Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Methylobacillus flagellatus bakteriya biomassasidagi umumiy oqsil miqdorini aniqlash

    Sadullayev Shohruh Tolkin ugli, Alimova Barno Khasanovna, Mansurova Ozoda, Makhsumkhanov Akhmadjan Azamkhanovich, Kholikov Askar Farhod ugli, Sayliyev Mirshod, Vohidov Khushnud · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Ushbu tadqiqotda metilotrof bakteriya Methylobacillus flagellatus Shd-N1 biomassasidagi umumiy oqsil miqdorini Kyeldal usuli yordamida aniqlash natijalari keltirilgan. Tahlil uchun 1 g quruq biomassa olinib, namunadagi azot miqdori va azotni oqsilga aylantirish koeffitsiyenti asosida umumiy oqsil miqdori baholandi. Olingan natijalar mazkur bakteriya biomassasining oqsil manbai sifatidagi istiqbolini o‘rganish uchun muhim ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Streptomyces rochei IMB/AN RUz shtammi kultura suyuqligi va biomassasi metanolli ekstraktlarining dastlabki fitokimyoviy skriningi

    Kosimova Sharifa Shukhratjon kizi, Mamarasulov Bahodir Dalikhonovich · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Streptomyces rochei IMB/AN RUz shtammi kultura suyuqligi va biomassasining metanolli ekstraktlarida ikkilamchi metabolitlarning asosiy guruhlari (fenollar, flavonoidlar, alkaloidlar, steroidlar, taninlar, terpenoidlar va saponinlar) dastlabki fitokimyoviy skrining usulida o‘rganildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Catharanthus roseus dan ajratilgan endofit zamburug‘lar metabolitlarining sitotoksik xususiyatlari

    Otayeva Zarina Murotovna, Nasmetova Saodat Mamajanovna, Norkoziyeva Ozoda · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Tadqiqotda Catharanthus roseus (L.) G. Don o‘simligidan ajratilgan Aspergillus terreus VR177L va Aspergillus sp. VR176L endofit zamburug‘lari ekstraktlarining sitotoksik faolligi o‘rganildi. Ekstraktlarning 100 mkg/ml konsentratsiyadagi faolligi SRB usuli yordamida baholandi. Eng yuqori faollik Aspergillus sp. VR176L ekstraktida kuzatilib, HeLa hujayralari o‘sishini bostirish 70,6 ± 2,5% ni tashkil etdi. Natijalar ushbu ekstraktning biologik faol birikmalar manbai sifatidagi istiqbolini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Mis nanozarralarining fitoviruslarga qarshi qo‘llash istiqbollari

    Mirzaahmedov Muslimbek Mirzohid ugli, Fayziyev Vokhid Bakhramovich · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Mazkur tadqiqot mis nanozarralarining (CuNPs, CuO-NPs, Cu₂O-NPs) fitoviruslarga qarshi antivirus xususiyatlari, ta‘sir mexanizmlari va qishloq xo‘jaligidagi istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Fitoviruslarga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kimyoviy vositalar deyarli yo‘q. Mis nanozarralari virionlarni parchalash va tizimli olingan chidamlilik (SAR) mexanizmini faollashtirish orqali samarali ta‘sir ko‘rsatadi. TMV, AMV va ZYMV ga qarshi 80–100 ppm konsentrasiyada virus to‘planishini sezilarli kamaytirishi, himoya genlarini faollashtirishi va o‘simlik o‘sishini rag‘batlantirishi aniqlangan. Ushbu yondashuv ekologik toza antivirus vositalar ishlab chiqish uchun ilmiy asos yaratadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Metilotrof bakteriyalar biomassasining vitamin tarkibi va vitaminli-oqsilli ozuqa qo‘shimchalari olishdagi ahamiyati

    Mardonov Ikrom Hasan ugli, Shakirov Zair, Azimova Nodira Shoim kizi · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Ikki metilotrof bakteriya shtammi biomassasida B1, B2, B3, B6, B9 va C vitaminlari miqdori qiyoslandi. Oltita vitaminning ko‘rsatkichlari yig‘indisi M. dankookense 3HXI da 64,68 mkg/g, M. fujisawaense 1HXI da 47,71 mkg/g ni tashkil etdi. Natijalar birinchi shtamm biomassasining vitamin tarkibi bo‘yicha ustunligini ko‘rsatdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    gyrA and rpoB as alternative markers for bacterial identification

    Karimov Nurbek Rayimovich, Reyimberdiyeva Marjon Zafar kizi, Rahimova Sh.Sh., Nazirov M.M., Kobilov Fazliddin Bozorovich · Status and Development Prospects of Fundamental and Applied Microbiology: The Viewpoint of Young Scientists · 2026

    Bakteriyalarni tur darajasida identifikatsiya qilishda 16S rRNA geni yetarli bo‘lmagan holatlar uchun muqobil gyrA va rpoB markerlarining samaradorligi in silico tahlil va molekulyar-genetik usullar yordamida o‘rganildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Mentha longifolia (L.) L. o‘simligining endofit zamburug‘larini ajratish, sof kulturaga olish va ularning morfokultural xususiyatlarini o‘rganish

    Aminova Marjona Elbek kizi, Fayziyev Vokhid Bakhramovich · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Mazkur tadqiqot Mentha longifolia (L.) L. o‘simligidan endofit zamburug‘larni ajratish, sof kulturaga olish va ularning morfokultural xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda o‘simlik namunalarini sirt sterilizatsiya qilish, oziqa muhitiga ekish va koloniyalarni qayta ekish usullari qo‘llanildi. Izolyatlarning koloniya rangi, shakli, yuzasi va mitseliy rivojlanishi kuzatildi. Natijalar endofit zamburug‘larni dastlabki tavsiflash va keyingi biologik hamda biotexnologik tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Bacillus subtilisda rekombinant oqsil sekretsiyasini optimallashtirish

    Kholikov Askar Farhod ugli, Sayliyev Mirshod, Vohidov Khushnud, Murtozoyev Azizjon, Sadullayev Shohruh Tolkin ugli, Alimova Barno Khasanovna, Mansurova Ozoda, Sharifov Mansurbek, Makhsumkhanov Akhmadjan Azamkhanovich · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Bacillus subtilisda rekombinant oqsillar sekretsiyasini oshirish usullari tahlil qilindi. Signal peptidlar, promotorlar, ribosoma bog‘lanish saytlari va xo‘jayin shtamm xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rib chiqildi. Adabiyotlar tahlili yuqori mahsuldorlikka erishish uchun oqsil sintezi, folding va membrana orqali tashilishini o‘zaro muvofiqlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamliligini in vitro sharoitida baholash

    Umarova Gulnoza Abdurashidovna, Babayeva S.S., Kimsanova G.A. · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Ushbu ishda qurg‘oqchilik stressiga chidamli bug‘doy navlarini saralashda in vitro sharoitidagi laboratoriya usullari hamda to‘qima kulturasidan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot davomida bug‘doyning yetilmagan embrionlari eksplant sifatida olinib, MS oziqa muhitida 2,4-D ta‘sirida embriogen kallus hosil bo‘lishi va regeneratsiya jarayonlari baholandi. Qurg‘oqchilik stressini modellashtirish uchun selektiv muhitda osmotik agentlar sifatida PEG (10%, 20%) hamda Mannitol (10%) birikmalaridan foydalanildi. Natijalar genotiplarning osmotik bosimga chidamliligini tezkor aniqlashda hujayra va to‘qima kulturalari metodining yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Saccharomyces cerevisiae asosida SARS-CoV-2 S1 rekombinant oqsilini olish texnologiyasini o‘rganish

    Toshboyeva Fotima Nuriddin kizi, Ayubov M.S., Ravshanov Hamrokul Toymurod ugli · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Ushbu maqolada SARS-CoV-2 ga qarshi subbirlik vaksina platformasini yaratishda Saccharomyces cerevisiae achitqisidan rekombinant oqsil ekspressiyasi tizimi sifatida foydalanish imkoniyati yoritiladi. Tadqiqotning asosiy yo‘nalishi SARS-CoV-2 ning immunologik jihatdan muhim S1 oqsilini achitqi hujayralarida ekspressiya qilishga mo‘ljallangan pYES2-S1-Zeo konstruksiyasi bilan bog‘liq texnologik yondashuvlarni tahlil qilishdan iborat. Dissertatsiya materiallarida S. cerevisiae non achitqisidan ajratilgan, uning tozaligi mikroskopik nazorat qilingan va rekombinant konstruksiyani hujayraga kiritish yondashuvi qo‘llangan. Rekombinant oqsil ekspressiyasini baholash uchun SDS-PAGE va Western blot usullaridan foydalanish ko‘rsatilgan; S1 oqsili uchun kutiladigan molekulyar massa 61 kDa sifatida berilgan. Mavjud materiallar S. cerevisiae asosidagi tizimni SARS-CoV-2 rekombinant antigenlarini olish platformasi sifatida o‘rganish uchun asos beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SARS-CoV-2 S1 oqsilini Saccharomyces cerevisiae hujayralarida rekombinant ekspressiya qilishni baholash

    Toshboyeva Fotima Nuriddin kizi, Ayubov M.S., Ravshanov Hamrokul Toymurod ugli · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Ushbu tadqiqotda SARS-CoV-2 S1 oqsilining Saccharomyces cerevisiae hujayralarida rekombinant ekspressiyasini baholashga qaratilgan texnologik yondashuv tahlil qilindi. Tadqiqotda S. cerevisiae kulturasi va pYES2-S1-Zeo konstruksiyasi asosidagi ekspressiya tizimi ko‘rib chiqilgan. Rekombinant oqsilni aniqlash uchun SDS-PAGE va Western blot usullaridan foydalanish nazarda tutilgan. S1 oqsilining 61 kDa molekulyar massasi elektroforetik identifikatsiya uchun asosiy mezon sifatida ko‘rsatilgan. Tadqiqot rekombinant antigen ishlab chiqarish platformasini baholashga qaratilgan bo‘lib, yakuniy vaksina samaradorligini aniqlashni qamrab olishi keyingi bosqichda amalga oshiriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Bacillus thuringiensis Bt1Fo shtammining tanlangan cry1Ia geni uchun mutagen praymerlarni loyihalash va PCR tahlili

    Reyimberdiyeva Marjon Zafar kizi, Karimov Nurbek Rayimovich, Rahimova Sh.Sh., Kobilov Fazliddin Bozorovich · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Bacillus thuringiensis bakteriyalari tomonidan ishlab chiqariladigan Cry oilasiga mansub insektitsid oqsillar qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi biologik kurashda muhim ahamiyatga ega. Avvalgi tadqiqotlarda Cry1Ia oqsilining ayrim variantlari shakarqamishning yirik poya zararkunandasi Telchin licusga qarshi faollik ko‘rsatgan. Mazkur ishda Bt1Fo shtammining GenBank bazasida PP897829 kirish raqami bilan saqlangan cry1Ia geni asosida adabiyotlarda tavsiflangan aminokislota almashinuvlariga mos praymerlarni loyihalash va PCR natijalarini dastlabki baholash maqsad qilindi. Tadqiqot doirasida D233N, I116T, L266F va E639G mutatsiyalariga mos praymerlar tanlandi hamda PCR amplifikatsiyasi amalga oshirildi. Gel elektroforezi tasvirida to‘rtta namunaning har birida asosiy DNK tasmalari kuzatildi. Olingan natijalar PCR mahsulotlari mavjudligini dastlabki baholash imkonini berdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Krascheninnikovia ceratoides (teresken) o‘simligi ildiz rizosferasi mikroorganizmlarining biotexnologik potensiali

    Muhammadiyeva Bonujon Umidjon kizi · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Rizosfera eng faol ekologik zonalardan biri hisoblanadi, bu yerda mikroorganizmlar o‘simlik ildizlari bilan yaqindan o‘zaro ta‘sir qiladi va o‘simliklarning o‘sishi, moslashishi va tuproq unumdorligiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil mintaqalardagi og‘ir ekologik sharoitlar tufayli teresken bilan bog‘liq mikroorganizmlar biotexnologiyada muhim qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan noyob fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarga ega. O‘simlik ildizlari turli xil mikroblar (shu jumladan, bakteriyalar, zamburug‘lar, arxeyalar, protistlar va viruslar) bilan bog‘lanib, ildiz bilan bog‘liq mikrobiom deb ataladi. Ular orasida mikorizal zamburug‘lar xo‘jayin ildizlarini kolonizatsiya qiladi va ularning ozuqa moddalariga, odatda fosfor va azotga kirishini yaxshilaydi. Buning evaziga o‘simliklar kolonizatsiya qiluvchi zamburug‘larga fotosintetik uglerod yetkazib beradi. Bu ozuqa almashinuvi asosiy tuproq jarayonlariga, uglerod aylanishiga va o‘simliklar sog‘lig‘iga ta‘sir qiladi va shuning uchun o‘simlik va mikrob ekotizimlariga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Immobilizatsiyalangan mikroorganizmlar va fermentlardan foydalanib glukoza-fruktozali sirop ishlab chiqarishning biotexnologik asoslari

    Nuritdinova Arifa Nuriddin kizi, Mirzaolimova Mohizar Mukhamatkarim kizi, Tokhtaboyeva Yulduzkhon Abdusattorovna, Abdumutaliyeva Dilnavoz Eraj kizi · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Ushbu maqolada immobilizatsiyalangan mikroorganizmlar va fermentlar yordamida glukoza-fruktozali sirop (GFS) ishlab chiqarishning biotexnologik asoslari tizimli yoritildi. Tadqiqotning maqsadi kraxmalli xomashyoni fermentativ gidroliz va izomerizatsiya bosqichlari orqali yuqori fruktoza ulushiga ega siropga aylantirishda immobilizatsiya texnologiyasining samaradorligini ilmiy asoslashdan iborat. Metodologiya sifatida ferment kinetikasi, massa almashinuvi, tashuvchi matritsa tanlovi, reaktor modellashtirish va jarayon barqarorligini baholash bo‘yicha nazariy-tahliliy yondashuv qo‘llanildi. Ilmiy yangilik sifatida immobilizatsiya qilingan glukoza izomeraza hamda ko‘p fermentli tizimlar uchun optimal pH (muhitning kislotalilik yoki ishqoriylik ko‘rsatkichi), harorat, substrat konsentratsiyasi va diffuziya cheklovlarini birgalikda hisobga oluvchi konseptual model taklif etildi. Natijalar GFS sifat ko‘rsatkichlarini barqarorlashtirish, ferment sarfini kamaytirish va uzluksiz ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Turli stress sharoitida Chlorella vulgaris suspenziyasi orqali Buxoro-10 g‘o‘za navining chidamliligini va hosildorligini oshirish

    Boriyeva Dilorom Isroilovna · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Buxoro viloyatining qurg‘oqchil, o‘rtacha sho‘rlangan va yuqori havo harorati kuzatiladigan agroekologik hududlarida g‘o‘za yetishtirish jarayonida suv taqchilligi, tuproq sho‘rlanishi va garmsel kabi abiotik stress omillari o‘simliklarning o‘sishi-rivojlanishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Shu bois, ushbu hududlarda Chlorella vulgarisni MUM-S v 2 (Modified Universal Medium for Stress) muhitida ultratovush yordamida dezintegratsiyalab hujayra qobig‘ini parchalash orqali g‘o‘zaning kompleks stress omillariga nisbatan chidamliligini oshirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlik va tola sifatini barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan ekologik xavfsiz biotexnologik usullarni ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib, alohida ahamiyatga egadir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Fermentatsiyaga asoslangan biosintez yordamida Portulaca oleracea endofit mikroorganizmlari tomonidan ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalarining ishlab chiqarilishi

    Normurodova K.T., Bekmakhamatova Nargiza Vokhidovna · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Ushbu tadqiqotda Toshkent viloyatining Qibray va Yangiyo‘l tumanlari agroekologik zonalaridan to‘plangan dorivor Portulaca oleracea o‘simligi to‘qimalaridan ajratib olingan endofit mikroorganizmlarning biologik xavfsizligi va ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalari (PUFA) sintez qilish salohiyati o‘rganildi. Jami ajratilgan 31 ta endofit shtammdan qat‘iy skrining va seleksiya natijasida yuqori mahsuldor va patogen bo‘lmagan 4 ta yetakchi shtamm (BPRC32, RSMAB-1, MD va PP6C1) saralab olindi. Gaz xromatografiyasi (GC-FID) va molekulyar-genetik identifikatsiya natijalari Bacillus subtilis RSMAB-1 (NCBI: MW368768) shtammining eykozapentaen kislota (EPA, 3.20 mg/100 mg), Saccharomyces cerevisiae MD (DDBJ: LC528142) shtammining esa dokozageksaen kislota (DHA, 0.25 mg/100 mg) va umumiy PUFA (10.93 mg/100 mg) ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka ega ekanini ko‘rsatdi. Mazkur mahalliy shtammlar sanoat biotexnologiyasida import o‘rnini bosuvchi Omega-3 va Omega-6 biologik faol qo‘shimchalarini olishda ekologik va iqtisodiy jihatdan barqaror bio-platforma bo‘lib xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    A brief comparative bioinformatics analysis of a KatB-like catalase protein candidate from Bacillus thuringiensis Bt26 and reference KatB proteins from other B. thuringiensis strains

    Aliyev Zafar Zokirovich, Khalilov Ilkhom Mamatkulovich, Bobokulov M.Sh., Abdullayev A.K. · Status and Development Prospects of Fundamental and Applied Microbiology: The Viewpoint of Young Scientists · 2026

    Ushbu tadqiqotda B. thuringiensis 26 shtammi genomidagi JEEBFNLG_01767 lokusiga mos katalaza oqsili nomzodi boshqa 50 ta B. thuringiensis larning KatB oqsillari referens ketma-ketlik bilan qiyosiy tahlil qilindi. BLASTP tahlilida aminokislota identikligi 94,672–100% oralig‘ida bo‘lib, 27 ta referens oqsil bilan 100% identiklik aniqlandi. BLASTN tahlilida 26 ta referens ketma-ketlik bilan 100% nukleotid identikligi qayd etildi. Ko‘p ketma-ketlikli tekislash natijasida 40 ta o‘zgaruvchan aminokislota pozitsiyasi va jami 125 ta farq qaydi aniqlandi; eng ko‘p farqlar 254-, 169- va 291-pozitsiyalarda kuzatildi. Filogenetik tahlil oqsil nomzodining ko‘plab referens oqsillar bilan yaqin ketma-ketlik munosabatlariga ega ekanini ko‘rsatdi. Biroq lokus katA_1 sifatida annotatsiya qilinganiga qaramay, referens KatB oqsillari bilan yuqori o‘xshashlik namoyon etdi. Shu sababli, ushbu oqsil hozircha KatB-ga o‘xshash katalaza nomzodi sifatida tavsiflanadi; uning funksional mansubligini aniqlashtirish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Kartoshka navlaridagi chidamlilik genlarining viruslarga qarshi himoya mexanizmi

    Ahmadjonova Sevinchbonu Ulugbek kizi, Jovliyeva D.T., Fayziyev Vokhid Bakhramovich · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Maqolada kartoshka (Solanum tuberosum L.) navlarida uchraydigan virusga chidamlilik genlarining ishlash mexanizmlari adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Gipersezgirlik reaksiyasi va ekstremal chidamlilikni ta‘minlovchi genlar (Rx1, Rx2, Ny, Ry), ularning virus oqsillarini tanib olishi hamda RNK-interferensiya tizimi bilan bog‘liqligi yoritilgan. Chidamlilik genlarini molekulyar markerlar yordamida aniqlashning seleksiyadagi ahamiyati ko‘rsatilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    “Salvia officinalis” bargidan ajratib olingan endofit zamburug‘ining morfologik va kultural xususiyatlari

    Yoldosheva Sarvinoz Muzaffar kizi · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Ushbu tadqiqotda Lamiaceae oilasiga mansub Salvia officinalis L. barglarida uchraydigan endofit zamburug‘-Alternaria izolyatining morfologik hamda kultural xususiyatlari tahlil qilindi. Ajratib olingan izolyat yorug‘lik mikroskopiyasi va mikologik ma‘lumotlar bazalari orqali Alternaria alternata sifatida dastlabki identifikatsiya qilindi. Tadqiqot natijalari Salvia officinalis barglarida endofit zamburug‘lar mavjudligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Mikrobiologiya fanini o‘qitishning zamonaviy holati, muammolari va shifokorlar tayyorlashdagi o‘rni

    Khujaeva Shakhnoz Absamatovna · Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi · 2026

    Ushbu tezisda tibbiy oliy ta‘lim muassasalarida mikrobiologiya fanini o‘qitishning zamonaviy holati, erishilayotgan yutuqlar, ta‘lim jarayonida uchrayotgan muammolar hamda fanning bo‘lajak shifokorlarni tayyorlashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Mikrobiologiyani o‘qitishda klinik yo‘naltirilgan ta‘lim, amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari, interaktiv pedagogik texnologiyalar, raqamli ta‘lim resurslari va kompetensiyaga asoslangan yondashuvning ahamiyati yoritilgan. Antibiotikorezistentlikning ortishi, gospital infeksiyalar, yangi va qayta paydo bo‘layotgan infeksiyalar hamda zamonaviy laboratoriya diagnostikasi usullarining rivojlanishi mikrobiologiya ta‘limi mazmunini muntazam yangilab borishni talab etayotgani asoslangan. Mikrobiologiya ta‘limini klinik fanlar bilan integratsiyalash, talabalarda laboratoriya natijalarini talqin qilish, infeksion xavfsizlik va antimikrob preparatlardan oqilona foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish ta‘lim samaradorligini oshirishning muhim sharti sifatida ko‘rsatilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish