DMITRIY DMITRIEVICH SHOSTAKOVICH VA UNING 7-SIMFONIYASI
Nargiza AliyevaNamangan davlat pedagogika instituti 1-bosqich magistranti2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 5Sahifa 224–228
Annotatsiya
Maqolada ruskompazitori,pianinochi,pedagog, jamoat arbobi.20-asr musiqa klassigi.Rossiya xalq artisti,Mehnat qahramoni demitriy dmitriyevich shostakovichning ijodi va ijodidan lavha keltirilgan
Boshqa tillarda
ruschaДМИТРИЙ ДМИТРИЕВИЧ ШОСТАКОВИЧ И ЕГО СЕДЬМАЯ СИМФОНИЯ
В статье представлена сцена из произведений русского композитора, пианиста, педагога, общественного деятеля, классика музыки ХХ века, народного артиста России, Героя Труда Дмитрия Дмитриевича Шостаковича.
inglizchaDMITRI DMITRIEVICH SHOSTAKOVICH AND HIS SEVENTH SYMPHONY
The article presents the work of Dmitri Dmitrievich Shostakovich, a Russian composer, pianist, teacher and public figure, a classic of twentieth-century music, People‘s Artist of Russia and Hero of Labour, together with a scene from his work.
Kalit so‘zlar
- Leningrad
- Peterburg
- oratoriya
- simfoniya
- allegro
- sonata turkumi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DMITRIY DMITRIEVICH SHOSTAKOVICH VA UNING 7-SIMFONIYASI Nargiza Aliyeva Namangan Davlat Pedagogika instituti 1-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7971266 Annatatsiya: Maqolada ruskompazitori,pianinochi,pedagog, jamoat arbobi.20-asr musiqa klassigi.Rossiya xalq artisti,Mehnat qahramoni demitriy dmitriyevich shostakovichning ijodi va ijodidan lavha keltirilgan Kalit so’z: Leningrad, peterburg,oratoriya,simfoniya, allegro,sonata turkumi.
DMITRI DMITRIEVICH SHOSTAKOVICH AND HIS 7TH SYMPHONY Abstract: The article presents a scene from the works of Russian composer, pianist, pedagogue, public figure. Music classic of the 20th century. People's Artist of Russia, Hero of Labor Dmitri Dmitriyevich Shostakovich. Keyword: Leningrad, Petersburg, oratorio, symphony, allegro, sonata series.
ДМИТРИЙ ДМИТРИЕВИЧ ШОСТАКОВИЧ И ЕГО 7-Я СИМФОНИЯ Аннотация: В статье представлена сцена из произведений русского композитора, пианиста, педагога, общественного деятеля, классика музыки ХХ века, народного артиста России, Героя Труда Дмитрия Дмитриевича Шостаковича. Ключевые слова: Ленинград, Петербург, оратория, симфония, аллегро, сонатный ряд. KIRISH Dmitriy Dmitriyevich Shostakovich – dunyodagi eng taniqli va g’olib bastakorlardan biri bo’lib,u zamonaviy klassik musiqaga sezilmay singib ketgan. Shostakovich 1906 yil 25 sentabr kuni Peterburg shahrida tavallud topgan. Uning otasi injiner –kimyogar bo’lada musiqaga ixlosmand inson bo’lgan, onasi esa pianinochi bo’lib kanservatoriyani iqtidorli talabalaridan bo’lgan. «Men musiqaga mehr qo’ygan oilada o’sganman», deb hikoya qilgan kompozitor. “Mening onam, Sofya Vasilevna, konservatoriyada o’qib, yaxshi pianinochi bo’lgan. Otam Dmitriy Boleslavovich, musiqani juda yaxshi ko’rar va ajoyib ovoz sohibi edi. Oilamiz tanishlari va do’stlari orasida musiqa shinavandalari ko’p bo’lgan. Ular uy sharoitida uyushtirilgan musiqaviy kechalarda ham faol ishtirok etgan”. Dmitriy Dmitrievich Shostakovichning onasi boshlang’ich sinflar fortepiano o’qituvchisi bo’lgan.Uning raxbarligida bo’lajak kompozitor va ikkita singlisi musiqa savodini o’rgangan. Opasi keyinchalik professional sozandaga aylangan. Bolaligi yirik tarixiy asr voqealariga to'g'ri kelib qolgan: birinchi jahon urushi, va Buyuk Oktyabr sotsialistik inqilobi. 9 yoshidan to 11 yoshgacha uy sharoitida musiqa asarlarni bastalashnio’rganib yuradi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Ma’lum bir muddat davomida xususiy maktablardan birida o’qib, 1919 yilda 13 yoshida Petrograd Konservatoriyasiga fortepiano va kompozitsiya mutaxassisliklari bo’yicha o’qishga kiradi. Kompozitsiya sohasini tanlash, kompozitsiya bilan jiddiy shug’ullanishni Shostakovichga kompozitor Aleksandr Konstantinovich Glazunov maslahat beradi.(Glazunov o’sha davrda Petrogad konservatoriyasining direktori bo’lgan. )Konservatoriyada Shostakovich M.O.Shteynberg (kompozitsiya sinfi) va L.V.Nikolayevda (fortepiano sinfi) bo`yicha o`qigan. 1922-yilda Shostakovich otasi vafot etganda, oiladagi sharoit og`irlashib qoladi. Iqtidorli o`quvchi
(talaba) uchun Glazunov maxsus stipendiya ajratib beradi. Otasining vafotidan so`ng Shostakovich ishga joylashishga majbur bo`ladi. Shunday qilib u Nevskiy shox ko`chasida joylashgan «Pariziana» nomli kinoteatrida musiqiy illyustrator bo`lib ishlay boshlaydi. Ushbu kasb ovozi yo`q kino davrida juda keng tarqalgan edi. Fortepiano chalib, uni chiqmaydigan kinokadrlarga musiqaviy fon berib turardi. Keyinchalik mazkur tajriba kompozitorga kor kelgan. 1923 yilda Shostakovich konservatoriyani fortepiano sinfi bo’yicha, 1925 yilda esa kompozitsiya sinflari bo’yicha tamomlagan. Konservatoriyadagi o’qish chog’ida Shostakovich birtalay asarlar yaratgan. Romanslar, fortepiano uchun pyesalar, simfonik partituralar. Ulardan eng yirigi birinchi simfoniyasidir.1-simfoniya Shostakovichning diplom ishi bo’lgan. Ma’lumki, simfoniya cholg’u musiqasining eng murakkab janri.18-19 yoshida simfoniya yozish hammaga ham nasib qilmaydi. Shunday ekan, 1926- yil 12-may kuni simfoniyaning birinchi ijrosi bo’lib o’tgan. Yaqin orada simfoniya Bruno Valter va Otto Klemperer raxbarligida Germaniyada ; Ctokovskiy va Toskanini rahbarligida AQSHda ijro etib o’tgan. Konservatoriyani bitirgach kompozitor ikkilanib qoladi: pianist bo’lsammikin yoki kompozitor bo’laymi; boshida ikkala sohani ham uddalagan edi. 20- yillar 2chi yarmida pianist sifatida yakka ijro konsertlar bilan chiqib turadi. Shopen, Chaykovskiy, Prokofyev fortepiano va orkestr uchun konsertlarini ijro etgan. 1927 yili Varshavada Shopen nomidagi Xalqaro tanlovida ishtirok etib fahriy diplom bilan taqdirlangan. Bir ozdan keyin sozanda faoliyatidan voz kechishga qaror qiladi, chunki bu ishi kompozitsiyaga halaqit berayotgan edi. Kompozitorning II simfoniyasi, Oktyabr inqilobiga 1929 yilida yozilgan III simfoniyasi esa 1 mayga bag’ishlangan. 1932 yili «Uchrashuv» kino filmi uchun musiqasidan «Utrennya pesnya» ( Tong qo’shig’i) sovet ommaviy qo’shiqning eng yorqin namunasiga aylangan. Bu bilan birgalikda Nikolay Vasilevich Gogolning o’z burnini yo’qotib qo’ygan mayor Kovolyov to’g’risida satirik qissasi asosida Shostakovich «Nos» operasi yozgan. (1) 1931-yilda «Bolt» nomli baleti qo’yilgan. Qator kinofilmlar uchun musiqa bastalagan.Shostakovich 1929- yil Klop nomli komediya sahnalashtirilishi munosabati bilan taniqli sovet rejisyori V.E. Meyerxold teatrida Sh.Mayakovskiy bilan uchrashadi. Ushbu teatrda Shostakovich musiqaviy qismga rahbarlik qilardi «Klop» komedyasiga yozilgan musiqa V. Mayakovskiyga juda maqul kelgan, lekin V.Mayakovskiyning bevaqt o’limi munosabati bilan shu bilan to’xtab qoladi.Undan tashqari Shostakovich Ishchi yoshlar teatri spektakllar uchun musiqa ham yozgan. 1930-1932 yillari mobaynida Shostakovich Nikolay Leskov asari asosida «Mtsensk uezdining Makbet honimi» nomli operasini yaratadi. Zamonaviy teatrlar sahnasida bu opera ikkinchi tahrirdan o’tib «Katerina Izmayilova»deb nomlab qo’yiladi operaning janri – tragediya satira. 1934-yili yanvar oyida operani Lelingraddagi kichik opera teatrida va Moskvadagi V. I. Nemirovich Danchenko nomidagi musiqaviy teatr sahnasida birinchi marta qo’yib, ko’rishgan. Biroz o’tgandan keyin opera adolatsiz tanqidga duch kelib, repertuardan olib tashlanadi. Va 1962 yildan boshlab yana qo’yila boshlaydi. Shu yillar mobaynida D.Shostakovich bir qator cholg’u asarlarni va shu jumladan fortepiano uchun 24 ta prelyudiya turkumini yaratadi.30-yillar o`rtasida yozilgan 4,5 va 6 simfoniyalarda dramatik g`oyalar o`z aksini topgan. 5-simfoniya 1937-yil 21-noyabr kuni Leningrad filarmoniyasining zalida dirijor Yevgeniy Mravinskiy rahbarligida ijro etiladi. 5- simfoniya Betxoven va Chaykovskiy an’analarini davom ettiradi.(2) TADQIQOT NATIJALARI Simfoniyadan tashqari kompozitor kamer asarlar ustida ham ishlaydi. Birinchi torli kvartet; fortepiano, 2ta skripka, alt va violonchel uchun kvintet asarlarini yaratadi.Kvintet asari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan. 1939-yilda Shostаkovich 33 yoshga to`ladi, bu davrga kelib u Leningrad konservatoriyasi professori bo`ldi. Uning sinfida Sviridov, Levitin kabi bo`lajak
kompozitorlar saboq oldilar. 1943- yilda Moskvaga ko`chib kelganda uning sinfida Karayev, Gali’nin kabilar ta’lim oladilar. Shunday qilib Shostakovich maktabi paydo bo`ladi. 1941-yil 22- iyun kuni Buyuk ona vatan urushi boshlanadi. Shostakovich o’zining 7- simfoniyasini yozadi Simfoniya 1941- yili iyul dekabr oylari davomida yaratilgan.(3) 3 ta qism qamalga olingan Lelingrad shahrida, final esa Kuybishev shahrida yozib tugatilgan. O’zining jona-jon shahrini evakuatsiya to`g`risida buyruqqa bo`ysunib tark etadi 7- simfoniya avval Kuybishev, keyin Moskvada, so`ng, samolyotda olib keltirilgan partiturani qamaldagi Leningradda ijro etishgan. Undan keyin xorijda. 1942-yil yozida 7- simfoniya Toskanii rahbarligida Nyu Yorkda ijro etilgan.(4) 2 yil o`tgandan so`ng 8-simfoniyasini yaratadi. 8-simfoniya urush to`g`risida fojiaviy poemasidir. Urushdan keyingi yillarda kompozitor jamoat ishlari bilan shug`ulanadi. SSSR kompozitorlar uyushmasida ishlaydi, oldin RSFSRga, keyin esa SSSRning Oliy Kengashiga deputat bo`lib saylanadi. 1949-yilda Shostakovich Tinchlikni himoya qilish Sovet qo’mitasining tarkibiga a’zo bo’ladi. 1954-yilda Umumjahon Tinchlik uyushmasi tomonidan Xalqaro Tinchlik mukofotiga sazovor bo’ladi.(5) Shu yilning o’zida SSSR xalq artisti unvoniga sazovor bo’ladi. 1956-yil o’zining ellik yilligida Ikkinchi Lenin Ordeni bilan taqdirlangan.(5)1966-yil Sotsialistik Mehnat qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi. Yildan yilga kompozitorning shuhrati o’sib boradi. 40-60-yillar asarlari urushdan keyingi 25 yil (asr choragi) mobaynida kompozitor turli xil janrlardagi ko’plab asarlar yaratgan. 1947-1948 yillar ichida David Oystraxga bag’ishlangan skripka va orkestr uchun 1 konsert bilan «Yaxudiy halq sheriyatidan » deb nomlangan fortepiano jo’rligidagi soprano, kontralto va tenor uchun vokal turkumi yaratiladi 1949 yilda E.Dolmatovskiy so’zlariga «Pesn o lesax» (O’rmonlar haqida qo’shiq) nomli oratoriyasi yozilgan. 50-yillar boshlarida «24 ta prelyudiya va fuga» va Rus inqilobiy shoirlar she’rlariga «10 ta xor poemalari» yozilgan. Bittasi fortepiano uchun, ikkinchisi ishchi inqilobiy qo’shiqga tayanadi. Yaratgan asrlarning kontrastligi Shostakovichga juda xos 1974 yilda 10-simfoniyani va «Vstrecha na Elba» (Elba daryosida uchrashuv) kinofilmini E.Dolmatovskiy so’zlariga oddiy va tez yodlanadigan «Tinchlik qo’shig’ini yozadi». 30-40 yillar kinofilmlari uchun musiqasida inqilobiy rus qo’shiqlarga murojaat qilgan. Bu hususiyati keyinchalik simfonik musiqada ham kuzatiladi. Ayniqsa, 1957- yilda yozilgan 11-simfoniyasi musiqasida simfoniya birinchi rus inqilobiga bag’ishlangan ,,1905- yil” dasturli nomga ega. 4 ta qismi alohida nomga ega, bular: 1),,Dvortsovaya ploshad’” (saroy maydoni). 2),,9-yanvar’ ” 3) ,,Vechnaya pamyat’ ”(mangu xotira) 4) ,, Nabat” (Bong). 1961-yil 22-syezdga bag’ishlab, Shostakovich 12-simfoniyani yaratadi. Uning nomi: ,,1917-yil” V.I.Lenin xotirasiga bag’ishlangan. 13-simfoniya Yevtushenko so’zlariga bas, erkak xori va orkestr uchun yozilgan. 1969-yil yozilgan 14-simfoniyasi soprano, bas va kamer orkestri uchun mo’ljallangan. Kompozitorning eng falsafiy asarlaridan biri. Ohirgi 15-simfoniyasi 1971- yilning yoz paytida yaratilgan. ,,Krokodil” (,,Mushtum” jurnaliga o’xshagan nashr) jurnalidan she’r matnlarni olib, hajviy qo’shiqlar yozgan. Ba’zan uni musiqaviy felyetonchi deb atashardi. Shostakovichning lirik va faylasuf hislatlari kvartetlarda namoyon bo’ladi. Aleksandr Blok so’zlariga yozilgan vokal turkumida ijodining va go’zallikning boqiyligi madh etiladi. Dm. Dm. Shostakovich 1975-yilning 9-avgust kuni vafot etgan. 7-simfoniya. C-dur.
Shostakovich 15 ta simfoniya muallifi. Bu janr uning ijodida nihoyatda katta ahamiyatga ega. MUHOKAMA Shostakovich – orkestr xatining mohir ustasi. 7-simfoniya eng zo’r asarlardan biri. Simfoniya 1941- yil yozilgan. Uning katta qismi Leningradda yozilgan. Simfoniya pryemyerasi 1942-yil avgust oyida Leningradda bo’lib o’tgan. Qamaldagi shaharda odamlar simfoniya ijro etish uchun mador topishgan. Radiokomitetta 15 kishi qolgan simfoniya ijro etilishi uchun esa kamida 100 ta odam kerak edi! Shunda Shahardagi bor san’atkorlarni chorlab, sobiq sozandalar armiya va flot orkestrantlarini topib 9 avgust kuni Filarmoniya zalida ijro etishdi. Simfonik orkestrni Karl Ilich Eliasberg boshqargan. Simfoniya partiturasida «Lelingrad shahriga ataladi» degan muallif nomidan yozib qo’yilgan bag’ishlov bor. 7-simfoniya urush haqida xujjatli filmlar bilan qiyos qilishadi. Simfoniyani «xronika», «xujjat» deb atashadi chunki u o’sha davr ruxini chuqur yoritadi. Simfoniyada ikki bir biriga qarama-qarshi mavzu qo’yiladi barpo etish, ijod, aqlu -farosat dunyosi va vayrona, badjahillik dunyosi qarshi qo’yiladi. Ezgulik va yovuzlik. I qism Allegretto-sonata shaklida yozilgan. Bosh partiya mavzusi qahramonona va muhtasham. U torli cholg’ularda do-major tonalligida yangraydi. Yondosh partiya sol major tonalligida lirik felida yangraydi kuyni skripkalar, garmoniyani alt va vilonchellar ijro etadi. Yondosh partiya yakunida fleyta pikkolo solosi va surdinalangan skiripka chaladi. Ekspozitsiyadan keyin rivojlov boshlanadi. Rivojlov mashxur fashist bosqinchilarining hamlasidan boshlanadi. Bu barbod etish kuchining ta’sirli manzarasi. Bosqinchilar uzoqdan eshitiladigan jangovor baraban usulidan boshlanadi. Butun lavha bitta kuyi o’zgarmas mavzuga variatsiya shaklida yozilgan. Baraban usuli ham doim urib turadi. Variatsiyadan variatsiyaga orkestr tembrlari, registlari, fakturaning qalinligi, dinamika o’zgartiriladi. Yangi polifonik ovozlar qo’shilib boradi. Mavzuning fe’li ushbu barcha vositalar yordamida yoritiladi. Variatsiyalar soni 11 ta. I variatsiyanining yangrashi past registrdagi fleyta tembri sovuqqonlik yangrashi bilan takidlab turiladi. II variatsiya xuddi shu fleyta 1,5 oktava masofasi bilan pikkolo fleytasi bilan ijro etadi. IV variatsiya goboy chalgan har bitta iborani bir oktava pastda fagot nusxa qilib qaytarib turadi. IV-VII variatsiya musiqaning jangovor fe’li kuchayib boradi. Musiqa cholg’ulari (truba, surdinali trombon) kabilar kirib boradi VI- variatsiya mavzu forte nyuansida yangray boshlaydi, parallel uchtovushliklar bilan bayon etiladi. VIII-variatsiya asosiy mavzu vahimali fortissimo nyuansida jarang topadi. Uni past registrda 8ta valtorna bilan birga yog’och damli va torli cholg’ular ijro etadi. Endi III variatsiyadan ko’chirilgan avtomat tarzdagi figurani boshqa asboblar bilan birga ksilofon urib boradi. IX variatsiya baland registrdagi trubalar trombonlar temir yangrashiga mavzuning baland ovoz motivi qo’shiladi. Oxirgi 2 ta variatsiya mavzusi tantanavor fe’liga ega. Huddi temir mahluq qulog’ini kar qiladigan shovqin bilan to’g’ri tinglovchiga qarab, xarakatlanadi (yaqinlashib kelmoqda). Ammo to’satdan tonallik almashib, trubalar, valtorna va trombonlardan iborat.Qo’shimcha guruh ijrosida
,,Motiv soprotivleniya” ya’ni qarshi kurash dramatik motivi yangraydi. Variatsion rivojlov, qayta ishlash rivojloviga o’tib, tengi yo’q tarang simfonik jang manzarasi tasvirlanadi. Repriza boshlanadi. Reprizada ikkala mavzu ham sezilarli darajada o’zgarib ketadi. Bosh partiya mavzusi minorda yangrab, uning marsh usuli motam yurish usuli axamiyatini kasb etadi. Melodiya esa shijoatli qudratli rechitativ pog’onasiga ko’tariladi. Bu barcha insonlarga qaratilgan nutqdir. Yondosh partiya-avval ravshan, yoruq va lirik, reprizaga kelganda maxsus minor ladida (II va IV pasaytirilgan pog’ona ladida) past ovozda g’amgin ijro etiladi. Birinchi qismning kodasida bosh partiya mavzusi yana qaytib keladi. U yana avvalgidek major qiyofasida, skripkalarda kuychan yangraydi. Ohirida uzoqdan kelgan baraban urishi va bosqinchilik mavzusi eshitiladi. Urush davom etadi. II chi va III qismlarda fashizmning buzg’unchilik kuchiga odamning ma’naviy boyligi, fikrlashning chuqqurligi, uning qudratli e’tiqodi qarama-qarshi qo’yiladi. IV qism. Madorli final- xujum g’ayratiga va g’alabaning yaqinligi ishonchiga to’la.(6) Shostakovichning «Leningrad» simfoniyasi XX asrning «Kahramona simfoniyasi» deb nomlanishga munosibdir. XULOSA Shostakovich yozgan asarlarida doim yurtiga bo’lgan muhabbatini madh etishi bilan bir qatorda unga sadoqatini alohida mamoyon etadi.Kompozitor, pedagog, pianinochilik va jamoat arbobi sifatida boshqa tengdosh hamda shogirt kompazitorlariga o’zining yo’nalishidagi porloq yo’lini o’rgatar, ijodiy unsurlarga e’tiborli bo’lishbilan yangi yo’nalishlarga undovchi buyuk shaxs deya e’tiroiof etishimiz mumkin. Dm. Dm. Shostakovichning asosiy asarlar ro’yhati. 1.15ta simfoniya (ular ichida VII «Leningrad»,XIchi «1905 yil», XIIchi «1917 yil»,V.I.Lenin xotirasiga bag’ishlangan XIIIchi bas, xor va orkestr uchun. 2.«Katerina Izmaylova» operasi, «Nos operasi». 3. «Kazn Stepana Razina» ( Stepan Razin qatl etilishi) vokal-simfonik poemasi. 4.«O’rmonlar haqida qo’shiq» oratoriyasi. 5. Skripka, violonchel, fortepiano va orkestr uchun kontsertlar. 6. 15 torli kvartet. 7.Fortepiano, 2skripka, alt va violonchel uchun kvintet. 8.Fortepiano, skripka va violonchel uchun trio. 9. Fortepiano uchun 24 prelyudiya va fuga. 10.Fortepiano uchun 24 prelyudiya. 11.Vokal turkumlar, ko’shiqlar(ular orasida «Uchrashuvdagi qo’shiq», «daunyo qo’shig’i»). 12.Kinofilmlar uchun musiqa. («Uchrashish», «Miltiqli odam», «Yosh Gvardiya», «Gamlet», «Karl Marks» va boshqalar. FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. E.Smirnоva. «Rus muqida adabiyoti». 1983. 2. «Rus musiqa tarixi». M.1980 3. https://ria.ru 4. hrono.ru 5. Druskin «100 oper». 6. MOOCSP.RU
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- E.Smirnоva. «Rus muqida adabiyoti». 1983.
- «Rus musiqa tarixi». M.1980
- https://ria.ru
- hrono.ru
- Druskin «100 oper».
- MOOCSP.RU
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010617
- Nashr sanasi
- 2023-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i5.252
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 224–228
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 42026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06