Nargiza Aliyeva · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada ruskompazitori,pianinochi,pedagog, jamoat arbobi.20-asr musiqa klassigi.Rossiya xalq artisti,Mehnat qahramoni demitriy dmitriyevich shostakovichning ijodi va ijodidan lavha keltirilgan
Муртазаев З.И., Байсариев Ш.У. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
O‘pka exinokokkozi bilan og‘rigan 182 nafar bemorni jarrohlik davolash ma‘lumotlari tahlil qilindi. Erkaklar — 77 (42,30%), ayollar — 105 (57,70%). O‘pkada exinokokkozning asoratli kechishi 56 (30,76%) bemorda kuzatildi. Ulardan 34 tasida (60,71%) kistaning bronxga yorilishi, 15 tasida (26,79%) kistaning yiringlashi va 7 tasida (12,50%) kistaning plevra bo‘shlig‘iga yorilishi aniqlandi. Torakoskopiya yoki rentgenoskopiya nazorati ostida kistalarni drenajlash 12 bemorda qo‘llanildi: 7 (58,33%) holatda bo‘shliqlar torakoskop nazorati ostida, 5 (41,67%) holatda esa rentgenologik nazorat ostida drenajlandi. Kistaning bronxga yoki plevra bo‘shlig‘iga yorilishida operativ aralashuvlar minitorakotomiya yo‘li orqali bajarildi. Barcha bemorlarga operativ davolashdan bir oy o‘tgach, sutkasiga 12 mg/kg dozada 30 kun davomida albendazol bilan kimyoterapiya tayinlandi.
Бердиярова Шохида Шукуруллаевна, Даминов Феруз Асадуллаевич, Дустмуродова Дилдора Хушмуродовна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Skeletning yallig‘lanish kasalliklari bolalar va o‘smirlarda tayanch-harakat apparatining eng og‘ir hamda keng tarqalgan kasalliklaridan biri bo‘lib, ular «osteomielit» umumiy atamasi ostida birlashtirilgan turli etiologiyali suyak destruktiv shikastlanishlarining katta guruhini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, ham infeksion (o‘ziga xos granulematoz va nospetsifik yiringli), ham noinfeksion («nobakterial, abakterial») osteomielitlarning klinik, laboratoriya va rentgenologik manzarasi o‘xshash bo‘lishi mumkin, bu esa muqarrar tashxis xatolariga va shunga mos ravishda noto‘g‘ri davolash usullarini tanlashga olib keladi.
Абдуллаев С.А., Байсариев Ш.У., Хайдарова Л.О. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Tibbiyot fani rivojlanayotganiga qaramay, jarrohlik infeksiyasi muammosi dolzarbligicha qolmoqda, chunki qandli diabetda jarrohlik infeksiyasi bilan kechadigan asoratlar jarrohlik profilidagi barcha bemorlarning 30-40% ini tashkil etadi. Sepsis sabablari orasida 44% holatda qandli diabetda yumshoq to‘qimalarning yallig‘lanishli, yiringli-nekrotik asoratlari ustunlik qildi. Bizning kuzatuvimizda nekrotik fassiit bilan asoratlangan diabetik oyoq va qandli diabetga chalingan 64 nafar bemor statsionar davolanishda bo‘ldi. Yumshoq to‘qimalarning yiringli-nekrotik asoratlarini va diabetik oyoqni o‘z vaqtida tashxislash ushbu patologiyani davolashdagi muvaffaqiyat garovidir. Makro- va mikrotomir shikastlanishlarining ifodalanish darajasini aniqlash uchun barcha bemorlar ultratovush, rentgenologik (oyoq-qo‘llar rentgenografiyasi, ko‘krak qafasi rentgenoskopiyasi) va dopplerografik tekshiruvdan o‘tkazildi. Zarurat bo‘lganda KT va MSKT qo‘llanildi. Barcha bemorlarimiz o‘z vaqtida operativ davolandi, ya‘ni dumba, son va boldirdagi flegmona hamda abssesslar keng kesmalar orqali ochilib, nekrotik to‘qimalar olib tashlandi. Ayrim hollarda bemorlar ahvolining og‘irligi tufayli to‘liq nekrektomiya qilishning imkoni bo‘lmaydi.
Berdiyarova Shokhida Shukurullaevna, Yusupova Nargiza Abdikodirovna, Ahadova Mahliyo Mukhtar qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Skeletning yallig‘lanish kasalliklari bolalar va o‘smirlarda tayanch-harakat apparatining eng og‘ir hamda keng tarqalgan kasalliklaridan biri bo‘lib, ular «osteomielit» umumiy atamasi ostida birlashtirilgan turli etiologiyali suyak destruktiv shikastlanishlarining katta guruhini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, ham infeksion (o‘ziga xos granulematoz va nospetsifik yiringli), ham noinfeksion («nobakterial, abakterial») osteomielitlarning klinik, laboratoriya va rentgenologik manzarasi o‘xshash bo‘lishi mumkin, bu esa muqarrar tashxis xatolariga va shunga mos ravishda noto‘g‘ri davolash usullarini tanlashga olib keladi.
Arslonova Rayxon Rajabboevna, Narmetova Sevara Yangiboyevna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Mazkur ilmiy maqola tibbiyotda keng tarqalgan epilepsiya kasalligi haqida bo‘lib, bu - kasallik uzoq muddatlar daomida davolash zarur bo‘lgan nerv tizimining keng tarqalgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Epilepsiya kasalligi bo‘yicha butun Evropa komissiyasining statistik ma‘lumotlariga qaraganda, dunyoda 50 millionga yaqin odamlarda epilepsiya uchraydi. Epilepsiya kasalliklarining rivojlanishida nasliy, irsiy omillar va travmalardan so‘ng, infektsion kasalliklardan so‘ng, miyaning perinatal shikastlanishi sabab bo‘ladi. Hozirgi davrda epilepsiya bilan og‘rigan bemorlar Evropa mamlakatlarda ortib bormoqda.
Хуснитдинова Оминахон Хасан кизи, Мусаева Наргиза Сайфуллаевна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada inklyuziv ta‘lim sharoitida nogironligi bo‘lgan bolalarning sog‘lom tengdoshlari bilan guruhli ishlashida o‘yin texnologiyalarining muhim jihatlari yoritilgan.
To‘ychiyev Tohirjon Sahodillayevich, Xamidjonov Abdunazar Usubjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
ушбу мақолада юқори малакали белбоғли курашчларни умумий жисмоний тайёргарлиги жараёнини баҳолаш орқали кўрсаткичлари динамикаси комплекс ривожлантириш ва назорат қилиш методикаси ишлаб чиқилган бундан ташқари тестлар туплами асоссида олинган тестлар курсатилган
Maxmudov A.M. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Мақолада ёш футболчиларнинг координацион қобилиятларини ривожлантириш усуллари такомиллаштирилиб мазкур қобилиятни янада такомиллаштиришга қаратилган тажриба натижалари таҳлил қилинган бўлиб ушбу мақоладага маълумотлар ёшлар билан ишловчи мураббийларнинг назарий билимларнини ошишига катта фойда беради
Jo‘raxanov Xamidullo Xojimirzayevich, Ibragimova Moxigul Baxtiyor qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
ушбу мақолада малакали эркин курашчиларнинг мусобақаолди тайёргарлигини режалаштиришда функционал тайёргарлик кўрсаткичлар аниқланиб таҳлил қилинган бундан ташқари ушбу мавзу долзарблиги ва мақсад вазифалари кўрсатилган бўлиб хулосалар кетма-кетлиги келтирилган
Gaziyev Nuritdin Ruxiddinovich, Xayitov Jaxongir · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Joriy natijalarni maqsadli ko‘rib chiqish, kurash usullari va taktikasini alohida qismlarga ajratish — sport tayyorgarligini hamda qayta ishlangan o‘quv siklini tashkil etish xususiyatlari.
Абдурахманов Ахматжон Махаммадович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada oliy o‘quv yurtlarida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishning interaktiv usullari taqdim etilgan. Shu bilan birga, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar bilan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishning barcha usullari va yo‘nalishlari ko‘rsatilgan.
Xatamov Zoxir Zokirjon o‘g‘li,, SHodmanov Qodirjon Odilxanovich. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada professional ta‘lim muassasalarida amaliy mashg‘ulotlarni innovatsion yondashuv asosida tashkil etish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishning eng muhim va ishonchli yo‘li ekanligi to‘g‘risida fikr yuritilgan.
Turg‘unpo‘latova Zarnigor Sardor qizi, Shukhratjon Ismoiljonov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Chet tillarining ahamiyati — ikkinchi tilni o‘rganishning foydalari va ahamiyatini yorituvchi muhim mavzu. Bugungi o‘zaro bog‘liq dunyoda bir necha tilda muloqot qila olish madaniyatlararo tushunishni kuchaytirishi, biznes imkoniyatlarini kengaytirishi va shaxsiy o‘sishga xizmat qilishi mumkin. Chet tilini o‘rganish, shuningdek, muammolarni hal qilish va xotirani saqlash kabi kognitiv qobiliyatlarni yaxshilashi mumkin. Bundan tashqari, u insonga mehnat bozorida raqobat ustunligini berishi hamda sayohat va xalqaro tajriba uchun imkoniyatlar ochishi mumkin. Umuman olganda, chet tillarining ahamiyatini ortiqcha baholab bo‘lmaydi, chunki u global muloqot va o‘zaro tushunishga xizmat qiladi.
Sotvoldiyev A‘zamjon · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Hammamizga ma‘lumki tabiat va jamiyat xossalari kuzatilayotganda ular to‘g‘risida dastlabki tushunchalar hosil bo‘ladi, Bu tushunchalar oddiy so‘zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar orqali ifbdalanishi mumkin. Xuddi ana shunday tushunchalarga model deyiladi
Solijonov Azizjon Obidjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada bokschilarning texnik-taktik takomillashuvi tizimida mashg‘ulot janglari muntazam ravishda va katta hajmlarda, birinchi navbatda, musobaqalarga yaqinlashtirilgan sharoitlarda harakatlarning qo‘llanilish vaziyatlarini modellashtirish, o‘quv janglari samaradorligini oshirish, turli-tuman texnik-taktik tayyorgarlik vazifalari orasida mashg‘ulot sharoitlarida o‘zlashtirilgan harakatlarni bajarilish texnikasini musobaqalarda qo‘llash kabi ishlari olib borilgan va batafsil yoritilgan.
Solijonov Azizjon Obidjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada bokschilarning texnik-taktik takomillashuvi tizimida mashg‘ulot janglari muntazam ravishda va katta hajmlarda, birinchi navbatda, musobaqalarga yaqinlashtirilgan sharoitlarda harakatlarning qo‘llanilish vaziyatlarini modellashtirish, o‘quv janglari samaradorligini oshirish, turli-tuman texnik-taktik tayyorgarlik vazifalari orasida mashg‘ulot sharoitlarida o‘zlashtirilgan harakatlarni bajarilish texnikasini musobaqalarda qo‘llash kabi ishlari olib borilgan va batafsil yoritilgan.
Shukhratjon Ismoiljonov Boymirza o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari bugungi dunyoda muvaffaqiyatga erishish uchun zarurdir. Tanqidiy fikrlash qobiliyati insonga axborotni samarali tahlil qilish, asosli qarorlar qabul qilish va murakkab muammolarni hal etish imkonini beradi. Shu bois yuqori sinf o‘quvchilari oliy ta‘limga va mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rar ekan, ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirishlari lozim. Ingliz tili darslari o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi va o‘qituvchilar bu maqsadga erishish uchun turli metodikalardan foydalanishi mumkin.
Shermatov G‘ulom Kaxxorovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqola bolalar-o‘smirlar sport maktablaridagi kurash mashg‘ulotlarini tashkil etishning shakl, usul va vositalari ishlab chiqish va amaliyotda asoslashga bag‘ishlangan.
Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada maktab o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatida sun‘iy intellektning qo‘llanilishi va uning ta‘lim sifatiga ta‘siri bilan bog‘liq jarayonlar tahlil qilingan. Shuningdek, maktab o‘qituvchilarida sun‘iy intellekt elementlari qo‘llanilgan amaliy dasturlardan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish jarayoni yoritilgan.