Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

QO‘CHQOR NORQOBIL ASARLARIDA URUSH MAVZUSI

Sojida SaparbayevaUrganch davlat universiteti talabasi2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 3Sahifa 80–82

Annotatsiya

Ushbu maqolada  Qo‘chqor Norqobil asarlaridagi urush mavzusi yoritib berilgan. Adib asarlaridagi obrazlar tizimi tahlil etilgan.Obrazlar ichki kechinmalari haqida umumiy ma‘lumot berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaТЕМА ВОЙНЫ В ТВОРЧЕСТВЕ КУЧКАРА НОРКАБИЛА

В данной статье освещается тема войны в творчестве Кочкора Норкабила, анализируется система образов в произведениях писателя, даются общие сведения о внутренних переживаниях образов.

inglizchaTHE THEME OF WAR IN THE WORKS OF QO‘CHQOR NORQOBIL

This article covers the theme of war in the works of Qo‘chqor Norqobil. The system of images in the writer‘s works is analysed. General information about the inner experiences of the images is given.

Kalit so‘zlar

  • urush
  • ruhiy holat
  • asar mavzusi
  • asar g‘oyasi
  • dramatizm

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

QO‘CHQOR NORQOBIL ASARLARIDA URUSH MAVZUSI Sojida Saparbayeva Urganch davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7808365 Annatatsiya : Ushbu maqolada Qo‘chqor Norqobil asarlaridagi urush mavzusi yoritib berilgan. Adib asarlaridagi obrazlar tizimi tahlil etilgan.Obrazlar ichki kechinmalari haqida umumiy ma'lumot berilgan. Kalit so'zlar: urush, ruhiy holat, asar mavzusi, asar g'oyasi,dramatizm. THE THEME OF WAR IN THE WORKS OF KUCHKAR NORKABIL Abstract: In this article the period of war in Kuchkar Norqabilov's works has been decribed.The characters of his works have been carefully analyzed.The general information about characters' feelings and emotions have been shown throughout the article. Keywords: war, spiritual emotion, topic of the work, moral of the work, dramatism ТЕМА ВОЙНЫ В ТВОРЧЕСТВЕ KУЧКАРА НОРКАБИЛА Аннотация: В данной статье освещается тема войны в творчестве Кочкора Норкабила, анализируется система образов в произведениях писателя, даются общие сведения о внутренних переживаниях образов. Ключевые слова: война, душевное состояние, тема произведения, идея произведения, драматизм. KIRISH Qo‘chqor Norqobil zamonaviy o‘zbek adabiyotining atoqli vakillaridan biridir. Uning asarlarida urush va urush qahramonlari yetakchilik qiladi. Qahramonlarning ichki kechinmalari ta’sirchan tarzda yoritilgan. Adibning “Daryo ortidagi yig‘i” asarida ham urush mavzusi ochib berilgan. “Urush murdalaridan haybatlanadi. Qonni sevadi. Ruhinga karaxtlik tamg‘asini bosadi. Diydangni qotiradi. Shunda senda shubha tug‘iladi. Ko‘ksingdagi tomi yo…” Mazkur parchada insonning ruhiy holati ta’sirli tarzda ochib berilgan. Bunday ichki monologlar adib asarlarida, nafaqat Qo‘chqor Norqobil, balki urush mavzusidagi boshqa asarlarda ham qo‘llaniladi. Qo‘chqor Norqobilning “Daryo ostidagi yi‘gi” asarida asir tushgan askarlar misolida inson qadr-qimmatining toptalishi, jismoniy azoblardan tashqari ruhiy azoblar ham tasvirlangan. Adibning deyarli barcha asarlari o‘tkir dramatizmga boyligi bilan ko‘pchilikning e‘tiborini tortgan. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI “Daryo ostidagi yi‘gi” qissasida adib o‘zining urushda boshidan kechirganlarini tasvirlaydi. Bunda safdoshlarining o‘limi, umuman olganda, urushdagi vaziyatlar uning ruhiy holatiga qattiq ta’sir qiladi. Bu qissada uch do‘st - Mo‘min, Renat va Qo‘chqor jang maydonida ham bir safda kurashadi. Ular to asar so‘ngiga qadar urush maydonida jang qiladi. Bu vaqt davomida ular ko‘plab qiyinchiliklar, adolatsizliklarga duch keladilar. Asar syujetidagi voqealar boshqa urush mavzusidagi asarlarga qisman yaqin turadi. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasidagi ikkinchi romani “Hijron bo‘sag‘asida” qatnashgan qahramonlar hayoti ham bevosita urush bilan bog‘liq. Ushbu romandagi Tursunboy ismli qahramonning urushdan qochishi tasvirlangan. Uning qochoq nomini olishi esa unga berilgan haqqoniy ta‘rifdir. Ammo “Daryo ostidagi yi‘gi” qissasida bundanda tubanroq holatlar tasvirlangan. Qissada Vladik va Andrey obrazlari orqali o‘zini “majruh”, “urushga yaramaydigan” shaklidagi tibbiy guvohnoma olgan gospitaldagi “qochoqlar”

tasvirlangan. Andrey, Vladik va Tursunboyning farqi – Tursunboy qochoq nomini oldi, Andrey va Vladiklar esa harbiy xizmatni tugatib, o‘z uylariga “qahramon” sifatida medall bilan taqdirlanib keladi. “Badiiy asarning shakl va mazmuni avvalo uning mavzu va g‘oyasiga muayyan darajada bog‘liqdir. Mavzu va g‘oya badiiy asar qiyofasini ta’sirchanligini belgilashda uning shakl va mazmuni singari muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq badiiy asarning mavzusi unda qalamga olingan voqea yoki narsa-buyumlar emas. Badiiy asar mavzusi ijodkor tanlagan hayotiy voqealar, u yoritgan asosiy muammolarning umumlashmasidir. Adabiy asar uchun asos qilib olingan fikr va maqsad uning mavzusidir.” Urush mavzusida yozilgan har bir asarda umumiy bir g‘oya ilgari surilgan, ya‘ni urush vaqtida qo‘rquv hissining yo‘qolishi. “Daryo ostidagi yi‘gi” qissasida ham buni ko‘rishimiz mumkin. Bu esa asar qahramonlarining ruhiy holatida o‘z aksini topgan. O‘lim bilan to‘qnashuvda personajning o‘sha lahzadagi kechinmalarda xolis reallik mavjud. Jang paytida kutilmagan vaziyatlar o‘lim haqida o‘ylashga imkon bermaydi. Qo‘chqor Norqobil tasvirlashda qisqalik va lo‘ndalik bilan butun dahshatni dialoglar yordamida ochib beradi. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Adib asarlarda urushni tasvirlash jarayonida o‘quvchining hissiyotga berilmasligi imkonsiz. Qo‘chqor Norqobil shaxsan o‘zi urushda qatnashgani uchun uning asarlari jonli, real va butun tasvir aynan hayotiy bo‘lganligi sababli kitobxonlarni qiziqtiradi. Urush maydonida qon kechgan ijodkor uchun aynan shu mavzuda asar yozish, go‘yoki urushni qayta kechirgan bilan barobar. Ushbu mavzuda asar yozish unga qanday ta’sir qilishi unga savol berilganda, u dastlab “Daryo ostidagi yig‘i” asarini urushdan qaytgan yili yozganini, ammo davom ettira olmaganini aytadi. Dastlabki yozganlari oxiriga yetkizilmagani va deyarli bir yil davomida yoza olmaganini eslab o‘tadi. Ammo ichida kechayotgan og‘riqlar va alamlar uni yozishga undaydi. Urush qurbonlarsiz bo‘lmas. Urush qurbonliklarsiz bo‘lmas. Bu qurbonliklar urush vaqtida ham, urushdan keyin ham oz hukmini o‘tkazmay qo‘ymadi. Jumladan, “Daryo ostidagi yig‘i” qissasidagi ushbu holatga nazar tashlaymiz. “… Ikki kun yo‘lni qo‘riqladik. Ertasiga qaytamiz degan kunimiz, Amin aka avtomatini yelkalab tog‘tomonga soy yoqalab ketdi. Tushlik tayyorladik hamki, u kelmadi. Xavotirlangan vzvod komandiri meni hamda ukrain Yurani uning orqasidan yubordi. Amin aka xarsangda qimir etmay o‘tirardi. Yonidagi tosh ustida esa surat, xushro‘y qizning surati… Bir zum gavdasi titrab turdida, sukunatni avtomatning tirrilashi yirtdi …” Urush oqibatida sevgisidan voz kechish yoki xiyonat qilish syujeti urush mavzusidagi har bir asarda mavjud. Ushbu parchada sevgan qizi xiyonat qilgan bo‘lsa bazi asarlarda o‘z ayoli xiyonati tasvirlanadi. O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida Ra’no va Zuhra obrazlari orqali ayolning eriga bo‘lgan xiyonatini ko‘rishimiz mumkin. Bu holatga sababchi faqat urushdir. " Albatta, har qanday mavzu borliqdagi narsa-hodisalar bilan bevosita bog‘liqdir. Badiiy asarda esa asosiy diqqat-e‘tibor inson hayoti, uning turli vaziyat-holatdagi kayfiyati, kechinmalari, maqsad, intilishlari, borliqqa qarashlari, kishilar bilan muomala va munosabatlariga qaratiladi. Bular badiiy asarlarning asosiy mavzusidir." Adibning “Osmon ostidagi sir” hikoyasi ham o‘tkir dramatizmga boy syujeti bilan adabiyotshunoslar e‘tiborini qozongan asardir. Mazkur hikoyada urush qurboniga aylangan

To‘lqin tank va Xayrinisalarning achchiq qismati tasvirlangan. To‘lqin tank afg‘on urushi qatnashchisi. Urush paytida olgan jarohati keyinchalik farzand ko‘ra olmasligiga sabab bo‘ladi. Xayrinisaning onasi esa uni “o‘tkir nafasli Ro‘zi Maxsum” ga o‘qitishni istaydi. Aslida Ro‘zi Maxsum axloqsizligi tufayli xotini tomonidan qarg‘algan va yolg‘iz yashovchi bir kishi edi. Xayrinisa ham o‘zi bilmagan holda uning qora niyati qurboniga aylanadi. Homilador ekanini bilgach, eriga bor haqiqatni aytadi. Shundan so‘ng To‘lqin tank o‘zini osib o‘ldiradi. XULOSA Urush tugaganidan keyin ham insonlar o‘limiga sabab bo‘lgan. Keyinchalik ham ko‘plab azoblar keltirgan. O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asarida Rustam, Qo‘chqor Norqobilning “Osmon ostidagi sir” asaridagi To‘lqin tank obrazlari orqali jamiyatdagi bazi qurbonlar taqdiri ochib berilgan. Aslida jamiyatda bunday voqealar sodir bo‘lgan. Adib bunday nosha‘riy munosabatlar haqida aytilgan voqeiy hikoyalardan kelib chiqib, befarzand ota-ona fojiasini urush bilan bog‘laydi. Bu asarida axloq, iymon va etik-estetik ideallarni ham ko‘rsatib beradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Norqobil Q, “Daryo ostidagi yi’gi” , T.:G’ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2021.
  2. Ulug’ov Abdulla, “Adabiyotshunoslik nazariyasi”, T.:G’ofur G'ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2018.
  3. Norqobil Q, " Urush tugasa ayting, qaytib kelaman",T.: Yangi asr avlodi, 2021.
  4. Quranov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M., Adabiyotshunoslik lug`ati.-T.: “Akademnashr”,
  5. Norqobil Q, "Quyoshni kim uyg'otadi?", T.:"Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyoti, 2007.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010485
Nashr sanasi
2023-04-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
3
DOI
10.66073/researchfocus.v2i3.50
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
80–82
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06