Streptomyces rochei IMB/AN RUz shtammi kultura suyuqligi va biomassasi metanolli ekstraktlarining dastlabki fitokimyoviy skriningi
Kosimova Sharifa Shukhratjon kizi, Mamarasulov Bahodir DalikhonovichO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti2026
KonferensiyalarFundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohiJild 1Son 8Sahifa 187–189
Annotatsiya
Streptomyces rochei IMB/AN RUz shtammi kultura suyuqligi va biomassasining metanolli ekstraktlarida ikkilamchi metabolitlarning asosiy guruhlari (fenollar, flavonoidlar, alkaloidlar, steroidlar, taninlar, terpenoidlar va saponinlar) dastlabki fitokimyoviy skrining usulida o‘rganildi.
Boshqa tillarda
ruschaПредварительный фитохимический скрининг метанольных экстрактов культуральной жидкости и биомассы штамма Streptomyces rochei IMB/AN RUz
Методом предварительного фитохимического скрининга изучены основные группы вторичных метаболитов (фенолы, флавоноиды, алкалоиды, стероиды, дубильные вещества, терпеноиды и сапонины) в метанольных экстрактах культуральной жидкости и биомассы штамма Streptomyces rochei IMB/AN RUz.
inglizchaPreliminary phytochemical screening of methanolic extracts of the culture broth and biomass of Streptomyces rochei strain IMB/AN RUz
The main groups of secondary metabolites (phenols, flavonoids, alkaloids, steroids, tannins, terpenoids and saponins) in methanolic extracts of the culture broth and biomass of Streptomyces rochei IMB/AN RUz were examined by preliminary phytochemical screening.
Kalit so‘zlar
- Streptomyces rochei
- metanolli ekstrakt
- fitokimyoviy skrining
- ikkilamchi metabolitlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI Respublika ilmiy-amaliy anjumani · Toshkent, 2026-yil 30-oktabr
II BIOTEXNOLOGIYA, MOLEKULYAR BIOLOGIYA VA BIOINFORMATIKA DOI 10.66073/ReFocus-Conf/3010049
STREPTOMYCES ROCHEI IMB/AN RUz SHTAMMI KULTURA SUYUQLIGI VA BIOMASSASI METANOLLI EKSTRAKTLARINING DASTLABKI FITOKIMYOVIY SKRININGI Qosimova Sharifa Shuxratjon qizi, Mamarasulov Bahodir Dalixonovich O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti, Toshkent, O‘zbekiston Annotatsiya: Streptomyces rochei IMB/AN RUz shtammi kultura suyuqligi va biomassasining metanolli ekstraktlarida ikkilamchi metabolitlarning asosiy guruhlari (fenollar, flavonoidlar, alkaloidlar, steroidlar, taninlar, terpenoidlar va saponinlar) dastlabki fitokimyoviy skrining usulida o‘rganildi. Kalit so‘zlar: Streptomyces rochei, metanolli ekstrakt, fitokimyoviy skrining, ikkilamchi metabolitlar. Аннотация: Методом предварительного фитохимического скрининга изучены основные группы вторичных метаболитов (фенолы, флавоноиды, алкалоиды, стероиды, дубильные вещества, терпеноиды и сапонины) в метанольных экстрактах культуральной жидкости и биомассы штамма Streptomyces rochei IMB/AN RUz. Ключевые слова: Streptomyces rochei, метанольный экстракт, фитохимический скрининг, вторичные метаболиты. Abstract: The main groups of secondary metabolites (phenols, flavonoids, alkaloids, steroids, tannins, terpenoids and saponins) in methanolic extracts of the culture broth and biomass of Streptomyces rochei IMB/AN RUz were examined by preliminary phytochemical screening. Keywords: Streptomyces rochei, methanolic extract, phytochemical screening, secondary metabolites. Kirish Streptomyces avlodi ikkilamchi metabolitlarning muhim manbalaridan biri hisoblanadi [1]. Ushbu avlod vakillari, jumladan S. rochei, o‘simlik kasalliklariga qarshi biologik nazorat va zamburug‘larga qarshi faol birikmalarni o‘rganishga oid tadqiqotlarda ko‘rib chiqilgan [2, 3]. Shu sababli yangi ajratilgan shtammlarning ikkilamchi metabolitlari tarkibini aniqlash ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Metabolitlarning asosiy guruhlarini aniqlashda dastlabki fitokimyoviy skrining qo‘llaniladi; sifat reaksiyalariga asoslangan bu usul keyingi miqdoriy va strukturaviy tahlillar yo‘nalishini belgilashga imkon beradi [4, 5]. Tadqiqotning maqsadi S. rochei IMB/AN RUz shtammi kultura suyuqligi va biomassasining metanolli ekstraktlarida fenollar, flavonoidlar, alkaloidlar, steroidlar, taninlar, terpenoidlar va saponinlar mavjudligini sifat reaksiyalari yordamida dastlabki baholashdan iborat. Material va metodlar Tadqiqot obyekti – tuproqdan ajratilgan S. rochei IMB/AN RUz shtammi. Shtamm oat meal broth (suli bulyoni) muhitida 28 °C da, 150 ayl./daq. tezlikda sheyker-inkubatorda 7 kun davomida o‘stirildi. Kultura sentrifugalash yo‘li bilan kultura suyuqligi va biomassaga ajratildi; ularning har biri alohida metanol bilan ekstraksiya qilindi; ekstraktlar rotor-bug‘latgichda vakuum ostida 40 °C da quyuqlashtirildi va sifat reaksiyalari standart usullar orqali o‘tkazildi [4, 5].
IQTIBOS UCHUN Qosimova Sh.Sh., Mamarasulov B.D. Streptomyces rochei IMB/AN RUz shtammi kultura suyuqligi va biomassasi metanolli ekstraktlarining dastlabki fitokimyoviy skriningi // Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 187–189. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/3010049
Fenol: ekstrakt namunasiga 1 ml steril distillangan suv va 1 ml 5% li FeCl₃ eritmasi qo‘shildi; to‘q yashil rang ijobiy natija hisoblandi.
Tanin: 30 mg ekstrakt 2 ml metanolda eritilib, 4000 ayl./daq. tezlikda 10 daqiqa sentrifugalandi; supernatantning 1 ml ga 15% li FeCl₃ qo‘shildi. Qoramtir-yashil yoki ko‘k-qora rang ijobiy natija hisoblandi.
Flavonoid: ekstraktning 2 ml (70–80%) eritmasiga NaOH qo‘shilib, sentrifugalandi (4000 ayl./daq., 10 daq.); supernatantga 1% li HCl qo‘shilganda sariq rangning asta-sekin yo‘qolishi ijobiy natija hisoblandi.
Alkaloid: 15 mg ekstrakt 1 ml (80%) erituvchida eritilib sentrifugalandi; supernatantga 1 ml 1% li HCl va 2 tomchi Vagner reaktivi qo‘shildi; qizg‘ish-jigarrang cho‘kma ijobiy natija hisoblandi.
Steroid (Salkovskiy reaksiyasi): 10 mg/ml ekstraktning 1 ml ga 500 mkl xloroform va 1 ml konsentrlangan H₂SO₄ qo‘shildi; qizg‘ish-jigarrang rang ijobiy natija hisoblandi.
Terpenoid: 50 mg ekstrakt 1 ml xloroformda eritilib quritildi, 1 ml 96% li H₂SO₄ qo‘shilib, 75 °C da 2 daqiqa isitildi; kulrang hosila ijobiy natija hisoblandi.
Saponin: ekstrakt namunasiga 2 ml distillangan suv qo‘shilib, 25 °C da vorteksda 30 soniya intensiv chayqatildi; barqaror ko‘pik hosil bo‘lishi ijobiy natija hisoblandi. Natijalar va muhokama O‘tkazilgan dastlabki fitokimyoviy skrining natijalari S. rochei IMB/AN RUz shtammining kultura suyuqligi va biomassa metanolli ekstraktlarida ikkilamchi metabolitlarning tarqalishi o‘ziga xos xarakterga ega ekanligini ko‘rsatdi. Kultura suyuqligi ekstraktida fenollar, flavonoidlar, alkaloidlar, steroidlar, taninlar va terpenoidlar mavjudligi qayd etildi. Biomassa ekstraktida esa flavonoidlar, alkaloidlar, steroidlar, taninlar va terpenoidlar aniqlangan bo‘lsa-da, fenollar va saponinlar guruhi qayd etilmadi (1-jadval).
1-jadval. S. rochei IMB/AN RUz shtammi metanolli ekstraktlarining fitokimyoviy skrining natijalari Birikma guruhi Test (reagent) Kultura suyuqligi Biomassa ekstrakti ekstrakti Fenollar FeCl₃ + − Flavonoidlar NaOH, HCl + + Alkaloidlar Vagner reaktivi + + Steroidlar Salkovskiy (xloroform + + + H₂SO₄) Taninlar FeCl₃ + + Terpenoidlar Xloroform + H₂SO₄ + + Saponinlar Distillangan suv − − (ko‘pik testi)
Izoh: (+) – aniqlandi; (−) – aniqlanmadi.
Fenolli birikmalarning faqat kultura suyuqligida aniqlanishi S. rochei IMB/AN RUz shtammi ushbu metabolitlarni hujayra tashqarisiga (ekstrasellyulyar) ajratishini ko‘rsatadi. Ekstraktlarda flavonoidlar, alkaloidlar, steroidlar va terpenoidlarning mavjudligi shtammning antimikrob, sitotoksik va antifungal faollikka ega birikmalar manbasi bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi [1, 3]. Keyingi bosqichlarda ushbu birikmalarning kimyoviy tuzilishi va miqdorini aniqlash uchun YSSX hamda mass-spektrometrik tahlillarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Xulosa Streptomyces rochei IMB/AN RUz shtammining kultura suyuqligi va biomassa ekstraktida flavonoidlar, alkaloidlar, steroidlar, taninlar va terpenoidlar guruhlari aniqlandi. Fenolli birikmalar faqat kultura suyuqligi ekstraktida aniqlangan bo‘lib, biomassa tarkibida ularning yo‘qligi shtammning ekstrasellyulyar ajratish xususiyatini ko‘rsatadi. Saponinlar guruhi esa o‘rganilgan har ikkala ekstraktda ham aniqlanmadi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Alam K., Mazumder A., Sikdar S., Zhao Y.-M., Hao J., Song C., Wang Y., Sarkar R., Islam S., Zhang Y., Li A. Streptomyces: The biofactory of secondary metabolites. Frontiers in Microbiology. 2022;13:968053. DOI: 10.3389/fmicb.2022.968053
- Zhu C., Li X., Gao Y., Yang X., Gao Y., Li K. Potential of Streptomyces rochei G-6 for biocontrol of cucumber wilt disease and growth enhancement. Journal of Fungi. 2024;10(12):885. DOI: 10.3390/jof10120885
- El-Akshar E.A., Abou-Aly H.E., Tewfike T.A., El-Meihy R.M. Characterization of promising antifungal bioactive compounds from endophytic actinobacterium, Streptomyces rochei OM182844. Egyptian Academic Journal of Biological Sciences, G. Microbiology. 2022;14(2):29–39.
- Mboneye A., Onchweri A.N., Neeza T., Odoma S. Preliminary phytochemical screening and quantitative analysis of methanol leaf extract of Erlangea tomentosa (Oliv. & Hiern) S.Moore (Asteraceae). Journal of Tropical Pharmacy and Chemistry. 2023;7(1). DOI:
- Ranaweera C.B., Maheshwaran L., Nadarajah L., Senadeera S.P.N.N., Chandana A.K., Pathirana R.N. Phytochemical testing methodologies and principles for preliminary screening/qualitative testing. General Sir John Kotelawala Defence University Repository. 2024. URL: http://ir.kdu.ac.lk/handle/345/7592
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014735
- Nashr sanasi
- 2026-10-30
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi
- Jild
- 1
- Son
- 8
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/3010049
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 187–189
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03