O‘ZBEK MULOQOTIDA MUROJAATNING NOVERBAL SHAKLLARI
Nizomova Zarifa Kamoliddin qiziNamangan davlat universitet filologiya fakulteti II kurs magistranti2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 2Sahifa 215–220
Annotatsiya
Maqolada paralingvistik vositalar haqida qisqacha ma‘lumot berilgan hamda ularning o‘rganilish darajasi va ahamiyati ochib berilgan. Murojaatda noverbal shakllari ham keng tahlil qilingan. Shuningdek, lingvistik va nolingvistik aloqalar, ular o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sir va qarama-qarshiliklar, ma‘lum ta‘svirni yaratish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Muloqot jarayonida noverbal vositalarning xususiyatlar masalasi ham yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaНЕВЕРБАЛЬНЫЕ ФОРМЫ ОБРАЩЕНИЯ В УЗБЕКСКОМ ОБЩЕНИИ
В данном статье представлен краткий обзор паралингвистических средств, их уровня изученности и значимости. В приложении также подробно анализируются невербальные формы. Также обсуждаются языковые и внеязыковые отношения, взаимодействия и противоречия между ними, возможности создания определенного образа. Также освещается вопрос о характеристиках невербальных средств в процессе общения.
inglizchaNONVERBAL FORMS OF ADDRESS IN UZBEK COMMUNICATION
The article provides a brief overview of paralinguistic tools and their level of study and importance. In the application, non-verbal forms are also extensively analyzed. Linguistic and non-linguistic and non-linguistic relations, interactions and contradictions between them, possibilities of creating a certain image are also discussed. The question of the characteristics of non-verbal means in the process of communication is also covered.
Kalit so‘zlar
- Noverbal muloqot
- noverbal vositalar
- noverbal shakl
- lingvistik va nolingvistik aloqa
- jestlar
- imo-ishoralar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
OʻZBEK MULOQOTIDA MUROJAATNING NOVERBAL SHAKLLARI Nizomova Zarifa Kamoliddin qizi Namangan davlat universitet filologiya fakulteti II kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo. 7709335 Annotatsiya. Maqolada paralingvistik vositalar haqida qisqacha ma’lumot berilgan hamda ularning o‘rganilish darajasi va ahamiyati ochib berilgan. Murojaatda noverbal shakllari ham keng tahlil qilingan. Shuningdek, lingvistik va nolingvistik aloqalar, ular o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va qarama-qarshiliklar , ma’lum ta’svirni yaratish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Muloqot jarayonida noverbal vositalarning xususiyatlar masalasi ham yoritilgan. Kalit so‘zlar: Noverbal muloqot, noverbal vositalar, noverbal shakl, lingvistik va nolingvistik aloqa, jestlar, imo-ishoralar. NONVERBAL FORMS OF ADDRESS IN UZBEK COMMUNICATION Abstract. The article provides a brief overview of paralinguistic tools and their level of study and importance. In the application, non-verbal forms are also extensively analyzed. Linguistic and non-linguistic and non-linguistic relations, interactions and contradictions between them, possibilities of creating a certain image are also discussed. The question of the characteristics of non-verbal means in the process of communication is also covered. Key words: Nonverbal communication, nonverbal means, nonverbal form, linguistic and nonlinguistic communication, gestures, gestures. НЕВЕРБАЛЬНЫЕ ФОРМЫ ОБРАЩЕНИЯ В УЗБЕКСКОМ ОБЩЕНИИ Абстракт. В данном статье представлен краткий обзор паралингвистических средств, их уровня изученности и значимости. В приложении также подробно анализируются невербальные формы. Также обсуждаются языковые и внеязыковые отношения, взаимодействия и противоречия между ними, возможности создания определенного образа. Также освещается вопрос о характеристиках невербальных средств в процессе общения. Ключевые слова: Невербальная коммуникация, невербальных средства, невербальная форма, языковая и неязыковая коммуникация, жесты.
Kirish Oʻzbeklar muloqot odatida murojaatning bir qancha noverbal shakllari mavjud: qoʻlini suhbatdosh yelkasiga (orqadan kelganda), qoʻliga (yonma yon turganda) tekkizish, qoʻl bilan niqtab koʻrsatish (koʻpchilikdan ajratish uchun), boshni ichki tomonga irgʻash(yoniga chorlash uchun) kabilar, shuningdek, bir qator lugʻaviy ma’nosiz tovushlar tizimi (tamoq qirish, hushtak chalish...) hamda yuklamalar ham murojaatni ifodalay oladi: hey, huy, hoy, ey...kabi. Shuni ta’kidlab oʻtish kerakki, murojaatning bu shakllari mukammal muloqotda oqlanmaydi: mensimaslik, hurmatsizlik kabi pragmatik tus beradi. Masalan: “ – Hoy, dedi u oʻn qadamcha nariga borib qolgan Matqovul orqasidan. Matqovul toʻxtadi. Mirshabning osilib turgan qovogʻini, yuzidan tomib turgan zaharini koʻrib, Matqovul allaqanday boʻlib ketdi... -Bu yoqqa kel, - deb oʻshqirdi mirshab, oldidagi katta odam emas-u, yosh boladek”.(Mirzakalon Ismoiliy. Fargʻona tong otguncha.) Bunday shakllar turlicha konsituatsiyalarda aktual boʻlgan holatlar koʻp uchraydi. Quyidagi parchaga e’tibor beraylik: “Mingboshi gapni nimadan boshlashni bilmay yerga uzoq tikilib turdi. Keyin boshini ogʻir koʻtarib Gʻulomjonga qaradi. Gʻulomjon soʻz navbati oʻziga kelganini angladi.” (Mirzakalon Ismoiliy. Fargʻona tong otguncha.) Bu konsituasiyada mingboshi
Gʻulomjonga tuhmat qilgan va tuhmatini isbotlay olmagan. Uning Gʻulomjonga soʻz bermay iloji yoʻq, biroq uning ismini aytgisi ham yoʻq. Shuning uchun koʻz ifodasi bilan murojaat qilmoqda. Yana bir holat: Shayxulislom cho‘qqi soqolini ushlab, bosh chayqadi va go‘yo saroy ahli eshitishini istamaganday: -Dorussaltanatga qaytmoq darkor, onhazratim!- dedi sekin. (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi” romani) Bu oʻrinda shayxulislomning mudhish voqeaga bo‘lgan ishorasi aks etgan. Matnda nolisoniylikka boʻlgan lingvosentrik yondashuv mavjud boʻlib, u nolisoniy vositalarni lisoniy vositalar va ularning oʻzgarishlari uchun toʻldiruvchi vositalar sifatida oʻrganishni nazarda tutadi. Ushbu nuqtayi nazarni yirik tilshunos olimlar Emil Benvenist va Rey Berdvistellar rivojlantirdi. Rey Berdvistelning fikricha, tana harakatlari sistemasini oddiy tana harakatlari alifbosiga oʻxshatish mumkin. Berdvistel ularni semiotik sistemaning tarkibiy qismlari – kinemalar va lisoniy gap, jumlalar qurilishi tamoyili boʻyicha tana harakatlarini birlashtirib turuvchi «jumlalar» deb nomladi. Ushbu farazni kamunum deyish mumkin: koʻp bosqichli sistema faqat tilning semiotik sistemasiga xosdir va harakatlarning ketma-ketligi, ekvivalent lisoniy jumla, shu bilan birga erkin semiotik belgining mohiyati haqida gapirish, mantiqsizdir. Axborotni imo-ishora va ohang vositalari orqali uzatish diskursli kontekstda amalga oshadi va ushbu vositalar alohida mustaqil ma’noni kam tashish xususiyatiga ega1. Nolisoniy muloqotni oʻrganish jarayonida mimika, imo-ishora va tana harakatlarini oʻrganish tarixi, insonning imo-ishoralar, tana harakatlari, yuzi ifodalari, koʻzlarining harakati yordamida turli ruhiy holatlarini namoyon qila olishi, ularni nazorat qila olishi va boshqarishini asosiy muammo sifatida tadqiq qilish oʻta qiziqligi bilan diqqatni jalb etadi. Muloqot ishtirokchilari uchun so‘zlovchining ovozi va imo-ishoralari, yuz ifodalari, so‘zlashuv jarayonida foydalanadigan so‘z birikmasi ham muhimdir. Ushbu vositalar bilan ifodalangan hissiy ma’lumotlar intellectual jihatdan qo‘shimcha bo‘lib, har qanday aloqa jarayonining majburiy elementini ifodalaydi, ko‘pincha bu jarayonni aniqlaydi. Insonning atrofmuhit bilan o‘zaro ta’siri muayyan hissiy bo‘yoqqa ega. Muloqot jarayonida kommunikantlarning his-tuyg‘ulari tabiiy ravishda namoyon bo‘ladi2. Hozirda lisoniy va nolisoniy muloqot, ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar va ziddiyatlar hamda ma’lum bir imidjni yaratish maqsadida qaysidir odatiy imo-ishoralar va harakatlarni oʻzgartirishga qaratilgan imkoniyatlarga doir masalalarni tadqiq qilish oʻta dolzabrdir. Zamonaviy ilm-fanda tana tilini oʻrganish tarixi, imo-ishoralarning batafsil tasnifi va ichki ruhiy holatning boshqa nolisoniy koʻrinishlariga oid tafsilotlar keltirilgan. Nolisoniy muloqot nutqni idrok qilish jarayoninig asosini tashkil etadi. Chunki notiqning nutqini nafaqat tinglashadi, balki uni muhokama ham qilishadi. Oʻzbeklar muloqotida nafaqat gapiruvchining nolisoniy vositalari, balki tinglovchining nolisoniy vositalari ham muhim oʻrin tutadi. Jonli suhbatda (dialog) bir-birlarini koʻrib turgan suhbatdoshlar uchun nolisoniy vositalar yordamida faol tinglash usullarining bir qancha variantlari mavjud, masalan: 1. Tinglovchi va manfaatdor kishi. Manfaatdor kishi stul suyanchigʻiga suyanmay, oldinga suhbatdoshiga sal egilib oʻtiradi. Suhbatdoshning yoshi katta boʻlsa, boshini egadi.
http://dissertations.tversu.ru/system/dissertations/theses/. Аҳмедов Б.Р. Проксемиканинг гендерологик хусусиятлари. “Ўзбекистонда илмий-амалий тадқиқотллар” мавзусидаги республика 27-кўп тармоқли илмий масофавий онлайн конференсияси. 35-37-бетлар
2. Suhbat mavzusiga qiziqib qolgan tinglovchi quloqlarini suhbatdoshiga yoʻnaltirib oʻtiradi. 3. Suhbat paytida boshqa ishlarga chalgʻishga yoʻl qoʻymaslik kerak. 4.Tabassum-suhbatdosh bilan muloqot qiziqarli va ishonchli bo‘layotganini ko‘rsatadi. Ushbu mulohazalarni umumlashtirish orqali «mukammal tinglovchi» qiyofasini chizish mumkin. Mukammal tinglovchi yot va begona ishlarga chalgʻimaydi, ular bilan mashgʻul boʻlmaydi ham, soatiga tinimsiz qarashdan oʻzini saqlaydi, suhbatdoshi koʻzlariga bezor qiladigan, asablariga tegadigan darajada qaramaydi. Bunday odamlar oʻzini suhbatga qiziqayotgan, undan manfaatdor kishilardek qilib koʻrsatadi, suhbat jarayonida suhbatdoshiga juda qisqa, muxtasar savollar beradi, oʻrinli hissiy (emotsional) hayajonlar, undashlar bilan javob beradi, oʻz hayajonlarini bildiradi, hazillar boʻlganda, kuladi. Agarda muloqot jarayonida suhbatdoshlardan biri qo‘lini og‘ziga solsa, sochini tekislasa, tamoq qirsa va bir xil ishoralarni doimiy takrorlasa bu uning hurmatsizlik va madaniyatsizlik madaniyati xarakterga ega ekanligidan dalolat beradi. Telefon orqali boʻlayotgan muloqot jarayonida butun bir noverbal muloqotning ma’no yuki undovlar, tovushlar va boshqalar yordamida faol tinglash, eshitishga yuklanadi. Bunday holatlarda suhbatdosh imkon darajasida oʻzini telefon oldida turganday, tinglayotganday va axborotlar mazmun-mohiyatini anglab, o‘qib qabul qilayotganday qilib koʻrsatadi. Shu bilan birga u faol tinglash jarayonida suhbatdoshi gaplarini boʻlmasdan savollari, undov soʻzlarini suhbat jarayonida gaplar orasida hosil boʻlgan toʻxtamlar paytida berish bilan bir vaqtda his-hayajonlarini ham bildirishga intiladi. Mukammal tinglovchining asl qiyofasiga qarab uning aksi boʻlgan nomukammal tinglovchi qiyofasini ham chizish mumkin. Nomukammal tinglovchi qiyofasini taxmin qilish oson. Bunday odam suhbatdoshini mutlaq sukut saqlab yoki boshqa narsalarga chalgʻigan, oʻz ishlari bilan band holda tinglashi mumkin. Bu esa suhbatdoshni koʻngilsiz, noxush, yoqimsiz, sovuq, yomon, xunuk vaziyat – muloqotdagi noqulaylikka olib kiradi. Bunday noxush vaziyatda nomukammal tinglovchi bilan suhbatdosh yaxshi, chiroyli suhbat qura olmaydi, u bilan til topisha olmaydi, suhbatga torta olmaydi. Nomukammal tinglovchining yoqimsiz xulq-atvorli boʻlishining sababi uning ushbu muloqotdan toʻliq manfaatdor emasligi, oʻz ishiga toʻliq berilib ketishidir. Masalan, suhbat paytida u oʻz kompyuterida oʻynashi, elektron pochtasini titkilashi, yoki koʻngilochar saytlarni birma-bir koʻzdan kechirishi hamda shu vaqtning oʻzida telefon orqali muloqotda boʻlishi mumkin. Telefon orqali suhbatda bunday tinglovchi muloqotning boshidan oxirigacha jim turishi (oʻzining boshqa biror bir ishlari bilan mashgʻul boʻlishi), toʻgʻridan-toʻgʻri savol berilganda, nooʻrin javob qaytarishi uning suhbatdan, unga berilayotgan savoldan hech qanday manfaat koʻrmayotganligini koʻrsatadi. Mukammal tinglovchi strategiyasi bir qator sabablarga koʻra manfaatli, foydaliroq. Birinchidan, bunday tinglovchi oʻz suhbatdoshida yoqimli hislarni qoldiradi va shu bilan birga u bilan muloqotga kirishish qulay va yoqimli boʻladi, demak, muloqotni bemalol suhbatlashib davom ettirish istagi paydo boʻlishi ham mumkin. Rasmiy ish muloqoti doirasida olib borilgan suhbatning foydali natijasi, soʻzlashuvchi fazilatlari, shaxsiy jozibasi, xususan tinglay bilish madaniyatiga bogʻliqdir. Mukammal tinglovchi muvaffaqiyatga erishishning koʻplab imkoniyatlariga ega. Ushbular kasbiy muloqot −xizmat doirasidan kelib chiqib, koʻplab odamlarni qabul qilish, ularga xizmat koʻrsatish va ular bilan bevosita ishlash vakolatiga ega boʻlgan ma’lum bir kasb egalari: tibbiyot, ta’lim, ishonch xizmati xodimlari va boshqalarga ham taalluqlidir.
O‘zbek xalqida og'zaki bo'lmagan muloqotni haddan tashqari va izchil ishlatish va bunday ramziy imo- ishoralar insonning ijtimoiy va madaniy holat kambag'al, past ekanligini ko'rsatadi. Shuning uchun bunday odamlar kamdan- kam hollarda yaqin atrofdagi odamlar bilan chiqishib keta olishadi va ularni ommaviy axboratlarda deyarli uchratmaysiz. Faol tinglash shaxslararo muloqotda ham foydalidir. Chunki odam oʻz diqqat-e’tibori va suhbatdan manfaatdor ekanligini namoyish qilishi orqali koʻplab doʻstlar orttiradi, nomukammal, ya’ni diqqat-e’tiborsiz, qiziqishlari yoʻq tinglovchidan koʻra muloqot orqali yoqimli tanishuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshiradi. O‘zbek xalqidagi kasbiy ishlarda ham noverbal vositalarnong o‘rni juda katta ro‘l o‘ynaydi. Masalan: o‘qituvchilik kasbida ustoz o‘quvchilarga yanfi mavzuni tushuntirib berayotgan vaqtda pedagogik mahoratga albatta, e’tiborli bo‘lgan holda o‘quvchilarga teskari bo‘lmagan holatda, qo‘llari bel sohasidan pastlamagan va yelka qismidan ko‘tarilmagan holda mavzuni yoritish kerak. Shu jarayonda biror o‘quvchisiga tanbeh bermoqchi bo‘lsa, ko‘z harakatlaridan yoki ovoz tonini ma’lum miqdorda ko‘targan holatda anglatib o‘tadi. Hozirgi vaqtda o‘qituvchi o‘quvchilarni faniga qiziqtirish uchun quyidagi noverbal vositaga oid so‘rovnomalardan foydalanmoqda:
Tibbiyot sohasida noverbal vositalarning o‘rni ham o‘ziga xos xususiyatlarni o‘zida kasb etadi. Bemor butunlay kasal bo'lganida, hamshira u bilan muloqotga kirishadi, unda psixologik jihatdan motivatsiya berishga harakat qiladi. Agar hamshira bilan bemor bir jins vakillari bo‘lsa, qo‘llar orqali yupatib teginishi, pediatriyada chaqaloqlar baland ovozda yig'laganda, hamshira ularni muloyimlik bilan silashi mumkin va natijada bolalarda sevgi,xavfsizlik kabi tuyg'ular paydo bo'ladi. Reklamalar- o‘zbek reklamalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, oziq-ovqatlar asosan islom dinidan kelib chiqqan holda reklama qilinadi. Masalan: “To‘xta Niyoz “ ota nomli
dudlangan go‘shtning qadog‘ida va reklamasida holollikni bildirish uchun molni rasmi tushirilgan bo‘ladi. Telefon orqali suhbatlarda murojaatni ifodalovchi oʻziga xos imo-ishoralar boʻlmaydi. Ayrim tadqiqot ishlarida muloqot jarayonida imo-ishoralarning nimalarga qodirligi koʻrsatib berilgan: Imo-ishoralardan tashqari, nolisoniy muloqotda supersegment birliklardan biri – ohangning qoʻllanishi ham muhim ahamiyatga ega. Kommunikativlik ohangning birinchi va asosiy vazifasidir. Ohang yordamida jumlalarning maqsadlari aniqlashadi. Demak, ohang jumlalarni maqsadiga koʻra – savolni javobdan, tasdiqdan va boshqalardan farqlashga imkon beradi. Bunda jumladagi u yoki bu sintagmani ohang yordamida mantiqan ajratgan lahza, payt oʻta muhimdir. Diqqat, diqqat!-hovliqib, xirillab gapira boshladi Hayitvoy,-o‘g‘rini qidiryotganlar diqqatiga. Hozirgina qochgan bola 12-13 yoshlarda edi. ( Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Sariq devni minib” romani). Ohangli ajratmani aniqlash va boshqa shunga oʻxshash hodisalardan chegaralash, ajratish murakkab jarayondir. Ma’lumki, ohang bilan soʻzni ajratish holati jumla ichida fikrni bayon qilish doirasida roʻy beradi. Fikr bayonida urgʻuning vazifalari lisoniy birliklarsiz amalga oshmaydi, ya’ni tilning barcha sathlariga tegishli birliklar ohang funksiyalarining amalga oshishini ta’minlaydi. Jumlada axborotning ohangli ajratilishi uch xil toifadagi hodisalar – ohangli markazning mavjudligi, sintagmatik boʻlinish va mantiqiy urgʻu bilan bogʻliq. Ularning har biri ohangli ajratma uchun vosita boʻlishi mumkin, biroq uni toʻliq ajratmaydi. Oʻzbeklar muloqotning tabiati – institutsional, maishiy ekanligi, muloqot qatnashchilarining gender, ijtimoiy, yoshga oid farqlariga koʻra turlicha ohang tanlaydilar. Baland ovozda gapirish deyarli barcha muloqot turlarida salbiy baholanadi. Gapda axborot nafaqat ohang yordamida, balki leksik jihatdan ham ajratilishi mumkin. Ushbu holatda ham nolisoniy vositalarning qoʻllanishi ahamiyatga ega. Axborotning leksik jihatdan ajratilishi albatta, ohang ishtirokida hamohang tarzda amalga oshadi. Aktual boʻlinish bir gapning boshqa gapga bogʻlanishini ta’minlaydi va gapning asosiy vazifasini – mazkur axborot negizida yangi axborotni kiritishni amalga oshiradi. Chex tilshunosi V.Matezius tomonidan kiritilgan gapning ma’lum (tema) va yangi axborot (rema)ga ajralishi3 har doim ham ohangli ajratmaga mos kelavermaydi. Gapning remasi har doim ham gapiruvchi nazdida oʻta muhim boʻlavermaydi. Biroq remaning oʻzi gapning ohang bilan ajratilgan tarkibiy qismi, mantiqiy urgʻu tashuvchisi, ayrim hollarda esa lugʻaviy vositalar yordamida ajratilgan elementdir. Aktual boʻlinish gapning ma’noviy shakllanganligi hamda uning keyingi gaplarga boʻlgan munosabatini belgilab beradi. Shunday qilib, ohangli ajratma tovushiy (intonasion) shakllanganlik, aktual va lugʻaviy boʻlinish bilan chambarchas bogʻlangan. Ammo na ushbu hodisalardan biri va na hammasi birgalikda, jamlangan holda ohangli ajratmaga oʻxshamaydi, u bilan bir xil emas. Ohangli ajratma – vaziyat mahsuli, natijasi emas, balki oʻqish uchun kod hisoblanadi. Ushbu holatda uning oʻziga xosligini olamning lisoniy manzarasiga, olamning til yordamida boʻlinishiga qiyoslash mumkin. Arablar tilida tuyaning koʻplab nomlarining mavjudligi ushbu
Матезиус В. О так называемом актуальном членении предложения // Пражский лингвистический кружок: Сб. статей. – М., 1967. – С. 239–245.
xalq yashaydigan joylarda tuyalarning xili koʻp degan ma’noni bildirmaydi. Aksincha, ushbu hayvonning oʻsha xalqning moddiy va ma’naviy madaniyati uchun oʻta muhimligini koʻrsatadi. Xuddi shunday, ohangli ajratma ham mazkur vaziyatda obyektiv jihatdan markaziyligi uchun emas, balki gapiruvchi uni markaziy deb tan olganligi uchun vujudga keladi. Aynan shuning uchun «ohang bilan ajratilgan – ohang bilan ajratilmagan» dixotomiyasi «ma’lum – yangi» yoki «markaz – chekka (periferiya)» dixotomiyasiga toʻgʻri, mos kelishi mumkin, lekin hech qachon uni zaiflashtirmaydi. Axborotning farqlovchi (distinktiv) funksiyasi ohang yordamida soʻzlarning boʻlinishi, ajralishi va soʻzning chegaralari belgilangan lahzada namoyon boʻladi. Shunga oʻxshash gapning aktual boʻlinishi va uning ohangli (tovushiy) konturi oʻrtasidagi aloqa ma’lum bir oʻziga xos sathning alohida lisoniy birligi sifatida anglashilishi mumkin yoki agar Lui Yelmslev atamalaridan foydalanib aytadigan boʻlsak, bu – ikki funksiyali vazifa, ya’ni ohang va tema-rematik shakllanishdir. Аdabiyotlar: 1. Искандарова Ш. Ўзбек нутқ одатининг мулоқот шакллари: Филол. фан. номз. ...дисс. − Самарканд, 1993. − Б.105. 2. Выготский Л.С., Лурия А.Р. Этюды по истории поведения. − Москва, 1993. − С.93-95. 3. Тоирова Г. Ўзбек нутқий мулоқотида системавийлик ва информативлик: Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. − Тошкент, 2017. − Б.42. 4. Нурмонов.A. Taнланган aсaрлaр III жилдлик .Iжилд . T.2012.- С.213. 5. Юшман Н.В. Экстранормальная фонетика. 1930-х гг. [49,165 с.] 6. Нурмонов.A. Taнланган aсaрлaр III жилдлик .IIжилд . T.2012.- С.40. 7. Қаранг: Kolshanskiy G.V. Paralingvistika.-Mосква.:Nauka, 1974.-S.6. 8. Қаранг: Горелов И.Н. Невербальные компоненты коммуникациию- Mосква:Книжный дом “ЛИБРОКОМ”, 2009.-112c. 9. Қаранг: Гаръкавец С.А. Тактилъно-кинестетическая система человека и ее ролъ в межличностной коммуникации:[учебное пособие по психологии невербального общения].- Луганск:Ноулидж, 2012.-184c. 10. Верещагин Е.М. О своеобразии отражения мимики и жестов вербальными средствами. Вопросы языкознания [Текст] / Е. М. Верещагин, В. Г. Костомаров. – М.: Наука № 1, 1981. – С. 36 – 47 11. Горелов В. И. Стилистика китайского языка [Текст]/ В. И. Горелов. -М.: Изд-во военного института, 1974 - 132 с. 12.Экман, П. Узнай лжеца по выражению лица. – Спб.: Питер, 2010.-C.39 13. Ҳайдаров А. Коннотатив маънонинг фонетик воситаларда ифодаланиши: Филол. фан. номз. ...дисс.- Тошкент, 2009.-Б.136. 14. Тоирова Г. Ўзбек нутқий мулоқотида системавийлик ва информативлик: Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.-Тошкент, 2017.-Б.157.15.Қахаров Қ. Ўзбек ва немис нутқий этикетларининг қиёсий тадқиқи: Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.- Андижон, 2017.-Б.157. 15. Аҳмедов Б.Р. Проксемиканинг гендерологик хусусиятлари. “Ўзбекистонда илмийамалий тадқиқотллар” мавзусидаги республика 27-кўп тармоқли илмий масофавий онлайн конференсияси. 16. Исмоилов Х.Т. Суд лингвистикасининг социолингвистик ва психолингвистик аспектлари (Жиноят ишлари бўйича суд мажлиси.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar16 ta adabiyot
- Искандарова Ш. Ўзбек нутқ одатининг мулоқот шакллари: Филол. фан. номз. ...дисс. − Самарканд, 1993. − Б.105.
- Выготский Л.С., Лурия А.Р. Этюды по истории поведения. − Москва, 1993. − С.93-95.
- Тоирова Г. Ўзбек нутқий мулоқотида системавийлик ва информативлик: Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. − Тошкент, 2017. − Б.42.
- Нурмонов.A. Taнланган aсaрлaр III жилдлик .Iжилд . T.2012.- С.213.
- Юшман Н.В. Экстранормальная фонетика. 1930-х гг. [49,165 с.]
- Нурмонов.A. Taнланган aсaрлaр III жилдлик .IIжилд . T.2012.- С.40.
- Қаранг: Kolshanskiy G.V. Paralingvistika.-Mосква.:Nauka, 1974.-S.6.
- Қаранг: Горелов И.Н. Невербальные компоненты коммуникациию- Mосква:Книжный дом “ЛИБРОКОМ”, 2009.-112c.
- Қаранг: Гаръкавец С.А. Тактилъно-кинестетическая система человека и ее ролъ в межличностной коммуникации:[учебное пособие по психологии невербального общения].- Луганск:Ноулидж, 2012.-184c.
- Верещагин Е.М. О своеобразии отражения мимики и жестов вербальными средствами. Вопросы языкознания [Текст] / Е. М. Верещагин, В. Г. Костомаров. – М.: Наука № 1, 1981. – С. 36 – 47
- Горелов В. И. Стилистика китайского языка [Текст]/ В. И. Горелов. -М.: Изд-во военного института, 1974 - 132 с.
- Экман, П. Узнай лжеца по выражению лица. – Спб.: Питер, 2010.-C.39
- Ҳайдаров А. Коннотатив маънонинг фонетик воситаларда ифодаланиши: Филол. фан. номз. ...дисс.- Тошкент, 2009.-Б.136.
- Тоирова Г. Ўзбек нутқий мулоқотида системавийлик ва информативлик: Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.-Тошкент, 2017.-Б.157.15.Қахаров Қ. Ўзбек ва немис нутқий этикетларининг қиёсий тадқиқи: Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.- Андижон, 2017.-Б.157.
- Аҳмедов Б.Р. Проксемиканинг гендерологик хусусиятлари. “Ўзбекистонда илмий-амалий тадқиқотллар” мавзусидаги республика 27-кўп тармоқли илмий масофавий онлайн конференсияси.
- Исмоилов Х.Т. Суд лингвистикасининг социолингвистик ва психолингвистик аспектлари (Жиноят ишлари бўйича суд мажлиси.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013713
- Nashr sanasi
- 2023-03-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i2.2777
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 215–220
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11