Bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamliligini in vitro sharoitida baholash
Umarova Gulnoza Abdurashidovna1, Babayeva S.S.2, Kimsanova G.A.2026
- 1Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
- 2O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti
KonferensiyalarFundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohiJild 1Son 8Sahifa 167–170
Annotatsiya
Ushbu ishda qurg‘oqchilik stressiga chidamli bug‘doy navlarini saralashda in vitro sharoitidagi laboratoriya usullari hamda to‘qima kulturasidan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot davomida bug‘doyning yetilmagan embrionlari eksplant sifatida olinib, MS oziqa muhitida 2,4-D ta‘sirida embriogen kallus hosil bo‘lishi va regeneratsiya jarayonlari baholandi. Qurg‘oqchilik stressini modellashtirish uchun selektiv muhitda osmotik agentlar sifatida PEG (10%, 20%) hamda Mannitol (10%) birikmalaridan foydalanildi. Natijalar genotiplarning osmotik bosimga chidamliligini tezkor aniqlashda hujayra va to‘qima kulturalari metodining yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatadi.
Boshqa tillarda
ruschaОценка устойчивости пшеницы к засухе в условиях in vitro
В данной статье освещается эффективность использования лабораторных методов in vitro и тканевых культур при отборе сортов пшеницы, устойчивых к засуховому стрессу. В ходе исследования в качестве эксплантов были взяты незрелые зародыши пшеницы, оценивались процессы образования эмбриогенного каллуса под действием 2,4-Д на питательной среде MS и его регенерация. Для моделирования стресса засухи в селективной среде в качестве осмотических агентов использовались соединения ПЭГ (10%, 20%) и маннитол (10%). Результаты показывают высокую эффективность метода клеточных и тканевых культур для быстрой оценки устойчивости генотипов к осмотическому давлению.
inglizchaAssessment of drought tolerance in wheat under in vitro conditions
This article highlights the effectiveness of using in vitro laboratory methods and tissue cultures for selecting wheat varieties resistant to drought stress. In this study, immature wheat embryos were used as explants, and the processes of embryogenic callus formation under the influence of 2,4-D on MS nutrient medium and its subsequent regeneration were evaluated. To simulate drought stress in the selective medium, PEG compounds (10%, 20%) and mannitol (10%) were used as osmotic agents. The results demonstrate the high efficiency of the cell and tissue culture method for rapidly assessing the resistance of genotypes to osmotic stress.
Kalit so‘zlar
- Bug‘doy
- in vitro
- eksplant
- yetilmagan embrion
- kallusogenez
- qurg‘oqchilik stressi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI Respublika ilmiy-amaliy anjumani · Toshkent, 2026-yil 30-oktabr
II BIOTEXNOLOGIYA, MOLEKULYAR BIOLOGIYA VA BIOINFORMATIKA DOI 10.66073/ReFocus-Conf/3010042
BUG‘DOYNING QURG‘OQCHILIKKA CHIDAMLILIGINI IN VITRO SHAROITIDA BAHOLASH Umarova Gulnoza Abdurashidovna 1, Babayeva S.S. 2, Kimsanova G.A. 3 Andijon davlat universiteti 1, 3, O‘zRFA Genetika va O‘EB instituti 2 Annotatsiya: Ushbu ishda qurg‘oqchilik stressiga chidamli bug‘doy navlarini saralashda in vitro sharoitidagi laboratoriya usullari hamda to‘qima kulturasidan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot davomida bug‘doyning yetilmagan embrionlari eksplant sifatida olinib, MS oziqa muhitida 2,4-D ta’sirida embriogen kallus hosil bo‘lishi va regeneratsiya jarayonlari baholandi. Qurg‘oqchilik stressini modellashtirish uchun selektiv muhitda osmotik agentlar sifatida PEG (10%, 20%) hamda Mannitol (10%) birikmalaridan foydalanildi. Natijalar genotiplarning osmotik bosimga chidamliligini tezkor aniqlashda hujayra va to‘qima kulturalari metodining yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Bug‘doy, in vitro, eksplant, yetilmagan embrion, kallusogenez, qurg‘oqchilik stressi. Аннотация: В данной статье освещается эффективность использования лабораторных методов in vitro и тканевых культур при отборе сортов пшеницы, устойчивых к засуховому стрессу. В ходе исследования в качестве эксплантов были взяты незрелые зародыши пшеницы, оценивались процессы образования эмбриогенного каллуса под действием 2,4-Д на питательной среде MS и его регенерация. Для моделирования стресса засухи в селективной среде в качестве осмотических агентов использовались соединения ПЭГ (10%, 20%) и маннитол (10%). Результаты показывают высокую эффективность метода клеточных и тканевых культур для быстрой оценки устойчивости генотипов к осмотическому давлению. Ключевые слова: Пшеница, in vitro, эксплант, незрелый зародыш, каллусогенез, стресс засухи. Abstract: This article highlights the effectiveness of using in vitro laboratory methods and tissue cultures for selecting wheat varieties resistant to drought stress. In this study, immature wheat embryos were used as explants, and the processes of embryogenic callus formation under the influence of 2,4-D on MS nutrient medium and its subsequent regeneration were evaluated. To simulate drought stress in the selective medium, PEG compounds (10%, 20%) and mannitol (10%) were used as osmotic agents. The results demonstrate the high efficiency of the cell and tissue culture method for rapidly assessing the resistance of genotypes to osmotic stress. Keywords: Wheat, in vitro, explant, immature embryo, callusogenesis, drought stress. Kirish Qurg‘oqchilik tez-tez kuzatiladigan, ekinlarning hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omildir. Navlarning qurg‘oqchilikka chidamliligini baholash uchun laboratoriya usulidan foydalanish tez va samaraliroq usul hisoblanadi. Hozirgi kunda o‘simliklarning qurg‘oqchilik kabi tashqi omillarga chidamliligini baholash bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Bunday tadqiqotlarda selektiv muhitda hujayra va to‘qima kulturalaridan foydalanib stress agent sifatida Polietilen glikol (PEG), Mannitol, Sorbitol kabi moddalar ishlatilmoqda [1]. Bunda genotiplarning stressga qarshiligini aniqlash, o‘sishining susayishiga yoki kuchli osmotik bosim ostida baholangan
IQTIBOS UCHUN Umarova G.A., Babayeva S.S., Kimsanova G.A. Bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamliligini in vitro sharoitida baholash // Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 167–170. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/3010042 namunalarning omon qolish ko‘rsatkichi aniqlangan [2]. Kalluslar embriogen va noembriogen turlarga bo‘linadi, noembriogen kalluslarning tashqi ko‘rinishi suvsimon yumshoq tuzilishga ega bo‘lib, o‘simlik hosil qilmaydi [4].
Olib borilgan tadqiqotlardan ma‘lumki, bug‘doy to‘qima kulturasida fitogormonlar konsentratsiyasini optimallashtirish turli xil bug‘doy navlarida va eksplant turlarida, masalan, yetilgan yoki yetilmagan embrionlarda, hosil qiluvchi to‘qimalarida va barg bo‘g‘imlaridan ko‘paytirishda regeneratsiyasi hamda o‘sib rivojlanishi uchun turli xil gormon rejimlari talab qilinadi. Kallus hosil bo‘lishi uchun auksinlar guruhiga kiruvchi 2.4-D gormoni (2.4-dixlorfenoksiatsetat kislota) hujayra bo‘linishi va differensiallashmagan hujayralarning ko‘payishini, kallus massasini hosil qiladi. Normal holatda 2.4-D 2.0-mg/l hisoblanadi, 4.0-mg/l yuqori konsentratsiya bo‘lib, kallus hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Gormonning past konsentratsiyasi (0.5-1.0 mg/l) kallusogenez jarayonining sekinlashuviga olib keladi, bu esa massasiga ham ta‘sir ko‘rsatadi [3].
Ushbu tadqiqotda in vitro sharoitida navlarning embriogen kallus hosil bo‘lishi va undan o‘simlikning qayta tiklanish qobiliyati baholandi. Bug‘doyning yetilmagan embrionlari eksplant sifatida ishlatildi. Yetilmagan embrionlar qorong‘uda 23 ± 1°C da Murashige-Skoog muhitida 7gr agar, 30gr saxaroza va 2 mg/l 2,4-D (boshlang‘ich muhit) o‘z ichiga olgan makro- va mikrotuzlarning to‘liq to‘plami bilan yetishtirildi. Aziz genotipida 30% i noembriogen kallus hosil qildi. Qurg‘oqchilikni keltirib chiqarish uchun, PEG ning 10%, 20% li hamda Mannitolning 10%li konsentratsiyadagi eritmalaridan foydalanildi. 1-jadval. Genotiplarning stressga chidamliligining ko‘rsatkichlari Nazorat PEG 10% PEG 20% Mannito l 10% № Genotip O‘rtacha (sm) V O‘rtac V O‘rtac V O‘rtac V ha ha ha (sm) (sm) (sm) 1 Sharof 156,7±37 23,6 123,3 32,8 36,2± 19,7 64,5± 15,4 ±40,4 7,15 2,23 2 Alekseyevich 159,9±0,76 2,12 69,8± 4,61 27,7± 13,5 61,8± 17,3 0,72 0,84 2,40 3 Aziz 136,2±10,7 7,9 111,6 31,8 34,2± 30,7 90,1± 10,3 ±38,7 10,5 2,09 Natijalar shuni ko‘rsatdiki, embriogen kallus hosil bo‘lishining eng yuqori chastotasi Sharof navida (156,7±37) sm ni hamda Alekseyevich genotipida (159,9±0,76) sm ni tashkil qildi. Aziz genotipida suvsimon tuzilishga ega, ya’ni noembriogen kalluslar (136,2±10,7) sm ekanligi aniqlandi.
A - nazorat B - 20%li PEG 1-rasm. Kalluslarga stress ta’siri Stressdan so‘ng yangi kallus massasining hosil bo‘lishi va kalluslarning eng yuqori omon qolishi Sharof genotipida (36,2±7,15) va eng pasti Alekseyevich genotipida (27,7±0,84) sm qayd etilgan. Shunda stressni keltirib chiqaruvchi Mannitolning 10% li eritmasida Alekseyevich genotipida PEG ning 10% li eritmasiga nisbatan kalluslarning nekrozga uchragani aniqlandi. Xuddi shunday ko‘rsatkich Aziz navida PEG ning 20%li eritmasida kuzatildi. Morfogenezni qo‘zg‘atish maqsadida 60 kundan so‘ng bir xil minerallar va vitaminlar tarkibiga ega bo‘lgan differensialovchi 0.5mg/l gormon bilan to‘ldirilgan muhitda o‘tkazildi va 22- 24°C da yorug‘likda, 16 soatlik fotoperiod bilan o‘stirildi. Eng yaxshi regeneratsiya qobiliyati Sharof genotipida, nazoratda hamda 10%li variantlarida kuzatildi. 20%li PEG berilganda 40% kalluslar nekrozga uchradi. Aziz genotipi stressga chidamsiz bo‘lib, shunda 30% kalluslarning nekrozga uchragani qayd etildi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Бычкова, О. В. (2016). Оценка эффективности морфогенеза и регенерации яровой твердой пшеницы в культуре in vitro. Acta Biologica Sibirica, 2(1), 139-149.
- Бычкова, О. В., Ерещенко, Д. В., & Розова, М. А. (2016). Сравнительная оценка использования зрелых и незрелых зародышей яровой твердой пшеницы в культуре in vitro. Acta Biologica Sibirica, 2(2), 76-80.
- Ismayilova, G., Firdovsi, K. S., & Heybat, M. M. Responses of wheat genotypes to different concentrations of 2, 4-d during in vitro cultivation of immature embryos. In The XIV International Scientific and Practical Conference «Current problems of mankind and ways to solve them», December 02-04, 2024, Munich, Germany. 439 p. Text Copyright© 2024 by the European Conference (https://eu-conf. com/). Illustrations© 2024 by the European Conference. Cover design: European Conference (https://eu-conf. com/). (p. 14).
- Jiménez, V. M., & Bangerth, F. (2001). Endogenous hormone concentrations and embriogenic callus development in wheat. Plant Cell, Tissue and Organ Culture, 67(1), 37-
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014728
- Nashr sanasi
- 2026-10-30
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi
- Jild
- 1
- Son
- 8
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/3010042
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 167–170
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03