoqda. O‘quvchilar va o‘qituvchilarning fikriga ko‘ra, tizim o‘quv jarayoniga intizom, aniqlik va zamonaviylik olib kirgan.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli ta’limni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–6079-son qarori. – Toshkent, 2020-yil 5-oktabr.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi. Ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llash metodik qo‘llanma. – Toshkent, 2023.
- Nazarov B., Jo‘rayev D. Axborot texnologiyalari va dasturlash asoslari. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2021.
- Hasanov A. Sun’iy intellekt tizimlari va ularning ta’limda qo‘llanilishi. – Toshkent: Innovatsiya nashriyoti, 2022.
- Russell S., Norvig P. Artificial Intelligence: A Modern Approach. – Pearson Education, 2021.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011606
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/619
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1098–1101
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25