Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

PROFESSIONAL TA‘LIM MUASSASALARIDA AMALIY MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISHGA INNOVATSION YONDASHUV

Xatamov Zoxir Zokirjon o‘g‘li,1, SHodmanov Qodirjon Odilxanovich.22023

  1. 1NamDU M-TMB-AU-21 guruhi 2-bosqich magistranti
  2. 2Ta‘lim menejmenti kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 5Sahifa 161–165

Annotatsiya

Ushbu maqolada professional ta‘lim muassasalarida amaliy mashg‘ulotlarni innovatsion yondashuv asosida tashkil etish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishning eng muhim va ishonchli yo‘li ekanligi to‘g‘risida fikr yuritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaИННОВАЦИОННЫЙ ПОДХОД К ОРГАНИЗАЦИИ ПРАКТИЧЕСКИХ ЗАНЯТИЙ В ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ

В данной статье рассматривается мысль о том, что организация практических занятий в профессиональных образовательных учреждениях на основе инновационного подхода является важнейшим и наиболее надёжным путём развития знаний, умений и навыков учащихся.

inglizchaAN INNOVATIVE APPROACH TO ORGANIZING PRACTICAL CLASSES IN PROFESSIONAL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

This article discusses the idea that organizing practical classes in professional educational institutions on the basis of an innovative approach is the most important and reliable way of developing students‘ knowledge, skills and competences.

Kalit so‘zlar

  • Professional ta‘lim muassasasi
  • o‘qituvchi va o‘quvchi
  • amaliy mashg‘ulot
  • innovatsiya
  • innovatsion yondashuv
  • bilim
  • ko‘nikma va malakalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARIDA AMALIY MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISHGA INNOVATSION YONDASHUV Xatamov Zoxir Zokirjon o‘g‘li, NamDU M-TMB-AU-21 guruhi 2-bosqich magistranti SHodmanov Qodirjon Odilxanovich. Ta’lim menejmenti kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.7949340 Annotatsiya. Ushbu maqolada professional ta’lim muassasalarida amaliy mashg‘ulotlarni innovatsion yondashuv asosida tashkil etish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishning eng muhim va ishonchli yo‘li ekanligi to‘g‘risida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Professional ta’lim muassasasi, o‘qituvchi va o‘quvchi, amaliy mashg‘ulot, innovatsiya, innovatsion yondashuv, bilim, ko‘nikma va malakalar. ИННОВАЦИОННЫЙ ПОДХОД К ОРГАНИЗАЦИИ ПРОИЗВОДСТВЕННОЙ ПРАКТИКИ В ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ Аннотация. В данной статье рассматривается тот факт, что организация практических занятий в профессиональных образовательных учреждениях на основе инновационного подхода является наиболее важным и надежным способом развития знаний, умений и навыков учеников. Ключевые слова: Профессиональное образовательное учреждение, учитель и ученик, практическое занятие, инновация, инновационный подход, знания, навыки и компетенции. INNOVATIVE APPROACH TO THE ORGANIZATION OF PRACTICAL TRAINING IN PROFESSIONAL EDUCATIONAL INSTITUTIONS Abstract. This article discusses the fact that the organization of practical classes in professional educational institutions based on an innovative approach is the most important and reliable way to develop the knowledge, skills and abilities of students. Keywords: Professional educational institution, teacher and student, practical training, innovation, innovative approach, knowledge, skills and competencies.

KIRISH Professional ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, yangi pedagogik va zamonaviy axborotlar texnologiyalari bilan ta’minlagan holda dars jarayonlarini ilmiy asosida tashkil etish, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga zaruriy va etarli shart-sharoitlarni yaratishga asos sifatida xizmat qiladi. Odatda egallangan bilimning yo‘nalishi, uning qay darajada puxta va mustahkam egallanganligi kasbiy qiziqishni vujudga keltiradi. Oqibatda o‘quvchilarda kasb tanlashga moyillik, kasbiy tayyorgarlik, kasbning ahamiyati, nufuzi to‘g‘risida ijtimoiy tasavvurlar paydo bo‘ladi. Kasbiy maslahat, kasbiy moslashish, kasbiy shakllanish yuzasidan muayyan ma’lumotlarga, taassurotlarga ega bo‘lish natijasida esa u yoki bu kasb-hunar tanlanadi. Bu o‘rinda kasb-hunarning ijtimoiy ahamiyati bilan uning moddiy manfaatdorligi ham muhim o‘rin egallaydi. O‘quvchi shaxsan o‘zi yoqtirib, o‘zining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kasb-hunar tanlasa, u turg‘un va barqaror hisoblanadi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari

tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. SHuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga innovatsion yondashuvning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion yondashuv pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan yangilik, zamonaviy o‘zgarishlardan foydalaniladi. Professional ta’lim muassasalaridagi amaliy mashg‘ulotlar – o‘quvchilarning tizimli bilim olishining va bilim, ko‘nikma, malakalarini rivojlantirishning eng muhim va ishonchli yo‘lidir. U o‘qituvchi tomonidan boshqarilar ekan, bunda pedagogning roli beqiyosdir. Aynan o‘qituvchining yo‘naltiruvchi roli o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilishi, ularning aqliy va ijodiy rivojlanishini ta’minlaydi. Professional ta’lim muassasalarida amaliy mashg‘ulot jarayonining sub’ektlari bu – o‘qituvchi va o‘quvchidir. Professional ta’lim muassasalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish haqida so‘z yuritar ekanmiz, birinchi navbatda bugungi kunda unga qanday talablar qo‘yilayotganini tahlil qilish va shundan kelib chiqib samarali o‘qitishni amalga oshirish uchun o‘qituvchida qanday texnikalar rivojlantirilgan bo‘lishi haqida xulosa qilamiz. TADQIQOT NATIJALARI Professional ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan amaliy mashg‘ulotlar jarayoniga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi: ✓ Amaliy mashg‘ulot mazmuni ilmiylik talabiga javob berishi, zamonaviy fan yangiliklarga asoslanishi, hayot bilan bog‘liqlikni aks ettirishi, uning bayoni esa, didaktikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan bo‘lishi; ✓ Amaliy mashg‘ulot davomida tez-tez muammoli vaziyatlarni yaratish, bilish jarayoni mantig‘iga rioya qilish, o‘quvchilarda isbotli va izchil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish; ✓ Amaliy mashg‘ulot jarayonida zamonaviy texnika vositalarini qo‘llash; ✓ Amaliy mashg‘ulot mazmuniga nazariyani amaliyotga, hayotga bog‘lovchi misollar bilan boyitish, ta’limning dunyoqarashni shakllantirishga bo‘lgan jihatlariga alohida e’tibor berish; ✓ Ta’limga qiziqish uyg‘otish, bilish ko‘nikmalari va ijodiy faollikni shakllantirish; ✓ Har bir mashg‘ulotni loyihalashda o‘quvchilarning individual va yosh xususiyatlarini hamda ularni qiziqishlarini inobatga olish; ✓ Amaliy mashg‘ulot davomida ketma-ketlikka asoslanish; ✓ Bilimlarni amaliyotga qo‘llash orqali o‘quvchilarda ko‘nikma va malakalarni rivojlantirib borish; ✓ O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini tez-tez nazorat qilib borish, yutuqlarini rag‘batlantirish. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan bo‘lgan dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi, modulli ta’lim texnologiyalarida amaliy mashg‘ulotlar mazmunini tashkillashga innovatsion talablardan kelib chiqib, o‘qituvchi ma’lumotlarni qisqartirish, yoyish, amaliy mashg‘ulot mazmunini sxema, jadvallar orqali ifoda etish ko‘nikmasiga ham ega bo‘lishi kerak. Bugungi kunda axborotlar hajmining tez suratda ko‘payib borishi, ularni qayta ishlashda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Demak, amaliy mashg‘ulotni

o‘tkazish uchun o‘qituvchida zamonaviy texnikani qo‘llash ko‘nikmasi ham yuqori darajada rivojlantirilgan bo‘lishi shart. Professional ta’lim muassasalarida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida mashg‘ulot mazmunini hayot bilan bog‘lay olish o‘qituvchidan keng dunyoqarashni, mantiqiy fikrlash, kuzatuvchanlik, ijodkorlikni talab qiladi. Hayotiy misollarni keltirishda o‘qituvchi o‘quvchilarining hayotiy tajribasi, ularda shu kungacha shakllantirilgan umumiy ilmiy bilimlarini, ehtiyoj va qiziqishlarini, kasbiy yo‘nalganligini e’tiborga olishi yaxshi samara beradi. Hozirgi vaqtda didaktikaning jadal rivojlanishi, kundan-kunga yangi samarali pedagogik texnologiyalarning paydo bo‘lishi bu jarayonni izchil amalga oshirilishini talab qiladi. Bu o‘z o‘rnida o‘qituvchini amaliy mashg‘ulot jarayonini loyihalash, tashkillash, olib borish, mashg‘ulot davomida o‘quvchilarni faollashtirish, ularni izlanish, ijodga undash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash texnikalarini tinmay rivojlantirishga majburlaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsini rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuv asosida muammoli vaziyatlarni yaratilishini nazarda tutadi. Innovatsion yondashuvga asoslangan muammoli vaziyatlarni yaratishda esa o‘qituvchidan ijodkorlik talab qilinadi. Professional ta’lim muassasalarida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida innovatsion yondashuvga asoslangan muammoli vaziyatlarni yaratishda albatta o‘qituvchi turli sohalarga oid bilimlarini va hayotiy tajribalarni bilishini namoyish qila olishi lozim. Professional ta’lim muassasalarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda bahsmunozaralarning xar xil turlaridan foydalanish o‘quvchilarda isbotli va izchil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bunda o‘qituvchi pedagogik texnikaning barcha elementlaridan keng foydalanishi zarur. Ayniqsa bunda uning rejissyorlik ko‘nikmalari namoyon bo‘ladi. Amaliy mashg‘ulot jarayonida zamonaviy texnik vositalarni qo‘llash talabiga kelsak, bugungi kunda oldinlari televizor, videomagnitafon, kinoproektor, diaproektor, diaproektor bajargan vazifalarni kompyuter o‘ziga oldi. Bunda axborotni uzatish, saqlash, aks ettirish sifati ancha o‘sdi. SHuning uchun kompyuterlashtirish masalasiga ta’limdagi eng dolzarb masala sifatida qaralyapti. Allaqachon kompyuter savodxonligi madaniyatlilik belgisiga aylandi. Amaliy mashg‘ulot jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar kompyuterdan eng samarali o‘quv vositasi sifatida foydalanadilar. Bu o‘qituvchidan bir necha kompyuter dasturlarida ishlashni, Power Point dasturi yordamida taqdimotlar tayyorlashni, animatsiyalar yaratishni, vaziyatlarni modellashtirishni bilishni talab qiladi. SHunday ekan, o‘qituvchi o‘z kompyuter savodxonligini ham tinmay o‘stirib borishi zarur. MUHOKAMA SHu masala ichida kompyuter yordamida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda o‘qituvchi nimalarga e’tibor berishi zarurligini quyidagi jadval yordamida ko‘rib chiqamiz: Asosiy tamoyillar Xulosalar Amaliy mashg‘ulot davomida o‘quvchining O‘qituvchi o‘quvchilarning faolligini faolligi ta’minlashga qaratilgan harakatlarni amalga oshirishi zarur. Berilgan vaziyatlarni o‘quvchilar tomonidan O‘qituvchi tahlilning standart sxemalarini mustaqil tahlil qilinishi kamroq qo‘llashi, o‘sishning har xil bosqichlarida masalalar va vaziyatlarni almashtirib turishi kerak

Qaytuvchan aloqalarni to‘g‘ri tashkillanishi O‘quvchiga har bir vaziyatni echishda u tomonidan erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan xatolarni ma’lum qilib borilishi Tez qaytuvchan aloqani o‘rnatilishi Iloji boricha o‘sha zahotiyoq amalga oshiriladigan qaytuvchan aloqani ta’minlash O‘tilgan materialni takrorlash Takroriy bajarilgan harakatlarni ham qo‘llash va tasdiqlash (natija) Faoliyatni kuzatib borilishini Tasdiqlash yo‘llarini individuallashtirish individuallashtirish O‘quvchida uning psixik xolatiga qarab tashqi YUqorida keltirilgan tamoyillarni vaziyatga va sharoitga bo‘lgan munosabati xususiyatlarini o‘quvchi shaxsiga moslashtirib qo‘llash e’tiborga olish

Professional ta’lim muassasalarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda o‘quvchilarda bilish ko‘nikmalari va ijodiy faollikni shakllantirish talabi haqida so‘z borganda o‘quvchilarda ta’limga bo‘lgan motivatsiyani oshirish masalasini ko‘rib chiqmaslikni iloji yo‘q. SHuni bilgan o‘qituvchi o‘quvchilarni boshqarishni samarali amalga oshira oladi. Bunda u amaliy mashg‘ulot mazmuniga bo‘lgan qiziqish kundalik faoliyat mazmuniga bog‘liq ekanligini tushunadi va buni mashg‘ulot jarayonida qo‘llaydi: - yangi ma’lumotlarni qo‘llashga harakat qiladi; - amaliy mashg‘ulot davomida innovatsion ta’lim elementlarini qo‘llaydi; - fandagi so‘nggi yutuqlar haqidagi ma’lumotlardan keng foydalanadi; - bilim, ko‘nikma va malakalarning ahamiyatini namoyish qiladi; - o‘quvchilarga vazifa tariqasida innovatsion-ijodiy mazmundagi mustaqil ishlar beradi. Har bir mashg‘ulotni loyihalashda o‘quvchilarning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olish o‘qituvchidan psixodiagnostika texnikalarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olish, natijalarini tahlil qila olish va amaliy mashg‘ulotni tashkillayotganida ulardan samarali foydalanishni bilishni talab qiladi. Professional ta’lim muassasalarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda ketma-ketlikka asoslanish talabi o‘qituvchida tizimli fikrlash, faoliyatga innovatsion yondashuv ko‘nikmalarini rivojlangan bo‘lishini taqozo etadi. Bunda o‘qituvchi amaliy mashg‘ulot mazmunini maqsadga muvofiq xolda, ishlab chiqilgan rejaga asoslanib tashkillaydi, dastur tuzadi, ishchi reja ishlab chiqadi. Bu bilish mantig‘iga asoslanadi. SHuning uchun o‘qituvchi o‘zida tizimli tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirishi kerak. Bu maqsadda maxsus psixologik-pedagogik o‘yinlar, innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash mumkin. Professional ta’lim muassasalarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayoni o‘qituvchining boshqaruvi asosida amalga oshirilar ekan bunda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini atroflicha ko‘rib chiqamiz. Innovatsion pedagogika o‘qituvchining asosiy funksiyasi deb, o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishga aytadi. SHunday qilib o‘qituvchi amaliy mashg‘ulot jarayonida: - o‘quvchilar oldiga amaliy masalalarni qo‘yadi, ularni asta-sekin murakkablashtirib, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘stirib boradi; - amaliy mashg‘ulot jarayonining samarali kechishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi – maqsadga muvofiq mazmunni tanlaydi;

- maqsaddan kelib chiqib, ta’limni turli shakllarda tashkillaydi; - turli usullarni qo‘llaydi. XULOSA Xulosa o‘rnida shuni takidlash mumkinki, professional ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasining izchillik bilan amalga oshirilishi oqibatidagina o‘quvchilar o‘quv materialining tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha to‘g‘ri, chuqur tushunib oladilar va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan mahorat, ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Turg‘unov S.T., Maqsudova L.A. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish. – Toshkent: Fan. – 2008. – 169 b.
  2. Turg‘unov S.T. Uluqov N.M., SHodmanov Q.O., Maqsudova L.A.. Ta’lim muassasalarida boshqaruv. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan. – 2008 y.
  3. SHodmanov Q.O., Xatamova R.Z. Ta’lim sifatini ta’minlashda innovatsion menejmentning o‘rni va ahamiyati. NamDU ilmiy axborotnomasi, 2021 yil maxsus son, 789-794-betlar.
  4. Rahimov M., & Shodmanov Q. (2022). Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga asosiy yondashuv texnologiyalari. Eurasian Journal of Academic Research, 2(13), 1267–1271. izvlecheno ot https://www.in- academy.uz/index.php/ejar/article/view/7932
  5. Shodmonov Qodirxon Odilxonovich, Jurayev Azizbek Azimjonovich. Professional ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan innovatsion ta'lim texnologiyalari va ularning ahamiyati. International scientific journal “Interpretation and researches” Tom 1, 120-125 b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010605
Nashr sanasi
2023-06-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
5
DOI
10.66073/researchfocus.v2i5.240
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
161–165
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06