Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
UMUMTA‘LIM MAKTABLARIDA MUSIQA MADANIYATI FANINI O‘QITISH ORQALI O‘QUVCHI YOSHLARNI TARBIYASHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
Ahmedov Bahodir Sayfiddinovich, Axmadjonova Dinora Baxromjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada umumta‘lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi va o‘quvchi yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyatini tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
UMUMIY O‘RTA TA‘LIM MAKTABLARIDA MUSIQA FANINI O‘QITISHDA, KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA TA‘LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich, Asadullayeva Omina Anvarjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqola umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida musiqa fanini o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuv asosida ta‘limni tashkil etish metodikasini o‘rganadi. Musiqa ta‘limining ahamiyati, metodik yondashuvlar va o‘quv jarayonida kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘QUVCHI YOSHLARNING ESTETIK KAMOLOTIDA MUSIQANING O‘RNI
A‘zamova Muhlisaxon A‘zam qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
ushbu maqolada musiqa san‘atining o‘quvchi yoshlarda estetik dunyoqarash, badiiy did va ma‘naviy tarbiyani shakllantirishdagi roli yoritilgan. Musiqa orqali yosh avlodda go‘zallikni his qilish, badiiy qadriyatlarni anglash, madaniy merosga hurmat ruhini shakllantirish jarayonlari tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, ta‘lim muassasalarida musiqa ta‘limining samaradorligini oshirish, estetik tarbiyani musiqiy mashg‘ulotlar orqali chuqurlashtirish yo‘llari bayon etiladi. Tadqiqot natijalari musiqaning estetik kamolotdagi o‘ziga xos o‘rnini namoyon etadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
5-6 SINFDA MUSIQA O‘QITISHNING VAZIFALARI VA MAZMUNI
Axmedov Baxodirxon Sayfiddinovich, Bahromova Muhayyo · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ta‘lim jarayonida 5-sinf o‘quvchilar – o‘zbek xalq cholg‘u orkestri, xor san‘ati simfonik orkestr, vokal-simfonik asarlar, sahnaviy musiqa asarlari, raqs san‘ati, musiqali drama va komediyalar, opera san‘ati, o‘zbek musiqasida opera janri haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, musiqa savodi darsining ko‘proq ta‘limiy funktsiyasini bajarmog‘i lozim. Tayanch iboralar: orkestr, xor san‘ati simfonik orkestr, vokal-simfonik asarlar, sahnaviy musiqa asarlar, raqs san‘ati, musiqali drama va komediyalar, opera san‘ati.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘QUVCHILARGA MUMTOZ QO‘SHIQLARNI O‘RGATISH ORQALI ULARNI MILLIY QADRIYATLARIMIZGA BO‘LGAN TENDENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Abduraimov Sherzod Zokir og‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlash dolzarb vazifadir. Maqola o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga bo‘lgan ijobiy tendensiyalarni shakllantirishda mumtoz qo‘shiqlarning o‘rni va ahamiyatini ilmiy-pedagogik jihatdan asoslaydi. Tadqiqotda mumtoz qo‘shiqlarni ta‘lim jarayoniga integratsiya qilishning samarali metodikasi taklif etiladi. Unda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va psixologik rivojlanish bosqichlari inobatga olingan holda, ularga mumtoz asarlarni o‘rgatish orqali estetik didni rivojlantirish, vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini singdirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Maqola mumtoz qo‘shiqlarning tarbiyaviy salohiyatidan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, innovatsion yondashuvlar va pedagogik texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Taklif etilayotgan metodika umumta‘lim maktablari va musiqa maktablari o‘qituvchilari uchun yoshlarning ma‘naviy-axloqiy kamolotini ta‘minlashda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
UMUMTA‘LIM MAKTABLARIDA MILLIY MUSIQA ESHITISH KO‘NIKMALARINI BAHOLASH MEZONLARI VA METODLARI
Tajiboyev Elmurod Maxmudjonovich, Ahmadjonova Nozima Nizomjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada o‘rta maktab o‘quvchilarida tinglash ko‘nikmalarini shakllantirish va milliy musiqiy asarlarni baholash mezonlari va metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda musiqiy idrok, eshitish madaniyati, estetik tafakkur va milliy musiqiy merosni pedagogik nuqtai nazardan tushunish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, u o‘quvchilarning musiqani tinglash orqali tahlil qilish, ifodali usullarni ajratish va badiiy mazmunni tushunish qobiliyati darajasini aniqlashga yordam beradigan baholash tizimini yaratishdagi qiyinchiliklarni ham qamrab oladi. Inshoda mavjud ta‘lim vositalari, interaktiv metodologiyalar va kompetentsiyaga asoslangan yondashuv asosida baholash mezonlarini takomillashtirish strategiyalari asoslanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ARXITEKTURA VA ZAMONAVIY DIZAYN
Xamrayev Dilmurodxuja · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur mavzuda tasviriy san‘at darslarida arxitektura va loyihalash dizayni asoslarini o‘qitishning pedagogik ahamiyati yoritiladi. Arxitektura elementlarini o‘rganish orqali o‘quvchilarda fazoviy tasavvur, estetik did va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta‘lim jarayonida dizayn va arxitektura yo‘nalishlarini integratsiyalash, amaliy va nazariy bilimlarni uyg‘un holda qo‘llash metodlari ko‘rib chiqiladi. Tasviriy san‘at darslarida loyihalash faoliyatini tashkil etish o‘quvchilarning ijodiy yondashuvini kuchaytirib, ularni kelajakda dizayn va arxitektura sohalariga yo‘naltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu jarayonda interfaol metodlar, vizual materiallar va amaliy topshiriqlardan samarali foydalanish ta‘lim sifatini oshiradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CHIZMACHILIK FANINING TA‘LIM TIZIMIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
Badirdinov Doniyorbek Shavkatjon o‘g‘li, Xasanboyev Murodullo Raxim o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada chizmachilik fanining ta‘lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati yoritilib, uning o‘quvchilarda grafik savodxonlik, fazoviy tafakkur va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishdagi roli ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, fanlararo integratsiya va zamonaviy texnologiyalar orqali ta‘lim samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan hamda chizmachilikning kasb tanlashdagi ahamiyati asoslab berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KOMPYUTER GRAFIKASI VOSITALARI ESTETIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Sodikjonova Mahliyo Abduvahob qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada kompyuter grafikasi vositalari yordamida estetik tafakkurni shakllantirishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Ta‘lim jarayonida grafik texnologiyalar, vizual dasturlar va raqamli dizayn elementlaridan foydalanish o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish hamda estetik didini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, kompyuter grafikasi orqali vizual tasvirlar bilan ishlash jarayoni o‘quvchilarning tasavvur doirasini kengaytirib, ularning san‘at va dizayn sohasiga qiziqishini oshirishi yoritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
DETALLARGA O‘LCHAM QO‘YISHNING GRAFIK QOIDALARI VA CHIZIQLI MASSHTAB BILAN O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Badirdinov Doniyorbek Shavkatjon o‘g‘li, Saydullayev Diyorbek Ahadjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Uch maqolada detallarni o‘lcham qo‘yishning grafik yo‘riqnomalari hamda chiziqli masshtabning texnik chizmachilikdagi o‘rni va o‘zaro bog‘liq ilmiy-metodik tekshiruvlik tahlilligi qilingan. Tadqiqotda o‘lcham qo‘yishning konstruktiv axborotni ta‘minlashdagi ahamiyati, uning standartlashtirilgan grafik grafik (o‘lcham chiziqlari, chiqarish chiziqlari, strelkalar va o‘lcham sonlari) orqali chizmaning aniqligi va o‘qish qulayligini ta‘minlashdagi roli yoritilgan. Uzak, chiziqli masshtabning geometrik o‘xshashlik va proporsionallik asosida grafik tasvir bilan real o‘lchamlar o‘zaro bog‘lanishni ifodalashdagi funksiyasi asoslab berilgan. Maqolada o‘lcham qo‘yish va masshtabning integratsiyasi chizmalarini to‘g‘ri talqin qilish, ishlab chiqarishda aniqlikni ta‘minlash va muhandislik aloqasini samarali tashkil etishdagi muhim omil sifatida baholanadi. Bundan tashqari, ushbu ikki komponentning uyg‘unligi o‘quvchilarining grafik savodxonligi, fazoviy tafakkuri va ko‘rinishini rivojlantirishdagi pedagogik ahamiyati bilan ham amaliy.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
OLIY TA‘LIMDA MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINING O‘QITISH METODIKASI
Sadriddinova Farangiz Barkamol qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Muhandislik grafikasi oliy ta‘lim tizimida fundamental fanlardan biri bo‘lib, bo‘lajak muhandislarning fazoviy tasavvuri va konstruktiv fikrlashini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni hal etishga qaratilgan innovatsion metodikalar ko‘rib chiqiladi. Xususan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter grafikasi dasturlari va interfaol o‘qitish usullarini dars jarayoniga integratsiya qilish yo‘llari yoritilgan. Maqolada talabalarning fan bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbiy kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan samarali pedagogik yondashuvlar taklif etiladi. Taklif etilgan metodika o‘quv jarayonining sifatini oshirish va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini ta‘minlashga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
AUTOCAD DASTURIDA 3D GRAFIK TASVIRLAR YARATISH ORQALI O‘QUVCHILARDA GRAFIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH
Orifjonov Abbosbek Baxtiyorjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada kompyuter texnologiyalaridan foydalanish asosida AutoCAD dasturida ishlash jarayonlari, uch o‘lchamli grafik chizmalarni yaratish, turli detal variantlarini bajarish hamda ularning grafik tasvirlarini shakllantirish masalalari yoritib berilgan. Grafik dasturlar bilan ishlash jarayonida o‘quvchi va talabalarning kompyuter savodxonligini oshirish, shu bilan birga ularning grafik tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim nazariy va amaliy ma‘lumotlar keltirilgan. AutoCAD dasturi bo‘yicha dastlabki tushunchalar hamda Autodesk kompaniyasining 3D grafik dasturlariga oid umumiy ma‘lumotlar bayon qilinib, ularning o‘quvchilar bilimini mustahkamlash, sifatli chizmalar tayyorlash va grafik tasvirlarni samarali hosil qilishdagi ahamiyati alohida ta‘kidlangan. Shuningdek, sodda detal ko‘rinishlarini qurish, ikki proyeksiyaga tayangan holda uchinchi ko‘rinishni aniqlash, yaqqol tasvirni hosil qilish hamda AutoCAD dasturi yordamida haqiqiy 3D model yaratish bosqichlari amaliy misollar orqali izohlab berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ZAMONAVIY LANDSHAFT DIZAYNI: ESTETIKA VA FUNKSIONALLIKNI UYG‘UNLASHTIRISH
Abdujalilov Anasxon Abduhalilovich, Nosirova Sarvinoz Ravshanbek qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada zamonaviy landshaft dizaynining asosiy tamoyillari, xususan estetika va funksionallikni uyg‘unlashtirish masalalari tahlil qilingan. Unda landshaft dizaynining inson hayoti sifatiga ta‘siri, ekologik barqarorlikni ta‘minlashdagi roli hamda zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, maqolada estetik jihatdan jozibador va funksional jihatdan qulay muhit yaratishning ahamiyati, universitet va shahar hududlarida landshaft dizaynini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida estetik va funksional elementlarni uyg‘unlashtirish zamonaviy landshaft dizaynining asosiy omili ekanligi asoslab berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ZAMONAVIY MAKTAB INTERYER DIZAYNIDA FUNKSIONAL MAKON TASHKIL ETISH VA ESTETIK YONDASHUVLAR
Abdujalilov Anasxon Abduxalilovich, Mamajanova Aziza Avazjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada zamonaviy maktab interyer dizaynining asosiy yo‘nalishlari keng qamrovda tahlil qilinadi. Xususan, makonning funksional tashkil etilishi, estetik uyg‘unlik, ergonomik yondashuvlar va zamonaviy dizayn tendensiyalari yoritiladi. Maktab binolarining ichki muhitini to‘g‘ri loyihalash orqali qulay, tartibli va vizual jihatdan jozibali interyer yaratish masalalari chuqur tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
GEOMETRIK YASASHLAR TARIXI YODGORLIKLARDA QO‘LLANILISHI
Tadjibayev Azizbek Batirovich, Mahmudova O‘g‘iloy Boxodir qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada geometrik yasashlarning tarixiy shakllanishi va ularning me‘moriy yodgorliklarda qo‘llanilishi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Qadimgi sivilizatsiyalar davridan boshlab geometrik shakllarning konstruktiv va estetik ahamiyati yoritilib, ularning me‘morchilik va bezak san‘atidagi o‘rni ochib berilgan. Ayniqsa, Markaziy Osiyo hududidagi tarixiy obidalarda qo‘llanilgan girih naqshlar, muntazam ko‘pburchaklar va aylana asosidagi kompozitsiyalar misolida geometrik yasashlarning mukammal grafik tizim sifatida shakllangani ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, geometrik yasashlarning nafaqat bezak, balki konstruktiv va muhandislik ahamiyati ham asoslab berilgan. Maqolada ushbu bilimlarni chizmachilik fanini o‘qitishda qo‘llashning metodik jihatlari ham yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CHIZMACHILIK FANINING IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
Homidjonova Maftuna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada umumta‘lim maktablarida chizmachilik fanining o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishdagi nazariy va metodik asoslari tahlil qilinadi. Ijodiy tafakkurning pedagogik-psixologik mohiyati ochib berilib, grafik faoliyatning fazoviy tasavvur, analitik fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal etishdagi ahamiyati asoslanadi. Shuningdek, dars jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali kreativ kompetensiyalarni shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA “4K” MODELI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING IJODIY VA TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH
G‘ulomov Bunyodjon Baxtiyorjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada O‘zbekiston ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish va inklyuziv ta‘limni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, chizmachilik fanini o‘qitishda “4K” modeli — kreativlik, tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya va kollaboratsiya kompetensiyalarini shakllantirishning ahamiyati ilmiy-metodik jihatdan asoslab berilgan. Maqolada ushbu model asosida chizmachilik mashg‘ulotlarini tashkil etish, ayniqsa “Loyihalashga doir grafik masalalar” mavzusida ochiq darslarni samarali o‘tkazish usullari tahlil qilingan. Natijada “4K” modeli o‘quvchilarning fazoviy tafakkuri, mustaqil fikrlashi hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim vosita ekanligi xulosa qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ELEKTR ENERGETIKASI TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ART-PEDAGOGIK YONDASHUVLARNING INTEGRATSIYASI
Abdunabiyev To‘lqin, G‘anikulov Jahongir · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada zamonaviy energetika tizimlarida innovatsion texnologiyalarning o‘rni, raqamli transformatsiya jarayonlari va bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda art-pedagogik metodlarning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Maqolada sohani rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va ta‘lim sifatini oshirish strategiyalari tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ZAMONAVIY INTERYER DIZAYNIDA EKOLOGIK, FUNKSIONAL VA INNOVATSION YONDASHUVLARNING AHAMIYATI
Abdujalilov Anasxon Abduxalilovich, Abdulxayeva Saida Abduraxmon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada zamonaviy interyer dizaynining eng dolzarb yo‘nalishlari — ekologik tozalik, funksionallik va innovatsion texnologiyalarni uyg‘unlashtirish masalalari keng yoritiladi. Bugungi globallashuv va urbanizatsiya sharoitida insonlar yashash muhiti sifatiga katta e‘tibor qaratmoqda. Maqolada zamonaviy interyer dizaynining rivojlanish bosqichlari, uning inson salomatligiga ta‘siri, ekologik materiallardan foydalanishning afzalliklari hamda zamonaviy texnologiyalarning roli haqida batafsil fikr yuritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CHIZMACHILIK DARSLARIDA KESIM VA QIRQIMNING O‘RNI
Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Anvarova Gulshanoy Akromjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada chizmachilik darslarida kesim va qirqim tushunchalarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida kesim va qirqimlarning grafik tasvirlashdagi roli, ularning turlari hamda o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur mavzuni o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, metod va usullar ko‘rib chiqilgan. Maqolada kesim va qirqimni o‘zlashtirish jarayonida uchraydigan muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari chizmachilik fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.