BOLALAR O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA KURASH MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH
Shermatov G‘ulom KaxxorovichToshkent moliya instituti Jismoniy tarbiya va sport faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 5Sahifa 136–140
Annotatsiya
Ushbu maqola bolalar-o‘smirlar sport maktablaridagi kurash mashg‘ulotlarini tashkil etishning shakl, usul va vositalari ishlab chiqish va amaliyotda asoslashga bag‘ishlangan.
Boshqa tillarda
ruschaОРГАНИЗАЦИЯ ЗАНЯТИЙ БОРЬБОЙ В СПОРТИВНЫХ ШКОЛАХ ДЛЯ ДЕТЕЙ И ПОДРОСТКОВ
Данная статья посвящена разработке и практическому обоснованию форм, методов и средств организации занятий борьбой в спортивных школах для детей и подростков.
inglizchaORGANIZING KURASH TRAINING SESSIONS IN CHILDREN‘S AND YOUTH SPORTS SCHOOLS
This article is devoted to the development and the practical substantiation of the forms, methods and means of organizing kurash training sessions in children‘s and youth sports schools.
Kalit so‘zlar
- BO‘SM
- mashg‘ulot uslublari
- usul
- vosita
- texnika
- xujum
- musobaqa
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
BOLALAR O'SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA KURASH MASHG'ULOTLARINI TASHKIL ETISH Shermatov G’ulom Kaxxorovich Toshkent moliya instituti Jismoniy tarbiya va sport faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7949204 Annotatsiya: Ushbu maqola bolalar-o‘smirlar sport maktablaridagi kurash mashg‘ulotlarini tashkil etishning shakl, usul va vositalari ishlab chiqish va amaliyotda asoslashga bag‘ishlangan. Kalit so‘zlar: BO‘SM, mashg‘ulot uslublari, usul, vosita, texnika, xujum, musobaqa. ОРГАНИЗАЦИЯ ЗАНЯТИЙ БОРЬБОЙ В СПОРТИВНЫХ ШКОЛАХ ДЛЯ ДЕТЕЙ И ПОДРОСТКОВ Аннотация: Данная статья посвящена разработке и практическому обоснованию форм, методов и средств организации занятий борьбой в спортивных школах для детей и подростков. Ключевые слова: БОСМ, методы обучения, метод, инструмент, прием, атака, соревнование. ORGANIZATION OF WRESTLING TRAINING IN SPORTS SCHOOLS FOR CHILDREN AND TEENAGERS Abstract: This article is intended for children and adolescents studying in sportsschools is devoted to the development and practical justification of the forms, methods and means of organizing wrestling training. Keywords: SSCYT, teaching methods, method, tool, technique, attack, competition.
KIRISH Dunyoda aholi salomatligini mustahkamlashda sport turlarining ommabopligini oshirish,bolalar va o‘smirlarni sportga qiziqtirishning pedagogik shart - sharoitlari va didaktik parametrlarini aniqlashtirish, sport muassasalarida yosh sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik, psixologik yondashuvlarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, pandemiya sharoitidao‘quvchilarda faol harakat rejimiga rioya etish ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish,shug‘ullanuvchining yosh,fiziologik va psixologik taraqqiyoti mezonlariga asoslangan individual jismoniy rivojlantirish dasturlarini xalqaro va milliy musobaqalar talablari asosida ishlab chiqish dolzarblik kasb etadi. Respublikamizda so‘nggi yillarda bolalar sportini rivojlantirish, uzluksiz ta’limning har bir bo‘g‘inida ta’lim oluvchilarning jismoniy salomatligini mustahkamlash va qo‘llabquvvatlashning an’anaviy, innovatsion shakllarini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari bolalar va o‘smirlar sport maktablaridagi kurash mashg‘ulotlarining tashkiliypedagogik asoslarini takomillashtirish, o‘quvchilarning kurash mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishning innovatsion yondashuvlarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Respublikamizda J.M. Nurshin, R.S. Salamov, F.A.Kerimov, T.C. Usmonxo‘jaev, A.SH. Abdullaev, SH.X. Xankeldievlarning tadqiqotlarida jismoniy tarbiya darslarining ta’lim
mazmunini boyitish shakl va metodlari yoritilgan F.A. Kerimov, N.M. YUsupov, SH.A, Abdullaev, R.D. Xalmuxamedov, V.N. SHin, G.B. Abdurasulova, S.C.Tajibaev, J.M. Nurshin, SH.A. Mirzaqulov, A.R.Taymuratov, N.A.Tastanov,Z.S.Artikovlarning ilmiy ishlarida sportning yakka kurash turlarining tarixi, tashkiliy asoslari va metodikasi masalalari o‘z aksini topgan. A.Atoev, J.Nurshin,R.Salomov, F.Kerimov, O.Toymurodov, J.Toshpo‘latov, H.Bobobekov, M.Sodiqov, N.Azizov, X.Axmedovlar kurash sportining rivojlanish tendensiyalari, kurash an’analari, usullariga bog‘liqligining ilmiy metodik asoslarini ishlab chiqqanlar. Sportning yakka kurash turlari tarixi, tashkiliy asoslari va metodikasi, mashg‘ulotlr jarayonida harakatli o‘yinlardan foydalanish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish masalalarini yoritish borasida ilmiy ishlarini olib borishgan. BO‘SMlarda kurash mashg‘ulotlarining tashkil etishning tashkiliy-pedagogik asoslari takomillashtirish lozimligini ko‘rsatdi. O‘quvchilarning kurash bo‘yicha natijalarga erishganlik darajasini quyidagi mezonlar yordamida aniqlashga harakat qildik: o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarliklari zaminida ularning taktik, strategik tayyorgarligi, o‘ziga xosliklari, etakchi imkoniyatlari, onglilik darajalari, baholovchi munosabatlari, ob’ektiv tushunish ko‘lamlari, barqaror maqsadlari, qiziqishlari hamda hissiy, intellektual quvvatlarining ifodalanganligi; kurash qoidalarini tushuna olishlari; ushlab olish qoidalarini bilish; raqib bilan o‘zaro ta’sirni amalga oshirish; hujum qilish; o‘zini himoya qilish va qarshi usulni amalga oshirish ko‘nikmasiga egaliklari;musobaqa qoidalariga rioya qilishlari; belbog‘li kurash texnikasini bilish; harakatli faoliyat texnikasi ilmiy taxlil qila olish; jismoniy tayyorgarlik darajasi; umumiy jismoniy holati; maxsus jismoniy holati;sportdagi muvafaqiyatlari. TADQIQOT NATIJALARI BO‘SMlardagi kurash mashg‘ulotlarining pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan mazkur tadqiqotning tajriba-sinov ishi uchun Xorazm viloyati SHovot tumanidagi BO‘SM,Urganch shahari 2-sonli BO‘SM, Bog‘ot tumanidagi BO‘SMlarda amalga oshirilib, unda jami 13 nafar murabbiylar va 160 nafar o‘quvchilar ishtirok etdilar. Tajribalar davrida tashkiliy-pedagogik faoliyatini amalga oshirish uchun o‘quvchilarda anketa, suxbatlar, mashg‘ulotlar o‘tkazish, savol-javob kabi metodlardan foydalangan holda, BO‘SMlarida o‘quvchilarning kurash bo‘yicha axborotli-baholovchi, amaliy va bashoratlovchi darajalari bo‘yicha qiyosiy tahlil qilamiz. YUqoridagi fikr mulohazalarni tizimli tahlil qilish natijalariga asoslangan holda bolalar va o‘smirlar sport maktablarida o‘quvchilarning belbog‘li kurash bo‘yicha axborotli-baholovchi, amaliy va bashoratlovchi darajalari yuzasidan o‘zlashtirishlarini tahlil etdik(1-jadval). Bolalar-o‘smirlar sport maktablarida shug‘ullauvchilarining kurashi bo‘yicha axborotli-baholovchi, amaliy va bashoratlovchi darajalarini aniqlash yuzasidan o‘zlashtirish natijalari. 1-jadval Bosqichlar guruhlar O‘zlashtirish darajalari n yaxshi O‘rta kichik axborotli- tajriba 80 39 25 16 baholovchi nazorat 80 28 27 24 tajriba 80 55 43 12
nazorat 80 25 31 24 Amaliy tajriba 80 60 13 7 Bashoratlovchi nazorat 80 27 26 27
Yuqoridagi natijalarga asoslangan holda o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirishning umumlashgan, amaliy nazariy konseptual,amaliy-modellashtiruvchi va ijodiy-tahliliy darajasi matematik-statistik tahlil qilinib, olingan natijalardan o‘qitish samaradorligini baholash mezoni birdan kattaligi vabilish darajasini baholash mezoni noldan kattaligini ko‘rish mumkin. Bundan ma’lumki, tajriba sinfidagi o‘zlashtirish nazorat sinfidagi o‘zlashtirishdan yuqori ekan. SHuni ta’kidlashimiz joizki, bolalar-o‘smirlar sport maktablarida o‘quvchilarning kurashi bo‘yicha axborotli-baholovchi, amaliy va bashoratlovchi darajalari yuzasidan o‘zlashtirishlarining samaradorlik darajasini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tajribasinov ishlari samarador ekanligi statistik tahlildan ma’lum bo‘ldi. MUHOKAMA O‘rganilgan ilmiy-pedagogik manbalar shundan dalolat beradiki, bolalar- o‘smirlar sport maktablaridagi kurash mashg‘ulotlarining tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bugungi kunda ta’lim jarayonining ustuvor maqsadlaridan biriga aylanmoqda. Bu jarayonda o‘quv-mashg‘ulotlarning texnika va taktikasini o‘rganish va takomillashtirish muammosiga etarlicha e’tibor qaratilmaganligi kuzatildi.Takidlash joizki Bolalar-o‘smirlar sport maktablaridagi kurash mashg‘ulotlarining tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirish o‘zining quyidagi tarkibiy tuzilishiga ega: ushlab olish qoidalarini bilish, raqib bilan o‘zaro ta’sirni amalga oshirish, hujum qilish, o‘zini himoya qilish va qarshi usulni amalga oshirish ko‘nikmasiga egaliklari, musobaqa qoidalariga rioya qilishlari, kurash texnikasini bilish,harakatli faoliyat texnikasini ilmiy taxlil qila olish, jismoniy tayyorgarlik darajasi, umumiy shug‘ullanganlik darajasi, maxsus shug‘ullanganlik darajasi, sportdagi muvafaqiyatlari kabilar. Ushbu qismlar orasidagi o‘zaro aloqadorlik, bolalar-o‘smirlar sport maktablari tarbiyalanuvchilarining sportdagi barqaror yutuqlarga erishishlarini ta’minlaydi. Buning natijasida sportchilar amaliy tajriba va nazariy bilimlarga tayangan holda intellektual hamda jismoniy faoliyat ko‘nikmalarini egallaydilar. Pedagogik ta’lim jarayonida kurash mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning tayyorgarlik darajalarini aniqlovchi mezonlar sifatida mashg‘ulotlar jarayonida taqdim etilgan kurash qoidalari, tushunchalar va axborotlarni faol o‘zlashtirganliklari, jismoniy va taktik tayyorgarligi,o‘zining kurash uslubiga egaligi; kurash usullarini o‘rganishga nisbatan barqaror qiziqishning vujudga kelganligi kabilarni ko‘rsatish mumkin. XULOSA O‘tkazilgan tajribalar natijasida bolalar-o‘smirlar sport maktablaridagi kurash mashg‘ulotlarining har bir muayyan bosqichi o‘zining aniq belgilangan maqsadlariga ega bo‘lib, ular ta’lim oluvchilarning taktik tayyorgarliklarining muntazam bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tib, uzluksiz rivojlanishini ta’minlaydi va takomillashtiriladi. SHu bilan birga, yosh avlodni, bolalar-o‘smirlar sport maktablaridagi kurash mashg‘ulotlarining tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirishda bir qator umumiy xarakterdagi didaktik sharoitlarning amal qilishi kuzatiladi. Xususan, sportchilarda bolalar-o‘smirlar sport maktablaridagi jismoniy faoliyati, ularda maxsus tayyorgarlikni shakllantirishning muhim vositasi sifatida kurash qoidalari, raqib
bilan o‘zaro ta’sirni amalga oshirish, hujum qilish, o‘zini himoya qilish va qarshi usulni amalga oshirish ko‘nikmasiga egaliklari, o‘z harakatlarini ongli va chuqur o‘ylagan holda amalga oshirish imkonini beradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar24 ta adabiyot
- Tashpulatov F. A., Shermatov G. K. Wrestling–The Honor of Uzbek Nation //Eurasian Scientific Herald. – 2022. – Т. 8. – С. 205-208.
- Alisherovich T. F. Sog’lom turmush tarzini shakillantirishda jismoniy madaniyatning inson hayotidagi roli //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 187-190.
- Ташпулатов Ф. GANDBOLCHILAR O'YIN FAOLIYATI SAMARADORLIGINI HAR TOMONLAMA BAHOLASH METODIKASI //Scienceproblems. uz. – 2023. – Т. 3. – №.
- – С. 96-104.Shermatov G. K. Classification of Methods of Sports Wrestling, System //EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 39-42.
- Мухаметов А.М. (2021) Methodology for Normalizing Workload in Health Classes, european journal of life safety and stability,http://www.ejlss.indexedresearch.org/
- Шерматов Ғ.Қ. (2021) DYNAMICS OF PHYSICAL DEVELOPMENT OF STUDENTS WITH ONE AND TWO TIME COMPULSORY LESSONS, World Economics & Finance Bulletin (WEFB) https://www.scholarexpress.net/
- Мухамметов, А.М. (2022). Научно-методические основы нормирования нагрузок в физкультурно-спортивном здравоохранении. Евразийский научный вестник, 8, 194-
- Khurramovich, K. F. (2022). DEVELOPING A SET OF WELLNESS EXERCISES FOR MIDDLE AGED MEN (45-60 YEARS OLD) ACCORDING TO PHYSICAL PREPARATION. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(04), 165-169.
- Alisherovich, T. F., & Toshboyeva, M. B. Innovative Pedagogical Activity: Content and Structure.
- Tashpulatov Farkhad Alisherovich, METHODOLOGY OF COMPREHENSIVE EVALUATION OF GAME ACTIVITY EFFICIENCY OF HANDBALL PLAYERS, 2023/1, ACTUAL PROBLEMS OF HUMANITIES AND SOCIAL SCIENCES, 96-104, https://doi.org/10.47390/1342V3I1Y2023N1010.47390/1342v3i1y2023n10
- Khurramovich, K. F. (2022). DEVELOPING A SET OF WELLNESS EXERCISES FOR MIDDLE AGED MEN (45-60 YEARS OLD) ACCORDING TO PHYSICAL PREPARATION. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(04), 165-169.
- Khurramovich, K. F. (2022). METHODOLOGY OF WEIGHTLIFTING WITH ATHLETES. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(4), 1228-1233.
- Karimov, F. X. (2022). Scientific and Methodological Bases of Normalization of Loads in Physical Education and Mass Sports-Health Training. EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY, 2(2), 24-28.
- Karimov, F. X. (2021). Plan Individual Fitness Training Programs for Middle-Aged Men. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 238-244.
- Каримов, Ф. Х. (2020). CLASSIFICATION, SYSTEM AND TERMS OF SPORT WRESTLING METHODS. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1(4), 84-88.
- Каримов, Ф. Х., & Ташпулатов, Ф. А. (2020). РЕСПУБЛИКАМИЗДАГИ ЮНОН- РИМ КУРАШИ БИЛАН ШУҒУЛЛАНУВЧИ ЎСМИРЛАРНИ ҚАРШИ ҲУЖУМ УСУЛЛАРИГА ЎРГАТИШ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, (SI-2№ 4).
- Каримов, Ф. Х. (2017). Физическая культура и её связь с общей культурой. Высшая школа, (4), 65-66.
- Каримов, Ф. Х. (2017). Физическая культура и её связь с общей культурой. Высшая школа, (4), 65-66.
- Karimov, F. K. (2022). Developing A Combination of Health Exercises for Middle-Aged Men Aged 45-60. Eurasian Scientific Herald, 8, 201-204.
- Tashbaeva, M. (2022). Pedagogical Opportunities of Wrestling Sports in the Formation of a Sense of National Pride in Students. Eurasian Scientific Herald, 8, 213-216.
- Toshboyeva, M. B. (2022). WELLNESS EXERCISES FOR HUMAN ENDURANCE DEVELOPMENT. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(4), 1214- 1220.
- Toshboyeva, M. B. (2022). Wrestling is a Kind of Sport with an Example of the First Training jar the Importance of the Formation of FastPaced Power Attributes with the Help of Moving Games. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 6, 291-294.
- https://iejrd.com/index.php/%20/article/view/2965
- https://iejrd.com/index.php/%20/article/view/2962
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010599
- Nashr sanasi
- 2023-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i5.234
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 136–140
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06