Asosiy mazmunga o‘tish

Metilotrof bakteriyalar biomassasining vitamin tarkibi va vitaminli-oqsilli ozuqa qo‘shimchalari olishdagi ahamiyati

Mardonov Ikrom Hasan ugli, Shakirov Zair, Azimova Nodira Shoim kiziO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti2026

KonferensiyalarFundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohiJild 1Son 8Sahifa 179–181

Annotatsiya

Ikki metilotrof bakteriya shtammi biomassasida B1, B2, B3, B6, B9 va C vitaminlari miqdori qiyoslandi. Oltita vitaminning ko‘rsatkichlari yig‘indisi M. dankookense 3HXI da 64,68 mkg/g, M. fujisawaense 1HXI da 47,71 mkg/g ni tashkil etdi. Natijalar birinchi shtamm biomassasining vitamin tarkibi bo‘yicha ustunligini ko‘rsatdi.

Boshqa tillarda

ruschaВитаминный состав биомассы метилотрофных бактерий и его значение в получении витаминно-белковых кормовых добавок

Проведено сравнительное изучение содержания витаминов B1, B2, B3, B6, B9 и C в биомассе двух штаммов метилотрофных бактерий. Суммарные показатели шести витаминов составили 64,68 мкг/г для M. dankookense 3HXI и 47,71 мкг/г для M. fujisawaense 1HXI. Первый штамм характеризовался более высокими показателями.

inglizchaVitamin composition of methylotrophic bacterial biomass and its importance for producing vitamin–protein feed additives

The contents of vitamins B1, B2, B3, B6, B9 and C were compared in biomass from two methylotrophic bacterial strains. The sum of six reported vitamin values was 64.68 µg/g for M. dankookense 3HXI and 47.71 µg/g for M. fujisawaense 1HXI. The first strain showed higher values overall.

Kalit so‘zlar

  • metilotrof bakteriyalar
  • Methylobacterium
  • biomassa
  • vitaminlar
  • ozuqa qo‘shimchasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI Respublika ilmiy-amaliy anjumani · Toshkent, 2026-yil 30-oktabr

II BIOTEXNOLOGIYA, MOLEKULYAR BIOLOGIYA VA BIOINFORMATIKA DOI 10.66073/ReFocus-Conf/3010046

METILOTROF BAKTERIYALAR BIOMASSASINING VITAMIN TARKIBI VA VITAMINLI-OQSILLI OZUQA QO‘SHIMCHALARI OLISHDAGI AHAMIYATI Mardonov Ikrom Hasan o‘g‘li, Shakirov Zair, Azimova Nodira Shoim qizi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti, Toshkent, O‘zbekiston Annotatsiya: Ikki metilotrof bakteriya shtammi biomassasida B1, B2, B3, B6, B9 va C vitaminlari miqdori qiyoslandi. Oltita vitaminning ko‘rsatkichlari yig‘indisi M. dankookense 3HXI da 64,68 mkg/g, M. fujisawaense 1HXI da 47,71 mkg/g ni tashkil etdi. Natijalar birinchi shtamm biomassasining vitamin tarkibi bo‘yicha ustunligini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: metilotrof bakteriyalar, Methylobacterium, biomassa, vitaminlar, ozuqa qo‘shimchasi. Аннотация: Проведено сравнительное изучение содержания витаминов B1, B2, B3, B6, B9 и C в биомассе двух штаммов метилотрофных бактерий. Суммарные показатели шести витаминов составили 64,68 мкг/г для M. dankookense 3HXI и 47,71 мкг/г для M. fujisawaense 1HXI. Первый штамм характеризовался более высокими показателями. Ключевые слова: метилотрофные бактерии, Methylobacterium, биомасса, витамины, кормовая добавка. Abstract: The contents of vitamins B1, B2, B3, B6, B9 and C were compared in biomass from two methylotrophic bacterial strains. The sum of six reported vitamin values was 64.68 µg/g for M. dankookense 3HXI and 47.71 µg/g for M. fujisawaense 1HXI. The first strain showed higher values overall. Keywords: methylotrophic bacteria, Methylobacterium, biomass, vitamins, feed supplement. Kirish Chorvachilik va parrandachilikda ozuqa ratsionini oqsil, vitamin va boshqa biologik faol birikmalar bilan boyitish hayvonlar organizmida moddalar almashinuvining me’yorida kechishi uchun muhim hisoblanadi. An’anaviy oqsil manbalariga bo‘lgan talab ortib borayotgan sharoitda mikroorganizmlardan biomassa olish muqobil biotexnologik yo‘nalish sifatida e’tibor qozonmoqda. Metilotrof bakteriyalar bir uglerodli organik birikmalar, jumladan metanoldan uglerod va energiya manbai sifatida foydalanishi bilan ajralib turadi. Ular qisqa muddatda biomassa to‘plashi, oqsil va ayrim biologik faol metabolitlarni saqlashi sababli bir hujayrali oqsil texnologiyalari uchun istiqbolli hisoblanadi [1–3]. Vitaminlar biomassaning biologik qiymatini belgilovchi muhim tarkibiy qismlardir. Xususan, B guruhi vitaminlari fermentativ reaksiyalarda kofermentlar tarkibiga kirib, energiya almashinuvi, aminokislotalar metabolizmi va hujayra faoliyatini ta’minlashda qatnashadi. Shu sababli metilotrof bakteriyalar biomassasining vitamin tarkibini baholash vitaminli-oqsilli ozuqa qo‘shimchalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqotning maqsadi M. dankookense 3HXI va M. fujisawaense 1HXI shtammlari biomassasida suvda eruvchi vitaminlar miqdorini qiyosiy baholash hamda ularning ozuqa qo‘shimchasi olishdagi istiqbolini tahlil qilishdan iborat.

IQTIBOS UCHUN Mardonov I., Shakirov Z., Azimova N. Metilotrof bakteriyalar biomassasining vitamin tarkibi va vitaminli-oqsilli ozuqa qo‘shimchalari olishdagi ahamiyati // Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 179–181. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/3010046

Materiallar va metodlar Tadqiqot obyekti sifatida ikkita metilotrof bakteriya shtammi — Methylobacterium dankookense 3HXI va Methylobacterium fujisawaense 1HXI larning liofil usulda quritilgan biomassasi o‘rganildi. Oldingi tadqiqotlarimizda ushbu bakteriya shtammlari molekulyar-genetik usulda identifikatsiya qilingan, mos ravishda PX924540.1 va PX924362.1 raqamlari bilan NCBI bazasiga kiritilgan. Bakteriyalar tarkibi (g/l) KH₂PO₄ – 2,0; (NH₄)₂SO₄ – 2,0; MgSO₄·7H₂O – 0,025; NaCl – 0,5 va FeSO₄·7H₂O – 0,002 bo‘lgan «K» mineral oziqa muhitida o‘stirildi. Muhitga 1% metanol qo‘shildi, boshlang‘ich pH 7,0 etib belgilandi. Olingan biomassa namunalari tarkibidagi suvda eruvchi B1, B2, B3, B6, B9 va C vitaminlari miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida o‘rganildi. Natijalar O‘rganilgan har ikkala shtamm biomassasida oltita suvda eruvchi vitamin bo‘yicha miqdoriy ko‘rsatkichlar qayd etildi (1-jadval). Birinchi shtammda B1 va C vitaminlari bir xil — 14,68 mkg/g, B6 — 11,86 mkg/g, B9 — 11,49 mkg/g, B3 — 10,30 mkg/g hamda B2 — 1,67 mkg/g qiymatlarda kuzatildi. Ikkinchi shtammda B1 vitamini 15,60 mkg/g bilan nisbatan yuqori, B2 vitamini esa 1,50 mkg/g bilan eng past qiymatni ko‘rsatdi. Boshqa vitaminlar uchun ushbu shtammda B3 — 6,55 mkg/g, B6 — 8,98 mkg/g, B9 — 4,78 mkg/g va C — 10,30 mkg/g natijalar qayd etildi. 1-jadval. Metilotrof bakteriyalar biomassasidagi suvda eruvchi vitaminlar (mkg/g) Vitamin M. dankookense 3HXI M. fujisawaense 1HXI B1 (tiamin) 14,68 15,60 B2 (riboflavin) 1,67 1,50 B3 (niatsin) 10,30 6,55 B6 (piridoksin guruhi) 11,86 8,98 B9 (folat guruhi) 11,49 4,78 C (askorbin kislota) 14,68 10,30 Oltita vitamin yig‘indisi 64,68 47,71 Muhokama Oltita vitaminning ko‘rsatkichlari yig‘indisi M. dankookense 3HXI biomassasida 64,68 mkg/g, M. fujisawaense 1HXI biomassasida esa 47,71 mkg/g ni tashkil etdi. Demak, birinchi shtammda umumiy ko‘rsatkich 16,97 mkg/g yoki 35,6% yuqori bo‘ldi. Birinchi shtamm B2, B3, B6, B9 va C vitaminlari bo‘yicha, ikkinchi shtamm esa B1 vitamini bo‘yicha ustunlik qildi. Eng sezilarli farq B9 vitamini miqdorida kuzatildi: birinchi shtammdagi qiymat ikkinchisiga nisbatan qariyb 2,4 baravar yuqori edi. Vitaminlarning fiziologik vazifalari ham ozuqa qo‘shimchasi uchun muhimdir: B1 uglevodlardan energiya hosil bo‘lishida, B2 va B3 oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, B6 aminokislotalar almashinuvida, B9 esa nuklein kislotalar hosil bo‘lishi va hujayralarning bo‘linishida qatnashadi. C vitamini antioksidant xususiyati bilan ahamiyatlidir. Adabiyotlarda metilotrof mikroorganizmlardan oqsil, vitamin va boshqa qimmatli metabolitlar olish imkoniyatlari ko‘rsatilgan [1–3]. Olingan natijalar vitamin ko‘rsatkichlarining shtammga bog‘liqligini namoyon qiladi va biotexnologik maqsad uchun shtamm tanlashda biomassa tarkibini hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi. Xulosa M. dankookense 3HXI va M. fujisawaense 1HXI shtammlari biomassasi suvda eruvchi vitaminlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari bilan farq qilishi aniqlandi. B1 vitamini bo‘yicha ikkinchi shtamm ustun bo‘lsa-da, oltita vitamin yig‘indisi va B9, B6, B3 hamda C vitaminlari bo‘yicha birinchi shtamm yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Bu holat M. dankookense 3HXI shtammini vitaminlarga boy biomassa olish yo‘nalishida keyingi izlanishlar uchun istiqbolli deb baholash imkonini beradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Tani Y. Methylotrophs for Biotechnology; Methanol as a Raw Material for Fermentative Production. Biotechnology and Genetic Engineering Reviews. 1985;3:111–136. DOI:
  2. 1080/02648725.1985.10647810.
  3. Morinaga Y., Hirose Y. Production of Metabolites by Methylotrophs. In: Methylotrophs: Microbiology, Biochemistry, and Genetics. CRC Press. DOI: 10.1201/9781351074513-4.
  4. Ritala A., Häkkinen S.T., Toivari M., Wiebe M.G. Single Cell Protein—State-of-the-Art, Industrial Landscape and Patents 2001–2016. Frontiers in Microbiology. 2017;8:2009. DOI:

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014732
Nashr sanasi
2026-10-30
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi
Jild
1
Son
8
DOI
10.66073/refocus-conf/3010046
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
179–181
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03