Юсупова Ранохон Камолхановна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada o‘zbek auditoriyasida rus tilining rod (jins) kategoriyasini o‘rganishdagi qiyinchiliklar haqida so‘z boradi, chunki ona tili bo‘lgan o‘zbek tilida rod kategoriyasi mavjud emas.
Атамирзаева Камила Алишеровна, Мирзарахимова Мухлиса Илхомжон кизи · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada rus tilining bugungi hayotimizdagi o‘rni, uni rivojlantirish uchun dolzarb bo‘lgan pedagogik metod va qoidalar hamda ularning rus tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonida samarali qo‘llanilishi bayon etilgan.
Sojida Saparbayeva · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada Qo‘chqor Norqobil asarlaridagi urush mavzusi yoritib berilgan. Adib asarlaridagi obrazlar tizimi tahlil etilgan.Obrazlar ichki kechinmalari haqida umumiy ma‘lumot berilgan.
Kadirov Abdumalik Matkarimovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda sanoat korxonalarida avtomatlashgan boshqaruv tizimini iqtisodiy asoslari yoritilgan. O‘zbekistonda sanoat korxonalarining boshqaruvida raqamli strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etishga qaratilgan turli yondashuvlar tadqiq qilingan va muallifning ilmiy va amaliy xulosalari shakllantirilgan.
Avezov Hikmatjon Kenjayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
maqolada Buxoro xonligi va Xorazm xonliklari o‘rtasidagi savdo va iqtisodiy a‘loqalarning Buyuk ipak yo‘li jahon savdosi uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bir davrda va xonliklar o‘rtasida sulolaviy nizolar avj olgan bo‘lishiga qaramasdan savdo-sotiq aloqalarining olib borilishi tahlil qilinadi.
Мунаввархонов Зокирхон Тохирхон угли, Соаталиев Диербек Баходир угли · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada transport oqimlarini modellashtirishga oid yondashuvlar ko‘rib chiqiladi, shu bilan birga, bunday tizimlarni ishlab chiqish dolzarb talablardan va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Мизамов Фуркат Очилович, Файзуллаев Охунжон Мухтор угли · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Tugunli buqoq bilan og‘rigan bemorlarni davolashning uzoq muddatli natijalarini o‘rganish asosida tugunli buqoqning turli morfologik shakllarida jarrohlik aralashuvining maqbul hajmi aniqlandi. Jarrohlik davolashning yetarli hajmlari gemistrumektomiya, qalqonsimon bezning nihoyatda subtotal rezeksiyasi va tireoidektomiya hisoblanadi. Yetarli o‘rnini bosuvchi tireoid terapiya o‘tkazilganda bajarilgan jarrohlik aralashuvlardan keyingi qaytalanishlar soni keskin kamayadi. Qaytalanishlarning eng yuqori foizi (4,7%) tugunli buqoqning morfologik shaklidan qat‘i nazar qalqonsimon bez tugunini tejamkor rezeksiya qilish va enukleatsiya qilishda aniqlandi.
D.B. Vaxobov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ушбу мақолада, пара спорт турлари бўйича мурабийлларни тайёрлаш ва малакасини оширишда тренер-ўқитувчиларнинг касбий-компитентлигини ривожлантириш пара спорт турлари мураббийларининг касбий компетенциясини турли хил замонавий технологиялар асосида ўстиришни такомиллаштиришга урғу берилган
Мизамов Фуркат Очилович, Файзуллаев Охунжон Мухтор угли · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Qorin bo‘shlig‘i a‘zolariga o‘tkaziladigan operatsiyalar sonining barqaror o‘sishi va ularning hajmi kengayishi qonuniy ravishda o‘tkir ichak tutilishi (OIT) bilan og‘rigan bemorlar sonining tobora ortib borishi bilan kechadi.
Aziza Khasanova · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada men sizga sinfda fonikani samarali o‘qitish yo‘llari haqida aniq tasavvur berishni istayman, shuningdek, bir qator taktikalar va amalda sinalgan tavsiyalarni taqdim etaman. "Fonika" atamasi alifbo tuzilishi haqidagi bilim va ko‘nikmalar majmuini anglatadi. Ushbu maqolada qo‘llanilganidek, fonika - o‘quvchining fonematik idrokini hamda bu tovushlar bilan ularni ifodalash uchun alifbo harflaridan foydalanish usullari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunishini oshirish orqali uni o‘qishga o‘rgatish jarayonidir. Yaxshi o‘qish uchun va o‘qish bilan yozuv o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish uchun bu tushunish hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘quvchilar fonikadan mustahkam poydevorga ega bo‘lgan holda juda tez mustaqil, salohiyatli yozuvchilarga va o‘ziga ishongan kitobxonlarga aylanishlari mumkin.
Ibragimova M, Yunusaliyeva M, Xaydarov Eldor, Xaydarova D.R., Abdullayev Sh.V. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada qizil komposit bo yoq olishda amarant o simligi guli va rutin moddasi olingan. Ekstraksiy 30% etanol limon kislota ishtirokida o tqazilgan. Selikogeldagi kolonkada kompozit bo yoq ajratilgan, yupqa qatlamli xromatografiya orqali bo yoq identifikaziyalangan.
Yuldasheva S. Sh., Xaydarova X.N., Ermatov B. E o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishi oqibatida Chorvoq suv ombori atrofi landshaftlarda, o‘simlik qoplami keskin kamayib bormoqda. Atrof-muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, uning ifloslanish darajasining doimiy monitoringini olib borish, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga ta‘sirini organish maqsadida Chorvoq suv ombori atrofida keng tarqalgan ayrim daraxt turlarining botanik tasnifi maqolada yoritilgan
Юлдашева Лола · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada badiiy matn hamda o‘rgatuvchi, bilish va kommunikativ vazifalarni bajaradigan, nutqiy va til kompetensiyalarini shakllantiradigan hamda rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda tashkil etuvchi asos bo‘lib xizmat qiladigan mutaxassislik tili matni haqida so‘z boradi. Mutaxassislik tili matni ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarda o‘quv yoki kasbiy sohada muloqot qilish uchun zarur bo‘lgan maxsus nutqiy ko‘nikma va malakalar shakllanadi.
Misirov Komoliddin Mamasabirovich, Nazarov Abdukarim Kusharovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarda sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish hozirgi holatini takomillashtirish asosida mamlakatlarning byudjet daromadlari barqarorlashtirish, soliq nazoratining sinalgan hamda zamonaviy vositalarini qo‘llash, soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlari ixtiyoriy bajarilishi, soliq intizomini rag‘batlantirish, risk boshqaruv tizimi vositasida baholash va tadbirkorlik hamda investitsiya muhiti har tomonlama rivojlanishini ta‘minlash o‘z aksini topgan.
И.Б. Каримов, Р.П. Бабаходжаев · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada zamonaviy intensifikator konstruksiyalarining afzallik va kamchiliklari ko‘rib chiqilgan hamda ular orasidan O‘zbekiston hududida foydalanish uchun qulay bo‘lgan intensifikator tavsiya etilgan.
Yuldasheva Dilafruz Maxamadaliyeva, Xolmatova Yodgoroy Baxtiyorjon qizi, Eraliyeva Zamira Rasuljonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Mazkur maqolada kontsept olam idrokida faol harakatlanuvchi, uning ongida mental tarzda namoyon bo‘luvchi, til sohiblarining dunyoqarashi, milliy-etnik xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi birlik ekanligi “Bolalik” kontsepti misolida yoritildi.
M.O.Xayrullayeva · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Nom tarkibidagi morfologik qurilish uning leksik-semantik xususiyatlarini aniqroq, batafsilroq bayon etishga ko‘maklashadi. Shu jihatdan qaraganda, Vobkent tuman toponimiyasidagi geografik obyekt nomlari so‘z qurilishi jihatdan ham rang-barangligini kuzatish mumkin. Bunda faqat bir asosdan, asos va qo‘shimchadan, asos va asosdan tashkil topgan holatlari kuzatiladi. Shu jumladan, toponimlarning sodda va murakkab turlari ham ahamiyatli hisoblanadi. Bu maqolada, aynan, mana shu sodda toponim va murakkab toponimlarni tahlilga tortamiz.
Nizomova Zarifa Kamoliddin qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada paralingvistik vositalar haqida qisqacha ma‘lumot berilgan hamda ularning o‘rganilish darajasi va ahamiyati ochib berilgan. Murojaatda noverbal shakllari ham keng tahlil qilingan. Shuningdek, lingvistik va nolingvistik aloqalar, ular o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sir va qarama-qarshiliklar, ma‘lum ta‘svirni yaratish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Muloqot jarayonida noverbal vositalarning xususiyatlar masalasi ham yoritilgan.
Мирзаюлдашев Н.Ю, Исаков Б.М, Давлатов Б.Н, Мамадалиев А.Б, Хакимов М.Н · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Avval kalla-miya jarohati sababli operatsiya qilingan, kalla gumbazi suyaklari nuqsonlari bo‘lgan 67 nafar bemorni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalari tahlil qilindi. Suyak nuqsoni o‘lchamiga bog‘liq holda operativ davolashga ko‘rsatmalar keltirilgan. Suyak-plastik material sifatida titan to‘r, suyakning 3D rekonstruksiyasi va uglerodli kompozit material qo‘llanilgan. Aksariyat hollarda yaxshi natija olindi - 86,5%.
Ma‘muraxon Otaxonova · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqola tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri fe‘l semantikasiga bag‘ishlangan va fe‘l semantikasi tadqiqi yuzasidan bajarilgan ishlar tarixiga qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Ularning ushbu mavzuga bog‘liq jihatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘zbek adabiy tilidagi eng murakkab va ko‘plab ilmiy tadqiqotlar ob‘ekti bo‘lgan fe‘l so‘z turkumining muhim qirrasiga e‘tibor qaratilgan, fe‘l semantikasiga boshqa rakursdan qarash nazarda tutilgan. Sistem-struktur va kognitiv tilshunoslikda fe‘l so‘z turkumi, fe‘l semantikasi tadqiqida yangi jihat o‘rganilgan. Fe‘l so‘z turkumining semantik tadqiqi, fe‘llarni mavjudlik semasiga ko‘ra tasniflash va kontekstual analiz qilish maqsad qilib olingan. Maqolada o‘zbek adabiy tilidagi mavjud emaslik(yo‘qolish) ma‘nosini ifodalovchi fe‘llarning qo‘llanilish imkoniyatlari yoritiladi va fe‘llar mavjudlik xususiyatiga ko‘ra tasniflanadi. Tezkor rivojlanishlar davrida o‘zbek adabiy tili fe‘llari imkoniyatlarining yana bir muhim qirrasiga e‘tibor qaratiladi.