Sidiqov Sardorbek Zafarjon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada stresslar kayfiyat, farovonlik hissi, xulq-atvor va ularning salomatlikka katta ta‘sir ko‘rsatishi haqida ma‘lumotlar keltirib o‘tilgan. Stresslarning yosh va induvidual-psixologik xususiyatlarga va xulq-atvorga bo‘liqligiga alohida urg‘u berilgan.
Teshaboeva Nodira Djurayevna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Issiqlik izolyatsiyasi materiallarini ishlab chiqarish Markaziy Osiyo qurilish sanoatida muhim masala hisoblanadi. Samarali qurilish materiallarini tashkil etish va ushbu materiallarni qurilishda qo‘llash murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda. Ushbu masalalar maqolada yoritilgan.
Abdullayev Sayfulla Abdullaevich, Baysariyev Shovkat Usmonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining yiringli septik bo‘limida va SamDMU ning ko‘p tarmoqli klinikasining xirurgiya bo‘limlarida oxirgi yillarda qandli diabetning yiringli-nekrotik yallig‘lanishi bilan davolangan 58 nafar bemorlarning davolanish natijalari tahlil qilindi. Qiyosiy taqqoslashni tahlil qilish uchun biz bemorlarni 2 guruxga bo‘ldik. Birinchi guruxga 26 bemor (44.8%) kiritildi. Ikkinchi – nazorat guruhni 32 (55.2%) nafar bemor tashkil qilib, nekrotik fassiit yuzaga chiqqanligi aniqlandi. Faqat to‘liq holda qilingan nekrektomiya yaraning tozalanishiga yordam berdi. Biz tahlil qilgan yumshoq to‘qimalarning yiringli nekrotik flegmonalari bilan statsionarlarga kech kelgan birinchi guruxda nekrotik fassiit va ayrimlarida mionekroz kuzatilgan bemorlarda kasallik juda og‘ir o‘tdi. Sepsis (37%), ko‘p a‘zoli yetishmovchilik (25%), o‘lim holati (27.5%) patsientlarda kuzatildi. Erta radikal operatsiyalar tashkil qilingan va etapli nekrektomiya qilingan nazorat guruxida yiringli yallig‘lanish kasalligi bilan sepsis holati 9% kishilarda uchradi, o‘lim holati 11.5% bemorlarda kuzatildi.
Дусияров М.М., Хайдарова Л.О. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Qorin bo‘shlig‘i jarohatini shakllantirish va so‘ngra sellyuloza hosilalaridan iborat bitishmaga qarshi qoplama samaradorligini baholash bo‘yicha eksperimentlar 2020-yilda SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi bazasida, jarrohlik bo‘limida bajarildi. Eksperimental hayvonlar sifatida 30 ta oq zotsiz kalamush ishlatildi. Jami 2 seriya eksperiment bajarildi: nazorat va tajriba guruhlari.
З.Я. Сайдуллаев, Л.О. Хайдарова, С.С. Давлатов · Research Focus International Scientific Journal · 2023
O‘t-tosh kasalligi jarrohlik kasalliklari orasida birinchi o‘rinlardan birini egallaydi. O‘tkir xoletsistit bilan og‘rigan 138 nafar bemorni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalari tahlil qilindi. Bemorlarning yoshi 18 yoshdan 89 yoshgacha bo‘lib, ayollar ustunlik qildi - 84,8%. O‘tkir xoletsistitning operatsiyadan oldingi tashxisi klinik baholash, laboratoriya ma‘lumotlari va o‘tkir xoletsistitning ultratovush belgilariga asoslandi. Laparoskopik xoletsistektomiya 1-guruhdagi yengil kechishli (Grade I) 25 (65,8%) nafar bemorda va o‘rtacha og‘ir kechishli (Grade II) 13 (17,3%) nafar bemorda bajarildi. Barcha holatlarda o‘t pufagi kattalashgan, taranglashgan, ko‘pincha katta charvi yoki atrofdagi a‘zolar bilan bitishgan edi. 30 dan 50 ml gacha o‘t suyuqligini evakuatsiya qilgan holda o‘t pufagini punksiya qilish 31,6% holatda talab etildi. Operatsiya davomida o‘tkir obstruktiv xoletsistit belgilari 47,4% bemorda, o‘t pufagining destruksiya belgilari bilan kechgan flegmonasi esa - 21% bemorda aniqlandi. 36 nafar bemorda an‘anaviy xoletsistektomiya va 2 nafar bemorda — Vishnevskiy bo‘yicha xoledoxni drenajlash bilan laparoskopik xoletsistektomiya bajarildi.
Yunusov O.T., Dusiyarov M.M., Yunusova G.F. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Termik jarohat jiddiy tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammo hisoblanadi. Og‘ir sanoat va kimyo sanoatining rivojlanishi, shuningdek, maishiy va ishlab chiqarish sharoitlarida elektr energiyasidan keng foydalanilishi kuyish jarohatlarining sezilarli darajada ko‘payishiga olib keladi. Maqsad. Kuyish maydoni tana yuzasining 20% dan ortig‘ini tashkil etgan, kuyishning o‘tkir toksemiya bosqichidagi 18 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan 59 nafar bemorda jarohatdan keyingi 4-5 kundan 12 kungacha bo‘lgan muddatda gemostaz tizimining holati va qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rganildi. O‘tkir toksemiya bosqichidagi og‘ir kuyishli 59 nafar bemorda gemostaz tizimining holatini tekshirdik.
Дусияров Мухаммад Мукумбаевич, Хайдарова Лайло Олимджонзода · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada eksperimental va morfologik tadqiqotlar natijalari tahlil qilingan, sellyuloza hosilalaridan kukun shaklida mahalliy sharoitida olingan bitishmaga qarshi vosita yordamida bitishma shakl lanishining oldini olish samaradorligi asoslanadi. Eksperimental sharoitda yangi bitishmaga qarshi qoplamaning biologik xavfsizligi aniqlandi. Eksperimental hayvonlar sifatida 32 ta oq naslli kalamushlar ishlatilgan.
Хужабаев С.Т., Раджабов Ж.П., Дусияров М.М. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada operatsiyadan keyingi ventral churralar bo‘yicha bajariladigan operatsiyalarning eng ko‘p uchraydigan asoratlari tavsiflanadi. Mahalliy asoratlar, retsidivlar va o‘limning asosiy prediktorlarini aniqlashga oid so‘nggi tadqiqotlar ma‘lumotlari keltirilgan. Mualliflar ventral churralar plastikasining ham ochiq, ham kam invaziv turli usullarini qiyosiy tahlil qilishga harakat qilganlar. Bemorlarni rekonstruktiv operatsiyaga tayyorlashdagi asosiy jihatlar qayd etilgan bo‘lib, ularga rioya qilish qoniqarsiz natijalar sonini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
Raisov Shamsiddin Rashid o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Raqamli qurilmalar, vositalar va resurslardan samarali foydalanilganda ular boshlang‘ich va o‘rta ta‘lim bosqichlaridagi o‘quvchilarning tabiiy fanlar va matematikani o‘rganish tezligi va chuqurligini oshirishi mumkinligi haqida qat‘iy dalillar mavjud. Xuddi shu fikrni savodxonlikning ayrim jihatlari, xususan, yozish va tushunish haqida ham aytish mumkinligiga ishora qiluvchi dalillar bor. Raqamli texnologiyalar, ayniqsa, boshlang‘ich ta‘limda asosiy savodxonlik va hisoblash ko‘nikmalarini yaxshilash uchun mos vosita bo‘lib ko‘rinadi. Raqamli ta‘limdan foydalanishning afzalliklari bo‘lsa-da, ta‘sir kattaligi odatda o‘zlashtirishni oshirishda samarali bo‘lgan boshqa ta‘limiy chora-tadbirlarnikiga o‘xshash. Ta‘sir ko‘lami, shuningdek, o‘qituvchilarning ta‘lim natijalarini yaxshilash uchun samarali raqamli ta‘lim vositalari va resurslari bo‘yicha kompetentlik darajasi bilan cheklanishi mumkin. O‘zlashtirishni oshirish uchun raqamli ta‘limdan yanada samarali foydalanish o‘qituvchilardan raqamli vositalar va resurslardan ta‘lim natijalariga erishishda qanday foydalanish mumkinligini aniqlay olish va o‘z yondashuvlarini moslashtira bilishni, shuningdek, texnologiyani bilish va tushunishni talab qiladi. Ushbu maqolada barcha xususiyatlar tahlil qilinadi.
Маркевич Мария Ивановна, Камалов Амангельди Базарбаевич, Асанов Дауранбек Жадигерович, Абдикаримова Азиза Кудияровна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Skanerlovchi elektron mikroskopiya usuli bilan qo‘shaloq impulslar rejimida impulsli lazer ishlovi berishda distillangan suvda olingan polikristall silumin krateri sirti morfologiyasining xususiyatlari aniqlandi (kiritilgan energiya 900 dan 1800 J gacha, ta‘sir vaqti 15 dan 30 min. gacha o‘zgartirildi). Krater sirti kiritilgan energiya 900 J bo‘lgandagi xarakterli ariqchalardan diametri 0,1 dan 1 mkm gacha bo‘lgan siyrak joylashgan chuqur mikroteshiklargacha o‘zgarishi aniqlandi. Krater strukturasida kislorodning sezilarli ortishi, ehtimol, kuchli lazer ta‘sirida suvli muhitda krater sirtining oksidlanishi bilan bog‘liq.
Ibragimov Xasanboy Abdusalomovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada jismoniy tayyorgarlik tushunchasi uning asosiy maqsadi, ijtimoiy hayotdagi va shug‘ullanuvchilar faoliyatidagi ahamiyati, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning maqsad va vazifalari, vositalari, uslublari, jismoniy rivojlantirishdagi o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bayon etilgan.
Турданов Кенесбай, Палуанова Анифа Дарибаевна, Ешбаева Малика Максетбаевна · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqola ta‘lim jarayonida virutal laboratoriyalarning qo‘llanishiga bag‘ishlangan. Ta‘lim tizimiga axborot texnologiyalarni joriy etish yangi texnologiya vositalarini integratsiyalashuviga asoslanadi.
С.А.Рузибоев, В.Н.Мардонов · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Avtorlar bilan qorin bo‘shlig‘i a‘zolari bitishma kasalligini davolash natijalari, bitishmali ichak tutilishi qaytalanishi ko‘rsatkichi va o‘tkir bitishmali ichak tutilishini laparoskopik adgeolizis qilish imkoniyati o‘rganildi. Laparotomiya adgeolizis-539, laparotomiya, ichaklar rezektsiyasi, ichaklararo anastomoz bilan-246, laparotomiya, ichak rezektsiyasi va stomalar shakllantirish-88, laparoskopik adgeolizis-114 ta bemorda qilingan va bu jami operatsiya bo‘lganlarning (987) 11,5% ni tashkil qiladi. Laparoskopik adgeolizisni qo‘llash bemorlar mehnat qobiliyatining erta tiklanishini, bitishma kasalligi qaytalanishini kamaytiradi va statsionarda bemorlar yotish kunlarini qisqartiradi.
Madaminova Dilnura Bahodir qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada Isajon Sultonning “Abdujabbor” hikoyasi tahlil qilinadi, shuningdek, hikoyaning mohiyati, yozuvchi mahorati, obrazlar haqida so‘z boradi
Razzokov Kasimbek Kuvanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada, shuningdek, tasavvuf ta‘limotlari, uning ta‘riflari, mistitsizmdagi insonparvarlik g‘oyalari, Chishtiya tariqati va Nizomiddin Avliyoning insonparvarlik va vatanparvarlik haqidagi qarashlari aks ettirilgan.
N.A. Niyazova · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada “OTM-Professional ta‘lim” integratsiyalashgan axborot ta‘lim muhitida bo‘lajak kasb ta‘limi o‘qituvchilarining pedagogik kasbiy faoliyatini takomillashtirishda pedagogik tajriba-sinovni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi to‘g‘risida aytib o‘tilgan.
Abdullayev S.A. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Tadqiqotning maksadi o‘tkir bitishmali ichak tutilishida optimal xirurgik davolash va bitishma kasalligini profilaktika qilish usullarini takomillashtirishdir. Kuzatuvda 76 ta bemor bo‘lib ular ikki guruxga bo‘lib urganildi. Birinchi gurux bemorlar an‘anaviy usulda va ikkinchi guruxga takomillashgan xirurgik va profilaktika usullari qo‘llanilgan. Kuzatuvdagi bemorlarning 63% da adgeziolizis, 20% ichaklar rezektsiyasi, 17% ileo va yeyunostoma(ikkitasida) shakllantirilgan. Takkoslash guruxi bemorlarida ya‘ni takomillashtirilgan xirurgik va bitishmalarning profilaktika usullarini qo‘llanilishi operatsiyadan keyingi asoratlarni ikki martagacha kamaytiradi.
Jo‘rayev Yashnarjon Rovshan o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Jahon sag‘liqni saqlash tashkilotining ma‘lumotlariga asosan odamlar o‘limining asosiy sabablari ro‘yhatida yo‘l-transport hodisalari sakkizinchi o‘rinni egallagan.Avtomaktablarda va oliy ta‘lim muassasalarida avtomobil haydovchilarini tayyorlash tizimini rivojlantirish, yo‘l-transport hodisalarida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsata olish hamda avtomobil haydovchilariga havfsiz harakatlanish qoidalarini o‘rgatish usullarini ishlab chiqish va tadqiqotlarda ilmiy asoslash zaruriyati yuzaga kelgan.
Jo‘rayev Yashnarjon Rovshan o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Yo‘l harakati xavfsizligini ta‘minlashda asosiy masuliyat Avtomobil haydovchilari zvenosiga to‘g‘ri keladi. Agar haydovchi yo‘lovchilarni tashish faoliyati bilan shug‘ullansa mas‘uliyat yanada oshadi. Yo‘l-transport hodisalar sodir bo‘lishi omillariga haydovchining yo‘l harakati qoidalarini buzishi bo‘lmoqda. Yuqorida keltirilgan statistika ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, haydovchilarning yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilimlarini doimiy ravishda oshirib borish lozim. Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish zarur. Haydovchilarni sifat jihatdan tayyorlashda mazkur maqola dolzarb hisoblanadi.
Ibragimova Nadiya Sabirovna, Nazarova Surayyo Tolmasovna, Bakhrieva Ugiloy Olimovna, Ruziev Shahzod Olim o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Hozirgi vaqtda olimlar polikistoz tuxumdonlar sindromi (PCOS) rivojlanishining sabablaridan biri sifatida endotelial disfunksiyaning rolini o‘rganishga katta e‘tibor qaratmoqda. Ma‘lumki, qon tomir endoteliysi barer funksiyasidan tashqari qon tomirlar vazokonstriksiyasi va vazodilatatsiyasi jarayonlarini, qon tomirlar proliferatsiyasi omillari, fibrinoliz omillari va trombotsitlar agregatsiyasining sintezi va faolligini hamda yallig‘lanish reaksiyalarini boshqarishda faol ishtirok etadi. Ko‘plab olimlarning fikricha, hujayralarga, ayniqsa qon tomirlarning ichki yuzasiga yaqqol toksik ta‘sir ko‘rsatuvchi gomotsisteinning yuqori konsentratsiyalari endotelial disfunksiya rivojlanishiga olib keladi. Shunga asoslanib, gipergomotsisteinemiya muammosi tadqiqotchilarning qiziqish predmeti hisoblanadi.